Abu Homid g‘azzoliyning “Mukoshafatu-l-qulub” asarida “Xabar jumla” gap turining qo‘llanilisHI

8
3
Ulashish
Sanoqulova, U. (2022). Abu Homid g‘azzoliyning “Mukoshafatu-l-qulub” asarida “Xabar jumla” gap turining qo‘llanilisHI. Globallashuv Davrida Tilshunoslik Va Adabiyotshunoslik Taraqqiyoti Hamda ta’lim Texnologiyalari, 1(1), 92–96. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5479
Umida Sanoqulova, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch

doktoranti 

0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Kalomni shakllantirish, ma’no va mazmunni aniq va ochiq-oydin yetkazib berishda arab tili filologiyasidagi balog‘at ilmining o‘rni nihoyatda kattadir. “Balog‘at” atamasi so‘zlovchining o‘z fikrini nutq orqali grammatika, uslub va mantiq jihatidan mukammal va chiroyli ifodalay olishi bilan bog‘liq mahoratini anglatadi. Abu Yoqub Sakkokiyning“Miftohu-l-ulum” (“Ilmlar kaliti”) nomli asari balog‘at ilmida yaratilgan eng yetuk asar hisoblanadi. Bu asarda Sakkokiy o‘zigacha bo‘lgan balog‘at ilmiga oid barcha ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqib tartibga soldi va mazkur ilmning hamma masalalarini o‘zida jamlagan to‘liq bir asar yaratdi. Balog‘at ilmi uch yirik bo‘limni o‘z ichiga oladi. Bular: 1) bayon ilmi, 2) maoniy ilmi, 3) badi’ ilmi. Shulardan maoniy ilmida “kalomni vaziyat talab qilgan holatga moslashtirish usul va qoidalari 97 ” o‘rganiladi. Mazkur maqolada maoniy ilmining “Kalomning xabar va insho turlari” nomli bobidagi xabar jumlalar haqida so‘z yuritamiz, shuningdek, xabar jumlalarning Abu Homid G‘azzoliyning «Mukoshafatu-lqulub”ida qo‘llanishini asardan olingan misollar yordamida tahlil qilamiz.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

92

ABU HOMID G‘AZZOLIYNING “MUKOSHAFATU-L-QULUB” ASARIDA

“XABAR JUMLA” GAP TURINING QO‘LLANILISHI

Umida Sanoqulova Namoz qizi –

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch

doktoranti

Kalomni shakllantirish, ma’no va mazmunni aniq va ochiq-oydin yetkazib

berishda arab tili filologiyasidagi balog‘at ilmining o‘rni nihoyatda kattadir.
“Balog‘at” atamasi so‘zlovchining o‘z fikrini nutq orqali grammatika, uslub va
mantiq jihatidan mukammal va chiroyli ifodalay olishi bilan bog‘liq mahoratini
anglatadi. Abu Yoqub Sakkokiyning “Miftohu-l-ulum” (“Ilmlar kaliti”) nomli asari
balog‘at ilmida yaratilgan eng yetuk asar hisoblanadi. Bu asarda Sakkokiy o‘zigacha
bo‘lgan balog‘at ilmiga oid barcha ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqib tartibga soldi va
mazkur ilmning hamma masalalarini o‘zida jamlagan to‘liq bir asar yaratdi. Balog‘at
ilmi uch yirik bo‘limni o‘z ichiga oladi. Bular: 1) bayon ilmi, 2) maoniy ilmi, 3) badi’
ilmi. Shulardan maoniy ilmida “kalomni vaziyat talab qilgan holatga moslashtirish
usul va qoidalari

97

” o‘rganiladi. Mazkur maqolada maoniy ilmining “Kalomning

xabar va insho turlari” nomli bobidagi xabar jumlalar haqida so‘z yuritamiz,
shuningdek, xabar jumlalarning Abu Homid G‘azzoliyning «Mukoshafatu-l-
qulub”ida qo‘llanishini asardan olingan misollar yordamida tahlil qilamiz.

“Xabar” atamasi xabar, axborot, ma’lumot kabi ma’nolarni anglatadi. Xabar –

haqiqat yoki yolg‘onni ifodalovchi gapdir. Xabar ikki xil holatda yetkaziladi

98

:

Birinchi holatda gapda ifodalangan hukm tinglovchi uchun noma’lum bo‘ladi,

bu holatga “xabarning foydasi” – faa‘idatu-l-xabar (ربخلا ةدئاف) deyiladi. Buni
«Mukoshafatu-l-qulub” asaridan olingan quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin.
Unda Alloh taolodan qo‘rqishning yettita belgisi borligi haqida so‘z boradi va bu fakt
tinglovchi uchun yangilik bo‘lganligi sababli, u bu gapdan, ya’ni xabardan o‘ziga
muayyan foyda oladi:

ءایشأ ةعبس يف رهظت يلاعت الله فوخ ةملاع

99

Ya’ni: Alloh taolodan qo‘rqishning belgisi yetti narsada ko‘rinadi.

Ikkinchi holatda gapda ifodalangan hukm so‘zlovchiga ham, tinglovchiga ham

ma’lum bo‘ladi, bu holatga “foydaning zaruriyati” – laazimatu-l-faa‘ida (ةدئافلا ةمزلا)
deyiladi. G‘azzoliy asaridagi quyidagi jumla bu holatga misol bo‘ladi, unda
keltirilgan mo‘min va zohid odamning qiyomat kuni xursand bo‘lishi haqidagi xabar
so‘zlovchi uchun ham, tinglovchi uchun ham yangilik emas:

100

دهازلا و نمؤملا حرفیف...

Ya’ni: (Qiyomat kuni) mo‘min va zohid quvonadi.

Xabar jumlalarning o‘zi ifodalayotgan maqsadiga ko‘ra bir nechta turlari

mavjud

101

: ojizlik va rozilikni bildirish, hasrat qilish, narsalar, darajalar orasidagi farq

97

Rustamiy S. Balog`at ilmi. – Toshkent: Zilol buloq, 2020. – Б.29; يبرعلا باتكلا راد .يناثلا ءزجلا .ةغلابلل جاهنملا .ينوع دماح

.رصمب

1953

.

5

.

98

Rustamiy S. Balog`at ilmi. – Toshkent: Zilol buloq, 2020. – Б.38; ةبتكملا .عیدبلاو نایبلاو يناعملا يف ةغلابلا رهاوج .يمشاهلا دمحأ

ادیص .ةیرصعلا

.توریب

2004

.ص .

64

.

99

.9 .ص .يلع دمحم ثراولا دبع خیشلا حیحصتو طبض .ةیملعلا بتكلا راد .نانبل – توریب .بولقلا ةفشاكم .يلازغلا دماح وبأ

100

O`sha manba, – B.9.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

93

va tafovutni ko‘rsatish, tanbeh berish, amalga oshirish kerak bo‘lgan ishga
yo‘naltirish, hosil bo‘lgan yaxshi holatdan quvonish, rahm-shafqat istash, faxrlanish,
biror holatdan hasrat qilish, madh qilish, ehtiyotkorlikni ifodalovchi xabar jumlalar.
Quyida ularning ayrimlariga misollar keltiramiz:

– ojizlik va rozilikni bildiruvchi jumlalar, masalan asarning “Yana Alloh

taolodan qo‘rqish haqida” deb nomlangan ikkinchi bobida keltirilgan bir hikoyadan
olingan quyidagi jumlada ochlikdan qiynalayotgan bolalarning onasiga qarata aytgan
gapida ojizlik va imkonsizlikdan nolishi aks etgan:

102

عوجلا نم تومن نحن يمأ ای

Ya’ni: Onajon, biz ochlikdan o‘lyapmiz.

– hasrat qilishni ifodalaydigan xabar jumlalar. G‘azzoliy o‘zining

“Mukoshafatu-l-qulub” asarida 111 ta mavzuni yoritish uchun Qur’on oyatlari va
hadislardan tashqari mavzuga mos turli qiziqarli hikoyat va rivoyatlarni ham
keltiradi. Masalan, shunday hikoyalardan birida, uyda och o‘tirgan bolalari uchun non
topishga majbur bo‘lib ko‘chaga chiqqan ayol haqida so‘z boradi. U xayr-sadaqa
so‘rab bir boyning eshigini qoqadi, boy esa kelgan ayolga nojo‘ya shart qo‘yadi,
noiloj qolgan ayol shartga ko‘nadi, biroq Allohdan qo‘rqib butun vujudi titraydi, buni
ko‘rgan boy esa shunday deydi (quyida boyning tilidan aytilgan jumlada uning afsus-
nadomati va hasrati namoyon bo‘lgan):

103

كنم فوخلاب ّقحأ انأف

Ya’ni: Aslida sendan ko‘ra ko‘proq men qo‘rqishim kerak.

– narsalar, darajalar orasidagi farq va tafovutni ko‘rsatuvchi xabar jumlalar.

Quyidagi misolda ko‘p yeyish va ochko‘zlik singari salbiy illatlar bilan birga fahm,
idrok, ilm kabi ijobiy tushunchalar o‘zaro solishtirilib, ular orasidagi tafovut aniq
ko‘rsatib berilmoqda. Shu bois ushbu jumlani xabarning narsalar o‘rtasidagi farqni
keltiruvchi turiga misol bo‘la oladi, deyishimiz mumkin:

104

ةنطفلا بهذُت ةنطبلا ّنإف ، ملعلاو مهفلا ةلق لكلأا ةرثك يفو

Ya’ni: Ko‘p yeyishdan fahm va ilm kamayadi, ochko‘zlik idrokni ketkazadi.

– tanbeh berishni ifodalovchi xabar jumlalar, masalan:

105

ياوس اًبر بلطیف يئاطعل ركشی ملو يئاضقب ضری مل نم

Ya’ni: Kim Mening taqdirimga rozi bo‘lmasa va berganimga shukr qilmasa,

o‘ziga Mendan boshqa iloh topsin.

Yuqoridagi tanbeh ma’nosidagi jumla hadisi qudsiydan olingan bo‘lib, unda

Allohning so‘zi keltirilgan. G‘azzoliy ushbu hadisni asarning “Sabr va xastalik”
nomli uchinchi bobida o‘z fikrini isbotlash uchun keltirgan.

– amalga oshirish kerak bo‘lgan ishga yo‘naltirish, masalan:

106

لمعلا و ملعلاب لاإ بولقلا ضارمأ يوادت لا و

Ya’ni: Qalb xastaliklari ilm va amalsiz tuzalmaydi.

101

Рустамий С. Балоғат илмида лингвистик назариялар ва тил ҳодисаларининг ёритилиши. – Тошкент: Наврўз,

2017. – Б.57-58.

102

.11 .ص .يلع دمحم ثراولا دبع خیشلا حیحصتو طبض .ةیملعلا بتكلا راد .نانبل – توریب .بولقلا ةفشاكم .يلازغلا دماح وبأ

103

.12 .ص .يلع دمحم ثراولا دبع خیشلا حیحصتو طبض .ةیملعلا بتكلا راد .نانبل – توریب .بولقلا ةفشاكم .يلازغلا دماح وبأ

104

O`sha manba. – B.18.

105

O`sha manba. – B.16.

106

O`sha manba. – B.9.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

94

Nutqni tashkil qiluvchi gaplar zaruriy miqdorda bo‘lishi kerak, ya’ni befoyda

bo‘lmasligi uchun ko‘p bo‘lmasligi yoki ko‘zlangan maqsadni ifodalay olmaydigan
darajada kam bo‘lmasligi lozim. Bunday holatga balog‘atning maoniy ilmida “ifodali
so‘zlash va bayon qilish” (al-ifsaah va-l-bayaan – نایبلاو حاصفلإا) deb ataladi

107

. Bunda

tinglovchining holatidan kelib chiqib fikrni yetkazishda xabarni ifodalashning
quyidagi uchta turidan foydalaniladi:

1.

Xabarni ifodalashning boshlang‘ich ko‘rinishi. Bunda tinglovchi xabarning

dalilini bilmasa, xabarga shubha qilmasa yoki inkor etmasligi aniq bo‘lsa, xabar
tinglovchiga hech qanday ta’kidlarsiz, oddiy yetkaziladi. Xabarning bu turi
“boshlang‘ich” (ibtidaa‘iy يئادتبا

) deyiladi. Masalan:

سفنلا عم داهجو ، ةجحلا و ملعلاب لطابلا باحصأ عم داهجو ، رافكلا عم داهج :فانصأ ةثلاث يلع داهجلا

ءوسلاب ةراملأا

108

Ya’ni: Jihod uch turli bo‘ladi: kofirlar bilan kurash, yolg‘onchilar bilan ilm va

hujjat orqali kurash, yomonlikka buyuruvchi nafs bilan kurash.

Ushbu misoldagi xabar tinglovchi uchun yangilik, tinglovchi bu ma’lumotni ilk

bora eshitdi va bildi, shu bois hech bir ta’kidga hojat yo‘q.

2.

Xabarni ifodalashning talabli ko‘rinishi. Bunda tinglovchi berilayotgan

ma’lumotdan xabardor, lekin unga shubha qilayotgan, ikkilanayotgan va xabarning
rostligini bilish uchun dalil qidirayotgan bo‘ladi, shunda xabarning mazmuniga urg‘u
berib, ta’kidlab ifodalash kerak bo‘ladi. Xabarning mazkur turi “talabli” (talabiy يبلط

) deyiladi. Masalan:

ءاملا هیلع رثك اذإ عرزلاك تومی بلقلا نإف

109

Ya’ni: Darhaqiqat, qalb ekinga o‘xshaydi, unga ko‘p suv quyilsa o‘ladi.

Ushbu misolda qalbning ekinga o‘xshashligiga ّنإ (

darhaqiqat, haqiqatdan ham

deb tarjima qilinadi) ta’kid yuklamasi orqali urg‘u berilyapti va gapda qalbning
ekinga o‘xshashligi haqidagi hukm

ko‘p suv quyilsa

jumlasi orqali dalillanyapti.

3.

Xabarni ifodalashning inkoriy ko‘rinishi. Bunda tinglovchi xabarda

ifodalanayotgan ma’lumotni biladi, lekin uni inkor qiladi va uning aksiga ishonadi,
shuning uchun so‘zlovchi tinglovchidagi inkorning kuchli yoki kuchsizligini inobatga
olib, o‘z xabarini bir yoki bir necha ta’kid bilan yetkazishi kerak bo‘ladi. Xabarning
bu turi inkoriy (inkaariy

يراكنإ

) deyiladi. Bunday ta’kid gaplarda ta’kidni

bildiruvchi ّنأ ، ّنإ ، امنإ yuklamalari, ل ، ت ، و kabi qasam yuklamalari, fe’lga
qo‘shiladigan tashdidli ta’kid “nun”i, gapning boshida keladigan ل ta’kid yuklamasi
kabilar qo‘llanadi. Masalan:

اهتاوهش و سفنلا يوهب ناطیشلا كیلع يوقتی امنإو

110

Ya’ni: Shayton nafsingning hoyu havasi orqali hatto sendan ham o‘zib ketadi.

Ushbu misolda امنإ ta’kid yuklamasi orqali agar inson o‘z orzu-havaslariga

berilsa, shayton undan ham ustun kelishi aniqligi ta’kid bilan ifodalanyapti.

Xabarning kesimi fe’l yoki ism (ot, sifat, son, ravish) so‘z turkumidagi so‘z

bilan ifodalanganligiga ko‘ra ismiy va fe’liy jumla kabi ikki turga bo‘linadi.

107

.67 .ص .2004 .توریب – ادیص .ةیرصعلا ةبتكملا .عیدبلاو نایبلاو يناعملا يف ةغلابلا رهاوج .يمشاهلا دمحأ ; Rustamiy S. Balog`at ilmi. –

Toshkent: Zilol buloq, 2020. – Б.38.

108

.20 .ص .يلع دمحم ثراولا دبع خیشلا حیحصتو طبض .ةیملعلا بتكلا راد .نانبل – توریب .بولقلا ةفشاكم .يلازغلا دماح وبأ

109

O`sha manba. – B.18.

110

.17 .ص .يلع دمحم ثراولا دبع خیشلا حیحصتو طبض .ةیملعلا بتكلا راد .نانبل – توریب .بولقلا ةفشاكم .يلازغلا دماح وبأ


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

95

1. Ismiy jumla (jumla ismiyya – ةیمسا ةلمج) ega (mubtada‘ – أدتبم) hamda ism (ot,

sifat, son, olmosh, ravish, harakat nomi, sifatdosh) so‘z turkumiga mansub so‘z bilan
ifodalangan otkesim (xabar – ربخ) dan tashkil topadi. Bunda kesim zamonga ishora
qilmaydi. Masalan:

111

ملعأ وه

Ya’ni: U eng yaxshi biluvchidir.

Mazkur misolda

u

(وه) III shaxs birlik muzakkar jinsdagi kishilik olmoshi ismiy

jumlaning egasi (mubtada’ – أدتبم),

eng yaxshi biluvchi

(ملعأ) so‘zi gapning otkesimi

(xabar – ربخ) dir.

2. Fe’liy jumla (jumla fe’liyya ةیلعف ةلمج(

aniq nisbatdagi fe’liy kesim (fe’l – لعف)

va ega (faa‘il – لعاف) dan tashkil topadi yoki majhul nisbatdagi fe’liy kesim (fe’l –
لعف) va uning egasi (naa‘ib faa‘il – لعاف بئان) dan iborat bo‘ladi. Bunda kesimning
uchta zamondan biriga ishora qilishini ko‘rishimiz mumkin. Masalan:

ةأرملا تتكسف

112

Ya’ni: Ayol sukut qildi.

Mazkur jumlada ayol (ةأرملا) so‘zi aniq holatdagi (لا artiklini olgan) gapning ega

(لعاف) si, sukut qildi (تتكس) so‘zi esa aniq nisbatdagi o‘tgan zamon fe’li bilan
ifodalangan fe’liy kesimi (لعف) dir.

113

تادارلإا وفص مانملا ةلق نم دلوتیف

Ya’ni: Uyquni kamaytirishdan xohish-istaklarning pokligi tug‘iladi.

Bu misolda kam uxlagan odamning har turli orzu-havaslarga berilmasligi haqida

so‘z bormoqda. Ushbu jumlada

tug‘iladi

so‘zi o‘tgan zamon majhul nisbat fe’li bilan

ifodalangan gapning fe’liy kesimi (لعف) dir,

pokligi

so‘zi gapning egasi (لعاف بئان) dir.

“Mukoshafatu-l-qulub” asarida gapning xabar turidan unumli va keng

foydalanilgan. Muallif nutqida, fikr isboti sifatida keltirilgan Qur’oni oyatlari,
hadislardan olingan iqtiboslarda va asar matnida keltirilgan hikoyatlarda ko‘p
uchraydi:

– muallif nutqida xabar jumlalarning “faaidatu-l-xabar” turi;
– Qur’oni oyatlari va hadislarda xabar jumlalarning “faaidatu-l-xabar” turi;
– hikoyatlarda xabarning “faaidatu-l-xabar” turi ko‘proq qo‘llangan.
Ushbu jumlalar asarda nutqning tinglovchiga emotsional ta’sir etish, xabar

yetkazish, insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlash vazifalarini bajarishga yordam bergan.
Ularda aniqlik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik kabi muhim belgilar namoyon
bo‘ladi. Ular muallifning fikr-mulohazalarini yoritishda, asarning badiiy-g‘oyaviy
vazifasini ochib berishda fikrni isbotlash, dalillash, xulosalashga yordam bergan. Bu
orqali mutafakkir o‘z oldiga qo‘ygan vazifaga muvaffaqiyatli erisha olgan.

Adabiyotlar:

1.

توریب .بولقلا ةفشاكم .يلازغلا دماح وبأ

.نانبل

خیشلا حیحصتو طبض .ةیملعلا بتكلا راد

دبع

.يلع دمحم ثراولا

328

2.

رصعلا ةبتكملا .عیدبلاو نایبلاو يناعملا يف ةغلابلا رهاوج .يمشاهلا دمحأ

ادیص .ةی

.توریب

2004

.

408

111

O‘sha manba. – B.15.

112

O‘sha manba. – B.11.

113

O‘sha manba. – B.18.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

96

3.

.رصمب يبرعلا باتكلا راد .يناثلا ءزجلا .ةغلابلل حضاولا جاهنملا .ينوع دماح

1953

.

540

ص

.

4.

Рустамий С. Ўрта асрлар балоғат илмида тилшуносликка оид қарашлар.

Фил.фан.доктори дисс. – Тошкент: 2018. – 275 б.

5.

Rustamiy S. Balog‘at ilmi. – Toshkent: Zilol buloq, 2020. – 156 b.

6.

Абу Ҳомид Ғаззолий. Мукошафатул қулуб. Таржимон: Миразиз Аъзам.

– Тошкент: 2019. Ғофур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. – 472 б.

7.

Рустамий С. Балоғат илмида лингвистик назариялар ва тил

ҳодисаларининг ёритилиши. – Тошкент: Наврўз, 2017. – 17s2 б.

Bibliografik manbalar

أبو حامد الغزالي. مكاشفة القلوب. بیروت – لبنان. دار الكتب العلمیة. ضبط وتصحیح الشیخ عبد .1 الوارث محمد علي. 328 ص.

أحمد الهاشمي. جواهر البالغة في المعاني والبیان والبدیع. المكتبة العصریة. صیدا – بیروت. 2004. .2ص

ص408

حامد عوني. المنهاج الواضح للبالغة. الجزء الثاني. دار الكتاب العربي بمصر. 1953 .540 ص. .3

Рустамий С. Ўрта асрлар балоғат илмида тилшуносликка оид қарашлар. Фил.фан.доктори дисс. – Тошкент: 2018. – 275 б.

Rustamiy S. Balog‘at ilmi. – Toshkent: Zilol buloq, 2020. – 156 b.

Абу Ҳомид Ғаззолий. Мукошафатул қулуб. Таржимон: Миразиз Аъзам. – Тошкент: 2019. Ғофур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. – 472 б.

Рустамий С. Балоғат илмида лингвистик назариялар ва тилҳодисаларининг ёритилиши. – Тошкент: Наврўз, 2017. – 17s2 б.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана