Авторы

  • Бехруз Ахмедов
    Центр исследований цифровой экономики

Биография автора

  • Бехруз Ахмедов, Центр исследований цифровой экономики
    Специалист государственного учреждения

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.digital-economy.63774

Ключевые слова:

цифровизация электронная коммерция интернет- платформы статистика пользователи интернета платежи интернет- маркетинг маркетплейс

Аннотация

Цифровизация находит свое подтверждение с помощью цифровых технологий в результате быстрого роста. В то же время традиционные рынки также переходят на цифровые технологии и организуют электронную коммерцию. В данной статье рассмотрены удобства и преимущества сферы электронной коммерции, опыт развитых стран, текущая ситуация в Узбекистане и ее развития.

background image

6

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 2-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA ELEKTRON TIJORATNING

RIVOJLANISHI

Axmedov Bexruz Ibroxim o‘g‘li

“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi mutaxassisi

Annotatsiya:

Raqamlashtirish jadal sur’atlarda o‘sib borishi natijasida raqamli

texnologiyalar orqali o‘z tasdig‘ini topmoqda. Shu bilan birga an’anaviy bozorlar ham
raqamli ko‘rinishga o‘tib elektron tijoratni tashkil etmoqda. Ushbu maqolada elektron
tijorat sohasining qulayligi va avzalliklari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi,
O‘zbekistondagi joriy holat hamda uning rivojlanishi yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, elektron tijorat, internet platformalari,

statistika, internet foydalanuvchilari, to‘lov, internet marketing, marketpleys.

Аннотация:

Цифровизация находит свое подтверждение с помощью

цифровых технологий в результате быстрого роста. В то же время традиционные
рынки также переходят на цифровые технологии и организуют электронную
коммерцию. В данной статье рассмотрены удобства и преимущества сферы
электронной коммерции, опыт развитых стран, текущая ситуация в Узбекистане
и ее развития.

Ключевые слова: цифровизация, электронная коммерция, интернет-

платформы, статистика, пользователи интернета, платежи, интернет-
маркетинг, маркетплейс.

Abstract:

Digitalization finds its confirmation with the help of digital

technologies as a result of rapid growth. At the same time, traditional markets are also
switching to digital technologies and organizing e-commerce. This article discusses the
convenience and advantages of e-commerce, the experience of developed countries,
the current situation in Uzbekistan and its development.

Key words:

digitalization, e-commerce, internet platforms, statistics, internet

users, payments, internet marketing, marketplace.

Kirish

Raqamlashtirish sharoitida elektron tijoratning jadal rivojlanishi kuzatilmoqda,

bu korxonalarda mavjud bo‘lgan raqobatbardosh bozor afzalliklari va resurslarini
hisobga olgan holda bozorga ta'sir qilishning samarali vositalaridan foydalanish
zarurligini anglatadi. Elektron bozorning yuqori darajadagi noaniqligi bir vaqtning
o‘zida raqobatning o‘sishi, tovarlar va xizmatlar iste'molchilarini, shuningdek, biznes-
loyihalarni amalga oshirish uchun bozor sheriklarini jalb qilishda Internet-marketing
imkoniyatlaridan keng foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.


background image

7

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 2-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Elektron tijorat sohasining rivojlanishida marketpleysalar asosiy ro‘l o‘ynaydi.

Marketplace – marketpleys elektron tijorat platformasi, uchinchi shaxslarning
mahsuloti yoki xizmati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi elektron tijorat onlayn-do‘koni
hisoblanadi. Umuman olganda, mahsulot va xizmatlarni taqdim etish uchun
optimallashtirilgan onlayn platforma (veb-sayt). Xuddi shu mahsulotni ko‘pincha bir
nechta sotuvchilardan sotib olish mumkin. 2014-yildan boshlab global internet
tarmog‘idagi marketplaslar soni ularning talab ortib borayotganidan keyin tez o‘sib
bormoqda [1].

Asosiy qism

Elektron tijorat sohasida to‘ldirilgan reallikda mahsulotlarni sotish ham muhim

faktorlardan biri hisoblanadi. To‘ldirilgan reallik vositalari virtual obyektlarni mobil
qurilmalar yordamida real tasvirda ko‘rish imkonini beradi. Haqiqiy va aniq 3D
modellar nafaqat mahsulotni har tomondan batafsil ko‘rib chiqishga, balki uni deyarli
sinab ko‘rishga, asosiy old yoki orqa kameradagi tasvirning ustiga raqamli tasvirni
qo‘yish orqali mahsulotni xonaga joylashtirib ko‘rish imkonini beradi [2].

Statista ma’lumotlariga ko‘ra, global savdolarning 2019-yil yakunlariga ko‘ra,

3,46 trillion AQSh dollari, 2020-yil 4,2 trillion AQSh dollari elektron tijorat savdosi
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilda 6,5 trillion AQSh dollaridan oshishi va barcha
global chakana savdolarning 22 foizni tashkil etishi kutilmoqda (1-rasm).
2-rasmda yillar kesimida chakana savdoda elektron tijorat ulushining dinamikasi
taqdim etilgan.

Shu bilan birga, dunyo bo‘yicha 2019-yilda 1,92 milliardga yaqin, 2020-yilda

2,05 milliard raqamli xaridorlar mavjud bo‘lgan [3].

1-rasm. Global elektron tijorat hajmi, trln.AQSh dollar [4]

3,5

4,2

4,9

5,7

6,5

0

1

2

3

4

5

6

7

2019

2020

2021

2022

2023


background image

8

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 2-SON

WWW.INFOCOM.UZ

2-rasm. Chakana savdoda elektron tijorat ulushi, foizda [5]

Ushbu davrda chakana savdoda elektron tijorat ulushi o‘sishining ijobiy

dinamikasi mavjud deb aytishimiz mumkin. 3-rasmda davlatlarning onlayn savdo
bozoridagi mavqei aks etgan.

3-rasm. 2021-yilda chakana elektron tijorat sohasida dunyoning yetakchi

mamlakatlari [6]

Bugungi kunda Xitoy onlayn savdoning mutlaq yetakchisidir. 2020-yilda

Xitoyda onlayn sotuv hajmi 2,3 trillion AQSh dollarni, 2021-yilda deyarli 2,8 trillion
AQSh dollar va 2022-yilda esa taxminan 3,1 trillion AQSh dollarni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun, 2021-yil yakunlari bo‘yicha AQShda elektron tijorat bozori

hajmi 870 dan 930 milliard AQSh dollargacha bo‘lib, 2020-yilga nisbatan 14,2 foizga
o‘sgan [7].

Xitoyda raqamli sotuvlar o‘sishda davom etmoqda, ammo elektron tijorat

chakana savdoning dominant turi emas va atigi 23,1% ni tashkil etadi. Xitoydagi eng
yirik brendlar AliBaba, JD.com va Pinduoduo marketpleysi hisoblanadi. Xitoyda
tovarlarning transchegaraviy buyurtmalari juda keng tarqalgan bo‘lib, barcha onlayn
xaridorlarning taxminan 42 foizi Yaponiya va AQSh kabi boshqa mamlakatlardan

12,2

14,1

16,1

18,1

20

0

5

10

15

20

25

2018

2019

2020

2021

2022

Xitoy

47%

AQSh

21%

Buyuk

Britaniya 6%

Yaponiya

4%

Janubiy

Koreya 3%

Germaniya

3%

Boshqa

davlatlar 16%


background image

9

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 2-SON

WWW.INFOCOM.UZ

buyurtma bergan. Bunday xaridlar mamlakat elektron tijorat bozorining 696 milliard
AQSh dollari – 58% ni tashkil etadi [8].

Xitoyda mobil qurilmalar orqali onlayn xaridlar ustunlik qiladi, bu umumiy

savdodagi xaridlarning 4/3 qismi va 873,3 milliard dollarni tashkil etadi. Ushbu
ko‘rsatkich yiliga 28,8 foizga o‘sadi, chunki mamlakatda umumiy 852,2 million
smartfon foydalanuvchi mavjud, bu aholining 59,9 foizini tashkil etadi. Mamlakatda
5G aloqasi ishga tushishi munosabati bilan smartfon egalari soni ko‘payishi
kutilmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, mobil xaridlarning 67 foizi mobil ilovalar orqali
amalga oshirilgan. Smartfonlar yordamida tovarlarni faol ravishda sotib olayotgan
mamlakat aholisi super mobil ilova (Super-App) kabi innovatsion yangiliklarga tezda
ko‘nikib qolishdi. 980 million foydalanuvchiga ega WeChat ijtimoiy tarmog'i
messenjerdan to‘liq bozor – Marketpleysga o‘tdi [9].

Xitoyda yuqori darajadagi xavfsizlik va onlayn xaridorlarning autentifikatsiyasi

mavjud. Tranzaksiyalar bilan firibgarlik uchun javobgarlikni sotuvchilar emas, balki
xaridorlar amalga oshiradilar, bu AQSh va Yevropada kuzatilgan tendentsiyaga teskari
jarayondir. Shunday qilib, ko‘p bosqichli autentifikatsiya keng tarqalgan va karta
foydalanuvchilari tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun oddiy qabul qilinadi [10].

Hindistonning onlayn xarid bozori 2023-yilga kelib prognoz qilingan o‘sish

26,5% ni tashkil etib, 36,5 milliard dollarga yetdi. Bunday sotuvlar bir martalik
daromadning ko‘payishi, smartfon egalari soni, brendlar va hukumat tomonidan onlayn
xaridlarni targ‘ib qilish bo‘yicha marketing harakatlari samarasi hisoblanadi. Biroq,
o‘sishga qaramay raqamli xaridlar chakana xaridlarning atigi 2,9 foizini tashkil etadi.
Buning sababi shundaki, hindlarning 4/3 qismi Internetga kirish imkoniga ega emas.
Hukumat iqtisodiyotni raqamlashtirish (Digital India) ni tezlashtirish va ushbi dastur
doirasida korxonalar ishtirok etishi yuzasidan dasturni ishga tushirdi. Shu jumladan,
Google mamlakatning chekka hududlariga raqamli ulanish masalasini hal qilishda
ishtirok etmoqda.

Hindiston mobil ilovalar orqali xaridlarni to‘lash bo‘yicha dunyoda yetakchi

hisoblanadi, garchi aholining atigi 36,7 foizida (502,2 million) smartfonlar mavjud
bo‘lsa-da. Yoqilgan mobil qurilmalar barcha onlayn xaridlarning 46 foizini (16,8
milliard) tashkil etadi va 2016-2018 yillarda mobil ilovalarni yuklab olish hajmi
165 foizga o‘sdi. Prognoz qilinayotgan o‘sishni hisobga olgan holda, 2023-yilga kelib
mobil xaridlar hajmi 49,8 milliard dollarni tashkil etadi. Amazon, Flipkart va Myntra
kabi ilovalar ichida mobil tijorat operatsiyalarining 82,4 foizi amalga oshirildi
(SimilarWeb, 2019).

Onlayn xaridni to‘lov usullari quyidagicha taqsimlanadi:

bank kartasi - 29%;
elektron hamyon-25%;
bank o‘tkazmasi-20 %.


background image

10

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 2-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Chegaraviy xaridlar Hindiston elektron tijoratining 74 foizini (27 mlrd dollar)

tashkil etadi. Mamlakat fuqarolari AQSh, BAA va Gonkongdan yuqori sifatli xorijiy
elektronika sotib olishadi. Yangi elektron tijorat qoidalari tufayli, xalqaro korxonalar
Hindiston bozoridagi ishtiroki uchun qo‘shimcha ravishda rag'batlantiriladi.
Hindistonning elektron biznesiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmini oshirish
raqamli savdo operatsiyalarini modernizatsiya qilish va standartlashtirishga imkon
beradi [11].

Savdo hajmi sanoatdagi xaridorlar sonining oshishi bilan birga amal oshadi.

4-rasmda so‘nggi yillarda raqamli xaridorlar soni 2018-yilda 1,79 milliarddan
2022-yilda 2,56 milliardgacha sezilarli darajada oshganini ko‘rish mumkin.

4-rasm. Raqamli xaridorlarning yillar kesimida o‘sish grafigi [12]

Yuqoridagi o‘sishlarning asosiy sababini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan

so‘rov natijalariga ko‘ra, birinchi raqamli sabab onlayn – do‘kon tomonidan taqdim
etilgan bepul yetkazib berish, ikkinchi raqamli sabab-chegirmalar va kuponlar,
internetda sotib olishning uchinchi sababi saytdagi boshqa xaridorlarning sharhlari
mavjudligini o‘z ichiga oladi. Xaridorlarning onlayn xarid qilish sabablarining to‘liq
ro‘yxati 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Xaridorlarning onlayn xarid qilish sabablari [13]

Sababi

Ko‘rsatkich

Bepul yetkazib berish

63 %

Chegirmalar / kuponlar

41 %

Boshqa xaridorlarning sharhlari

35 %

Oson qaytarish tartibi

33 %

Sotib olishning tez / oson usuli

30 %

Ertasi kuni yetkazib berish

28 %

1,79

1,92

2,05

2,14

2,56

2

2,8

1,9

17,2

0

2

4

6

8

10

12

14

16

18

20

2018

2019

2020

2021

2022

Raqamli haridorlar soni, milliard

O‘sish, %


background image

11

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 2-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Ishonch darajasi

27 %

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab sharhlar

22 %

Mahsulotning ekologik xavfsizligi

21 %

To‘lovni taqsimlash imkoniyati

20 %

2020-yilda O‘zbekistonda elektron savdo 481,3 million AQSh dollar daromad

keltirdi va mamlakatdagi raqamli daromadlarning 68 foizini tashkil etdi, qolgan
32 foizi raqamli media, elektron xizmatlar va elektron sayohatlardan kelib tushdi.

AQSh savdo vazirligi xalqaro savdo boshqarmasining Statista tadqiqotida 2025-

yilga kelib O‘zbekistonda elektron savdodan tushgan daromad har yili 6,3 foizga
oshadi.

USAID (AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi) ko‘magida 2022-yil yanvar oyida

O‘zbekistonning raqamli ekotizimini mamlakat tomonidan baholash tayyorlandi va
e’lon qilindi. 2022-yil yanvar holatiga ko‘ra, 35,5 million aholisi bo‘lgan mamlakatda
internet foydalanuvchilari soni 27,2 million kishini tashkil etadi, shundan 25,3 million
mobil internet foydalanuvchisi va 3,2 million statsionar (uy) keng polosali internet
foydalanuvchisi hisoblanadi [14].

O‘zbekistonda internet orqali maxsulotlarni sotib olishda qator internet do‘kon

mavjud bo‘lib ular o‘zlarining yo‘nalishlariga ko‘ra turli tovar va xizmatlarni taqdim
etadi. Hozirgi kundagi eng katta internet do‘konlardan biri bu Uzum market undan
keyingi o‘rinlarda riteyl savdo do‘konlardan biri Texnomart hisoblanadi.

Shuningdek, Olcha.uz, Openshop, Asaxiy, Alif shop, Zon.uz kabi texnika,

LeBazar va Express 24 buyurtma asosida oziq-ovqat maxsulotlarini yetkazib berish
xizmati va boshqa turli internet do‘konlar mavjud.

O‘zbekistonda elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishda qator hujjatlar

tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-noyabrdagi
“Elektron

tijorat

ma’murchiligini

takomillashtirish

va

uni

yanada

rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida” PQ-14-sonli qarori,
O‘zbekiston Respublikasining 29-sentabr 2022-yildagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”
O‘RQ-792-sonli Qonuni va boshqa hujjatlari qabul qilindi.

Xulosa

Elektron tijorat xalqaro va ichki bozorda biznes makonida muhim rol o‘ynaydi

va kompaniyalarga o‘zlarining ichki faoliyatlarida yanada samarali va moslashuvchan
bo‘lish imkoniyatini beradi, shuningdek elektron tijorat savdo geografik chegaralarga
qaramay, global bozorda iste’molchi va yetkazib beruvchi o‘rtasida yangi bosqichga
ko‘tarilmoqda.

Mazkur sohaning rivojlanishi ichki va tashqi bozordagi raqobat kuchayishiga

olib keladi bu esa o‘z o‘rnida maxsulot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga
elektron tijorat sohasi menejment, marketing va axborot texnologiyalarining


background image

12

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 2-SON

WWW.INFOCOM.UZ

rivojlanishiga hamda mamlakat aholisining raqamli savodxonligini oshirishga ham
undaydi.

Buning uchun birinchi navbatda axborot texnologiyalarini O‘zbekiston

Respublikasining nafaqat markaziy shaxarlari balki chekka hududlari bo‘ylab keng
tarqalishini ta’minlash, chakana hamda ulgurji savdoni amalga oshirayotgan
tadbirkorlarning internet tarmog‘i orqali erkin savdo amalga oshirishlari uchun
mamlakat bo‘ylab online banking tizimini samarali joriy qilish hamda eng asosiysi
elektron tijorat sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash va o‘z ustida
ishlash mazkur sohadagi kadr yetishmovchiligini oldini oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

А.А.Марченков «Маркетплейсы как главный тренд электронной

коммерции» // Научные стремления. Выпуск 26. Россия. с.65.

2.

Верегина А. В., Коваль Д. В. Приоритеты развития электронной

коммерции в 2022 г. // Экономика. Налоги. Право. 2022. № 1. С. 94–104.

3.

А.Н.Захаров, Ю.А.Старовая «Обзор развития электронной торговли в

мировой экономике: вызовы и последствия пандемии» // Российский
внешнеэкономический вестник, 12-2020. с.21.

4.

Маркетинговое исследование Электронная торговля 2020–2024, прогноз

Data Insight. URL:

https://datainsight.ru/DI_eCommerce2020_2024

.

5.

Statista. Retail e-commerce sales worldwide from 2014 to 2023 – URL:

https://www.statista.com/statistics/379046/worldwide-retail-e-commerce-sales/

.

6.

Мировой рынок e-commerce: развитие не остановить // Открытый

журнал. URL:

https://journal.open-broker.ru/investments/mirovoj-rynok-ecommerce/

.

7.

Сильвестров М. А., Михина Е. В., Жидко Е. А. Электронный бизнес в

современных экономических условиях // Информационные технологии в
строительных, социальных и экономических системах. 2021. № 1. С. 52–57.

8.

Захаров А. Н., Старовая Ю. А. Обзор развития электронной торговли

мировой экономики: вызовы и последствия пандемии // Российский
внешнеэкономический вестник. 2020. № 5. С. 18–32.

9.

Ешугова С. К., Хамирзова С. К. Развитие электронной коммерции в

условиях цифровизации // Новые технологии. 2021. № 3. С.95–104.

10.

Маркетплейсы 2022 г. URL:

https://www.insales.ru/blogs/university/toprating-marketpleysov

.

11.

Делибалтова М. Электронная торговля: современные проблемы

развития и пути их решения посредством развития каналов взаимодействия с
клиентами // Креативная экономика. 2021. № 5. С. 2063–2078.

12.

Number of digital buyers worldwide from 2015 to 2022 (in billions) – URL:

https://buildops.com/commercial-construction/number-of-digital-buyers-worldwide/

.


background image

13

ELEKTRON TIJORAT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 2-SON

WWW.INFOCOM.UZ

13.

Дьяконова М. О., Синицын С. А. Развитие электронной торговли и

основные направления модернизации гражданского и процессуального
законодательства // Международное публичное и частное право. 2020. № 6.С. 9–
13.

14.

Retail&Loyality 2022: Развитие онлайн-торговли в Узбекистане URL:

https://retail-loyalty.org/articles/dokhody-ot-onlayn-torgovli-v-uzbekistane-k-2025-
godu-budut-rasti-ezhegodno-na-6-3/

.

Библиографические ссылки

А.А.Марченков «Маркетплейсы как главный тренд электронной коммерции» // Научные стремления. Выпуск 26. Россия, с.65.

Верегина А. В., Коваль Д. В. Приоритеты развития электронной коммерции в 2022 г. // Экономика. Налоги. Право. 2022. № 1. С. 94-104.

А.Н.Захаров, Ю.А.Старовая «Обзор развития электронной торговли в мировой экономике: вызовы и последствия пандемии» // Российский внешнеэкономический вестник, 12-2020. с.21.

Маркетинговое исследование Электронная торговля 2020-2024, прогноз Data Insight. URL: https://datainsight.ru/DI eCommerce2020 2024.

Statista. Retail e-commerce sales worldwide from 2014 to 2023 - URL: https://www.statista.corn/statistics/379046/worldwidc-rctail-c-commercc-salcs/.

Мировой рынок e-commerce: развитие не остановить // Открытый журнал. URL:https://iournaLopen-broker.ru/investments/mirovoi-rynok-ecommerce/.

Сильвестров М. А., Михина Е. В., Жидко Е. А. Электронный бизнес в современных экономических условиях // Информационные технологии в строительных, социальных и экономических системах. 2021. № 1. С. 52-57.

Захаров А. Н., Старовая Ю. А. Обзор развития электронной торговли мировой экономики: вызовы и последствия пандемии // Российский внешнеэкономический вестник. 2020. № 5. С. 18-32.

Ешугова С. К., Хамирзова С. К. Развитие электронной коммерции в условиях цифровизации // Новые технологии. 2021. № 3. С.95-104.

Маркетплейсы 2022 г. URL: https://www.insales.ru/blogs/university/toprating-marketpleysov.

Делибалтова М. Электронная торговля: современные проблемы развития и пути их решения посредством развития каналов взаимодействия с клиентами // Креативная экономика. 2021. № 5. С. 2063-2078.

Number of digital buyers worldwide from 2015 to 2022 (in billions) - URL: https://buildops.com/commercial-construction/number-of-digital-buyers-worldwide/.

Дьяконова М. О., Синицын С. А. Развитие электронной торговли и основные направления модернизации гражданского и процессуального законодательства // Международное публичное и частное право. 2020. № 6.С. 9-13.

Retail&Loyality 2022: Развитие онлайн-торговли в Узбекистане URL: https://rctail-lovalty.org/articlcs/dokhody-ot-onlavn-torgovli-v-uzbckistanc-k-2025-godu-budut-rasti-ezhegodno-na-6-З/.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Зухриддин Шадманов , Бехруз Ахмедов, Хусанбой Ахмедов, ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ И ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ , Цифровая экономика: Том 6 № 6 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Бехруз Ахмедов, ЦИФРОВАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ И ВЛИЯНИЕ ЕЕ НА ЭКОНОМИКУ , Цифровая экономика: Том 4 № 4 (2023): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Зухриддин Шадманов , Бехруз Ахмедов, Хусанбой Исмаилов , ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ И ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ , Цифровая экономика: Том 6 № 6 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Зухриддин Шадманов , Бехруз Ахмедов , SUN’IY INTELLEKTNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARASI , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Мадина Ширинова, Бехруз Ахмедов, МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ УСТОЙЧИВОГО ТУРИЗМА: МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ И ВОЗМОЖНОСТИ ИХ ПРИМЕНЕНИЯ В УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА , Цифровая экономика: Том 9 № 9 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Улугбек Абдуллаев, Бехруз Ахмедов , SUN’IY INTELLEKTNING IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISHDAGI ROLI VA IMKONIYATLARI , Цифровая экономика: Том 9 № 9 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Бехруз Ахмедов , Улугбек Абдуллаев , RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING MAMLAKAT IQTISODIYOTI RIVOJIGA TA’SIRI , Цифровая экономика: Том 8 № 8 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Бехруз Ахмедов , Исломбек Мехмоналиев, РАСТУЩИЙ ТРЕНД ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ , Цифровая экономика: Том 7 № 7 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"

Бехруз Ахмедов , ПРАВОВАЯ ПОЛИТИКА ВНЕДРЕНИЯ ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКИ В ТУРИСТИЧЕСКИЙ СЕКТОР ДЛЯ РЕАЛИЗАЦИИ УСТОЙЧИВОГО ТУРИЗМА ИОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ , Цифровая экономика: Том 7 № 7 (2024): Научный электронный журнал "Цифровая экономика"