Bolalarda qaytalanuvchi yiringli o'rta otitni kompleks davolash tadbirlari

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
27-28
20
4
Поделиться
Хатамов, Ж., Кодиров, О., & Бекмурадов, М. (2011). Bolalarda qaytalanuvchi yiringli o’rta otitni kompleks davolash tadbirlari . Журнал вестник врача, 1(1), 27–28. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/doctors_herald/article/view/11650
Ж Хатамов, Самаркандский государственный медицинский институт

кафедра отоларингологии и стоматологии

О Кодиров, Самаркандский государственный медицинский институт

кафедра отоларингологии и стоматологии

М Бекмурадов, Самаркандский государственный медицинский институт

кафедра отоларингологии и стоматологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bolalarda ko'p uchraydigan o'rta quloqning o'tkir yiringli yallig'lanish kasalliklaridan biri qaytalanuvchi yiringli o'rta otitdir. Bolalarda qaytalanuvchi yiringli o'rta otit dunyoning issiq, ham sovuq iqlimli mamlakatlarida juda keng tarqalgan va uzoq davrlardan buyon tadqiqotchilaming doimiy e'tiborida bo'lganligi bois adabiyotlarda juda ko'p ma'lumotlar keltirilgan

Похожие статьи


background image

-Doctor a\6orotnomasi, 2011, № 1, Samarqand

27

Xatamov J.A.,

BOLALARDA QAYTALANUVCHI YIRINGLI O'RTA

Qodirov O.N.,

OTITNI KOMPLEKS DAVOLASH TADBIRLARI

Bekmuradov M.A.

Samarqand Davlat tibbiyot instituti, otorinolaringologiya va stomatologiya kafedrasi

Ishning dolzarbligi.

Bolalarda ko'p uchraydigan o'rta

quloqning o'tkir yiringli yallig'lanish kasalliklaridan biri
qaytalanuvchi

yiringli

o'rta

otitdir.

Bolalarda

qaytalanuvchi yiringli o'rta otit dunyoning issiq, ham
sovuq iqlimli mamlakatlarida juda keng tarqalgan va uzoq
davrlardan buyon tadqiqotchilaming doimiy e'tiborida
bo'lganligi bois adabiyotlarda juda ko'p ma'lumotlar
keltirilgan [2,5,7].

Bolalarda qaytalanuvchi yiringli o'rta otit umumiy

LOR a'zolari kasalliklarining 0,7 -1,5% ni, bolalarda
kechadigan barcha otitlarning 25- 30% ni tashkil etib,
asosan kichik yoshli bolalarda ko'p uchraydi. 3 yoshgacha
bo'Igan bolalaming 90% i hayoti davomida bir maria
bo'Isa ham o'tkir otit kechirishi mumkinligi ilmiy ishlarda
keltirilgan [4,6,8].

Kasallikka olib keluvchi sabablarning asosiylari chala

tug'ilish, bolalar orasida o'tkir respirator infeksiyalarning
epidemiyasi,

oilaviy

allergiyaga

moyillik,

sun'iy

ovqatlanish, immunitet pastligi, ma'ishiy va ishlab
chiqarishdagi salbiy omiliar, eksudativ diatez, raxit,
avitaminoz hisoblanadi [1,3].

Bolalarda

qaytalanuvchi

yiringli

o'rta

otit

patogenezida

yallig'lanish

hisobiga

burun

shilliq

qavatining shishi, adenoid bezi kattalashishi, burun pastki
chig'anog'i va tanglay murtaklarining kattalashishi
oqibatida eshituv nayining o'tkazuvchanligini buzulishi
yuzaga keladi va natijada nog'ora bo'shlig'ida manfiy
bosim hosil bo'ladi, buning natijasida qon tomirlar
o'tkazuvchanligi oshib transsudat nog'ora bo'shlig'iga
yig'iladi, bakterial va boshqa mikrofloralar qo'shilishi
natijasida yallig'lanish belgilari namoyon bo'ladi [1,2,7,8].

Ma'lumki bolalarda qaytalanuvchi yiringli o'rta

otitlarni davolashda antibiotiklar. burunga qon tomirini
toraytiruvchilar, antigistamin dori vositalari, quloqga
tomchilar va kerak bo'lganda og'riqsizlantiruvchilar
qo'llaniladi. Shunga qaramasdan kasallikning tez-tez
qaytalanishi va asoratlanishi kuzatilmoqda. Bu esa
kasallikni

davolashda

differensial

yondoshuvni

muhimligini ko’rsatadi.

Bolalarda qaytalanuvchi yiringli o'rta otitning

etiologiyasi,

patogenezini,

klinik

kechishining

xususiyatlarini

o'rganish

va

kompleks

davolash

samaradorligini baholash ishning maqsadi qilib olindi.

Tadqiqot usullari va manbalari.

Tekshi- rishlarga

viloyat ko'p tarmoqli bolalar tibbiy markazi LOR

bo'limida davolangan 5 yoshgacha bo'Igan 21 nafar bemor
bolalar jalb etildilar. Shundan o'g’il bolalar 12 nafami, qiz
bolalar 9 nafami tashkil qildi. Bemorlaming 14 nafarida
kasallik bir tomonlama 7 nafarida ikki tomonlama
ekanligi aniqlandi.

Barcha bemorlarga stasionar ravishda kompleks

klinik va laborator tekshirishlar (otoskopiya, rinoskopiya,
orqa rinoskopiya, faringoskopiya, burun yon bo'shliqlari
rentgenograflyasi) qilindi. Shu bilan birga barcha
bemorlar pediatr va boshqa kerakli mutaxassislar
konsul'tasiyasidan o'tkazildi.

Quloqdan olingan surtma mikroskopik tekshirilganda

ko'proq aerob mikroblar (streptococcus pyogenes - 12%,
staphylococcus aureus - 8%, haemophilus influenzae -
32%, streptococcus pneumoniae - 28%), zamburuglar
(Aspergillus - 8%, Candida - 7%, mucor - 3%,
monosporium - 2%) borligi aniqlandi.

Tekshirilgan bemorlaming 12 nafarida kasallik o'tkir

rinosinusit, adenoidlar, 10 nafarida o'tkir respirator
kasalliklar, zotiljam, o'tkir bronxit, ekssudativ diatez
fonida kechganligi kuzatildi.

Tekshirish

natijalari.

Bolalarda

kasallikning

klinikasida ko'pincha quloqda og'riq bo'lmasligi, tana
haroratining ko'tarilmasligi bilan boshlanib, so'ngra
quloqdan hidsiz cho'ziluvchan, oqish rangda shilliq-
yiringli ajralma kelishi bilan boshlanishi kuzatildi. Barcha
tekshirilgan bemorlarda otoskopiya manzarasi o'tkir
yallig'lanishning klinik manzarasiga mos keladi. Bunda
nog'ora pardaning qizarishi, infil'trasiyasi, shishi va
bo'rtishi aniqlandi. Rinoskopiyada burun yo'llarida shilliq
yiringli ajralma, burun chig'anoqlari gipertrofiyasi va
burundan nafas olishi qiyinligi kuzatildi. Shu bilan
birgalikda bolaning bezovtaligi, subfebril temperatura,
qon tahlilida EChT ning oshganligi aniqlandi. Eshitish
o'tkazuvchi tipda 10-20 dB gacha pasayganligi kuzatildi.

Qaytalanuvchi yiringli o'rta otitni davolash tadbirlari

qator choralardan iborat bo'ldi. Ularning asosiysi o'rta
quloqdan patologik ajralmani chiqarilishini ta'minlash
bo'lib, har kuni yiringli ajralmadan tozalandi, burun
bo'shliqlariga Nazivin 0,05 % li eritmasi tomizilib,
antiseptik eritmalari (L5000 furasillin, 1% li dioksidin)
bilan Proes usulida yuvildi. Tashqi eshituv yo'li orqali
o'rta

quloq

bo’shlig'iga

mahalliy

antibiotik

(siprofloksasin) va antiseptikosteroid aralashmalar

(dioksidin + gidrokortizon + adrenalin) yuborildi. Bunday
davolash usuli eshituv nayining halqum teshigi sohasiga
0.1 % li adrenalin surtish bilan birga olib borildi. Barcha
bemor bolalarga fizioterapevtik muolajalar (SVCh,
UVCh, UFO nazal.va endoaural) o'tkazildi.

Burun halqum murtag'i gipertrofiyasi aniqlangan

bemorlarning 12 nafarida ham adenotomiya operasiyasi

o'tkazildi.

Ushbu muolajalardan so'ng. barcha tekshirilgan

bemorlarda klinik belgilaming sezilarli kamayishi
kuzatildi. Davolashning 2-3 kunlariga kelib burun shilliq
qavatlari shishi qaytib. burundan ajralma kelishi kamaydi,
burundan nafas olish yaxshilandi. quloqdagi ajralmalar
kelishi to'xtadi, Kasallikning 5-7 kunida ndg'ofa


background image

‘Doctor axfiorotnomasi, 2011, №1, Samarqantf

28

pardadagi qizarishlar yuqolib. perforasiya bitishi
aniqlandi. Barcha bemorlarda eshitish to'liq tiklandi.

Umumiy kompleks davolash natijasida 19 nafar

bemor to'liq sog'ayib ketdi. Faqat 2 nafar bemorda kasallik
surunkali turga o'tishi kuzatildi.

Xulosa.

Shunday qilib qaytalanuvchi o'rta otit

murakkab patogenetik omillarga ega bO'lgan kasallik

bo'lib,

davolashda

va

diagnostikasida

kompleks

yondashuvni, etiologik va epidimiologik omillardan kelib
chiqqan holda profilaktika usullarini tadqiq qilishni talab
qiladi. Yangi davolash usullarini ilg'or texnologiyalar
asosida yaratish va klinik amaliyotga tadbiq etish bu
xastaiikni davolash natijalarining sezilarli darajada
yaxshilinishiga olib kelishi mumkin.

Adabiyotlar

1.

БогомильскийМ.Р., Палунин M.M., Поляков Д.Т. Состояние слуха у детей перенесших острый средний отите применением парацентеза.

Вестн. оторинолар. Москва. 2008. № 1 стр. 17-21.

2.

Доценко Д.В.. Еловиков А.М. Лечение эксудативного среднего отита в детском оториноларингологическом стационаре. Журнал

Российская оториноларингология. Москва 2010, № 1 стр. 108-111

3.

Извин А.И., Кузнецова Н.Е., Баластрова Л.С. Клиническая эффективность радиоволновой тимпаностомии и эндоскопической

аденотомии при эксудативных средних отитах у детей. Журнал Российская оториноларингология. Москва 2010, № 1 стр.121-124.

4.

Страчунский Л.С. А.Н. Багомильский Антибактериальная терапия острого среднего отита у детей. Детский доктор, 2000; 2:32-33.

5.

Туровский А.Б. Крюков А.И Острое воспалиние наружного и среднего уха. Consilium Medicum 2000. 2. №8: 323-325

6.

Flynn C.A.,Griffin,7udiver F.Decongestants and antihistamines for acute otitis media in children.The Cochrane Library 2001: I ssue 3.

7.

Kozyrskyi A.L.. Hilder-Ripstein G.E.. Longstaffe S. et al.Short course antibiotics for acute otitis media.Cochrane Library 2001: Issue 1.

8.

Pichichero M.E.. Reiner S.A..Jenkins S.G et al. Controversies in the medical management of persistent and recurrent acute oti tis media.Ann

Otol Larunyngol 2000: 109:2-12.

Библиографические ссылки

БогомильскийМ.Р., Палунин М.М., Поляков Д.Т. Состояние слуха у детей перенесших острый средний отите применением парацентеза. Вести, оторинолар. Москва. 2008. № 1 стр. 17-21.

Доценко Д.В.. Еловиков А.М. Лечение эксудативного среднего отита в детском оториноларингологическом стационаре. Журнал Российская оториноларингология. Москва 2010, № 1 стр. 108-111

Извин А.И., Кузнецова Н.Е., Баластрова Л.С. Клиническая эффективность радиоволновой тимпаностомии и эндоскопической аденотомии при эксудативных средних отитах у детей. Журнал Российская оториноларингология. Москва 2010, № 1 стр.121-124.

Страчунский Л.С. А.Н. Багомильский Антибактериальная терапия острого среднего отита у детей. Детский доктор, 2000; 2:32-33.

Туровский А.Б. Крюков А.И Острое воспалиние наружного и среднего уха. Consilium Medicum 2000. 2. N28; 323-325

Flynn C.A.,Griffin,7udiver F.Decongestants and antihistamines for acute otitis media in children.The Cochrane Library 2001: Issue 3.

Kozyrskyi A.L.. Hilder-Ripstein G.E.. Longstaffe S. et al.Short course antibiotics for acute otitis media.Cochrane Library 2001: Issue 1.

Pichichero M.E.. Reiner S.A.Jenkins S.G et al. Controversies in the medical management of persistent and recurrent acute otitis media.Ann Otol Larunyngol 2000: 109:2-12.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов