Inson kamolning badiiy talqini

CC BY f
140-143
41
14
Поделиться
Ташанов, К., & Ергашев, М. (2022). Inson kamolning badiiy talqini. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 140–143. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5512
К Ташанов, Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

М Ергашев, Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти

mustaqil tadqiqotchi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Yozuvchi Isajon Sultonning “Ozod” romanida badiiy so ‘zning buyukligi, asardagi timsollar mohiyatiga singdirilgan inson umrining qadr-qimmati, bu g'oyalarni ifoda etishda ijodkorningpoetik mahorati tahlil etiladi.

Похожие статьи


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

140

INSON KAMOLNING BADIIY TALQINI

K. Tashanov –

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

M. Ergashev –

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI

mustaqil tadqiqotchi

Annotatsiya:

Maqolada Yozuvchi Isajon Sultonning “Ozod” romanida badiiy

so‘zning buyukligi, asardagi timsollar mohiyatiga singdirilgan inson umrining qadr-
qimmati, bu g‘oyalarni ifoda etishda ijodkorning poetik mahorati tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

so‘z, inson, obraz, adabiy, tasavvur, insoniy, tafakkur, matn.


Zamonaviy o‘zbek romanchiligida asarni so‘z

qudratiga bag‘ishlov bilan

boshlash usuli juda kam uchraydi. Aslida bu usul mumtoz adabiyotda muqaddima,
debochalarda keng qo‘llanilgan. Bugungi kunda o‘zbek romanchiligida Isajon Sulton
ijodida uchraydigan bu usulning mohiyatini asarni yaratishdan yozuvchining o‘z
oldigan qo‘ygan maqsadi bilan izohlash lozimga o‘xshaydi.

I.Sulton “Ozod” romani “Bag‘ishlov”ida inson umrining qadri va so‘zning

buyukligi haqida yozar ekan: “Darhaqiqat, so‘zda sehr bor, deyiladi… Bu asar so‘z
aytishga jazm qilgan va aytgan so‘zining mohiyati-yu oqibatini sezgan iste’dod
ahliga, shoirlarga, yozuvchilarga, ya’ni, ma’naviy dunyolarni hosil qiluvchi barcha
kishilarga bag‘ishlanadi. Zamon, aytilgan so‘zlar allaqachon moddiylashib bo‘ldi,
shakl yasadi, tevarakni o‘zgartirdi va aytuvchi hayotining mohiyatini belgilab berdi,“-
deya ta’kidlaydi [1:142].

Aytish lozimki, I.Sultonning “Ozod” romani faqatgina yurtimizda emas, balki

xorijdagi musofirlarni ham qiziqtirib qo‘ygan. “Ozod“ romani nafaqat o‘quvchilar,
balki adabiyotshunoslar e’tiboriga ham tushdi. Bu esa asarning badiiy quvvatidan,
pafosining jo‘shqinligidan dalolatdir.

Adabiyotshunos D.Quranov:

“Yozuvchi Isajon Sultonning “Ozod” romani

sharqona mumtoz falsafa va bugungi postmoderncha dunyoqarashni o‘zida sintez
qilgan asardir. Romanni o‘qir ekansiz, musulmon sharqiga xos dunyoqarashning
zamonaviy falsafiy ifodasiga duch kelasiz. Unda bugungi global dunyoda o‘zligini
yo‘qota yozgan insoniyatning saodatga erish yo‘li xususida so‘z boradi. Tom
ma’noda, yozuvchi olam va odamning sharqona konsepsiyasini yangicha ifoda
yo‘sinida bayon qiladi,”

- deb yozadi. [4] Olim to‘g‘ri ta’kidlaganidek, asarda

sharqona falsafa va bugungi dunyoqarash, insoniyatning ma’rifatga yetish yo‘li,

“olam va odamning sharqona konsepsiyasi”

ifoda qilingan.

Filologiya fanlari doktori Islomjon Yoqubov esa:

“Ozod“ romani yurak

tubidagi po‘rtanalardan bahs etadi. Basirat so‘qmoqlarida o‘z yo‘lini topmoq
ilinjida sarosar kezayotgan tasavvur orzu, havas, armon, pushaymonlik, hasrat,
nadomat kabi turfa tuyg‘ular iskanjasida qoladi. Adib inson taqdiri uning Muhabbat
va Iymoni darajasiga ko‘ra o‘zgaradi, degan xulosaga keladi. Shu ma’noda bu
asarni tasavvur va tafakkur romani deyish mumkin

“, – deya ta’kidlar ekan, asarda

insoniyatning ma’rifatga erishish yo‘li sifatida “Muhabbat va Iymon” keltirilganligini
e’tirof etadi [5:15].

Adabiyotshunos olima N.Sultonova esa romanning o‘ziga xosligi haqida yozar

ekan:

“Isajon Sultonning “Ozod” romanining o‘ziga xos kompozitsiyasi, syujet

strukturasi postmodernistik oqim tamoyillariga mosligi kuzatildi. Postmodernistik


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

141

romanlarda “janrlar mutatsiyasi” bilan birgalikda syujet, kompozitsiya, obraz,
ayniqsa,

badiiy

uslubdagi

modifikatsion

jarayonlar

pirovardida

janr

modifikatsiyasini yuzaga chiqaradi. Isajon Sultonning “Ozod” romanidagi iqtiboslar,
turli adabiy asarlarga murojaatlar ma’rifatli insonning ana shu qadriyatlar
munosabatini va ular bilan mushtarak olamini ifoda etadi. Ozod obrazining narsa-
predmetlar, tabiat hodisalari, turli jonivorlar bilan munosabati modifikatsion
mazmunga egaligi bilan ajralib...”

turishini urg‘ulaydi [3:20].

Darhaqiqat, “Ozod” romanidagi Ozod obrazi orqali yozuvchi har bir inson ichki

kechinmalarida ro‘y beradigan hissiyotlarni ochib berishga intiladi. Yozuvchi inson
ichki ruhiyatini ochib beradigan yagona narsa so‘z ekanligini va buni ko‘zalar
misolida dalolatlaydi. “Yerto‘lamizda katta-katta ko‘zalar bo‘lar edi. Birining ichida
guruch, boshqasida bug‘doy, yog‘ saqlanar, ichiga qaramasam ham, shaklu
shamoyilidan nima saqlanayotganligini bilardim. Jism ham bir ko‘za kabidir, uni
to‘ldirgan narsa insonning ruhidir degan gapni ulg‘aygach eshitdim. Ko‘za aslida
loydan yasalib olovda pishirilgan sopoldir, ichidagi may tamomila boshqa tabiatga
ega latif bir narsa, fikr qilib ko‘rmaysanmi, der edilar. Haqiqatan ham, jism deb
atalgan g‘ilof ichida, ruh ma’vosida ummonlar to‘lqinlanmoqda, daryolar oqmoqda,
qushlar sayrab, goho yong‘inlar ham ro‘y bermoqda, qo‘poldan-qo‘pol ko‘za uni
qanday qilib aks ettira olsin? Ruhning vaziyatlarini yonmas-cho‘kmas, yo‘q bo‘lmas
so‘zdan boshqa yana nima ham aks ettira oladi?“ [1:143-144.] Matnda yozuvchining
ritorik so‘roq gapdan foydalanishi asarning ta’sirchanligini oshirishga xizmat
qilayotganni aniq. To‘g‘rirog‘i, ritorik so‘roqlar yozuvchining xis-tuyg‘usi, o‘y-
mulohazasi bo‘lib ko‘rinsa ham u asl mohiyati bilan kitobxonga, o‘quvchiga
yo‘naltirilgan. E’tibor qilinsa, yozuvchi inson tanasi va ko‘zani bir aks ekanligini
e’tirof etmoqda. Dunyoni, o‘z atrofidagi muhitni odam gunogun narsalarga
o‘xshatadi. Insonlarning ko‘z qarashidan kelib chiqqan o‘xshatishlarining birortasini
xato deyishga haqqimiz yo‘q. Chunki ular o‘xshatayotgan narsalarda ma’lum
ma’noda asos ham bor.

Yozuvchining nazarida esa dunyo ulkan ko‘zgudir. U buni Ozod nazarida

quyidagicha sharhlaydi: “Dunyo – ulkan ko‘zgudir, o‘z holicha senga yomonlik ham,
yaxshilik ham keltirmaydi“ [1:145]. Ayonlashadiki, biz ko‘rib turgan hamma narsa
ko‘zgudir. Ko‘zgular esa so‘z orqali moddiylashadi, moddiylashgach ahamiyatini
topadi. Ko‘zguning vazifasi narsani akslantirish. Darhaqiqat, dunyo ko‘zgudir.
Qo‘limizga oddiygina ko‘zguni olib unga kulib qarasangiz, oynada bizning kulgan
tasvirni, agarda yig‘lab qarasak, ko‘zguda yig‘lagan tasvirimiz ko‘rinishi
hammamizga ayon. Lekin yozuvchi e’tirofidagi “Dunyo – ko‘zgu” “o‘z holicha”
insonga yaxshilik ham, yomonlik ham qilmaydigan bo‘lsa, nima uchun unda inson
beparvo va behbudlik qiluvchi dunyodan noliydi?

Buni I.Sulton romanda buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiyning “Nafs yirtqich

arslon kabidur” hikoyatida keltirilgan falsafani sodda tilda ifodalashga intiladi: “Bir
xonaning har tarafiga tiniq ko‘zgular o‘rnatilgan edi… Bir kuni shu xonaga bir
arslonni kiritib yubordilar.

U ichkariga kirib, hamma tomondan o‘ziga son-sanoqsiz arslonlar qarab

turganini ko‘rdi… Shunda yosh arslonning g‘azabi qo‘zidi, u eng yaqinidagi raqibiga
tashlandi, shu tariqa u yerda sonsiz-sanoqsiz arslonlar bilan to holdan toygunicha


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

142

urishdi…” [1:144] Arslon ko‘zguda o‘z aksi bilan o‘zi urishayotganligini bilmagan
holda jang qildi. Yozuvchi odamni shu arslonga qiyos qiladi. Insonning eng yaqin
do‘sti ham, eng yovuz dushmani ham bu uning o‘zidir. Siz qanaqa muomala
bo‘lsangiz, suhbatdoshing ham sizga shu tarzda muomala qiladi. Demak, qilgan
amallarimizga yarasha mukofot yoki jazo olish muqarrardir.

Isojon Sulton inson o‘z qilmishiga yarasha albatta jazo olishini Ozod o‘y-

fikrlarida, tuyg‘ularida tafsir qiladi. “Xatolar va adashishlar… Agar xato
qilmasaydim, bugun bunday bo‘lmas edi deb o‘ylaydi u. Hayotimda bir necha katta
xatolarga yo‘l qo‘ydim. O‘sha xatolarim-u gunohlarim voqealarga aylanib, hayotimni
o‘zgartirib yubordi.

Ba’zan natijani ko‘raman-u sababni topolmayman,

lekin bu

natija o‘sha – o‘zim xosil qilgan sabab tufayli bunyod bo‘lganini bilaman“[1: 205].
Yozuvchi bizning boshimizga tushgan tashvishlaru gunohlarning sababchisi faqat va
faqat o‘zimiz ekanligiga urg‘u bermoqda.

“Ba’zan natijani ko‘ramanu, sababni

topolmayman”

jumlasiga e’tibor berilsa, har bir inson hayotidagi quvonchu g‘amlar,

tashvishlaru beparvoliklar, umuman turli-tuman voqealar haqida so‘z yuritilgan.
Boshimizga og‘ir tashvish tushsa, go‘yoki o‘zimiz oppoq insondek, Alloh taologa: “-
Ey, Xudo nima gunoh qilgandim, mening boshimga bu tashvishlaru musibatlarni
solmoqdasan,”– deya nola qilamiz. Ammo bu musibatlarning asl sababchi o‘zimiz
ekanligini tushunmaymiz yoki tushunishni istamaymiz.

Bunday qarashlarni “Ozod” romanigina emas, balki yozuvchining barcha

asarlarida kuzatish mumkin. Xususan, “Hazrati Hizr izidan” qissasida ham ko‘rish
mumkin. “Bir mahal sharpa eshitildi. Chiqib qarasam, bir chol arslonni eshak qilib
minib kelayotgan ekan… Shunday deb xalcho‘pni bir silkingan edi, yuzlab maxluqlar
paydo bo‘ldi. Orasida timsoqlaru men bilmaydigan qo‘rqinchli vahshiylar bor edi.
Bari tishlarini irjaytirib vahshat qilardi. – E tavba, – dedim. – Hoy, chol, o‘zing
kimsanu bular nima? – Bular gunohlaring, – dedi chol. – Har bitta qilmishing
vahshiyga aylanib seni kutib turibdi“[2: 45].

Inson ba’zan qilgan ishidan, amalidan, birovning ko‘ngliga ozor berganidan

qattiq pushaymon bo‘ladi. Ba’zilar qilgan amallarini, inson qalbiga ozor berganni
o‘ylab ham o‘tirmaydi. Afsus, nadomat ham qilamaydi.

Vaholanki, birovning ko‘ngliga ozor berganidan nadomat qilgan kishi haqiqiy

insondir. Chunki u ana shu pushaymon, afsus sabab o‘zining gunohini anglaydi.
Inson qalbidagi ana shunday tug‘yonlar haqida yozuvchi: “Pushaymon va afsus
yomon narsa. U hech nimani o‘zgartirmaydi. Ko‘zni yoshlantiradi, dilni achchiqqa
to‘ldiradi, xo‘rsiniqlar paydo qiladi. Ular odamning qalbida ilon singari yashaydi.
Ya’ni biz qanchalik pushaymon va afsus cheksak, shunchalik azoblanamiz. Bu esa
hech narsani o‘zgartirmaydi“,- degan xulosaga keladi [1:205].

Demak, yozuvchi qo‘ldan ketgan narsalarga hech qachon pushaymon bo‘lmaslik

kerak, degan fikriy g‘oyani ilgari surmoqdaki, qo‘ldan ketgan boylik, mol-dunyo
nadomat qilishga arzimaydigan narsalardir. Inson ming pushaymon bo‘lsa ham, u
narsalar qaytib kelmaydi. Yozuvchining pushaymon va afsus inson ichida ilonga
aylanishi haqidagi fikridan ayon bo‘ladiki, pushaymon va afsus inson umrini sekinlik
bilan ich-ichidan yemirib boradi va bir kunmas, bir kun uni ado qiladi. Demak,
yozuvchining asosiy maqsadi inson boylik, mol-dunyo yig‘ishga, pushaymon va
afsusga olib keladigan narsalarga qo‘l urmaslikka da’vatdir. Agar qo‘l ursa, o‘sha
narsalar boshiga musibat keltirishini, umriga zomin bo‘ladi.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

143

Xulosa qilib aytganda, “Ozod“ romanining tub mohiyatini anglash uchun

avvalo, yozuvchi nima demoqchi ekanligiga, aniqrog‘i,

ijodkor motiviga

e’tibor

berish lozim. Bizningcha, “Ozod“ romanida

ijodkor motivi

insonning farog‘atga

erishish uchun intilishlari, orzu-havaslarini, ijobat-talab yo‘ldagi urinishlari, quvonch
va alamlari,

g‘oliblik nashidasi va mag‘lubiyat alamini xilma-xil ko‘rinish hamda

usullardagi tasvirlarda namoyon bo‘ladi. Yozuvchining asarni yaratishdan ko‘zlagan
motivini bilish uchun uning asar qahramonlariga singdirgan motiv va
motivatsiyalaridan izlash zarur. To‘g‘rirog‘i, “Ozod” romani qahramonlari xulq-
atvorini badiiy motivatsiya tamoyillari va qonuniyatlarini tushunish, qaramonlarning
harakatlari motivini shakllanishning asarda inson xulq-atvori, tabiati, “aql mantig‘i”
(ratio) va “qalb tamoyillari” (emotio)ning dinamik jarayonini badiiy tadqiqini
kuzatish va shu asnoda ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish lozim. Zero, motiv
insonning (badiiy ijodda ijodkorning, badiiy asarda qahramonlarning) faoliyat
yo‘nalishini belgilovchi uning harakatini yuzaga keltiruvchi ya’ni uning xulq-atvorini
boshqaradigan, faolligini namoyon qiladigan motivatsiyalarni yuzaga chiqaradi.

Adabiyotlar:

1. Исажон Султон. Генетик. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2018.
2. Исажон Султон. Ҳазрати Ҳизр изидан. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2018.
3. Султонова Н. Исажон Султон романларида бадиий компонентлар

модификацияси. Филология фанлари бўйича фалсафа доктори [PhD]
диссертацияси автореферати. Қарши. 2020.

4. Қуронов С. Исажон Султоннинг икки романи ҳақида. Хуршид Даврон

кутубхонаси. (kh-davron.uz)

5. Ёқубов И.Бадиий-эстетик сўз сеҳри. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2011.

Библиографические ссылки

Исажон Султон. Генетик. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2018.

Исажон Султон. Ҳазрати Ҳизр изидан. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2018.

Султонова Н. Исажон Султон романларида бадиий компонентлар модификацияси. Филология фанлари бўйича фалсафа доктори [PhD] диссертацияси автореферати. Қарши. 2020.

Қуронов С. Исажон Султоннинг икки романи ҳақида. Хуршид Даврон кутубхонаси. (kh-davron.uz)

Ёқубов И.Бадиий-эстетик сўз сеҳри. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2011.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов