MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR QO‘L BARMOQLARI VA NUTQIY MATORIKASINING XUSUSIYATLARI

Annotasiya

mazkur maqolada maktabgacha aqli zaif bolalar qo’l barmoqlari va nutqiy matorikasining xususiyatlari yuzasidan fikrlari bayon qilingan. O’yin faoliyatining xususiyatlari, bolalar bilan olib boriladigan o’yinlar tavsifi, aqli zaif bolalarning qo’l barmoqlari va nutqiy matorikasining xususiyatlari haqida olib borilgan ishlarga munosabat bildirilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
15-20
204

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abidova, N. ., & Ubaydullayeva , S. (2025). MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR QO‘L BARMOQLARI VA NUTQIY MATORIKASINING XUSUSIYATLARI. Развитие и инновации в науке, 4(4), 15–20. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/78959
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

mazkur maqolada maktabgacha aqli zaif bolalar qo’l barmoqlari va nutqiy matorikasining xususiyatlari yuzasidan fikrlari bayon qilingan. O’yin faoliyatining xususiyatlari, bolalar bilan olib boriladigan o’yinlar tavsifi, aqli zaif bolalarning qo’l barmoqlari va nutqiy matorikasining xususiyatlari haqida olib borilgan ishlarga munosabat bildirilgan.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

15

MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR QO‘L

BARMOQLARI VA NUTQIY MATORIKASINING XUSUSIYATLARI

Nazokat Abidova

Alfraganus universiteti Pedagogika va psixologiya

kafedrasi dotsenti

Sh.Ubaydullayeva

23\3 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15195986

Annotatsiya:

mazkur maqolada maktabgacha aqli zaif bolalar qo’l

barmoqlari va nutqiy matorikasining xususiyatlari yuzasidan fikrlari bayon

qilingan. O’yin faoliyatining xususiyatlari, bolalar bilan olib boriladigan o’yinlar

tavsifi, aqli zaif bolalarning qo’l barmoqlari va nutqiy matorikasining
xususiyatlari haqida olib borilgan ishlarga munosabat bildirilgan.

Kalit so’zlar:

aqli zaif, maktabgacha, o’yin, qo’l, barmoq, matorika.

Аннотация:

В статье изложены представления детей дошкольного

возраста с задержкой психического развития об особенностях развития их

пальцевой и речевой моторики. В статье рассматриваются особенности

игровой деятельности, дается описание игр, в которые играют дети, а

также особенности моторики пальцев рук и речи у детей с задержкой

психического развития.

Ключевые слова:

умственно отсталый, дошкольник, игра, рука,

палец, моторика.

Abstract:

this article presents the views on the characteristics of the fingers

and speech motor skills of preschool children with mental retardation. The

characteristics of game activity, the description of games with children, and the

reactions to the work carried out on the characteristics of the fingers and speech

motor skills of mentally retarded children are presented.

Keywords:

mentally retarded, preschool, game, hand, finger, motor skills.

O‘yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatidan biri

bo‘lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv,

mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib

borishini belgilaydi.

Bolalarning o‘yini nazariyasi YE.A. Flerina, YE.I.Tixeyeva, YE.A. Arkin kabi

olimlar asos soldilar, keyinchalik R.Y.Lextman-Abramovich, F.I. Uradkina, N.M.

Aksarina, A.P. Usova, D.V.Mendjeritskaya, R.I. Jukovskaya, T.A. Markova, S.L.
Novosyolova, YE.V.Zvorigina va boshkalarning tadqiqot ishlari bolalar o‘yini

mavzuini ishlab chiqishga bag‘ishlanadi.

Bolalar o‘yinining tarixi, tabiati, uning rivojlanish qonuniyatlari

L.S.Vigotskiy A.N.Leontyev, D.B.Elkonin, A.V.Zaporojets kabi psixologlar va

ularning davomchilari ilmiy tadqiqot ishlarida o‘z aksini topdi.

A.V.Zaporojets bolalar o‘yinining ilk yoshdan boshlab kuzatib borish

natijasida uni xfrakatga keltiruvchi sabablar, rivojlanish qonuniyatlari, har xil


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

16

yosh bosqichlarida bolalar o‘yinining o‘ziga xos tomonlari, mazmuni va
tuzilishini o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi.

Bolalar bog‘chasining pedagogik jarayonida o‘yinning tutgan o‘rni juda

kagga bo‘lib, o‘yindan maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalash va

ularga ta’lim borishda keng foydalaniladi. Zero:

-

o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati

namoyon bo‘ladi;

-

o‘yin maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish

shaklidir;

-

o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;

-

o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya bershining metod va usulidir;

-

o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir;

Taniqli pedagog olimlarning olib borgan tadqiqotlari o‘yinga kompleks

rahbarlik qiliti orqali bolalarga axloqiy munosabatlari, bolalar o‘yinining

rivojlanishi darajasiga ta’sir etish mumkinligini ko‘rsatadi.

Bolalar o‘yini o‘zining mazmuni, hususiyati, tashkil etilishiga ko‘ra xilma-

hildir, shuniiguchun uni quyidagicha turkumlarga ajratiladi:

1. Ijodiy o‘yinlar.

2. Qoidali o‘yinlar.

Ijodiy o‘yinlar bolalar o‘zlari o‘ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan

qoidalar bo‘lmaydi. O‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o‘yin jarayonida belgilashadi.

Ijodiy o‘yinlarga drammalashgan o‘yinlar, qurilish o‘yinlari, tabiiy

materiallar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar kiradi.

Qoidali o‘yiplarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi.

Qoidali o‘yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar,

musiqali o‘yinlar, ermak o‘yinlar.

Bolalarga ta’lim tarbiya berish maqsadida kattalarning o‘yinni tanlay bilishi,

unga to‘g‘ri rahbarlik qilnsh kerak. Bolalar bog‘chasida «ta’lim va tarbiya

dasturi»da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydi.

O‘yinda obraz, o‘yin harakati, so‘z o‘zaro bog‘lanib, o‘yin faoliyatining asosiy

negizini tashkil etadi, borliqni aks ettirish vositasi bo‘lib

;

xizmat qo‘ladi.

Bolalarning o‘yinlari qiziqarli, mazmunli bo‘lishi uchun o‘yinning hamma

turlaridan o‘rinli foydalanilsa, bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashda

ijobiy natijalarga erishiladi.

Avvalambor, o’yin jarayonida bolaning bilish faoliyati rivojlanadi, chunki

o’yin faoliyati atrof-olamni borligicha tasavvur qilishni kengaytirish va chuqur

o’rganish

hamda

diqqat,

xotira,

kuzatuvchanlik

va

fikrlashni

mukammallashtirish uchun imkoniyat yaratib beradi.

O’yin jarayonida bolalar predmetlarni o’lchami, rangi, shakllarini

solishtirishni, ularning nimadan tayyorlanganligini, tayyorlangan materiallar

xususiyatlari, bu materiallarning qanday va nimadan olinganligi bilan

tanishadilar (masalan: kubik – u plastmasadan tayyorlangan, plastmassa suniy

ravishda laboratoriyalarda tayyorlanadi).


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

17

O’yin bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. O’yin jarayonida

bolalarning harakatchanlikka bo’lgan talabi qondiriladi, ular o’yinda yanada aniq

va koordinatsiyalangan (aniq mo’ljalga yo’naltirilgan) holatga keladi.

Maktabgacha yoshdagi nutq nuqsoniga ega bolalarni duduqlanishini

bartaraf etishda foydalaniladigan o’yin turlari mavjud. Bularga:

- didaktik o’yinlar;

- harakatli o’yinlar;

- dramatizatsiyalashtirilgan o’yinlar;

- sukut saqlash rejimiga qaratilgan o’yinlar;

- shivirlab gaplashishga qaratilgan o’yinlar;

- ashula aytish bilan olib boriladigan o’yinlar kiradi.

Bolalarda duduqlanishni bartaraf etishda yuqorida ko’rsatilgan barcha

o’yinlardan foydalanish mumkin.

Harakatli o’yinlar. Nutq nuqsoniga ega bolalar bilan sekin bajariladigan

harakatli o’yinlar o’tkaziladi. CHunki bolalarda nafas va nutq tempi buzilmasligi

kerak. SHuning uchun oddiy harakat bilan bajariladigan harakatli o’yinlar

bajariladi.

Ya’ni koptok, obruch, lenta, bayroqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar. Bunday

o’yinlarning asosiy maqsadi bolalarning umumiy harakati va nutqini

mustahkamlashga qaratilgan.

Misol uchun «Koptok bilan bajariladigan harakatli o’yinlar».

I) Bolalar davra ko’rib turadilar, ularning har birida koptok bir logoped

kursatmasiga ko’ra ular koptokni bir qo’lidan ikkinchi qo’liga otib ilib oladilar,

osmonga otadilar, yonidagilarga uzatadilar, yarim o’tirgan holda o’z atroflarida

dumalatadilar, koptokni tushirib yubormay qo’ldan qo’lga eng ko’p o’tkazgan

o’ninchi g’olib hisoblanadi.

2) Bolalar sanasi orqali "ovchini" saylaydilar, u stulga o’tiradi, qo’lida 2-3 ta

koptok, signal xushtak chalingach "quyonlar" chiziqdan ichkariga kirib "ovchi"

atrofida chopa boshlaydilar, shundan keyin ikkinchi signal chalingach

"quyonlar" chiziqdan tashqariga yuguradilar, "ovchi" esa ularga koptok otadi

koptok kimga tegsa u "ovchi" vazifasini bajaradigan bo’ladi.

3) "Kim ushlaydi?" Bolalar ikkitadan bo’lib bo’linadilar va navbatchidan

yog’och qoshiqlar olib, unga sharchalar soladilar va tez qadam tashlab

kabinetning ohiriga yurib boradilar. Maqsad sharchani tushirib yubormaslik.

Murakkablashgan varianti: Qoshik, bilan yuruvchining ko’zini bog’lab qo’tsiladi.
Bunday juftliklarga navbat berish sanash orqali bajariladi.

Syujetli-rolli o’yinlardagidek, qoidali o’yinlarda ham bolalar ushbu

qoidalarga mos holda o’z hatti-harakatlarini tashkillashtiradilar, natijada ularda

matonatlilik, tartiblilik, maqsadga intiluvchanlik, berilgan vazifalarga mos holda

o’z istak-xohishlarini boshqara olish kabi shaxsiy sifatlari shakllanib boradi.

O’yin jarayonida bolaning axloqiy sifatlari tarbiyalanadi, bular: dadillik,

qat’iyatlilik, adolatlilik (vijdonlilik), hayrixoxlikdir. Aksariyat o’yinlar kollektiv

harakterga ega bo’lganligi sababli, ular jamoada muloqotga kirishish


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

18

malakalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bolani o’yinchoqlarga va o’yin
materiallarga bo’lgan ehtiyotkorona munosabatini, dastlabki mehnat

malakalarini shakllantirishda ham o’yin faoliyatidan foydalanish lozim.

Aksariyat o’yinlar bolalarda estetik didini faollashtiradi. Juftliklarda turish,

aylana bo’lib turish, o’yinlarga boshchilik qilayotgan kattalarga matnni ifodali

talaffuz qilib berish, bular hammasi ularni chiroyli narsalarni anglashga

o’rgatadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin faoliyatini shakllantirish logoped va

tarbiyachining vazifasiga kiradi. O’yinda bolalar qanchalik kam bo’lsa,

shunchalik chetdan kattalar ko’proq bevosita aralashishlari kerak.

Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar haqida to’xtalib o’tsak, ularning psixik

rivojlanishiga o’yinning umumiy ta’sir qilishida o’yin nutqning tiklanishiga
spetsifik ta’sirini ko’rsatadi. Bolalarni har doim bir-biri bilan muloqot qilishga va

o’z faoliyatini bir-biri bilan mulohaza qilishga o’rgatish kerak. Bu

tashabbuskorona faol nutq malakalarini mustahkamlashga, og’zaki nutqni

mukamallashtirishga, tilning grammatik qurilishini shakllantirishga va b.ga

yordam beradi.

O’yin bola nutqining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi, aynan

dramalashtirilgan o’yinlar – biron-bir predmetni sahnalashtirish nazarda

tutiladi. Jamoaviy qo’shiq va qo’shiqli o’yinlar nutqning ifodaliligi va so’zlarning

harakatlar bilan bir-biriga moslashtirishni rivojlanishiga imkoniyat beradi.

Bunga o’xshash o’yinlar, shuningdek, matn va harakatlarni ixtiyoriy eslab

qolishni shakllantiradi.

Maktabgacha bo’lgan yoshda syujetli-rolli va qoidalarga ega bo’lgan o’yinlar

o’tkaziladi. Keyingilariga didaktik va harakatli o’yinlar kiradi.

O’yin bu istak-xohishlarni ro’yobga chiqarish vositasi bo’lib, ammo yagona

istak emas, balki umumlashgan istaklardir. Vigotskiy o’yin mezoni bo’yicha,

unda soxta vaziyatlarni hosil qilishni tavsiya qilib, uning fikrlashicha bu qoidalar

bilan uzviy bog’liqdir. Sohta vaziyat – o’yin, real vaziyatlardan farqi shundaki,

«real hayotda mavjud bo’lgan narsa bola nazaridan chetda qoladi, lekin o’yinda

hatti-harakatlarni belgilab beruvchi qonun-qoidalarni bildiradi».

Bola rivojlanishida o’yin roli katta ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagilarga

bog’liq: soxta vaziyatdagi hatti-harakat bolani vaziyatli aloqadorlikdan ozod

etadi, bola o’yindagi vaziyatni ko’rishga emas, balki uni fikrlash, bilish, idrok

qilishga o’rganadi.

O’yin jarayonida bola predmetlarning mazmun-mohiyatini ulardan ajralgan

holda tushunishga, anglashga harakat qiladi, lekin bir vaqtning o’zida mavjud

predmet orqali u faqatgina mavjud harakatni bajaradi, bu bilan biz bola predmet

bilan emas, balki uning mohiyati bilan ishlashni boshlaydi demoqchimiz. Lekin

ular bilan biron bir harakat qilmoqchi bo’lsa, u albatta bevosita shu predmetdan

foydalanadi, uning mazmunini esa faqatgina maktab yoshida to’liq anglay oladi.

Umuman, bolalar jamoa holda o’yinlar o’ynar ekanlar, ular bu jarayonda

jamoa orasida o’zini qanday tutish qoidalarini o’rganadilar, uyushqoqlik bilan


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

19

o’yin o’ynash ko’nikmalarini hosil qiladilar. O’z zimmalariga tushgan rollarni
bajarishda katta ma’suliyatni his etishga odatlanadilar.

O’yinning muhim xususiyati shundaki, bolalar egallab olishlari qiyin bo’lgan

bilim va ko’nikmalarni o’yin orqali osongina o’zlashtirib oladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yhati:

1.

P.M.Pо‘latova “Olifrenopedagogika” ma’ruzalar matni. Toshkent -2010

2.

SH. Amirsaidova “Aqli zaif aqli zaiflikning og‘ir darajasidagi bolalar

psixologiyasi”.

Toshkent -2010

3.

О‘zbekiston Respublikasi «Nogironlar huquqini ijtimoiy himoyalash

tо‘»risida»gi Qonuni. T.: 1991.
4.

Aytmetova S. SH. “Osobennosti psixicheskogo razvitiya uchashix¬sya

vspomogatelnoy shkoli”. Tashkent: «Ukituvchi», 1984.
5.

N. Q.Abidova Autizm spektrli bolalarni o`qitish va tarbiyalash/o‘quv

qo‘llanma.Toshkent – 2023 y.
6.

N. Q.Abidova Autizm spektrli bolalarni o`qitish va tarbiyalash/o‘quv

qo‘llanma.Toshkent – 2023 y.
7.

Qutbiddinov A. N. THE TECHNOLOGY OF FORMING GEOMETRIC

CONCEPTS IN PRIMARY CLASS STUDENTS WITH INTELLECTUAL DEFECTS
BASED ON THE INNOVATION IDEA //INTEGRATION CLUSTER" ON THE BASIS
OF INTERDISCIPLINARY RELATIONSHIPS." International Scientific and Current
Research Conferences. – 2022.
8.

Qutbiddinov A. N. THE TECHNOLOGY OF FORMING GEOMETRIC

CONCEPTS IN PRIMARY CLASS STUDENTS WITH INTELLECTUAL DEFECTS
BASED ON THE INNOVATION IDEA" INTEGRATION CLUSTER" ON THE BASIS OF
INTERDISCIPLINARY RELATIONSHIPS //International Scientific and Current
Research Conferences. – 2022. – С. 241-247.
9.

Abidova, N. K. (2023). Psychological and pedagogical study of children

with autism. Oriental Journal of Education, 3(03), 61-65.
10.

Qutbiddinov, A. N. (2022). Technology of forming geometric concepts in

primary class students with intellect defects on the basis of" integration Cluster".
Journal of Pharmaceutical Negative Results, 6461-6466.
11.

Nazokat, A. (2023). Autizm spektori buzilgan o ‘quvchilarning bilish

faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari. Journal of Academic Research and Trends
in Educational Sciences, 412-415.
12.

Abidova, Nazokat. "Positive effects of formation of knowledge, skills and

skills on the basis of interdisciplinary relations." Academicia: An International
Multidisciplinary Research Journal 11.3 (2021): 2505-2510.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

20

13.

Qutbiddinovna A. N. AUTIZM SPEKTORLI BOLALARDA IJTIMOIY-MAISHIY

MALAKALARNI RIVOJLANTIRISH: doi. org/10.5281/zenodo. 10555394 //ILM-
FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI. – 2024. – Т. 1.№. 1.
14.

Obidova, B., & Abidova, N. Q. (2023). RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN

BOLALAR LUGAT BOYLIGINI RIVOJLANTIRISH. QO‘QON UNIVERSITETI
XABARNOMASI, 417-419.
15.

Abdupattayeva, D., and N. Q. Abidova. "IMKONIYATI CHEKLANGAN

BOLALALRNI INKLUZIV TA’LIMGA KIRITISH UCHUN ULARNING OTA-
ONALARINI TAYYORLASH YO ‘LLARI." QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
(2023): 758-760.
16.

No‘monjonova, R., & Abidova, N. Q. (2023). IMKONIYATI CHEKLANGAN

YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH. QO‘QON UNIVERSITETI
XABARNOMASI, 448-450.
17.

Sharobidinova F., Abidova N. Q. AUTIZMGA EGA BOLALARNI PSIXOLOGO-

PEDAGOGIK O‘RGANISH //QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2023. – С.
761-763.
18.

Ubaydullayeva M., Abidova N. Q. O‘ZBEKISTONDA AQLI ZAIF BOLALARNI

ERTA

TASHXIS

QILISH

MUAMMOLARI

//QO‘QON

UNIVERSITETI

XABARNOMASI. – 2023. – С. 764-766.

Bibliografik manbalar

P.M.Pо‘latova “Olifrenopedagogika” ma’ruzalar matni. Toshkent -2010

SH. Amirsaidova “Aqli zaif aqli zaiflikning og‘ir darajasidagi bolalar psixologiyasi”. Toshkent -2010

О‘zbekiston Respublikasi «Nogironlar huquqini ijtimoiy himoyalash tо‘»risida»gi Qonuni. T.: 1991.

Aytmetova S. SH. “Osobennosti psixicheskogo razvitiya uchashix¬sya vspomogatelnoy shkoli”. Tashkent: «Ukituvchi», 1984.

N. Q.Abidova Autizm spektrli bolalarni o`qitish va tarbiyalash/o‘quv qo‘llanma.Toshkent – 2023 y.

N. Q.Abidova Autizm spektrli bolalarni o`qitish va tarbiyalash/o‘quv qo‘llanma.Toshkent – 2023 y.

Qutbiddinov A. N. THE TECHNOLOGY OF FORMING GEOMETRIC CONCEPTS IN PRIMARY CLASS STUDENTS WITH INTELLECTUAL DEFECTS BASED ON THE INNOVATION IDEA //INTEGRATION CLUSTER" ON THE BASIS OF INTERDISCIPLINARY RELATIONSHIPS." International Scientific and Current Research Conferences. – 2022.

Qutbiddinov A. N. THE TECHNOLOGY OF FORMING GEOMETRIC CONCEPTS IN PRIMARY CLASS STUDENTS WITH INTELLECTUAL DEFECTS BASED ON THE INNOVATION IDEA" INTEGRATION CLUSTER" ON THE BASIS OF INTERDISCIPLINARY RELATIONSHIPS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2022. – С. 241-247.

Abidova, N. K. (2023). Psychological and pedagogical study of children with autism. Oriental Journal of Education, 3(03), 61-65.

Qutbiddinov, A. N. (2022). Technology of forming geometric concepts in primary class students with intellect defects on the basis of" integration Cluster". Journal of Pharmaceutical Negative Results, 6461-6466.

Nazokat, A. (2023). Autizm spektori buzilgan o ‘quvchilarning bilish faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 412-415.

Abidova, Nazokat. "Positive effects of formation of knowledge, skills and skills on the basis of interdisciplinary relations." Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal 11.3 (2021): 2505-2510.

Qutbiddinovna A. N. AUTIZM SPEKTORLI BOLALARDA IJTIMOIY-MAISHIY MALAKALARNI RIVOJLANTIRISH: doi. org/10.5281/zenodo. 10555394 //ILM-FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI. – 2024. – Т. 1.№. 1.

Obidova, B., & Abidova, N. Q. (2023). RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR LUGAT BOYLIGINI RIVOJLANTIRISH. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 417-419.

Abdupattayeva, D., and N. Q. Abidova. "IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALALRNI INKLUZIV TA’LIMGA KIRITISH UCHUN ULARNING OTA-ONALARINI TAYYORLASH YO ‘LLARI." QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI (2023): 758-760.

No‘monjonova, R., & Abidova, N. Q. (2023). IMKONIYATI CHEKLANGAN YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 448-450.

Sharobidinova F., Abidova N. Q. AUTIZMGA EGA BOLALARNI PSIXOLOGO-PEDAGOGIK O‘RGANISH //QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2023. – С. 761-763.

Ubaydullayeva M., Abidova N. Q. O‘ZBEKISTONDA AQLI ZAIF BOLALARNI ERTA TASHXIS QILISH MUAMMOLARI //QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2023. – С. 764-766.