Sharqona tarbiya metodlari va uning ijtimoiy-psixologik omillari

CC BY f
286-291
10
1
Поделиться
Джаббаров, Х. (2023). Sharqona tarbiya metodlari va uning ijtimoiy-psixologik omillari . Цифровизация современного образования: проблема и решение, 1(1), 286–291. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digitalization-modern-education/article/view/24798
Х Джаббаров, Ташкентский государственный университет востоковедения

доктор философских наук в психологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada yoshlarda milliy tarbiya shakllanishida qo‘llaniladigan 44 ta sharqona metodlar va qo‘llanilishi sharqona tarbiyaga zid bo‘lgan 13 ta metodning ijtimoiy psixologik jihatlari ilmiy asoslangan. Shuningdek mazkur maqolada zamonaviy va milliy tarbiya borasidagi o‘ziga xos tendensiyalar bilan tanishishingiz mumkin.


background image

286

uchun oliy ta’lim muassasalarining psixologik xizmatini kuchaytirish, psixologik trening

mashg‘u

lotlarini doimiy olib borish, psixologik maslahat ishlarini tashkil etish lozimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati:

1. Дюи Дж. Психология и педагогика мышления (Как мы мыслим)/ Пер. с

англ. –

М., 1999.

-

187 с.

2. Karimova V. Psixologiya. O‘quv qo‘lla

nma.

T.: 2002.

3.

https://e-library.namdu.uz

SHARQONA TARBIYA METODLARI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Jabborov X.X., TDSHU dosenti, psixologiya

fanlari bo‘yicha falsafa doktori

,

O’zbekiston


Annotasiya.

Mazkur maqolada yoshlarda milliy tarbiya shakllanishida

qo‘llaniladigan 44 ta sharqona metodlar va qo‘llanilishi sharqona tarbiyaga zid bo‘lgan

13 ta metodning ijtimoiy-psixologik jihatlari ilmiy asoslangan. Shuningdek mazkur

maqolada zamonaviy va milliy

tarbiya borasidagi o‘ziga xos tendensiyalar bilan

tanishishingiz mumkin.

Klit so`zlar:

tarbiya, metod, fazilat, axloq, milliy tarbiya, milliy xarakter, g‘oya,

mafkura

Yoshlarda milliy tarbiyalashning psixologik-pedagogik omillari va metodlari

haqida gap

ketganda beixtiyor taniqli o‘zbek ma'rifatparvari Abdulla Avloniyning

“Tarbiya biz uchun yo hayot

- yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat

masalasidir” degan chuqur ma'noli so‘zlari inson e'tiborini tortadi [2

; 108-118-b.].

Bugungi kunda ijtimoiy fanlarda inson omili va uning ijtimoiy-psixologik jihatlari

bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ularning aksariyat qismida shaxs

ma'naviy va axloqiy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha har xil qiziqarli empirik
ma'lutolar qo‘lga ki

ritilmoqda, lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir

qaraganda e'tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati insoniyat uchun juda katta ma'naviy

tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya'ni tarbiya masalasiga e'tiborsizlik illati

millatla

rning axloqiy tannazulining asosi desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shuning uchun biz mazkur maqolamizda yoshlarda ijobiy fazilatlarni

tarbiyalashnig metodologik jihatlari, yoshlarni milliy tarbiya masalasiga munosabatlari

hamda hamda milliy tarbiya metodlarini tadqiq qilishga alohida e'tibor qaratdik.

Mazkur masalani dolzarlibligini “Uzluksiz ma'naviy tarbiya” konsepsiyasini

tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 1059

-son qarori bilan ham izohlash

mumukin. Mazkur konsepsiyada bugungi yoshlarimizning shaxsiy va ijtimoiy farovon,

baxtli hayot qura olishlari uchun zarur bo‘lgan aniq fazilatlar majmui belgilab berildi.

Bu haqda Qarorning 2-bandida Konsepsiya va uni amalga oshirish chora-tadbirlar

rejasini amalga oshirishning ustuvor yunalishlaridan bi

ri etib “Yoshlarda Vatanga

sadokat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik,

bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim

fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakll

antirish” [1] ta'kidlangan.

Bu davlatimizning yoshlar tarbiyasiga yondashishda maqsadli innovasion

yondoshuv bo‘lib, tarbiya jarayonini ilmiy asosga qurilishini va milliy tarbiya masalasida

uning ijtimoiy-psixologik indikatorlari ishlab chiqishimizni talab qiladi.


background image

287

Bugun butun dunyoda inson kapitali uchun kurash ketayotgan bir vaqtda, eng

katta sarmoya farzandni yaxshi ta'lim va tarbiyasiga tiktikilayotganligi bu albatta yaxshi

holat hisoblanadi.

Bugungi zamon va makon shaxsning eng asosiy ichki resurslar

idan biri bo‘lgan

tarbiya masalasiga, yangicha talablarni qo‘yayotgani biz soha vakllarini doim diqqat

markazimizda bo‘lishiligi lozim. Zero, shiddati vertualashish jarayoni kuchaytgan bir

davrda ta'lim-tarbiya masalasiga aniq, ilmiy asoslanga, qat'iy talablar bilan yondashish

juda muhim ijtimoiy-psixologik omillardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda yoshlarni axloqiy masalalariga e'tiborsizlik yer yuzida qanchadan-

qancha ma'naviy tahdid va illatlatlarni keltirib chiqarayotganligi hech kimga sir emas.

Mazkur masalada pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov

“Bugungi

har

bir ota-ona pedagog

bo‘lishi

kerak”

deb ta'kidlaydi. Jumladan olimni ta'kidlashicha

farzand tarbiyasidagi eng ta'sircha metod bu-

o‘rgatish

metodi. Chunki uning ichida

tushuntirish ham bor, suhbat ham bor,

ko‘rsatish

ham bor, aytish ham bor, namuna ham

bor [3; 320-b.].

Biz bugungi zamonaviy ota-onalarga zamonaviy,

g‘oyaviy

yoshlarni tarbiyalash

quyidagi sharqona tarbiya metodlarini

qo‘llashlarini

tavsiya qilgan

bo‘lar

edik ular

quyidagilar:

Ayblamoq - bolani qilgan gunohi, xatosi uchun adolatli ravishda aybli deb topmoq,

ayb

qo‘ymoq

va bolaning buni anglashiga erishmoq.

Arazlamoq - qilgan salbiy

qilig‘i

uchun bolani aybsitib, undan

o‘pka

qilib yurmoq

yoki tarbiyaviy maqsadda vaqtincha yuz

o‘girmoq.

Baholamoq - bola xulqiga uning ahamiyati, qadr, qiymati haqida ijobiy yoki salbiy

fikr bildirmoq.

Bahslashmoq -

o‘quvchi bilan(maktabda), o‘g‘il

-qiz(farzand) bilan maktabda, uyda

ilmiy, adabiy, ahloqiy, milliy-mafkuraviy mazmunda munozara qilmoq.

Begona qilmoq -

bolaning yolg‘on gapirganligi aniqlangach, qo‘polligi muhokama

qilingach va h.k. undagi vijdonni junbushga keltirish, qilgan ishi uchun pushaymon

qilishi uchun o‘qituvchi, yoki ota

-

ona, yoki ona uni o‘zidan vaqtincha uzoq tutib yur

ishi.

Biriktirmoq - odob-

ahloqda, biror hunarda ko‘pchilikka namuna bo‘lgan ustoz

tarbiyasiga bermoq. O‘tmishda qo‘shni ko‘rgan ota

-onalar farzandlarining hayotini,

odamlar, begonalar bilan muomala qilishni o‘rgansinlar deb o‘g‘illarini choyxonachiga

xizmatkorlikka bergan ekanlar.

Bitim

bolaning hayotiga, o‘qishiga, kelajagiga oid jiddiy masalani uning o‘zi bilan

muhokama qilib, o‘zaro ijobiy kelishuv, to‘xtam, qarorga kelmoq.

Buyurmoq - vaziyatning taqozosi bilan tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqqan holda

bolaning o‘zi uchun, jamoa, millat, Vatan manfaatlarini ko‘zlab buyruq bermoq.

Va'da olmoq -

bolaning o‘z so‘ziga sodiqligini, so‘zi va ishi birligini sinash

maqsadida undan biror ishning, majburiyatning bajarilishi haqida so‘z olmoq. Girgitton

bo‘lmoq

-

mehribonlik bilan, “aylanay”, “o‘rgilay” so‘zlarini ishlatib, ismiga “jon”, “xon”

qo‘shib bolani erkalash.

Yorilmoq -

bolaning sizdan noo‘rin xafaligini bilgach, tanho qoldirib, asl

maqsadingiz

uning muvaffaqiyati ekanligini aytishingiz. Xayrixohlik, samimiylik bu

usulga muvaffaqiyat keltiradi.

Inoqlashmoq -

bola bilan yaqin, do‘stona munosabat bog‘lamoq, ahillashib ketmoq.

Kafil bo‘lmoq

-

bola bilmay, adashib xatoga yo‘l qo‘ygan chog‘da uning yaxshiligi

haqida boshqalar (o‘qituv

ch

i, o‘quvchilar)ni

ishontirib, bola uchun mas'uliyatni o‘z

ustiga olmoq.


background image

288

Kengashmoq - bola sinf jamoasi oldida turgan muammoni birgalikda muhokama

qilmoq.

Koyimoq -

jazo berishning yengil turi. Bolaga tanbehlovchi so‘z aytmoq, tanbeh

bermoq, urishib qo‘ymoq.

Kuzatmoq - sinf ahlining, har bir bolaning xulq-atvorini zimdan qarab, tekshirib

turmoq, ko‘zdan kechirmoq, qayd qilmoq. Ko‘rsatmoq

-

bolaga, bolalarga o‘rnak yoki

ibrat olishlari yoki ularda yangi tushuncha, bilim hosil qilish maqsadida biror narsaga

diqqat e'tiborlarini jalb qilish.

Maqtamoq -

bolani uning o‘ziga yoki boshqalar oldida yaxshi tomonlarini ko‘rsatib

gapirmoq, yaxshi qilib ko‘rsatmoq.

Nasihat -

sokin, xayrixohlik vaziyatda bolani yaxshi yo‘lga solish, ta'lim berish

maqsadida aytilgan gap, maslahat, pa

nd, o‘git.

Ovutmoq - bolaning, uning oilasining boshiga biror kufat tushganda unga tasalli

berib yupatmoq, ovuntirmoq, yo‘g‘lashdan to‘xtatmoq.

Odatlantirmoq - odob me'yorlarini mashq qildirish. Masalan, salomlashish,

murojaat qilish, mehribonlik ko‘rsatish va hokazolarga odat paydo etmoq, o‘rgatmoq.

Oqlamoq -

shunday vaziyatlar bo‘ladiki, bola yil bo‘yi ajoyib xulq

-

atvor, o‘qit

namunalarini ko‘rsatib keladi

-yu, bilib-

bilmay bir xatoga yo‘l qo‘yadi. Masalan, birov

bilan urishib qoladi; hasharga kelmay

qoladi va h.k. Shunday holda o‘qituvchi

- sinf

tarbiyachisi uni (oldingi namunali xulqi hurmati) oqlamog‘i kerak.

So‘ramoq

- bolaning ilmiy va axloqiy bilimlari haqida ma'lumot olmoq,

tekshirmoq, norasmiy imtihon qilmoq. Talab - tarbiyalash maqsadida boladan biror

narsani qa'iyat bilan so‘rab turish.

Tasalli bermoq -

muvaffaqiyatsizlikka uchragan bolani yupatish, ko‘ngil ko‘tarish

uchun gapirmoq, ish-harakat qilmoq.

Ta'birlamoq- bolada. Sinf ahlida, jamoat ahlida uchrab turuvchi hatti-harakatlarni

sifatlamoq.

Ta'kidlamoq -

bolalar bilan o‘tkazilgan har bir vaziyatda, ularga malol kelmaydigan

ahloqiy mazmunni uqtirib, tayinlab bermoq.

Taqdirlamoq -

o‘quvchini, farzandni qadrlamoq, munosib baholamoq, bolaga uning

qadri bor ekanligini sezdirmoq.

Taqiqlamoq -

tarbiyaviy maqsadda bolaga, o‘quvchiga biron narsani ma'n etmoq.

Tahsinlamoq -

o‘quvchini, farzandni “balli”, “ofarin” kabi so‘zlar bilan qarshi olmoq,

maktab yuksak baholamoq.

Tenglashmoq -

bola, o‘quvchi biror taqsinga sazovor ish qilganda uning ha

tti-

harakatini eng hurmatli, aziz kishilar hulqiga qiyoslash, yomon ish qilganida esa o‘z

qishlog‘i, mahallasi, hududidagi “yomon” deb nlm qozongan shaxs hulqiga o‘xshatmoq,

taqqoslamoq.

Tergamoq - vaqti-

vaqti bilan bolaga yetarli davrajada qattiqqo‘llikn

i namoyon

qilib, tekshirib, nojo‘ya hatti

-

harakatlari uchun koyib “yo‘li”dan qaytarib turish.

Uyaltirmoq -

noma'qul qilig‘i uchun bolaga o‘ta noqulaylik tug‘dirish, hijolat,

andisha, nomus qildirmoq.

Shavqlantirmoq -

bolaning xulqi, o‘qishidagi muvaffaqiyatlari. Kelajagiga g‘oyat

mamnunlik hissi bilan berilmoq, ruhiy ko‘tarinkilik bilan qiziqmoq, zavqlanmoq va

zavqlantirmoq, qanoatlantirmoq.

Erkalatmoq -

o‘g‘il bolani “qo‘zichog‘im”, “she'rim”, qiz bolani esa “oppog‘im”,

“onajonim” deya silab

-siypalamoq, suymoq.


background image

289

Yalinmoq -

agarda boshqa xil usul kor qilmasligiga ko‘z yetsa, bola qalbida mehrni

yangilash, uyg‘otish maqsadida uni biror narsaga ko‘ndirish uchun iltimos qilmoq;

o‘tinib so‘ramoq.

Yarashtirish

oilada, sinfda ba'zan uchraydigan o‘zaro urush

-

janjalni to‘xtatish,

urishmaslikka ahd qildirmoq, munosabatni yaxshilamoq, totuvlashtirmoq.

O‘ynamoq

-

bola bilan unda ijobiy sifatlarni rivojlantirish, salbiy sifatlarni yo‘qotish

maqsadiga yo‘naltirilgan ma'lum qoida va usullar bilan ijro etiladigan o‘y

inlarni birga

o‘ynash usuli.

O‘rgatmoq

- bolaga biror ish harakat (masalan, choy damlashni, turli joy,

vaziyatlarda o‘zini tutishni, gapirishni va h.k.) bajarish usulini, yo‘l

-

yo‘rig‘ini

tushuntirmoq, bildirmoq va shu ishni mustaqil bajara oladigan qilmoq.

O‘qitmoq

- yozilgan narsani yoki matnni undagi belgilar, harflar vositasida aynan

aytib, eshittirmoq.

Qaytarmoq -

bola, o‘quvchi jahli chiqib, qizishib biror kor hol, yomonlik qilishga

qaror qilsa yoki vajohati shuni ko‘rsatsa, uni bunday nomaqbul, nojo‘ya ishdan, hatti

-

harakatdan o‘zini tutishga undamoq, tiymoq.

Qiziqchilik qilmoq -

o‘quvchi, bola bilan munosabatda rasmiyatchilikni, psixologik

tanglikni bartaraf qilish maqsadida mavzuni burib yuborish, ermak, hazil qilish, bolani

kuldirish.

Sovg‘a be

rish

bolaga bayram, hayitlar munosabati bilan imkon darajasida

tuhfalar qilib, uning mehrini yangilab, oshirib turish.

Homiylik qilish

bolaga biror sohaga qiziqib, berilib shug‘ullansa, bu ishda unga

yordam, madad berish, muhofaza etish.

Quyida sharhl

anayotgan milliy tarbiya metodlari xalqimizning o‘g‘il

-qizlarga

madaniy, mehrli-talabchan munosabatini, bola shaxsiga hurmatini saqlab qolib, oilada

va maktab tarbiyasida qo‘llash imkonini beradi. Bolaga tarbiyaviy ta'sir o‘tkazishning

salbiy usullari ham mavjud. Amaliyotda bartaraf qilish uchun ular ham tahlil qilinib,

o‘rganilmog‘i kerak. Bu, ayrim o‘qituvchilar, ota

-onalarda uchrab turadigan pedagogik-

psixologik xatolarni tuzatib olishlariga yordam beradi.

Masala bo‘yicha o‘rganishlarimizdan ayon bo‘laya

ptiki, har bir ota-

ona o‘z

farzandining sog‘lom va baxtli bo‘lishini istaydi. Shunga qaramay, ba'zan o‘zimiz bilib

-

bilmay bunga qarshi ish qilamiz. Farzand taryabisiga yondashuvda shunday gaplar

borki, ularni farzandingizga qancha gapirsangiz ham arziydi -

bular motivasiya, qo‘llab

-

quvvatlovchi, maqtovchi, hamdardlik bildiruvchi so‘zlardir. Bundan tashqari yana

shunday gaplar, iboralar borki, ularni aslo tilga ola ko‘rmang. Quyida e'tiboringizga

farzandingizning tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo‘

lgan ayorim bir

yondashuvlarni havola etamiz.

"Ahmoqona gaplarni gapirma!". Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolalar

kattalardan farqli o‘laroq, hech qachon bekorchi gaplarni gapirishmaydi. Sizga har

qancha kulgili yoki bema'ni tuyilmasin, farzanding

iz sizga aytgisi kelgan har bir so‘z u

uchun muhim ahamiyatga ega. Uni inkor etib, bolaning so‘zlari siz uchun ahamiyatsiz
ekanligini bildirgan bo‘lasiz. Keyin farzandingiz sizdan ko‘p narsani sir tutadigan bo‘lib

qolsa, ajablanmang. Qanday gap gapirmasin,

uning yutuqlari uchun xursand bo‘ling,

so‘zlarini diqqat bilan tinglang. Agar u biror bir muammo bilan kelgan bo‘lsa, uni hal

qilishga urinib ko‘ring.

"Mana ol-da, nari ket!" Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolaning

talabiga javob berishning eng yomon usuli. Unga minnat qilayotganingiz yetmagandek,

undan ketishni talab qilyapsiz. Bolalar o‘z istagiga erishish yo‘lida bu usuldan

foydalanishga tez ko‘nikishadi. Ota

-onalar esa keyin "qachon shunchalik uzoqlashishga


background image

290

ulgurdik?", deb ajablanishadi. "Nari

ket" so‘zini qo‘llamaslikka harakat qiling, zero bu siz

va farzandingiz o‘rtasidagi masofani uzoqlashtiradi.

"Boshqalar uddasidan chiqadi, sen esa yo‘q". Nima uchun bunday deyish mumkin

emas? Bolani boshqalardan yomon ekanligiga ishontirib, siz farzandin

gizda o‘ziga

bo‘lgan ishonchsizlik hissini shakllantirasiz. Ba'zi ota

-

onalar shu yo‘l bilan bolani to‘g‘ri

yo‘lga solishga urinishadi, biroq bunday usul hattoki kattalarda ham ijobiy natija

bermaydi. Zigmund Freydning shunday so‘zlari bor: "O‘zingizni taqq

oslashingiz mumkin

bo‘lgan yagona shaxs

-

bu o‘tmishdagi o‘zingiz". Ana shu so‘zlarga asoslanib, bolani

tarbiya qilsangiz, u o‘ziga ishongan shaxs bo‘lib voyaga yetadi.

"Ko‘zimga ko‘rinma". Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bunday so‘zlar

bolaga na un

ing o‘zi va na muammolari ota

-onasiga keraksiz ekanligini bildiradi. Ba'zan

ota-

onalar shu yo‘l bilan mojaroning oldini olishga harakat qilishadi, ammo

muammodan qochish bilan uni hal qilib bo‘lmaydi. Farzandlaringizning so‘zlarini

eshiting, ularga yordam

bering. Ziddiyatli vaziyatlarda esa boshqacha usullarni qo‘llang.

"Sen eplay olmaysan, yaxshisi menga ber". Nima uchun bunday deyish mumkin

emas? Bolaning urinib ko‘rish harakatiga chek qo‘yib, kelajakda uni yordamga muhtoj va
omadsiz qilib qo‘yasiz. Psixologiyada buni "o‘rgatilgan ilojsizlik" deyiladi, ya'ni inson

biror narsani qila olmasligiga oldindan o‘zini ishontiradi. Shunday ekan, farzandingiz

qiyinroq ishga kirishganini ko‘rsangiz, yaxshisi unga "Kel, senga yordamlashib

yuboraman", deb ayting yoki

u sizga biror ishda ko‘mak bersin.

*Beodob so‘zlar* (so‘kinish). Nima uchun mumkin emas? Ota

-onaning farzandi

oldida so‘kinishi kerak emasligini barchamiz yaxshi bilamiz, bu borada ma'ruza o‘qishga

hojat bo‘lmasa kerak. Bunday so‘zlarni nutqingizdan umuma

n olib tashlang.

"Sen yomonsan!" yoki "Quloqsizsan". Nima uchun bunday deyish mumkin emas?

Bolalar ota-

onalarining fikrlarini juda qadrlashadi. Bunday so‘zlarni aytar ekansiz,

farzandingiz ularga amal qilishini yoddan chiqarmang. Bu bolaning o‘ziga bo‘lgan

ishonchini yo‘qotadi va kelajakdagi muammolardan darak beradi. "Sen yomonsan" yoki

"Quloqsizsan" deyish o‘rniga "Sen to‘g‘ri ish qilmading", "Bu noto‘g‘ri qaror", deb ayting.

Bolaga emas, uning harakatlariga baho berib, siz uning yaxshi tomonga o‘zgarishi

ga

turtki bergan bo‘lasiz.

"Seni yaxshi ko‘rmayman". Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Ota

-onaning

sevgisida shart qo‘yish noo‘rin. Undan mahrum bo‘lish xavfi hayotdan mahrum bo‘lishga

teng. Farzandingizni yaxshi ko‘rasiz

-ku, axir! Unda nima uchun bola

ga yolg‘on gapirasiz?

Bunday gaplarni aytaversangiz, bolaning ko‘ngliga sovuqchilik solasiz.

"Seni tashlab ketaman". Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Ota-ona -

farzandi uchun eng muhim inson. Uning hayoti ota-

onaga bog‘liq, bola onasiz yashashni

tasa

vvuriga ham sig‘dira olmaydi. Shu bois ba'zan bu usul sizga ish berayotgandek

tuyuladi... Har qanday asossiz tahdidlar takrorlanaversa, bola ularni qabul qilmay

qo‘yadi, lekin asabini ishdan chiqarishga ulgurasiz. Aslo bunday qila ko‘rmang!

Farzandingiz bi

lan qo‘rquv va jazoga asoslangan munosabat o‘rnatmang. Buning

uddasidan chiqish oson emas, albatta, biroq natija buni oqlaydi.

Ko‘rib turganingizdek, ota

-

onaning farzandiga bo‘lgan munosabati, ularning

gapirayotgan gaplari katta ahamiyatga ega. Shu bois h

ar bir so‘zingizga e'tiborli bo‘ling.

Ota-onaning xatti-harakati esa undan-

da muhim. Yomon so‘zlardan saqlanish bilan birga

noto‘g‘ri amallardan ham saqlaning, zero farzandingiz sizni kuzatib turibdi, u kelajakda

sizning harakatlaringizni yoki gap-

so‘zlari

ngizni takrorlamasligiga hech kim kafolat bera

olmaydi. "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" maqolini doim yodda tuting.

Shu bilan birgalikda o‘quvchi, bolaga tarbiyaviy ta'sir o‘tkazishning salbiy usullari

mavjudligi va ularga barham berish uchun ulardan namunalar keltiramiz:


background image

291

Aldamoq -

yolg‘on

-yashiq gaplar bilan, va'dalar bilan avramoq, laqillatmoq;

Bachkanalashmoq -

o‘qituvchi, ota

-

onaning kattalarga, ulug‘larga nomunosib

qiliklar, hatti-harakatlar qilishi;

Vaysamoq-

bolalarni, o‘quvchilarni tomonlarga bo‘lib, bir

-biriga qarshi

oyoqlantirib, tezlab, ular orasidagi ziddiyatni kuchaytirmoq; nizoni avj oldirmoq,

olqishlamoq;

Gina qilmoq -

o‘quvchiga, bolaga nisbatan dilda xafalik, kek saqlamoq;

Yomonlamoq - bolaning oldida yoki orqasidan uni yomonlab, yomonga chiqarib,

qoralab gapirmoq;

Zarda qilmoq -

bolaga, o‘quvchiga hadeb zarda, jahl qilaverish;

Zorlanmoq - bolalar qoshida biror narsadan, vaziyatdan nolimoq, shikoyat qilmoq,

hasad qilmoq, nochorlikni namoyon qilmoq;

Majbur qilmoq - hech bir asossiz

o‘quvchining, sinfning munosabati bilan

hisoblashmay, amr, zo‘rlik bilan yoki biror narsa taqozosi bilan bir ishni qilishni

buyurish, ko‘r

-

ko‘rona talab;

Nizo

o‘qituvchi va o‘quvchi, bola va ota

-

ona orasida o‘zaro kelishmovchilik yoki

qarama-qarshilik, dushmanlik, adovatli munosabat, ixtilof, nifoq hosil qilish;

So‘kmoq

-

bolani yomon, uyat so‘zlar bilan urishmoq, haqorat qilmoq. (odatda bu

usul so‘kiluvchining so‘kuvchiga behrligiga olib boradi);

Ho‘mraymoq

-

farzandga, o‘quvchiga, qovog‘ini solib tikilmoq, yomon ko‘z bilan

qaramoq;

Qarg‘amoq

-

farzandga, bolaga yomonlik, baxtsizlik yoki o‘lim tilab koyimoq;

Yomon niyat tilamoq.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yoshlarda sharqona va milliy ijobiy

fazilatlarni tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik asoslari bugungi asrning eng dolzar

masalaridan biri hisoblanadi. Bu masalada ota-onalarning, tarbiyaga mas'ul shaxslarning

sharqona va milliy tarbiya, milliy xarakter, milliy fazilatlar va ularning shakllanishining

ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini bilmasdan turib ularni barkamol qilib

tarbiyalashning ta'sirchanligi sust bo‘ladi. Qolaversa bugungi yoshlarimiz real
voqelikdan ko‘ra, vertual voqelik ta'siriga ko‘proq tobe bo‘lib borayotgan bir vaqtda

tarbiya masalasidagi ishlarimizni yangicha, zamonaviy

yo‘nalish va yondashuvlarda

tashkil etishimiz juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun mazkur yo‘nalishdagi

tadqiqotlarni ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati:

1. Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil

31 dekabrь 1059

-sonli Qarori.

2. Jabborov X. Milliy tarbiya - ijtimoiy-psixologik, qonuniy va ob'ektiv jarayon

sifatida //

Fan, ta’lim va amaliyot int

egratsiyasi: Res. ilmiy-amaliy konf. ISSN: 2181-

1776. “Bilig –

ilmiy faoliyat” nashri http://bilig.academiascience.or. Jild: 03 | nashr: 02 |

fevral 2022. 108-118.

3. Quronov M. Bolam baxtli bo‘lsin desangiz.

Toshkent: Ma'naviyat, 2013.

320 b.

4. Jabborov Xazrat Xusenovich. Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining psixologik

qonuniyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences.VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF
2021: 5.423.

Библиографические ссылки

Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrь 1059-sonli Qarori.

Jabborov X. Milliy tarbiya - ijtimoiy-psixologik, qonuniy va ob'ektiv jarayon sifatida // Fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: Res. ilmiy-amaliy konf. ISSN: 2181-1776. “Bilig – ilmiy faoliyat” nashri http://bilig.academiascience.or. Jild: 03 | nashr: 02 | fevral 2022. 108 118.

Quronov M. Bolam baxtli bo‘lsin desangiz. – Toshkent: Ma'naviyat, 2013. – 320 b.

Jabborov Xazrat Xusenovich. Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов