www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
85
MOLIYAVIY NAZORATNING NAZARIY ASOSLARI
Temirov Muxammadali Xamidovich
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
“Menejment va marketing” kafedrasi dotsenti, PhD.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada moliyaviy nazoratning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunining nazariy
jihatlari, uning jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarini tartibga solishdagi roli yoritilgan.
Kalit so'zlar:
nazorat, moliyaviy nazorat, moliyaviy nazoratning nazariy asoslari
.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФИНАНСОВОГО КОНТРОЛЯ
Темиров Мухаммадали Хамидович
PhD
., доцент кафедры «Менеджмент и маркетинг»
Международный университет Кимё в г. Ташкенте
Аннотация
.
В данной статье рассмотрены теоретические аспекты социально
-
экономического содержания финансового контроля, его роль в регулировании финансово
-
экономических процессов общества.
Ключевые слова:
контроль, финансовый контроль, теоретические основы финансового
контроля.
THEORETICAL FOUNDATIONS OF FINANCIAL CONTROL
Temirov Mukhammadali Khamidovich
PhD., Associate professor, “Management and marketing”
Department Kimyo international university in Tashkent
Abstract.
This article describes the theoretical aspects of the socio-economic content of financial
control, its role in regulating the financial and economic processes of society.
Key words:
control, financial control, theoretical foundations of financial control.
Kirish.
Har qanday hokimiyat o'z oldiga davlatning o'z moliyaviy manfaatlarini va fuqarolarning
moliyaviy manfaatlarini ta'minlash huquqini qonuniy yo'llar bilan amalga oshirishni maqsad qilib
qo'yadi. Nazoratni tashkil etish davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning majburiy elementi
hisoblanadi, chunki bunday boshqaruv jamiyat oldidagi javobgarlikni keltirib chiqaradi
40
. Nazorat bu
oxirgi maqsad hisoblanmaydi, nazorat bu boshqarish tizimining ajralmas qismi bo‘lib, mamlakat
iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy shartidir (Xazratqulov va boshqalar,
2022).
Nazorat har qanday davlat boshqaruv tizimining muhim tarkibiy qismi bo'lib, jamiyatning
iqtisodiy va moliyaviy hayotining obyekti hisoblanadi. Nazorat siyosiy tizim tuzilmasi elementlaridan
biri bo‘lib, uning butun tizimi insoniyatning ta
rixiy taraqqiyoti, har bir ijtimoiy-iqtisodiy shakl,
shuningdek, jamiyat siyosiy tizimlarining bosqichma-bosqich takomillashuviga mos ravishda
rivojlanadi.
Ilmiy ma'noda moliyaviy nazorat - bu davlat va munitsipal mablag'larning sarflanishini, ulardan
foydalanishning maqsadga muvofiqligini va moliya sohasidagi amaldagi qonun hujjatlariga
40
1977 yil oktyabrda Oliy nazorat organlari xalqaro tashkilotining IX kongressida qabul qilingan nazoratning yetakchi tamoyillari
to‘g‘risidagi Lima deklaratsiyasi
I SON - MAY, 2023
www.e-itt.uz
85-90-sahifalar
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
86
muvofiqligini nazorat qilish bo'yicha faoliyatni o'rganish bilan bog'liq maxsus bilim sohasi xisoblanadi
(Soliyev, 2022).
“Moliyaviy nazorat” tushunchasi moliyaviy huquq fanining fundamental kategoriyalaridan biridir.
Moliyaviy nazorat murakkab hodisa bo'lib, bir vaqtning o'zida uning xo’jalik, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy,
siyosiy mohiyatini ko'rsatadi. Shu sababli moliyaviy nazorat kontseptsiyasini o'rganishda ayrim
qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, olimlar o'rtasida nazoratning mohiyatini aniqlash bo'yicha
konsensus mavjud emas. Mualliflar uni turlicha ta’riflaydilar:
vosita, omil, shakl, element, funksiya,
faoliyat, tizim, qayta aloqa, shart, tartibga soluvchi, kafil, hodisa, institut, usul, vakolat, atribut va hokazo”
(Tarasov
, 2002
). Yuqorida qayd etilganlarning barchasi nazorat tushunchasini, xususan, moliyaviy
nazoratni yanada ilmiy o'rganish zarurligini ko'rsatadi.
Adabiyotlar sharhi.
Mazkur soha bo’yicha mavjud adabiyotlarning sharhi zamonaviy fanda “moliyaviy nazorat”
tushunchasining turli xil talqinlari mavjud ekanligini ko’rsatadi. Ayrim muallifl
ar moliyaviy nazoratni
keng ma’noda “mamlakat va alohida hududlarni samarali ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida
davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlari mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan
foydalanish sohasidagi harakatlarnin
g qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini nazorat qilish” (Dodonov
va boshqalar, 1997) deb tushunadilar. Boshqalari esa torroq ma’noda, “moliyaviy nazorat
- bu maxsus
vakolatli organlar tomonidan moliya, pul, kredit, valyuta operatsiyalari ishtirokchilari tomonidan qonun
hujjatlari talablari, davlat va mulkdorlar tomonidan belgilangan me’yor va qoidalarga rioya etilishini
tekshirish” (Lushin va boshqalar, 2006) deb ta’kidlaydilar.
Moliyaviy nazorat nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishga ko'plab mahalliy va xorijiy
tadqiqotlar bag'ishlangan. Moliyaviy nazorat nazariyasini rivojlantirishda professor Grachevaning
(2000) yuridik fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi katta ahamiyatga
ega bo'ldi. Ushbu dissertatsiyada muallif moliyaviy nazoratning zamonaviy tushunchasiga asos soldi,
xususan, ushbu tushunchaning ta'rifini taklif qildi, moliya huquqi sohasi doirasidagi moliyaviy nazorat
tizimini, tamoyillarini va o'rnini asosladi, boshqaruv funktsiyasi sifatida davlat moliyaviy nazorati
xususiyatlarini yoritdi.
Gracheva va boshqalar (2003) moliyaviy nazoratni davlat, munitsipal, jamoat organlari va
tashkilotlari, qonun bilan tartibga solinadigan boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy
rejalashtirishning o'z vaqtida va to'g'riligini, tegishli mablag'lar fondlariga tushumlarning asosliligi va
to'liqligini, to'g'riligini va ulardan foydalanish samaradorligi tekshirish bo'yicha faoliyati deb ta'riflaydi.
Brovkina (2007) o'z ishida “moliyaviy nazorat –
bu boshqaruv funktsiyasi bo'lib, u boshqariluvchi
sub'ekt tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning boshqaruvchi sub'ektning moliyaviy
manfaatlariga muvofiqligini baholash bo'yicha nazorat qiluvchi sub'ektlarning faoliyatidir” deya
ta’kidlaydi. Voronin (2005) ham moliyaviy n
azoratni faqat qonuniylikni belgilash jarayoni sifatida emas,
balki boshqaruv obyektining samaradorligi va natijadorligini baholash jarayoni sifatida ham koʻradi.
Shuningdek, mamlakatimiz olimlaridan Vahobov va Malikovlarning (2008) fikricha, barcha
iqtiso
diy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik
va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar
tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunshilikka rioya
etilishi, moliyaviyxo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan
xarajatlarning maqsadga
muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ishiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan
aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish
bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga ega.
Moliyaviy nazorat
–
bu davlat va munitsipal pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash va
ulardan foydalanishda qonunchilik, moliyaviy intizom va maqsadga muvofiqlik buzilishini aniqlash
bo'yicha moliya institutlari faoliyati bilan bog'liq davlat nazoratining maxsus sohasidir (Voronova va
boshqalar, 2009).
Vasylyk (2000) moliyaviy nazorat - bu moliyaviy boshqaruv tizimining elementi, barcha xo'jalik
yurituvchi subyektlarning (davlat, hududlar, korxonalar va tashkilotlar) moliyaviy faoliyati, moliyaviy-
iqtisodiy qonun hujjatlariga rioya etilishi, xarajatlarning maqsadga muvofiqligi, moliyaviy
samaradorligini nazorat qilishning maxsus sohasi ekanligini qayd etdi.
Binobarin, moliyaviy nazoratning ushbu ta’riflarini ko‘rib chiqib, shunday xulosaga kelish
mumkinki, bunday nazorat davomida davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, davlat va
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
87
jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar tomonidan o‘z moliyaviy
faoliyatlarida huquqiy tartibga rioya etilishini kuzatib borish; ikkinchidan, amalga oshirilayotgan
moliyaviy harakatlarning iqtisodiy asoslanganligi va samaradorligini, bu harakatlarning davlat oldida
turgan vazifalarga muvofiq kelishini tekshirish amalga oshiriladi. Shunday qilib, moliyaviy nazorat
moliyaviy faoliyatni amalga oshirish paytida qonunchilikka rioya etish, xarakatlarni maqsadga
muvofiqligini ta’minlashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi (Xazratqulov va boshqalar, 2022).
Ximicheva (1997) -
“umuman olganda, moliyaviy nazorat umumiy hokimiyat nazorati tizimidagi
alohida tarmoq bo'lib, barcha moliyaviy-huquqiy institutlarga xosdir, deb aytishimiz mumkin. Moliyaviy
nazorat vazifalarini amalga oshirish natijasida moliyaviy intizomning mustahkamlanishi, qonuniylik
jihatlaridan birini ifodalashi muhim ahamiyatga ega” deydi.
Moliyaviy nazorat kontseptsiyasining ta'rifini faqat davlat mablag'lari harakatining to'g'riligini
tekshirish bo'yicha faoliyat bilan cheklab qo'ymaslik kerak, bu shuningdek, moliyaviy huquqiy
munosabatlar ishtirokchilari - odamlarning motivatsiyasiga bevosita ta'sir qiluvchi omil ekanligini qayd
etishimiz darkor.
Tadqiqot metodologiyasi
Maqolada moliyaviy nazoratning nazariy asoslari ko’rib chiqilgan bo’lib, tahlilning analiz, sintez
va ilmiy abstraksiya usullari qo’llanilgan holda ilmiy natijalar ishlab
chiqildi. Ishning uslubiy asosi
sifatida iqtisodiyot va moliya sohasida tadqiqot olib borgan olimlarning ishlaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi kunda olimlarni moliyaviy nazorat tamoyillari muammosi qiziqtirmoqda. Moliyaviy
nazorat tamoyillarining tushunchasi, mazmuni faoliyat turi sifatida ko'rib chiqiladigan ko'plab ilmiy
ishlar mavjud. Moliyaviy nazorat bir nechta tamoyillarga ega, ya'ni, uni amalga oshirishning
boshlang'ich pozitsiyalari. Moliyaviy nazoratning tamoyillariga quyidagilar, xususan, mustaqillik,
shaffoflik, malakalilik, oshkoralik, shunindek, qonuniylik va rejalashtirish kiradi.
Orlov (2015) moliyaviy nazorat quyidagi funktsiyalar orqali ifodalanishi mumkin bo'lgan
vazifalar to'plamiga ega ekanligini ta’kidlaydi:
1)
nazorat qiluvchi;
2) ogohlantiruvchi;
3) tartibga soluvchi;
4) baholovchi
–
analitik.
Nazorat funktsiyasi moliyaviy nazoratning asosiy vazifasidir. Bu vazifa korxona ichidagi
mablag'lar harakatining barcha yo'nalishlarini tekshirish jarayonida amalga oshiriladi. Tekshirish
barcha ishlab chiqarish, moliyaviy va biznes jarayonlarini kuzatish, moliyani taqsimlash nisbatlarini,
ularning hajmlarini, tushumlarning o'z vaqtida olinishini, xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va
samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Korxona rahbariyati uchun nazorat vazifasini bajarish -
muhim boshqaruv axborotidir. Moliyaviy nazorat jarayonida olingan ma'lumotlar korxonaning
moliyaviy xavfsizligini mustahkamlaydi, shuningdek, barcha moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni eng katta
foyda bilan amalga oshiradi.
Ogohlantiruvchi funksiya moliyaviy boshqaruv jarayonining barcha bosqichlarida kuzatiladigan
moliyaviy nazorat vazifasidir. Quyidagi bosqichlarda moliyaviy oqimlarni nazorat qilish kerak:
- mablag'lardan foydalanish muammosini belgilash;
- mablag'lardan foydalanish hajmlari va yo'nalishlari masalasini belgilash;
- moliyalashtirish bilan bog'liq rejalashtirilayotgan tadbirlarni belgilash;
- korxonaning strategik maqsadlariga erishish chora-tadbirlarini belgilash va boshqalar.
Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy nazoratning ogohlantiruvchi vazifasi shundan iboratki, u
yoki bu boshqaruv qarorini qabul qilish jarayonida moliyaviy huquqbuzarliklar to'xtatiladi, moliyaviy
zaxiralar aniqlanadi, foyda keltirmaydigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish xavfi
minimallashtiriladi.
Tartibga soluvchi funksiya moliyaviy nazoratning korxona maqsadlariga erishish uchun chora-
tadbirlarni amalga oshirish bosqichida namoyon bo'ladigan vazifasi sanaladi. Ushbu vazifani bajarish
uchun birlamchi hujjatlar tekshiriladi, tezkor hisob yuritiladi, audit va inventarizatsiya o'tkaziladi va
hokazo. Bularning barchasi mumkin bo'lgan yo'qotishlar hajmini kamaytirish, korxonaning umumiy
moliyaviy strategiyasiga o'z vaqtida tuzatishlar kiritish uchun zarurdir.
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
88
Moliyaviy nazoratning
baholovchi
–
analitik
funktsiyasi boshqaruvning har bir bosqichida
amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu vazifasi iqtisodiy tahlilning turli usullari yordamida amalga
oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida moliyaning nazorat funktsiyasi ushbu
faoliyatning ma'lum bir o'ziga xosligi tufayli ayniqsa dolzarb bo'lib qoldi va davlatdagi iqtisodiy
jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatishga imkon beradi. Sifatni kafolatlaydigan va davlat faoliyatining
samarali amalga oshirilishini ta'minlaydigan boshqaruv tizimining muhim qismi bu nazoratdir.
Nazoratning mohiyati boshqaruv obyektlariga maqsadli ta'sir ko'rsatishdan iborat bo'lib, u tizimli
nazoratni, ularni amalga oshirish jarayonida belgilangan normalar, qoidalar, talablar yoki vazifalardan
chetga chiqishlarni aniqlash uchun ularning faoliyatini nazorat qilishni ta'minlaydi (Gutsalenko va
boshqalar, 2017). Izmodenov (2006) -
“nazorat boshqaruvning bir qismi, moliyaviy nazorat esa
moliyaviy boshqaruv tizimining elementi (qismi) hisoblanadi” degan g’oyani ilgari suradi.
Nazorat davlat va jamoat bo'lishi mumkin va turli tuzilmalarda, shu jumladan nodavlat
tuzilmalarda ham qo'llanilishi mumkin. Odatda moliyaviy nazorat tizimi quyidagilarga bo'linadi:
–
davlat moliyaviy nazorati;
–
jamoatchilik nazorati va audit (mustaqil nazorat).
Nazorat qiluvchi va boshqariladigan tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlarning tabiatiga ko'ra,
nazorat tashqi va ichki bo'lishi mumkin. Boshqarish sub'ekti va ob'ekti bir tizimga taaluqli bo'lsa, ichki
nazorat, nazorat subyekti ob'ekt bilan bir tizimga kirmasa, tashqi nazorat deb ataladi.
Nazorat ham boshqaruv faoliyatining alohida turi sifatida qaraladi. Afanasievning fikriga ko’ra
“nazorat
- bu ob'ektning ishlash jarayonining qabul qilingan boshqaruv qarorlari: qonunlar, rejalar,
me'yorlar, standartlar, qoidalar, buyruqlar va boshqalarga muvofiqligini; sub'ektning ob'ektga ta'siri
natijalarini, boshqaruv qarorlari talablaridan, tashkil etish va tartibga solishning qabul qilingan
tamoyillaridan chetga chiqishlarni va nazorat qilish va tekshirish bilan bog’liq faoliyatdir. Og
'ishlar va
ularning sabablarini aniqlash orqali nazorat xodimlari og'ishlarni bartaraf etish, tizimning optimal
ishlashiga to'siqlarni olib tashlash uchun nazorat ob'ektini tashkil etishni to'g'rilash yo'llarini, obyektga
ta'sir qilish usullarini aniqlaydi
lar” (Shoxin, 1995). V.G.Afanasyev ta'rifida berilgan nazoratning
xarakteristikasi boshqaruvni alohida boshqaruv jarayonining bir qismi sifatida ifodalab bo'lmaydigan
doimiy ravishda bajariladigan faol harakatlar sifatida ifodalaydi.
Nazoratning ta'rifi va
uning mohiyatini ko'rib chiqib, moliyaviy nazoratga e’tibor qarataylik,
chunki moliyaviy nazorat davlatlar moliyaviy faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Davlat nazorati
tizimida davlat moliyaviy nazorati alohida o'rin tutadi. Umuman olganda, moliyaviy nazorat tarixan
davlat g'aznasi mablag'larining sarflanishi ustidan davlat nazorati sifatida vujudga kelgan. Bizning
fikrimizcha, moliyaviy nazoratning paydo bo'lishiga oid bunday qarash, tarixan, moliya davlatning
paydo bo'lishi, uni funktsiyalarini ta'minlash bilan bog'liqligi umume'tirof etilganligi natijasida paydo
bo'ldi.
Shu bilan birga, Rodionova va boshqalarning (1994) ta'kidlashicha, moliyaviy munosabatlarning
(davlat moliyasining) bir qismining davlat mavjudligi bilan shartliligi, uning faoliyatini moliyani
yaratuvchi sabab sifatida ko'rib chiqish uchun asos bo’la olmaydi. Moliyaviy munosabatlarning paydo
bo'lishi, shuningdek, ularning so'lib ketishi davlat faoliyati, uning irodasi natijasi emas. Moliya ob'ektiv
zarur, chunki u ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari bilan shartlangan. Garchi davlat o'z faoliyati orqali
moliyaviy munosabatlarning rivojlanishiga faol ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lsa-da, lekin ob'ektiv
shartlar mavjud bo'lmasa, u moliyaviy munosabatlarni yaratishga yoki ularni bekor qilishga qodir emas.
Bundan kelib chiqqan holda, moliyaviy nazorat tarixan nodavlat moliyaviy nazorat sifatida vujudga
kelgan va faqat davlat paydo bo'lishi bilangina yangi tur - davlat moliyaviy nazorati paydo bo'lganligini
ta'kidlash mumkin.
“Moliyaviy nazorat” “davlat moliyaviy nazorati” tushunchasiga nisbatan kengroq tushunchadir.
Shu bilan birga, davlat moliyaviy nazoratini moliyaviy nazoratning bir qismi sifatida qabul qilishimiz
mumkin, chunki u xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan o'z faoliyati doirasida mustaqil ravishda
amalga oshiriladigan moliyaviy nazoratni o'z ichiga olmaydi. Muallifning fikricha, “davlat moliyaviy
nazorati” tushunchasining hal qiluvchi omili aynan davlat va moliyaviy va moddiy resurslarning
harakatidir.
Burtsev (2002) davlat moliyaviy nazoratini keng ma'noda davlat moliyaviy oqimlarining to'liq va
ob'ektiv tasvirini shakllantirishdan iborat bo'lgan hodisa deb hisoblaydi. Davlat moliyaviy nazorati
moliyaviy oqimlardan “jamlangan ob'ekt sifatida ... ikkita asosiy jihatda”
foydalangan holda moliyaviy
tizimni dinamikada baholashga imkon beradi:
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
89
1) davlat ishtirokidagi iqtisodiy munosabatlar (operatsiyalar) subyektlari nuqtai nazaridan;
2) davlat ishtirokidagi iqtisodiy munosabatlar turlari nuqtai nazaridan”.
Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi ishlab chiqarishning barcha sohalarida moliyaviy
resurslarni boshqarish amaliyotining davlat moliyaviy siyosatining vazifalariga muvofiqligini
aniqlashdan iborat. Davlat moliyaviy nazoratining eng muhim vazifasi davlat organlari va jamiyatni
davlat mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha keng qamrovli va ishonchli axborot
bilan ta’minlashdan iborat (Rasulova, 2021). Davlat boshqaruvining, birinchi navbatda, iqtisodiy
jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning funksiyalaridan biri sifatidagi davlat nazoratining
roliga yetarlicha baho bermaslik ushbu nazorat harakatlarining samaradorligini sezilarli darajada
pasaytiradi.
Moliyaning nazorat funktsiyasi, avval aytib o'tilganidek, “ijtimoiy mahsulot qiymati
ni qayta
taqsimlash va uni taqsimlashda” namoyon bo'ladi. Shunday qilib, davlatning moliyaviy nazorat
funksiyasi barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan namoyon bo'ladi. Va bunda byudjet
mablag’lari hamda davlat mulkidan foydalanishning qonuniyligi va samaradorligini ta’minlash asosiy
vazifa sanaladi.
Muallifning fikricha, moliyaviy nazorat va davlat moliyaviy nazorati o'rtasidagi farq quyidagicha:
- moliyaviy nazorat turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'jalik yurituvchi sub
у
ektlar tomonidan
mustaq
il ravishda amalga oshiriladigan nazoratni o'z ichiga oladi, ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyati nuqtai nazaridan davlat moliyaviy nazorati faqat davlat mablag‘lari harakatining asosliligi
nuqtai nazaridan cheklanadi (soliqlar va davlat mablag'lari xarajatlari, agar mavjud bo'lsa korxona
orqali o'tsa);
- davlat moliyaviy nazorati orqali davlatning tashkiliy faoliyati davlat iqtisodiy siyosatining bir
qismi - moliyadan amaliy foydalangan holda amalga oshiriladi;
- davlat moliyaviy nazorati muayyan pul munosabatlarini davlat tomonidan ham bevosita, ham
bilvosita tartibga solishni o'z ichiga oladi.
Xulosa va tavsiyalar.
Shunday qilib, moliyaviy nazorat moliyaviy faoliyatni amalga oshirish paytida qonunchilikka rioya
etish, xarakatlarni maqsadga muvo
fiqligini ta’minlashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qilsa, davlat
moliyaviy nazorati esa davlatning jamiyatdagi moliyaviy munosabatlarni bevosita va bilvosita tartibga
solish bo`yicha faoliyatini o`z ichiga olgan tushuncha bo`lib, u moliyaviy huquqiy munosabatlar
sub'ektlari orqali amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, bozor munosabatlarining rivojlanishi moliyaviy nazorat nazariyasi va
amaliyoti oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan, moliyaviy nazorat institutini
shakllantirishning bir qator kontseptual asoslarini aniqlashtirish, uning organlari faoliyatining amaldagi
amaliyotini tushunish, nazorat harakatlarini amalga oshirishning yanada zamonaviy metodologiyasi va
uslublarini ishlab chiqish talab etiladi. Moliyaviy nazorat organlarining samarali faoliyat yuritishining
sharti sifatida ularning kadrlar salohiyatini shakllantirish masalasi alohida ahamiyatga ega. Ushbu
muammolarni ham ilmiy, ham amaliy jihatdan hal etish kompleks moliyaviy nazoratning yaxlit va
uyg'un tizimini shakllantirishning muhim shartidir.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Gutsalenko, L. Derii, V., & Kotsupatry, M. (2017) Derzhavnyi finansovyi kontrol [State financial
control] (Kyiv: Tsentr uchbovoi literatury), 424 p.
Rasulova Sh.X. (2021) Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning iqtisodiy ahamiyati va uni
toʻgʻri hisobga olish zaruriyatI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 1 (10), p.713-718.
Vahobov A.V., Malikov T.S. (2008) Moliya: umumnazariy masala
lar.O‘quv qo‘llanma.T.:“IQTISOD
-
MOLIYA”. 316 b.
Vasylyk, O. (2000) Teoriia finansiv [Theory of Finance] (Kyiv: NIOS), 416 p.
Voronova, L., Kucheriavenko, M., Prishva, N. at al. (2009) Finansove pravo Ukrainy [Financial Law
of Ukraine] (Kyiv: Pravova yednist), 395 p.
Xazratqulov Yo.R., Abdunaimova I.Z., Xazratova L.A., Qahramonov Q.Q., Burxonova M.T. (2022)
Byudjet mablag’laridan samarali foydalanishda moliyaviy nazoratni takomillashtirish. "Science and
Education" Scientific Journal. / Volume 3 Issue 11. 1171b.
Бровкина
Н
.
Д
. (2007)
Основы
финансового
контроля
.
М., 382
c.
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
90
Бурцев В.В. (2002) Организация системы государственного финансового контроля в
Российской Федерации: теория и практика. М.: Дашков и К°.
C.15
Воронин Ю
.
М
. (2005)
Государственный финансовый контроль
: вопросы теории и
практики.
М
.: Финансовый
контроль
,
432 с.
Грачева Е.Ю. (2000) Проблемы правового регулирования государственного финансового
контроля : дис.доктора юрид. наук. М. 377 с.
Грачева Е.Ю., Ивлиева М.Ф., Соколова Э.Д. (2003) Финансовое право в вопросах и ответах /
Под ред. Е.Ю. Грачевой. М. С. 41–
42.
Додонов В.Н., Крылова М.А., Шестаков А.В. (1997) Финансовое и банковское право: Словарь
-
справоч. / Под ред. д.ю.н. О.Н. Горбуновой. М. С. 240.
Измоденов А.К. (2006)
Государственный финансовый контроль. ИЗВЕСТИЯ УрГЭУ.
№ 4(16).
C.140
Исаев
Ф.
Совершенствование
налогообложения
имущества
//Экономика
и
инновационные технологии. –
2021.
–
№. 6. –
С. 326
-333.
Исаев, Ф. (2023). Солиқ текширувлари: аудит самарадорлиги таҳлили. Иқтисодиёт ва
инновацион технологиялар, 11(1), 394–
401. https://doi.org/10.55439/EIT/vol11_iss1/a42
Исаев, Ф. (2022). Йирик корхоналар мисолида с
o
лиқ йиғилувч
a
нлиги кўр
ca
ткичини таҳлил
қилиш методикасини такомиллаштириш. Iqtisodiyot Va taʼlim, 24(1), 317–
326. Retrieved from
https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/955
Исаев Ф. Аудит самарадорлигининг назарий
-
амалий талқини //Приоритетные
направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка. –
2023.
–
С.
359-361.
Жумаев, Н., Ризаев, Н., & Исаев, Ф. (2023). Ўзбекистонда бухгалтерия ҳисобини халқаро
стандартларга мувофиқлаштиришда туркий давлатлар тажрибаси. Iqtisodiyot Va taʼlim, 24(2),
58
–
67. Retrieved from https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/1014
Исаев, Ф. (2023). Солиқ юкини камайтиришда солиқ таҳлилининг таъсирига оид назарий
мулоҳазалар.
International Journal of Economics and Innovative Technologies, 11(2), 415
–
421.
https://doi.org/10.55439/EIT/vol11_iss2/i41
Лушин С.И., Слепов В.А. (2006) Государственные и муниципальные финансы: Учебник /М.
761 с..
Орлов П.Б. (2015) Основы финансовой политики. –
СПб: Питер. 228 с.
Родионова В.М., Вавилов Ю.Я., Гончаренко Л.И. (1994) Финансы / –
М.: Финансы и
статистика, С.19.
Ситник А.А. (2020) Правовое регулирование финансового контроля и надзора в сфере
денежного обращения в Российской Федерации. Автореферат диссертации на соискание ученой
степени доктора юридических наук, Москва. С.7
Солиев Д.Ж. (2022) Концепция финансового контроля в условиях модернизации
экономики и его роль.
Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06,
ISSN: 2660-5317.
С.54
Тарасов А.М. (2002) Государственный контроль: сущность, содержание, современное
состояние // Журнал рос.права. № 1. С.26.
Химичева Н.И.
(1997) Финансовое право: Учебник / М. С. 84.
Шохин, С.О. (1995) Бюджетно
-
финансовый контроль в России (теория и практика) / –
Москва : Прометей. 64 с.
