Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni multimedia asosida o‘qitish

CC BY f
348-351
143
50
Поделиться
Шамуратова, Ю., & Алламбергенов, Х. (2022). Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni multimedia asosida o‘qitish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 348–351. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5633
Юлдуз Шамуратова, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

Хамза Алламбергенов, Nukus davlat pedagogika instituti

O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni multimedia vositalari asosida olib borishning ahamiyati, shuningdek, o‘quvchilarning ma’lumotlarni tezroq qabul qilishi, xotirada saqlashi hamda to‘g‘ri anglay olishlaridagi roli ko‘rsatib berilgan

Похожие статьи


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

348

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA DARSLARNI MULTIMEDIA

ASOSIDA O‘QITISH

Yulduz Shamuratova –

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI O‘zbek tili

va adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

Ilmiy rahbar: Hamza Allambergenov,

Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari

bo‘yicha falsafa doktori

Annotatsiya.

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni

multimedia

vositalari

asosida

olib

borishning

ahamiyati,

shuningdek,

o‘quvchilarning ma’lumotlarni tezroq qabul qilishi, xotirada saqlashi hamda to‘g‘ri
anglay olishlaridagi roli ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, kompyuter, kompyuterlashish, multimedia, xotira, adabiyot

darslari.


Davlatimiz istiqboli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish

sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli,
raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi
bilan uzviy bog‘liq. Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq IX sessiyasida qabul qilingan –
„Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonun, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilingan bir qator qarorlar ana shu maqsadlarni
ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimidagi, o‘quv
tarbiya ishlari sohasidagi muammolarni izchillik bilan, bosqichma-bosqich hal etish
yo‘llari va vositalari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab
chiqilgan hujjatlarda belgilab berilgan. Ta’limning samaradorligini oshirishda yuksak
imkoniyatlarga ega bo‘lgan vositalardan biri sifatida ta’limning faol usullari
qaralyapti.

Jahonda so‘nggi o‘n yillik kompyuter davri bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a

bo‘lmaydi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizning har jabhasiga kirib keldi.
Bashariyat ish-faoliyatining katta qismini kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur
qilish mushkul. Bu borada ta’lim-tarbiya jarayonida ham texnologiyalar bilan
ishlashning yanada samarali yo‘llarini qo‘llash, kompyuter bilan muloqotni
osonlashtirish, qiziqtirish uchun ma’lumotni o‘quvchilarga qanday qilib eng qulay va
samarali tarzda yetkazish mumkinligi xususida savol tug‘iladi. Ma’lumki, inson
axborotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul
qiladi (bu avvaldan aniqlangan bo‘lib, kino hamda televideniyeda undan samarali
foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir
vaqtda ishlashiga yordam beradi hamda uning xotirada uzoq saqlanishiga zamin
yaratadi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda
namoyish etish orqali o‘quvchilarning e’tiborini ko‘proq jalb qilish mumkin. Bundan
ko‘rinadiki, multimediali texnologiyalar ma’lumotni maksimal samarali yetkazadi.

Bir gap bilan aytganda, o‘qitishning boshqa interfaol shakllari bilan bir qatorda

multimediali taqdimot, rasm va tasvirlar, audio va video yozuvlar, animatsiya va uch
o‘lchamli grafikalardan dars jarayonida o‘rinli hamda samarali foydalanish bugungi
kunning talabi hamdir.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

349

Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha

ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish ularda
ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek,
o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda
malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta’lim
jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Zotan „bugungi kunda qator
rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarni o‘quv va ijodiy faoliyatlarini oshiruvchi hamda
ta’lim-tarbiya jarayonlarini samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi
metodlar interfaol metodlar nima bilan yuritilmoqda“

246

.

Zamonaviy axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitda

bolaning kompyuter, telefon kabi texnik vositalarga, ulardagi funksiyalar, o‘yinlar,
multfilmlarga ko‘proq qiziqishi ayni haqiqat. Shunday ekan, o‘qituvchi ham ularni
o‘quv fanlariga qiziqtirish uchun o‘zi ma’qul ko‘rgan yo‘l bilan topshiriq berib
„shumlik qilishi“ mumkin. Jumladan, deyarli barcha fanlardan qo‘shimcha elektron
darsliklar, audio, video, karaokeli mashqlar, harakatli animatsion topshiriqlar
shaklida mashg‘ulot olib borilsa, bizningcha, albatta kutilgan samarani beradi.
Chunki biron mavzu bo‘yicha ma’lumot o‘quvchining e’tiboriga ham matn, ham
taqdimot, ham videoroliklar orqali bir vaqtning o‘zida parallel shaklda taqdim
etilganida o‘zlashtirish samarasining yuqori bo‘lishiga, dars orqali kutilgan natijaga
erishish imkoniyati ortadi. Bundan tashqari, o‘quvchi ongida so‘zlarning to‘g‘ri
yozilishi, to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari bo‘yicha bilimi rivojlanadi, eshitish orqali
esa tinglab tushunish ko‘nikmasini takomillashadi. O‘qib, tinglab tushunish
ko‘nikmalari esa aynan bugungi kunda kuchga kirgan „Milliy o‘quv dasturi“ning
talablari ijrosidir.

Multimedia vositalari asosida o‘qitishning afzalliklariga quyidagilarni kiritish

mumkin:

– ko‘rish orqali tushunishning nisbatan oson kechadi;
– video va tasvirning harakatlaridan ham o‘quvchi tasavvur olami, dunyoqarashi

kengayadi;

– ko‘rish, eshitish orqali nazarda tutilgan axborotlarni bir vaqtda o‘zlashtirish

imkoyati ortadi;

– xotirada uzoq vaqt saqlanishiga erishiladi;
– yangi axborotlarga bo‘lgan qiziqish hamda intiluvchanlikning o‘sadi;
– o‘quvchilar diqqati kuchliroq jalb qilinadi;
– dars davomidagi faollik ta’minlanadi.
Turli fotorasmlar, musiqa hamda video fayllar yordamida sifatli va qiziqarli

dasturlar, videoroliklar tayyorlash imkoniyati hozirgi kunda tobora riojlanib
bormoqda. Xususan, „Quiz test“, „iSpring Suite“, „iSpring quiz maker“ (interaktiv
testlar yaratish uchun mo‘ljallangan), „iSpring Kinetics“ (3D kitoblar, interaktiv
xizmatlar), „iSpring Pro“ (flash taqdimot materiallarini yaratish uchun

246

Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. (O‘quv qo‘llanma). –

Toshkent: Fan, 2006. – B. 66.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

350

mo‘ljallangan), „Google classroom“, „QR-kodli topshiriq“, „VR-ta’lim“, „Crossword
Forge“, „Mind Maple Lite“ (mavzuga doir idrok xaritasining elektron shaklini
yaratish), „Edraw max“ (professional ko‘rinishga ega bo‘lgan, flayer, sertifikat va
boshqa turdagi tarqatma materiallarni tayyor shablonlar yordamida yaratish
imkoniyatini beradi), „Web page maker“ kabi ta’lim jarayonida qo‘llash mumkin
bo‘lgan vositalar bunga misol bo‘la oladi. Shuningdek, Learning Apps.org
multimediali, interfaol mashqlar yaratish, Crossworduniverse.com – krossvord
yaratish, Puzzlecup.com – electron krossvord yaratish, Wordwall.net – interfaol
mashqlar yaratish imlonini beruvchi saytlardan ham foydalanish mumkin.

Yuqoridagi vositalarning barchasidan ta’lim jarayonida unumli foydalanish

mumkin, deb hisoblaymiz. Jumladan, „Crossword Forge“ dasturi orqali biz oson yo‘l
bilan krossvord yaratishimiz mumkin. Bu dasturning imkoniyatlari quyidagicha:

– savol va javoblarda harflarning cheklanmaganligi;
– jumboqlarni oson yaratish usullari;
– krossvordni import, eksport qilish imkkonlari;
– ichki imlo tekshiruvi;
– krossvord uchun bir necha sarlavhalar yaratish;
– katakchalarning avtomatik ravishda hosil qilinishi;
– maxsus shriftlar, ranglar, uslublar, o‘lchamlarga ega ekanligi.
„VR-ta’lim“ – virtual olam orqali bilimni mustaqil olishga yo‘l berib,

allaqachon ma’lum bo‘lgan dalil va hodisalarga yangicha qarash, bilimlarni to‘ldirish
va kengaytirish, boshqa alohida hodisalar bilan bog‘lash, natijalar chiqarish hamda
o‘zaro farqlash imkonini beradi. Buning uchun bizga virtual ko‘zoynak kerak bo‘ladi.
Ushbu jarayonda birinchidan, ta’lim natijadorligi oshadi – ma’lumotni eslab qolish
darajasi o‘sadi; ikkinchidan, bu texnologiya o‘quv jarayonida qo‘llash va amalga
oshirish imkoni bo‘lmagan materiallarning modelini yaratib, o‘quvchilarga ularni
namoyish qilib beradi; uchinchidan, bu xavfsizlik – o‘quv jarayonidagi amaliy
mashg‘ulotlarda shikast olish ehtimolining yo‘qligi. Zero, VR texnologiyasidan
foydalanish orqali xavsizlik qoidalarini o‘rganib borish mumkin. VR-ta’lim
texnologiyasidan foydalanilganda virtual ko‘zoynak, boshqaruv pulti va smartfon
kerak bo‘ladi va bu quyidagi harakatlarni talab qiladi:

1.

Smartfonga maxsus VR dasturlar yoki lavhalar yuklab olinadi;

2.

VR ko‘zoynagi ichiga smartfon joylanadi;

3.

Bohqaruv pulti orqali dasturlardagi lavhalar, didaktik o‘yinlar, sayohatlar

uushtiriladi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, VR texnologiyasi orqali o‘tilgan darsda o‘quvchilarda

darsda bo‘lgan qiziqish 1,5-2 baravarga oshadi.

Umuman, adabiyot darslarida multimediya vositalaridan samarali foydalanish

o‘qituvchi uchun darsdan kutilgan natijaga erishish imkoyatini oshiradi. Multimedia
vositalari orqali tashkil qilingan dars mashg‘ulotlari o‘quvchining ko‘rib, eshitib,
matn bilan tanishish orqali o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma, malaka hamda
kompetensiyalarining rivojlanishiga zamin yaratadi. Unda og‘zaki hamda yozma
savodxonligining oshishiga yordam beradi.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

351

Adabiyotlar:

1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Узлуксиз таълим

тизимини дарслик билан таъминлашни такомиллаштириш тўғрисида”ги
қарори” // Таълим тараққиёти, 1998, 1-son.

2. Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури. – Тошкент: Шарқ, 2001.
3. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy

asoslari. (O‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Fan, 2006. – B. 66.

4. www.ziyo.uz
5. library.uz
6. Ataxanovna Y.G., Tajimuratovna X.M., Menglibayevna B.S., & Zaripbaevna,

S. A. (2021). O ‘zbek tilini nofilologik auditoriyasida o‘qitishning ayrim masalalari.
Бошқарув ва Этика Қоидалари онлайн илмий журнали, 1(5), 20-24.

7. Matyakupov, S. G., Kenjaev, F. I., & Razzakova, M.N. (2021). Interpretation

of images and expressions in the form of communication. Academicia: an
international multidisciplinary research journal, 11(1), 967-974.

8. Kamalovich, A. H. (2020). Mythological basis of unusual images in turkish

peoples. Academicia: An international multidisciplinary research journal, 10(12),
678-682.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Узлуксиз таълим тизимини дарслик билан таъминлашни такомиллаштириш тўғрисида”ги қарори” // Таълим тараққиёти, 1998, 1-son.

Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури. – Тошкент: Шарқ, 2001.

Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. (O‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Fan, 2006. – B. 66.

www.ziyo.uz

library.uz

Ataxanovna Y.G., Tajimuratovna X.M., Menglibayevna B.S., & Zaripbaevna, S. A. (2021). O ‘zbek tilini nofilologik auditoriyasida o‘qitishning ayrim masalalari. Бошқарув ва Этика Қоидалари онлайн илмий журнали, 1(5), 20-24.

Matyakupov, S. G., Kenjaev, F. I., & Razzakova, M.N. (2021). Interpretation of images and expressions in the form of communication. Academicia: an international multidisciplinary research journal, 11(1), 967-974.

Kamalovich, A. H. (2020). Mythological basis of unusual images in turkish peoples. Academicia: An international multidisciplinary research journal, 10(12), 678-682.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов