6-sinf ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarni ish qog‘ozlaridan foydalanishga o‘rgatish

CC BY f
313-315
261
27
Поделиться
Атиязов, С., & Халмуратова, Д. (2022). 6-sinf ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarni ish qog‘ozlaridan foydalanishga o‘rgatish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 313–315. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5616
Сапарбай Атиязов, Ajiniyoz nomidagi Nukus Dаvlаt Pеdаgоgikа Instituti

O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi

Дилбар Халмуратова, Nukus shahar 38-sonli umumta’lim maktabining

o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘quvchilarni ish qog‘ozlaridan to‘g‘ri va unumli foydalana olishga o‘rgatish hayotiy zaruriyatdir. Zero, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi qonunining 7-moddasida: “O‘zbekistonda muassasa, korxona, tashkilot birlashmalarida ish respublika davlat tilida yuritiladi”, – deb qayd qilinadi. Dars jarayonida ish qog‘ozlaridan foydalanishga o‘rgatish til sathlarini o‘qitish bilan chambarchas aloqadorlikda amalga oshiriladi. Ona tilining deyarli barcha bo‘limlarini o‘qitishda o‘quvchilar hujjatlarning u yoki bu turi bilan tanishadilar, uni yozishni o‘rganadilar.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

313

6-SINF ONA TILI TA’LIMI JARAYONIDA O‘QUVCHILARNI ISH

QOG‘OZLARIDAN FOYDALANISHGA O‘RGATISH

Atiyazov Saparbay Jumamuratovich

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI O‘zbek tili

kafedrasi o‘qituvchisi

Xalmuratova Dilbar Tursunbayevna

Nukus shahar 38-sonli umumta’lim

maktabining o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi

O‘quvchilarni ish qog‘ozlaridan to‘g‘ri va unumli foydalana olishga o‘rgatish

hayotiy zaruriyatdir. Zero, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi
qonunining

7-moddasida:

“O‘zbekistonda

muassasa,

korxona,

tashkilot

birlashmalarida ish respublika davlat tilida yuritiladi”, – deb qayd qilinadi. Dars
jarayonida ish qog‘ozlaridan foydalanishga o‘rgatish til sathlarini o‘qitish bilan
chambarchas aloqadorlikda amalga oshiriladi. Ona tilining deyarli barcha bo‘limlarini
o‘qitishda o‘quvchilar hujjatlarning u yoki bu turi bilan tanishadilar, uni yozishni
o‘rganadilar.

Ona tili mashg‘ulotlarida ish qog‘ozlaridan foydalanishni samarali tashkil etish

uchun avvalo, shu hujjatning murakkablik darajasi hisobga olinadi. 5-6-sinflarda
asosan, sodda hujjatlar, ya’ni bir muammoni o‘z ichiga olgan hujjatlar ustida ish olib
borilsa, keyinchalik murakkab hujjatlar, ya’ni ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga
olgan hujjatlar ustida ish olib boriladi.

Ayrim ish qog‘ozlari, hatto ikki bosqichda o‘rganiladi. Birinchi bosqichda ayni

bir hujjatning sodda shakllari o‘rganilsa, keyingi bosqichda uning murakkab shakllari
o‘rganiladi. Masalan, ariza, ma’lumotnoma kabi ish qog‘ozlarining ham sodda, ham
murakkab ko‘rinishlari mavjud. O‘quvchilar uning sodda ko‘rinishi bilan quyi
sinflarda tanishsalar, murakkab ko‘rinishlarini yuqori sinflarda o‘rganadilar.

Hujjatda fikrni bayon qilish shakli o‘ziga xosdir. Ularning ko‘pi muayyan bir

qolipga ega bo‘lib, erkin fikr yuritishni talab etmaydi. Lekin shunday hujjatlar ham
borki, ularda ma’lum darajada erkin fikr yuritiladi. Ish qog‘ozlari matniga bir qator
talablar qo‘yiladi. Avvalo, hujjatlar matni boshqa ijodiy yozma ish matnlari singari
imloviy, ishoraviy va uslubiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi kerak.

Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Unda

bayon qilinayotgan mazmunga o‘quvchi hech qanday munosabat bildirmaydi, balki
axborotni xolis aks ettiradi. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini
qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Rasmiy ish uslubida kichraytirish,
erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor so‘zlar, iste’mol
doirasi chegaralangan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a singari badiiy tasvir
vositalaridan foydalanilmaydi.

Shubhasiz, hujjat matni mazmunan aniq, ixcham, lo‘nda va to‘liq bo‘lishi shart.
Shuningdek, 6-sinf ona tili darsligida ish qog‘ozlarni o‘rgatish o‘quvchilarga

quyidagicha topshiriq berish bilan boshlanadi.

1-topshiriq

.O‘zingiz haqingizda hikoya matni tuzing. Unda tug‘ilgan sanangiz,

tug‘ilgan joyingiz, ota-onangiz, maktabga borgan vaqtingiz, hozirgi holatingiz va
boshqa shu kabi ma’lumotlarni aks ettiring.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

314

Tarjimayi hol, ariza haqida esa shunday ma’lumot berilgan. Kishilar o‘rtasidagi

rasmiy munosabatlar ish qog‘ozlari deyiladigan turli hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Tarjimayi hol ana shunday xilma-xil ish qog‘ozlaridan biri bo‘lib, unda ma’lum bir
shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati bayon qilinadi.

Tarjimayi hol birinchi shaxs tilidan yoziladi. Birovning hayoti va faoliyati bayon

qilingan matn ham tarjimayi hol deb yuritiladi, bunday matnlar uchunchi shaxs
tilidan yoziladi, ammo ular ish qog‘ozlari sirasiga kirmaydi.

Biror iltimos, so‘rov bilan muayyan rasmiy shaxs yoki idoraga qilingan yozma

murojaat ariza deyiladi. Ariza so‘zining ma’nosi “iltimos, murojaat, bosh urish”
demakdir. Ariza ish qog‘ozlari orasida eng keng tarqalgan hujjatdir.

Ariza matni o‘zining doimiy qolipiga ega. Undagi so‘nggi gapning kesimi

odatda

so‘rayman, iltimos qilaman

kabi so‘zlardan iborat bo‘ladi.

2-topshiriq.

Biror iltimos yoki o‘tinchingizni yozma shaklda bayon qiling,

undagi leksik va grammatik vositalarga e’tibor bering.

Uyga vazifa esa quyidagicha beriladi. Kutubxonaga a’zo bo‘lish, biror

musobaqada ishtirok etish haqida tegishli shaxsga ariza yozing.

O‘quvchilar hujjatlar matnida asosan, turg‘unlashgan, rasmiy qabul qilingan

so‘z va so‘z birikmalaridan foydalanish lozimligini bilishlari kerak.

Ish qog‘ozlari, asosan, uch qismdan iborat bo‘ladi: a) kirish; b) asosiy qism; v)

yakun.

O‘quvchilarni ish qog‘ozini yozishga o‘rgatish shu qog‘ozining mufassal rejasi

bilan tanishtirishdan boshlanadi. Masalan:

“Tarjimayi hol”ning mufassal rejasi quyidagicha:
1.

Kirish: a) tarjimayi hol muallifining ismi, familiyasi, tug‘ilgan yili, oy va

kuni, joyi va millati, oilasi; b) otasi va onasi haqida; v) aka-ukalari, opa-singillari
haqida.

2.

Asosiy qism: a) muallifning maktab yoshigacha bo‘lgan hayoti haqida; b)

maktab hayoti haqida; v) hozirgi kundagi faoliyati haqida.

3.

Yakun: a) ushbu tajimayi holning nima sababdan yozilganligi; b) imzo, kun,

oy, yil.

“Ariza” matnining mufassal rejasi esa quyidagilardan iborat:
1.

Kirish: a) kimga ariza yo‘naltirilgan shaxsning egallab turgan mansabi, daraja

va unvonlari, ismi-sharifi, familiyasi; b) kimdan ariza beruvchining mansabi, daraja
va unvonlari, ismi-sharifi, familiyasi, istiqomat joyi.

2.

Asosiy qism: a) arizani yozishga sabab bo‘lgan holatning qisqacha bayoni; b)

ariza yozishdan maqsad; v) arizaga ilova qilinadigan hujjatlar.

3.

Yakun: a) ariza beruvchining shaxsiy imzosi, ismi va familiyasi; b) ariza

yozilgan (berilgan) kun, oy, yil.

Ish qog‘ozlarini yozish va unga qo‘yiladigan talablarni bajarish o‘rgatishdan

asosiy maqsad o‘quvchilarni ish qog‘ozlaridan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish,
turmushda, ijtimoiy faoliyatda ularni o‘rinli ishlata olish hayotiy zaruriyatdir.
Ayniqsa, fikrni rasmiy-idoraviy usulda bayon qilish shaklda to‘g‘ri, ravon ifodalash
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, yozma nutq madaniyatini oshirishda,
ish qog‘ozlarni yozishda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

315

Ish qog‘ozlarini o‘rganish bilan til sathlarini o‘rganish chambarchas

aloqadorlikda olib borilishi kerak.

Hujjatlar matni, mazmuni, berilayotgan axborot xolis aks etgan bo‘lishi lozim.

Hujjat matni mazmunan sodda, ixcham, lo‘nda va to‘liq bo‘lishi shart.

Rasmiy qabul qilingan so‘z va so‘z birikmalaridan (masalan, berildi, bajarildi,

bajarilsin, tayinlangan, eshitildi, qaror qiindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabi)
foydalanish kerak.

Amaldagi me’yoriy hujjatning zaruriy qismlarini bilish, qog‘oz o‘lchami

namunalaridan xabardor bo‘lish.

Ayrim zaruriy qismlarning bosh harfda yozilishi, tinish belgilarining

qo‘yilishidagi turi va o‘rnini bilish.

O‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarning unumdorlik

darajajasiga ham alohida e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, ko‘p hollarda ona
tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilar egallayotgan ko‘nikmalar, asosan, tilning grammatik
qurilishini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish,
so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish, fikrni bayon qilishning samarali yo‘llarini
aniqlash kabi serunum, foydali amaliy ko‘nikmalar birmuncha e’tibordan chetda
qoladi. Shuning uchun ona tili dasturi o‘quvchilarni ko‘proq ana shu foydali amaliy
ko‘nikmalar bilan qurollantirishga yo‘naltirilishi lozim.

Ma’lumki, asrlar davomida insoniyat tomonidan to‘plangan barcha til ilmini

o‘rta maktab o‘quvchisiga o‘rgatishning iloji va zaruriyati yo‘q. Modomiki shunday
ekan, demak, ona tilidan zarur bilimlarni tanlash eng asosiy masalalardan biri
sanaladi.

Adabiyotlar:

1.

G‘ulomov A. Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari. – Toshkent:

O‘qituvchi, 1992.

2.

G‘ulomov A. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent. Universitet, 2001.

3.

Abduraimova M. va boshqalar. Ona tili. 6-sinf: O‘qituvchilar uchun metodik

qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 2012.

4.

Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый,

(3), 238-242.

Библиографические ссылки

G‘ulomov A. Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.

G‘ulomov A. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent. Universitet, 2001.

Abduraimova M. va boshqalar. Ona tili. 6-sinf: O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 2012.

Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый, (3), 238-242.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов