
231
O.H.YIGITALIYEV
1
AXBOROT XAVFSIZLIGIGA OID XALQARO HUQUQIY
HUJJATLAR VA ULARNING TAHLILI
Axborot xavfsizligi
(Information Security)
tashkilotlarga raqamli
huquq va analog huquqlarni, axborotni himoya qilish imkonini beradi.
Xalqaro tashkilotlarning axborot xavfsizligi siyosati qisqacha
“InfoSec”
286 287
deb nomlanadi va kriptografiya, mobil hisoblash, ijtimoiy media,
shuningdek, xususiy, moliyaviy va korporativ ma’lumotlarni o‘z ichiga
olgan infratuzilma va tarmoqlarni qamrab oladi. Boshqa tomondan,
kiberxavfsizlik ma'lumotlarni himoya qiladi, lekin faqat internetga
asoslangan tahdidlardangina himoya qiladi. Tashkilotlar turli sabablarga
ko‘ra axborot xavfsizligini amalga oshiradilar. Axborot xavfsizligining
asosiy maqsadlari odatda, kompaniya ma'lumotlarining maxfiyligi,
yaxlitligi va mavjudligini ta'minlash bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu soha
ko‘plab sohalarni qamrab olganligi sababli, u ko‘pincha dastur xavfsizligi,
infratuzilma xavfsizligi, kriptografiya, hodisalarga javob berish,
zaifliklarni boshqarish va ofatlarni tiklash kabi turli xil xavfsizlik
choralarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Axborot xavfsizligi siyosati
quyidagi umumiy xavflarining oldini olish uchun tashkilotlarda axborot
xavfsizligi siyosati amalga oshiriladi: ijtimoiy muhandislik hujumlari,
kengaytirilgan doimiy tahdidlar
(APT),
ichki tahdidlar, tashqi taxdidlar,
cryptojackinglar, to‘lov dasturlari, man-in-the-middle
(MitM)
hujumlari,
bank operatsiyalariga hurujlar, shaxsiy ma’lumotlarni og‘irlash va
boshqalar
288
.
Xalqaro tashkilotlarda axborot xavfsizligi chora-tadbirlari quyidagi
tashkiliy jarayonlar orqali amalga oshiriladi: xavfsizlik hodisalari va
hodisalarni boshqarish
(SIEM),
ma'lumotlar yo‘qolishining oldini olish
(DLP),
intrusionlarni aniqlash tizimi
(IPS),
foydalanuvchi xatti-
harakatlari tahlili
(UBA),
blokcheyn kiber xavfsizligi, yakuniy nuqtani
aniqlash va javob berish
(EDR),
xavfsizlik holatini boshqarish
(CSPM)
va
boshqalar. Axborot xavfsizligini ta’minlash infratuzilma va tarmoq
286
Toshkent davlat yuridik universiteti “Ommaviy axborot vositalari huquqi” yo‘nalishi
magistranti
287
McCullagh K. Protecting “privacy” through control of “personal” data processing: A flawed
approach. International Review of Law, Computers & Technology. 2009. V. 23. N 1-2
1
Hunter J. An Information Security Handbook. London: Springer Verlag London Limited; 2001
2
Understanding Cybersecurity Law and Digital Privacy A Common Law Perspective 226

232
xavfsizligi, audit va kibertestni o‘z ichiga olgan bir qator IT domenlarini
qamrab
oladi.
Bunda,
ruxsatsiz
foydalanuvchilarning
shaxsiy
ma'lumotlarga kirishini cheklash uchun autentifikatsiya va ruxsatlar kabi
vositalardan foydalanadi. Ushbu chora-tadbirlar ma'lumotni o‘g‘irlash,
o‘zgartirish yoki yo‘qotish bilan bog‘liq zararlarning oldini olishga
yordam beradi. Tashkilotlarda axborot xavfsizligi maqsadlari axborot
xavfsizligi bilan himoyalangan uchta asosiy maqsad mavjud, ular
birgalikda
CIA
deb nomlanadi
1
. Demak, axborotning maxfiyligi bu -
ma'lumotlar mazmunining maxfiyligini himoya qilish uchun ruxsatsiz
foydalanuvchilarning ma'lumotlarga kirishini oldini oladi. Tashkilotlarda
ma’lumotlar maxfiyligi kirish cheklovlari orqali saqlanadi. Maxfiylikning
buzilishi inson xatosi, qasddan almashish yoki zararli kirish tufayli sodir
bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar butunligi esa - ma'lumotlarning haqiqiyligi
va to‘g‘riligini ta'minlaydi. Butunlik ma'lumotni tahrirlash yoki
o‘zgartirish imkoniyatini cheklash orqali ta'minlanadi. Butunlikni
yo‘qotish analog ma'lumotlar atrof-muhit sharoitlaridan himoyalanmagan,
raqamli ma'lumotlar to‘g‘ri uzatilmagan yoki foydalanuvchilar
tasdiqlanmagan o‘zgarishlarni amalga oshirganda sodir bo‘lishi mumkin.
Axborotning mavjudligini ta’minlash - avtorizatsiya qilingan
foydalanuvchilarning ma'lumotlarga ishonchli kirishini ta'minlaydi.
Mavjudlik
kirish
tartib-qoidalarining
uzluksizligi,
ma'lumotlarni
zaxiralash yoki takrorlash, apparat va tarmoq ulanishlarini saqlash orqali
ta'minlanadi. Mavjudlikni yo‘qotish tabiiy ofatlar tufayli tarmoqlarga
hujum qilinganda yoki mijoz qurilmalari ishlamay qolganda sodir bo‘lishi
mumkin.
Axborot xavfsizligini xalqaro huquqiy jihatdan tahlil etishdan
ko‘zlangan maqsad esa,
global va mintaqaviy darajada xalqaro axborot
xavfsizligi kontsepsiyasini ko‘rib chiqish va uni amalga oshirishning
huquqiy
vositalarini
tahlil
qilish,
global
axborot
jamiyatida
munosabatlarni tartibga solish muammolarini tahlil qilish hisoblanadi
2
.
Bunda biz mantiqiy, qiyosiy-huquqiy, rasmiy-huquqiy, tizimli-tuzilmaviy
va muammoli-nazariy usullar orqali tadqiq etamiz. Bugungacha olib
borilgan ilmiy tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, tadqiqotlar natijasida
global va mintaqaviy miqyosda xalqaro axborot xavfsizligini
ta'minlashning yagona konsepsiyasi ishlab chiqish kerakligini, uni global
miqyosda amalga oshirish uchun xalqaro huquqiy hujjatlarga ehtiyoj
borligi aniqlandi. Jahon miqyosida xalqaro shartnomalar va hujjatlar
loyihasini ishlab chiqish va qabul qilishda Yevropa Kengashining
kiberjinoyatchilik va shaxsiy hayotni himoya qilish tajribasidan

233
foydalanish kerak
1
. Xalqaro tashkilotlar faoliyatida ularning axborot
xavfsizligi qonunchiligini birlashtirish va uyg‘unlashtirish funksiyalarini
amalga oshirish hamda milliy telekommunikatsiya operatorlari tomonidan
xalqaro va tashqi bozorlarga chiqish jarayonida o‘zaro hamkorlik qilish
mumkin. Jadal tarzda o‘sib borayotgan texnologik taraqqiyot zamonaviy
dunyoda tub o‘zgarishlarga olib keldi. Xalqaro munosabatlarda davlatlar
o‘rtasidagi aloqa tizimi o‘zgardi. Axborot- kommunikatsiya
texnologiyalarining
(AKT)
rivojlanishi jamiyat hayotining barcha
sohalariga, jumladan, iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy muammolar va
madaniyatga ta'sir ko‘rsatib, ularni axborot jamiyatini barpo etish
doirasida birlashtirdi
2
.
Hozirgi vaqtda axborotlashgan jamiyat va axborot xavfsizligi
kontseptsiyasi bir qator xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib,
ular orasida “Axborot jamiyatini qurish: Yangi ming yillikda global
muammo” deb nomlangan Prinsiplar deklaratsiyasida (keyingi o‘rinlarda
2003-yil Deklaratsiyasi deb yuritiladi) va 2003-yil 12-dekabrdagi
“Axborot jamiyati bo‘yicha Butunjahon sammitining harakat rejasi”ni
aytib o‘tishimiz mumkin. Axborot jamiyati global axborot jamiyatiga
nisbatan umumiyroq tushuncha hisoblanadi. U bir davlat ichida yoki
mintaqaviy yoki global darajada tashkil etilishi mumkin. Global miqyosda
u global axborot jamiyati deb nomlanadi. 2003-yilda qabul qilingan
“Axborot jamiyatini qurish: Yangi ming yillikda global muammo” deb
nomlangan prinsiplar deklaratsiyasida
"kiberxavfsizlik" atamasi
faqat
kiberjinoyatlardan himoya qilishdan ko‘ra kengroq ma'noga ega degan
fikr berib o‘tilgan. Xususan, deklaratsiyada qayd etilishicha, sammit
ishtirokchilari Birlashgan Millatlar Tashkilotining axborot komunikatsiya
texnologiyalaridan
xalqaro
barqarorlik
va
xavfsizlikni
saqlash
maqsadlariga zid bo‘lgan hamda davlatlar ichidagi infratuzilma
yaxlitligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan maqsadlarda
potentsial foydalanishning oldini olish bo‘yicha faoliyatini qo‘llab-
quvvatlaydi va xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. Ushbu qoidalar
xalqaro axborot huquqining rivojlanayotgan tamoyilining amaldagi
tamoyillar bilan, ya'ni fikr, so‘z va axborot erkinligini amalga oshirish,
tinchlik va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashning muhim omili ekanligi
tamoyili bilan bog‘liqligini anglatadi
1
.
2000-yil avgust oyida Stenford universitetining bir guruh
tadqiqotchilari tomonidan kiberjinoyat va terrorizmdan himoyalanishni
kuchaytirish bo‘yicha xalqaro konvensiya loyihasini taqdim etdilar

234
(Stenford loyihasi)
289 290
. Braun qurolli mojarolarda axborot tizimlaridan
foydalanishni tartibga soluvchi konvensiya loyihasini ishlab chiqdi. 2009-
yil 6-noyabrda Ma’lumotlarni himoya qilish va shaxsiy daxlsizlik
bo‘yicha komissarlarning xalqaro konferensiyasi “Maxfiylik va shaxsiy
ma’lumotlar standartlari” rezolyutsiyasini qabul qildi. Buning uchun u
global shartnoma loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzdi va
uni ishlab chiqish me’zonlarini sanab o‘tdi. Shartnomaning ishlab
chiqilgan bo‘limlarini BMT ga taqdim etish rejalashtirilgan. Shunday
qilib, tadqiqotchilar va xalqaro forumlar aniq loyihalarni taklif
qilmoqdalar, ammo BMT, Xalqaro elektraloqa ittifoqi
(XEI)
yoki
YUNESKO doirasida bu sohada bugungi kunda tizimli ishlar olib
borilmayapti. Shu bilan birga, xalqaro axborot xavfsizligining umumiy
kontseptsiyasining mintaqaviy va global darajalarni qamrab oladigan
monografik tadqiqotlari va uning huquqiy asoslarini rivojlantirish
muammolari mavjud emas.
Axborot komunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan
yuzaga kelgan xalqaro xavfsizlik muammolarini hal etish maqsadida
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1998-yildan boshlab,
o‘zining har bir sessiyasida “Xalqaro xavfsizlik konteksida axborot va
kommunikatsiyalar sohasidagi rivojlanish” rezolyutsiyalarini qabul qildi.
Mazkur qarorlarning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, eng yangi axborot
texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish va joriy etish
borasida erishilayotgan salmoqli yutuqlar ijobiy bilan bir qatorda, salbiy
oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Shu bilan birga, ijobiy natijalar, ya’ni
butun insoniyat uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Biroq, BMT Bosh Assambleyasi ushbu texnologiyalar va
vositalar xalqaro barqarorlik va xavfsizlikni saqlash maqsadlariga zid
bo‘lgan maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalar va
obyektlardan xavotirda ekanligini bildirdi va davlatlar infratuzilmasi
yaxlitligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi va
fuqarolik va harbiy sohada ularning xavfsizligiga zarar etkazish
ehtimolining katta ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tdi. BMT Bosh
Assambleyasi 2003-yil 23-dekabrda “Kiberxavfsizlikning global
madaniyatini yaratish va muhim axborot tuzilmalarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi 58/199-sonli rezolyutsiyasini qabul qildi. Unda muhim
axborot infratuzilmalarini himoya qilish elementlari, xususan, kiber
289
Rowland D, Macdonald E. Information Technology Law. Abingdon: Cavendish
Publishing Ltd; 2005
290
Reed C, Angel J, editors. Computer Law: Law and Regulation of Information Technology.
Oxford: Oxford University Press; 2007

235
zaifliklar, tahdidlar va hodisalar haqida favqulodda ogohlantirish
tarmoqlariga ega bo‘lish, manfaatdor tomonlarning muhim axborot
infratuzilmalarining tabiati va ko‘lamini hamda ularni himoya qilishda har
birining o‘ynashi kerak bo‘lgan rolini tushunishlarini osonlashtirish uchun
xabardorlikni oshirish, infratuzilmalarni o‘rganish va ular o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash, shu orqali bunday infratuzilmalarni himoya
qilishni kuchaytirish va bunday infratuzilmalarga etkazilgan zarar yoki
hujumlarning oldini olish, tekshirish va ularga javob berish maqsadida
muhim infratuzilma ma'lumotlarini almashish va tahlil qilish uchun davlat
va xususiy manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va
hokazo. Eng muhim axborot tuzilmalarini himoya qilish elementlarining
tabiati shundan iboratki, agar ular ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular xalqaro
shartnomaga kiritilishi mumkin
1
. Hozirgi vaqtda, BMT doirasida xalqaro
axborot xavfsizligini ta'minlashning institutsional mexanizmi va tizimi
yaratilgan. Davlatlar axborot xavfsizligi holatiga o‘z baholarini muntazam
ravishda taqdim etadilar, ular esa Bosh kotibning ma'ruzalariga kiritiladi
va xalqaro axborot xavfsizligi muammolari va ular bilan bog‘liq
tushunchalarning mohiyatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bu
axborot xavfsizligi bo‘yicha BMT ning ishlash mexanizmi hisoblanadi.
Yuqoridagi axborot xavfsizligini ta’minlashga oid xalqaro huquqiy
hujjatlarga nazar soladigan bo‘lsak, axborot xavfsizligini ta’minlash
nechog‘lik ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan masala ekanligiga guvoh
bo‘lamiz. Shundan kelib chiqib ilg‘or horij tajribasining ayrim jihatlarini
milliy qonunchilikka joriy qilish, bu sohaga oid ham huquqiy, ham
amaliy-tashkiliy chora tadbirlarni ko‘rish, mavjud huquqiy asoslarni
takomillashtirish,
axborot
telekomunikatsiya
sohasida
xalqaro
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish darkor. Bugun har bir davlat global axborot
makonida o‘z xavfsizligini ta’minlashda ,avvalo ichki qonunchilik
mexanizmini yaratishi, mavjud huquqiy bo‘shliq va kamchiliklarni esa
1
Black SK. Telecommunications Law in the Internet Age. San Francisco: Morgan Kaufmann
Publishers; 2002 228

236
xalqaro huquqiy normalarning tavsiyaviy harakterdagi hujjatlari va
normalarini tahlil etgan holda to‘ldirib borishi maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Неъматов, Жасур, and Бектурсун Муродкосимов. "Судлар
фаолиятини рақамлаштириш–Ўзбeкистоннинг халқаро рейтинглардаги
ўрнини яхшилашга хизмат қилади." Актуальные вопросы и перспективы
цифровизации судебно-правовой деятельности 1.01 (2022): 131-138.
А.Ф.АВАЗНИЯЗОВ
CCXCI
ИНСТРУМЕНТЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИСПОЛНЕНИЯ
Согласно статье 44 закона Республики Узбекистан № 258-II «Об
исполнении судебных актов и актов иных органов» от 29 августа 2001
г.:
«Меры принудительного исполнения применяются при
предъявлении в установленном законом порядке надлежаще
оформленного
исполнительного
документа
и
принятии
государственным исполнителем постановления о возбуждении
исполнительного производства за исключением случаев исполнения
исполнительных документов в порядке упрощенного исполнительного
производства».
Значит, порядок применения мер принудительного исполнения
очень прост - это наличие исполнительного листа и принятия
исполнителем данного листа, то есть возбуждения исполнительного
производства. А основанием применения мер принудительного
исполнения выступает истечение 15 дневного срока добровольного
исполнения.
А видами мер принудительного исполнения являются
следующие:
«Мерами принудительного исполнения являются:
1)
обращение взыскания на денежные средства и иное
имущество должника;
2)
обращение взыскания на денежные средства и иное
CCXCI
Магистрант Ташкентского государственного юридического университета