YOVVOYI POMIDOR (SSP. PIMPINELLIFOLIUM) ILDIZ TIZIMINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Аннотация

For the first time in the conditions of Uzbekistan on gray soils, the development features of the root system of the cultivated tomato (Lycopersicon esculentum Mill.) variety Gulkand and two samples of wild tomato (ssp. pimpinellifolium) were studied and scientifically substantiated. Promising rootstocks of wild tomato No.10 (L03708) and No.19 (CLN2071V) from WorldVeg were identified, which, when used as rootstocks for vegetative grafting, provided an increase in the yield and quality of the grafted varieties Gulkand, AVE-Maria and Mapvarid.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
57-63
31

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Karimov, B. ., & Mavlyanova , R. . (2024). YOVVOYI POMIDOR (SSP. PIMPINELLIFOLIUM) ILDIZ TIZIMINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI. Развитие и инновации в науке, 3(12), 57–63. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/63318
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

For the first time in the conditions of Uzbekistan on gray soils, the development features of the root system of the cultivated tomato (Lycopersicon esculentum Mill.) variety Gulkand and two samples of wild tomato (ssp. pimpinellifolium) were studied and scientifically substantiated. Promising rootstocks of wild tomato No.10 (L03708) and No.19 (CLN2071V) from WorldVeg were identified, which, when used as rootstocks for vegetative grafting, provided an increase in the yield and quality of the grafted varieties Gulkand, AVE-Maria and Mapvarid.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

57

YOVVOYI POMIDOR (SSP. PIMPINELLIFOLIUM) ILDIZ TIZIMINING

RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Baxtiyor Akromovich Karimov

doktorant

Mavlyanova Ravza Fazletdinovna

DSc.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik-ilmiy tadqiqot instituti,

Toshkent, O'zbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.14554893

Annotation.

For the first time in the conditions of Uzbekistan on gray

soils, the development features of the root system of the cultivated tomato
(

Lycopersicon esculentum

Mill.) variety Gulkand and two samples of wild tomato

(

ssp. pimpinellifolium

) were studied and scientifically substantiated. Promising

rootstocks of wild tomato No.10 (L03708) and No.19 (CLN2071V) from
WorldVeg were identified, which, when used as rootstocks for vegetative
grafting, provided an increase in the yield and quality of the grafted varieties
Gulkand, AVE-Maria and Mapvarid.

Keywords:

tomato, root system, vegetative grafting, rootstock, samples.

Hozirgi paytda pomidor, qalampir, baqlajon, bodring, qovun, tarvuz va

boshqa ekinlar ko’chatlarini yetishtirishda vegetativ payvandlash dunyoda keng
qo’llanilib kelinmoqda. Payvandtag sifatida tanlangan navlar kuchli ildiz
tizimiga ega bo’lishi, tuproq namligiga, tuproq harorati va tuz
konsentratsiyasiga kam talabchan bo’lishi kerak. Buning xisobiga sovuq, issiqlik
va boshqa stresslarga chidamliligi oshadi, oziqa elementlari yaxshiroq tasir
etadi. Shu bilan birga turli patogenlarga genetik chidamlikga ega bo’lishi kerak
[15].

Ko’pchilik mamlakatlarning issiqxonalarida

Fusarium

(

Fusarium

oxysporum

) f.sp.

lycopersici

1-2 irqlari) va

Verticillium wilts

(

Verticilliumdahliae,

1-2 irqlari),

Clavibactermichiganense

(bakterial saraton),

Pseudomonassyringae,

Orobanche

(

Orobancheramosa

),

ildiz

nematodasi

(

Meloidogyne

spp.)

kasalliklariga chalinadi. Biroq, asosiy tuproq patogenlari bu

Fusarium,

Verticillium

va ildiz nematodasi (

Meloidogyne

spp) [6,12]. Ko’pchilik

mamlakatlarda tuproqdagi ko’plab kasalliklar, ayniqsa, issiq va nam yoz
oylarida sabzavot yetishtirishda va ochiq maydonlarda hosilning jiddiy
yo’qotishga olib keladi [3,7].

Birinchi payvandlash XX asrning boshlarida

Fusarium oxysporum

yuqumli

kasalliklar bilan zararlanishini kamaytirish uchun tarvuzda qilingan [10].


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

58

Payvandtag payvandustni o’sishini sekinlashtirishga ta’sir ko’rsatadigan

ma’lumotlar mavjud. Shu sababli yerga, tuproqqa va u yerda uchraydigan
kasalliklarga yaxshi moslanganligi tekshirilgan payvandtaglardan foydalanish
kerak [1, 4]. Yovvoyi turlarga payvandlash suv va oziq-ovqat bilan ta’minlash
uchun rivojlangan ildiz tizimiga ega bo’lish imkonini beradi [8].

«Eldorado», «Nova», «Packmore», «Primavers» va «Beaufort»

payvandtaglariga pomidorni payvandlash ularning ildiz tizimi o’z navlari yoki
payvandlanmagan o’simliklarga nisbatan 43,2%ga ko’proq ekanligini ko’rsatdi
[9,11]. Pomidorning payvandtaglari kasalliklarga chidamli yovvoyi turlarni
chatishtirish orqali yaratiladi. Eng keng tarqalgan payvandtag bu maxsus
yaratilgan F

1

«BeauFortt mCNV» va F

1

«Fr» duragaylaridir. U sho’rlanishga,

namlikga, tuproq harorati va tuz konsentratsiyasi uchun kam talabchan kuchli
ildiz tizimini shakilantirishga qodir. Shuning uchun sovuq, issiq va boshqa
stresslarga chidamliligi ortadi, oziqa elimentlarini yaxshi o’zlashtiradi. Shu bilan
birga bu gibrid 6 patogenlarga genetik chidamli. Yangi kuchli payvandtag
«Maxifort» pomidor duragayidir. Bu ikki pomidor payvandtagi xorijda juda keng
foydalaniladi [5].

Butunjahon Sabzavotchilik Markazi (WorldVeg) «Hawayi-7996» pomidor

payvandtagini tavsiya qiladi, u bakterial va fuzarium so’lish kasalliklariga
yuqori chidamlilikga ega [2].

Chet elda payvandlash

L. Esculentum

Mill. (madaniy) va

L. peruvianum

Mill. pomidori o’zaro mos kelmaslikni bartaraf etish uchun ishlatiladi [14].

Markaziy Osiyoda yetishtiriladigan pomidor navlari atrof-muhitning

biotik va abiotik noqulay omillari hosildorlikni keskin kamaytiradi va
o’simliklarni erta qurib qolishiga olib keladi. Sabzavot ekinlarining vegetativ
payvandlanishi va istiqbolli payvandtaglarni tavsiya etish borasida ma’lumotlar
kam edi, shuning uchun ham hech qanday tadqiqotlar olib borilmagan. Shuning
uchun biz payvandtaklarini ildiz tizimini asoslash bo’yicha tadqiqotlar o’tkazdik.

Uslublar.

Tadqiqotlar Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik-ilmiy

tadqiqot institutida olib borildi. Tuproqlar odatdagi kulrang tuproqlar bilan
ifodalanadi.

Yovvoyi pomidor (

ssp. pimpinellifolium

) № 10 (L03708) va № 19

(CLN2071V) namunalarining ildiz tizimi madaniy turi (

Lycopersicon esculentum

Mill

.)

Gulqand navi bilan o’rganildi.

Pomidorning ildiz tizimini o’rganish uchun Rojkov V. A. ning uslubiy

ko’llanmasi [13] va o’simlik ildizini to’liq qazish usuli foydalanilgan. Usul
tuproqni ildizlardan suv oqimi bilan yuvish orqali tuproqdan asta-sekin


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

59

chiqarilishi bilan butun ildiz tizimini o’rganishdan iborat. Qazish ishlari
tugagandan so’ng, ildiz tizimining uzunligi va diametri ramka va o’lchagich
yordamida o’lchandi. Tuproqning 70% dala namligi bilan biz har bir
o’simlikdan ikkita fraksiyada ildizlarni yig’dik. Ular darhol analitik tarozida
tortildi. Keyin barcha namunalarning ildizlari bir vaqtning o’zida quritish
shkafida quritildi va har bir namunaning quruq ildizlari (g) massasi tortildi.
Olingan tadqiqot natijalari B.A.Dospexov bo’yicha statistik tahlil qilindi.

Natijalar.

O’simlikning ildiz tizimi - bu barcha ildizlar, ularning yirik va

mayda ildizlarning yig’indisi. Ular suv va foydali ozuqa moddalarini yetkazib
berish, shuningdek o’simlikni yerga mahkamlash uchun kerak.

Pomidor novda tipidagi ildiz tizimiga ega. Birinchi tartibdagi ildizlari

asosiy ildizdan, ikkinchi tartibdagi ildizlari esa ulardan chiqib ketadi. Uchinchi
va to’rtinchi tartibdagi ildizlari ham mavjud. Barcha ildizlar ildiz tuklarining
qalin massasi bilan qoplangan.

Turga mansub ildizpoyalarning ildiz tizimi (

Lycopersicon esculentum

Mill

.)

, shuningdek, yovvoyi pomidor turiga mansub ildizpoyalari (

Lycopersicon

esculentum

Mill

., ssp. pimpinellifolium

) o’rganildi. To’liq qazib va o’rganilgan

pomidor nav namunalarining ildizlarini tahlil qilgandan so’ng, biz ular orasidagi
farqlarni aniqladik.

Gulqand pomidor navida har bir o’simlik uchun birinchi tartibdagi

ildizlarning o’rtacha soni 4 dona edi, ikkinchi va uchinchi tartibning ildizlari 23
dona edi. Ildiz sifatida xizmat qilgan №10 va №19 o’rganilgan payvandtaglarda
bu ko’rsatkichlar nazorat naviga qaraganda yuqori edi-13-14 dona (

1-jadval

).

Payvandtaglardagi ikkinchi va uchinchi tartibdagi ildizlar soni 36-48 donani
tashkil etdi. Asosiy ildiz bo’yinining diametri 9 mm edi va ildizpoyalarga
nisbatan kichikroq edi (13-19 mm).

Ildizlarni yerdan qazib olganimizdan so’ng amalga oshirilgan o’lchovlar

ildizlarni tekislash paytida ularning uzunligini aniqlashga imkon berdi. Asosiy
ildizning uzunligi nazoratda eng kichik 48 sm edi. Ikkala payvandtaglarning
ham uzun asosiy ildizi bor edi. №10 payvandtagida ildiz uzunligi 206 sm, №19
payvandtagining ildiz uzunligi esa 231 sm ni tashkil etdi.

O’simlikni suv va ozuqa moddalari bilan ta’minlash uchun nafaqat

ildizlarning soni, balki ildizlarning tuproqqa kirib borish chuqurligi ham
muhimdir.

1-jadval.

Pomidor namunalarining ildiz tizimi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

60

Nav
namuna
Lar

Ildizlari

soni,

dona

Ildiz
bo’yni
diametri,
mm

Asosiy
ildiz-
ning
uzunli-
gi, sm

Ildizn-
ing
tuproqqa
kirib
borishi
chuqurli-
gi,
sm

Tuproq-
dagi
ildiz-ning
joyla-
shish
diametri,
sm

1 tartib

2 - 3
tartib

Gulqand –
nazorat

4

23

9

48

42

52

№ 10

12

48

13

206

153

88

№ 19

13

36

19

231

141

91

№10 va 19
uchun:

12,5

42

16

218,5

147

89,5


Ildizning tabiiy holatida tuproqqa kirib borish chuqurligi Gulqand

nazoratida eng past ko’rsatkichga ega bo’ldi – 42 sm. №10 va №19
payvandtaglarning ildizlari ancha chuqurroq ketdi -141- 153 sm chuqurlikda.

Tuproqdagi ildiz kengligi diametri nazoratda eng kichik edi-48 sm. №10

va №19 payvandtaglarning diametri 88-91 sm edi.

Ildiz tizimining vaznini hisobga olish ularning farqlarini aniqlashga imkon

berdi. Gulqand nazoratida xom ildizlarning vazni 30,1 g ni tashkil etdi. Yuqori
vazni ko’rsatkichlar №10 da - 43,7 g va undan ham ko’proq №19 – 62,5 g
payvandtaglarda bo’ldi. Kichik ildizlarning vaznidagi farqlar kichik edi (2

-

jadval

).












background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

61

2-jadval.

Nav namunalar ildizlarining vazn ko’rsatkichlari

Nav
namunalar

Ildizlar vazni, g.

Xom ildizlar

Quritilgan ildizlar

Ildizlarni
umumiy vazni,
g

yirik

mayda yirik

mayda xom

quruq

Gulqand

22-

nazorat

30,1

5,1

8,3

0,6

35,2

9,8

№ 10

43,7

3,9

16,0

0,4

47,6

16,4

№ 19

62,5

4,7

22,1

0,7

67,2

22,8

№10 va 19
uchun:

53,1

4,3

19,05

0,55

57,4

19,6


Shuni ta’kidlash kerakki, ildizlarning quruq vaznini, shuningdek, barcha

ildizlarning umumiy vaznini tahlil qilganimizda, qonuniyat kuzatildi, ya’ni
ma’lum bir ildizpoyaning xom ildizlari vazni qanchalik katta bo’lsa, quruq ildiz
vaznining ko’rsatkichlari ham yuqori bo’ldi. Nazoratda xom ildizlarning umumiy
vazni 35,2 g, payvandtaglarda №10 – 47,6 g va №19-67,2 g. Quruq ildizlarning
umumiy vazni tegishli ko’rsatkichlarga ega edi –nazoratda-9,8 g,
payvandtaglarda № 10-16,4 g va №19 - 22,8 g.

Gulqand pomidor navida ildiz tizimi ko’proq mayda ildizlar bilan

ifodalanadi va asosan tuproqning yuqori qismida (42 sm) joylashgan.
Payvandtaglarda ildizlar kengaylik ravishda o’sib, 91 sm gacha bo’lgan katta
diametrni qoplaydi va 153 sm gacha tuproqqa chuqur kiradi. Payvandtaglarning
ildiz bo’yni ostidagi ildizning diametri Gulqand naviga (8 mm) qaraganda
kattaroq (13-19 mm).

Bizning tadqiqotlarimiz istiqbolli pomidor payvagdtaglarining payvand

qilingan navga ijobiy ta’siri haqida ilmiy asoslangan tushuntirish berdi. Biz
o’rgangan №10 va №19 istiqbolli payvandtaglari kasalliklarga genetik
qarshilikka ega bo’lib, o’simliklarning yaxshi o’sishini ta’minlab, kasallik xavfini
kamaytiradi. Yaxshi rivojlangan ildiz tizimiga ega bo’lgan payvandtag
payvandustni suv va barcha kerakli oziq moddalar bilan ta’minlaydi.

Ushbu omillar birgalikda payvandlangan navning vegetativ massasining

yaxshi rivojlanishiga, pomidor mevalarining mahsuldorligi va sifatini oshirishga


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

62

yordam beradi. Shu munosabat bilan, istiqbolli payvandtaglarga vegetativ
payvandlash usulidan foydalanish pomidor hosildorligini sezilarli darajada
oshirishni va pomidor mevalarining vazni va sifatini oshirishni ta’minlaydi.

Xulosalar.

Ilk bor №10 va №19 payvandtaklarning ildiz tizimining rivojlanish

xususiyatlari ilmiy asoslandi. Ilk bor issiqxona sharoitida yetishtirishga mos
bo’lgan payvandlangan Gulqand, AVE-Mariya va Marvarid (cherri) pomidor
navlarini xar tomonlama o’rganish asosida kompleks qimmatli xo’jalik belgillari
bo’yichan, hosildorligi 20%ga, meva vazni 43%ga va oziqaviy moddalari 10%ga
yuqori bo’lgan istiqbolli № 10 (L03708) va № 19 (CLN2071V) payvandtaglari
ajratib olindi va ishlab chiqarishga tavsiya etildi.

Adabiyoilar:

1.

Bai Y., Lindhout P. Domestication and breeding of tomatoes: what have we

gained and what can we gain in the future? //J. Annals of Botany. – 2007. – Vol.
100.- P. 1085-1094.
2.

Black L., Wu D.L., Wang J.F., Kalb T., Abbass D., Chen J.H. Grafting tomatoes

for production in the hot-wet season.
3.

Bradley J. Tomato grafting to control root diseases. // New Zealand

Journal of Agriculture. - 1968.- Vol. 116. - P. 26-27.
4.

Cakmak P., Ece A., Gebologlu N., Yilmaz E., Saglam N., Aydin M. Yield and

quality interactions between rootstocks and cultivars in tomato. // Soil-Water
Journal. - 2013.- Vol. 2 (2). - P. 287-294.
5.

Hai T. T. H., Esch E., Wang J.-F. Resistance to Taiwanese race 1 strains of

Ralstonia solanacearum in wild tomato germplasm. // European Journal of Plant
Pathology. - 2008. – Vol. 122.- P. 471- 479.
6.

Harrison D.J., Burgess P.G. The use of rootstock resistance for controlling

Fusarium wilt of tomatoes. // Plant Pathology. - 1962. – Vol. 11.- P. 23-25.
7.

Kubota C., McClure M.A., Kokalis-Burelle N., Bausher M.G., Rosskopf E.N.

Vegetable grafting: history, use, and current technology status in North
8.

Masuda M., Gomi K..Mineral nutrition and oxygen consumption in grafted

and non-grafted cucumbers. // J. of Japanese Society for Horticultural Science. -
1984.– Vol. 52.- P. 414-419.
9.

Papadaki A.M. The effect of grafting on growth, production and resistance

in adromicosis of tomato by Verticillum dahlia and cucumber by Fusarium
oxysporum f. sp. Cucumerinum. // MS dissertation, Aristotelian University,
Thessaloniki, Greece. - 2006.- 85 pp.
10.

Rivero R. Role of grafting in horticultural plants under stress conditions.

// J. Food, Agriculture & Environment. - 2003. – Vol. 1 .- P. 70-74.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

63

11.

Ruiz J. M., Romero L Nitrogen efficiency and metabolism in grafted melon

plants. // J. Scientia Horticulturae. - 1999.– Vol. 81.- P. 113-123.
12.

Tekken F., Rep M., The arms race between tomato and Fusarium

oxysporum. // J. Molecular Plant Pathology. - 2010.– Vol. 11.- P. 309- 314.
13.

Рожков В. А., Кузнецова И. В., Рахматуллоев Х. Р. Методы изучения

корневых систем растений в поле и лаборатории. Учеб.-методич. Пособие.
2- изд.- М.: ГОУ ВПО МГУЛ, 2008.- 51 с.
14.

78www.articlesbase.com/gardening-articles/grafting-tomatoes-on-

eggplant-rootstock-44766.html Крав
15.

www.moy-dom.info/garden/garden-7.htm МОЙ Советы садоводам и

Библиографические ссылки

Bai Y., Lindhout P. Domestication and breeding of tomatoes: what have we gained and what can we gain in the future? //J. Annals of Botany. – 2007. – Vol. 100.- P. 1085-1094.

Black L., Wu D.L., Wang J.F., Kalb T., Abbass D., Chen J.H. Grafting tomatoes for production in the hot-wet season.

Bradley J. Tomato grafting to control root diseases. // New Zealand Journal of Agriculture. - 1968.- Vol. 116. - P. 26-27.

Cakmak P., Ece A., Gebologlu N., Yilmaz E., Saglam N., Aydin M. Yield and quality interactions between rootstocks and cultivars in tomato. // Soil-Water Journal. - 2013.- Vol. 2 (2). - P. 287-294.

Hai T. T. H., Esch E., Wang J.-F. Resistance to Taiwanese race 1 strains of Ralstonia solanacearum in wild tomato germplasm. // European Journal of Plant Pathology. - 2008. – Vol. 122.- P. 471- 479.

Harrison D.J., Burgess P.G. The use of rootstock resistance for controlling Fusarium wilt of tomatoes. // Plant Pathology. - 1962. – Vol. 11.- P. 23-25.

Kubota C., McClure M.A., Kokalis-Burelle N., Bausher M.G., Rosskopf E.N. Vegetable grafting: history, use, and current technology status in North

Masuda M., Gomi K..Mineral nutrition and oxygen consumption in grafted and non-grafted cucumbers. // J. of Japanese Society for Horticultural Science. - 1984.– Vol. 52.- P. 414-419.

Papadaki A.M. The effect of grafting on growth, production and resistance in adromicosis of tomato by Verticillum dahlia and cucumber by Fusarium oxysporum f. sp. Cucumerinum. // MS dissertation, Aristotelian University, Thessaloniki, Greece. - 2006.- 85 pp.

Rivero R. Role of grafting in horticultural plants under stress conditions. // J. Food, Agriculture & Environment. - 2003. – Vol. 1 .- P. 70-74.

Ruiz J. M., Romero L Nitrogen efficiency and metabolism in grafted melon plants. // J. Scientia Horticulturae. - 1999.– Vol. 81.- P. 113-123.

Tekken F., Rep M., The arms race between tomato and Fusarium oxysporum. // J. Molecular Plant Pathology. - 2010.– Vol. 11.- P. 309- 314.

Рожков В. А., Кузнецова И. В., Рахматуллоев Х. Р. Методы изучения корневых систем растений в поле и лаборатории. Учеб.-методич. Пособие. 2- изд.- М.: ГОУ ВПО МГУЛ, 2008.- 51 с.

www.articlesbase.com/gardening-articles/grafting-tomatoes-on-eggplant-rootstock-44766.html Крав

www.moy-dom.info/garden/garden-7.htm МОЙ Советы садоводам и