Воспрепятствование вхождению на рынок как одна из форм недобросовестной конкуренции в Узбекистане

CC BY f
124-127
30
60
Поделиться
Таджибаева, М. (2022). Воспрепятствование вхождению на рынок как одна из форм недобросовестной конкуренции в Узбекистане. Современные тенденции развития цифровизации в сфере юстиции, 1(1), 124–127. https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-1-8-MTDDFJ-2021-pp124-127
Максуда Таджибаева, Ташкентский государственный юридический университет

старший преподаватель, кафедра предпринимательского права (бизнес право)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Согласно Закону Республики Узбекистан «О конкуренции» недобросовестная конкуренция является нарушением отдельных видов правонарушений в других отраслях права, в частности, в сфере правового регулирования интеллектуальной собственности, защиты прав потребителей и т.п. признано запланированным действием. На практике формы недобросовестной конкуренции очень разнообразны, поэтому определить точный перечень таких правонарушений невозможно. В связи с этим соответствующие положения иного законодательства в законодательстве о недобросовестной конкуренции не могут повторяться и являются некорректными.

Похожие статьи


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

124

Tadjibayeva Maxsuda Rustamjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi,

O‘ZBEKISTONDA INSOFSIZ RAQOBAT SHAKLLARIDAN BIRI

SIFATIDA BOZORGA KIRISHGA TO‘SQINLIK QILISH

Tadjibayeva Maxsuda Rustamjonovna

Tashkent State University of law, senior lecturer of Department of entrepreneurship law

(business law).

BARRIERS TO ENTRY MARKET AS A FORM OF UNFAIR

COMPETITION IN UZBEKISTAN

Таджибаева Максуда Рустамжоновна

Ташкентский государственный юридический университет, старший

преподаватель

кафедры

предпринимательского права

(бизнес право)

ВОСПРЕПЯТСТВОВАНИЕ ВХОЖДЕНИЮ НА РЫНОК КАК ОДНА

ИЗ ФОРМ НЕДОБРОСОВЕСТНОЙ КОНКУРЕНЦИИ

В УЗБЕКИСТАНЕ

O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, insofsiz

raqobat qonunchilikning boshqa sohalarida, xususan, intellektual mulkni

huquqiy tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va boshqalar

sohasidagi ma’lum bo‘lgan huquqbuzarlik turlarining ko‘pchiligida nazarda

tutilgan harakat sifatida tan olinadi. Amaliyotda insofsiz raqobat shakllari juda

xilma-xildir, shuning uchun bunday huquqbuzarliklarning aniq ro‘yxatini

aniqlab bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan insofsiz raqobat to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarida boshqa qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini takrorlash mumkin

emas va noto‘g‘ri.

Insofsiz raqobatning raqobat huquqi obyekti hamda savdo

munosabatlarida amalga oshiriladigan insofsiz raqobat usuli sifatida tovar yoki

moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning kirishiga to‘siq qo‘yish

shakli O‘zbekiston Respublikasi Raqobat to‘g‘risidagi qonunining 13-moddasi

1-qism 3-xatboshisida keltirilgan. Qonunda bozorga kirishga to

ʻs

qinlik qilish

ham insofsiz raqobat h

arakati sifatida koʻrsatilgan boʻlib, aslida

, bu holat

rivojlangan davlatlar (AQSH, Germaniya, Yaponiya) qonunchiligida insofsiz

raq

obat koʻrinishi

e

mas, balki belgisi sifatida namoyon boʻladi. Bozorga kirishga

to‘sqinlik qilish holati insofsiz raqobat belgisi sifatida bozorda o‘z kuchini

ko‘rsatish – Market power ichida mujassamlashtirilgan bo‘lib, bunda bir korxona

narxlarni oshirish, iste’molchilar uchun mahsulot yoki xizmat sifatini pasaytirish

yoki tadbirkorlarning kirishiga to‘sqinlik qilish uchun o‘zining bozorda o‘z

kuchini ko‘rsatishdan foydalanib insofsiz raqobatni amalga oshirishi mumkin.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

125

Tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning

kirishiga to‘siq qo‘yish to‘g‘risidagi taqiq imperativ norma bo‘lishiga qaramay,

ma’lum bir vaziyat uchun xos emas, umumiy ma’noga ega. Shu sababdan ham

uning tartibga solish mexanizmi mavhumligicha qoladi. Monopoliyaga qarshi

kurashish qo‘mitasining 2021-yilga qadar ko‘rilgan ishlarida ham bu norma

orqali tartibga solish holati uchramaydi. Bundan tashqari, ushbu norma

raqobatga zid boshqa harakatlardan farqli o‘laroq yetarlicha yaxshi

yoritilmagan. Xususan, bozorga kirishga to‘sqinlik qiluvchi insofsiz raqobatlar

qanday shaklda amalga oshirilishi ko‘rsatilmagan. Savdo munosabatlaridagi

insofsiz raqobat (Unfair trade practices) ning mamlakatimiz amaliyotida

uchraydigan, lekin insofsiz raqobat sifatida tartibga solinmaydigan shakllariga:

bozorni hududlarga bo‘lib undagi iste’molchilarni bo‘lib olish yoki tovar

turi bo‘yicha bozorlarga bo‘

lib olish;

raqobatchining bozorga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi insofsiz usullarni

qo‘

llash;

tovar yoki xizmatlarni xarid qilishda iste’molchilarni majburlash

;

mutlaq dilerlik kelishuvi kabilarni misol qilib keltirish mumkin.

Shu o‘rinda haqli savollar tug‘iladi. O‘zbekiston Respublikasida savdo

munosabatlari qay tarzda tartibga solingan? O‘zbekistonda savdo qoidalarini

buzish bilan savdo munosabatlaridagi insofsiz raqobat – insofsiz savdo amaliyoti

bu bir xil tushunchami? Nima uchun savdo qoidalarini buzish raqobat huquqi

instituti sifatida ko`rilmaydi? Nima uchun savdo qoidalarini buzishda insofsiz

raqobatga oid qoidalar mavjud emas?

O‘zbekiston Respublikasidagi savdo munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasida Chakana savdo qoidalarini

hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini

(xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2003-yil

15-fevraldagi Qarorining 1-ilovasi O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo

qoidalari orqali tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasida “Chakana savdo qoidalari” ga oid Nizom bilan

savdo qoidalarining asosan texnik masalalalari tartibga solinadi. Insofsiz

raqobat qoidalari deyarli yo‘q. Yuqorida sanab o‘tilgan huquqbuzarliklarning

ayrim shakllari:

narxlarni asossiz ravishda oshirish;

iste’molchilarga yetkazib berish yoki ularga xizmat ko‘rsatishni rad etish

(tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar

ko‘

rsatmaslik; xarid

orga tovarning sifati, butligi, o‘lchami, og‘irligini tekshirish

imkoniyati yaratishdan bosh tortish; xaridorga uzoq muddat foydalaniladigan sifati

yomon tovarni ta’mirlash yoki almashtirish davrida yaxshi sifatli ana shunday

tovarni berishdan bosh tortish

; sifatsiz, but b

o‘lmagan tovarlarni, kulinariya

buyumlarini va atayin nostandart mahsulotlarni sotish, shuningdek, xaridorga

sotilgan sifatsiz, but bo‘lmagan tovarni almashtirib berishdan yoki pullarni qaytarib

berishdan bosh tortish);


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

126

tovar nomi, ishlab chiqaruvchining kelib chiqishi yoki joylashgan joyi

haqida ma’lumotsiz mahsulotni sotish (ishlab chiqarish markasida yoki tovar

belgisida tayyorlovchining nomi va joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar

ko‘rsatilmagan tovarlarni sotish) kabilar savdo munosabatlaridagi insofsiz

raqobat – insofsiz savdo amaliyoti sifatida qaralishi mumkin.

Bu, shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda yuqoridagi xatti-harakatlar, asosan,

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan emas, balki unga bo‘ysunuvchi

qoidalarni buzish sifatida baholanadi. Shunday qilib, insofsiz raqobatning asosiy

shakllari, ayniqsa, insofsiz savdo amaliyoti qonuniy tartibga rioya qilmaslikdan

kelib chiqishi mumkin. O‘zbekiston Raqobat qonunchiligidagi “insofsizlik”

masalalari chakana savdo qoidalariga oid hujjatlarida mustahkamlangan. Bu

normativ-huquqiy hujjat biroz bahsli. Chunki insofsiz savdo amaliyotiga oid

masalalar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 13-

moddasida sanab o‘tilgan insofsiz raqobat harakatlari deb e’tirof etilgan bo‘lsa-

da, asosan, “Chakana savdo qoidalari”gi nizomda nazarda tutilgan.

Raqobat qonunchiligidagi muammo sifatida “Chakana savdo qoidalari”gi

nizom raqobat huquqi instituti sifatida ko`rilmaydi. O‘zbekistonda savdo

qoidalarini buzish bilan savdo munosabatlaridagi insofsiz raqobat – insofsiz

savdo amaliyoti bir xil tushuncha emas.

O‘zbekiston Respublikasi Raqobat to‘g‘risidagi qonunida insofsiz

raqobatning xalqaro miqyosda insofsiz savdo amaliyoti deb nomlanuvchi ayrim

shakllarigina keltirilgan. Insofsiz raqobatning shakllari bo‘yicha qonunga

kiritilgan ma’lumotlar miqdorini esa amaliyotda uchrayotgan raqobatga oid

muammolarni hal qilish maqsadida ham sezilarli darajada oshirilishi lozim.

Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasida bunday yondashuvni to‘g‘ri

deb hisoblaydi. Masalan, AQSh Federal Savdo Komissiyasining ma’lumotlariga

ko‘ra, savdo sohasida 400 ga yaqin insofsiz raqobat amaliyoti mavjud. Bu borada

Germaniya tajribasi ham qiziq. Germaniyadagi raqobat qonuni

(Wettbewerbsrecht) ikkita asosiy qonun hujjatlariga asoslanadi – Raqobatni

cheklashga qarshi qonun (Gesetz gegen (GWB) va Insofsiz raqobatga qarshi

qonun (Gesetz gegen unlauteren Wettbewerb). 7-iyul 2004-yilda Insofsiz

raqobatga qarshi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Buning natijasi o‘laroq,

uning yangi tahririda o‘n beshta alohida tur ushbu beshta asosiy shakl doirasida

birlashtirildi: insofsiz savdo amaliyoti; chal

g‘ituvchi tijorat xatti-

harakatlari;

harakatsizlik bilan chalg‘

itish amaliyoti; insofsiz qiyosiy reklama; bozor

ishtirokchilarining qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan yuki.

Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun “Tovar belgilari, tovar nomlari va

insofsiz raqobat aktlari” bo‘yicha namunaviy qonunga muvofiq, 12 turdagi

insofsiz raqobat harakatlari nazarda tutilgan bo‘lib, ularning ichida raqobat

huquqi obyektlari bo‘lgan quyidagi insofsiz raqobat shakllari mavjud:

– raqobatchilarning xaridorlarini pora berish orqali ularni mijozlar sifatida

jalb qilish va kelajakdagi minnatdorchiligini saqlab qolishga qaratilgan

harakatlar;

– raqobatga qarshi kurashish yoki oldini olish uchun boshqa firma

savdosini boykot qilish;


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

127

– damping, ya’ni o‘z mahsulotlarini raqobatga qarshi kurashish yoki uni

bostirish niyatida sotish;

– iste’molchiga mahsulotni juda foydali shartlar asosida sotib olish

imkoniyati berilganligi haqidagi taassurot yaratish, aslida bunday bo‘

lmasa ham;

– raqobatchilar tomonidan tuzilgan shartnomalar buzilishini

rag‘

batlantirish;

– raqobatchilarning mahsulotlari yoki xizmatlari bilan taqqoslanadigan

reklamalarni chiqarish;

– raqobatga bevosita aloqador bo‘lmagan huquqiy qoidalarni buzish,

bunday buzilish raqobatchilardan ustunlikka erishishga imkon beradi.

Ushbu shakllar tavsiyaviy xarakterda bo‘lib ayrim mamlakatlar raqobat

qonunchiligida u yoki bu ko‘rinishlarda uchraydi. Lekin bu shakllar amaliyotda

Insofsiz raqobat deb hisoblash mumkin bo‘lgan shakllarning barchasini qamrab

olmagan.

Insofsiz raqobatning raqobat huquqi obyekti hisoblangan quyida

ko‘rsatilgan shakllari esa xorijiy mamlakatlar tajribasida ko‘p yillar davomida

qo‘llanilib kelinmoqda. Xususan:

– tadbirkorning o‘z mijozlarini kamsitishga raqobatchi tomonidan

majburlash, xodimga, yetkazib beruvchining mansabdor shaxsiga uning xaridori

(buyurtmachisi)ning raqobatchisi tomonidan bunday xaridor (buyurtmachi) bilan

sha

rtnomani bajarmaslik yoki tuzmaslik maqsadida pora berish;

– xodimga, xaridorning (buyurtmachining) mansabdor shaxsiga uning

yetkazib beruvchisi raqobatchisi tomonidan bunday yetkazib beruvchi bilan

shartnomani bajarmaslik yoki tuzmaslik maqsadida pora ber

ish;

– xodimga, xaridorning (buyurtmachining) mansabdor shaxsiga uning

yetkazib beruvchisi raqobatchisi tomonidan bunday yetkazib beruvchi bilan

shartnomani bajarmaslik yoki tuzmaslik maqsadida pora berish;

– davlat hokimiyati organining qarori bilan tasdiqlangan amaldagi qonun

hujjatlari normalarini buzish orqali raqobatda noqonuniy afzalliklarga erishish;

– raqobatchining biznesiga aralashish, raqobatchining tijorat faoliyatini

qasddan buzish, to‘xtatish va noqonuniy yo‘

llar bilan tugatish;

– o‘z xizmat vazifalarini bajarmaslikka undash maqsadida raqib

xodimlariga noqonuniy vositalar orqali ta’sir ko‘

rsatish;

– raqobatchining biznes aloqalarini bekor qilish yoki bunday aloqalarni

o‘rnatishga to‘sqinlik qilish maqsadida bozorning boshqa subyektlariga asossiz

murojaatlar;

– tovarlarning maqsadga muvofiqligi yoki unga qo‘yiladigan talablar

o‘

rtasidagi nomuvofiqlikni yashirish;

– raqobatni cheklash maqsadida muayyan turdagi mahsulotni tegishli

bozorda raqobat sharoitidan past yoki tannarxdan past narxlarda sotishni

ataylab amalga oshirish.

Yuqoridagi shakllarni milliy qonunchilikda insofsiz raqobatni tartibga

solish bo‘yicha tuzatishlar ishlab chiqishda, shuningdek, bir qator boshqa

masalalarni, xususan, savdo masalalariga oid insofsiz raqobatni tartibga soluvchi

normativ huquqiy hujjatlarda hal qilinishi lozim.

Библиографические ссылки

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов