294
Олий ўқув юртлари педагог ўқитувчилари малакасини ошириш таълим
жараёнининг ажралмас қисми. Ўқитувчиларни қайта тайёрлаш ва малакасини
ошириш масаласида таълим муассасаларининг аниқ эҳтиёжларини мунтазам
ўрганиш зарур. Айниқса, бу борада кенг қамровли ўлчов ва баҳолаш мезонларини
ишлаб чиқиш, мониторинг ишларини олиб бориш, ўқитувчиларни малакасини
ошириш ҳудудий режаларини илмий асосланган ҳолда тузиш ва уларни самарали
амалга ошириш лозим. Олий ўқув юртлари педагог ўқитувчиларини қайта
тайёрлаш ва малакасини оширишдан мақсад уларнинг ижодий имкониятларини
ривожлантириш сифатларини, касбий билимлари ва умумий савиясини
такомиллаштириш, пировардда, ўқувчиларни ўқитиш ва тарбиялаш мазмуни ва
сифатини оширишдан иборат. Таълим
-
тарбия ишларининг мураккаблашиб
бориши ўқитувчилар олдида турган вазифалар кўламини кенгайтирмоқда. Шунга
кўра ўқитувчилар малакасини ошириш тизимида уларни ижодий изланишга
одатлантириш, ижодкорлик фаолиятини рағбатлантириш, мақсадга мувофиқ
ишини оммалашттириш муҳим аҳамиятга эга.
Узлуксиз таълимнинг малака ошириш тизимида ва мавжуд адабиётларда
асосий урғу малака оширишнинг умумий ҳолатига. Бу муаммони ҳал қилишнинг
бирдан бир йўли, ўқитувчиларни малакасини ошириш жараёнида узвийлик,
узлуксизликка эришиш, уларнинг касбий фаолиятини оширишга қўйиладиган
талабларни такомиллаштириш, таълим технологияларидан фойдаланишнинг
самарадорлигини оширишга илмий тавсиялар яратиш, ўқитувчилар учун касбий
тайёргарликни ривожлантириш, маҳоратини ошириш ҳамда малака ошириш
жараёни узлуксизлигининг технологик тизимини ишлаб чиқишдан иборатдир.
Айни ўринда шуни ҳам таъкидлаб ўтиш жоизки, таълим жараёни
бошқарувчиларига бериладиган малака оширишдаги таълимнинг дидактик ва
ташкилий жиҳатдан тўғри ташкил этилиши касбий маҳорат самарадорлигини
таъминлашда муҳим омил сифатида намоён бўлади.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1.
Музайямхон Ф. Шарқ мутафаккирларининг маънавий меросида фарзанд
тарбияси. Илмий
-
услубий қўлланма. –
Тошкент: Тасвир, 2020. –
36 б.
2.
Андреева А.Д., Вохмянина Т.В., Воронова А.П., Чуткина Н.И. / под ред.
Дубровиной М.В. Руководство практического психолога. Психическое здорове
детей и подростков. –
М., 1995.
3.
Бобнева М.И. Социологический нормы и регуляция поведения. –
М.: Наука,
1978.
–
311 с.
4. Величковский Б.М. Современная когнитивная психология. –
М.: МГУ, 1982.
–
336 с.
5. Болшой Энциклопедический словар, 2000.
O’QUVCHILARNI MUSTAQIL TA’LIM OLISH KOPMETENTLIGINI OSHIRISHDA
TARIX FAN TO’GARAKLARINING O’RNI VA ULARNI TASHKIL ETISHDA
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Sabitova K.F., TDPU
Annotatsiya.
Maqolada umta’lim maktablarida darsdan keyingi mashg’ulotlarni
qanday tashkil qilish va tarix fani to’garakalar orqali o’quvchilarni mustaqil ta’lim
olishga o’rgatish metodikasi ochib beradilgan. Bundan tashqari mashg’ulotlarda
295
inte
rfaol metodlardan foydalanib o’quvchilarni kreotivivligini oshiradigan hamda
tanqidiy fikrlaydigan ijodkor va barkamol shaxs sifatida rivojlantirish masalalari
yuzasidan fikr bildirilgan.
Kalit so’zlar
: ta’lim, to’garak, tarix, tarbiya, dars, sifat, kompe
tensiya, interfaol,
o’yin, integral.
“Biz yashayotgan XXI asrda ta'lim
-tarbiya masalasi hayot-mamot masalasiga
aylanib bormoqda. Ta'lim-
tarbiya mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi.
Ta'lim-
tarbiya mukammal bo‘lishi uchun bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga
mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”
- deya ta
’
kidlagan edilar prezidentimiz Sh.Mirziyoev [1].
Darhaqiqat, O’zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri milliy
qadriyatlarimiz, ezgu g‘oyalarimiz asosida mustaqil fikrlaydigan, jamiya
tga munosib,
faol fuqarolik o‘rniga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir. Hozirgi davrda shaxsni
ma'naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosatining bosh mezoni sifatida
ta'limga, shaxs tarbiyasiga alohida e'tibor kuchaytirildi. Bu borada, mak
tabgacha ta’im
va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “Dars muqaddas”, ”Uzviylik va uzluksiz”,
”O‘rgan
-
o‘rgat”, ”Murakkab fan o‘rganaman”, ”Yaxshi muallim
-
sifatli ta'lim” kabi
tavsiyalari asosida bir qator ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga
oshirilib kelinmoqda. Ta'lim-
tarbiya ishlarining samaradorligi nafaqat o‘quvchining
egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalariga, balki o‘qituvchining pedagogik
mahoratiga bog‘liq. Bugungi ta'limning rivoji o‘qituvchining o‘z ustida i
shlashi, ijodkor
bo‘lishi, o‘quvchilarning tayanch
kompetensiyala-rini rivojlantirib borishini taqozo
etadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi orasidagi munosabat erishilgan yutuqlardan zavqlanish,
o‘quv faoliyatiga mas'uliyatli yondashish hamda o‘zaro hamkorlikda
ijodiy faoliyatni
yo‘lga qo‘yishga undashi kerak.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida asosiy dars mashg’ulotlaridan so’ng
turli fan to’garaklari jadval asosida samarali tarzda yo’lga qo’yilgan.
Sinfdan tashqari
tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish makta
bning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv
mashg’ulotlaridan tashqari, xilma
-
xil ta’lim
-
tarbiya ishlarida namoyon bo’ladi. Sinfdan
tashqari ishlar maktab ta’lim
-
tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo’lib o’quvchilarning
bo’sh vaqtlarini to’g’ri yo’lga qo’yish shakllaridan biridir
[2].
Tarix fanini o’zlashtirishda bunday to’garaklarni o’rni katta chunki unda
o’quvchilar vatanimiz va dunyo tarixini o’ziga xos jixatlarini, memoriy obidalari tarixiy
shaxslar hayoti haqida dars qiziqarli va muhim ma’lumotlarn
i yangi innovatsion
metodlar yordamida o’rganishlari mumkin. Bunday to’garak mashg’ulotlari tarix
muzeylarga va tarixiy yodgorliklarga ekskursiyalar tarzida tashkil etiladi. Bundan
tashqari tarix fani xonasida o’quvchilarning kichik “Tarix burchagi” tashki
l etish va uni
o’quvchilar tomonidan yaratilgan turli tarixiy
-ijodiy ishlar va buyumlar eksponat
shaklida qo’yish ta’lim olishda mazkur fanga yanada qiziqish uyg’otadi.
To’garaklar tashkil qilish uchun quyidagi yangi pedagogik texnologiyalarni
mashg’ulotlarni sifatli va samrali tashkil etishga yordam beradi. Masalan, to’garak
mashg’ulotlarini o’tkazishda “ORAL HISTORIY”(og’zaki tarix) metodidan foydalanish
o’quvchilarda mustaqil tarixiy izlanishlar olib borishga o’rgatishda yordam beradi
[3].
Bu
metod
yordamida
ular
bobo-buvilarida,
maxallalari
nuroniylaridan,
qarindoshlaridagi yoshi ulug’lardan yaqin o’tmish tarixi, boshdan o’tkazganlari og’zaki
suhbat jarayonida bilib oladilar so’ngra ular xam eshitgan tarixiy voqea
-xodisalarni
to’garak jarayonida qolgan
o’quvchilarga so’zlab berishadi. Bu jarayonda o’quvchi
ajdodlari shajara tarixi, kasbi-kori tarixi va biror siyosiy jarayon yoki voqea-hodisa
296
tarixi haqida qimmatli ma’lumotlarni to’plashlari mumkin. Natijada, o’quvchilarda
ijodiy-
mustaqil izlanish ko’nikmalari, qolaversa o’g’zaki nutqi rivojlanadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki to’garaklarni noan’anaviy tarzda tashkil qilish
uning samaradorligini oshiradi va ta’lim oluvchilarda fanga bo’gan qiziqishni
kuchaytiradi. Noan’anaviy to’garak shakillariga quyi
dagilar kiradi:
Intelektual o‘yin darsi
–
dars mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etish jarayonida
o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta'minlash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishish
mumkin. (“Aqliy hujum” metodi)
Rolli o‘yin darsi
–
dars mav
zusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda o‘quvchilarga
oldindan ma'lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil
etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi. (“Men kimman” metodi)
Teatrlashtirilgan dars
–
dars mavzusi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari tashkil
etish orqali dars mavzusi bo‘yicha chuqur, aniq ma'lumotlar berish darsi. (“Pantomima”
metodi)
Kompyuter darsi
–
tegishli o‘quv fani bo‘yicha dars mavzusiga doir kompyuter
materiallari (multimedia, virtual o‘quv kursi va shu
kabilar) asosida o‘tiladigan dars.
(“Online test” metodi)
Kim oshdi savdosi darsi
–
o‘quv fanining ayrim bo‘limi bo‘yicha bilimlarni har
bir o‘quvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi. (“U kim?
-
bu nima?” metodi)
Yarmarka darsi
–
dars mavzusi
ni bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirgan
o‘quvchilarning o‘zaro muloqot asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan
dars. (“Bumerang” metodi)
Formulalar darsi
–
o‘quvchilarning formulalarni puxta o‘zlashtirishishlari
bo‘yicha turli o‘yinlar shaklidagi matnlar o‘tkazish darsi.(“Blits so’rov” metodi)
O‘yin darsi
–
dars mavzusiga mos o‘yin orqali o‘quvchilarning
o‘zlashtirishishlarini tashkil qilish darsi. (“Domino” metodi)
«Tergovni bilimdonlar olib boradi» darsi
–
dars mavzusini oldindan puxta
o‘rgangan o‘quvchilar yordamida qiziqarli savol
-javoblar, tahlillar asosida isbotlab
tushuntirish matnlari bo‘lib, bunda o‘quvchilar dars mavzusini o‘zlashtirib, eslab
qolishlari uchun qulaylik yaratiladi. (“Kim?, Qachon?, Qayerda?” metodi)
Integral (integratsiyalashgan)dars
–
bir nechta fanlarga doir integratsiyalash
uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarning turli
fanlarga qiziqishlarini orttirib, ta'lim jarayonidagi faolliklarini ta'minlaydi [4]. Bunday
darslar
o‘quvchilarga fanlararo bog‘liqlikni o‘rgatish orqali ularda olam tuzilishining
ilmiy asoslarini to‘liq idrok etish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy
tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. (“English
-Russian-
Uzbek” metodi)
Umuman olga
nda bunday to’garakalar o’quvchilarda mustaqil ta’lim olishi
kompetentligini rivojlantiradi, darsda olgqan bilim, ko’nikma, malakani real hayotga
tadbiq qilish mohiyatini o’rgatadi va o’z ustida undaydi. Bu kabi to’garaklar
o’quvchilarda quydagi hususiyat
larni shakllantiradi:
qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon bo’lish;
milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal
egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol shaxs;
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqi
y etishiga ishonadigan,
vatanparvarlik burchini to‘g‘ri anglagan;
jamiyatda shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko‘maklashish;
tarixiy ajdodlar merosini asrab avaylash va tarixiy tajribadan to’g’ri hulosa
chiqaradish
fanga doir bilimlarni va nazariy ilmlarni mukammal egallash;
297
erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo‘lmog‘i;
o’tmish allomalar va qomusiy olimlarimizga munosib avlod bo’lish.
Umumta'lim maktablarida tashkil etilgan fan to‘garaklari o‘quvchilarning
sinfda
egallagan bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning ijodiy qobiliyatlarini har
tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy
maqsadi dastur va darsliklardan tashqari o‘quvchilarni qo‘shimcha bilim, ko‘ni
kma va
malakalarining oshishiga hamda ularning fan sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga
va kasb tanlashlariga yordam berishiga qaratilgan. To‘garak rahbari fan to‘garagani
rejalashtirishda bolalarning yosh xususiyatlarini, joylardagi ijodiy birlashmalar, ilmiy
markazlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. To‘garak rahbari
rejaga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. O‘qituvchi bunday darslarda o‘quvchini
faollashtiradigan, o‘zi va o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan dars shakllarini, yo‘l
larni, usul va
uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi. Texnika asriga mos
keladigan ta'lim-
tarbiya jihatlarini tanlaydi, o‘quv jarayonida yuqori sifatga erishadi. Bu
esa o‘z navbatida ta'limda samaradorlikni ta'minlaydi, yoshlarni mu
staqil fikrlashga
o‘rgatadi, yoshlarni jamiyatga munosib qilib tarbiyalaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
ro`yxati:
1.
Mirziyoyev Sh. “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakatining IV quriltoyidagi
nutqi. T.:1.07.2017
2.
Darxonov
a G. “To’garak mashg’ulotlarni tashkil etish”
Science and education"
scientific journal / www.openscience.uz june 2023 / volume 4 issue 6 p-669
3.
Donald C. “Oral history program” Davidson library David E Russell, director
santa barbara, California 93106-9010 (805) 893-8215
4.
Xudoyberdiev Sh.,
Botirova D. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan
darslarning maqsad va vazifalari hamda fanlararo aloqalarning ahamiyati // Yangi
O’zbekistonning umidli yoshlari
. -
№
1(4). 28.05.2022.
–
P. 179.