Zamonaviy oʻzbek she’riyatida „Dunyo“ timsolining badiiy talqini

CC BY f
255-257
39
76
Поделиться
Каримбаева, Д. (2022). Zamonaviy oʻzbek she’riyatida „Dunyo“ timsolining badiiy talqini. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 255–257. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5577
Динора Каримбаева, Nukus davlat pedagogika instituti

 oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 3-kurs talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Zamonaviy o‘zbek adabiyotida iste’dodli qalam egalari tomonidan yaratilayotgan har bir ijod namunasi o‘ziga xos usul va uslubi, betakror badiiy tasviriy ifodalarning qo‘llanilishi bilan alohida qimmatga ega. Zero yangilanayotgan adabiy jarayon o‘zida mumtoz adabiyotimizning shoh an’analari va jahon adabiyotining eng sara yo‘nalish va oqimlarining badiiy ta’sirini aks ettirmasligi mumkin emas. Albatta, badiiy ijod o‘zining turfa ifoda tasvir vositalari, ramz va talqinlari bilan kitobxon qalbi va shuurini egallaydi. Bunda ijodkor qo‘llagan o‘xshatish-u jonlantirishlar, sifatlash singari an’anaviy, lekin yangi shakl va mazmunga ega bo‘lgan timsollar ulkan ahamiyat kasb etadi. Jumladan, „dunyo“ timsolining turfa ijodkorlar qalamida mansub manbalarda har xil ma’no-mohiyatni ifodalashining guvohi bo‘lamiz.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

255

ZAMONAVIY OʻZBEK SHE’RIYATIDA „DUNYO“

TIMSOLINING BADIIY TALQINI

Karimboyeva Dinora Rustam qizi

Nukus davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va

adabiyoti yoʻnalishi 3-kurs talabasi.

Ilmiy rahbar: Hamza Allambergenov – Nukus DPI Oʻzbek adabiyoti

kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Zamonaviy o‘zbek adabiyotida iste’dodli qalam egalari tomonidan

yaratilayotgan har bir ijod namunasi o‘ziga xos usul va uslubi, betakror badiiy
tasviriy ifodalarning qo‘llanilishi bilan alohida qimmatga ega. Zero yangilanayotgan
adabiy jarayon o‘zida mumtoz adabiyotimizning shoh an’analari va jahon
adabiyotining eng sara yo‘nalish va oqimlarining badiiy ta’sirini aks ettirmasligi
mumkin emas. Albatta, badiiy ijod o‘zining turfa ifoda tasvir vositalari, ramz va
talqinlari bilan kitobxon qalbi va shuurini egallaydi. Bunda ijodkor qo‘llagan
o‘xshatish-u jonlantirishlar, sifatlash singari an’anaviy, lekin yangi shakl va
mazmunga ega bo‘lgan timsollar ulkan ahamiyat kasb etadi. Jumladan, „dunyo“
timsolining turfa ijodkorlar qalamida mansub manbalarda har xil ma’no-mohiyatni
ifodalashining guvohi bo‘lamiz.

Dunyo so‘zi tilimizda asosan „butun borliq“, „koinot“, „olam“; „hayot“,

„tiriklik“, shuningdek, ayrim matnlarda „kishining maʼnaviy, ruhiy olami, hayoti“ [6,
662-664] hamda foniy va boqiy dunyo ma’nolarini ham ifodalab keladi. Ushbu soʻz
ifodalagan turfa tushunchalar va mazmuniy oʻziga xoslik sabab badiiy adabiyotda bir
qancha asarlar nomidan ham o‘rin olgan. Xususan, O‘tkir Hoshimovning „Dunyoning
ishlari“, Tilovberdi Jo‘rayevning „Bozor dunyo“, Tog‘ay Murodning „Bu dunyoda
o‘lib bo‘lmaydi“ roman va qissalari shular jumlasidandir.

Ushbu ifoda vositasida nazmiy qalam egalari ham asrlar mobaynida kishi

ko‘nglining inja tuyg‘ularini tasvirlashda, bu orqali tasavvufiy-falsafiy qarashlarni
ustalik bilan she’r qatiga singdirishda foydalanishgan. Masalan, „dunyo“ timsoli
Abdulla Oripov ijodida ham turli tashbehlar vositasida berilganligini kuzatishimiz
mumkin:

…Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan… [2, 194]
Abdulla Oripovning „Birinchi muhabbatim“ she’ridan keltirilgan ushbu

parchada „borliq“, „butun olam“, „insoniyat“ ma’nolarni bildiruvchi dunyo so‘zi
shoirona tashbeh yordamida „anglab bo‘lmas sir“ga, „tuynuksiz qasr“ga
o‘xshatilmoqda. Ortiqcha jimjimadorlikdan xoli holda shoir o‘z davri kitobxoni,
she’riy dunyosi uchun kashfiyot sifatida ham mantiqan, ham mazmunan har bir inson
anglashi lozim bo‘lgan yashirin haqiqatlarni yuzaga chiqaradi. Chindan ham,
bugunga qadar kim dunyoni to‘la darajada anglagan, uni mukammal darajada
o‘rgandan? Albatta, hech kim. Zotan dunyo biz bilmagan sir-sinoatlarga, anglab
ulgurmagan voqea-hodisalarga boy. Shoir ikkinchi misrada „dunyo“ ifodasini „qasr“
so‘zi bilan birga ifodalaydi. Nima uchun shunday? Bu yerda uy, hujra, boshpana kabi
shartli ma’nodoshlarini qo‘llasa bo‘lmasmidi? Bilamizki, qasr – hashamatli, fusunkor
va inson hayot kechirishi uchun lozim bo‘lgan barcha sharoitlarga ega makonni


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

256

bildiradi. Lekin shoir tasviridagi dunyoning esa tuynugi yo‘q. Demak, har qanday
muhitda tashqaridan keluvchi yorug‘lik, toza havo zarurdir. Bunday joyda ekansan,
o‘zing yorug‘lik topishing, harakat qilishing – erk uchun intilishing joiz. Haqiqatdan
ham, tuynuk – nur va erkning yo‘qligiga ko‘nikkan holda umr o‘tkazish, bu –
qasrning, aniqrog‘i dunyoning go‘zalliklaridan bebahra, qorong‘ulikda umr
kechirishdan, yoki shoirning ayta olmagan, o‘z muhiti doirasidan chiqa olmagan
inson orzu-xayollarini o‘zida ifodalovchi majozni bildiradi.

„Men anglab yetgan falsafa“ nomli she’rida esa Abdulla Oripov dunyoni

„bozor“ga mengzaydi. Negaki, bozor ham aylanuvchi dunyo kabi har doim shiddatli
hodisalarga, gohida osudalik yoki gohida taloto‘plarga boydir. Shoir dunyoning
ishlarini bozorga o‘xshatar ekan, hech bir insonning o‘z ma’naviy, moddiy dunyosini
yomon deb bilmasligi, har kim uchun o‘zidagi yomon illatlarning yaxshi ko‘rinishini
– „molim yomon degan biror kimsa yo‘q“ deya juda chiroyli ifodalaydi:

Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo
Molim yomon degan degan biror kimsani. [1, 36]
Yo‘ldosh Eshbek qalamiga mansub quyidagi she’rda esa dunyo „no‘noq

tabib“ga o‘xshatiladi. Shoir o‘zidan oldingi salaflardan farqli ravishda unda insonlik
sifatlarini ko‘radi va dunyoning, muborak hadislarda ta’kidlanganidek, yaxshilik
qilganga yaxshilik, yomonlik qilganga yomonlik qaytishi haqidagi badiiy falsafaga
ishora qiladi:

…Dunyo ham ne uchundir
No‘noq tabibga o‘xshar. [5, 121]

Yuqorida tahlilga tortilgan she’rlarda „dunyo“ ifodasi turfa ranglardagi badiiy

tashbehlar orqali tasvirlangan bo‘lsa, Zulfiya Mo‘minovaning „Muhabbat bor edi,
muhabbat mavjud“ nomli she’rida o‘zgacha usuldagi tasviriy ifodalar bilan
misralarga joylangan:

Ko‘zimda yosh bilan kularman men ham,
Tilasam muhabbat tilarman men ham:
Ishq bilan dunyoni olarman men ham,
– Muhabbat bor edi muhabbat mavjud.
Ha, dunyo sir-sinoatlarga, kashf etilmagan turfa hodisalarga boy. Unda yaxshi

ham, yomon ham, ezgulig-u yovuzlik ham, baxt ham, baxtsizlik ham mavjud. Har bir
inson oʻzining bu dunyosini obod qila olsa, narigi dunyosini ham jannatiy qilishi,
soʻzsiz. Biroq, bu dunyoning sinovli dunyo ekanligini hisobga olsak, odamzod hayoti
davomida katta-yu kichik toʻsiqlarga, quiyinchiliklarga ham uchrashi mumkinligini
inkor etib boʻlmaydi. O‘zbek adabiyoti maydoniga endi kirib kelayotgan
Shodmonqul Salom ijodida ham ana shunday tabiatdagi kishilar obrazini, har bir
narsada faqat yaxshilikni koʻruvchi va ba’zida turmushning „musht“idan ogʻringan
insonning kechinmalarini uchratamiz. Jumladan, shoirning „O‘ylabmanda men“
she’rida lirik qahramon „dunyo“ni dastavval onasi deb o‘ylaganini ta’kidlaydi:

Jonimni behuda qiynabman-da men,
Zanjirni tish bilan chaynabman-da men.
Erkalab, yelkamni tutib turibman,
Dunyoni onam deb o‘ylabman-da men…


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

257

Biroq Mashrab tili bilan aytganda „Dunyo mayi achchig‘“ [3, 58] ekanligini

tajribalarida koʻrgan lirik qahramon fitratida endi insonning odamiylik sifatlari uning
qilgan ezgu amallari orqaligina belgilanishiga ishora bordek.

Shodmonqul Salom qalamiga mansub „O‘tgan davron xitobi“ nomli she’ridan

olingan quyidagi parchada esa shoir tomonidan savol tarzida misralarga „dunyoning
jamoli insonning komil inson darajasiga yetishimi?“ degan ma’nini anglatmoqda va
bu savolga hali hanuz javob topolmayotgani shoir tuyg‘ulari bilan uyg‘un holda
qalamga olingan:

Odamning kamoli, dunyo jamoli?
Abadiy bejavob ko‘ngil savoli…
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy oʻzbek adabiyotida qoʻllanilayotgan

an’anaviy obrazlar, timsollar klassik adabiyotimiz an’analari asosida tobora yangicha
ohang va mazmun orqali jilolanishda davom etmoqda. Har birning obrazning o‘ziga
xos tarzda ifoda tarzi milliy-ma’naviy merosimizning durdonalari sifatida birdek
qimmatlidir.

Adabiyotlar:

1. Abdulla Oripov. Surat va siyrat. – Toshkent: Yosh gvardiya nashriyoti, 1981.
2. Abdulla Oripov. Yillar armoni. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.

3. Boborahim Mashrab. Dilim daryoyi nurdir. – Toshkent: G‘afur G‘ulom

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004.

4. Salaev F., Qurboniyozov G. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi.

– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.

5. Yo‘ldosh Eshbek. Mangu masofa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi

adabiyot va san’at nashriyoti, 1991.

6. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Birinchi jild. – Toshkent: „Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

7.

Kamolovich, A. H. (2018). Some Scientific Observations About Unnatural

Symbols in the Folklore. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for
English Language and American Studies, 7(6), 73-79.

Библиографические ссылки

Abdulla Oripov. Surat va siyrat. – Toshkent: Yosh gvardiya nashriyoti, 1981.

Abdulla Oripov. Yillar armoni. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.

Boborahim Mashrab. Dilim daryoyi nurdir. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004.

Salaev F., Qurboniyozov G. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi.– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.

Yo‘ldosh Eshbek. Mangu masofa. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagiadabiyot va san’at nashriyoti, 1991.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Birinchi jild. – Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

Kamolovich, A. H. (2018). Some Scientific Observations About Unnatural Symbols in the Folklore. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(6), 73-79.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов