Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
5
INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH
Abduvoxidov Akmal Abdulazizovich
Guliston davlat universiteti,
Kamilova Sanobar Mirdjamalovna
TDIU huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi xodimi
Annotatsiya.
Bugungi kunda global rivojlanish iqtisodiy faoliyat yurituvchi
sub’yektlar
oldiga
o‘z
faoliyatlarini raqamlashtirish vazifasini dolzarb qilib
qo‘ymoqda.
Raqamlashtirish alohida shaxs, mikro,
mezo va makro darajada iqtisodiy faoliyat samaradorligin oshirishning muhim manbai hisoblanadi.
Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini rivojlantirish
masalalari bayon qilinadi.
Kalit
so‘zlar
:
global rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, inson kapitali, milliy
boylik, innovatsion rivojlanish, bilimlarga asoslangan jamiyat, iqtisodiy farovonlik.
ОЦЕНКА
ЦИФРОВОГО
РАЗВИТИЯ
ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО
КАПИТАЛА
Абдувохидов
Акмаль
Абдулазизович
Гулистанский
государственный
университет,
Камилова
Санобар
Мирджамаловна
сотрудник
научно
-
исследовательского
центра
при
ТГЭУ
Аннотация.
Сегодня глобальное развитие ставит перед экономическими субъектами
задачу оцифровки их деятельности. Цифровизация является важным источником повышения
эффективности экономической деятельности на индивидуальном, микро, мезо и макроуровне.
Исходя из этого, в данной статье будут рассмотрены вопросы развития человеческого капитала
в условиях цифровизации.
Ключевые слова:
глобальное развитие, цифровая экономика, цифровые технологии,
человеческий капитал, национальное богатство, инновационное развитие, общество, основанное
на знаниях, экономическое процветание.
ASSESSMENT OF DIGITAL DEVELOPMENT OF HUMAN CAPITAL
Abduvokhidov Akmal Abdulazizovich
Gulistan State University,
Kamilova Sanobar Mirjamilovna
employee of the Research Center at TSEU
Annotation.
Today, global development sets economic entities the task of digitizing their activities.
Digitalization is an important source of increasing the efficiency of economic activity at the individual,
micro, meso and macro levels. Based on this, this article will address the issues of human capital
development in the context of digitalization.
Keywords:
global development, digital economy, digital technologies, human capital, national
wealth, innovative development, knowledge-based society, economic prosperity.
II SON - IYUN, 2023
5-14
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
6
Kirish.
Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlar mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillar orasida nisbat o‘zgarayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Jahon banki dunyoning “141 ta
davlat misolida global milliy boylik tarkibini tadqiq etish davomida inson kapitalining uning umumiy
qiymatidagi ulushi 64 %ni tashkil etishi va so‘nggi 20 yil davomida uning hajmi 55 % ga o‘sgani ma’lum
bo‘lgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo bo‘lgan yuqori daroma
dli
mamlakatlarda inson kapitalining milliy boylikdagi ulushi 70 %ni tashkil etgan bo‘lsa, quyi daromadli
mamlakatlarda uning hissasi 41 %ga to‘g‘ri keldi”
1
. Aynan inson kapitalidagi farqlar mamlakat
iqtisodiyotining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, aholi turmush farovonligi va umuman, inson
taraqqiyotidagi farqlarni belgilab bermoqda, xususan, “mamlakatlar o‘rtasida aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan daromadlardagi farqlarning 10-
30 % aynan inson kapitali bilan izohlanishi”
2
ma’lum
bo‘lmoqda. Ta’ki
dlash lozimki, b
ugungi kunda iqtisodiy o‘sish omillari o‘zgarmoqda. An’anaviy omillar
(mehnat, er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar o‘rniga fan va ta’lim, ya’ni umumlashtirib
aytilganda millatning intellekti bo‘lgan omillar birinchi o‘ringa c
hiqmoqda.
O‘zbekistonda
milliy boylik tarkibida inson kapitali
ko‘rsatkich
ining ulushi 62 % ni tashkil
qiligani holda, j
ahon banki mutaxassislarining fikriga ko‘ra dunyo
mamlakatlari bo‘yicha
milliy boylik
tarkibida jismoniy kapitalning ulushi o‘rtacha
16 % ni, tabiiy kapital - 20 % ni, inson kapitali - 64 % ni
tashkil etadi (Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya singari taraqqiy etgan mamlakatlarda milliy boylik
tarkibida inson kapitali ulushi 80% ga yetadi).
Bugungi kunda inson kapitalining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash borasidagi
jarayonlarga ta’sirini o‘rganish
ga qiziqish kun sayin ortib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Bu
borada tadqiqotchilar tomonidan
ko‘p sonli ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsada, “
i
nson kapitali”
kategoriyasini aniqlashtirishda muayyan noaniqliklar saqlanib qolmoqda, shu bilan birga, uning tashkil
etuvchilariga hanuz
to‘liq oydinlik kiritilmagan
, milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishiga inson
kapitalining
ta’siri miqdor
jihatdan baholanmagan. Yangicha iqtisodiy munosabatlarning tarkibi topishi
sharoitida milliy iqtisodiyotda inson kapitalidan foydalanish va uni
ng sifatini ta’minlash uslubiyoti
borasida amalga oshirilayotgan ilmiy-
tadqiqot ishlarining salmog‘i yetarlicha emas.
Adabiyotlar sharhi.
Inson kapitali nazariyasiga mustaqil nazariya sifatida XX asrning 50-60 yillarida Chikago maktabi
namoyondalari tamonidan asos solingani holda Bekker (1962), Mincer (1958), Polachek (1974)
ishlarida uning nazariy va uslubiy asoslari shakllantirildi va yanada rivojlantirildi. Bundan tashqari,
inson kapitalining iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’siri bo‘yicha tadqiqot olib borgan g‘arb iqtisodchi olimlari
sirasiga Agiyon, Meghir (2004) va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Bu tadqiqotlarda, inson
kapitalin
ing iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’sirini zamonaviy fan nuqtai
-nazaridan yondashgan va
innovatsion faoliyat ko‘lamidan o‘sib boruvchi samaradorlikni hisobga olib, o‘zida endogen iqtisodiy
o‘sish nazariyalarini mujassamlashtirgan Agiyon (
2004)ning tadqiqotla
ri muhim o‘rin tutadi.
O‘
z navbatida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan ham mazkur muammoning turli
jihatlarini tadqiq qilishga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Jumladan akademiklar Ubaydullaeva
(2017), Abduraxmonov (2017)
va G‘ulomov
(2019) inson kapitalining turli jihatlarini tatqiq etganlar.
So‘nggi yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy
-tadqiqot markazi xodimi Akramova (2019)
tomonidan yaxlit bir tizim sifatida talqin qilinuvchi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga inson
kapitalining ta’siri masalalari atroflicha o‘rganilgan.
Mazkur tadqiqotlar O‘zbekistonda inson kapitali rivojlanishini baholash masalalariga ulkan hissa
qo‘shgan bo‘lsada, yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida mamlakatimizda inson kapitalini
rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishning zarurati mazkur ilmiy
-
tadqiqot ishi mavzusini tanlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Inson kapitalining raqamli rivojlanishini baholash, raqamlashtirish jarayonlarining
korxonalarning inson kapitali sifati va korxona yakuniy natijalariga
ta’sirini
tadqiq qilishda inson
kapitalining shakllanishi va rivojlanishi masalalariga katta
e’tibor
qaratgan olimlar va soha
1
Lange, Glenn-Marie, Quentin Wodon, and Kevin Carey, eds. 2018.
2
World Bank Group. Human Capital: A Project for the World, 2018. October, 13
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
7
mutaxassislarining ilmiy asarlaridan keng foydalanildi. Maqolada ilgari surilgan fikrlarni asoslash
maqsadida tadqiqot ishida guruhlash, taqqoslash, iqtisodiy-matematik modellashtirish usullariga
urg’u
beriladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi korxonalarni qayta tashkil etishga undaydi va inson
kapitalining tarkibiy va mazmunan tashkil etuvchilariga yangi talablarni qo‘ygan holda ish o‘rinlariga
tarkibiy talabni shakllantiradi. Zero, mahsuldorlikning yuqori
o‘sishini ta’minlash borasida yangi
texnologiyalarning paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi asnosida xodimlar va foydalanuvchilar yangi
ko‘nikma va qobiliyatlarga muhtojlik sezadilar. Raqamli inson kapitalini rivojlantirishning global
chaqiriqlarining asosiy tamoyili -
bu raqamli muhitda muvaffaqiyatga erishishda ustuvor bo‘lgan
ko‘nikmalar guruhiga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirish hisoblanadi.
IHTTning “Raqamli iqtisodiyot istiqbollari 2017”
3
hisobotida raqamlashtirish biznes
innovatsiyalarini rivojlant
irishning katalizatori sifatida ko‘rib chiqiladi. Raqamlashtirish keng
imkoniyatlar taqdim etishi bilan bir qatorda, u bir qator muammolarni ham paydo qiladi, xususan,
kompaniyalar samaradorlikni oshirish borasida raqamlashtirishdan qanday foydalanish va raqamli
muhitda xodimlarni qanday rivojlantirishni anglab etishlari lozim bo‘ladi. Biroq, raqamli
texnologiyalarni rivojlantirishning o‘sish sur’ati raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning o‘sish
sur’atlaridan orqada qolmoqda. Jumladan, IHTT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 55
-
65 yoshdagi to‘liq
o‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan va past malakali insonlar hatto asosiy raqamli ko‘nikmalar va
kompyuterda ishlash malakasiga ham ega emaslar.
Ushbu toifadagi katta yoshdagi aholi orasida mazkur ko‘nikmalarning etis
hmasligi ularni inson
kapitalidan foydalanishdagi hozirgi texnologik o‘zgarishlar va yangi tarkibiy talablar bilan bog‘liq
bo‘lgan ish joylarini yo‘qotishning risk guruhiga tushib qolish ehtimolini oshiradi. Shunday qilib,
mehnat bozoridagi tarkibiy texno
logik o‘zgarishlar, birinchi navbatda, raqamli ko‘nikmalarga ega
bo‘lgan va rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda ishlash uchun zarur bo‘lgan malakalarini oshirishga
tayyor bo‘lmagan ishchilarga ta’sir qiladi.
2015 yilda o‘tkazilgan PIAAC tadqiqotining tah
liliy natijalari ishsizlik riski va raqamli
texnologiyalardan foydalangan holda muammolarni hal qilish ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi
o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Axborot
-kommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlanish darajasiga qarab aholining bandligi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish darajasiga
qarab aholini ish bilan ta'minlash
4
https://www.oecd.org/digital/oecd-digital-economy-outlook-2017-9789264276284-en.htm
4
PIAAC. Survey of Adult Skills / OECD.
–
2015.
47
76
84
90
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
AKT sohasida tajriba
yo'q
1 darajadan past
1-daraja
2 va 3 daraja
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) rivojlanish darajasiga qarab aholi
bandligi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
8
Ko‘rinib turibdiki, texnologik jihatdan to‘yingan raqamli muhitda
professional vazifalarni hal
qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan xodim
-largina ishsizlar guruhiga tushib qolish xavfidan yuqori
darajada himoyalangan.
Raqamli kompetentsiya, raqamli muhitda muammolarni hal qilish va hamkorlik-bu 2018 yil
yanvar oyida kuchga
kirgan raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasi (DEAP) doirasida
Yevropa komissiyasining diqqat markazida bo‘lgan korxona inson kapitalining tarkibiy va muhim
qismlari hisoblanadi
5
.
Jahon iqtisodiy forumi materiallari va korporativ tahliliy xizmatlarning hisobotlarida asosiy
ko‘nikmalar guruhlarini transformatsiya qilish bo‘yicha o‘xshash vazifalar ta’kidlangan. Korxonalar
xodimlarining kompetentsiyalariga bo‘lgan talab 2
-rasmda keltirilgan.
2-rasm. Korxona xodimlarining asosiy kompe
tentsiyalariga bo‘lgan talab,
%
6
Ko‘rinib turibdiki, IBM Institute for Business Value instituti tomonidan kompaniyalar o‘rtasida
o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, barcha respondentlarning 61 foizi xodimlarning eng ko‘p talab
qilinadigan
kompetentsiyalari kompyuterda ishlash ko‘nikmalari ekanligini qayd etishgan,
ixtisoslashgan tarmoq bilimlari blan bog‘liq kompetentsiyalar esa atigi 20% ni tashkil qiladi. Ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish, sun’iy intellektni rivojlantirish, tashkiliy tuzilmalarni o‘zgartirish va
avvalambor, o‘zgarish tezligining oshishi kompaniya xodimlariga yangi talablarini belgilaydi.
Bugungi kunda kompaniyalar uchun ularning o‘tgan davrlarda erishgan natijalari unchalik ham
muhim emas, ular kelgusida muvaffaqiyatni
ta’min etuvchi tajriba va ko‘nikmalar haqida so‘z yuritishni
afzal biladilar. Kelajakda muvaffaqiyatni kafolatlaydigan ko‘nikma va fazilatlarga ega bo‘lish muhimdir.
Kerakli fazilatlar ro‘yxati muttasil tarzda yangilanib boradi. Dunyoning etakchi ish beru
vchilari
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar zaruriy “kelajak ko‘nikmalari” turli
-
tuman ekanligini ko‘rsatadi.
Kutilmalar ro‘yxatiga dasturlash qobiliyati va hissiy intellekt kabi turli xil jihatlar kiradi
(Arntz
and other 2016)
. Qo‘l mehnati bilan bir qatorda moliya va moddiy resurslarni boshqarish qobiliyati o‘z
ahamiyatini yo‘qotadi.
McKinsey Global Institute tahliliy tadqiqotiga ko‘ra korxonalar xodimlari uchun zarur bo‘lgan
kompetentsiyalarga bo‘lgan talabning joriy va istqbol baholashlari 3
-rasmda keltir
ib o‘tilgan.
5
European Commission. The Digital Economy and Society Index (DESI) / European Commission.; European Union. Digital
Education Action Plan / European Commission.
–
2018.
6
IBM Institute for Business Value «Facing the storm. Navigating the global skills crisis, 2016»
20
61
61
53
51
50
25
27
44
47
50
0
10
20
30
40
50
60
70
Maxsus sanoat bilimlari
Asosiy kompyuter
ko'nikmalari
texnik ko'nikmalar
Samarali muloqot qilish
qobiliyati
O‘zgaruvchanlik va
moslashuvchanlik
Jamoaviy ish
Etika va halollik
Yangilik va ijodiy bo'lish
qobiliyati
Biznes muhitida tahlil
Vaqt boshqarish
Asosiy harflar va
arifmetika
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
9
3-rasm. 2030-yilgacha b
o‘lgan muddatda kompetentsiyalarga bo‘lgan talab, %
7
Ko‘rinib turibdiki, kompaniyada turli darajadagi raqamli kompetentsiyalarga ega bo‘lgan yuqori
darajadagi xodimlar uni raqobatdosh ustunlik bilan
ta’minlaydi. Yuqorida aytilganlarning barchasi
inson kapitalini boshqarishda yangi yo‘nalish –
bilim va ko‘nikmalar to‘plami, ijodiy komponent, lateral
fikrlash, raqamli iqtisodiyotning VUCA- muhitida ishlash qobiliyati bilan belgilanadigan inson
kapitalining raqamli rivojlanishi zarurligi, shuningdek, raqamli iqtisodiyotning yangi chaqiriqlariga
moslashish asosi sifatida xulq-
atvorning moslashuvchanligi dolzarb qilib qo‘yadi.
Xulq-atvorning moslashuvchanligi raqamli iqtisodiyotni rivojlan-tirish sharoitida inson kapitalini
rivojlantirishning asosiy omilidir. Biologik turlarning evolyutsiyasi va omon qolishi yoki zamonaviy
inson o‘zgaruvchan dunyo sharoitlariga qanday moslashishidan qat’i nazar, u turli darajalarda o‘zini
namoyon qiladi. Xulq-
atvorni o‘zga
rtirish asnosida inson kapitali tashqi muhit chaqiriqlariga moslashib
boradi. Xulq-
atvor umumiy ma’noda atrof
-
muhit bilan o‘zaro munosabatlarning shakllangan va qat’iy
usuli sifatida tushuniladi. Shu bilan birga, qiyinchiliklarga javoban (masalan, o‘zgaru
vchan sharoitlar
yoki yangi omillarning paydo bo‘lishi) harakat rejimi o‘zgaradi. Bu atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga
moslashuvchan javob berish va muvaffaqiyatli strategiyalarni tanlash imkonini beradi.
Har bir yangi narsani o‘rganish
-bu xulq-
atvorning o‘zgarishi demakdir. Avval mavjud bo‘lmagan
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish uchun siz hatti
-
harakat tarzini o‘zgartirish talab qilinadi. Olingan
tajriba (o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan, o‘ylagan va qo‘llaniluvchi hamma narsa) ta’siri ostida
miya
tuzilmalari yangi axborot kanallarini yaratadi va o‘rganish amalga oshadi.
Xulq-
atvor moslashuvchan funktsiyani bajaradi, bu tananing o‘zini yo‘qotmasligi va kutilmagan
omillar ta’siri ostida rivojlanishni to‘xtatmasligiga imkon beradi. Moslashish va
kompensatsiya
jarayonlarini boshlagandan so‘ng, organizm yoki tuzilma yanada murakkablashadi va rivojlanadi. Tana
qancha ko‘p ma’lumotni saqlashi, o‘zlashtirishi va qo‘llashi mumkin bo‘lsa, u shunchalik murakkab
bo‘ladi. Inson miyasi 100 milliardga yaqin neyronlardan iborat bo‘lib, ular bir
-
biri bilan bog‘lanib,
taxminan 100 trillion aloqadan iborat tarmoq hosil qiladi. Impulslar (ma’lumotlar)ning uzatilishi sinaps
–
neyronlarning maxsus aloqa nuqtasi yordamida sodir bo‘ladi.
Ushbu birikmalar kompyuternin
g operativ xotirasi bilan o‘xshash funktsiyalarga ega bo‘lgan
miyaning qisqa muddatli xotirani saqlash uchun mas’ul bo‘lgan qismi gippokamp to‘qimasini hosil
qiladi. AQShning Solk biologik tadqiqotlar institutida amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan
tadqiqotlar inson miyasi petabayt ma’lumotni saqlashi mumkinligini tasdiqlaydi –
bu deyarli butun
Internet tarmog‘iga teng demakdir. Axborotni olish va o‘zlashtirishga ongli yondashuv odamga miyasida
mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishga va tezroq
va samaraliroq o‘rganishga yordam beradi.
7
McKinsey Glo
bal Institute «A future that works: automation, employment and productivity, 2017»
4
12
13
19
18
10
36
17
15
31
33
36
37
39
40
40
42
52
joriy talab
kelgusida
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
10
4-
rasm. Zarur ko‘nikma va bilimlarni qo‘llab
-
quvvatlash uchun mas’ullar
8
Ta’lim tizimi, korxonalar va odamlarning o‘zlari inson kapitali
-ning raqamli rivojlanishiga teng
hissa qo‘shishi kerak, bu esa ushbu ijtimoiy va mehnat munosabatlari sub’ektlarining uchligida
sinergetik ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.
5-rasmda keltirilgan korxonalar xodimlarining mehnat
ko‘nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish va qo‘llab
-
quvvatlash uchun javobgarlik masalasi bo‘
yicha
IBM Institute for Business Value institutining materiallari yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.
“
Siz har hafta sinfda qanday elektron
qurilmalardan foydalanasiz?
”
“
Siz har hafta sinfda qanday elektron
materiallardan foydalanasiz?
”
5-
rasm. Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish borasida o‘qituvchilar o‘rtasida
o‘tkazilgan so‘rov natijalari,%
9
8
IBM Institute for Business Value «Facing the storm. Navigating the global skills crisis, 2016»
9
Deloitte «Digital Education Survey»
78
67
49
46
39
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
Davlat
Oliy ta'lim
muassasalari
Xususiy sektor
O'rta ta'lim
muassasalari
Alohida shaxslar
56
54
51
45
28
23
5
0
20
40
60
Noutbuk
Ish stoli kompyuter
Planshet
interaktiv doska
Smartfon
Chromebook
Kitob o'qiydiganlar
%
67
65
56
52
17
13
2
0
50
100
Onlayn video
Ilovalar yoki dasturiy
ta'minot
Internet saytlari
biznes o'yinlari
Elektron kitoblar
Simulyatsiyalar / virtual…
Elektron jurnallar
%
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
11
Kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish mavzusida global kompaniya
-larning 5600 nafar menejerlari
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra: korxonalarning atigi 49 foizi zarur ko‘nikma va
qobiliyatlarni rivojlantirish va saqlash uchun javobgardir; respondentlarning 39 foizi o‘z
-
o‘zini
tarbiyalash yo‘nalishi bo‘yicha xodimlarning o‘zlariga javobgar
-likni yuklaydilar; 78% respondentlar
kasbiy mahoratni shakllantirish va rivojlantirish borasida davlatning mas’ul ekanligini ta’kidlashadi.
Shu bois, korxonalar rahbarlari va xodimlarining inson kapitalini raqamli rivojlantirish uchun
zarur bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish va qo‘llab
-quvvatlash uchun javobgarligini tushunib
etmasliklari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida inson kapitalini boshqarish sohasida jiddiy
muammo hisoblanadi.
O‘quv jarayoni kun sayin dinamik bo‘lib bormoqda, buning natijasi o‘laroq, ta’lim
jarayonlarini
to‘liq raqamlashtirish va tahliliy ma’lumotlar (Learning analytics)dan foydalanishga katta e’tibor
qaratilmoqda (EFMD
–
2018.)
. O‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari
5-rasmda keltirilgan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘qituvchilarning 75 foizi yaqin 10 yil ichida raqamli kontent bosma
materiallarni to‘liq almashtirishini taxmin qilishmoqda. Hayot sur’ati qanchalik tez bo‘lsa, yangi
ko‘nikmalarni shakllantirish zarurati kuchaya
di. Avvalo, hozirgi kunda zamonaviy inson uchun zarur
bo‘lgan XXI asr ko‘nikmalari haqida so‘z borar ekan, raqamli ko‘nikmalarning dolzarbligi tobora oshib
boraveradi. Kognitiv faoliyatga qanday omillar ta’sir qilishi va ularni qanday qilib o‘z foydasiga
a
ylantirish va ularni ongli ravishda tartibga solish mumkinligini tushunish zamonaviy ta’lim
jarayonining muhim qismidir.
Oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish jarayoni sifatiga yangicha o‘qitish mexanizmining asosiy
omillaridan samarali foydalanish holatid
agina erishish mumkin: 1) ta’lim dasturlarini diversifikatsiya
qilish; 2) o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalarni qabul qilish va ulardan faol foydalanish borasida
xabardorligining o‘zgarishi; 3) inson kapitalining raqamli rivojlanishi sharoitida fan va
biznesning
integratsiyalashuvi.
Shu tariqa, zamonaviy ta’limning asosiy vazifasi raqamli muhitdagi o‘zgarishlarga javob beradigan
moslashuvchan ta’lim tizimini shakllantirish va inson kapitalining raqamli rivojlanishining alohida
(shaxsiylashtirilgan) traektoriyalarini amalga oshirish uchun sharoit yaratishdan iboratdir.
Raqamli ta’limning turli tiplari va ko‘rinishlari orqali inson kapitalining shaxsiylashtirilgan va
moslashuvchan raqamli rivojlanishi uchun tegishli shart-
sharoitlarni yaratish mumkin bo‘
ladi.
6-rasm. Korxonalarda inson kapitalini rivojlantirish borasida
o‘q
itish turlari
10
10
muallif ishlanmasi
92
67
39
45
31
21
66
10
3
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
12
Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi yangi axborot-
ta’lim muhitini
modellashtirishga olib keladi. Bugungi kunda ta’lim tizimi o‘qitishda innovatsion usullardan
foydalanishga yo‘naltirilgan
-likni talab qiladi. Faxrutdinova (2014)
: “yangi axbor
ot texnologiyalari
talabaning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik vazifalarni hal
qilishga imkon beradi”. Oliy ta’limdagi axborot texnologiyalari asrida shuni ta’kidlash kerakki, raqamli
ta’limdan foydalanish ta’lim davomida hamroh bo‘ladigan kommunikativ, ijtimoiy va kognitiv
jarayonlarni qo‘llab
-quvvatlashga imkon beradi.
7-
rasm. Dunyo virtual va to‘ldirilgan reallik bozorining dinamikasi, mlrd. dollar
11
Ushbu savollarga javob berish uchun virtual reallik sanoatining rivojlanishi, shuningdek, VR-
texnologiyalarini joriy etish borasida eng yaxshi universitet amaliyotlarini tahlil qilamiz. Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi 10
-20 yil ichida 14% ish
o‘rinlari to‘liq yoki qisman avtomatlashtiriladi, shuningdek, 32% ish o‘rinlari sezilarli o‘zgarishlarga
uchraydi. Ta’lim tizimlari ushbu o‘zgarishlarga moslashishi talab qilinadi, bunga esa ta’lim yechimlari
sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beruvchi eng yangi texnologiyalar yordamida erishishimiz
mumkin. 2016 yildan buyon dunyo virtual va to‘ldirilgan reallik bozorining dinamikasi quyidagi rasmda
keltirilgan.
Goldman Sachs mutaxassislari “Virtual & Augmented Reality: The Next Big Computing Platform?”
tadq
iqotlarida 2025 yilgacha bo‘lgan muddatda virtual va to‘ldirilgan borliq texnologiyalarini
qo‘llashning asosiy segmentlarini ajratib ko‘rsatishadi.
AQShda joylashgan Gallup jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti talabalar, ota
-onalar va
o‘qituvchilar o‘rtasida kreativ ta’limning ta’lim jarayoniga ta’sirini aniqlash borasida tadqiqotlar
o‘tkazgan. Tadqiqot
-
chilar kreativ ta’limni ta’lim loyihalarini amalga oshirishda, shu jumladan
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muammolarni hal qilishga tanqidiy yondashish
qobiliyati sifatida belgilaydilar. Tadqiqot natijalari quyidagi xulosalarni beradi:
1.
O‘qituvchilarning 87% va talabalarning 77% VR
- texnologiyalaridan foydalangan holda
o‘qitishga kreativ yondashuvlar katta foyda keltiradi, degan fikrni yolaydilar, masalan so‘rovda
qatnashgan o‘qituvchilarning 75% i kompyuter va planshetlardan foydalangan holda tashkil qilinuvchi
mashg‘ulotlar talabalarga tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
yordam bera
di, shuningdek o‘rganilgan materiallarni haqiqiy muammo va vazyatlar bilan taqqoslash
imkonini beradi, deb hisoblaydilar.
11
Technavio «Global Virtual Reality Marketin Education Sector 2018–2022»
399
0
0
2600
0
283,8
8017
0
0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
7000
8000
9000
2016
2018
2021
2022
VR-texnologiyalar
AR-texnologiyalar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
13
8-rasm. 2025-yilda tarmoqlar kesimida VR-AR texnologiyalariga investitsiyalarning
bazaviy stsenariysi
12
2.
Kreativ o‘qitish usullaridan foydalanadigan o‘qituvchilarning 85%i o‘z o‘quvchilari muntazam
ravishda muammolarni hal qilish qobiliyatlarini namoyish etishlarini ta’kidlaydilar.
3.
Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, texnologiyalardan yetarlicha to‘liq foydalanilmaydi,
ma
salan, 41% o‘qituvchilar va 68 % talabalar VR
- texnologiyalaridan yozma materiallarni tayyorlashda,
o‘qituvchilarning atigi 13% va talabalarning 25% i esa, muayyan bir tajribalar o‘tkazishda raqamli
texnologiyalardan foydalanishlarini qayd etishgan.
Shu t
ariqa, biz raqamli ta’lim istiqbollarining to‘rtta guruhini farqlashimiz mumkin:
-
ta’lim mazmuni sifatini oshirish: tarkibni tayyorlash (ma’lum bir mavzu bo‘yicha materiallarni
tanlash va qayta ishlangan tarkibni izchil ta’lim yechimiga
birlashtirish) va foydalanuvchi tomonidan
yaratilgan tarkibni yaratish uchun ijtimoiy ta’lim platformalarini ishlab chiqish;
-
o‘quv tajribasining samaradorligini oshirish: mobil ta’limdan foydalanish, chatbotlarni shaxsiy
murabbiylar va mentorlarga aylan
tirish, mashg‘ulotlarni shaxsiylashtirish, shuningdek AR va VR
-
texnologiyalaridan foydalanish;
-
o‘quv jarayonini avtomatlashtirish: o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanish;
-
ta’lim ta’sirini baholash: ta’lim samaradorligini baholash uchun modellardan
foydalanish,
shuningdek talabalarning individual fazilatlarini chuqur baholash algoritmlarini yaratish.
Xulosa va takliflar
.
1.
Ilmiy jamoatchilikda inson kapitalining qiymati va uning ta’lim tarkibiy qismi to‘g‘risida
munozaralar hanuz davom etmoqda, shu bilan bir qatorda, har bitta tadqiqotchi ushbu nazariyaning
shakllanishiga hissa qo‘shmoqda. Inson kapitali qiymati nazariyasi haqidagi bilimlarni tadqiq qilish va
tizimlashtirish shuni ko‘rsatdiki, inson kapitalidagi barcha turdagi xarajatlar tarkibida uni o‘lchashda
eng muhimi ta’lim xarajatlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan ta’limni inson kapitalining muhim hal
qiluvchi omili sifatida baholashning kontseptual yondashuvlariga katta e’tibor qaratiladi.
2.
Raqamli iqtisodiyotda korxona xodimlarining inson kapitalini boshqarish metodologiyasi
doirasida unga investitsiyalarning asosiy shakli raqamli ta’lim bo‘lib, u barcha professional guruhlar va
12
Goldman Sachs
“
Virtual & Augmented Reality: The Next Big Computing Platform?
”
11,6
5,1
4,7
4,1
3,2
2,6
1,6
1,4
0,7
0
2
4
6
8
10
12
14
video o‘yinlar
tibbiyot va sog‘liqni saqlash
injiniring
tadbirlar
virtual hordiq
ko‘chmas mulk
riteyl
mudofaa sanoati
ta'lim
mlrd.dollar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
14
xodimlar toifalari uchun zarurdir, chunki raqamli iqtisodiyotda aynan raqamli axborotni boshqarish,
saqlash, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha raqamli bilimlar asosiy ishlab chiqarish resursi hisoblanadi.
3.
O’zaro tajriba almashish bugungi kunda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida yangi yo‘nalish –
inson kapitalining ra
qamli rivojlanishini boshqarish to‘g‘risida gapirishga imkon beradi. Raqamli
iqtisodiyotning asosiy xususiyati VUCA-
o‘zgaruvchanlik, noaniqlik, murakkablik va ko‘p qirralilik
hisoblanadi. Shu bois, inson kapitalini raqamli rivojlantirishda boshqarishning a
n’anaviy
strategiyasidan VUCA -
strategiyaga o‘tish talab qilinadi.
А
dabiyotlar /
Литература
/Reference:
Abdulazizovich A. A., Rashidovich O. M. RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING MOLIYAVIY BOZORGA
TA’SIRI //International Journal of Contemporary Scientific and Te
chnical Research.
–
2022.
–
С
. 71-75.
Aghion P., Meghir C. (2004). Growth, distance to frontier and consumption of human capital. The
Institure for Fiscal Studies, WP04/31, 1
—
50.
Arntz, M., Gregory, T., Zierahn, U. (2016) The Risk of Automation for Jobs in OECD Countries: A
Comparative Analysis. OECD Social, Employment and Migration Working Papers, OECD Publishing.
–
Paris,.
–
189
р
.
Becker, Gary. (1962) Investment In Human Capital. A. Theoretical Analysis // Journal of Political
Economy, 1962. Vol. 70 (5, Part 2, Supplyment). Pp.9-49
Digital age learning. Special interest group report / EFMD.
–
2018.
Jacob Minser: (1958) Investment In Human Capital and Personal Income Disturbution // Journal of
Political Economy, 66. August 1958.pp.281-302
Mamurovich Z. Z. et al. Issues Of Achieving Sustainable Development And Expanding The Role Of
Human Capital In Pandemia And Post-Pandemy Periods //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry.
–
2021.
–
Т
. 12.
–
№. 9.
Mincer J, Polochek S. (1974) Family Investments in Human Capital: Earnings of Woman // Journal
of Political Economy Volume 82 Number 2. Part II March/aprel Http://www.nber.org
Абдувохидов
А
.
А
.
и
др
.
Ўзбекистонда банк тизимини рақамлаштириш масалалари //Журнал
Инновации в Экономике. –
2021.
–
Т. 4. –
№. 2.
Абдурахмонов К.Х.
(2017)
Ўзбекистонда инсон омили ва манфаатлари –
энг олий қадрият. –
Т.: «Ғафур Ғулом номидаги нашриёт
-
матбаа ижодий уйи». –
346б.
Акрамова Ш.Г.
(2019)
Ўзбекистонда инновацион иқтисодиёт
шаклланиши шароитида инсон
капиталини ривожлантириш
.
Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
диссертацияси
автореферати
.
–
Тошкент
..
Горбунова, Т. С., Фахрутдинова, А. В. (2014) Применение аудиовизуальных средств обучения
иностранному языку в неязыковом вузе / Т. С. Горбунова, А. В. Фахрутдинова // Учен. записки
Казанской гос. академии ветеринарной медицины им. Н. Э. Баумана. –
.
–
№ 2. –
Т. 216. –
С. 64–
69.
Гулямов С.С. ва бошқ. Ўзбекистонда инсон капитали омилларининг ўзаро алоқалари
самарадорлиги //Молия. –
Тошкент, 2014.
-
№4. 119
-
127 б.
Убайдуллаева Р.А. (2017) Институциональные основы и механизмы обеспечения
информационной безопасности молодежи. Монография / Под научной редакцией академика
Р.А.Убайдуллаевой. Коллективная монография; –
Т.: Iqtisod
-Moliya,.
–
220c.
