Авторы

  • Акмаль Абдувохидов
  • Санобар Камилова

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.44579

Ключевые слова:

национальная экономика инновационный прогресс человеческий капитал знания инновационные технологии

Аннотация

Одним из важных рычагов, движущих современной экономикой, является человеческий капитал. Повышение качества человеческого капитала и его обогащение занимает важное место на любом звене экономики.Большое внимание отечественные и зарубежные ученые уделяют вопросам исследования человеческого капитала, являющегося одним из важнейших источников обеспечения инновационного развития экономики.Исходя из этого, в данной статье будут проанализированы теоретические подходы и тенденции в исследованиях человеческого капитала.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

12


INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING INNOVATSION RIVOJLANISHINI

TADQIQ ETISHDAGI YONDASHUVLAR

Abduvoxidov Akmal Abdulazizovich

Guliston davlat universiteti,

Kamilova Sanobar Mirdjamalovna

TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi

Annotasiya.

Bugungi iqtisodiyotni harakatlantiruvchi muhim dastaklardan biri

bu inson kapitali

hisoblanadi. Inson kapitali sifatini yaxshilash va uni boyitish iqtisodiyotning har qaysi bo‘g'inida muhim

o‘rin tutadi.Iqtisodiyotning innovasion rivojlanishini ta'minlashning muhim manbalaridan biri bo‘lgan

inson kapitalini tadqiq etish masalalariga mahalliy va xorijiy olimlar katta e'tibor

qaratishmoqda.Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada inson kapitalini tadqiq etishdagi nazariy
yondashuvlar va tendentsiyalar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

milliy iqtisodiyot, innovasion taraqqiyot, inson kapitali, bilim, innovasion

texnologiyalar, inson kapitali sifati, inson kapitali tashkil etuvchilari, iqtisodiy farovonlik, innovasion

taraqqiyot modellari.

ЧЕЛОВЕЧЕСКИЙ КАПИТАЛ И ПОДХОДЫ К ИССЛЕДОВАНИЮ ИННОВАЦИОННОГО

РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ

Абдувохидов Акмаль Абдулазизович

Гулистанский государственный университет,

Камилова Санобар Мирджамаловна

Научно

-

исследовательского центра при ТГЭУ

Аннотация.

Одним из важных рычагов, движущих современной экономикой, является

человеческий капитал. Повышение качества человеческого капитала и его обогащение занимает

важное место на любом звене экономики.Большое внимание отечественные и зарубежные
ученые уделяют вопросам исследования человеческого капитала, являющегося одним из

важнейших источников обеспечения инновационного развития экономики.Исходя из этого, в
данной статье будут проанализированы теоретические подходы и тенденции в исследованиях

человеческого капитала.

Ключевые слова:

национальная экономика, инновационный прогресс, человеческий

капитал, знания, инновационные технологии, качество человеческого капитала, организаторы
человеческого капитала, экономическое процветание, модели инновационного развития.

HUMAN CAPITAL AND APPROACHES TO THE STUDY OF INNOVATIVE ECONOMIC DEVELOPMENT

Abduvokhidov Akmal Abdulazizovich

Gulistan State University,

Kamilova Sanobar Mirdjamalovna

Employee of the Research Center at TSEU

Annotation.

One of the important levers driving the modern economy is human capital. Improving

the quality of human capital and enriching it occupies an important place at any level of the
economy.Russian and foreign scientists pay great attention to the issues of human capital research, which

is one of the most important sources of ensuring innovative development of the economy.Based on this, this
article will analyze theoretical approaches and trends in human capital research.

Keywords:

national economy, innovative progress, human capital, knowledge, innovative

technologies, quality of human capital, organizers of human capital, economic prosperity, models of

innovative development.

IV SON - AVGUST, 2023

12-21


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

13

Kirish.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda inson kapitaliga investitsiyalar mikro va makro darajada

raqobatbardoshlikni oshirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili sifatida ko‘riladi. Inson

kapitali sifatini yaxshilash, butun hayot faoliyati davomida uzluk

siz ta’lim asosida insonlarning kasbiy

ko‘nikma va tajribalarini takomillashtirib borishga qaratilgan strategiyani izchillik asosida amalga
oshirishga qaratilgan faoliyati iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashning muhim sharti

bo‘lib hisoblana

di.

Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlar mamlakat ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir

etuvchi omillar orasida nisbat o‘zgarayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Jahon banki dunyoning “141 ta

davlat misolida global milliy boylik tarkibini tadqiq etish davomida inson kapitalining uning umumiy

qiymatidagi ulushi 64 %ni tashkil etishi va so‘nggi 20 yil davomida uning hajmi 55 % ga o‘sgani ma’lum

bo‘lgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo bo‘lgan yuqori daromadli

mamlakatlarda inson

kapitalining milliy boylikdagi ulushi 70 %ni tashkil etgan bo‘lsa, quyi daromadli

mamlakatlarda uning hissasi 41 %ga to‘g‘ri keldi”

(Lange, Glenn-Marie and other, 2018). Aynan inson

kapitalidagi farqlar mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, aholi turmush

farovonligi va umuman, inson taraqqiyotidagi farqlarni belgilab bermoqda, xususan, “mamlakatlar
o‘rtasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladig

an daromadlardagi farqlarning 10-30 % aynan inson kapitali

bilan izohlanishi” (World Ba

nk Group, 2018

) ma’lum bo‘lmoqda. Ta’kidlash lozimki, b

ugungi kunda

iqtisodiy o‘sish omillari o‘zgarmoqda. An’anaviy omillar (mehnat,

yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati)

kabi omillar o‘rniga fan va ta’lim, ya’ni umumlashtirib aytilganda millatning intellekti bo‘lgan omillar
birinchi o‘ringa chiqmoqda.

O‘zbekistonda

milliy boylik tarkibida inson kapitali

ko‘rsatkich

ining ulushi 62 % ni tashkil qiligani

holda, j

ahon banki mutaxassislarining fikriga ko‘ra dunyo

mamlakatlari bo‘yicha

milliy boylik tarkibida

jismoniy kapitalning ulushi o‘rtacha 16 % ni, tabiiy kapital

- 20 % ni, inson kapitali - 64 % ni tashkil

etadi (Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya singari taraqqiy etgan mamlakatlarda milliy boylik tarkibida
inson kapitali ulushi 80% ga yetadi).

Bugungi kunda inson kapitalining mamlakat ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash borasidagi

jarayonlarga ta’sirini o‘rganish

ga qiziqish kun sayin ortib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Bu

borada tadqiqotchilar tomonidan

ko‘p sonli ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsada, “

i

nson kapitali”

kategoriyasini aniqlashtirishda muayyan noaniqliklar saqlanib qolmoqda, shu bilan birga, uning tashkil

etuvchilariga hanuz

to‘liq oydinlik kiritilmagan

, milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishiga inson

kapitalining

ta’siri miqdor

jihatdan baholanmagan. Yangicha iqtisodiy munosabatlarning tarkibi topishi

sharoitida milliy iqtisodiyotda inson kapitalidan foydalanish va uni

ng sifatini ta’minlash uslubiyoti

borasida amalga oshirilayotgan ilmiy-

tadqiqot ishlarining salmog‘i yetarlicha emas.

Adabiyotlar sharhi.

Inson kapitali nazariyasiga mustaqil nazariya sifatida XX asrning 50-60 yillarida Chikago maktabi

namoyondalari tamonidan asos solingani holda, inson kapitali shakllanishi va rivojlanishining nazariy

asoslari Shults (1961), Bekker (1962), Bouen (1977), Blaug (1976), Mincer (1958), Polachek, Mincer
(1974) ishlarida shakllantirildi va yanada rivojlantirildi. Bundan tashqari, inson kapitalining iqtisodiy

o‘sish sifatiga ta’siri bo‘yicha tadqiqot olib borgan g‘arb iqtisodchi olimlari sirasiga Shumpeter

(2007),

Keyns (1993), Xarrod (1959), Agiyon (2004), Xansen (1951) va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Bu

tadqiqotlarda, inson kapitalining iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’sirini zamonaviy fan nuqtai

-nazaridan

yondashgan va innovatsion faoliyat ko‘lamidan o‘sib boruvchi samaradorlikni hisobga olib, o‘zida

endogen iqtisodiy

o‘sish nazariyalarini mujassamlashtirgan Agiyonning

(2004) tadqiqotlari muhim

o‘rin tutadi.

Inson kapitali va uning pirovard natijasi bo‘lgan innovatsion investitsiyalarning va ularning

iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’siri muammolarini tadqiq etishga katta hissa qo‘shgan olimlar qatorida Nuriev

(2000), Notkin (1996)

, kabilarni sanab o‘tishimiz mumkin.

O‘z navbatida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan ham mazkur muammoning turli

jihatlarini tadqiq qilishga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Jumladan akademiklar Ubaydullaeva

(2017), Abduraxmonov (2017

) inson kapitalining turli jihatlarini tatqiq etganlar. So‘nggi yillarda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy

asoslari va

muammolari” ilmiy

-tadqiqot markazi xodimi Sh.G.Akramova tomonidan yaxlit bir tizim

sifatida talqin qilinuvchi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga inson kapitalining ta’siri

masalalari atroflicha o‘rganilgan

(

Акрамова, 2019

).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

14

Mazkur tadqiqotlar O‘zbekistonda inson kapitali rivojlanishini baholash masalalariga ulkan hissa

qo‘shgan bo‘lsada, yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida mamlakatimizda inson kapitalini

rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ish

lab chiqishning zarurati mazkur ilmiy-

tadqiqot ishi mavzusini tanlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Inson kapitalining shakllanishi va undan samarali foydalanish borasidagi yondashuvlarni tahlil

qilish, ularni tizimlashtirish maqsadida mazkur ilmiy ish doirasida taqqoslash, umumlashtirish,

guruhlash usullaridan foydalanildi. Inson kapitali borasidagi mualliflik yondashuvlarini asoslash

maqsadida sohaga doir ilmiy adabiyotlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanishga alohida
e'tibor qaratildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Innovatsion rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar qatoriga

hududiy sharoitda

o‘zgarishlarning ko‘lami, tezligi va chuqurligidagi farq ham kiradi.

1-jadval

Mavjud innovatsion rivojlanish modellarining taqqoslanma tavsifi va tahlili

1

Maqsad

Vazifalar

Model yadrosi

Innovatsion tsikl

I.

“Evroatlantik model” (Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya)

To‘liq innovatsion tizim

tsiklini yaratish

-xususiy ishlanmalarni

tijoratlashtirish;

- zaruriy ishlanmalarni import qilish;

-yuqori texnologiyali mahsulot va

texnologiyalarni eksport qilish

Universitetlar va

ilmiy-tadqiqot

markazlari

To‘liq innovatsion

tsikl

II.

“Sharqiy Osiyo modeli” (Yaponiya, Janubiy Koreya, Gonkong, Tayvan)

Jahon innovatsion

tizimiga integratsiya
qilingan innovatsion

tizimni barpo qilish

-zaruriy ishlanmalarni import qilish;

yuqori texnologiyali mahsulot va

texnologiyalarni eksport qilish

Ilmiy-tadqiqot

laboratoriyalari va

korporatsiyalar

qoshidagi amaliy

tadqiqot markazlari

Fundamental

fanning mavjud

emasligi

III.

“Muqobil model” (Tailand, Chili, Turkiya, Iordaniya, Portugaliya)

Taraqqiy etgan

mamlakatlarning

innovatsion tizimlari

bilan itegratsiya qilish

yuqori texnologiyali mahsulot va

texnologiyalarni import qilish

Universitet va

texnoparklarning

innovatsion

infratuzilmasi

Fundamental va

amaliy fanning

mavjud emasligi

IV.

“Uchlamchi spiral” modeli

(AQSh, mazkur modelning ayrim unsurlari Yevropa

mamlakatlarining milliy innovatsion tizimida o‘z

aksini topgan)

Boshqa mamlakatlarning

innovatsion tizimlarini

yutib yuborig asosida

moliyaviy resurslarni

jamlash

-xususiy ishlanmalarni

tijoratlashtirish;

- yuqori texnologiyali mahsulot

eksportini yo‘lga qo‘yish

Fan-davlat va

biznesning o‘zaro

hamkorligi

To‘liq innovatsion

tsikl

Turli ziddiyatlarning vujudga kelishi asnosida nomutanosibliklarning o‘sishi

hududlarning

innovatsion taraqqiyotida farqlanishlarni keltirib chiqaradi (

Барлыбаева, 2011

), bu esa

o‘z navbatida

innovatsion rivojlanish darajasini belgilab beruvchi omillarni har jihatdan

o‘rganishni taqozo

etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-

yanvardagi PF-

60 sonli “2022

-

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida”gi Farmonida 52

-

maqsad sifatida: “Global innovatsion indeksda qayd etilgan past

indikatorlar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilash.

Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha yo‘nalishlarda keng imkoniyatlarni

yaratish, tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab

-quvvatlashning zamonaviy

mexanizmlarini joriy qilish”

-

belgilab berilishining o‘ziyoq, innovatsion iqtisodiyotni qaror toptirish

masalasi milliy iqtisodiyot uchun naqadar muhimligidan dalolat beradi.

1

Axmedov D.K., Numanov K.F. Teoritecheskie aspekt

o‘ innovatsionnoy modeli

ekonomiki. I

qtisodiyot va ta’lim/2020№4


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

15

Hozirda jahonda biznes, fan va davlatning o‘zaro aloqalariga asoslangan innovatsion

taraqqiyotning to‘rtta modeli mavjud bo‘lib, mamlakatlar muayyan shart

-sharoit va omillarni hisobga

olgan holda, u yoki bu modelni tanlashni ma’qul ko‘radilar. Mavjud innov

atsion taraqqiyot

modellarining afzalliklarini taqqoslash va ularni o‘rganish asosida universitet, sanoat va davlatning

o‘zaro

munosabatlariga asoslanuvchi, “uchlamchi spiral” modeli katta qiziqish uyg‘otadi. Mazkur

modelda innovatsion iqtisodiyot asoslari

ni shakllantirishda universitetlarga katta e’tibor qaratiladi.

1995 yilda Buyuk Britaniyada Nyukastl universiteti professori Genri Itskovits Amsterdam universiteti

professori Loyet Leydesdorflar tomonidan “uchlamchi spiral” modeli taklif qilinadi (Etzkowit

z, Zhou,

2017).

Innovatsion rivojlanishning boshqa modellaridan farqli o‘laroq, “uchlamchi spiral” modelida

uchta tashkil etuvchi: universitet, biznes va davlatning o‘zaro ta’sirlashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon banki kabi yirik xalqaro iqtisodiy va moliyaviy

tashkilotlar uzoq yillardan buyon “nomoddiy” inson kapitali va ijtimoiy kapitalni yaxlit hodisa sifatida
o‘rganish bilan shug‘ullanib keladi. Quyidagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, “inson kapitali”ni ta’riflash

borasida yaxlit bir yondashuv mavjud emas.

2-jadval

Innovatsion rivojlanishning mavjud modellari tahlili va taqqoslanma tavsifi

2

Davlatning o‘rni

Innovatsion

faollikni

rag‘batlantirish

usullari

ITTKIlarini

moliyalashtirish jihatlari

O‘ziga xos farqli

xususiyatlari

I.

“Evroatlantik model” (Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya)

-davlat-xususiy

sherikchilik

mexanizmi

orqali

innovatsion

korxonalarni qo‘llab

-quvvatlash;

-innovatsion sohada davlat-xususiy
sherikchilik

munosabatlarini

rag‘batlantirish;

-innovatsion

loyihalarni

moliyalashtirish,

tijoratlashtirishda

ko‘maklashish

-qonunchilik

bazasini
takomillashtirish;
-moliyaviy;
-soliq

-davlat grantlari;

-xususiy sektor tomonidan
moliyalashtirish;
-

davlat

tomonidan

qo‘shimcha xarajatlarning

amalga oshirilishi

Innovatsion

taraqqiyotni

ta’minlash

strategiyasini amalga

oshirishda davlatning

islohotchilik vazifasi

va innovatsion

faoliyatni

moliyalashtirishda

xususiy biznesning

katta o‘rin tutishi

II.

“Sharqiy Osiyo modeli” (Yaponiya, Janubiy Koreya, Gonkong, Tayvan)

-korporatsiyalarning

innovatsion

faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar
yaratish;
-yuqori

texnologiyali

mahsulot

eksportiga mo‘ljal olish

Innovatsion

faollikni

shakllantirish

borasida tashkiliy
shart-sharoitlarni

yaratish

Davlat va xususiy sektor

xarajatlari. Xususiy sektor

xarajatlarining ustunligi

(qariyb 80%)

Innovatsiyalarning

asosiy buyurtmachisi

va iste’molchisi

-yirik

biznes

III.

“Muqobil model” (Tailand, Chili, Turkiya, Iordaniya, Portugaliya)

-innovatsion infratuzilmani yaratish va

rivojlantirish;
-innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlar
tayyorlash;
-yangi texnika va texnologiyalarni

o‘zlashtirish;

-

innovatsion taraqqiyotni ta’minlash

borasida ustuvor sohalarni tanlab olish

Innovatsion

faollikni ta’minlash

borasida tashkiliy
shart-sharoitlarni

yaratish

Davlat va xususiy sektor

xarajatlari. Innovatsion

infratuzilma uchun kadrlar

tayyorlash asosan davlat

tomonidan

moliyalashtiriladi

Innovatsion

rivojlanish

strategiyalarini

ishlab chiqish va

innovatsiyalarni

moliyalashtirishda

davlatning etakchi

mavqei

IV.

“Uchlamchi spiral” modeli

(AQSh, mazkur modelning ayrim unsurlari Yevropa mamlakatlari)

-innovatsion faoliyat ishtirokchilarining

faol hamkorligini yo‘lga qo‘yish borasida

barcha shart-sharoitlarni yaratish;
-

texnologik

rivojlanishni

qo‘llab

-

quvvatlash;
ITTKIlari natijalarini tijoratlashtirishni

rag‘batlantirish

-qonunchilik

bazasini

takomillashtirish;

-moliyaviy;

-soliq

Davlat va xususiy sektor

xarajatlari;

-venchur kapitaldan

foydalanish;

- xususiy sektor

xarajatlarining ustun

mavqei (qariyb 60%)

Innovatsion faoliyat

ishtirokchilarining
bir-

birini to‘ldirish

mexanizmi

2

Axmedov D.K., Numanov K.F. Teoritecheskie aspekt

o‘ innovatsionnoy modeli

ekonomiki. I

qtisodiyot va ta’lim/2020№4


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

16

Jamg‘arilgan bilimlar ko‘rinishida shaxsning nomoddiy boyligi sifatida inson kapitalini turli yo‘llar

bilan ko‘paytirish mumkin: ta’limni davom ettirish, yangi bilimlar yaratish va ixtirolarni patentlash,

boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirish. Bundan

xulosa qilish mumkinki, inson kapitali shaxs egalik

qiluvchi bilim, ko‘nikma va tajribalarning umumiyligini ifoda etsa, ijtimoiy kapital esa undan

insonlarning birgalikdagi faoliyatida foydalanishni aks ettiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, qo‘shilgan

qiymat yaratish yoki hayot sifatini yaxshilash jarayonida foydalanilmaydigan yuqori sifatli inson

resurslarini inson kapitali sifatida baholab bo‘lmaydi.

3-jadval

Inson kapitali va ijtimoiy kapital

tushunchalarining ta’rifi

3

Inson kapitali

Ijtimoiy kapital

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti

Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda talab qilinuvchi

va muayyan bir shaxs tomonidan egallangan bilim,

malaka, ko‘nikma va shu kabi sifatlarning yig‘indisi

Belgilangan maqsadlarga erishish borasida insonlarga

o‘z hatti

-harakatlarini muvofiqlashtirish imkonini

beruvchi ijtimoiy tuzilmalarda qaror topgan

me’yorlar va ijtimoiy munosabatlar

Jahon banki

Inson tomonidan egallangan va uning mehnat
samaradorligini oshirishga imkon beruvchi bilim,

malaka va ko‘nikmalarning yaxlitligi. Inson kapitalini

ta’lim, sog‘liqni saqlash, kasbiy tayyorgarlik kabi

-larga

sarmoya kiritish orqali ko‘paytirish va sifatini

yaxshilash mumkin

Jamoaviy hatti-harakatlarni amalga oshirish imkonini

beruvchi o‘zaro aloqalar, urf

-odatlar va institutlarni

o‘z ichiga oladi

Yevropa Ittifoqining ijtimoiy o‘lchovlar va bandlik bo‘yicha oliy darajadagi guruhi

Shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy farovonlikka imkon

beruvchi xaxsga tegishli bo‘lgan bilim, ko‘nikma va

kompetentsiyalar

Umumiy maqsadlarga erishish uchun guruh ichida

yoki guruhlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka zamin
yaratuvchi o‘zga shaxslarning qadriyatlari, urf

-

odatlari, axloqiy me’yorlarini hurmat qilgan holda

ijtimoiy

hayotda

ishtirok

etish

(Europian

Council,2003)

Qirollik texnologik instituti tadqiqotchilari KTH (Stokgolm)

Ijtimoiy kapital-

ijtimoiy tarmoqlar orqali yaratiluvchi, to‘planuvchi va uzatiluvchi munosabatlar, me’yorlar va

qoidalarning jamlanmasi (Westlund, Gawell,2012.P.104)

Quyidagi 4-

jadvalda bilimlarning turlari keltirib o‘tilgan. Bilimlar aniq ma’lumotlarga asoslangan

bilimlardan tortib, ijtimoiy hamkorlik jarayonida foydalaniluvchi bilimlargacha bo‘lgan turlarga

bo‘linadi. Inson kapitalini nafaqat muayyan bir shaxs, balki

butun bir jamiyatning farovonligi va

raqobatbardoshligini oshirish vositasi sifatida baholash lozim, chunonchi mamlakatning taraqqiyoti

birinchi navbatda intellektual salohiyatga bog‘liq ekanligi bugun kunning hayotiy haqiqatiga aylanib

ulgurdi.

4-jadval

Bilimlar kategoriyasi

4

Know-what

Amaliy bilimlar

Know

whu

Jamiyat, tafakur, tabiat qonunlari va tamoyillari haqidagi bilimlar

Know- how

Ko‘nikmalar, yaratuvchanlik qobiliyati (ijodiy faoliyat)

Know- who

Hamkorlikka, turli insonlar va ekspertlar bilan muloqotga kirishuvchanlikka

bo‘lgan layoqat

Inson kapitalining innovatsion rivojlanishga ta’sirini baholash hamda aks ta’sirni tahlil qilish

bo‘yicha qo‘llanilgan turli xil nazariy yondashuvlar, usullar va ma’lumotlardan foydalanilgan tadqiqotlar

xilma-xil natijalar beradi, bu esa ushbu holatni keltirib chiqaruvchi sabablarni atroflicha

o‘rganishni

taqozo qiladi.

3

https://mgimo.ru/upload/iblock/19f/19fe6395e5a15150f715f072dd07a1fa.pdf

4

OECD,2001.P.18-19.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

17

XX asrning dastlabki yillaridan boshlab, inson kapitalining milliy iqtisodiyot va hududlarning

innovatsion rivojlanishiga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar

amalga oshira boshlangan. Akademik

S.G.Strumilin 1920-

yillarda ta’limning mamlakatlar iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini tahlil qilgan.

1960-1970 yillarda rossiyalik olimlar (A.I.Anchishkin, T.S.Xachaturov, Yu.V.Yaremenko) iqtisodiy

rivojlanish kontseptsiyasini ishlab chiqadilar va bunda ular

intensiv o‘sish va

uning miqdoriy jihatlariga

alohida urg‘u beradilar.

1980-yillarning boshlariga kelib,

iqtisodiy o‘sish nazariyasi shakllandi,

mazkur

nazariyada ishlab chiqarish kuchlaridan samarali foydalanish va rivojlantirish borasidagi qarashlar,
shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadalllashtirishga xizmat qiluvchi tarmoq va sohalarni

rivojlantirishga katta e’tibor

qaratiladi.

G‘arblik iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan ham

inson kapitalining innovatsion

taraqqiyotga ijobiy va salbiy ta’siri borasida keng ko‘lamli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Inson kapitali

borasidagi f

undamental nazariy g‘oyalar ta’limning tashqi samarasidan foydalangan holda o‘sish

manbalarini

izohlashga xizmat qiluvchi iqtisodiy o‘sish modellarida tushuntirib berilgan. Bu boradagi

tadqiqotlar sirasiga “birinchi to‘lqin”

endogen iqtisodiy tadqiqotlarni kiritishmiz mumkin, bunda ishlab

chiqarish omillarining cheklangan mahsuldorligi kamaymasligi yoqlanadi. Keyinchalik texnik

taraqqiyot

ko‘lamlari

, innovatsiyalarni yaratish va ulardan amalda samarali

foydalanish bilan bog‘liq

jihatlar

ilmiy tadqiqotlarda o‘z aksini topa boshladi,

bu esa navbatida

iqtisodiy o‘sishda

innovatsiyalarning o‘rni to‘g‘risida nazariy qoidalarni shakllantirish uchun asos bo‘lib hizmat qildi

.

Endogen iqtisodiy o‘sish borasidagi

tadqiqotlarning

“ikkinchi to‘lqini”

sifatida Romer, 1990; Agion, Xovit

1990, 1992; Grossman, Xelpman, 1991

kabi tadqiqotchilarning asarlarida o‘z aksini topdi (Шараев,

2006).

Texnologik jihatdan qoloqlikni bartaraf qilish va shu asnoda innovatsion

taraqqiyotni ta’minlash

milliy xo‘jalikda

texnologiyalarni yaratish yoki ularni texnologik jihatdan taraqqiy etgan

mamlakatlardan qarzga olish evaziga

ta’minlanishi mumkin.

Texnologiyalarni ishlab chiqarish

ni yo‘lga qo‘yish

yoki texnologik jihatdan taraqqiy etgan

mamlakatlarga taqlid qilish mamlakatlararo va mamlakat darajasida, shuningdek mikro darajada ham

o‘rganiladi. Bu borada so‘nggi yillarda e’lon qilingan ilmiy izlanishlar salmog‘i ozchilikni tashkil qiladi

.

Inson kapitalining korxonalarning innovatsion rivojlanishiga

ta’siri atroflicha o‘rganilgan bir

qator ilmiy izlanishlar mahsuli bo‘lgan tadqiqot natijalari mavjudligini ham e’tibordan chetda

qoldirmaslik lozim. Bunday tadqiqotlar qatorida 1980-1990 yillar davomida 42 ta mamlakatda 37 ta

sanoat tarmoqlari ma’lumotlarini tahlil qilish asosida inson kapitalining innovatsion rivojlanishga ijobiy
ta’sirini asoslab bergan Karina Xitch va Jovanni Sulis

va inson kapitalining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini

statistik

jihatdan o‘rgangan

Di Libertoning

ilmiy izlanishlarini sanab o‘tishimiz mumkin

.

M

illiy iqtisodiyotning barqaror taraqqiyoti iqtisodiy tizim ishtirokchilarining o‘zaro

ijtimoiy-

iqtisodiy aloqalari, shu jumladan takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar
tizimining

o‘zgarish

iga tayanadi.

O‘tish jarayonlari ko‘p jihatdan ilmiy

-

texnik taraqqiyot ta’siri

darajasi

va sifati

ga bog‘liq

hisoblanadi. Tadqiqotchilar jamiyatning tarixiy va tadrijiy taraqqiyoti davomida yuz

bergan

bunday o‘zgarishlarning bir necha bosqichlarini ajratib ko‘rsatadilar.

Bunday texnologik

o‘zgarishlarning birinchi bosqichi o‘tgan asrimizning 50

-yillari

da boshlangan va yarimo‘tkazgich

elektronikasining

rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan

bo‘lsa

; ikkinchi bosqich 1960-yillarda boshlangani

holda, texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan aksariyat

g‘oyalar mikro

e

lektronikada o‘z ifodasini

topgan;

uchinchi bosqich o‘tgan asrning

etmishinchi yillar

iga to‘g‘ri keladi va

mikroprotsessor

texnologiyalarining rivojlanishi va shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarilishi bilan ajralib turadi. 1980-

1990 yildan to hozirgi kungacha davom etayotgan beshinchi texnologik tartib energiya va moddiy

iste’mol

borasidagi iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish, ishlab chiqarish jarayoni va ishlab

chiqarilayotgan mahsulotlarning rang-barangligini

oshirish bilan bog‘liq.

Inson kapitali borasida ilk zamonaviy nazariyalar amerika va ingliz iqtisodchi olimlari tomonidan

1950-60 yillarda yaratilgani holda, ularning yaratilishi ishlab chiqarish jarayonini texnologik jihatdan

tashkil etish borasidagi o‘zgarishlar bilan vaqtga to‘g‘ri

kelishi bilan tavsiflanadi. Hisob-

kitoblarga ko‘ra,

mazkur davr mboaynida inson kapitalining moddiy boylik yaratishdagi ulushi muttasil tarzda o‘sib
borgan va o‘tgan asrning etmishinchi yillariga kelib, uning ulushi taxminan

60% ni tashkil qilgan.

Sobiq ittifoq tarkibiga kiruvchi mamlakatlarda inson kapitali nazariyasini rivojlantirish

borasidagi tadqiqotlar bir muncha kech, xususan XX asrning 90-yillarida jadallasha boshladi, bu

boradagi tadqiqot sirasiga M.M.Kritko, SA Dyatlova, I.V. Ilinskiy, R.I.Kapelyushnikov, A.L.Lukyanova

kabi oimlarning ilmiy izlanishlarini kiritishimiz mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

18

Umuman olganda shuni ta’kidlash

lozimki, bugungi kunda inson kapitali nazariyasi iqtisodiy

tadqiqotlar orasida jadallik bilan rivojlanayotgan tadqiqot sohalaridan biri sanaladi. Inson kapitali

borasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning tahlili inson kapitali borasida nazariy qarashlar va
qoidalar shakllanishining uchta bosqichini farqlash imkonini beradi.

Birinchi bosqich

1960 yillarning boshlari

ga to‘g‘ri keladi va “

inson kapitali

tushunchasining

paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. Mazkur bosqichda inson kapitali tushunchasi bilim ko‘nikma, shaxs

qobiliyatlari nuqtai nazaridan “tor” talqin qilinishi bilan ajralib turadi. Ushbu davrda inson kapitali
tushunchasini tadqiq qilish bilan bog‘liq ishlar sirasiga

Xekman, 1963; Hermanson, 1964; keyinchalik

Bekker, 1993; Topel, 1990; Biati, Smit, 2010 kabi olimlarning ishlarini kiritishimiz mumkin. Sal keyinroq

esa, in

son kapitalini tahlil qilishda moliyaviy usul va vositalardan foydalanishga katta e’tibor qaratila

boshlangan.

Ikkinchi bosqich

1970-1990

yillar oralig‘iga to‘g‘ri keladi va mazkur bosqich

bir tomondan, inson

kapitalini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi bilan, ikkinchi tomondan

esa, inson kapitali

tuzilmasining murakkablashishi bilan tavsiflanadi, bunda aholining mehnat faolligini oshirish, ishchi va
xizmatchilarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash

, mehnat bozoridagi mavjud o‘zgarishlarga

tegishli ma’lumotlarni izlab topishga bo‘lgan qiziqishning ortishi,

sog‘liqni saqlash, kasbiy tayyorgarlik

va shaxsiy rivojlanishga investitsiya kiritishning kuchayishi kuzatiladi.

Uchinchi bosqich

inson kapitalining tadrijiy taraqqiyoti sifatida 1990 yillarning boshidan to

hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga qamrab oladi va bunda “i

nson kapitali

milliy iqtisodiyot

raqobatbardoshligini ta’minlashning asosiy manbai sifatida “keng” talqin qilinadi. Shuni ta’kidlash

kerakki, XXI asrning boshiga kelib, inson kapitali tushunchasini talqin qilishda tarkib va tuzilma jihatdan

o‘zgarishi ro‘y berdi, bunda inson kapitali dastlab ta’lim, sog‘liq darajasi va kasbiy harakatchanlikdan
iborat, deb hisoblangan bo‘lsa, keyinchalik u

xodimning motivlari, majburiyatlari ;va xulq-atvor jihatlari

bilan boyitildi. Davrlar kesimida

inson kapitali

tushunchasining o‘zga

rishini tavsifla

ydigan bo‘lsak

quyidagicha manazara namoyon bo‘ladi, jumladan bosqichlar davriyligi o‘zgarib borishi asnosida inson

kapitalining tuzilmasi yanada murakkablashdi

. Inson kapitalini baholashda ham o‘zgarishlar yuz berdi:

dastlab mavjud bo‘lgan moliyaviy jihatlarni hisobga olgan ko‘rsatkichlar

inson kapitalining nomoddiy

jihatlarini tavsif-

lovchi ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirildi. Bundan tashqari, nafaqat inson kapitalining

qiymati, balki u tomonidan yaratilgan qo‘shimcha qiymat

ni

ham o‘lcha

sh i

mkoniyati paydo bo‘ldi

.

Inson kapitali

tushunchasini talqin qilish borasidagi jiddiy o‘zgarishlar

, inson kapitali

tuzil

masining murakkab ko‘rinish kasb etishi asnosida inson kapitalini o‘rganish borasida turli

yondashuvlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratib berganligini ta’kidlab o‘tish lozim.

Inson kapitalini o‘rganish borasidagi b

irinchi yondashuvga

ko‘ra,

inson kapitali bilim, ko‘nikma,

qobiliyat, salomatlik, motivatsiyalar to‘plami sifatida

tavsiflanadi. Ushbu yondashuv doirasida J.S.Uolsh,

L.S.Torov kabi

tadqiqotchilar inson kapitalining ta’lim, malaka va ish tajribasi kabi tarkibiy qismlarini

alohida ajratib

ko‘rsatadilar

.

Inson kapitali tushunchasini talqin qilishdagi tafovutlar shunda namoyon bo‘ladiki, birinchi

holatda tadqiqotchilar inson kapitalini o‘zida mujassamlashtirgan insonning

mavjud qobiliyat va

ko‘nikmalar

idan individual maqsadlarda foydalanish

ini ko‘zda tutsalar, boshqa bir tomondan esa

,

tadqiqotchilar inson kapitalidan jamiyat manfaatlarini

ro‘yobga chiqarishda foydalanishni nazarda

tutadilar.

Shuni ta’kidlash kerakki, birinchi yondashuv doirasida inson kapitali “

tor doirada

- bilim va

ko‘nikmalarning jamg‘a

rilgan zahirasi sifatida tushuntiriladi.

Inson kapitalini

o‘rganish

borasida shakllangan ikkinchi yondashuvga

ko‘ra,

T. Shults, F. Maxlup,

I. Fisher kabi tadqiqotchi olimlar inson kapitalini kelgusida yuqoriroq daromad keltirishga xizmat
qiluvchi qobiliyat, bilim va boshqa shaxsiy xususiyatlar zahirasi sifatida talqin qilishni tavsiya qiladilar.

Ikkinchi yondashuv doirasida inson kapita-lining talqini individual darajada -

qobiliyat va ko‘nikmalarni

amalga oshirishdan olingan daromad, korxona darajasida esa raqobatdosh ustun-liklar, mahsulot va

xizmatlar rentabelligini

oshirish, foyda o‘s

tiris

h kabilarni o‘zida aks ettiradi.

Yuqoridagi ikki yondashuvdan farqli o‘laroq, u

chinchi yondashuv doirasida inson kapitalining

mohiyati to‘liq

roq ochib berilgan. Mazkur yondashuvning

S.A. Dyatlov, E. D. Tso‘renova, A. N. Dobro‘nin,

R. I. Kapelyushnikov kabi namoyondalarining fikricha, inson kapitalidan foydalanish shaxs nuqtai

nazaridan baholanganda, u aholi daromadlarining o‘sishiga, tashkilot nuqtai nazaridan baholanganda
esa, korxona va tashkilotlarning raqobat ustunliklariga ega bo‘lishlariga, jamiyat nuqtai nazaridan

baholanganda esa, inson kapitali jamiyatda jinoyatchilikning pasayishiga, aholi bandligi va turmush

darajasining oshishiga olib keladi..


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

19

Mazkur yondashuv tarafdorlari inson kapitalidan foydalanishda shaxsning

o‘zigagina tegishli

bo‘lgan salohiyatini ro‘yobga chiqarishning

shaxs nuqtai nazaridan navfliligini emas, balki korxona va

butun jamiyat uchun inson kapitalidan foydalanishning

iqtisodiy va ijtimoiy samarasini ta’kidlaydilar.

Uchinchi

yondashuvning o‘ziga xosligi shundaki, unda inson kapitali “keng” talqin qilinadi va

raqobatbardoshlikni ta’minlashning asosiy manbai sifatida baholanadi.

Iqtisodiy rivojlanishning e

ksportga yo‘naltirilgan

tpidan iqtisodiy

taraqqiyotni ta’minlashning

innovatsion turiga o‘tish

asnosida

inson kapitalini innovatsion iqtisodiyot nuqtai nazaridan o‘rganish

borasidagi izlanishlar keng yoyildi.

Bunda M. M. Kritskiy, I. V. Ilinskiy, L. G. Simkina kabi tadqiqotchilar faoliyat subyektiga, uning

o‘zini

-

o‘zi rivojlantirish va takomillashtirish, shaxsning ijodiy qobiliyatlarining iqtisodiyotning

innovatsion rivojlanishiga ta’siri

kabi jihatlarga alohida urg‘u beradilar,

shuningdek, inson kapitalini

shakllantirish va undan foydalanishga ilmiy-texnik inqilobning

ta’si

-rini ham

e’tiborga olishni taklif

qiladilar (Скоблякова, 2006)

.

Inson kapitali

tushunchasini talqin qilishda

katta farqlanishlar mavjud bo‘lsada, mazkur

tushunchani ta’riflashda “bilim, ko‘nikma va

tajribalar zahirasi

degan umumiy jihat mavjudligini

ta’kidlab o‘tish lozim.

Mazkur dissertatsion tadqiqot ishida inson kapitali inson faoliyati davomida maqsadga mos

ravishda foydalaniluvchi va shaxsiy daromadlari-ning

o‘sishiga olib keluvchi, korxonalar

raqobatbardoshligini oshirish va hudud taraqqiyotining

o‘sishiga ko‘maklashuvchi

, investitsiyalar

natijasida shakllangan va to‘plangan qobiliyatlar, ko‘nikmalar,

salomatlik darajasi, axloqiy fazilatlar

jamlanmasi sifatida ko‘rib chiqiladi

.

Inson kapitalini

ng tuzilmasini atroflicha o‘rganmasdan turib, inson kapitalidan amalda samarali

foydalanish masalalarini to‘la

-

to‘kis tadqiq qilishning imkoni yo‘q.

Inson kapitali

tushunchasini aniqlashtirish borasida keltirib o‘tilgan ta’riflarni umumlashtirgan

holda, salomatlik kapitali, madaniy kapital

, kasbiy bilim, tajriba va ko‘nikmalarning umumiyligini ifoda

etuvchi professional kapital inson kapitalining tarkibiy qismlarini tashkil etadi, degan birlamchi

xulosani ilgari surishimiz mumkin.

Yuqorida keltirib o‘tilganlardan kelib chiqqan holda, inson kapitalini tarkibiy qismlarini

tabiiy

tarzda shakllangan umumiy va maxsus bilimlar va tadrijiy taraqqiyot natijasida rivojlangan ijodiy
innovatsion qobiliyatlar majmuasi darajasidan kelib chiqqan holda, inson kapitali tashkil etuvchilarini

tizimlashtirish mumkin.

Shuni

alohida vayd etib o‘tish lozimki, ta’lim, sog‘liq va madaniyat kapitalini

tavsiflovchi va amalda

ko‘p qo‘llaniluvchi qobiliyatlar, ko‘nikmalar, bilimlar, kasbiy tajriba, ish tajribasi va

shu kabi tashkil

etuvchilar “

inson kapitali

kategoriyasi tadrijiy taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida paydo bo‘lgan

bo‘lsa, inson kapitalining t

ashkiliy va tadbirkorlik qobiliyatlari kabi tarkibiy qismlari tashqi muhit

o‘zgarishlariga bog‘liq holda, innovatsion taraqqiyotning keyingi bosqichlarida shakllangan.

Inson kapitali favqulodda ko‘p qirrali hodisa hisoblanishini inobatga olgan holda, mazkur

dissertatsion tadqiqot ishida inson kapitalining tasniflaridan biri keltiri

b o‘tilgan bo‘lib,

unga muvofiq

umumiy va indvidual inson kapitali:

shakllanish xususiyatlari; investitsiya sub’ektlari;

korxona va

tashkilotlarda inson kapitalidan foydalanish natijalari; mehnat unumdorligi va ish haqi kabi mezonlarga

ko‘ra tasniflanadi.

Umumiy va xususiy inson kapitali o‘rtasidagi farq

lanishlardan kelib chiqqan holda, xususiy inson

kapitalini tashkilot tomonidan foydalaniluvchi

bilim va ko‘nikmalar, qobiliyatlar zahirasi, malaka

oshirish va qayta tayyorlashga investitsiyalar hisobiga shakllangan kapital sifatida

tor ma’noda talqin

qilish o‘rinli hisoblanadi

.

Keng talqinga ko‘ra, xususiy inson kapitali

ni

nafaqat maxsus bilim, ko‘nikma va malakalar sifatida,

balki uzoq muddatli barqaror mehnat munosabatlari

ni yo‘lga qo‘yish asnosida olinuvchi

iqtisodiy foyda

sifatida ham tavsiflash mumkin (Illoong, Eva, 2010).

Inson kapitali insonlar o‘z hayoti davomida jamg‘aradigan bilim, ko‘nikma va salomatlik

darajasidan tashkil topadi. Insonlarning salomatlik va ta’lim darajasi inson uchun shubhasiz muhim
qiymatga ega bo‘lgani holda, inson kapitali esa ularga jamiyatning faol a’zosi sifatida o‘z salohiyatini

ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Fuqarolarning yuqori ish haqi, mamlakatda aholi jon boshiga to‘g‘ri
keluvchi milliy daromad darajasi, jamiyat a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy faollik darajasi ko‘p jihatdan

inson

kapitali sifatining yaxshilanishiga bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida barqaror rivojlanish va

kambag‘allikni kamaytirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

20

Shuni ta’kidlash kerakki, inson kapitalini ham individual darajasida, ham makrodarajada

o‘rganish dolzarbdir. Umumiy va xususiy inson kapitalini shakllantirish va ulardan foydalanishning

o‘ziga xos xususiyatlarini hamda makroiqtisodiy sharoitlarni hisobga

olgan holda, makro darajada inson

kapitalining ikki turi mavjudligi aniqlashtirildi.

Makro darajadagi umumiy inson kapitali - bu hudud

aholisining ta’lim darajasini

oshirish va

rivojlantirish uchun moliyaviy, tashkiliy, institutsional shart-sharoitlar yaratish

borasida davlat ko‘magi

orqali shakllan

tirilgan va qaysi hududda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zining universalligi bois talab

qilinuvchi insonlarning

bilim, ko‘nikma

va qobiliyatlari va mazkur qobiliyatlardan foydalangan holda

insonlarning hudud va yaxlit tarzda mamlakatning innovatsion taraqqiyotiga q

o‘shadigan zahirasidir.

Makro darajada xususiy inson kapitali - bu hudud

aholisining bilim, ko‘nikma va qobiliyatlari

zahirasi bo‘lib,

u davlat tomonidan aholining kasbiy saviyasini yaxshilash va rivojlantirish borasida

moliyaviy, tashkiliy, institutsional shart-sharoitlar yaratish orqali shakllantiriladi.

Bir tomondan, ushbu ikki turdagi inson kapitalini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga

xos xususiyatlarini, boshqa bir tomondan esa, inson kapitalini shakllantirish va undan samarali
foydalanish bugungi kunda keng qamrovli jarayon sifatida jamiyat hayotining barcha sohalarida birdek

muhim ahamiyat kasb etayotgan bir sharoitda biz inson kapitalining shakllanishi va uning hududlar

iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdagi o‘rnini tahlil qilishga harakat qildik. Ko‘rib turganimizdek,

jamiyat hayotida yuz berayotgan innovatsion

o‘zgarishlar

sharoitida xususiy inson kapitali muhim

o‘rin

tutadi. Ushbu jihat xususiy

inson kapitalining aholining uzluksiz ta’lim jarayonida ishtirok

etishi orqali

shakllanishi va ish beruvchining talablariga xodimning mos kelmaslik xavfini kamaytirishi, shu bilan

tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga moslashuvchan

tarzda javob bera olishi bilan izohlanadi. Ish beruvchi

o‘z

xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga

mablag‘ sarflashdan manfaatdor bo‘ladi. Shu

yo‘sinda inson kapitalining korxonalar raqobatbardoshligiga ta’sirini tadqiq qilgan

tadqiqotchilar

korxonalar o‘z ishchi va xizmatchilarining kasbiy ko‘nikma va tajribalarini mustahkamlashlariga

mablag‘ yo‘naltirish asnosida raqobat kurashida katta ustunlikni qo‘lga kiritishini aniqlashtirdilar. Biz

bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlarning ikkita kat

ta guruhini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.


Xulosa va takliflar

.

Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirgan holda, biz quyidagi fikrlarni alohida ajratib

ko‘rsati

shimiz mumkin:

1.

Innovatsion rivojlanish sharoitida, inson kapitali tushunchasini aniqlashtirish borasidagi

tadqiqotlar ilmiy va amaliy jihatdan bugungi kunning zarurati hisoblanadi.

2.

Inson kapitalini o‘rganish

da shaxs;

investitsiyaviy; iqtisodiy o‘sish omili

nuqtai nazaridan

yondashishlar aniqlashtirildi. Inson kapitali

ni o‘rganishda

individual va makro darajalarda yondashish

kerakligi isbotlandi.

3.

Inson kapitalini o‘rganishga yondashuvlarni umumlashtirish va tizimlashtirish

inson

kapitalining

bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar zahirasiga asoslanganligini aniqlashga imkon ber

adi.

4.

Inson kapitali

tushunchasini

ng tadrijiy taraqqiyotini tahlil qilish uning vaqt o‘tishi bilan

murakkab tabiatga ega bo‘lib borishini ko‘rsatadi

.

5.

Shakllanish va foydalanish mezonlariga (shakllanish xususiyatlari, investitsiya sub’ektlari,

foydalanish natijalari) ko‘ra xususiy va umumiy inson kapitalini individual va makrodarajadagi qiyosiy

tahlili bu ikki tur orasidagi farqni aniqlashga, shu bilan u

larga ta’riflarni shakllantirishga imkon ber

adi.

6.

Inson kapitalini shakllantirish va undan foydalanish inson kapitalining takror ishlab chiqarish

jarayonini tashkil etuvchi, insonning hayotiylik tsikli davomida uzluksiz

sodir bo‘l

adigan

o‘zaro bog‘liq

jarayonlar hisoblanadi.

7.

Inson kapitalini takror ishlab chiqarish bosqichlari sifatida

tug‘ilish,

farzand tarbiyalash,

insonning jismoniy va intellektual jihatdan kuch to‘plash

davri; kasbiy vakolatlarni shakllantirish va

rivojlantirish davri; ijtimoiy, mehnat va ijodiy faoliyatning pasayish davri kabilarni ajratib

ko‘rsatishimiz mumkin

. Inson kapitalini takror ishlab chiqarish bosqichlari bir-biridan jarayonlarda

qatnashuvchi

sub’ektlar, investitsiyalar ko‘lami va yo‘nalishi

bilan farqlanadi.

8.

Inson kapitalining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar shakllanish sub’ektlari, sohalari,

bosqichlari, shakllanish

jarayoniga ta’sirining tabiati, shakllanish natijalari kabi xususiyatlarga ko‘ra

tasniflanadi. Ushbu omillar orasida individual qobiliyatlar, ota-

onalarning ma’lumotlari, aholining

ijtimoiy holati, soliq siyosati, mafkuraviy omillar

alohida o‘rin tutadi

.



background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust

www.e-itt.uz

21

Adabiyotlar/

Литература

/Reference:

Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI

BAHOLASH. Iqtisodiy

Taraqqiyot

Va

Tahlil, 1(2),

5

14.

Retrieved

from

https://e-

itt.uz/index.php/eitt/article/view/39

Aghion P., Meghir C. (2004). Growth, distance to frontier and consumption of human capital. The

Institure for Fiscal Studies, WP04/31, 1

50.

Becker, Gary. (1962) Investment In Human Capital. A. Theoretical Analysis // Journal of Political

Economy, Vol. 70 (5, Part 2, Supplyment). Pp.9-49

Blaug M. (1976) The empirical status of human capital theory: A slightly jaundiced survey/ Journel

of ecomic literature, September 1, 14(3): pp.827-55

Bowen, H.r. (1977) Investment Learning San Francisco . Jossey- Bass. p.507; Blaug M. The empirical

status of human capital theory: A slightly jaundiced survey/ Journel of ecomic literature 1976, September
1, 14(3): pp.827-55

Etzkowitz H., Zhou C. (2017) The Triple Helix:University-indastry-government innovation and

entrepreneurship. London, NY: Routledge, -327 p.

Hansen A.H. (1951) Business Cycles and National Income

N.Y.

Illoong Kwon. (2010) Specificity of Human Capital and Promotions [Text] / Illoong Kwon, Eva M

Meyersson Milgrom. - University at Albany, Stanford University,.

Jacob Minser: (1958) Investment In Human Capital and Personal Income Disturbution // Journal of

Political Economy, 66. August.pp.281-302

Lange, Glenn-Marie, Quentin Wodon, and Kevin Carey, eds. (2018). The Changing Wealth of Nations

2018: Building a Sustainable Future. Washington, DC: World Bank. doi:10.1596/978-1-4648-1046-6.

Mincer J, Polochek S. (1974) Family Investments in Human Capital: Earnings of Woman // Journal

of Political Economy Volume 82 Number 2. Part II March/aprel Http://www.nber.org

Schultz Theadore (1961) W.investment In Human Capital // The American Economic Review,

Vol.51(1), pp.1-17.

World Bank Group. Human Capital: A Project for the World, (2018). October, 13. Development

Committee Meeting.

Абдувохидов

А

.

А

.

и

др

.

САНОАТ

СИЁСАТИНИ

АМАЛГА

ОШИРИШНИНГ

НАЗАРИЙ

ЖИҲАТЛАРИ

//BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI.

2022.

Т

. 2.

№.

5.

С. 40

-45.

Акрамова Ш.Г.

(2019)

Ўзбекистонда инновацион иқтисодиёт

шаклланиши шароитида инсон

капиталини ривожлантириш

.

Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)

диссертацияси

автореферати

.

Тошкент

.

Барлыбаева, Ф.Б. (2011) Потенциал инновационного развития территории: методика

исследования и направления эффективной реализации [Электронный ресурс] / Ф.Б. Барлыбаева,
Г.В. Княгинина, И.А. Ситнова // Управление экономическими системами.

-. -

№3.

-

Режим доступа:

http://www.uecs. ru/logistika/ item/384-2011-04-04-09-03-17

Кейнс Ж.М.

(1993)

Общая теория занятости, процента и денег –М.: Экономика.

Ноткин А.И.

(1996)

Вопросы эффективности и интенсификации общественного

производства. М,.

Нуриев Р.А.

(2000)

Теории развития, новые модели экономического роста (вклад

человеческого капитала. //Вопросы экономики.

-.-

№9.

-

С.137.

Убайдуллаева Р.А.

(2017)

Институциональные основы и механизмы обеспечения

информационной безопасности молодежи. Монография / Под научной редакцией академика
Р.А.Убайдуллаевой. Коллективная монография; –

Т.: Iqtisod

-Moliya,

220c.

Харрод Р.К

. (1959)

Теории экономической динамики: Пер. с англ. –

М.: изд

-

во. Иностр.лит.,

1959.

Шараев, Ю.В.

(2006)

Теория экономического роста [Текст] / Ю.В. Шараев.

-

М.: ГУ

-

ВШЭ,

- 256

с.

Шумпетер Й.А.

(2007)

Теория экономического развития. –М.

Библиографические ссылки

Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(2), 5–14. Retrieved from https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/39

Aghion P., Meghir C. (2004). Growth, distance to frontier and consumption of human capital. The Institure for Fiscal Studies, WP04/31, 1—50.

Becker, Gary. (1962) Investment In Human Capital. A. Theoretical Analysis // Journal of Political Economy, Vol. 70 (5, Part 2, Supplyment). Pp.9-49

Blaug M. (1976) The empirical status of human capital theory: A slightly jaundiced survey/ Journel of ecomic literature, September 1, 14(3): pp.827-55

Bowen, H.r. (1977) Investment Learning San Francisco . Jossey- Bass. p.507; Blaug M. The empirical status of human capital theory: A slightly jaundiced survey/ Journel of ecomic literature 1976, September 1, 14(3): pp.827-55

Etzkowitz H., Zhou C. (2017) The Triple Helix:University-indastry-government innovation and entrepreneurship. London, NY: Routledge, -327 p.

Hansen A.H. (1951) Business Cycles and National Income–N.Y.

Illoong Kwon. (2010) Specificity of Human Capital and Promotions [Text] / Illoong Kwon, Eva M Meyersson Milgrom. - University at Albany, Stanford University,.

Jacob Minser: (1958) Investment In Human Capital and Personal Income Disturbution // Journal of Political Economy, 66. August.pp.281-302

Lange, Glenn-Marie, Quentin Wodon, and Kevin Carey, eds. (2018). The Changing Wealth of Nations 2018: Building a Sustainable Future. Washington, DC: World Bank. doi:10.1596/978-1-4648-1046-6.

Mincer J, Polochek S. (1974) Family Investments in Human Capital: Earnings of Woman // Journal of Political Economy Volume 82 Number 2. Part II March/aprel Http://www.nber.org

Schultz Theadore (1961) W.investment In Human Capital // The American Economic Review, Vol.51(1), pp.1-17.

World Bank Group. Human Capital: A Project for the World, (2018). October, 13. Development Committee Meeting. Абдувохидов А. А. и др. САНОАТ СИЁСАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 40-45.

Акрамова Ш.Г. (2019) Ўзбекистонда инновацион иқтисодиёт шаклланиши шароитида инсон капиталини ривожлантириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. – Тошкент.

Барлыбаева, Ф.Б. (2011) Потенциал инновационного развития территории: методика исследования и направления эффективной реализации [Электронный ресурс] / Ф.Б. Барлыбаева, Г.В. Княгинина, И.А. Ситнова // Управление экономическими системами. -. - №3. - Режим доступа: http://www.uecs. ru/logistika/ item/384-2011-04-04-09-03-17

Кейнс Ж.М. (1993) Общая теория занятости, процента и денег –М.: Экономика.

Ноткин А.И. (1996) Вопросы эффективности и интенсификации общественного производства. М,.

Нуриев Р.А. (2000) Теории развития, новые модели экономического роста (вклад человеческого капитала. //Вопросы экономики.-.-№9.-С.137.

Убайдуллаева Р.А. (2017) Институциональные основы и механизмы обеспечения информационной безопасности молодежи. Монография / Под научной редакцией академика Р.А.Убайдуллаевой. Коллективная монография; – Т.: Iqtisod-Moliya, – 220c.

Харрод Р.К. (1959) Теории экономической динамики: Пер. с англ. – М.: изд-во. Иностр.лит., 1959.

Шараев, Ю.В. (2006)Теория экономического роста [Текст] / Ю.В. Шараев. - М.: ГУ-ВШЭ, - 256 с.

Шумпетер Й.А. (2007) Теория экономического развития. –М.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Акмаль Абдувохидов, Санобар Маткулиева, СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕОРЕТИЧЕСКИХ ОСНОВ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ БЮДЖЕТНОЙ ПОЛИТИКИ , Экономическое развитие и анализ: Том 1 № 8 (2023)

Акмаль Абдувохидов, Дилафруз Кадырова, Миркомил Обилов, ПУТИ СОВЕРШЕНСТОВАНИЯ ДОХОДНОЙ БАЗЫ МЕСТНЫХ БЮДЖЕТОВ В УЗБЕКИСТАНЕ , Экономическое развитие и анализ: Том 1 № 1 (2023)

Акмаль Абдувохидов, Бекзод Тошбоев, МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ ПРОМЫШЛЕННОЙ ПОЛИТИКИ ИМПОРТОЗАМЕЩЕНИЯ И ПУТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ В УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА , Экономическое развитие и анализ: Том 1 № 4 (2023)

Акмаль Абдувохидов, Санобар Камилова, ОЦЕНКА ЦИФРОВОГО РАЗВИТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА , Экономическое развитие и анализ: Том 1 № 2 (2023)

Акмал Абдувахидов, Санобар Камилова, ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЕ МОДЕЛИ ДОХОДОВ, ПОТРЕБЛЕНИЯ И ДИФФЕРЕНЦИАЦИИ НАСЕЛЕНИЯ , Экономическое развитие и анализ: Том 2 № 11 (2024)

Фахриддин Исаев, Санобар Камилова, ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ ЭЛЕКТРОННОЙ ТОРГОВЛИ , Экономическое развитие и анализ: Том 2 № 3 (2024)