ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
643
Samarkand State Institute of Foreign Languages
MOBIL QURILMALAR YORDAMIDA TIL O’RGANISHDA SO’Z BOYLIGINI
OSHIRISHDAGI O’RNI
Karimova Umida Ochilovna
Teacher of SamSIFL
Rashidova Marjona Shamsiddin kizi
Student of SamSIFL
Annotatsiya
. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar, ayniqsa ,mobil
qurilmalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi xorijiy tillarni o’rganish uchun.Hozirgi kunda
ko’pchilik yoshlar mobil qurilmlardan, ya’ni , kompyuter yoki o’zlaring shaxsiy smartfonlari
yordamida chet tillarini mukammal tarzda o’rganishmoqda .Chet tilini o’rganish uchun turli
xildagi mobil ilovalar mavjud ,jumlada, til o’rganuvchilariga lug’atlarni oson tarzda o’rgatish
uchun turli xildagi platformalar va qiziqarli onlayn darslar tashkil qilingan va bu ilovalar qiyin
lug’atlar va tushunarsiz mavzularni oson tushunishga yordam beradi.Ushbu maqolada mobil
qurilmalar yordamida so’z boyligini oshirishning samarali yo’llari va afzalliklari va ba’zi
qiyinchiliklari haqida muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Mobil qurilmalar, so‘z boyligi, chet tili o‘rganish, ilovalar, Masofaviy
ta’lim, interaktiv mashqlar, onlayn kurslar, tinglab o‘rganish.
Chet tilini o’rganish ikki bosqichida amalga oshiriladi ,ya’ni ,onlayn va offline tarzda
o’rganish mumkin.Hozirgi kunda ko’pchilik talabalar va abituriyent online tarzda o’rganishni
afzal ko’rishadi.Chunki ular vaqtlarni tejashadi, shu sabali ular bu o’rganishni o’zlari uchun
qulay variant bilishadi va bundan tashqari online kurslar ham arzon narxlarda bo’lishi mumkin.
ELearning-ya’ni bu chet tilini mustaqil o’rganish hisoblanib,video yoki audio materiallarni,mobil
va o’yinlarga asoslangan ta’lim kabi keng tarmoqli tushuncha sanaladi.Masofaviy ta’lim
haqidagi tushunchalar asosan 20-asrda paydo bo’lgan va bu tushunchalar va hozirgi kungacha
qo’llanib kelinmoqda.(1) ELearning eng samarali shakli-mobil ta’lim shakli hisoblanadi.Uning
boshqa o’quv dasturlardan qulaylik tarafi shundaki u mobil texnalogiyalarga asoslangan
bo’ladi .Online ta’lim tiziming ommalashishning asosiy sababi shundaki:
• bundan biz istagan joyimizda va istagan vaqtimizda kirib o’rganishimiz mumkin;
• kerakli ma’lumotlarni qulay va oson tarzda olishimiz mumkin.
Masofaviy ta’limda asosan elektron kitoblar va online platformalardan foydalaniladi.Online
ta’lim tizimi uchun turli xildagi platformalar ishlab chiqilgan misol tariqasida:
1. Duolingo:
Yangi so‘zlar va grammatikani o‘rganish;
Interaktiv mashqlar bajarish;
Qiziqarli o‘yin uslubidagi darslar orqali til o‘rganish;
2. Memrise:
So‘z yodlashni tezlashtirish uchun vizual va audio qo‘llanmalar;
Ona tilida gapiruvchilarning ovozini eshitish va taqlid qilish;
Qisqa video darslar orqali amaliy mashqlar.
3. Busuu:
Ona tilida so‘zlashuvchilar bilan muloqot qilish;
Til bo‘yicha individual tavsiyalar olish;
Grammatikani chuqur o‘rganish uchun darslar;
4. Babbel:
Ish va kundalik hayot uchun moslashtirilgan darslar;
Matn yozish va talaffuzni yaxshilashga yordam beruvchi mashqlar;
Real hayotiy suhbatlarga tayyorgarlik.
5. HelloTalk:
Boshqa tillarni o‘rganuvchilar bilan real vaqtda chat qilish;
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
644
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Ona tilida so‘zlashuvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzatishlar olish;
Matn, ovoz va video orqali muloqot qilish.
6. Tandem:
Ona tilida so‘zlashuvchilar bilan suhbatlashish;
Do‘stona muloqot orqali tilni tabiiy o‘rganish;
Matn va ovozli xabarlar orqali yozish va talaffuzni rivojlantirish.
7. BBC Languages:
Video va maqolalar orqali til o‘rganish;
Tinglab tushunish va talaffuz mashqlari;
Grammatik qoidalarni o‘rganish
Bugungi kunda aksariyat yoshlar chet tilini o’rgashiga qiziqshishi oshib bormoqda. Bu
qiziqishlari ortidan ular xorijiy tillarni mukkamal tarzida o’ragnib xuddi native speakerlardek
muloqot qilishmoqda ammo xorijiy til o’rganuvchilarning 50% mukammal tarzida gapira
olishmaydi.Buning sababi esa lug’at boyligining kamligi va juda kam lug’at yodlashi sabab
bo’lishi mumkin.Bunday dolzarb muammolarni oldini olish uchun eng samarali usullardan biri
mobil qurilmlar va maxsus ilovolardan foydalanishdir.
1. Hozirgi kunda turli xildagi mobil ilovalar mavjud bo’lib ular lug’atlarni esda saqlab qolish va
tez o’rganishga yordam beradi.Masalan,Quizlet,Anki,Memrise ilovalar eslab qolish texnikasi va
takrorlash usuli orqali yodlashga yordamlashdi.Bu platformalar intereaktiv usilda o’rgatadi va
o’rganish uchun qiziqishlar uyg’otadi.
2. Lug’atlarni to’g’ri talaffuz qilish va uzoq muddatda eslab qolish uchun podcast,filmlar va
qo’shiqlar ham yoradam beradi.(2)
Podcastlar:ingliz tilidagi podcastlar tinglash orqali yangi so’zlar va talaffuzi o’rganiladi. Filmlar
va serial:ingliz tilidagi film va seriallar tomosha qilish kontesktda yangi so’zlarni bilib olishga
yordam beradi xorijiy tilni o’ganuvchilarga va lug’at boyligini oshirishni istovchilarga.
Musiqalar tinglash asosan so’zni to’g’ri talaffuz qilishga yordam beradi va biz qo’shiqni takror
eshitaversak undagi lug’atlar juda tezlikda esimizga qoladi.
3. Chet tilini o’rganmoqchi bo’lgan talabalar asosan o’zlarining darajalarinii aniqlab olishlari
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi sababi shundaki, agar ular o’zlaring darajalarini bilslar
darajalariga mos tarzidagi kitoblar yoki maqollar o’qib borishadi va o’zlariga notanish bo’lgan
so’zlarni belgilab oladilar shu so’zni qatnashtirb gaplar tuzadilar bu ham so’z boyligini
oshirishdagi eng samarali yo’llardan biri hisoblanadi.(3)
4. Interaktiv mashqlar orqali o’rganish ham qulay variantlardan biri hisoblanadi. O’yinlar,testlar
va boshqa interaktiv metodlar yordamida mustahkamlash ham samarali usul hisoblanadi.
Biz kundalik hayotda ishlatadigan ba’zi bir ibora va lug’atlarni bu ilovalar yoki eshitish orqali
o’rgana olmasligimiz mumkin. Sababi shundaki qachonki biz diqqatimizni bir joyga jamlab o’z
ustimizda shug’ullansakgina nafaqat lug’at boyligimiz balkim barcha bo’limlar eng professional
mutaxassis bo’lib yetishamiz.Ba’zi bir yoshlar faqatgina ilovalar orqali cheklanib qoladi va
yodlagan so’zlarini amaliy tarzda qo’llay olmay qiynalishadi va bu lug’atlar qo’llanmasa, vaqt
o’tgan sari passiv lug’atlarga aylanadi.shu sababli ularning lug’at boylik darajalari juda pasayib
boraveradi bu esa til o’rganishga bo’lgan qiziqishlarni o’ldiradi.Shu sababli lug’atlarni
muntazam tarzda takrorlash va ulardan kundalik hayotda yani amliy tarzda ham foydalanib turish
anchagina samara beradi.
Tadqiqotlarni shuni ko’rsatadiki,xorijiy tilini mukammal o’rganishni istagan inson o’zining ona
tilidan ham ko’ra o’rganyotgan xorijiy tilida ko’proq lug’at bilishi va lug’atlar esidan chiqmaslik
uchun mobil ilovalar yordamida bu lug’atlarni tez tez mustahkamlashi kerak shundagina bu
lug’atlar esda qoladi.Mobil qurilmalar yordamida til o’rganish anchagina oson siz u lar
yordamida ham lug’at boyligizni ham boshqa bo’limlardagi darajalar o’stirish uchun samarali
yo’l hisoblanadi.Har bir inson o’z ehtiyojlarga mos ilovalarni tanlaydi va u orqali yangi yangi
tillarni o’rganadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
645
Samarkand State Institute of Foreign Languages
1. Umida K. The Role of Teaching Compounds According to Types of Speech in Constructivism
//Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2022. – Т. 8. – С. 4-9.
2. Umida K. The ways of using constructivism to teaching phraseological units
and vocabulary for efl //Academicia Globe: Inderscience Research. – 2022.
– Т. 3. – №. 4. – С. 1-6.
Retrieved from https://geniusjournals.org/index.php/ejlat/article/view/1325
3. Umida, Karimova. "The Role of Teaching Compounds According to Types
of Speech in Constructivism." Eurasian Journal of Learning and Academic
Teaching 8 (2022): 4-9. Retrieved from ISSN: 2795-739X.
4. Ochilovna K. U., Sameyevna M. Z. IMPROVING SPEAKING SKILL
WITH THE HELP OF MODERN TECHNOLOGIES //Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 9. – №. 12. – С. 367-369.
1. https://www.researchgate.net/search?context=publicSearchHeader&q=
2.https://www.intereuroconf.com/index.php/APSEFMCH/article/download/5131/3783/3780
3.
https://kun.uz/news/2019/01/25/soz-boyligini-qanday-oshirish-mumkin
