Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
297
OʻZBEKISTON BANK SEKTORIDAGI MUAMMOLAR VA KAMCHILIKLAR TAHLILI
Sindarov Fazliddin Qaxramonovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari
va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0003-7254-4584
Annotatsiya.
Mazkur maqola Oʻzbekiston bank sektorining moliyaviy tahliliga bagʻishlanib,
bank sektorning joriy holati, muammolari va kamchiliklarini oʻrganilgan. Oʻzbekistondagi banklar
faoliyatining iqtisodiy samaradorligi davlat va xususiy banklar misolida koʻrib ch
iqilgan. Tadqiqotda
yirik davlat banklarining bozordagi hukmron mavqeyi, aktivlar va majburiyatlar ulushi hamda
rentabellik koʻrsatkichlari oʻrganilib, sektor rivojlanishidagi asosiy muammolar va kamchiliklar tahlil
qilingan.
Kalit soʻzlar:
bank, moliyaviy muammolar, rentabellik koeffitsienti, davlat banklari, muammoli
kreditlar.
АНАЛИЗ ПРОБЛЕМ И НЕДОСТАТКОВ В БАНКОВСКОМ СЕКТОРЕ УЗБЕКИСТАНА
Синдаров Фазлиддин Кахарамонович
Научно
-
исследовательский центр «Научные основы и
Проблемы развития экономики Узбекистана» при
Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотация.
Настоящая статья посвящена финансовому анализу банковского сектора
Республики Узбекистан, в которой рассматривается текущее состояние сектора,
выявляются его проблемы и недостатки. Экономическая эффективность деятельности
банков в Узбекистане анализируется на примере государственных и частных кредитных
организаций. В рамках исследования изучены доминирующее положение крупных
государственных банков на рынке, их доля в активах и обязательствах, а также показатели
рентабельности. Проведен анализ основных проблем и недостатков, препятствующих
развитию банковского сектора.
Ключевые слова:
банк, финансовые проблемы, коэффициент рентабельности,
государственные банки, проблемные кредиты.
ANALYSIS OF PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN UZBEKISTAN'S BANKING SECTOR
Sindarov Fazliddin Kaxramonovich
Scientific research center
“
Scientific foundations and problems
of the development of the economy of Uzbekistan
”
under
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article is dedicated to the financial analysis of Uzbekistan's banking sector,
examining its current state, identifying challenges and shortcomings. The economic efficiency of banks
in Uzbekistan is analyzed using examples of both state-owned and private financial institutions. The
study explores the dominant market position of major state-owned banks, their share of assets and
liabilities, as well as profitability indicators. Key issues and deficiencies hindering the development of
the banking sector are also analyzed.
Key words:
bank, financial problems, profitability ratio, state-owned banks, problem loans.
XI SON - NOYABR, 2024
297-305
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
298
Kirish.
Hozirgi davrda global bank tizimi moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, iqtisodiy
barqarorlikni taʼminlash va xalqaro kapital oqimini optimallashtirishda markaziy oʻrin tutadi.
Jahon iqtisodiyotidagi murakkab jarayonlar, jumladan, pandemiyadan keyingi tiklanish,
raqamli transformatsiya va moliyaviy texnologiyalarning keng joriy etilishi bank sektorini
chuqur islohotlar yoʻliga boshlamoqda. Bunda moliyaviy vositachilikning rivojla
nishi,
likvidlikni oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Oʻzbekistonda bank tizimi iqtisodiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida
shakllanib, milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirishda hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi. Mustaqillik yillarida mamlakat bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida sezilarli
yutuqlarga erishilgan boʻlsa
-da, bank sektorida davlat ulushining yuqoriligi,
xususiylashtirishning sustligi, raqamli texnologiyalarning yetar
li darajada qoʻllanilmasligi va
xalqaro moliya bozorlariga integratsiyaning cheklanganligi kabi muammolar hanuz dolzarbdir.
Adabiyotlar sharhi.
Moliya bozori va bank sektorining muammolarini oʻrganish jahonda ham, Oʻzbekistonda
ham muhim ilmiy
yoʻnalishlardan biridir. Ushbu masala boʻyicha koʻplab olimlar nazariy va
amaliy tadqiqotlar olib borgan. Jumladan,
Thorsten Beck, Asli Demirgüç
-Kunt va Ross Levine (2018) bank tizimi tuzilmasi va
moliyaviy institutsiyalarning iqtisodiy oʻsishga ta’siri t
ahlil qilingan. Bank sektorida davlatning
ishtiroki past boʻlgan mamlakatlar moliyaviy barqarorlikka erishish imkoniyatiga ega ekanligi
koʻrsatilgan
Burxanov va Xudoyqulovlar
(2023) “Oʻzbekiston moliya bozorini jahon moliya bozoriga
integratsiyalashuvining
dolzarb masalalari” mavzusidagi maqolasida Oʻzbekiston moliya
bozori, xususan, bank sektoridagi muammolar sifatida bank tizimida raqobat muhitining
cheklanganligi,
tijorat banklari va moliya institutlari oʻrtasidagi raqobat sustligi sektorda
innovatsion rivojlanishni cheklab kelayotganligi takidlangan.
Meliyev (2024) oʻz tadqiqotida, Oʻzbekiston tijorat banklarida kredit portfeli sifati va
risklarni boshqarish darajasi yetarlicha rivojlanmagani, Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlar bozori
rivojlanmaganligi sababli banklarning investitsion imkoniyatlari cheklanganligi bank
likvidlikni qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish orqali ta’minlash imkoniyatlarini keskin
pasaytirishi takidlangan.
Sattarov (2016) tijorat banklarining likvidligi va kapital yetarliligiga oid normativ
talablarni takomillashtirish, jalb qilinadigan depozitlar boʻyicha foiz stavkalarini qayta
moliyalashtirish stavkasi va boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan uzviy bogʻlash hamda
tijorat banklari likvidligiga doir me’yor va talablarni his
oblash metodologiyasini
takomillashtirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining umumiy barqarorligini
oshirish mumkin.
Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, bank sektoridagi asosiy muammolar xalqaro va
mahalliy olimlar tomonidan keng oʻrganilga
n. Davlat ulushining yuqoriligi, raqobatning
sustligi, muammoli kreditlarning koʻpligi va xalqaro integratsiya cheklovlari iqtisodiy
rivojlanishga toʻsqinlik qilmoqda. Xorijiy olimlarning tadqiqotlari esa xalqaro tajribani mahalliy
sharoitga moslashtirish orqali bank tizimining samaradorligini oshirishga yordam berishi
mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada yozish jarayonida moliya sektoridagi mavjud muammolarni aniqlashda
moliyaviy tahlil, statistik va taqqoslama tahlil, shuningdek, induksiya, deduksiya, sintez kabi bir
qator usullardan foydalanildi. Oʻzbekiston banklarining moliyaviy hisoboti (2023) Istiqbolli
loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portali, Markaziy bankning ochiq
ma’lumotlaridan foydalanilgan holda ushbu maqola yo
zildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
299
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanishida moliya bozori muhim ahamiyatga ega boʻlib, u
mamlakat iqtisodiyotiga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishda, korxona va
tashkilotlarning kapitalga boʻlgan
talabini qondirishda, hamda aholining moliyaviy
ehtiyojlarini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Moliya bozorining barcha sektorlarini
rivojlantirish iqtisodiy barqarorlikni oshirish va iqtisodiy oʻsishga erishishda asosiy sharti
hisoblanadi. Mustaqillikka erishilgan davrdan to bugungi kungacha markazdan rejalashtirilgan
iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida moliya bozori sezilarli ijobiy
oʻzgarishlarga erishga boʻlsa
-
da, sohada haligacha oʻz yechimini kutayotgan muammolar va
kamchiliklarni yetarlicha topish mumkin. Bularga moliya bozori infratuzilmasining yetarlicha
rivojlanmaganligi, likvidlikning pastligi, tartibga soluvchi organlarning samaradorligi pastligi,
global moliya bozorlariga integratsiyalashish darajasining pastligi, yirik moliyaviy
kompaniyalarda davlat ulishining yuqoriligi, aholining moliyaviy savodxonligi yetishmasligi,
yuqori inflyatsiya, dollarlashuvning yuqoriligi, moliyaviy resurslarning kamligi va davlat
aralashuvining yuqori darajasini kabi bir qator muammo va kamchiliklarni keltirishimiz
mumkin. Bu muammo va kamchiliklarga Oʻzbekiston iqtisodiyotini iqtisodiyotini barqaror va
inklyuziv oʻsishiga toʻsqinlik qiluvchi asosiy salbiy omillar sifatida qarash mumkin.
Loyihamizning ushbu paragrafida Oʻzbekiston moliya bozor
ining sektorlar (bank,
sugʻurta, kapital bozori, valyuta bozori) kesimidagi joriy holati, uning muammolari va mavjud
kamchiliklari tahlil qilinadi.
Bank sektori Oʻzbekistonda moliya bozorining eng yirik va serdaromad sektori
hisoblanadi. Shuning uchun ham
moliya bozoridagi eng koʻzga koʻrinadigan koʻpchilikka
maʼlum boʻlgan va iqtisodiyotga bevosita toʻgʻridan
-
toʻgʻri taʼsir qiladigan muammolar aynan
mana shu sektorda mavjud. Markaziy bank saytidagi maʼlumotga koʻra, 2024
-yil noyabr
holatiga boʻyicha Oʻzbekistonda jami 36 ta bank mavjud boʻlib, ularning 9 tasi davlat, 27 tasi
xususiy bank hisoblanadi.
Covid-19 pandemiyasidan keyingi davrda yuridik va jismoniy shaxslarning banklarning
raqamli xizmatlariga boʻlgan ehtiyoji ortishi koʻplab banklarning bank ra
qamli moliyaviy
xizmatlarini rivojlantirishiga undashi bilan bir qatorda, TBC, Anorbank, Uzumbank, Smartbank
kabi 100% raqamli banklarni paydo boʻlishiga olib keldi. Shuningdek, oʻsib borayotgan
serdaromad Oʻzbekiston moliya bozoriga Tenge Bank, Ziraat Ba
nk, Saderat Bank va Yevroosiyo
bank kabi yangi banklar 100% xorijiy kapital asosida tashkil qilindi. Bundan tashqari, davlat
mulkini xususiylashtirish doirasida “Ipotekabank” AJning 75% aksiyasi Vengriyaning OTP
bankiga sotildi. Xorijiy kapital ishtirokidagi banklar qatorida KDB bank (86.32% Koreya
taraqqiyot bankiga tegishli) va Hamkorbankni (39.2% bir-nechta xorijiy kompaniyaga tegishli)
misol qilib keltirishimiz mumkin.
Oʻzbekiston bank sektoridagi muammolar haqida soʻz yuritilganda eng katta va boshqa
muammolarning kelib chiqishining asl sababi sifatida yirik banklarning asosiy yoki toʻliq
taʼsischisi sifatida davlatning ishtirokini yuqoriligini keltirishimiz mumkin.
Bugungi kunda 9 ta eng yirik bankning asosiy taʼsischisi davlat
hisoblaning, bu
banklarning bank sektori bozoridagi umumiy daromaddagi ulushi 2023-yilda 61.5% ni, qolgan
27 ta xususiy banklarning ulushi esa 38.5% ni tashkil qilgan. Lekin davlat banklarining
bozordagi sof foydadagi ulushi jami 37.86%, xususiy banklarniki esa 62.14% ni tashkil
qilmoqda. Bu raqamlarning oʻziyoq davlat banklarining samarasiz ishlayotganligining bir
belgisi hisoblanadi.
1-rasmda 2023-
yil yakuni boʻyicha davlat va xususiy banklarning bank sektoridagi
daromadlar ulushi berilgan. Unga koʻra davlatga tegishli boʻlgan 5 ta bank (Milliy bank,
Agrobank, SQB, Asaka va Xalq bank) bank sektoridagi jami daromadning 52.5% ga, eng yirik
xususiy banklar Kapitalbank, Ipotekabank va Hamkorbanklar esa bozordagi 23.7% daromadga
egalik qilmoqda. Demak, bundan xulosa qilishimiz mumkinki, davlat bank sektoridagi asosiy
ishtirokchi va yuqorida sanab oʻtgan 3 ta xususiy bankdan tashqi boshqa xususiy banklar juda
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
300
kichik kapitalga egalik qilganligi uchun yirik banklarga yaqin yillarda raqobat qilolmaydi.
Raqobat yoʻq joyda rivojlanish ham past boʻladi.
1-
rasm. Davlat va xususiy banklarning Oʻzbekiston bank bozoridagi umumiy
daromad va sof foydadagi ulushi, %
Manba:
sayti
maʼlumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Shuningdek, xususiy banklarning barchasida bankning bozordagi daromaddagi ulushiga
nisbatan sof foydadagi ulushi bir necha barobar yuqori. Ayniqsa, “Ipakyoʻli”, “Orient Finance”,
“Trastbank” va “KDBBank” bu koʻrsatgich kamida 3 barobarni tashkil qiladi. Davlat banklarida
“Aloqabank” dan tashqi boshqa banklarda bu holatni teskarisini koʻrishimiz mumkin.
Oʻzbekistonda davlat banklarining soni xususiy banklarning sonidan 3 barobar koʻp
boʻlsa
-da, ularning aktivlari jami bank aktivlarining 67.79%, majburiyatlari esa undanda yuqori
boʻlib, bu koʻrsatgich 72.02% ni tashkil etadi. Bu raqamlar Oʻzbekiston bank bozorida davlat
banklarida tasarrufida juda katta aktivlar toʻplangani bildirib, xususiy bankl
ar bu borada yaqin
yillarda raqobatlasholmasligidan dalolat berib turibdi.
Mazkur rasm-
2 da davlat va xususiy banklarning asosiy 9 ta koʻrsatgichi tahlil qilingan.
Yuqorida ular oʻrtasida aktivlar, majburiyatlar, daromad va foyda qanday taqsimlanganini
koʻrib oʻtdik. Banklar oʻrtasidagi foizli va foizsiz daromadlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak,
davlat banklarida foizli daromadlar, xususiy banklarda foizsiz daromadlar ustunlik qilishini
koʻrishimiz mumkin. Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, xususiy ba
nklarning moliyaviy
resurslari davlat banklarinikiga nisbatan cheklanganligi uchun ular bankning kredit
operatsiyalariga bogʻliq boʻlmagan boshqa xizmatlarini rivojlantirish hisobiga foydani
maksimallashtirishga intilmoqda. Ayniqsa, soʻngi yillarda xususiy
banklar masofaviy raqamli
bank xizmatlaridan olayotgan daromadi bir necha barobarga oshirishga erishdi. Masofaviy
xizmatlarni rivojlantirishi xususiy banklarga bir qator xarajatlarni ham qisqartirish
imkoniyatini berib, bir vaqtning oʻzida minglab bank mijozlariga xizmat koʻrsatish imkoniyatini
yaratdi. Bu esa oʻz navbatida xususiy banklarga bank sektoridagi umumiy foydaning 62.14% ga
egalik qilishiga erishmoqda. Davlat banklarida moliyaviy resurslarning yirikligi sababli kredit
portfelidagi ulushi 69.45%
tashkil qilmoqda. Shundan boʻlsa
-da, xususiy banklar depozit jalb
qilish boʻyicha davlat banklariga yetarlicha raqobat qilmoqda. Depozit jalb qilish boʻyicha
xususiy banklar davlat banklariga nisbatan 1.88% orqada xalos. Oʻz navbatida kreditlarning
16,20%
13,16%
8,93%
7,80%
6,21%
9,20%
9,57%
8,68%
5,44%
14,80%
13,88%
6,07%
7,37%
2,01%
1,22%
7,32%
13,17%
6,62%
9,70%
32,65%
0,00%
5,00%
10,00%
15,00%
20,00%
25,00%
30,00%
35,00%
40,00%
45,00%
50,00%
Bozordagi umumiy daromaddagi ulushi, %
Bozordagi sof foydadagi ulush, %
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
301
katta q
ismi davlat banklariga toʻgʻri kelgani uchun muammoli kreditlarning ham aksariyat
qismi ularga tegishli boʻlib, bu koʻrsatgich 67.81% ga teng.
2-
rasm. Davlat va xususiy banklarning baʼzi asosiy koʻrsatgichlari taqqoslama grafigi
Manba:
sayti maʼlumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Bank sektoridagi yirik banklarning taʼsischisi davlat boʻlganligi uchun bank uchun
rentabelligi past boʻlgan turli “Har bir oila —
tadbirko
r”, “Yoshlar
-
Kelajagimiz” dasturlari,
shuningdek, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan koʻplab dasturlar, hunarmandlarni, qishloq
joylashda yashovchi aholini tadbirkorligini qoʻllab
-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan bir qator
ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtiradi. Bu esa bu banklarning foydasini
minimallashtirib, muammoli kreditlar hajmini ortishiga olib kelmoqda. Bunday loyihalarni
moliyalashtirishda past foizli, koʻpincha 7 % yoki Markaziy bankning qayta moliyalashtirish
stavkasi miqdorida kredit ajratiladi. Bu loyihalarni moliyaviy resurslarni Iqtisodiyot va moliya
vazirligi ajratadi va foizlarni bir qismini bankka toʻlab berish vazifalini ham oladi. Shunday
boʻlsa
-
da kam daromadli aholini kichik biznes va tadbirkorlik bilan shugʻullanib ular
ning
daromadini oshirishga qaratilgan bu dasturlar yordamida ajratilayotgan imtiyozli
kreditlarning aksariyat qismi samarasiz va muammoli boʻlib qolmoqda. Ayniqsa bu holatlarni
qishloq hududlarida chorvachilik, parrandachilik, issiqxona tashkil etish yoʻna
lishlarida
koʻrishimiz mumkin.
3-
rasmda Oʻzbekistonda davlat va xususiy banklarning sof foyda marjasi berilgan boʻlib,
unda koʻra barcha 36 ta bankning sof foyda marjasi oʻrtacha 15.6% teng boʻlib, shundan 9 ta
davlat bankining sof foyda marjasi 5.99%
ga, xususiy banklarning sof foyda marjasi oʻrtacha
22.89 %, teng boʻlgan. Rentabellik oʻlchovining boshqa koʻrsatgichlari boʻlgan Aktivlar
rentabelligi (ROA) koʻrsatgichi davlat va xususiy banklarga mos ravishda 1.08% va 4.37%,
xususiy kapital rentabelligi (ROE) esa 7.36% va 16.79% teng. Bu yerda agar samaradorlik
koʻrsatgichi sifatida aktivlar rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sof foyda marjasini
olsak, xususiy banklarning samaradorligi davlat banklarini samaradorligiga nisbatan oʻrtacha
3-3.5
barobar yuqori ekanligini koʻrishimiz mumkin. Alohida banklarni oladigan boʻlsak,
xususiy kapital rentabelligi boʻyicha davlat banklari ichidan Aloqabank
-22.99%, xususiy
banklardan Kapital bank
–
38.56%, eng yomon koʻrsatgich Mikrokredit bank
-0.09% ga tegishli.
Aktivlar rentabelligi boʻyicha ham eng salbiy koʻrsatgich Mikrokreditbankka tegishli boʻlib, bu
koʻrsatgich –
0.02% ga teng. Sof foyda marjasi boʻyicha eng yaxshi koʻrsatgich xususiy
banklardan Ipakyoʻli banki –
54.68%, davlat banklaridan Aloqabank-1
7.91% boʻlsa eng yomon
koʻrsatgich yana Mikrokreditbankka tegishli –
0.13%. Bu raqamlardan Oʻzbekiston bank
sektoridagi likvidlilik muammosini ham koʻrishimiz mumkin. Banklarning samarali ishlashi
uchun ularning moliyaviy barqarorligiga ham alohida eʼtibo
r berish zarur.
Aktivlari
Majburiyat
lari
Daromadi
Foizli
daromadi
Foizsiz
daromadi
Foydasi
Kredit
portfeli
Depozit
Muammoli
kreditlar
Davlat banklar
67,79%
73,02%
61,50%
69,25%
30,75%
37,86%
69,54%
50,89%
67,81%
Xususiy banklar
32,21%
26,98%
38,50%
30,75%
69,25%
62,14%
30,46%
49,11%
32,19%
0,00%
10,00%
20,00%
30,00%
40,00%
50,00%
60,00%
70,00%
80,00%
Davlat banklar
Xususiy banklar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
302
3-rasm. Davlat va xususiy banklarning bank sektoridagi daromad, sof foyda
ulushi va sof foyda markasi, %
Manba:
sayti maʼlumotlari asosida muallif
tomonidan tayyorlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2020 —
yildagi “2020 —
2025-yillarga
moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”
PF-5992-sonli farmonida davlat ulushi mavjud
boʻlgan “Poytaxt bank” AJ, “Ipoteka bank” ATIB,
“Asaka” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Aloqabank” ATB va “Asia Alliance Bank” ATB
larning xususiylashtirish nazarda turilgan edi. Ushbu farmonga asosan “Ipoteka bank”,
“Asakabank” va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB xorijiy investorlarga sotilishi kerak edi. Bular
ichidan faqat bitta bank “Ipoteka bank” ATIBning 75% aksiyasi Vengriyaning OTP bankiga
sotildi. 2024-
yilda “Oʻzsanoatqurilishbank” xususiylashtirish kerak edi. Ammo 2024
-yilning
noyabr oyigacha xus
usiylashtirish jarayoni amalga oshgani yoʻq.
1-jadval
PF-5992-sonli farmonga asosan
bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga
oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar va uning 01.10.2024 yildagi holati
(Farmon, 2020)
T/r
Koʻrsatkichlar nomlanishi
Maqsad:
Amaldagi
holat
2021
2023
2025
1.
Xususiy (davlat ulushi ishtirok etmagan) banklar
aktivlarining bank sektori aktivlari umumiy
hajmidagi ulushi
17 -20 % 35 - 40%
60 %
33%
2.
Banklarning xususiy sektor oldidagi
majburiyatlarining majburiyatlar umumiy hajmidagi
ulushi
30 -40 %
60 %
70 %
32.67%
3.
Depozitlarning banklar majburiyatlariga nisbati
41 - 45% 45-50 %
50 - 60 %
45.57%
4.
Bank aktivlarining YAIMga nisbati
53-54 % 54-55 %
55 % dan
koʻp
54-56%
5.
Bank depozitlarining YAIMga nisbati
19- 21% 22 - 24%
25-27%
18-21%
Mazkur 1-jadvalda PF-5992-sonli farmon asosida
amalga oshirish boʻyicha maqsadli
koʻrsatkichlar va uning 01.10.2024 yildagi holati berilgan boʻlib,
bank aktivlarining YAIMga
nisbati boʻyicha maqsadli koʻrsatgichidan boshqa koʻrsatgichlarga erishilmagan. Strategiya
boʻyicha eng salbiy koʻrsatgich xususiylashtirish jarayonlari bilan bogʻliq.
0,00%
10,00%
20,00%
30,00%
40,00%
50,00%
60,00%
70,00%
M
il
li
y
b
an
k
A
g
ro
b
an
k
S
QB
As
a
k
ab
an
k
Xa
lq
b
a
n
k
i
BRB
M
ik
ro
k
re
d
it
b
an
k
Alo
q
ab
an
k
Tu
ro
n
b
an
k
Ka
p
it
alb
a
n
k
Ip
o
tek
ab
a
n
k
Ha
m
k
o
rb
a
n
k
Ip
a
k
y
o
'li
b
an
k
Orie
n
tF
in
an
sb
an
k
Tras
tb
an
k
In
fin
b
a
n
k
D
av
rb
a
n
k
As
iaA
lli
an
ce
Ba
n
k
An
o
rb
an
k
T
BC
Ban
k
Ten
g
eBa
n
k
Un
iv
ersa
lb
an
k
KDB
Oc
to
b
a
n
k
Ga
ra
n
tb
an
k
Zi
ra
atBan
k
Uz
u
m
Ba
n
k
M
ad
a
n
in
v
es
tb
an
k
P
o
y
tax
tb
an
k
S
ad
era
tBan
k
S
m
artb
an
k
ROA
ROE
Sof foyda marjasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
303
Oʻzbekiston banklarining yana bir muammoli jihati sifatida global moliya bozorlaridan
moliyaviy resurslarni jalb qilib qilishdagi integratsion jarayonlardagi sust ishtirokini
keltirishimiz mumkin. Bugungi kungacha koʻplab banklar S&P, Fitch va Moody’s kabi xalqaro
reyting agentliklari bilan hamkorlikda bankning reytingini baholatayotgan boʻlsada, ularning
reytingi asosan “BB
-
” darajada baholanmoqda. “BB
-
” reyting darajasi spekulyativ daraja boʻlib,
odatda investitsion kompaniyalar bunday kompaniyalarga investitsiya bitirishga moyil
boʻlmaydi.
2-jadval
Milliy kоmpаniyаlаrining xalqaro fоnd birjаsidа jоylаshtirgаn yеvrооbligаtsiyаlаri
Emitentlar
nomi
Hajmi
Kupon
stavkasi Muddati
Chiqarilgan
sana
Soʻndirish
muddati
Obligatsiya
reytingi,
03.11.2024
sanaga
koʻra
(Fitch)
“Oʻzsanoatqurilishbank”
ATB
$300
5.75%
5 yil
Noyabr
2019
Noyabr,
2024
BB-
“Oʻzmilliybank” AJ
$300
4.85%
5 yil
Oktyabr,
2020
Oktyabr,
2025
BB-
$300
8.5%
5 yil
Iyul, 2024 Iyul, 2029
BB-
1.4 trln
soʻm
19.875%
3 yil
Iyul, 2024 Iyul, 2027
BB-
“Ipoteka
-
bank”
ATIB
$300
5.625%
5 yil
Noyabr,
2020
Noyabr,
2025
BB-
785
mlrd
soʻm
16%
3 yil
Aprel, 2021
Aprel,
2024
BB-
1.4 trln
soʻm
20.5%
3 yil
Aprel, 2024
Aprel,
2027
BB-
Manba:
ushbu j
а
dv
а
l mu
а
llif t
о
m
о
nid
а
n
оʻ
rg
а
nilg
а
n m
а
t
е
ri
а
ll
а
r
а
s
о
sid
а
t
а
yy
о
rl
а
ndi.
Ko
ʻ
plab banklar xalqaro agentliklardan o
ʻ
zining reytingini baholatgan bo
ʻ
lsada, 2019-
2024-yillar davomidan
“
O
ʻ
zsanoatqurilishbank
”
ATB,
“
O
ʻ
zmilliybank
”
AJ va
“
Ipoteka-bank
”
ATIBlargina Global moliya bozorlaridan bank qimmatli qog
ʻ
ozlarini sotish orqali moliyaviy
resurs jalb qildi.
Raqamli texnologiyalar asrida bank tizimini raqamlashtirish dolzarb ahamiyatda ega.
Bugungi kunda koʻplab banklar bank ilovalari orqali mijozlarga xizmat koʻrsatmoqd
a. Bank
ilovalarida jismoniy shaxslar indentifikatsiyadan oʻtish orqali koʻplab davlat va xususiy
xizmatlarga toʻlov qilishidan tashqari qisqa vaqt ichida 100 mln soʻmgacha kredit olish, milliy
va xorijiy valyutada depozit qoʻyish, valyutalarni konvertatsiya qilish va P2P oʻtkazmalarini
qisqa vaqtda amalga oshirish imkoniyatiga ega. Bu birinchidan, bank uchun ham mijoz uchun
ham vaqtni tejaydi, ikkinchidan, bank ilovalari orqali qisqa vaqtda minglab mijozlarga xizmat
koʻrsatish mumkin va bu bank foydasini o
shishiga olib keladi, uchinchidan, bank va mijoz uchun
ortiqcha xarajatlarni tejashga imkon beradi. Biroq shunda boʻlsa
-da, bank ilovalarining asosiy
foydalanuvchilari jismoniy shaxslar hisoblanadi, yuridik shaxslar uchun masofaviy xizmatlar
koʻrsatish dar
ajasi hali ham muammoli hisoblanadi. Banklarning raqamli transformatsiya
muammolari oʻrganishda ularning fin
-
texnologiyalardan foydalanish darajasini oʻrganib tahlil
qilish zarur. Oʻzbekistonda bugungi kunda 36 ta bank faoliyat yuritayotgan boʻlsa, shularn
i 12
ta 2016 -2024-
yillar oraligʻida tashkil etilgan boʻlib, Anorbank, TBC, Uzumbank, Hayotbank kabi
banklar 100% raqamli bank sifatida tashkil qilingan va ularning xizmatlari faqat masafaviy
amalga oshiriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
304
4-rasm. Masofadan bank
xizmatlarini koʻrsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning
soni 01.09.2024 holatiga koʻra
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlari asosida muallif tomonida tayorlandi.
Mazkur
4-rasm
da yuridik va jismoniy shaxlarning bank masafaviy xizmatlaridan
foydalanish statistikasi berilgan. Unga koʻra, bank masafaviy xizmatlaridan foydalangan yuridik
shaxlarning jami foydalanuvchilarga nisbati - 3.08% tashkil qilmoqda. Shuningdek, masofadan
ba
nk xizmatlarini koʻrsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning yuridik shaxslarning –
54.71% davlat banklari hissasiga, 45.29% xususiy banklar hissasiga, jismoniy shaxslarning
–
51.29% davlat, 49.71% xususiy banklar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Banklarni raq
amli
transformatsiya oʻtish jarayonida masafaviy xizmatlar boʻyicha davlat va xususiy banklar
oʻrtasidagi raqobat deyarli tenglikni koʻrsatmoqda.
Shuningdek, TBC, Uzumbank va Hayotbankning bu boradagi statistikasiga etibor
beradigan boʻlsak, ular faqat jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatadi.
Bank tizimiga raqamli texnologiyalarning transformatsiya qilish qimmat boʻlsa
-da, bu
provardida, birinchidan, banklarning sof foyda marjasini oshishiga olib keladi, ikkinchidan,
kibirxavfsizlik uchun ham juda ahamiyati yuqori.
Xulosa va takliflar.
Oʻzbekiston moliya bozorida bank sektorining ulushi juda yuqori
Tahlillarga koʻra, davlat banklari sektorning asosiy ishtirokchisi boʻlib, aktivlar va
majburiyatlarning aksariyat qismi ular hissasiga toʻgʻri keladi
. Shu bilan birga, ushbu
banklarning iqtisodiy samaradorligi past boʻlib, ular tomonidan ijtimoiy loyihalarga ajratilgan
mablagʻlar muammoli kreditlarga aylanish darajasini oshirmoqda. Xususiy banklar esa raqamli
xizmatlarni rivojlantirish orqali samaradorligini oshirmoqda, ammo ularning iqtisodiyotdagi
hissasi hali ham past boʻlib qolmoqda.
Bank sektoridagi raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida davlat va xususiy banklar
oʻrtasida raqobat kuzatilmoqda. Xususiy banklar innovatsion xizmatlar orqali mi
jozlar bazasini
kengaytirayotgan boʻlsa
-
da, davlat banklari bu borada yetarlicha tashabbus koʻrsatmayapti.
Xalqaro moliya bozorlarida banklarning reytinglari pastligi va moliyaviy resurslarni jalb qilish
imkoniyatlarining cheklanganligi bank tizimini jahon
standartlariga moslashtirishda toʻsiq
boʻlib turibdi.
Fikrimizcha, bank tizimini ishlash mexanimiznini yaxshilash va yuqori sifatli moliyaviy
xizmatlar koʻrsatish orqali moliya bozoridagi daromadlarini oshirish uchun quydagilarni
amalga oshirish zarur:
0,%
5,%
10,%
15,%
20,%
25,%
30,%
35,%
40,%
45,%
0
1 000 000
2 000 000
3 000 000
4 000 000
5 000 000
6 000 000
7 000 000
M
il
li
y
b
an
k
Ag
ro
b
an
k
S
QB
As
a
k
ab
an
k
Xa
lq
b
an
k
i
BRB
M
ik
ro
k
re
d
it
b
an
k
Alo
q
ab
an
k
Tu
ro
n
b
an
k
K
ap
italb
a
n
k
Ip
o
tek
ab
a
n
k
Ha
m
k
o
rb
a
n
k
Ip
a
k
y
o
'li
b
an
k
Orie
n
tF
in
an
sb
an
k
Tras
tb
an
k
In
fin
b
a
n
k
Da
v
rb
a
n
k
As
iaA
lli
an
ce
Ba
n
k
An
o
rb
an
k
TBCBan
k
Ten
g
eBa
n
k
Un
iv
ersa
lb
an
k
KD
BBa
n
k
Oc
to
b
a
n
k
Ga
ra
n
tb
an
k
Zi
ra
atBan
k
Uz
u
m
Ba
n
k
M
ad
a
n
in
v
es
tb
an
k
P
o
y
tax
tb
an
k
S
ad
era
tBan
k
AV
O
b
an
k
Ha
y
o
tBa
n
k
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
Jismoniy shaxslar
Jamiga nisbatan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushi, %
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
305
-
Davlat ulushini kamaytirish va xususiylashtirishni tezlashtirish;
-
Raqobatbardosh bank tizimini yaratish;
-
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash
;
-
Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;
-
Raqamli transformatsiyani rivojlantirish;
Oʻzbekiston bank sektori mamlakat iqtisodiy rivojlanishida muhim rol oʻynab,
innovatsiyalar va raqobatbardoshlikni oshirish orqali yanada barqarorlikka erishishi zarur.
Xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish, muammoli kreditlar darajasini pasaytirish va
raqamli transformatsiyani jadallashtirish bank tizimining samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi. Xalqaro moliya bozorlariga integratsiyani kuchaytirish esa iqtisodiyotga qoʻshimcha
investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi. Ushbu islohotlar Oʻzbekiston bank tizimining
barqaror va sama
rali rivojlanishini ta’minlaydi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Burxanov A. va Xudoyqulov X. (2023) “Oʻzbekiston moliya bozorini jahon moliya bozoriga
integratsiyalashuvining dolzarb masalalari”, Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali, oktabr, 10
-
son.
Farmon, (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2020
-
yildagi “2020
- 2025-
yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
toʻgʻrisida” PF
-5992-sonli farmoni. Manba:lex.uz.
Hisobot (2024)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki, “Yillik hisobot
-
2023”, T
-2024.
Meliyev J., (2024) “Banklarda likvidlilik muammosi va uni hal qilish yoʻllari”, Moliya va bank
ishi jurnali.
Sattorov O
., (2016) Актуальные вопросы обеспечения устойчивости банковской
системы Республики Узбекистан//Банковское дело. –
№9. –
С. 25.
Thorsten Beck, Asli Demirgüç
-
Kunt va Ross Levine, (2018) “Financial Structure and
Economic Growth: A Cross-
Country Comparison”, “Journal of Financial Economics”.
