Navoiy me’rojnomalarida jabroil alayhissalom obrazining badiiy talqini

14
18
Ulashish
Allambergenov , H., & Shamsiyev, D. (2022). Navoiy me’rojnomalarida jabroil alayhissalom obrazining badiiy talqini. Globallashuv Davrida Tilshunoslik Va Adabiyotshunoslik Taraqqiyoti Hamda ta’lim Texnologiyalari, 1(1), 161–164. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5521
Hamza Allambergenov , Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori

Dilshod Shamsiyev, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

 oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistranti

0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Turkiy adabiyot taraqqiyotida Mir Alisher Navoiy dahosining oʻrni beqiyos. Donishmand adib yaratgan turfa mavzulardagi asarlar va obrazlar galereyasi kishi tafakkurini hayratga solmay qolmaydi. Unda oshiq ham, ma’shuq ham, dehqon-u kosib ham, shoh-u gado ham oʻzining betakror badiiy portreti, qirralari bilan namoyon boʻladi. Oʻzigacha boʻlgan davrda yaratilgan deyarli barcha diniy-ma’rifiy mavzulardagi manbalar bilan tanishgan shoir asarlarida biz paygʻambarlar, avliyolar, shayton-u farishtalarning oʻziga xos obrazlari bilan tanishishimiz mumkin. Ana shunday ijodiy yaratiqlardan biri Navoiy me’rojnomalarida asosiy obrazlardan biri sifatida koʻrinadigan elchi timsoli hisoblanadi. Allohning o‘zining suyumli bandasi – Muhammad (s.a.v.) oldilariga elchi qiyofasida yuborilgan bu farishta Jabroil alayhissalomdir. „Jabroil – islomdagi to‘rt bosh farishtalardan biridir. Diniy aqidaga ko‘ra, Alloh irodasini payg‘ambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi), samoviy ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta; barcha payg‘ambarlarga xudo tarafidan keladigan vahiylar farishtalar ulug‘i Jabroil (as) orqali keladi. Jabroil Allohning irodasi bilan Muhammad (sav)ga Qur’on oyatlarini yetkazib bergan. Qur’oni karimda Jabroil „muqaddas ruh“, „olijanob elchi“ nomi bilan tilga olinadi


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

161

NAVOIY ME’ROJNOMALARIDA JABROIL ALAYHISSALOM

OBRAZINING BADIIY TALQINI

Hamza Allambergenov –

Nukus DPI Oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya

fanlari boʻyicha falsafa doktori

Dilshod Shamsiyev –

Nukus DPI oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistranti

Turkiy adabiyot taraqqiyotida Mir Alisher Navoiy dahosining oʻrni beqiyos.

Donishmand adib yaratgan turfa mavzulardagi asarlar va obrazlar galereyasi kishi
tafakkurini hayratga solmay qolmaydi. Unda oshiq ham, ma’shuq ham, dehqon-u
kosib ham, shoh-u gado ham oʻzining betakror badiiy portreti, qirralari bilan
namoyon boʻladi. Oʻzigacha boʻlgan davrda yaratilgan deyarli barcha diniy-ma’rifiy
mavzulardagi manbalar bilan tanishgan shoir asarlarida biz paygʻambarlar, avliyolar,
shayton-u farishtalarning oʻziga xos obrazlari bilan tanishishimiz mumkin. Ana
shunday ijodiy yaratiqlardan biri Navoiy me’rojnomalarida asosiy obrazlardan biri
sifatida koʻrinadigan elchi timsoli hisoblanadi. Allohning o‘zining suyumli bandasi –
Muhammad (s.a.v.) oldilariga elchi qiyofasida yuborilgan bu farishta Jabroil
alayhissalomdir. „Jabroil – islomdagi to‘rt bosh farishtalardan biridir. Diniy aqidaga
ko‘ra, Alloh irodasini payg‘ambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi),
samoviy ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta; barcha payg‘ambarlarga xudo
tarafidan keladigan vahiylar farishtalar ulug‘i Jabroil (as) orqali keladi. Jabroil
Allohning irodasi bilan Muhammad (sav)ga Qur’on oyatlarini yetkazib bergan.
Qur’oni karimda Jabroil „muqaddas ruh“, „olijanob elchi“ nomi bilan tilga olinadi

137

.

„Hayrat-ul abror“ dostonining me’rojnoma bobi voqealari – kechaning ta’rifi

davomida payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) oldilariga Alloh yuborgan elchi
tashrif buyuradi. Navoiy ushbu obrazni „yuksakka sayr etuvchi“ hamda „Allohning
pok xabarchisi“ deya ta’riflaydi:

Kim yetib ul soyiri ulviy maqom,
Ilgida bir toyiri ulviy xirom.
Tasvirlanishicha, yuksakka sayr etuvchi yetib, qo‘lida yuqoriga uchuvchi otning

jilovini ushlab turardi. Bu xabarchi – Jabroil (a.s) va uning qo‘lidagi uchqur ot –
Buroq otidir.

Qosidi qudsiychu salom aylabon,
Haq soridin arzi payom aylabon.
Allohning pok xabarchisi salom qilib, Haq tomonidan arzini bayon etadi: „Ey

shavqli sirlarning xazinasi, Alloh seni ko‘rishga o‘z shavq-u istagini bildirmoqda.
Chunki payg‘ambar jonon xabarini topgan ekan, uning jonon xabarini topgani
yangidan jon topganidir“

138

. Shundan so‘ng uning Muhammad (s.a.v.)ni otga

mindirib, o‘zi kelgan tomonga qaytarib olib ketgani tasvirlanadi. Pok xabarchi va
Muhammad (s.a.v) osmoni-falakda Oy, Atorud, Zuhra, Quyosh, Bahrom (Mirrix),
Mushtariy, Zuhal sayyoralarini; Hamal, Sarv, Javzo, Saraton, Sunbula, Aqrab, Qavs,
Jady, Dalv, Hut burjlarini bosib o‘tadilar. Osmonning Arsh qismiga ko‘tarilib,

137

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. – Toshkent, 2000.

138

Алишер Навоий. Ҳайрат ул-аброр (насрий баёни). – Тошкент: Янги аср авлоди, 2021.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

162

Rafrafga mingach, Jabroil va payg‘ambar ajraladilar. Paygʻambar Lomakon (yo‘qlik)
olamida olti jihatdan: Sharq, G‘arb, Shimol, Janub hamda quyi va yuqoridan xalos
bo‘ladi. To‘rt gavhar: tuproq, suv, olov va havo unsurlari uni tark etadilar. Shu tariqa
Muhammad Alloh diydoriga muyassar bo‘ladi. Barcha murod-maqsadlariga erishib,
safarni o‘z yakuniga yetkazadi.

Jabroil alayhissalom obrazi „Farhod va Shirin“ dostonida

„Sirli xabar tashuvchi“

sifatida gavdalanadi:

Ki, yetti ul baridi homili roz,
Qo‘linda bir Buroqi barqrarvoz.
Dostonda tasvirlanishicha, qorong‘u tushgach, sirli xabar tashuvchi – Jabroil

alayhissalom yetib keldi. Uning qoʻlida yashinday uchadigan Buroq bor edi. Elchi
bor niyatini, Haqning oʻtinchini ayon qildi: „Barcha odamlardan pinhona, oshigʻim
mening visolimdan bahramand boʻlsin“. Paygʻambar (s.a.v.) bu soʻzni eshitib darhol
Buroq otiga sakrab mindi. Buroq bir hamlada tuproq, shamol, oʻt-u suvdan oʻtib
ketadi. Barcha sayyoralar-u burjlardan o‘tib, Uchqur Buroq lomakon maydonida
yetganida ma’nolar xazinasi – Muhammad (s.a.v.) otdan tushadi. Unga saf-saf
maloyiklar ta’zim qiladilar. U toʻrt unsur ham, olti tomon ham, hatto beshta his va
ikki jihatdan ham xoli bo‘ladi. Zotan, Unga Haq vasli nasib etgan edi.

Biz „Layli va Majnun“ dostonida Jabroil (a.s.)ni xabar eltuvchi nurli bir elchi

hamda osmonkezar

sifatida ko‘ramiz:

Kim yetti baridi nur baxshi,
Hamroh anga mahz nur raxshi.

Chun yetti ravandai samoi,
Ul mehri samog‘a bo‘ldi roviy.
Osmonida porlagan har bir yulduziga quyosh rashk bilan qaraydigan tun

boshlangach, daf’atan xabar eltuvchi nurli bir elchi

yetib keladi. Uning yonida faqat

nurdan iborat bir tulpor – Buroq oti bor edi. Dostonda elchi uchun borliq va yoʻqlik
orasi bir odimlik yoʻl sifatida ko‘rsatiladi. Uning yonidagi tulpor ham oʻzi singari
yelqadam edi. Ularning nigohi qayerga tushsa, bir sakrashda oʻsha yerda paydo boʻlar
edilar.

Samoviy sarbon – Jabroil alayhissalom Muhammad (s.a.v.) huzuriga kirgach,

osmon quyoshiday paygʻambarga shunday deydi: „Parvardigori olam sen bilan
uchrashuvni orzu qilmoqda. Sen ham uning visolidan bahramand boʻlgin. Bu tulpor
otashin yashin kabidir. Aksincha, yashin kabi shitob parvoz qiladigan Buroqdir. U
boshdan-oyoq nurdan yaralgan… Bu tulpor sen uchun juda ham mos. Vaqt gʻanimat,
tezroq otga minib yoʻlga tushgin“

139

. Bu soʻzlarni olamda yagona zot eshitgach, boshi

osmonga yetib, tulporga chaqqonlik bilan minadi hamda hamrohi Jabroil
alayhissalom bilan yoʻlga tushadi. Tulporga minib, osmon sari parvoz qiladi.

„Sab’ai sayyor“ dostonidagi me’rojnomada Jabroil alayhissalom obrazi

Allohning „jahonni kezuvchi elchi“si, „xabarchi“si tarzida ta’riflanadi:

Kim, yetib

qosidi jahonpaymo

,

Ilgida raxshi osmonpaymo.

139

Алишер Навоий. Лайли ва Мажнун (насрий баён). – Тошкент: Янги аср авлоди, 2021.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

163

Navoiyning boshqa dostonlari me’rojnomalarida bo‘lganidek, elchi ushbu

dostonda ham Muhammad (s.a.v.)ga Haqning salomini yetkazadi. Oshiqning
mahbubi visoliga erishmoq niyatida ekanligini xabar qiladi va uni kelgan yo‘liga
qarab otlantiradi.

“Saddi Iskandariy” dostonining me’rojnoma bobi o‘zining hajmi va ijodkorning

mazkur mavzu doirasidagi badiiy tafakkur qudratini, navoiyona qarashlarini yanada
aniqroq va obrazli tarzda yetkaza olishi bilan ajralib turadi. Dostonda Jabroil
alayhissalom obraziga ham boshqa me’rojnomalarga qaraganda ko‘proq sifatlar
beriladi. Uning falak sayridan zo‘r huzur qlishi, shu boisdan ham ming yillik sayr
unga bir qadamchalik yo‘l bosish bilan barobar ekanligi, xayoli – tafakkuri qaysi
tomonga borishni maqsad qilsa, otining qadami ham shu tomonga qarab qo‘yilishi
bayon qilinadi. Shuningdek, biz ushbu dostonda Jabroil alayhissalomning „qushdek
yengil va chaqqon pok tiynatli sayr qiluvchi“, „Tangri huzuridan chiqqan yaxshi
xabarlar darakchisi“, „qosid“ (Jabroil farishta), „osmon xabarchisi“, „yashin tezligida
uchuvhi qush“, hamda „Jabraili amin“ ya’ni ishonchli farishta singari turfa sifatlar
bilan ta’riflanganini ham kuzatamiz:

Demay barqkim, toyiri barqsayr,
Qo‘lida bir ul navkim barqtayr
* * *
Kelib hosilan Jabraili amin,
Yetib turfa tovusi xuldi barin.
Bundan

tashqari,

me’rojnoma

bobida

Muhammad

(s.a.v)

Jabroil

alayhisalomning do‘sti sifatida tasvirlanadi: „Osmoni-falak dargohlarini birma-bir
bosib o‘tib, chang-u to‘zonga botgan holda do‘stining oldiga yetib keldi va tangrining
salomini unga topshirdi“

140

. Voqealar rivoji davomida elchi payg‘ambarimizga ayriliq

masofasini bosib o‘tib, tezdan haq visoliga yetishish lozimligi bayon etadi.
“Ildamqadam sayyoh” deya ta’riflangan payg‘ambarimiz ko‘kni kezmoq uchun
yo‘lga otlanar ekan, xabarni olib kelgan qosid – Jabroil farishta uning tulporini
yechib, sayohat anjomlarini tayyorlaydi. Muhammad Baytulharamga, ya’ni Makka
shahridagi tabarruk ziyoratgoh – Ka’baga yetib borgach, oti bilan birgalikda osmon-u
falakka ko‘tariladi. Barcha sayyoralar-u burjlardan o‘tib, Arshi a’zamga yetib
kelgach, u otini osmon xabarchisiga – Jabroil alayhissalomga topshiradi hamda
vaznsizlik holatida safarini davom ettiradi. Ta’kidlash kerakki, payg‘ambarimizning
Arshi a’zamda otini Jabroilga topshirishi hodisasi boshqa dostonlarda mavjud emas.

„Lisonut-tayr“ dostonida me’roj kechasi ta’rifi Tangri taoloning martabasi

falakka yetadigan shoh – Muhammadning ko‘kka chiqishini xohlagani, bu paytda
payg‘ambarimizning bu dunyo tashvishlaridan xoli holda o‘z hujrasida yaxshi
kayfiyatda o‘tirgani hamda ruhlar aminining kelib Alloh xabarini yetkazgani tasviri
bilan boshlanadi: „Farishtaning bir qo‘lida yashinday tez uchadigan buroq boʻlib, bu
ulov bilan yashin ham bahslasha olmasdi“

141

.

Doston me’rojnomasida Jabroil (a.s.) Navoiyning boshqa dostonlaridan farqli

ravishda „ruhlar amini“, „farishta“ sifatlari bilan tasvirlanadi:

140

Алишер Навоий. Садди Искандарий (насрий баён). – Тошкент: Янги аср авлоди, 2021.

141

Алишер Навоий. Лисон ут-тайр (насрий баён). – Тошкент: Янги аср авлоди, 2021.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

164

Kim yetishti olig‘a ruhul amin

,

Arz etib payg‘omi rabbil olamin.
Voqealar davomida Jabroil alayhissalomning Muhammadga o‘ziga xos

murojaatini ko‘rishimiz mumkin. Allohning elchisi unga „Allohga joning bilan yaqin
zot“ tarzida murojaat qiladi. Uning suyukli bo‘lgani uchun ham Allohga vujudi bilan
ham yaqinlashishi mimkinligini, Buroq otini keltirgani, suvori bo‘lib, yo‘lga chiqishi
mumkinligini bildiradi. Safar davomida Lomakon maydoniga yetgach, xabarchi bilan
ulovi sayrdan to‘xtaydilar. Navoiy Jabroil hamda Buroq otning mana shu manzilda
Muhammaddan ajralishini „goʻyo qushdan ikki par tushib qolganday“ tarzida
tasvirlaydi.

Umuman, Navoiy me’rojnomalarida Jabroil alayhissalom obraziga yuklatilgan

asosiy badiiy vazifa payg‘ambarimizga Tangri taoloning xabarini yetkazish va uni
Haq huzuriga olib borishdan iborat. Barcha me’rojnomalarda Jabroil alayhissalom
Buroq ot bilan birgalikda Arshi a’zamda Muhammaddan ajraladilar. Ya’nikim, narigi
tomoni – yetmish ming qavat parda bilan to‘silgan Allohga huzuriga borish uchun
faqat Muhammadgagina ruxsat bor, xolos. Hatto Jabroil alayhissalom ham u tomonga
bora olmaydi.

Barcha me’rojnomalarda Jabroil alayhissalom hamda Muhammad (s.a.v.)

o‘rtalarida suhbat bo‘lib o‘tadi. Bu suhbat tasviri asosan Alloh xabarchisining
Muhammadga murojaatidan hamda uning yo‘lga otlanishi tasviridan iborat.

Navoiy me’rojnomalarida Jabroil alayhissalom obrazi „Yuksakka sayr etuvchi“,

„Allohning pok xabarchisi“, „elchi“, „Qushdek yengil va chaqqon pok tiynatli sayr
qiluvchi“, „Tangri huzuridan chiqqan yaxshi xabarlar darakchisi“, qosid (Jabroil
farishta), „osmon xabarchisi“, „ruhlar amini“, „farishta“ singari turfa sifatlar bilan
tariflanganini kuzatishimiz mumkin. Buni quyidagi jadvalda yana ham aniqroq
kuzatish mumkin:

T/r

Navoiy dostonlari

Me’rojnoma boblarida Jabroil alayhissalom ta’riflari

1.

“Hayrat ul-abror”

Yuksakka sayr etuvchi, Allohning pok xabarchisi

2.

“Farhod va Shirin”

Sirli xabar tashuvchi

3.

“Layli va Majnun”

Xabar eltuvchi nurli bir elchi hamda osmonkezar

4.

“Sab’ai sayyor”

Allohning jahonni kezuvchi elchisi, xabarchisi

5.

“Saddi Iskandariy”

Qushdek yengil va chaqqon pok tiynatli sayr qiluvchi, Tangri

huzuridan chiqqan yaxshi xabarlar darakchisi, qosid, osmon

xabarchisi, Jabraili amin, ya’ni ishonchli farishta

6.

“Lison ut-tayr”

Ruhlar amini, farishta


Xullas, Jabroil alayhissalom obrazi – yer va osmonni, u va bu dunyoni

bog‘lovchi ko‘prik hamda Muhammad (s.a.v.)ning Alloh huzuriga yetishi barobarida
o‘z ummatlarining gunohlarini so‘rash uchun buyuk vositachi vazifasini bajaradi.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана