Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
119
KO‘P O‘LCHAMLI KAMBAG‘ALLIKNI ANIQLASH USULINI
O‘ZBEKISTON AMALIYOTIGA JORIY ETISHNING AHAMIYATI
PhD
Mirzamahmudova Madina
O‘zbekiston Milliy universiteti
ORCID: 0000-0001-5950-0083
mirzamakhmudovamadina@gmail.com
Sobitov Zohidxon
O‘zbekiston Milliy universiteti
ORCID: 0009-0005-0099-2470
Annotatsiya.
Maqolada ko‘p o‘lchamli kambag‘allik (MPI), uni aniqlash metodikasi, O‘zbekistonda
kambag‘allik darajasi mavjud holati tahlil etilgan. Kelgusida mamlakatda statistik ma’lumotlar, iqtisodiy
faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, MP
Ini joriy etish imkoniyatlari bo‘yicha
xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
ko‘p o‘lchamli kambag‘allik (MPI), ta’lim, salomatlik,
turmush darajasi, OPHI, ishsizlik,
ijtimoiy yordam.
ВАЖНОСТЬ ВНЕДРЕНИЯ МЕТОДА ОПРЕДЕЛЕНИЯ МНОГОМЕРНОЙ БЕДНОСТИ В
ПРАКТИКУ УЗБЕКИСТАНА
PhD
Мирзамахмудова Мадина
Национальный университет Узбекистана
Собитов Зохидхон
Национальный университет Узбекистана
Аннотация.
В статье анализируется многомерная бедность (
MPI
), методика ее
определения, уровень бедности в Узбекистане, текущее состояние. В дальнейшем в стране
приводятся статистические данные, выводы о реформах, направленных на повышение
эффективности хозяйственной деятельности, о возможностях внедрения
MPI.
Ключевые слова:
многомерная бедность (MPI), образование, здоровье, уровень
жизни, OPHI, безработица, социальная помощь.
THE IMPORTANCE OF INTRODUCING THE METHOD OF DETERMINING
MULTIDIMENSIONAL POVERTY INTO THE PRACTICE OF UZBEKISTAN
PhD
Mirzamahmudova Madina
National University of Uzbekistan
Sabitov Zohidkhon
Национальный университет Узбекистана
Abstract.
The article analyzes multidimensional poverty (MPI), the methodology of its definition,
the level of poverty in Uzbekistan, and the current state. In the future, the country provides statistical data,
conclusions on reforms aimed at improving the efficiency of economic activity, and the possibilities of
implementing MPI.
Keywords:
multidimensional poverty (MPI), education, health, standard of living, OPHI,
unemployment, social assistance.
UO‘K:
364.67-058.34(575.1)
V SON - MAY, 2025
119-128
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
120
Kirish.
An’anaviy yondashuvlarda kambag‘allik asosan daromad yoki iste’mol darajasiga
asoslangan holda o‘lchanadi. Biroq kambag‘allik faqat iqtisodiy yetishmovchilik bilan
cheklanmay, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turar joy, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari
kabi turli o‘lchovlarni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘p o‘lchamli yondashuv ushbu murakkablikni
hisobga olishga
imkon beradi. Ko‘p o‘lchamli kambag‘allikni aniqlash yordamida aholining
qaysi qatlami qaysi sohada yordamga muhtoj ekanligini aniqroq belgilash mumkin. Bu esa
davlat va nodavlat tashkilotlarga mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqishga va resurslarni
to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.
Ko‘p o‘lchamli kambag‘allik indeksi (MPI) Jahon banki, BMT va boshqa xalqaro
tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan global yondashuvlardan biridir. Ushbu modelni
O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish milliy
rivojlanish strategiyasini xalqaro standartlarga
yaqinlashtiradi va global reytinglarda mamlakat pozitsiyasini yaxshilaydi. BMTning Barqaror
rivojlanish maqsadlarida (BRM) kambag‘allikni kamaytirish asosiy maqsad sifatida
belgilangan. Ko‘p o‘lchamli kambag‘allikni amaliyotga joriy qilish BRM doirasidagi
“Kambag‘allikni barcha shakllarda yo‘q qilish” maqsadiga erishish yo‘lidagi muhim qadamdir.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda kambag‘allikni qisqartirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘p o‘lchamli kambag‘allikni joriy qilish orqali mahalliy sharoitlarga mos indikatorlarni
belgilash va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni samarali bajarish
mumkin. Ko‘p o‘lchamli kambag‘allikni tahlil qilish va kamaytirish kambag‘allikni
chuqurlashtiruvchi ijtimoiy tengsizliklarni aniqlash va ularni yo‘q qilishda muhim o‘rin tutadi.
Bu, o‘z navbatida, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni ta’mi
nlashga yordam beradi.
Kambag‘allik global mavzu bo‘lganligi va u davlatlarning rivojlanganlik darajasini belgilab
berganligi sababli, bu muammoni hal qilish borasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
2024-yil 11-
sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi s
ifat bosqichiga olib
chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektorda “Bundan buyon kambag‘allikni
qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi. Hukumatdan tortib, tuman tashkilotigacha
barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish bo‘lishi
kerak. Bu borada nazorat ham, so‘rov ham qattiq bo‘ladi”(Mirziyoyev, 2024), –
deb ta’kidlab
o‘tdi.
Adabiyotlar sharhi.
Mavzu xalqaro darajada keng tadqiq etilgan bo‘lsa
-
da, O‘zbekiston sharoitida uning
o‘rganganlik darajasi hali yetarli emas. Shu sababli, bu sohada chuqur tahliliy ishlar olib borish
va xalqaro tajribani milliy sharoitlarga moslashtirish ilmiy va amaliy jih
atdan muhimdir. Ko‘p
o‘lchamli kambag‘allik Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Oksford Kambag‘allik
va Inson Taraqqiyoti Tashabbusi (OPHI) tomonidan chuqur o‘rganilgan. MPI kambag‘allikni
ta’lim, sog‘liqni saqlash va yashash darajasi kabi ko‘rsa
tkichlar orqali baholashni nazarda
tutadi. Bu yondashuv ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda muvaffaqiyatli amalda
qo‘llanilmoqda.
Ko‘p o‘lchamli kambag‘allikni amaliyotga joriy etishning ahamiyati to‘g‘risida dunyoning
ko‘p olimlari jumladan, Amartya, Mahbub, Alkire, Foster, Nussbaum, Atkinson, Manuel, Paola,
Suman ko‘p o‘lchovli farovonlik va kambag‘allik choralarining siyosatga yo‘
naltirilgan
qo‘llanilishiga alohida e’tibor bergan.
Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik masalasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha yaqin xorijdagi
olimlar orasida MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) davlatlari va Markaziy Osiyo
(Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya kabi) olimlari
alohida
e’tiborga loyiq.
Satubaldina
(Nazarboev Universiteti) Qozog‘istonda ko‘p o‘lchovli
kambag‘allikni ta’lim, sog‘liq va yashash sharoitlari asosida baholash metodikasini ishlab
chiqqan, Khamitova Raqamli kambag‘allik reyestrlari va ko‘p indikatorli m
onitoring tizimi
bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borgan,
Jeenbaeva
(Qirg‘iziston Milliy Universiteti) qishloq
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
121
hududlarida ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha Qirg‘iziston uchun milliy model
ishlab chiqqan, Toktogulov kambag‘allikni mahalliy darajada boshqarish orqali kamaytirish –
ijtimoiy byudjetlarni mahalliylashtirish usullari tahlil qilgan, Fayzulloyev, Barseghyan va
boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
OʼzbekistondaVaxabov kambag‘allik tushunchasi uning kelib chiqish sabablari tadqiq
etgan; Xasanov respublikada kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini amalga oshirish
metodologiyasini ishlab chiqqan; Аbulqosimov kambag‘allik, uning kamaytirish yo‘llariga
oid
tavsiyalar bergan; Baxtiyorovning ilmiy ishlarida kambag‘allarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
dasturlari yoritilgan; Gʼaniev aholi tarkibi orasidagi kambag‘allik jumladan, ayollar va erkaklar
kambag‘allik ko‘rsatkichlarini bartaraf etish, ularni ish bilan ta’minlashga qaratilgan dasturlani
qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan; Mirzamahmudova o‘zining ilmiy ishlarida
O‘zbekistonda kambag‘allikni aniqlash metodologiyasini rivojlantirish jumladan, ko‘p o‘lchamli
kambag‘allikni joriy etishning
afzalliklari ilmiy - amaliy jihatlari tadqiq etilgan.
O‘zbekistonda ko‘p o‘lchamli kambag‘allikni amaliyotga joriy etish ijtimoiy
-iqtisodiy
rivojlanishni yanada samarali rejalashtirish, aholi turmush darajasini oshirish va xalqaro
standartlarga mos rivojlanish strategiyalarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu
yondashuv mamlakatda kambag‘allikni chuqurroq tahlil qilish va samarali yechimlar topishda
yangi bosqichni boshlab beradi.
Tadqiqot metodologiyasi
Maqolada tizimli tahlil va yondashuv, mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, guruhlash va
umumlashtirish, statistik kuzatish, nisbiy miqdorlar tahlili, ekspert baholash, o‘zaro va qiyosiy
taqqoslash usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
MPI uchta asosiy o‘lchovga asoslanadi, ularning har biri o‘ziga xos ko‘rsatkichlarga ega.
Bu uchta o‘lchov asosida hisoblanadi:
1-jadval
Ko‘p o‘lchamli kambag‘allik (MPI)ning asosiy o‘lchov ko‘rsatkichlari
Yo‘nalish
Ko‘rsatkichlari
I. Ta’lim:
1.Ta’lim yillari: Agar uy xo‘jaligi a’zosi kamida bitta katta yoshli 5 yil yoki undan
ortiq maktab ta’limiga ega bo‘lishi
2.Bolalarning maktabga borishi: Agar maktab yoshidagi har qanday bola tegishli
yoshga qadar maktabga bormasligi uy xo‘jaligi ushbu ko‘rsatkichdan mahrum
hisoblanadi.
II.Salomatlik:
1.Oziqlanish: Agar uy xo‘jaligi a’zolaridan biri to‘yib ovqatlanmasa
2.Bolalar o‘limi: Agar oilada bolalar o‘limi kuzatilgan bo‘lsa, ushbu o‘lchovlardan
uy
xo‘jaligining mahrum deb hisoblanadi.
III.Turmush
darajasi:
1.Ovqat pishirish uchun yoqilg‘i: Agar uy xo‘jaligi qattiq yoqilg‘idan (o‘tin yoki
ko‘mir kabi) foydalansa
2.Sanitariya: Yaxshilangan sanitariya-texnik vositalardan (masalan, hojatxonalar)
foydalanish imkoniyati yo‘qligi
3.Ichimlik suvi: Agar uy xo‘jaligi toza ichimlik suviga ega bo‘lmasa
4.Elektr: Agar uy xo‘jaligi elektr energiyasidan mavjud bo‘lmasa
5.Zamin qoplamasi: Agar uy xo‘jaligida yaroqsiz yoki shunga o‘xshash past sifatli
taxta bo‘lsa
6.Aktivlar: Agar uy xo‘jaligida televizor, muzlatgich, telefon va boshqalar kabi
mulkka egalik bo‘lmasa, ular mahrum qilingan hisoblanadi.
2024 -
yilda O‘zbekistonda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan quyidagi
yo‘nalishlarda muhim islohotlar amalga oshirildi:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
122
1. Ish haqi va pensiyalar oshirildi. Minimal ish haqi va bazaviy hisoblash miqdori oshirildi,
bu esa byudjet tashkilotlari xodimlarining daromadlariga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Pensiyalar
va nafaqalar miqdori bosqichma-
bosqich ko‘paytirildi. Tibbiyot va ta’lim sohasidagi xodimlar
uchun alohida rag‘batlantiruvchi to‘lovlar joriy etildi. 2024
- yil 1-oktyabrdan boshlab oylik ish
haqlari 10 foizga, byudjet tashkilotlarida ishlovchi pedagog va shifokorlarniki esa 15 foizga
oshirildi.
2. Soliq yukini kamaytirildi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi
soddalashtirildi va ba'zi toifadagi ishchilar uchun kamaytirildi. Ijtimoiy to‘lovlarning tartibi
optimallashtirilib, kichik biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun imtiyozlar berildi.
3. Bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirildi. “Har bir oila –
tadbirkor” va “Yoshlar –
kelajagimiz” dasturlari doirasida kreditlar ajratildi, bu esa oilaviy va yoshlar bizneslarini
rivojlantirishga yordam berdi. Aholini kasb-
hunarga o‘qitish markazlari fao
liyati kengaytirildi.
Ayollar bandligini oshirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishga tushirildi.
4. Ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirildi. Ijtimoiy nafaqalar va yordam pullari
elektron tizim orqali aniqlashtirilib, eng muhtoj qatlamlarga manzilli yordam ko‘rsatildi.
“Ijtimoiy reyestr” orqali aholining daromad darajasi aniqlanib, manzilli yordam ko‘lamini
kengaytirish ishlari olib borildi.
5. Inflatsiyani jilovlash va narx-navo barqarorligini
ta’minlandi. Asosiy oziq
-ovqat
mahsulotlari importiga bojxona imtiyozlari joriy etilib, ichki bozor barqarorligi ta’minlandi.
Raqobatni oshirish orqali ayrim sohalarda narxlar barqarorlashtirildi, bu esa real daromadlar
pasayishining oldini oldi.
1-rasm. 2023-2024-yillarda aholi daromadlari tarkibi (foiz hisobida) (
O‘zbekistonda
2024-
yilda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga qisqardi.
, 2025)
Olib borilgan islohotlar natijasida aholi daromadlarini oshirishga erishildi.
Mamlakatimizda
tadbirkorlikni qo‘llab
-quvvatlash dasturlari va mikromoliya tashkilotlari
orqali 611,5ming fuqaroga 17 trln so‘m kreditlar ajratildi. Shuningdek aholining real
daromadlari 2024-
yilda 10,7 foizga ish haqi bo‘yicha daromadlar 12,9 foiz oshdi. Hududla
r
kesimida daromadning eng sezilarli o‘sish ko‘rsatkichlari Farg‘ona viloyatida 19,1 foizni,
Toshkent shahrida 17 foizni, Buxoro viloyatida 11,4 foizni tashkil kuzatildi. Rasmiy ish bilan
bandlar 5,1 mln kishiga (30 foiz)ga oshdi. 2024-yilda Toshkent shahr
i aholisining o‘rtacha
daromadi 3,6 mln so‘mni, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida 2,2 mln so‘mni tashkil etdi.
41.9
21.4
18.9
9.8
3.1
4.9
42.6
22.9
18.2
10.7
2
3.6
0
10
20
30
40
50
ish haqi
tadbirkorlikdan olingan daromadlar
pensiyalar, ijtimoiy yordam va
subsidiyalar
qishloq xo‘jaligi va tomorqalardan
olingan daromadlar
xorijdan pul o‘tkazmalari
boshqa daromadlar
2024
2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
123
2-jadval
2022-2024-
yillarda hududlar kesimida kambag‘allik darajasi (foiz hisobida)
(
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, 2024;
O‘zbekistonda 2024
-yilda
kambag‘allik darajasi 8,9 foizga qisqardi.
, 2025)
Hududlar
2022
2023
2024
O‘zbekiston Respublikasi
14,1
11,0
8,9
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
19,9
13,6
10,8
viloyatlar
Andijon
17,4
11,9
9,5
Buxoro
11,9
11,8
8,7
Jizzax
16,1
14,2
11,8
Qashqadaryo
12,7
11,5
9,6
Navoiy
9,2
7,6
5,7
Namangan
12,8
10,4
7,6
Samarqand
14,0
10,5
7,5
Surxondaryo
13,7
10,6
9,3
Sirdaryo
19,5
13,8
11,3
Toshkent
14,5
10,2
8
Farg‘ona
11,6
10,1
8,6
Xorazm
19,1
14,1
11,9
Toshkent sh.
8,5
7,9
7,3
“Mamlakatning barcha hududlarida ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. Kambag‘allikning eng
past ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida (5,7 foiz), eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm viloyatida (11,9
foiz) qayd etilgan. Shuningdek, Buxoro va Samarqand viloyatlarida sezilar
li o‘sish qayd etildi,
bu yerda kambag‘allik o‘rtacha 3,1 foiz punktga qisqarib, mos ravishda 8,7 va 7,5 foizni tashkil
etdi. Namangan viloyati va Qoraqalpog‘istonda kambag‘allik darajasi 2,8 foiz bandga —
7,6 foiz
va 10,8 foizgacha pasaydi. Kambag‘allik ko‘rsatkichining eng kam pasayishi Qashqadaryo
viloyatida
—
11,5 foizdan 9,6 foizgacha (1,9 f.p.), Navoiy viloyatida
—
7,6 foizdan 5,7 foizgacha
(1,9), Farg‘onada—
10,1 foizdan 8,6 foizgacha (1,5), Surxondaryo viloyatida
—
10,6 foizdan 9,3
foizgacha (1,3) va Toshkent shahrida
—
7,9 foizdan 7,3 foizgacha (0,6) qayd etildi”
(
O‘zbekistonda 2024
-
yilda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga qisqardi.
, 2025) (2-jadval).
3-jadval
MPIning H insidensiya va A intensivlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari
(CERR, 2023).
Kamba-
g‘allikni
kamaytirish (K)
Index
Qiymat
Ishonch oralig‘i
(95%)
Aholi
ulushi
Ko‘p o‘lchovli
kamba‘al soni
(ming kishi)
K=34%
MPI(MO)
0,080
0,080
0,080
100
4,157
Insidensiya (H,
foizda)
18,4
18,369
18,392
Intensivlik (A,
foizda)
43,7
43,702
43,712
O‘zbekistonda ko‘p o‘lchamli kambag‘allikni MPI joriy etish orqali kambag‘allikni
qisqartirish imkoniyatlarini statistik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqish kambag‘allikning turli
o‘lchovlari va omillari haqida aniq tasavvur yaratadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
124
2023-yilda OPHI, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi MPI holatini aniqlash
maqsadida tadqiqot olib borib hisobot tayyorladi. Unga ko‘ra 4516 uy xo‘jaliklari, yakuniy
analitik tahlillarda 4361 uy xo‘jaligi ishtirok etdi. Ma’lumotlar 14 viloyat uy xo‘jaliklari, ularning
48 foizi qishloq va 52 foizi shahar aholisini i (jinsiy tarkibi bo‘yicha 49 foiz erkaklar va 51 foizi
ayollar) tashkil etadi (CERR. OPHI.UNDP, 2023).
3-
jadval ma’lumotlari kambag‘allik darajasi (H) 18,4 foiz atrofida bo‘lib, ko‘p o‘lchovli
kambag‘al asosan 18 yoshdan yuqori (kattalar) aholi orasida (4.2 million kishi) ekanligini
ko‘rsatadi, chunki ular ko‘rsatkichlarining kamida 34 foizidan mahrumlikni
boshdan
kechirishadi. Shu bilan birga, o‘rtacha intensivlik (a) 43,7 foiz, ya’ni har biri ko‘p o‘lchovli
mahrum kattalar, o‘rtacha, mahrum og‘irlik ko‘rsatkichlarining 44 foiziga yaqin natija qayt etdi.
2-
rasm Kattalar orasida MPI ko‘rsatkichlari(foizda) (CERR, 2023).
18 yoshdan yuqori aholi qatlamini mahrumlik
ko‘rsatkichlari o‘rganib chiqilganida, eng
yuqori darajalari kambag‘allik va mahrumlik sanitariya (14,0 foiz) va bank hisobvarag‘i (13,9
foiz) mavjud emasligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, ta’lim darajasi (13,2 foiz) va isitish yoqilg‘isi
(13,0 foiz) sezil
arli darajada mahrumlik darajasiga ega. Mahrumlikning eng past ko‘rsatkichlari
arzon tibbiyot (4,2 foiz), aloqa va texnologiyalar (3,0 foiz), va ishsizlik (2,5 foiz) hissasiga to‘g‘ri
keladi. (2-rasm)
3-
rasm ma’lumotlariga ko‘ra ta’lim ko‘rsatilgan erishish, oziq
-ovqat xavfsizligi va
norasmiy ish bilan ta’minlash O‘zbekiston mintaqalarining muhim muammolari hisoblanadi.
Mamlakatning har bir viloyati bo‘yicha quyidagi MPI mahrumlik ko‘rsatkichlari aniqla
ndi:
Andijon viloyati: ta’lim darajasi (17,8 foiz), norasmiy bandlik (16,6 foiz), sanitariya (13,1 foiz).
Buxoro viloyati: oziq-
ovqat xavfsizligi (16.4 foiz), ta’lim darajasi (14 foiz), norasmiy bandlik
(13,8 foiz). Farg‘ona viloyati: oziq
-ovqat xavfsizligi (13,8 foiz), norasmiy bandlik (12,5 foiz),
ta’lim darajasi (11,5 foiz). Jizzax viloyati: ta’lim darajasi (14,1 foiz), ishsizlik (11,4), sanitariya
(10.9). Qoraqalpog‘iston Respublikasi: oziq
-ovqat xavfsizligi (15,6 foiz), ishsizlik (14,9),
sanitariya (11
,2 foiz). Qashqadaryo viloyati: ta’lim darajasi (14,2 foiz), oziq
-ovqat xavfsizlik
(11,3 foiz), norasmiy bandlik (11,1 foiz). Xorazm viloyati: oziq-ovqat xavfsizligi (18,4 foiz),
ta’lim darajasi (17,3 foiz), ishsizlik (9,5 foiz). Namangan viloyati: ta’lim
darajasi (13,6 foiz),
sanitariya (11,2 foiz), norasmiy bandlik (11 foiz). Navoiy viloyati: norasmiy bandlik (14,3 foiz),
oziq-ovqat xavfsizligi (11,93 foiz), Sanitariya (11,88 foiz).
Samarqand viloyati: ta’lim darajasi
(16,17 foiz), norasmiy bandlik (13,6 foiz), isitish yoqilg‘isi (12,1 foiz).
Surxondaryo viloyati:
0
2
4
6
8
10
12
14
16
isitish yoqilg‘isi
sanitariya
bank hisobraqami
ta’lim darajasi
ichimlik suvi
aktivlarga egalik
oziq-ovqat xavsizligi
norasmiy bandlik
zichlik
uy-joy
tibbiyot arzonligi
aloqa va texnologiya
ishsizlik
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
125
ta’lim darajasi (16,22 foiz), norasmiy bandlik (15,9 foiz), isitish yoqilg‘isi (12,9 foiz).
Sirdaryo
mintaqa: ta’lim darajasi (16,5 foiz), oziq
-ovqat xavfsizligi (15,5 foiz), norasmiy bandlik (15,4
foiz). Toshkent viloyati: oziq-
ovqat xavfsizlik (15,3 foiz), ta’lim darajasi (11,7 foiz), sanitariya
(11,6 foiz). Toshkent shahri: oziq-ovqat xavfsizligi (16,9 foiz), arzonligi tibbiyot (14,7 foiz),
ishsizlik (13,3 foiz).
3-rasm.
Mintaqalar bo‘yicha MPIning har bir ko‘rsatkichlar hissasi (foizda)
(CERR, 2023).
O‘zbekistonda daromad asosida kambag‘allikni o‘lchanishiga ko‘ra, 2024
-yilda
kambag‘allar soni
jami aholining taxminan 8,9 foiz
ni tashkil etgan. Bu kambag‘allik darajasining
past bo‘lganini ko‘rsatadi, ammo daromadga asoslangan yondashuv kambag‘allikni to‘liq
ifodalay olmaydi, chunki u faqat moddiy tarafni o‘z ichiga oladi.
“2025
-
yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi 5 mln
796 ming so‘mni tashkil etdi. Toshkent shahri (9,9 mln so‘m) va Navoiy viloyatida (7,3 mln
so‘m) eng ko‘p, Qashqadaryo (4,1 mln so‘m) va Farg‘onada (4 mln 203 ming so‘m) esa kamroq
maosh
to‘langan.
O‘qituvchilar
va
shifokorlarning
oyligi
eng
kamligicha
qolyapti”(O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?
, 2025). Yuqoridagi holat kam
daromadli oilalar uchun jiddiy iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi.
MPI yordamida faqat daromadga emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy
-joy sharoitlari va
boshqa omillarga asoslangan yanada to‘liqroq tasvir olish mumkin.
Kambag‘allikning boshqa o‘lchovlari
O‘zbekiston kontekstida daromadga qo‘shimcha
ravishda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
Ta’lim: ta’lim tizimi orqali kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlari katta.
O‘zbekistonda ta’limga kirish darajasi
barcha yosh guruhlari uchun muhim omildir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 1 foizdan
kamrog‘i maktabga qatnashmaydi. MPI yondashuvi yordamida ta’lim imkoniyatlarining
notengligi va uning kambag‘allikka ta’siri aniqroq o‘lchanadi.
-
Sog‘liqni saqlash: O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimiga kirish imkoniyatlari,
ayniqsa, qishloq joylarida cheklangan. 2023-
yilgi ma'lumotlarga ko‘ra, qishloq joylarida tibbiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
126
xizmatlarga kirish darajasi shahar hududlaridan sezilarli darajada past
. MPI orqali sog‘liqni
saqlashning samaradorligi va uning kambag‘allikka ta’siri yaxshiroq o‘lchanadi.
- Yashash sharoitlari: uy-
joy muammolari ham kambag‘allikning asosiy omillardan biridir.
O‘zbekistonning qishloq hududlarida 40 foizdan ortiq aholining yashash sharoitlari to‘liq
infratuzilmasiz va yaxshilanishga muhtoj. MPI yondashuvi yordamida bu omilni hisobga olish
orqali qishloq hududlaridagi kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan aniq chora
-tadbirlar
ishlab chiqilishi mumkin.
MPI yondashuvini qo‘llash orqali O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish uchun bir
qator iqtisodiy imkoniyatlar mavjud. Statistik ma’lumotlar, iqtisodiy faoliyatning ba’zi
jihatlarini yaxshilash zarurligini ko‘rsatmoqda:
1.
Ishsizlik darajasi: 2024 -
yilgi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi
umimiy aholiga nisbatan 6,5 foizni tashkil etadi. MPI yondashuvi yordamida ish o‘rinlarining
yaratilishi faqat shaharlar bilan cheklanmay, balki qishloq joylarida ham rivojlantirilishi
mumkin.
2. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish
:
Kichik va o‘rta biznes sektori O‘zbekistonda
kambag‘allikni qisqartirishning muhim yo‘llaridan biridir. “2025
-
yilda kichik va oʻrta
biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga yetkazish”(Davlat kichik va oʻrta
biznesning yangi loyihalarini qoʻl
lab-quvvatlaydi, 2025) sohaning vazifasi qilib belgilangan. Bu
sektorga qo‘shimcha investitsiyalar va qo‘llab
-
quvvatlash yordamida kambag‘allikni
qisqartirish mumkin.
3. Ijtimoiy
yordam va ijtimoiy himoya dasturlari
ham kambag‘allikni kamaytirish uchun
samarali vosita hisoblanadi. 2024-
yilda O‘zbekistonda davlat ijtimoiy himoya dasturlari orqali
jami 3 milliondan ortiq fuqaroning nafaqa va ijtimoiy yordam olishi ta'minlangan. Bu ijtimoiy
dasturlar MPI yordamida yanada samarali va adolatli tarzda taqsimlanishi mumkin. MPI orqali
mahalliy darajada kambag‘allikka qarshi kurashishda jamoatlarni faol jalb qilish mumkin, bu
esa ijtimoiy yordamning samaradorligini oshiradi.
4. Gender tengligi va ayollarga yordam.
O‘zbekistonda ayollar kambag‘allikka ko‘proq
duchor bo‘lishadi. 2023
-
yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, “ishlaydigan ayollar maoshi erkaklar ish
haqining 61 foizini tashkil etadi” (O‘zbekistonda ishlaydigan ayollar maoshi erkaklar ish
haqining 61 foizini tashkil etadi, 2025). MPIni joriy etish, ayollarni iqtisodiy jarayonlarga
faolroq jalb qilish, ularning ta’lim va sog‘liqni saqlash imkoniyatlarini yaxshilash orqali
kambag‘allikni kamaytirishga yordam beradi.
4-
rasm. MPI ko‘rsatkichlarining jinsiy tarkibi (foizda) (CERR, 2023).
0
5
10
15
20
Bank hisobi
Ta’lim darajasi
Ishsizlik
Mol-mulk
Sanitariya
Uy joy bilan ta'minlanganligi
Arzon tibbiyot
Ayollar
Erkaklar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
127
4-
rasmda kambag‘allik darajasini baholaydi har bir MPI ko‘rsatkichining jinslar bo‘yicha
umumiy hissasi berilgan. Eng yirik MPI ko‘rsatkichlari erkaklar orasida norasmiy bandlik (15,9
foiz), ta’lim darajasi (13,1 foiz) va oziq
-ovqat xavfsizlik (10.93 foiz); holbuki, ayollar orasida
ko‘rsatkichlar yuqori ta’lim darajasi (14,7 foiz), oziq
-ovqat xavfsizligi (12,9 foiz) va sanitariya
(10,1 foiz).
O‘zbekistonda kambag‘allik hududiy jihatdan juda farq qiladi.
Qishloq hududlarida
kambag‘allik darajasi shaharlarga qaraganda yuqoriroq
, bu hududlarda
kamida 30-40 foiz
aholining kambag‘allik darajasi yuqori. MPIni joriy etish orqali bu hududlardagi ta’lim, sog‘liqni
saqlash, infratuzilma va iqtisodiy imkoniyatlarni yaxshilash mumkin.
5-
rasm. Shahar va qishloqlarda MPI ko‘rsatkichlari (CERR, 2023).
O‘zbekistonda MPIni joriy etishning muhim imkoniyatlari:
Birinchidan statistik monitoring
hisoblanadi. MPI yordamida kambag‘allikning har bir
o‘lchovini real vaqt rejimida kuzatib borish mumkin. Bu esa davlat va jamoat dasturlarining
samaradorligini oshiradi.
Ikkinchidan maqsadli dasturlar ishlab chiqish lozim. MPI yondashuvi turli guruhlarni,
masalan, ayollar, yoshlar, qishloq aholisi va nogironlar kabi guruhlarga moslashtirilgan
maqsadli yordam dasturlarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Uchinchidan samarali resurs taqsimotini amalga oshirish kerak. MPI yordamida resurslar
va yordamlar faqat daromadga emas, balki ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga asoslanib aniq va
adolatli taqsimlanadi.
Xulosa va takliflar.
“O‘zbekiston hozirgi kunda tez fursatda rivojlanib borayotganligi davlat bo‘lganligi
sababli, kambag‘allik nafaqat iqtisodiy, balki jamiyatning barqarorligi va taraqqiyoti uchun
jiddiy to‘siqdir. Uni bartaraf etish faqat moddiy yordam bilan cheklanmasligi
kerak, shu sababli
faqatgina monetar siyosat bilan bu muammoni hal qilish to‘g‘ri yo‘l bo‘lmasligi mumkin.
Kambag‘allikni aniqlash va kamaytirish har bir insonning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga
imkon berib, yanada kuchli va farovon jamiyatni barpo et
ishga xizmat qiladi. Ko‘p o‘lchamli
kambag‘allik usulining afzalliklari yurtimizning hozirgi holatiga juda ham mos, chunki u
kambag‘allikni kompleks yondashuv bilan tahlil qiladi. Ushbu usul natijalari asosida davlat
0
2
4
6
8
10
12
14
16
Bank hisobi
Aloqa va texnologiya
Ta'lim darajasi
Norasmiy ishsizlik
Ishsizlik
Oziq-ovqat
Mol-mulk
Toza suv ichimligi
Sanitariya
Isitish
Uy joy bilan ta'minlanganligi
Zichlik
Arzon tibbiyot
Qishloq
Shahar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may
www.sci-p.uz
128
resurslarini samarali taqsimlash va ijtimoiy siyosatni optimallashtirish imkoniyati yaratiladi.
Bu naqafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy rivojlanish uchun ham mustahkam asos bo‘ladi. Shu
sababli barcha usullarni o‘rgangan holda, ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni
aniqlash usuli eng
muqobil hisoblanadi”(
Sobitov, 2024).
Adabiyotlar/Литература/References:
CERR. (2023) OPHI.UNDP. Uzbekistan pilot multidimensional poverty index. Poverty and
deprivation analysis using the Multidimensional Poverty Index (MPI). P.17. Uzbekistan Pilot
Multidimensional Poverty Index Report 2023 | United Nations Development Programme
gazeta.uz (2024) O‘zbekistonda 2024
-
yilda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga qisqardi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/03/poverty/
kunu.uz (2023).
O‘zbekistonda ishlaydigan ayollar maoshi erkaklar ish haqining 61 foizini
Jahon banki. https://kun.uz/news/2023/03/13/ozbekistonda-ishlaydigan-
ayollar-maoshi-erkaklar-ish-haqining-61-foizini-tashkil-etadi-jahon-
banki?ysclid=ma8eamnw4o227546017
kunu.uz (2025). Ўзбекистонликларнинг ўртача маоши қанча? [online] Kun.uz. Available
at: https://kun.uz/kr/95897692
Norma.uz (2025). Informatsionno-
pravovoy portal. Davlat kichik va oʻrta biznesning yangi
loyihalarini
qoʻllab
-quvvatlaydi.
[online]
Available
at:
president.uz (n.d.) Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi.
https://president.uz/oz/lists/view/7537
Sobitov Z.S. (2024) O‘zbekistonda kambag‘allikni aniqlash usuli, muammolari va
afzalliklari.// “yangi O‘zbekiston ijtimoiy
-
iqtisodiy rivojlanishining aosiy yo‘nalishlari: muammo
va
yechimlari”
xalqaro
konferensiya
materiallar
to‘plami..
Jizzax.
b.272
-274.
https://zenodo.org/records/14546188
Statistik to‘plam. (2024) O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. O‘zbekiston ijtimoiy
rivojlanish va turmush darajasi.
–
Toshkent. B.80.
