Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
713
XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MOLIYAVIY SAVODXONLIK OSHIRISHNING
DOLZARB MASALALARI
Muradova Dildora Abdusalimovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-6508-3324
Sindarov Fazliddin Qaxramonivich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
“O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari
va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi
ORCID: 0009-0003-7254-4584
Annotatsiya.
Maqola moliyaviy savodxonlikning zamonaviy jamiyatda ahamiyatini va
O‘zbekistonda uni rivojlantirish zarurligini tahlil qiladi. Moliyaviy bilimlarning shaxsiy va
iqtisod
iy farovonlikka ta’siri, xorijiy tajribalar, ayniqsa Daniya, Shvetsiya, Kanada va Yaponiya
mamlakatlari misolida o‘rganiladi. Maktab ta’limiga moliyaviy savodxonlikni integratsiya qilish
va innovatsion usullarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab c
hiqilgan.
Kalit so‘zla
r:
moliyaviy savodxonlik, iqtisodiy farovonlik, innovatsion usullar, maktab
dasturlari, raqamli texnologiyalar, investitsiya, moliyaviy ta’lim.
АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ ГРАМОТНОСТИ
НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНОГО ОПЫТА
Мурадова Дилдора Абдусалимовна
Ташкентский государственный экономический университет
Синдаров Фазлиддин Кахарамонович
Научно
-
исследовательский центр «Научные основы и
Проблемы развития экономики Узбекистана» при
Ташкентском государственном экономическом университете
Аннотация.
Статья анализирует значение финансовой грамотности в
современном обществе и необходимость её развития в Узбекистане. Рассматривается
влияние финансовых знаний на личное и экономическое благосостояние, изучается
зарубежный опыт, в частности, примеры Дании, Швеции, Канады и Японии. Разработаны
практические рекомендации по интеграции
финансовой грамотности в школьное
образование и применению инновационных методов.
Ключевые слова:
финансовая грамотность, экономическое благосостояние,
инновационные методы, школьные программы, цифровые технологии, инвестиции,
финансовое образование.
UO
‘
K: 336.012.23
(575.1)
XI SON - NOYABR, 2024
713-722
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
714
CURRENT ISSUES IN IMPROVING FINANCIAL LITERACY BASED ON
INTERNATIONAL EXPERIENCES
Muradova Dildora Abdusalimovna
Tashkent State University of Economics
Sindarov Fazliddin Kaxramonivich
Scientific research center
“
Scientific foundations and problems
of the development of the economy of Uzbekistan
”
under
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The article analyzes the importance of financial literacy in modern society and
the need for its development in Uzbekistan. It examines the impact of financial knowledge on
personal and economic well-being and studies international experiences, particularly examples
from Denmark, Sweden, Canada, and Japan. Practical recommendations are developed for
integrating financial literacy into school education and applying innovative methods.
Keywords:
financial literacy, innovative methods, school curricula, digital technologies,
investment, financial education.
Kirish
Moliyaviy
savodxonlik zamonaviy jamiyat uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalardan biri
bo‘lib, aholi farovonligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida muhim o‘rin
tutadi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonida aholi va tadbirkorlarning moliyav
iy
bilimlari va ko‘nikmalari sezilarli ahamiyat kasb etadi. Chunki moliyaviy savodxonlik nafaqat
shaxsiy daromad va mablag’larni samarali boshqarishga yordam beradi, balki investitsiyalarni
jalb qilish, moliyaviy risklarni kamaytirish va mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini
ta’minlashda ham muhim omil hisoblanadi.
Ammo O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlik darajasi hanuz past darajada bo‘lib, bu bir
qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Aholining ko‘pchiligi qimmatli qog’ozlar bozori,
investitsiya imkoniyatlari, moliyaviy rejalashtirish va risklarni boshqarish kabi masalalarda
yetarli bilimga ega emas. Moliyaviy savodxonlikning pastligi natijasida odamlar bank kreditlari
va moliyaviy xizmatlardan noto‘g’ri foydalanadi, bu esa iqtisodiy noaniqlikni kuchay
tiradi.
Shu sababli, O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlikni oshirish dolzarb vazifalardan biri
bo‘lib, xorijiy tajribalardan foydalanish va mahalliy sharoitlarga mos strategiyalarni ishlab
chiqish muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar sharhi.
Moliyaviy savodxonlik hozirgi kunda global iqtisodiy barqarorlik va farovonlikka
erishishda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Bu bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va
adabiyotlar tahlili moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun samarali strategiyalarni ishlab
chiqish imkonini beradi.
Moliyaviy savodxonlik
–
bu shaxsning moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan
bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni egallaganlik darajasi. Lusardi va Mitchell
(2014) tadqiqotlari
moliyaviy savodxonlikning iqtisodiy ahamiya
tini o‘rganib, uning shaxsiy farovonlik va iqtisodiy
barqarorlikka ta’sirini baholab ko‘rsatdi. Atkinson va Messy
(2012)
tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotlar esa OECD/INFE (International Network on Financial Education) dasturi doirasida
moliyaviy savodxonlikni baholash natijalarini taqdim etdi va moliyaviy bilimlarning aholi
farovonligiga ta’sirini tahlil qilgan.
Moliyaviy savodxonlikni o‘quv dasturlariga integratsiya qilish zamonaviy ta’limning
muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. OECD
(2013) moliyaviy sa
vodxonlik ta’limini maktab
dasturlariga kiritish usullari haqida ma’lumot beradi va bu jarayonning turli mamlakatlarda
qanday amalga oshirilishini tahlil qilgan. Mandell (2008)
o‘z tadqiqotlarida AQSh maktablarida
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
715
moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish uchun maxsus kurslar va treninglar tashkil etishni
tavsiya etgan.
Kanada va Yaponiya davlatlarining moliyaviy savodxonlik ta’limidagi tajribalari bu
borada yaxshi natijalar ko‘rsatgan. OECD
(2017) va APEC (2019) hisobotlari ushbu
mamlakatlarda moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish uchun qabul qilingan strategiyalar va
dasturlarni batafsil o‘rganilgan. Kanadada moliyaviy savodxonlik dasturlari maktabgacha
ta’limdan boshlab, bosqichma
-bosqich amalga oshirilsa, Yaponiyada qisqa muddat ichida
moliyaviy ta’l
im berish samaradorligi oshirilgan.
O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlikning hozirgi holati, mavjud muammolar va
imkoniyatlar tahlili davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi va Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan
taqdim etilgan hisobotlar aholining moliyaviy bilim darajasini oshirish uchun amalga
oshirilayotgan chora-
tadbirlar haqida ma’lumot beradi. World Bank
(2014) tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqotlar esa O‘zbekistonda moliyaviy ko‘nikmalarni oshirish uchun taklif
qilingan strategiyalarni batafsil bayon etgan
Moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun samarali strategiyalar va yondashuvlar tahlili
davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirishni, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishni va interaktiv usullarni tatbiq etishni o‘z ichiga oladi. Lusardi va boshqalar
(2017)
tadqiqotlarida moliyaviy bilimlarning ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikka qarshi kurashdagi o‘rni
ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu bilimlarni oshirish orqali iqt
isodiy tengsizlikni kamaytirish
mumkinligi ta’kidlangan.
Moliyaviy savodxonlikka oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy bilimlar va
ko‘nikmalarni oshirish shaxsiy va ijtimoiy farovonlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ilg’or xorijiy
tajribala
rni o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish orqali maktab ta’lim
tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha samarali chora
-tadbirlarni amalga oshirish
mumkin. Shu bilan birga, davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish va interaktiv usullarni tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganish
va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda sifat va
miqdoriy tahlil usullari qo‘llanilgan. Rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlardagi moliyaviy
ta’lim dasturlari, raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar tahlil qilingan.
Ma’lumotlar xalqaro tashkilotlar hisobotlari, ilmiy maqolalar, statistik manbalar va rasmiy
hujjatlardan olingan. Shuningdek, O‘zbekistondagi
mavjud moliyaviy savodxonlik holati milliy
statistika va ijtimoiy tadqiqotlar asosida baholangan. Tadqiqot natijalariga asoslangan holda,
amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ahoning moliyaviy savodxonlik darajasini statisti
k ma’lumotlarni tahlil qilish asosida
aniqlashni imkoniyati mavjus emas. Buning uchun aholining ma’lum qatlamidan so‘rovnomalar
o‘tkazish yo‘li bilan moliyaviy savodxonlik darajasini aniqlash va shunga mos ravishda ahoning
moliyaviy savodliklik darajasini
oshirish uchun dasturlar ishlab chiqish mumkin. Ko‘rga
ko‘ringan xalqaro kompaniyalar dunyo bo‘ylab, ko‘plab davlatlar aholisining moliyaviy
savodlik darajasini aniqlash bo‘yicha ko‘plab marotaba so‘rovnomalar o‘tkazgan. Jumladan,
Global moliyaviy savodxonlik markasi (GFLEC) 2014-
yilda 140 ta mamlakat bo‘ylab moliuyaviy
savodxonlikni aniqlash bo‘yicha keng qabrovli so‘rovnoma o‘tganzgan va bunda 170 mingdan
ziyon respondent qatnashgan. Aholidan foiz oddiy va murakkab foiz stavkalarini hisoblay
olishi, inflyatsiya nima ekanligi, moliyaviy risklarni qanday diversifikatsiya qilish mumkin
ekanligi so‘rovnoma davomida asosiy savollar sifatida qaralgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
716
1-rasm.
GFLEC tomonidan so‘rovnoma o‘tkazilgan davlatlar geografiyasi
(Lusardi, Klapper, 2014)
Ushbu tadqiqot natijasiga qaraganda eng yaxshi rivojlangan 50 mamlakat aholisining
moliyaviy svodxonlik darajasi boshqa mamlakatlar aholisining savodxonlik darajasida sezilarli
darajada yuqori bo‘lgan. Erkak bu bo‘yicha ayollardan ustun ekanligi ma’lum bo‘
lgan.
Rivojlangan davlatlardan eng boy 60 % aholining 31%, eng kambag’al 40 % aholining 23%
moliyaviy jihatdan savodxonlik darajasi yaxshi ekanligi aniqlangan.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Co-operation and
Development, OECD) 2023 -
yilda “Kattalar moliyaviy savodxonligi xalqaro tadqiqoti”ni
102
e’lon
qildi. Unda o‘tkazilghan tadqiqot davomida aholining moliyaviy savodxonlik darajasini aniqlash
doirasida aholining moliyaviy bilimlari, moliyaviy xatti-harakatlari, raqamli moliyaviy
savodxonligi, shuningdek, aholining moliyaviy farovonligi darajasi va moliyaviy muammo va
firibgarilik qurbonli bo‘lishning moliyaviy savodxonlik darajasiga bog’liqligi o‘rganilgan.
Hisobotda, inflyatsiya kabi oddiy tushunchalarni aksariyat respondentlar bilishi (84%) qayt
etilgan, ammo murakkab foizlarni hisoblashni faqat 42% tushuninishi aniqlangan. Bundan
tashqari, raqamli moliya sohasida ham aksariyat aholining moliyaviy savodxonligi ancha
ppastli aniqlangan.
Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moliya savodxonligi darajasi boy davlatlarda ham
past bo‘lib, ko‘pla
b aholining oddiy moliyaviy tushunchalarni yetarlicha emas. Shuning uchun
ko‘plab davlatlar aholisining moliyaviy farovonlikka erishishida moliuyaviy savodxonlik
darajasini oshirish uchun mumtazan ravishda ko‘plab dasturlar yordamida amaliy natijalarga
erishishga harakat qilishmoqda.
O‘zbekistonda ham aholini moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish juda dolzarb masala
hisoblanadi. Lekin bu borada qilanayotgan ishlarni hajmini katta deb bo‘lmaydi. Chunki, 38
mlnlik aholining katta auditoriyani qamrab oladigan moliyaviy savodxonlik dasturlari mavjud
emas. Albatta, bunday katta audotoriyani qamrab oladigan dasturlarni amalga oshirish ham
juda qimmat va uzoq vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Lekin xorijiy mamlakatlar
tajribasi asosida bunga qisman erish mumkin.
Moliyaviy savodxonlik deganda bu shaxsning moliyaviy qarorlar qabul qilish, moliyaviy
resurslarni boshqarish va iqtisodiy farovonlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan bilim,
tushunchalar, ko‘nikmalar va xatti
-harakatlar majmuasidir. Moliyaviy savodxonlik bu
shaxsning moliyaviy bozorlar, mahsulotlar va xizmatlar haqida to‘g’ri qarorlar qabul qilishga
yo‘naltirilgan fundamental bilim va qobiliyatlarini shakllantiruvchi konseptual ko‘nikmalar
102
https://www.oecd.org/en/publications/oecd-infe-2023-international-survey-of-adult-financial-
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
717
to‘plami bo‘lib, moliyaviy bilim, moliyaviy xatti
-harakatlar va moliyaviy munosabatlar
yig’indisidan iborat. Moliyaviy savodxonlik shaxsga o‘zining moliyaviy imkoniyatlarini
baholash, turli moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarning afzalliklari hamda xavflarini solishtirish
orqali oqilona qarorlar qabul qilish imk
onini beradi. Bu bilim va ko‘nikmalar shaxsning
iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, moliyaviy qiyinchiliklarni yengib o‘tish va moliyaviy
firibgarliklardan himoyalanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Standard & Poor’s Ratings Services Global Survey
tomonidan o‘tkazilgan so‘rov
natijalariga ko‘ra, Daniya, Norvegiya va Shvetsiya moliyaviy savodxonlik darajasi yuqori
bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida eng yuqori o‘rinlarni egallagan.
Bugungi kunda Standard & Poor’s Ratings Services Global Survey tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotga ko‘ra, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Niderlandiya kabi
davlatlar aholisi moliyaviy savodxonligi yuqori davlatlar sifatida e’tirof etiladi.
Daniya yuqori turmush darajasi va moliyaviy ta’limga katta e’tibor q
aratadi, Daniya
aholisining 71% moliyaviy savodxonlik hisoblanib Yevropa davlatlari orasida Norvegiya va
Shvetsiya bilan birinchi o‘rinni egallaydi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda Daniya uy
-
xo‘jaliklarining qarz yuki katta, ammo ularning aktivlari hajm
i katta. Daniya aholisining ishchi
qatlami ish haqqining 10-
15% pensiya uchun jamg’arishadi.
Daniyada moliyaviy savodxonlik darslari maktab ta’lim dasturlariga kiritilgan bo‘lib, 13
-
15 yoshdan o‘quvchilarni qabrab oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida
bolalarga pulning
ahamiyati, jamg’arish va sarflash, bank va iste’molchilar huquqlari kabi asosiy moliyaviy
tushunchalar o‘rgatiladi. Maktablarda matematika va iqtisodiyot fanlari doirasida moliyaviy
savodxonlik elementlari kiritilgan bo‘lib, o‘quvchilarga
budjet tuzish, jamg’arma va investitsiya
kabi mavzular o‘rgatiladi. Har yili 700 dan ortiq maktablarda 20 000 dan ortiq o‘quvchilar
Daniya pul haftaligida (Danish Money Week) ishtirok etadi. Ushbu dastur asosida moliyaviy
soha mutaxassislari moliyaviy bil
imlarning ahamiyatini maktab o‘quvchilariga tushintirish
uchun ko‘plab maktablarga turli mavzularda seminarlar tashkil qilishadi.
Finance Danmark mamlakatning moliya sektori assotsiatsiyasi jamiyatning barcha
qatlamlari, ayniqsa, bolalar va yoshlarda pul va moliyaviy bilimlar haqida dastlabki
tushunchalarni shakllantirish uchun faol ish olib boradi. Assotsiatsiyasi yuqori moliyaviy
savodxonlik odamlarga turli xil moliyaviy mahsulotlar bilan bog’liq risk va imkoniyatlarni
tushunish va e’tirof etish imkonini
beradi va bu moliyaviy farovonlikka olib keladi deb
hisoblaydi.
Daniya oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy ta’lim juda chuqur o‘qitiladi. Masalan,
Kopengagen biznes maktabi moliya va investitsiyalar bo‘yicha iqtisod va biznes boshqaruvi
yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura ta’lim dasturlari mavjud. Ushbu dastur moliyaviy sohaga
tegishli miqdoriy va tahliliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan Daniyada moliyaviy savodxonlikni oshirishga
qaratilgan onlayn platformalar va mobil ilovalar yaratilmoqda. Bundan resurslar orqali
foydalanuvchilar moliyaviy rejalashtirish, budjet boshqaruvi va investitsiya bo‘yicha interaktiv
darslar va maslahatlar olishi mumkin.
Daniya hukumati va nodavlat tashkilotlari hamkorlikda aholining moliyaviy
savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshiradi. Bular doirasida
ommaviy axborot vositalarida moliyaviy masalalar bo‘yicha ma’lumotlar beriladi, maxsus
tadbirlar va ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Davlat dastur
lari asosida ommaviy axborot
vositalarida fuqarolarga kredit olish, qarzlarni qaytarish, soliqlarni to‘lash va pensiya
jamg’armalarini shakllantirish kabi moliyaviy mavzular bo‘yicha ma’lumot berishadi.
Shuningdek, Daniyada aholini ommaviy moliyaviy savodxonligini oshirish uchun
nodavlat tashkilotlar ham faol qatnashadi. Nodavlat tashkilotlar yoshlar va kattalar uchun
moliyaviy treninglar va seminarlar tashkil qiladi va bu treninglarda qatnashchilar shaxsiy
budjet boshqaruvi va moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishadi Banklar,
sug’urta kompaniyalari va boshqa moliyaviy institutlar tomonidan aholiga moliyaviy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
718
xizmatlarni tushuntirishga qaratilgan dasturlar doimiy ravishda amalga oshirilib kelinadi. Bu
xizmatlar orasida moliyaviy masl
ahatlar va bepul treninglar bo‘ladi.
Shuningdek, nodavlat tashkilotlar va startaplar moliyaviy o‘yinlar, interaktiv trening
ilovalari va vositalarni ishlab chiqib, aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni targ’ib qilashadi.
Shvetsiya moliyaviy savodxonligi
yuqori davlat hisoblanadi. Shvetsiya ta’lim tizimida
ko‘plab fanlarda moliyaviy ta’limga oid mavzular mavjud. Moliyaviy ta’limni rivojlantirish
bo‘yicha hukumat ko‘plab dasturlarni mumtazam amalga oshirib keladi. Shuningdek,
mamlakatdagi shaffof bank tizimi, yuqori raqamli savodxonlik va moliya institutlariga
ishonch fuqarolarning moliyaviy bilim va imkoniyatlarini yanada oshirmoqda.
Maktabgacha ta’lim bosqichida bolalarning moliyaviy tushunchalarni o‘rganishi uchun
maxsus dasturlar joriy etilgan. Masalan,
Shvetsiyada kam ta’minlangan oilalar farzandlari
uchun bog’cha bepul bo‘lib, bu bolalarning moliyaviy bilimlarini oshirishga yordam beradi.
Umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarga moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maxsus kurslar va
treninglar o‘tkaziladi. Bu kurslar turli yoshdagi o‘quvchilar uchun moslashtirilgan bo‘lib,
ularning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
Oliy ta’lim bosqichida esa universitetlar moliyaviy ta’limga alohida e’tibor berib,
talabalarga moliyaviy yordam dasturlari, stipendiyalar va grantlar taqdim etadi. Shvetsiya
hukumati har yili taxminan 12 million dollar mablag’ni xorijiy talabalar uchun stipendiyalarga
ajratadi.
Bundan tashqari, Shvetsiyada aholining moliyaviy savodxonligini oshirish uchun davlat
va xususiy sektor hamkorligida turli loyihalar amalga oshiriladi. Bu jarayonda zamonaviy
texnologiyalar va interaktiv usullar qo‘llanilib, aholining moliyaviy bilimlarini oshirishga
qaratilgan dasturlar ishlab chiqiladi.
Kanada aholisining moliyaviy savodxonlik daraj
asi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda
turishining asosiy sabablaridan biri maktablarda moliyaviy ta’lim umumiy ta’lim jarayoning bir
qismi sifatida maktab ta’limining barcha bosqichlarida uzluksiz o‘qitilishidadir.
Kanadaning moliyaviy iste’molchilar agentligi
(Financial Consumer Agency of Canada,
FCAC) mamlakatdagi
moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar iste’molchilarining huquq va
manfaatlarini himoya qilish uchun javobgar bo‘lgan asosiy reguliyator tashkilot bo‘lib,
aholining moliyaviy savodxonligini oshirish tashkilotning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Agentlik nafaqat katta yoshdagi aholini balki kichik yoshdagi aholini ham moliyaviy ta’limini
oshirishga katta e’tibor beradi. Bunda, agentlik federal hududlarida ta’limga ma’sul bo‘lgan
tashkilotlar bilan
birgalikda moliyaviy ta’limni maktab daturlariga integratsiya qilishni
ta’minlaydi. Bu moliyaviy ta’limning erta yoshdan boshlab rasmiy ta’lim jarayonining bir qismi
bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash uchun
o‘qituvchilarni bilim darajasi oshirib boriladi. Ularga moliyaviy savodxonlikni samarali
o‘rgatish uchun zarur treninglar va resurslar bilan ta’minlash muntazam ravishda ta’limlab
turiladi. Bundan tashqari, maktab yoshidagi bolalar uchun maxsus mo‘ljallan
gan dasturlar va
amaliy seminar-
treninglar tashkil etiladi. Darsda va darslardan bo‘sh vaqtlari o‘quvchilar
foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab interaktiv vositalar agentlik tomonidan yaratilgan bo‘lib,
ulardan mobil ilovalar va web saytlar orqali online foydalanish imkoniyati ham yaratilgan.
Agentlik bu ilovalar va web saytlardagi o‘quv kontentlarini bazasini doimo kengaytirib yangilab
boradi. Bu mamlakat bo‘ylab yoshlarning moliyaviy savodxonlik ta’limini olishda teng va keng
imkoniyatlar berilganligining yaqqol isbotidir.
Kanada Innovatsiyalar, Fan va Iqtisodiy Rivojlanish vazirligi (Innovation, Science and
Economic Development Canada) mamlakatda ta’limga ma’sul yagona vazirlik hisoblanadi.
Maktab o‘quvchilariga moliyaviy ta’limni mamlakat bo‘ylab koordin
atsiyasini vazirlik
zimmasida. Vazirlikning asosiy maqsadi moliyaviy savodxonlik mavzularini turli ta’lim
darajalaridagi maktab o‘quv dasturlariga kiritish hisoblanib, moliyaviy ta’lim mavzularni
matematika, ijtimoiy fanlar va hatto tibbiyot kabi fanlarga integratsiyalashgan holda, ISED
maktab o‘quvchilariga erta yoshdan boshlab moliyaviy tushunchalar haqida yaxlit tushuncha
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
719
berish hisoblanadi. Kanada ta’lim tizimida pedagoklarni malakasini oshirish, interaktiv ta’lim
resurslari bilan ta’minlash ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bular o‘quvchilarni
moliyaviy savodxonlik ta’limida amaliy ko‘nikmalarni oshirish, tanqidiy fikrlashni
rag’batlantirish va bir umrlik moliyaviy ma’suliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi va bu vazifalarni asosiy qismi vazirlik ttashabusi bilan amalga oshiriladi.
Kanadada moliyaviy savodxonlik ta’limi bo‘yicha interfaol o‘quv vositalari maktab
yoshidagi bolalarni qiziqarli va amaliy tarzda jalb etishga qaratilgan bo‘lib, ularga murakkab
moliyaviy tushunchala
rni osonroq tushunishga yordam beradi. O‘qituvchilar dars jarayonida
berilayotgan ta’limning ta’sirchanligini oshirish uchun turli xil interaktiv ta’lim vositalaridan:
online va offline o‘yinlar, viktoriyalar, mobil ilovalar, turli web
-saytlar, videolar, s
o‘rovnomalar,
moliyaviy masalalar to‘plami va boshqa instrumentlardan fan va mavzu doirasida faol
foydalanadi.
Kanadada maktab o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish uchun federal
hukumatdagi masul vazirlik va tashkilotlar, shuningdek, moliyaviy institutlar tomonidan
ko‘plab online plaformalar (web
-
saytlar) va mobil ilovalar yaratilgan bo‘lib barcha
foydalanuvchilar uchun juda qulay shaklda ishlab chiqilgan. Quyida mobil o‘yinlarni eng
ommoboq hisoblanadi;
1.
Moliyaviy fudbol (Financial Football
) (iOS, Android va Windows) - Visa kompaniyasi
tomidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun Shimoliy Amerika mamlakatlarida yoshlar tomonidan
ko‘p o‘ynaladigan o‘yin hisoblanadi. Mobil o‘yin ishtikchilarni yoshiga qarab 3 guruhdan birini
tanlashi mumkin. 1-guruh 11-14 yosh, 2-guruh, 14-18 yosh va 3-guruh 18 yoshdan kattalar
uchun mo‘ljallangan. Siz yoshingizni tashlaganingizdan so‘ng 5, 10, 20 yoki 30 daqiqa
belgilangan vaqtlardan biri tashlaysiz. Keyingi bosqichda siz o‘zingiz sevgan fudbol j
amoasini
va unga raqib jamoani tashlaysiz. Jamoalarni tanlaganingizdan so‘ng o‘yin boshlanadi. O‘yinda
savollar budjet tuzish, moliyaviy institutlar, jamg’arma va qarz guruhlari (bu yosh guruhi
bo‘yicha farq qilishi mumkin) bo‘yicha tuzulgan bo‘lib savolla
rni qiyinlik darajasiga qarab oson,
o‘rtacha va qiyin savollar guruhiga ajratilgan. Savollarga to‘g’ri javob bersangiz yashil rang,
noto‘g’ri javob bersangiz qizl rang bilan ko‘rsatiladi. Har bir to‘g’ri javob uchun siz tanlagan
jamoangiz maydonda siz tanl
agan taktika bo‘yicha yaxshiroq harakatlanadi va g’alaba qozonadi
va aksincha.
2-
rasm. Moliyaviy fudbol mobil o‘yini boshqichlari
Manba:
muallif tomonidan mobil ilova interfeysidan foydalanib ishlab chiqildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
720
Moliyaviy futbol o‘yini budjet tuzish,
qarzlarni boshqarish, moliyaviy qarorlar qabul
qilish, jamg’arma kabi mavzularni qabrab oladi. Bu o‘yinni bir yoki ikki kishi bo‘lib ham o‘ynash
mumkin.
2.
Cash Puzzler (Pul topishmoqlar o‘yini) –
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
mo‘ljallangan o‘yin bo‘lib, bolalarga mamlakat kupyura tanib olishga va ularning qiymatini
tushinishga yordam beradi. O‘yinda kupyuralar mazayka shaklida berilgan bo‘lib, bolalar ularni
yaxlid pul shakliga kelguncha yig’ishadi.
3.
Money Magic (Pul sehri)
–
interaktiv
moliyaviy savodxonlik o‘yini bo‘lib,
maktab
o‘quvchilariga pulni boshqarish, investitsiya kiritish, shaxshiy va oila budjetini tuzish kabi
moliyaviy masalalarni qiziqarli va amaliy tarzda o‘rgatishga mo‘ljallangan. O‘yindagi ko‘plab
masasalar real hayotdan
olingan bo‘lib, ishtirokchilarga o‘ziga xos qiyinchilik ham tug’dirishi
mumkin, lekin tog’ri qarorlarni qabul qilinishi qo‘shimcha imkoniyatlarni ham taqdim etadi. Bu
o‘quvchilarda hayotiy muhim moliyaviy qarorlarni qabul qilish ko‘nikmalarini
nshakllantirishga yordam beradi.
Shuningdek, STAX, Hit the Road: A Financial Adventure,
Payback,
Spent, GoHenry kabi
mobil o‘yinlar ham juda mashhur o‘yinlar hisoblanadi. Bularni orasida ba’zilar real hayotdagi
moliyaviy jarayonlarni simulyatsiya qilib ishtirkchilarni ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini
ham rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bu o‘yinlarni o‘quvchilar uyida ota
-onalari bilan birgalikda
ham o‘ynashi mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari,
saytida o‘quvchining
yoshi va qobiliyatiga qarab iOS va Android tizimida mavjud bo‘lgan ko‘plab mobil ilovalarni
taqdim etilgan.
Albatta, mobil o‘yinlar ko‘proq darslardan bo‘sh vaqtlari foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Mobil
ilovalardan tashqari, o‘qituvchilar dars jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan
ko‘plab o‘yinlar, o‘yinlarni qanday o‘ynash bo‘yicha yo‘riqnoma, video qo‘llanma va tayyor
tarqatma matriallarni o‘zida mujassamlashtirgan ko‘plab web
-saytlar ham mavjud. Bu web-
saytlarning asosiy mualliflari yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ta’limga masul federal
muassasalar va turli moliya institutlari hisoblanadi. Shunday web-saytlardan biri
sayt o‘qituvchilar uchun yuqori sifatli dars
rejalari, videolar, vebinarlar va dars jaroyoni uchun zarur bo‘lgan boshqa matriallarni taqdim
etuvchi platforma hisoblanadi. Bu web-saytning eng asosiy qulayligi va boshqa shu vazifani
bajaradigan saytla
rdan farqi barcha resurslar nafaqat o‘qituvchlar uchun balki o‘quvchilar va
ularning ota-
onalari foydalanishi uchun ham mo‘ljallangan. Web
-saytdagi mavzular barcha
ijtimoiy-
iqtisodiy masalalarni qamrab oladi va o‘quv va o‘yin matriallari nafaqat maktabdagi
barcha sinflar uchun balki kollejda tahsil olayotganlar uchun ham mo‘ljallangan.
3-
rasm. Maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan moliyaviy ta’lim sayti
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
721
Ushbu web-
saytdan Kanada maktab ta’limini 3 ta bosqichi: 1
-5, 6-8, 9-
12 va kollejda ta’lim
olayotgan o‘quvchilar uchun alohida tanlash mumkin. Shuningdek, resurslarni tanlanayotgan
resursni turiga qarab fan, mavzu va boshqa ko‘rsatgichlari bo‘yicha ham tanlash imkoniyati
mavjud. (2-rasmga qarang).
sayti ham maktab o‘quvchilarining ta’lim olishi uchun
mo‘ljallangan plotforma bo‘lib, unda nafaqat moliyaviy balki boshqa fanlardan ham bilim
darajasini yuksaltirishi mumkin.
4-
rasm. Maktab o‘quvchilarining qo‘shimcha ta’lim olishi uchun mo‘ljallangan sayt
Bunda o‘quvchi nechanchi sinfda o‘qiyotganligiga qarab qaysi fan zarur bo‘lsa, darslardan
bo‘sh vaqti yok ota
-
onasini ko‘magi bilan berilgan saytda berilgan vazifalarni mustaqil
o‘zlashtirishi mumkin.
Loyihamizni oldingi bobida ham aytganimizdek, Kanadadagi barcha federal hududlarda
ham moliyaviy ta’lim darslariga alohida dars soatlari ajratilmaydi. Bunday shtatlarda moliyaviy
savodxonlik ta’limi shtat ta’limiga ma’sul tashkilotlar va mahalliy moliya instit
utlar bilan
birgalikda turli xil kurslar, vebinarlar, treninglar, davra suhbatlari, video muloqotlar
ko‘rinishida o‘qitiladi. Ang asosiysi bunday tadbirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Shuningdek,
o‘quvchilar turli online kurslarni taklif etadigan ko‘plab s
aytlar vositasida moliyaviy bilimlarini
mustahkamlari mumkin.
Kanadada moliyaviy savodxonlik masalasiga judda jiddiy qaraladi. Buni ispoti sifatida
Kanadadagi ta’limga masul bo‘lgan barcha muussasalar va barcha moliyaviy institutlar web
-
saytlarida barcha
yoshdagilar uchun moliyaviy ta’lim kontentlarini mavjudliligini keltirishimiz
mumkin. Shuningdek, aholini moliyaviy savodxonlik darasi bilan shug’ullanuvchi alohida
davlat tashkilotini (Kanadaning moliyaviy iste’molchilar agentligi) boshqa davlatlar tajrib
asida
deyarli kuzatilmaydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
722
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston maktablarida moliyaviy savodxonlik taʼlimini berishda
ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va Oʻzbekiston uchun mos deb hisoblanganlarini
maktab
taʼlimiga joriy erish juda muhim. Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish
moliyaviy taʼlimni berishning samarali usullarini aniqlashga qaratilgan pedagogik tadqiqotlar
uchun sarflanadigan moliyaviy resurslarni va vaqtni tejashga imkon beradi. Allaqachon jahon
amaliyotida mavjud boʻlgan amaldagi taʼlim usullar va texnikalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimiga
joriy etish kelajak avlodni moliyaviy savodxonlik darajasini oshishiga, pirovardida moliyaviy
barqaror va farovon avlodni yetishtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot davomida quydagi takliflar ishlab chiqildi.
-
Maktablarda moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun maxsus kurslar va treninglar
tashkil etish zarur. Bu kurslar turli yoshdagi o‘quvchilar uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerak.
-
O‘quvchilarga moliyaviy bilimlarni o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalar va interaktiv
usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu raqamli moliya ko‘nikmalarini o‘rgatishni o‘z ichiga
oladi.
-
Moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha davlat va xususiy sektorlar hamkorligini
kucha
ytirish lozim. Moliyaviy institutlar va ta’lim muassasalari hamkorlikda turli tadbirlar va
musobaqalar tashkil etishi mumkin.
-
Maktab o‘quv dasturlariga moliyaviy savodxonlikni integratsiya qilish. Bu matematika
yoki ijtimoiy fanlar doirasida o‘qitilishi mumkin. Shuningdek, turli tadbirlar va “moliyaviy
savodxonlik kunlari” tashkil etilishi tavsiya etiladi.
-
Moliyaviy ta’lim resurslarini yaratish zarur. Bu kitoblar, darsliklar, onlayn kurslar va
turli o‘yinlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Mazkur tavsiyal
ar O‘zbekiston maktab ta’lim tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirishga
qaratilgan amaliy dasturlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg’or xorijiy
tajribalar asosida ishlab chiqilgan dasturlar va yondashuvlar yosh avlodning moliyaviy bilim va
ko‘nikmalarini oshirishda samarali bo‘ladi. Bu tavsiyalar asosida ta’lim tizimini isloh qilish,
o‘quv dasturlarini takomillashtirish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan chora
-
tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shadi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Annamaria Lusardi, Leora Klapper, (2014)
“Financial Literacy Around the World: Insights
from the S&P Global FinLit Survey”, S&P Rating Services Global FinLit Survey.
APEC (2019). Financial Education in Japan: Current State and Challenges. APEC Policy
Support Unit.
Atkinson, A., & Messy, F. A. (2012). Measuring Financial Literacy: Results of the OECD /
International Network on Financial Education (INFE) Pilot Study. OECD Working Papers on
Finance, Insurance and Private Pensions.
Lusardi, A., & Mitchell, O. S. (2014). The Economic Importance of Financial Literacy: Theory
and Evidence. Journal of Economic Literature.
Lusardi, A., Michaud, P. C., & Mitchell, O. S. (2017). Optimal Financial Knowledge and Wealth
Inequality. Journal of Political Economy.
Mandell, L. (2008). Financial Literacy of High School Students. In Handbook of Consumer
Finance Research. Springer.
OECD (2013). Financial Education in Schools. OECD Publishing.
OECD (2017). Financial Education in Schools. OECD Publishing.
OECD (2017). PISA 2015 Results (Vol
ume IV): Students’ Financial Literacy.
OECD Publishing.
OECD (2018) Financial Education in Schools. OECD Publishing.
OECD, “OECD/INFE 2023 international survey of adult financial literacy”, 2023
World Bank (2014). Enhancing Financial Capability and Inclusion in Uzbekistan. World
Bank Report.
