Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
210
TURKIYADAGI YASSAVIYSHUNOSLIK XUSUSIDA
Qurbonova Elnura G‘aybulloyevna
– O‘zRFA o‘zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti tayanch doktoranti
elnura.qurbonova@mail.ru тел: +998 99 300 86 23
Annotatsiya:
Maqolada Ahmad Yassaviyning hayoti yoritilgan tarixiy, ilmiy,
manoqibiy va tazkiraviy xarakterdagi manbalar tadqiq qilindi. Turk olimlarining bu
haqidagi tadqiqotlari borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tayanch
so‘zlar:
Ahmad
Yassaviy,
“Devoni
Hikmat”,
tasavvuf,
yassaviyshunoslik, F.Ko‘pruli, Kamol Erarslon.
Turkiston, Xuroson, Anado‘li, Volgabo‘yi, Sibir va uning atrofida yashovchi
turkiy xalqlar orasida musulmonlashuv jarayonining kuchayishi, tasavvuf
adabiyotining yoyilishi hamda shuhrat topishida Ahmad Yassaviyning ta’siri kuchli
bo‘lgan. Uning diniy-tasavvufiy qarashlari, tariqati asrlar davomida turkiy xalqlarni
ta’sirlantirib kelgan. Ulug‘ shayx butun islom olamida “Piri Turkiston”, “Hojai
Turkiston”, “Hazrati Sulton”, “Sulton-ul Orifin” va “Avliyolar Sarvari”
kabi nomlar
bilan tanilgan va qadrlangan.
Ulug‘ zotning hayoti va ijodiy faoliyati nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo
miqyosida keng ko‘lamda tadqiq qilingan va turli bahsli mulohazalar bildirilgan.
Yassaviy hikmatlarini chuqur o‘rganib, obуektiv baholash bugungi kunda
yassaviyshunoslik oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada,
ayniqsa, qardosh Turkiyada amalga oshirilgan tadqiqotlar ahamiyatlidir.
Ilk bor Yassaviy shaxsiyati, uning tarixiy va manoqibiy hayoti, asarlari haqida
jiddiy izlanishlar olib borib, Piri Turkiston siymosini Turkiyada ilm ahliga tanitgan
shaxs Fuad Ko‘pruludir.
Atoqli olim boshlab bergan tadqiqotlar bugungi kunda ham
taniqli turk olimlari tomonidan davom ettirilib kelinmoqda.
Uning “Turk adabiyotida ilk mutasavviflar” kitobi yassaviyshunoslikda alohida
ilmiy qimmatga ega. Ikki qismdan iborat asarning birinchi qismi yaxlit holda Ahmad
Yassaviyga bag‘ishlangan. Muallif Ahmad Yassaviy haqidagi ma’lumotlarni
manoqibiy va tarixiy manbalarga tayanib tadqiq qilgan. Atoqli olimning “Turk
adabiyotida ilk mutasavviflar” kitobi ana shu sababdan ham hanuzgacha ilmiy
qimmatini saqlab turibdi.
Yassaviy turk musulmon dunyosida mashhur bo‘lsa-da, bu kunga qadar amalga
oshirilgan tadqiqotlarda uning hayotiy faoliyati haqida ishonchli tarixiy manbalarga
asoslangan ma’lumotlar hanuzgacha yetarli emas. Ahmad Yassaviy haqidagi tarixiy
adabiyotlar nihoyatda oz. Bizgacha yetib kelgan mavjud manbalar ham
manoqibnomalar bilan qorishib ketgan. Shu bois Fuad Ko‘pruli manoqibiy
manbalarga jiddiy qaragan. Manoqibiy manbalarning ko‘pligi tarixiy manbalarning
soyada qolishiga va keng kitobxon ommasini chalg‘itishga sabab bo‘lishi mumkin.
Biroq har qanday manoqibiy manbaning zamirida ham tarixiy voqyelik va haqiqat
yotadi. Manoqibiy manbalarning ko‘pligini Fuad Ko‘pruli Sharqda mutasavviflarning
xalq tasavvuriga ta'siri kuchli bo‘lgani bilan izohlaydi. Fuad Ko‘pruliga ko‘ra, vaqt
o‘tishi bilan xalq ular haqida yangidan yangi manoqiblar yaratgan, oqibatda Sharq
tarixchilari aksariyat hollarda tarix va manoqibiy hayotni bir-biridan farqlashda
qiynalgan
152
.
152
Köprülü Fuod. Turk edebiyatinda ilk mutasavvuflar. – Ankara, 1976. s. 27
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
211
“Nasabnoma”larda Yassaviyning otasi, bobosi va boshqa ba’zi ajdodlarining
“shayx” deya zikr qilingani Turkiston o‘lkasida Yassaviydan oldin ham tasavvufiy
harakatlarning ta’siri yuksak bo‘lganini anglatadi.
Yassaviyning tug‘ilgan joyi haqida turlicha qarashlar mavjud. Ba’zi manbalarda
Yassi, ba'zilarida esa Sayram deb turlicha ko‘rsatilib kelingan. Alisher Navoiy bu
haqida “Nasoyim ul-muhabbat”da shunday yozadi: “…
aning mazori Turkistonda,
Yassi degan yerdaki, aning mavlid va manshaidur voqe' bo‘lubdur va Turkiston
ahlining qiblai duosidur”
153
.
Yana bir qator olimlar tomonidan Ahmad Yassaviyning tug‘ilgan yeri Yassi deb
e’tirof etilgan. Fuad Ko‘pruli ulug‘ pirning Sayramda tug‘ilganini alohida diqqat
qaratadi. Olim bu ma'lumot faqat Xaziniyning “Javohir ul-abror min amvojil bihor”
asarida keltirilganini ta’kidlarkan, boshqa olimlarning bu haqidagi fikrlariga
qo‘shilmasligi sabablarini ham keltirib o‘tadi
154
. Yassaviy haqida jiddiy izlanishlar
olib borgan Kamol Erarslon, Najdat Tosun va boshqa olimlar ham Fuad Ko‘prulining
bu fikrini tasdiqlaydilar
155
. Bu xususda Voris Chakan qat'iy fikrda. Olimning
e'tirofiga ko‘ra, Sayramda Muhammad Hanafiy avlodidan ekanini iddao qilayotgan
shaxslarning mavjudligi va ularning ma'lum tabaqani tashkil etadigan darajada
ko‘pligi Ahmad Yassaviyning Sayramda tug‘ilganini tasdiqlaydi
156
.
Bu davrda Sayram Isfijob deb nomlanishidan tashqari Saryam, Oqsuv, Oqturbot,
Oqshahar, Sayram kabi nomlar bilan atalgani manbalarda keltiriladi. Hozirgi
Qozog‘istonning Chimkent shahriga 7 km masofada joylashgan shahar hisoblanadi.
Yassaviyning tavallud sanasi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Bugunga
qadar amalga oshirilgan tadqiqotlarda Ahmad Yassaviyning tug‘ilgan va vafot etgan
sanasi haqida aniq to‘xtamga kelinmagani bois olimlar tomonidan har xil fikrlar
bildirilgan. Jumladan, Fuad Ko‘pruli hijriy V asr o‘rtalarida tug‘ilib, melodiy
1166/67-yilda vafot etgan deb taxmin qiladi
157
. Bu xususda professor Ismoil Yoqit
Fuad Ko‘pruli bilan ayni fikrda. Olim “Xazinat ul-asfiyo” asari muallifi G‘ulom
Muhammadning bergan ma'lumotlariga tayanib, Yassaviyni 1166-yil vafot etganini
yozadi
158
.
Kamol Erarslonning qarashlari bu borada farqli. Kamol Eraslon Yusuf
Hamadoniyning xalifalari shayx Abdulloh Barqiy, shayx Hasan Andoqiy va shayx
Abdul Holiq G‘ijduvoniyning tavallud va vafot etgan sanalariga tayanib
Yassaviyning tug‘ilgan sanasini 1085-1095 yillar oralig‘i deb ko‘rsatadi
159
.
Yassaviyning tug‘ilgan sanasini Demirji Mehmed 1093, o‘zbek olimlari
H.G‘ulom va H.Ne'matov 1097 yil, qozoq olimlari M.Mirxoldor o‘g‘li va
M.Jarmuhammad o‘g‘li 1041, S.Taqaboeva 1105 yil deb ko‘rsatishgan.
153
Алишер Навоий. Насойим ул-муҳаббат. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик, 17-том. – Т., 2011. Б. 413.
154
Қаранг: F.Ko‘pruli, o‘sha manba, 61,140 b.
155
Yesevi Ahmed-i, Divan-ı Hikmet’ten Seçmeler. Haz. Kemal Eraslan, Kültür ve Turizm Bakanlığı. – Ankara, 1991-
yil ss 6-7; Necdet Tosun. Hoca Ahmed Yesevi kulliyati, edit: Zülfikar Güngör. – Ankara., 2019.s.14; Kemal Eraslan,
Ahmed-i Yesevi, Erdem Atatürk Kültür Merkezi Dergisi, Hoca Ahmet Yesevi Özel Sayısı, c. 7, s.21, Türk Tarih
Kurumu Basımevi, – Ankara., 1995, ss.799-819.
156
Çakan Varis. Hoca Ahmed Yesevi ve Divan-ı Hikmet, Milli Folklor, 2005. yıl 17, sy. 68, ss. 201-207.
157
F.Ko‘pruli, o‘sha manba, 62-b.
158
Qarang: Ismoil Yoqit. Ahmad Yassaviy va uning turk tafakkur tarixidagi o‘rni. – T., 2001. s. 37.
159
Kemal Eraslan. Ahmed-i Yesevi, Erdem Atatürk Kültür Merkezi Dergisi, Hoca Ahmet Yesevi Özel Sayısı, c. 7,
sy.21, Türk Tarih Kurumu Basımevi, Ankara Kasım 1995, ss.799-819.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
212
Qozog‘istonlik olim Dosay Kenjatoy Bahovuddin Isfijob Ahmad Yassaviyning
murshidi bo‘lgani haqidagi manbalarga tayanib, bu sanani 1103-1105 yil deb
belgilaydi
160
.
Shu qatorda Namik Kamol Yassaviyning vafotini 1066-yil deb ko‘rsatilishi
haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri emas deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu sana
Yassaviyning
“O‘lmasdan burun o‘ling”
tushunchasi va 63 yoshida yer ostiga
xilvatga chekinishi bilan bog‘liq
161
.
Ko‘plab tadqiqotlarda Yassaviyning 73
162
, 111
163
, 120
164
, 125 yil
165
umr ko‘rgani
aytiladi. Husomiddin Sig‘noqiyning Yassaviy hayoti va shaxsiyati haqida ma’lumot
beruvchi forsiy tildagi “Manoqibi Ahmad Yassaviy” risolasida shunday jumlalar
keladi:
“Shayx Ahmad Yassaviy 170 pirga xizmat qilib, ulardan ta’lim oldi. Tariqat
ruxsati va ijozat berilgach, ularning har biridan hirqa kiydi. Shuningdek, jahriy zikr,
samo va raqs izni olgandi. 130 yoki 126-yil umr ko‘rgan edi
.”
166
Ko‘ringanidek,
manbada ikki xil raqam kelishi ham ma’lumotning aniq emaslini ko‘rsatadi.
Hayoti Bija bir qancha tarixiy va manoqibiy manbalarni qiyoslab, yuqoridagi
taxminiy fikrlarga aniqlik kiritishga uringan. Bu xususda Ko‘prulining fikrlarini
quvvatlab Yassaviyni 120-yil umr ko‘rgan deydi
167
. “Nasabnoma”da Ahmad
Yassaviyning 120-yil yashagani haqidagi ma'lumotlarga tayanib, rus olimi A.I.Pilev
uni 1046-yil tug‘ilgan, deb taxmin qilsa-da, bu ma'lumotni to‘g‘ri deb bilmaydi
168
.
Manbalarga murojaat qilinsa, Ahmad Yassaviy yer ostida – xilvatda 120, 125,
133 yoshigacha qolgani aytiladi. Bizningcha, ushbu ma’lumotlar manoqib va
rivoyatlarga asoslangan bo‘lsa-da eng muhimi xilvat orqali Yassaviy ifoda etgan
ma'nodir. Yassaviy xilvatni tafakkurga ochilgan bir eshik – Alloh ishqi va ilohiy
go‘zallikka vosil etadigan bir jabha deb bilgan. Oriflar sultoni bu yo‘l orqali nafsni
turli istaklardan poklab, ko‘ngilni yolg‘iz Haqqa qaratish, ilohiy tajallidan bahramand
bo‘lish va asl mohiyatga shu tarzda erishishga harakat qilgan.
Ahmad Yassaviyning otasi Ibrohim shayx
islom olamida nufuzli shaxs bo‘lib,
javonmardlik tariqatining yetuk vakillaridan edi. Manbalarda bu zotning shajarasi
Hazrati Ali o‘g‘illaridan Muhammad Hanafiy nasliga borib taqalishi qayd qilingan.
Ahmad Yassaviy shajarasining 15 xil ko‘rinishdagi nusxalari bizgacha yetib kelgan.
Hayoti Bija Hz.Alining avlodlari shajarasini sanab o‘tib Ahmad Yassaviyni 21-avlod
o‘laroq bu shajaraga borib taqalishini ta’kidlaydi
169
.
160
Demirci Mehmet. Turkistan notlari. (Yesevi diyarinda 6 ay). Istanbul, 1996. s. 85; М.Жармуҳаммадўғли, Аҳмад
Яссавийнинг ҳаёти ҳақида янги далиллар ва унинг яқинда топилган “Рисола” асарининг илмий қиммати, Хожа
Аҳмад Яссавий: ҳаёти, ижоди ва анъаналари, – Т., 2001. 187-б; М.Мирхолдор ўғли. Хожа Аҳмад Яссавий:
шажараи саодат, кароматлари, ҳикматлари. – Чимкент, 1992. 4-б;.Такибаева.Тайны небесной глазуры, Алма
Ата, 1987, с.31; Ҳ.Неъматов, Аҳмад Яссавий ҳаётига оид баъзи саналар, Ўзбек тили ва адабиёти, 2 сон, 1992. 6-
б; Dosay Kenjetay, “Hoca Ahmet Yesevî: Yaşadığı Devir, Şahsiyeti, Tarikatı ve Tesiri. Tasavvuf İlmi ve Akademik
Araştırmalar Dergisi Dergisi, Aralık, 1999. 1, sayı: 2, s. 113.
161
Zeybek Namık Kemal. Aşk yolu Hoca Ahmet Yesevî ve hikmetleri. İstanbul: Ötüken nesriyat, 2017. s.39.
162
Demirci Mehmet. Turkistan notlari. (Yesevi diyarinda 6 ay). Istanbul, 1996. s. 85.
163
Çakan Varis. Hoca Ahmed Yesevi ve Divan-ı Hikmet, Milli Folklor, 2005, yıl 17, sy. 68, ss. 201-207.
164
F.Ko‘pruli, o‘sha manba, 73-74 b.
165
M. Esad Coşan. Ahmed-i Yesevî Hazretleri, Ahmed-i Yesevî Hayatı-Eserleri-Fikirleri-Tesirleri, İstanbul, 1996. s.
43; Zamanhanulı, Z. J. Hoca Ahmet Yesevi’nin Türk tarihindeki yeri. Uluslararası Türk-Kazak Üniversitesi Astana
yayinlari. ( Çevirenler: S. P. Karaman, & M. Karaman,.) – Ankara, 2018. s.114.
166
Hüsameddin Sığnaiki. Ahmed Yesevî’nin menâkıbı. Haz:Tosun, N. İslam araştırma dergisi, 1998, cilt: III, sy.1, s. 78.
167
Hayati Bice. Piri Turkistan Hoca Ahmet Yessevi. Hoca Ahmet Yesevi Uluslararası Türk-Kazak Üniversitesi, –
Ankara, 2016. s.120.
168
Пылев А.И. Ходжа Ахмад Йасави – первый тюркский суфийский поэт Средней Азии (жизн и творчество).
Афтореферат. Санкт-Петербург, 2001. Ст.13.
169
Hayati Bice. Piri Turkistan Hoca Ahmet Yessevi. Ankara: Hoca Ahmet Yesevi Uluslararası Türk-Kazak
Üniversitesi, 2016, B-56.
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
213
“Zafarnoma”da shunday ma'lumotni uchratamiz:
“Va sohibqiron Yassig‘a borib,
Shayx Ahmad Yassaviy mazoriga borib tavof qildi. Dedi: “Bu aziz Muhammad
Hanifa o‘g‘lonlaridin turur”, alayhi va ala olihi vassalom
”
170
.
Ibrohim shayx xalifalaridan Muso shayxning qizi Oysha (Oysha xushtoj) onaga
(Qorasoch momo) uylanib undan Gavhar ismli bir qiz va Ahmad ismli bir o‘g‘il
avlod ko‘radi. Ota-onasidan juda erta yetim qolgan yosh Ahmadning tarbiyasi opasi
Gavhari Shahnoz zimmasiga tushadi
171
. Ma'lum bo‘lmagan sabab bilan Gavhari
Shahnoz ukasi Ahmadni olib Yassi (Turkiston) shahriga kelib joylashadi
172
.
Bu borada
yassaviyshunos Nodirxon Hasan ota-onasi vafotidan so‘ng Ahmadning Yassi
shahriga kelib joylashish sababi Arslonboboning Yassida yashayotgani edi, deb
ko‘rsatadi
173
. Fuod Ko‘pruli Piri Turkistonning Yassaviy nomini olishini “Javohir ul
– abror”da keltirilgan Yassaviy ismli podshoh haqidagi manoqibga bog‘laydi.
Manbalarga ko‘ra, Ahmad Yassaviyning Ibrohim, Gavhari Shahnoz va Gavhari
Hushnoz ismli farzandlari bo‘lib, nasli qizi Gavhari Shahnoz orqali davom etgan.
174
O‘g‘li Ibrohim Yassaviy hayotligidayoq vafot etgan. Bu haqda manoqiblarda turlicha
rivoyatlar ham mavjud.
Aksariyat manoqiblarda Ahmad Yassaviy kunini uch qismga bo‘lib, birinchi
qismida muridlariga diniy ilmdan tahsil bergan bo‘lsa, kunning ikkinchi qismida
ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan va qolgan qismida esa halol rizq topish ilinjida
yog‘ochdan qoshiq va cho‘mich yasab kun ko‘rgani haqidagi ma'lumotlar
uchraydi
175
. Turk olimi Najdat Tosun bunga monosabat bildirib, Ahmad Yassaviy
aslida o‘ziga to‘q bir oilaga mansub zot bo‘lganini yozadi
176
.
Hazrati Ali naslidan
kelganlarga “Xoja”, bu silsilaga bog‘langanlarga esa “Hojagon” deyilgan.
Erarslonning fikricha, ulug‘ turk piri bu silsilaga aloqador bo‘lgani sabab “Xoja
Ahmad”, “Xoja Ahmad Yassaviy”, “qul Xoja Ahmad” deya zikr qilingan
177
.
Xulosa qilib aytganda, amalga oshirilgan tadqiqotlarning aksariyatida
manoqibnomalarga tayanilgan bo‘lib, ularda ulug‘ pirning hayot faoliyati haqida
ishonchli tarixiy manbalarga asoslangan ma'lumotlar yetarli emas. Ahmad Yassaviy
haqidagi tarixiy manbalar nihoyatda oz bo‘lgani sabab yassaviyshunos olimlar
manoqibiy manbalarga jiddiy qarashgan va bu xususda turli bahsli fikrlar bildirilgan.
Biroq aytish kerakki, tazkira va manoqibiy xarakterida bo‘lgan bunday asarlar piri
Turkistonning hayoti, sayru sulukdagi maqsadi, e’tiqodiy qarashlari, ma’naviy
yo‘lchiligi va ijodiy qiyofasini to‘liq gavdalantirib berolmaydi. Yassaviyshunoslikda
muhim bo‘lgan va olimlar tomonidan fanga ma’lum qilingan boshqa bir qator
manbalarga keng ko‘lamda murojaat qilish, ulug‘ pirning tarixiy hayoti yoritilgan
vasiqalar va manoqiblarni qiyosiy jihatdan o‘rganib, tahlil qilish zamonaviy
yassaviyshunoslikda muhim omil sanaladi.
170
Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома. – T., 1997. 190-б.
171
F.Ko‘pruli, o‘sha manba, 62-b; Coşan, M. E. (2013). Akademik makaleler. İstanbul: Server İletişim.
172
Yesevi Ahmed-i, Divan-ı Hikmet’ten Seçmeler. Haz. Kemal Eraslan, Kültür ve Turizm Bakanlığı. Ankara, 1991. s. 7
173
Hasan Nâdirhan, Arslan Baba ve Ahmed Yesevî, Tasavvuf İlmî ve Akademik Araştırma Dergisi, 24 [2009/2], s.1–
10. http://www.tasavvufakademi.com/index.php?bolum=ayrinti&vurgu=Ahmed%20yesev%EE&no=2344/
174
F.Ko‘pruli, o‘sha manba, 76-77 b; Yesevi Ahmed-i, Divan-ı Hikmet’ten Seçmeler. Haz. Kemal Eraslan, Kültür ve
Turizm Bakanlığı. – Ankara, 1991. s.17.
175
Coşan, M. E. (2015). Tarihî ve tasavvufî şahsiyetler. İstanbul: Server İletişim. s.134.
176
Necdet Tosun (edit.), Divan-ı Hikmet, Hoca Ahmed Yesevi Uluslararası Türk-Kazak Üniversitesi Yay., Ankara,
2015. s.19
177
Yesevi Ahmed-i, Divan-ı Hikmet’ten Seçmeler. Haz. Kemal Eraslan, Kültür ve Turizm Bakanlığı. Ankara, 1991. s.10;
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
214
Adabiyotlar:
1. Алишер Навоий. Насойим ул-муҳаббат. Мукаммал асарлар тўплами. 20
томлик, 17-том. – Т., 2011.
2. Dosay Kenjetay, “Hoca Ahmet Yesevî: Yaşadığı Devir, Şahsiyeti, Tarikatı ve
Tesiri. Tasavvuf İlmi ve Akademik Araştırmalar Dergisi Dergisi, Aralık, 1999. 1,
sayı: 2.
3. Demirci Mehmet. Turkistan notlari. (Yesevi diyarinda 6 ay). Istanbul, 1996.
4. Coşan, M. E. (2015). Tarihî ve tasavvufî şahsiyetler. İstanbul: Server İletişim.
5. Zeybek Namık Kemal. Aşk yolu Hoca Ahmet Yesevî ve hikmetleri. İstanbul:
Ötüken nesriyat, 2017.
6. Ismoil Yoqit. Ahmad Yassaviy va uning turk tafakkur tarixidagi o‘rni. – T.,
2001.
7. Yesevi Ahmed-i, Divan-ı Hikmet’ten Seçmeler. Haz. Kemal Eraslan, Kültür
ve Turizm Bakanlığı. – Ankara, 1991-yil.
8. Köprülü Fuod. Turk edebiyatinda ilk mutasavvuflar. – Ankara., 1976.
9. М.Жармуҳаммадўғли, Аҳмад Яссавийнинг ҳаёти ҳақида янги далиллар
ва унинг яқинда топилган “Рисола” асарининг илмий қиммати, Хожа Аҳмад
Яссавий: ҳаёти, ижоди ва анъаналари, – Т., 2001.
10. М.Мирхолдор ўғли. Хожа Аҳмад Яссавий: шажараи саодат,
кароматлари, ҳикматлари. – Чимкент, 1992.
11. M. Esad Coşan. Ahmed-i Yesevî Hazretleri, Ahmed-i Yesevî Hayatı-
Eserleri-Fikirleri-Tesirleri, İstanbul, 1996.
12. Necdet Tosun. Hoca Ahmed Yesevi kulliyati, edit: Zülfikar Güngör. –
Ankara., 2019.s.14;
13. Пылев А.И. Ходжа Ахмад Йасави – первый тюркский суфийский поэт
Средней Азии (жизн и творчество). Афтореферат. Санкт-Петербург, 2001.
14. Такибаева.Тайны небесной глазуры, Алма Ата, 1987.
15. Çakan Varis. Hoca Ahmed Yesevi ve Divan-ı Hikmet, Milli Folklor, 2005.
yıl 17, sy. 68.
16. Ҳ.Неъматов, Аҳмад Яссавий ҳаётига оид баъзи саналар, Ўзбек тили ва
адабиёти, 2 сон, 1992.
17. Hasan Nâdirhan, Arslan Baba ve Ahmed Yesevî, Tasavvuf İlmî ve
Akademik Araştırma Dergisi, 24 [2009/2], s.1–10. http://www.tasavvufakademi.com/
index.php?bolum=ayrinti&vurgu=Ahmed%20yesev%EE&no=2344/