Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
33
OLIY TA’LIM XIZMATLARI TIZIMIDA RAQOBAT
G
‘
aniyev G
‘
ayratjon
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada
oliy ta’lim xizmatlari tizimida raqobatning o‘rni hamda
mamlakat rivojiga ta’sirini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslari chuqur o‘rganilgan.
Bugungi davr talablariga javob beradigan, ya’ni nafaqat mamlakat ichkarisida balki xalqaro
darajada faoliyat yurita oladigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalasida
nazariy takliflar va tavsiyalar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari
oliy ta’lim xizmatlaridagi ta’lim
tizimini rivojlantirish va raqobatbar
doshligini ta’minlash muhim ilmiy
-amaliy ahamiyatga ega
ekanligiga e’tibor qaratgan.
Kalit so
‘
zlar:
inson kapitali, mamlakat iqtisodiyoti, oliy ta’lim, xizmat, sifat, raqobat,
universitet, ta’lim, tizim,
tadbirkorlik universiteti, mahalliy, global strategik hamkorlik.
КОНКУРЕНЦИЯ В СИСТЕМЕ УСЛУГ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ
Ганиев Гайратжон
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация
.
В статье глубоко исследуется роль конкуренции в системе услуг высшего
образования и теоретико
-
методологические основы повышения ее влияния на развитие
страны. Выдвигаются теоретические предложения и рекомендации по вопросу подготовки
высококвалифицированных, конкурентоспособных кадров, отвечающих требованиям
сегодняшнего дня, то есть способных осуществлять деятельность не только внутри
страны, но и на международном уровне. Результаты исследования обращают внимание на
то, что развитие системы образования в сфере услуг высшего образования и обеспечение ее
конкурентоспособности имеют большое научное и практическое значение.
Ключевые слова:
человеческий капитал, национальная экономика, высшее
образование, услуга, качество, конкуренция, университет, образование, система,
предпринимательский университет, локальное, глобальное стратегическое партнерство.
COMPETITION IN THE SYSTEM OF HIGHER EDUCATION SERVICES
Ganiev Gayratjon
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
The article deeply examines the role of competition in the system of higher education
services and the theoretical and methodological foundations for increasing its influence on the
development of the country. Theoretical proposals and recommendations are put forward on the issue
of training highly qualified, competitive personnel who meet the requirements of today, that is, capable
of carrying out activities not only within the country, but also at the international level. The results of
the study draw attention to the fact that the development of the education system in the field of higher
education services and ensuring its competitiveness are of great scientific and practical importance.
Keywords:
human capital, national economy, higher education, service, quality, competition,
university, education, system, entrepreneurial university, local, global strategic partnership.
UO‘K:
336.153.11
VI SON - IYUN, 2025
33-38
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
34
Kirish.
Har qanday davlat rivoji va bu davlat muvaffaqiyatining asosiy siri ilm-fan rivoji bilan
chambarchas bog‘langan. Ilm
-
fan qayerda rivojlangan bo‘lsa, o‘sha davlat taraqqiyotida o‘z
ta’sirini turli ko‘rinishlarda namoyon etadi.
Oliy ta’lim –
inson kapitalini shakllantirish va mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishda
muhim omillardan biridir. Globallashuv, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va
mehnat bozoridagi o‘zgarishlar oliy ta’lim xizmatlarining sifat va mazmun
jihatidan
yangilanishini talab qilmoqda.
Mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’lim olishiga katta sharoitlar yaratib berilyotgani
tufayli oliy ta’lim muassasalari soni 2,5 barobarga ortib, 200 taga yetdi. Qamrov darajasi esa 9
foizdan 38 foizga oshdi. Eng muhimi, oliy ta’lim olish uchun imtiyozli kr
editlash tizimi, ayollarga
foizsiz kredit ajratish amaliyoti joriy qilindi (uzmarkaz.uz, 2018).
Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni xalqaro standartlarga
integratsiyalash, mehnat bozori talabiga mos yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash
bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Maqsad bitta: oliy ta’lim mazmunini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy
-axloqiy
fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Mamlakatimizda ilm-
fanga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, ta’lim soha
sida keyingi
olti yilda ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlarga boy bo‘ldi.
Adabiyotlar sharhi.
Raqobat jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarning bozor va harid narxini belgilaydi.
Raqobat ta’sirida tovar va xizmatlarning individual qiymati shakllanadi, daromadlar hajmining
mehnat sarfi bo‘yicha diferensasiyasi yuzaga keladi. Tarmoqlararo jihatdan r
aqobat foydanning
o‘rtacha me’yorini yuzaga keltiradi, jamiyat extiyoji uchun eng ahamiyatli va zarur bo‘lgan
tarmoqlarga kapital oqishini rag‘batlantiradi. Shubhasiz, raqobat bozor uchun xizmat qiladi:
qachon, qanday va qancha tovar va xizmatlarni taklif
qilish va ko‘rsatishni belgilaydi
(Jih va
boshq., 1991).
“Raqobat” tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiyot nazariyasining asosiy
kategoriyalaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ham ko‘pgina iqtisodchilarning diqqatini tortib
kelmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda.
Smitning ta’rifi bo‘yicha inson o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki
aniqrog‘i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko‘proq naf keltiruvchi
mashg‘ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug‘ullanadi, foyda ketidan
quvish va raqobat butun
jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (Qarshiyev, 2001).
Raqobat muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlarda uning tarifiga uchta yondashuv
mavjud. Birinchisi raqobat bozorda bellashuv sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv klassik
iqtisodchilar uchun xos bo‘lib, raqobat talab va taklifni muvozanatga keltiruvchi
bozor
mexanizmi sifatida talqin etiladi. Uchinchisi bozorni o‘rganishning zamonaviy nazariyasiga
asoslangan bo‘lib tarmoq bozorining turini ifodalovchi mezon sifatida qaraladi.
Svetunkov (1999)
raqobat to‘g‘risida quyidagi tariflarni keltiradi:
−
monopoliyadan holi sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning baxslashuvidir;
−
ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bellashuvi, raqib sifatidagi
munosabati bo‘lib, bir
-
biridan o‘zib ketish orqali yagona maqsad
-yuqori foyda olish uchun
bozordan siqib chiqarishidir;
−
bozorda tovar va xizmat ishlab chiqaruvchilarning bozor ulushini egallash va yuqori
foyda olish maqsadida o‘zaro bellashuvidir.
S.G. Svetunkov tomonidan keltirilgan tarifga e’tibor beradigan bo‘lsak, monopoliyadan
holi sharoit ko‘zda tutilgan. Bizning fikrimizcha monopoliyadan holi sharoitni monopoliya
cheklangan sharoit deb qabul qilish zarur. Chunki monopoliya bozorda raqobatning butunlay
yo‘q bo‘lishini bildirmaydi. Shu bilan birga barcha subyektlar uchun eng qulay sharoit, eng
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
35
yuqori daromadga qaratilmasligi kerak, chunki iste’molchi tovar va xizmatlar uchun ma’lum
qiymatni belgilaydi.
Yudanovning (2001) fikricha raqobat
–
iste’molchilarning to‘lovga qodir cheklangan
talabi uchun bellashuvdir. Muallifning fikricha bu tarif bir qator muhim jihatlarga ega.
Birinchidan: gap bozor raqobati xaqida ketmoqda, ya’ni raqobat
-
bozordagi xo‘jalik yurituvchi
subyektla
rning faqatgina o‘z tovar va xizmatlarini iste’molchilar uchun siljitish jarayonida sodir
bo‘ladigan bellashuvdir. Ikkinchidan raqobat iste’molchilarning to‘lovga qodir cheklangan
extiyoji uchun olib boriladi, agarda iste’molchi talabi bi
ror bir subyekt tovar yoki xizmati bilan
qondirilsa, qolganlari o‘z
-
o‘zidan taklif qilish imkoniyatidan maxrum bo‘lishadi. Uchinchidan
raqobat faqat bozorning kirib borish mumkin bo‘lgan segmentida rivojlanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur ilmiy maqolada bilish nazariyasining mantiqiy yondashuv, induksiya va
deduksiya, qiyosiy va omilli taxlil, zamon va makon, taqqoslash, monografik ko‘zatish kabi
usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi globallashuv jarayonlari har bir soha va tizimga o‘zining sezilarli darajadagi
ta’sirini ma’lum darajada ko‘rsatmoqda. Butun dunyo bozoridagi ta’lim muassalari,
korporasiyalar va butun dunyo mamlakatlari uchun malakali mutaxassislar hamda ularni to
‘g‘ri
tanlash muammolari raqobatchilikning asosiy drayveri va ustuvorligiga aylanmoqda. Ta’lim
tizimidagi yangi o‘zgarishlar Shveysariyaning ko‘pgina maktablarida ushbu mamlakat fuqarosi
bo‘lgan o‘quvchilar ulushi
- 30 foizdan oshmaydi. Bu hukumat vakillar
ini ona tilida ta’lim sifatini
qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha maxsus chora
-tadbirlar ishlab chiqishga majbur etmoqda. Shunga
o‘xshash vaziyat maktab ta’limida lider deb tan olingan va boshqa mamlakatlardan ko‘plab
o‘quvchilarni qabul qiladigan Buyuk Britaniyada ham kuzatilmoqda. Oliy ta’limga keladigan
bo‘lsak,
o‘z mamlakatidan tashqarida ta’lim oluvchi talabalar soni butun dunyoda
2010 yilda 4
mln kishidan ortgan bo‘lsa, eng konservativ baholash bo‘yicha bashorat qilinganda 2025 yilga
kelganda ular soni 8 mln.ga yetishi tasdiqlangan.
Bugungi kunda global trendlar ta’siri ostida ta’lim rivojlanishi oliy maktabning faol
transformasiyalashuv jarayonini bilan ro‘y bermoqda. Jahon ta’lim makonida o‘sib borayotgan
raqobatchilik sharoitida universitetlar oldida oldingi davrlarga nisbatan ancha jiddiy
masalalar turibdi. Ular nafaqat ta’lim va ilmiy ishlarda, balki innovasiyalarni yaratish, iqtisodiy
o‘sishga ta’sir etish, jahondagi muhim muammolarni hal qilish sohasida ham raqobat qilishga
majbur bo‘lishmoqda.
Shunga mos tarzda, jahonning yetakchi universitetlari strategik xujjatlarida, rivojlanish
dasturlarida, modelli qarorlarida o‘z aksini topgan strategik rivojlanishning asosiy
yo‘nalaishlari belgilab olinmoqda. Bu borada bir muncha ahamiyatli bo‘lganlari si
fatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
Global elektron ta’lim makonining shakllanishi, “cheksiz” yangi turdagi ochiq axborot
resurslarini yaratish. Bular ichida bir muncha mashhuri bo‘lib
Coursera (Free Online Courses
From Top Universities) hisoblanadi. Bu umuman universitet faoliyati doirasida va imoniyatlari
to‘g‘risidagi tasavvurlarni o‘zgartiruvchi jahonda oliy ta’limni transformasiyalovchi eng muhim
innovasion trenddir.
Aslida bu - birinchi meta-universitet (Meta University) - universitetlar va korporasiyalar
konsorsiumining global tarmog‘i g‘oyasini amalga oshiruvchi axborot
-
ta’lim modellaridan biri.
Bunday universitetning maqsadi mintaqaviy va milliy ustuvorliklar -
sog‘liqni saqlash,
ekologiya, xalqaro o‘zaro hamkorlik va boshqa bir qator ishlar doirasiga kiruvchi global
muammolarni hal etish bo‘lishi lozim. AKT
-
formati borgan sari g‘arbiy an’analardagi ta’lim
jarayonining realligiga aylanib bormoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
36
Yuqori sifatli ta’lim xizmatlariga zamonaviy sharoitda faqatgina professor
-
o‘qituvchilarning nafaqat ta’lim jarayonidagi balki ilmiy, maslahat va innovasion faoliyatdagi
faol ishtiroklari hisobiga erishiladi. Bizda fanning fundamental va amaliy tadqiqotlarga
bo‘linishi tushunchasi ildiz otgan holda
“sof fan” ning tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlari
deyarli mavjud bo‘lmagan.
Yaqin-yaqinlargacha OTMlarning elita maqomini olish jarayonlari faqatgina ushbu
OTMning reputasiyasi(nufuzi)ga asoslangan, ya’ni hyech qanaqasiga OTMning mutaxassislar
tayyorlash, ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib borish, yangi texnologiyalarni qo‘llash va jor
iy etish
sohasidagi yuqori maqomini aniqlash uchun hyech qanaqa obyektiv baholashlar bo‘lmagan.
OTMning ustuvorligini aniqlovchi birinchi xususiyati
–
bu eng zo‘r talabalar va yuqori
malakali o‘qituvchilar ommasining mavjudligidir.
Shu sababli bu borada o‘ziga xos asosiy jihat
- bu universitetlarning mustaqil ravishda
eng yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega talabalarni tanlab olish imkoniyatiga egaligi
hisoblanadi.
Masalan, Pekin universiteti har yili har bir provinsiya(viloyat)dan eng zo‘r
50 talabalarni
qabul qiladi. Garvard universiteti, Kaliforniya texnologiya instituti, Massachusets texnologiya
instituti va Yel universiteti faqatgina akademik qobiliyatini sinash
bo‘yicha testdan eng yuqori
ko‘rsatkichlarni olgan abituriyentlarni qabul qilishadi.
Jahon darajasidagi universitetlar magistrantlarni saralashga ancha sinchkovlik bilan
yondashishadi, bu esa o‘z navbatida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar sifat darajasini
oshirishda o‘z aksini topadi.
Talabalar va o‘qituvchilarning cheklangan ichki safarbarligi(mobilligi)ga ega OTMlarda
akademik boshi bekrlik xavfi mavjud bo‘ladi. Masalan, 2007 yilda yevropa universitetlarida olib
borilgan tadqiqotlar eng yuqori endogam(o‘qituvchilar orasida ushbu OTM
bitiruvchilarining
mavjudligi) foizga ega universitetlar eng past ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan.
Xalqaro komponent birinchi o‘ringa chiqadi. Bu OTMlarga o‘zi bilan birga yangi g‘oyalar
va yondashuvlarni olib kelishgan bir muncha qobiliyatli kishilarni jalb etishga imkon bergan.
Umumiy ta’lim oluvchilar tarkibida xorijiy talabalar ulushi,%da
- Kolumbiya universitetda-23 %
- Stenford universitetida -21 %
- Garvard universitetida -19 %
- Kembridj universitetida
–
18 %
Germaniyada xorijiy talabalar ulushi 10
foiz atrofida bo‘lsa, jahon reytinglarida yuqori
o‘rinlarni egallaydigan AQSh universitetlarida xorijlik o‘qituvchilar sezilarli ulushga ega.
Masalan, Fransiyadagi barcha olimlarning atigi 7 foizi va Germaniyada esa 15 foizi xorijliklar
ekanligi isbotlangan
. Faqat dunyoning eng zo‘r universitetlari xorijiy talabalar va
o‘qituvchilarning eng zo‘rlarini tanlash asosida qabul qilishadi.
Jahon darajasidagi eng zo‘r
universitetlarning aksariyatini tavsiflovchi ikkinchi omil
–
bu
resurslar bilan ta’minlanganlikning yuqori darajasi hisoblanadi. Bunday universitetlar
moliyalashtirishning
to‘rtta asosiy manbalariga
ega:
–
joriy xarajatlarni va ilmiy tadqiqotlarni davlat byudjetidan moliyalashtirish;
–
shartnoma asosida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlardan kelib tushadigan daromadlar;
–
universitetlarga beg‘araz beriladigan mablag‘lardan keladigan daromadlar;
–
ta’lim olish uchun to‘lov.
G’arbiy Yevropada davlat mablag‘lari akademik va ilmiy faoliyatni moliyalashtirishning
asosiy manbasi hisoblanadi.
Masalan, 2000 yilda Germaniyada ta’limga sarflangan sarf
-xarajatlar YaIMning 5 %ni
tashkil etgan holda bu bir talabaga 5,5 ming yevro atrofida bo‘lgan. OTMlar faoliyatini moliyaviy
ta’minlashning aksariyat qismini
yerlar o‘z zimmalariga olishadi.
OTMlarning yillik byudjeti
yerlarning tegishli parlamentlari tomonidan qabul qilinadigan yerlar byudjetining bir qismi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
37
hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda fan bo‘yicha Kengash federal markaz va yerlar tomonidan
hamkorlikda moliyalashtirilishining bajarilishini talab etadigan qator vazifalarni aniqlaydi.
Ularga avvalo, OTMlarni yaratish va kengaytirish, ularning infratuzilmasini
takomillashtirish, universitet klinikalari va tadqiqot ishlarini qo‘llab
-quvvailashlar kiradi.
Tadbirkorlik universteti mahalliy va global dunyoda strategik hamkorlarni izlash, ya’ni
qachonki ularning kelishlarini kutmasdan ularga o‘z hamkorligini taklif etish orqali o‘zi
hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarning yangi madaniyatini shakllantirishi loz
im.
Shuningdek, tashqi aloqalardagi institusional o‘zgarishlarni amalga oshirgan holda “chegarasiz
oliy ta’lim”, “ochiq ta’lim” va shu kabi dasturlarni amalga oshirishi lozim. Hukumat bilan
avtomonlik va maqom, davlat grantlari, professor-
o‘qituvchilar va
talabalar mobilligi
masalalari va soliqqa tortish, kreditlash, lizing va boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralarni olib
borishi zarur. Sababi rivojlangan mamalakatlarda universitetlar alohida hududlar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi muvaffaqiyatining muhim
tezlashtiruvchisi
hisoblanadi.
Bugungi kunda tadbirkorlik universitetlarini baynalminallashtirishning maqsadi -
o‘zida
ijodiy, tadbirkorlik va kommunikativ ko‘nikmalarini mujassamlashtirgan “
global innovatorlar
”
sifatiga ega bo‘lgan bitiruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Jahonning globallashuvi
–
talabalar
jahon fuqarosi- xalqaro standartlardagi diplomlar tushunchasini keltirib chiqarmoqda.
Universitetlar
orasidagi
xalqaro
hamkorlikning
muhim
yo‘nalishi
bo‘lib
sivilizatsiyalararo sinergiya -
G’arb va Sharq qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirish
hisoblanadi. Turli mamlakatlarning
ma’lum sohalar amaliyotidagi yetakchi professorlarining
o‘zaro mustahkam aloqalarini o‘rnatish, ya’ni “
to‘rsimon ta’lim konsepsiyasi
”ning asosiy
tashkil
etuvchisi hisoblangan xalqaro darajadagi loyihalar bilan ishlash bunga misol bo‘ladi. Bugungi
kunda jahondagi eng mashhur ta’lim
platformasi Massive Open Online Courses
(MOOC) hisoblanadi. Bundan tashqari INSEAD, UDEMY xorijiy onlayn-
ta’limi ham turli
mamlakatlardan millionlab talabalarga ega. Universitetlar jahon ta’lim makoniga qo‘shilishi
uchun qator masalalarni hal etishlari lozim.
Xulosa va takliflar.
Xozirgi davrda har bir mamlakat oldida global bozorning ayovsiz talablariga javob berish
uchun, ya’ni
xalqaro musobaqalarning yangi shakli -
“
yangi texnologiyalar va ta’limni quvish
”
jarayonida “
bosimga tushgan
” holatda qolmaslik masalasi kun tartibida turibdi. Bu o‘z
navbatida bugungi davr talablariga javob
beradigan, ya’ni nafaqat mamlakat ichkarisida balki
xalqaro darajada faoliyat yurita oladigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash
masalasini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Adabiyotlar/Литература/References:
Farmon (2019) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Oliy taʼlim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF
-5847-sonli
Farmoni.
Mirziyoev Sh.M. (2016) Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati
–
Oʼzbekiston Liberal
-
demokratik partiyasining VIII sʼezdidagi maʼruzasi. 21 oktyabr, "Xalq soʼzi".
Qaror (2018) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol
ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora
-
tadbirlar toʼgʼrisidagi qarori. № PQ
-3775.
05.06.2018 y.
Qonun (2020)
Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonuni. 23 sentyabr 2020
yil. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 13-bet.
Uzmarkaz.uz. (2018). Oliy ta’lim islohotlari: muammolar, o‘zgarish va yutuqlar.
[online]
Available at: https://uzmarkaz.uz/uzc/news/oliy-talim-islohotlari-muammolar-ozgarish-va-
yutuqlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
38
Ахунова Г.Н (2
005)
Ўзбекистонда таълим хизматлари маркетинги муаммолари.
Монография. –
Т.: Иқтисод
-
Молия.
Жих Е. М., Панкрухин А. П., Соловьев В. А. (1991) Маркетинг: как завоевать рынок?
-
Л.: Лениздат.
-47-
б
Каҳҳоров О. (2019) Олий таълим муассасалари маркетинг фаолияти
самарадорлигини бошқариш. “
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar
”
ilmiy elektron jurnali.
№ 6,
noyabr-dekabr.
Қаршиев
Р
. (2001)
Иқтисодий
таълимотлар
тарихи
(
маърузалар
матни
).
СамКИ
,
Самарқанд
. 104
б
.
Саъдуллаева Г.С. (2021) Олий таълим хизматлари бозорини ривожлантиришнинг
маркетинг стратегияси. 08.00.11 –
Маркетинг, 08.00.05 –
Хизмат кўрсатиш тармоқлари
иқтисодиёти. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини
олиш учун ёзилган диссертация автореферати.
-
Тошкент, ТДИУ.
Светунькова С.Г. (1999) Информационное обеспечение управления конкурентоспо
-
собностью / Энциклопедия маркетинга.
Юданов А.Ю. (2001) Конкуренция: теория и практика: Учеб. –
практ. пособие. 3
-
е изд.,
испр. и доп. –
М.: Казаков: Гном и Д. –
29-
30 с.
