Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
43
GLOBALLASHUV JARAYONLARINING MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
Ismatullayev Temur Ravshan o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistri
“O’zavtosanoat” AJ Savdoni rivojlantirish va
marketing boshqarmasi Bosh mutaxassisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari va uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga
ta’siri, shuningdek
iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki va tashqi omillar
atroflicha o‘rganilgan.
Kalit
so‘zlar:
globalizatsiya, iqtisodiy xavfsizlik, milliy xavfsizlik, tashqi savdo, ichki va tashqi
omillar, eksport, import, davlat siyosati, halqaro hamkorlik.
ВЛИЯНИЕ ПРОЦЕССОВ ГЛОБАЛИЗАЦИИ НА ЭКОНОМИЧЕСКУЮ БЕЗОПАСНОСТЬ СТРАНЫ
Исматуллаев Темур Равшан угли
Магистрант Ташкентского государственного
экономического университета
Главный специалист Управления развития
продаж и маркетинга АО "Узавтосаноат"
Аннотация.
В данной статье подробно исследуются процессы глобализации и ее влияние
на экономическую безопасность страны, а также внутренние и внешние факторы, угрожающие
экономической безопасности.
Ключевые слова:
глобализация, экономическая безопасность, национальная безопасность,
внешняя торговля, внутренние и внешние факторы, экспорт, импорт, государственная
политика, международное сотрудничество.
THE EFFECT OF GLOBALIZATION PROCESSES ON THE ECONOMIC SECURITY OF THE COUNTRY
Ismatullaev Temur Ravshan ugli
Master of Tashkent State University of Economics
Chief specialist of Sales development and marketing
department of "Uzavtosanoat" JSC
Abstract.
In this article, the processes of globalization and its impact on the country's economic
security, as well as internal and external factors that threaten economic security, are thoroughly studied.
Key words:
globalization, economic security, national security, foreign trade, internal and external
factors, export, import, state policy, international cooperation.
Kirish
Bugungi kunda dunyo iqtisodiyotning globallashuvi va transport infratuzilmasining rivojlanishi
natijasida barcha davlatlar iqtisodiyotining o‘zaro bir
-
biriga bog‘liqlik darajasi kuchayib bormoqda, bu
esa mamlakatlarning iqtisodiy mustaqilligiga turli tahdidlarni tug‘dirishi m
umkin. Iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlash uchun uning holatini doimiy tahlil qilib borish, unga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash
va ularning ta’sirini kamaytirish chora
-tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Ayniqsa, rivojlangan va
rivojlanayotgan davl
atlar o‘rtasidagi iqtisodiy, texnologik va ilmiy sohalarda katta farqning paydo
bo‘lishi bu jarayonni yanada tezlashishishga sabab bo‘lmoqda.
II SON - IYUN, 2023
43-52
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
44
Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi salbiy omillarni kamaytirishning yagona yo‘li milliy ishlab
chiqarishni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdir. Milliy ishlab
chiqarishing rivojlanishi davlatlararo bo‘layotgan iqtisodiy cheklovlarni qo‘llashdan keladigan zararni
kamaytiradi hamda milliy boylikning ko‘payishiga xizmat qiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Marjinalistlar orasida neoklassik iqtisodiyot maktabi namoyondasi Pareto (1991)ning ilmiy
ishlari, ayniqsa, uning jamiy
at xavfsizligi teoriyasini iqtisodiy xavfsizlik bo‘yicha dastlabki asosiy ilmiy
ishlardan bo‘lgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar, jamiyat xavfsizligi uch omilga bog‘liqligi, ya’ni siyosiy
barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va davlatning mudofaa qobiliyati iqtisodiy
xavfsizlikni tashkil etishi,
ularning ham tashqi, ham ichki ta’sirlarga bog‘liqligini o‘rganish nazariyasi asoschilaridan biri aynan
V.Pareto ekanligini ta’kidlashadi.
Milliy xavfsizlikning (ham iqtisodiy, ham siyosiy) ko‘plab jihatlarini iqtisodchi olim
, siyosatchi,
ingliz davlat arbobi Keyns (1993) o‘z asarlarida ochib bergan. Xitoylik olimlardan biri Szyan Yun (2007)
iqtisodiy xavfsizlikka quyidagi ta’rifni bergan: “... iqtisodiy xavfsizlik deganda iqtisodiy mustaqillikni
saqlab, milliy iqtisodiy rivojlanish orqali butun aholi turmush darajasining bosqichma-
bosqich o‘sishini
ta’minlash qobiliyati tushuniladi”.
Amerikalik olim Nanto (2011) o‘zining asarida AQSh siyosatining milliy xavfsizlik va iqtisodiyot
uchun muammolari va oqibatlarini ko‘rib chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, iqtisodiyot turli yo‘llar bilan
milliy xavfsizlik masalalariga organik ravishda mos keladi.
Rossiyalik olimlardan V.K.Senchagov, L.I.Abalkin, A.I.Arxipov, T.D.Romashenko, T.E.Kochegina,
T.R.Orexova va boshqalar iqtisodiy xavfsizlik
bo‘yicha ilmiy ishlar qilishgan. MDH davlatlari olimlari
ichida V.K.Senchagov, L.I. Abalkin, A.I.Arxipov, A.E.Gorodeskiy, B.M.Mixaylov kabi olimlar iqtisodiy
xavfsizlikning nazariy jihatlarini birinchilardan bo‘lib tadqiq etishgan bo‘lsa, keyinchalik
S.M.Drobishevskiy (2006), Lapaeva (2017) kabi olimlar iqtisodiy xavfsizlikni baholashning statistik-
matematik usullarini, iqtisodiy xavfsizlikni baholashda indikatorlardan foydalangan holda tahlil olib
borishni tadqiq etishgan.
Ortiqovaning (2010) “Iqtisodiy xavfsizlik” o‘quv qo‘llanmasida mamlakat iqtisodiy xavfsizligi
masalalari, unga bo‘ladigan tahdidlar, uning ko‘rsatkichlari, mezonlari va quyi chegaraviy miqdorlari
to‘g‘risida tasavvurlar beriladi. Unda globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xa
vfsizligiga
ta’siri, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda regional
tashkilotlarning o‘rni va roli, terrorizm, xufiyona iqtisodiyot, korrupsiya va ularning iqtisodiy
xavfsizlikka ta’siri masalalariga alohida o‘
rin berilgan.
Isroilov va Karimov (2018) boshchiligidagi mualliflar jamoasi o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida
iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi, uning tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy xavfsizlikni baholash ko‘rsatkichlari,
iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi tahdidlar va ularni kamaytirish yo‘llarini tadqiq etishgan va nazariy
asoslashgan.
Tadqiqotchi Karimov va Xamidovalar (2020)ning iqtisodiy xavfsizlik masalalariga bog‘liq ilmiy
ishlarida moliyaviy xavfsizlik, mintaqaviy-hududiy iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy iqtisodiy
xavfsizlikni baholash mavzularini yoritgan.
Jabborov (2020) o‘z ilmiy izlanishlarida O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi risklarning matematik
-statistik tahlillarini, mamlakat
iqtisodiyoti
ning saonatlashuvi, uning darajasi, iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi indikatorlarni tahlil
qilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy maqolani yozish jarayonida ilmiy tadqiqotni amalga oshirishning tizimli tahlil, tarixiylik va
mantiqiylik, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, qiyosiy va selektiv tanlab tadqiq qilish, monografik
tahlil va guruhlash usullari qo‘llanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekistonlik olimlar, tadqiqotchilar tomonidan iqtisodiy xavfsizlik masalalari bo‘y
icha bir qator
ilmiy izlanishlar olib borilganligiga qaramasdan, globallashuv jarayonlarining mamlakat iqtisodiy
xavfsizligiga ta’siri kam o‘rganilgan. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi ba’zi davlatlarda “Milliy xavfsizlik”
tushunchasi tarkibiga kiradi. “Milliy iqtisodiy xavfsizlik” –
bu iqtisodiyotning va davlat boshqaruv
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
45
organlarining suverenitetni va milliy qiziqishlarni himoya qilishining kafolati bo‘lib, jamiyatni iqtisodiy
va ijtimoiy yo‘nalishlarda doimiy rivojlantirish, mudofaa qobiliyatini ta’minl
ashdir.
“Globallashuv” iborasi birinchi marta 1983
-yilda Levitt (2009)
tomonidan qo‘llangan. U
“ko‘pmillatli yirik korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozorlarining
qo‘shilib ketish hodisasini” globallashuv iborasi bilan ifodal
agan. Bugungi kunda globallashuv
–
baynalmilallashuvning eng yangi bosqichini o‘zida ifoda etib, dunyo xo‘jaligi yagona iqtisodiy
organizmga aylana boshladi. Mamlakatlararo tovar va xizmatlar, kapital va axborot oqimlarining,
xalqaro miqyosda mehnat resur
slari harakatchanligining keskin o‘sib borishi globallashuvning
xarakterli xususiyatlaridan biridir. Ko‘plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarishning milliy
bozorlarga emas, ko‘proq dunyo bozorlariga yo‘naltirilganligi dunyo iqtisodiyoti globallashuvin
ing
hozirgi bosqichini harakatlantiruvchi asosiy kuch bo‘lib hisoblanadi.
Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta’siri masalalarini o‘rganishda
“iqtisodiy globallashuv” muammosiga ko‘proq ahamiyat berish kerak bo‘ladi.
Transmil
liy korporasiyalarning o‘sib borishi, ya’ni ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi,
xalqaro miqyoslarda pul ko‘rinishidagi kapitalning turli shakllarda harakat qilishi “iqtisodiy
globallashuv” tushunchasiga sifat jihatdan yangi mazmun baxsh etdi.
1-jadval
Iqtisodiy globallashuvning xususiyatlari
19
№
Iqtisodiy globallashuvning
xususiyatlari
Natijasi
1.
Keyingi yillarda dunyoda sodir bo‘lgan
siyosiy o‘zgarishlar natijasida jahon
xo‘jaligining universallashuvi, bozor
iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan
iqtisodiy makonning kengayishi
Barcha mamlakatlarda milliy ishlab chiqaruvchilar
asosiy e’tiborni ichki bozorlarga emas xalqaro
bozorlarga qaratmoqdalar
2.
Kapital harakatining erkinlashuvi hamda
moliya tizimlari va valyuta nazoratini tartibga
solishning qiyinlashuvi
Natijada, xalqaro savdo hajmlari, mamlakatlar o‘rtasida
moliyaviy va sarmoya oqimlari bir necha barobar oshib
bormoqda
3.
Milliy xo‘jaliklarning iqtisodiy jihatdan
ochiqligining ortib borishi
Bunday holat
dunyoda iste’mol qilinayotgan tovar va
xizmatlarning o‘rta hisobda deyarli yarmi to‘la yoki
qisman ular iste’mol qilinayotgan mamlakatlardan
tashqarida ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi
4.
Ishsizlikka va mamlakatlarning ish bilan
bandlikning barqaror yuqori darajasini
ta’minlash qobiliyatiga ta’siri
Hozirgi kunda ilm talab qiladigan va yuqori
texnologiyali tarmoqlar yuqori malakali, lekin kam
miqdorda ishchi kuchi talab etadi. Keyingi yillarda
mehnat, material va energiya talab etadigan
tarmoqlarda band bo‘lgan past va o‘rtacha malakaga ega
bo‘lgan xodimlar soni qisqarib bormoqda. Ularning bir
qismi xizmat ko‘rsatish sektorlariga o‘tmoqda, lekin
katta qismi ishsizlar qatoridan joy olmoqda
5.
Iqtisodiy jarayonlarning global muammolar,
jumladan, resurslarning cheklanganligi,
demografik vaziyatning va oziq-ovqat
muammolarining keskinlashuvi
Rivojlangan mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar
orasidagi texnologik va intellektual salohiyatdagi
tafovutning chuqurlashuvi, daromadlar bo‘yicha
differensiatsiyaning
kuchayishi,
ekologik
muammolarning keskinlashuvi
Globallashuv tarafdorlari ushbu jarayonda ishtirok etadigan barcha mamlakatlar undan foyda
ko‘radi, degan fikrni bildiradilar. Lekin real hayotda global munosabatlarning
ustunliklaridan asosan
rivojlangan mamlakatlar manfaat ko‘rmoqdalar, degan fikrlar ham mavjud.
Globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligi
–
ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, hozircha
uning yagona talqini qabul qilinmagan. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va tashqi
19
Muallif tomonidan tuzilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
46
iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi kuchayib
bormoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash nafaqat mamlakat darajasida, balki
mintaqa darajasida ham eng muhim masalalardan biriga aylanib boradi.
Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir
vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xavf
-xatar va tahdidlarni ham vujudga
keltiradi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularni
bashorat qilish va bartaraf etish qiyinlashib boradi. Bir paytning o‘zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham
alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf-xatarlar vujudga keladi. Shuning
uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini keng xalqaro hamkorliksiz ta’minlash mumkin emas.
Chunki yuzaga kelayotgan muammolarni faqat milliy vosita va mexanizmlar yordamida hal etib
bo‘lmaydi. Shu bois “milliy iqtisodiy xavfsizlik” va “xalqaro iqtisodiy xavfsizlik” kabi tushunchalar
o‘rtasida aloqadorlik kuchayib bormoqda. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash milliy iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti sifatida qaraladi.
Aslida xavfsizlik tushu
nchasi ancha keng tushuncha bo‘lib, inson hayoti va faoliyatining ko‘plab
sohalarida xavfsizlikning turli ko‘rinishlarini tahlil qilish mumkin. Ba’zi olimlar o‘z ilmiy ishlarida
xavfsizlik ob’ekti sifatida butun bir tizimni emas, balki aynan bir yo‘nalishni chuqur o‘rganishgan va
tahlil qilishgan. Misol uchun, xalqaro xavfsizlik
20
, iqtisodiy xavfsizlik, innovatsion xavfsizlik, oziq-ovqat
xavfsizligi
21
, energetik xavfsizlik
22
, ijtimoiy xavfsizlik
23
kabi yo‘nalishlarda ko‘plab ilmiy ishlar qilingan.
Iqtisodiy xavfsizlik holatini malakali tahlil qilish uchun uning strukturasini yaxshi bilish lozim.
Iqtisodiy xavfsizlik ancha murakkab ichki tuzilishga ega. Iqtisodiy xavfsizlikning tarkibiy qismlari
quyidagilardir:
−
“Moliyaviy xavfsizlik” –
bu moliyaviy munosabatlarning barcha darajalarida moliyaviy
manfaatlarni himoya qilish, mamlakat moliyaviy tizimiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni
aniqlash, ularni bartaraf etish, davlat moliya tizimining sa
marali ishlashini ta’minlashdir;
−
“Ijtimoiy xavfsizlik” –
bu mavjud bo‘lgan konstitutsiyaviy tuzumni, jamiyatdagi ijtimoiy
barqarorlikni saqlab qolish, ularning zaiflashishining oldini olish, aholining ijtimoiy muammolarini
kamaytirishdir;
−
“Harbiy xavfsizlik” –
bu xalqaro va ichki sharoitlardan kelib chiqqan holda, shaxsga, jamiyatga,
davlatga bo‘ladigan tahdidlarni oldini olish, mamlakat suverenitetini, hududiy yaxlitligini va tinchligini
ta’minlashdir;
−
“Tabiiy resurslardan foydalanish xavfsizligi” –
bu ishlab chiqarishni resurslarning asosiy
turlari bilan ta’minlash, moddiy resurslardan samarali foydalanish, ulardan foydalangan holda
qo‘shimcha qiymat yaratish, strategik resurslar bo‘yicha davlat zaxiralarini yaratishdir;
−
“Axborot xavfsizligi” –
bu milliy a
xborot manbalari xavfsizligini ta’minlash, ishonchli axborotni
olish, foydalanish, saqlash va qayta ishlashning samarali mexanizmlarini tatbiq etish, axborot
xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnologiyalar, standartlar va boshqaruv amaliyotini
ishlab
chiqish va joriy etish;
−
“Oziq–ovqat xavfsizligi” –
bu butun mamlakat aholisi uchun faol va sog‘lom hayot uchun zarur
miqdordagi va sifatli oziq
–
ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishdir;
−
“Ilmiy–texnologik xavfsizlik” –
bu fanning fundamental va amaliy qismi natijalarini ishlab
chiqarishga joriy etish, ilmiy texnologik yangiliklarni o‘zlashtirib borish va samarali foydalanishdir;
−
“Siyosiy xavfsizlik” –
bu shaxsning, jamiyatning, davlatning huquqiy manfaatlariga ta’sir
etuvchi noqonuniy tashqi va ichki tajovuzlardan himoya qilish, jamiyat va davlatning barqaror
rivojlanishini ta’minlashga qaratilagan chora–
tadbirlar va amaliy faoliyat natijasidir;
−
“Ekologik xavfsizlik” –
bu atrof
–
muhitni muxofaza qilish, tabiiy va texnogen xalokatlarning
oldini olish, ularning zararli ta’sirini kamaytirishga qaratilgan va amalga oshiriladigan faoliyatdir;
−
“Demografik xavfsizlik” –
bu aholining tabiiy va mexanik harakatini, tug‘ilish, o‘lim, migratsiya
masalalari, aholining yosh qatlamlari tuzilishi va prognozi, iqtisodiy faol fuqarolarning yetarlilik
darajasini o‘rganish, tahlil qilish va xavfsizlik holatini aniqlab borishdir;
20
Walter A. Open economy politics and international security dynamics: Explaining international cooperation in financial crises
// European Journal of International Relations. 2016. Vol. 22. Is.2. P. 289-312.
21
Weiler A. M.Food sovereignty, food security and health equity: a meta-narrative mapping exercise / A. M. Weiler, C.
Hergesheimer, B. Brisbois, H. Wittman, A. Yassi, J. M. Spiegel // Health Policy And Planning. 2015. Vol. 30. Is. 8. P. 1078-1092.
22
Sovacool B. K.Differing cultures of energy security: An international comparison of public perceptions // Renewable &
Sustainable Energy Reviews. 2016. Vol. 55. P. 811-822
23
Zanini A. Social Security. A Political Paradigm for the Welfare State // Filosofia Politica. 2015. Vol. 29. Is. 3. P. 421-438.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
47
−
“Ishlab chiqarish xavfsizligi” –
bu ishlab chiqarish omillari holatini tahlil qilish, samarali ishlab
chiqarish jarayonlarini tas
hkil etish, raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir;
−
“Tashqi iqtisodiy xavfsizlik” –
bu tashqi iqtisodiy faoliyatning milliy iqtisodiy manfaatlarga
muvofiqligi, salbiy tashqi iqtisodiy omillarning zararini minimallashtirish, milliy iqtisodiy mahsulotlarni
jahon bozorida o‘z o‘rnini egallashini ta’minlashdir.
−
“Investitsion va innovatsion xavfsizlik” –
bu jozibador investitsion muhitni yaratish, me’yoriy
-
huquqiy bazani takomillashtirish hamda soliqqa tortish tizimining uzoq muddatli investitsion
rejalashtirishga muvofiqligini ta’minlash, ishlab chiqarishda innovatsion yangiliklarni joriy etishdir.
Iqtisodiy xavfsizlik holatini baholash uchun uni quyidagi rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar
bo
‘yicha tahlil qilish lozim.
1-rasm.
Iqtisodiy xavfsizlik holatini baholash yo‘nalishlari
24
Milliy iqtisodiy tizimning umumiy holati orqali iqtisodiy xavfsizlikni baholash
–
bu mamlakat
iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy tizimning tarmoqlari va ularning holatini tahlil qilish orqali
iqtisodiy xavfsizlikni baholashdir. Milliy iqtisodiy tizimning holatini ko‘rsatuvchi indikatorlar va ularga
ta’sir etuvchi omillar orqali iqtisodiy xavfsizlikni baholash –
iqtisodiy xavfsizlikni tahlil qilishda tahlil
ob’ekti bo‘lgan iqtisodiy
-
ijtimoiy indikatorlardan, xavfsizlikka u yoki bu darajada ta’sir etuvchi
omillardan, shuningdek mamlakat iqtisodiy tizimi ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda tahlil qilishdir.
Milliy iqtisodiy tizimning barqarorligini tahlil qilish
–
iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi
tahdidlarni aniqlash, ularning iqtisodiy tizimga yetkazgan zararlarini hisoblash, kutilayotgan zararlarini
prognoz qilish orqali milliy iqtisodiy tizimning moslashuvchanligini va barqarorligini aniqlashdir.
Iqtisodiy tahdidlarni eng umumiy tarzda ichki va tashqi tahdidga ajratib o‘rganish mumkin. Tashqi
tahdidlar geopolitik, tashqi-iqtisodiy, shuningdek, global ekologik omillar bilan tavsiflanadi.
Quyidagi rasmda ko‘rsatilgan
iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi
ichki omillarini, o‘z navbatida,
ikki guruhga ajratish mumkin:
-
birinchidan,
iqtisodiy tizimning davriy rivojlanish qonuniyatlariga bog‘liq tahdid omillar;
-
ikkinchidan,
davriy rivojlanish qonuniyatlariga bog‘liq bo‘lmagan omillar.
Birinchi guruh omillari harakati oqibatida ma’lum vaziyatda makroiqtisodiyot darajasida
salbiy holatlar yuzaga kelib, davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin. Ikkinchi guruh
o
millari harakati esa uzoq muddatli davrda xo‘jalik tizimi muhim elementlarining takror ishlab
chiqarilishi natijasida to‘plangan noxush tendensiyalar tufayli yuzaga keladi.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillardan, eksport tovarlariga narxlarning keskin
pasayib ketishi yoki aksincha, import tovarlariga narxlarning keskin ko‘tarilib ketish tashqi bozorga
nihoyatda bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.
Mamlakatning nafaqat iqtisodiy, shuningdek, siyosiy ahvoliga ham jidd
iy xavf tug‘diruvchi
tahdidlardan biri tashqi qarz muammosidir. Tashqi qarzning yuqori darajadaligining o‘ziyoq milliy
manfaatlarga mos keladigan tashqi siyosat yuritishni shubha ostiga qo‘yadi. Mamlakat qarz bergan yirik
kreditor mamlakatlarga qaram bo‘li
b qoladi.
24
Muallif tomonidan tuzilgan.
Iqtisodiy xavfsizlik
milliy iqtisodiyot
milliy iqtisodiyot holatini ko‘rsatuvchi
indikatorlar
milliy iqtisodiyotning barqarorligi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
48
2-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki va tashqi omillar
25
Davlat iqtisodiy manfaat va xavfsizlikka tahdidlarni aniqlab, ularning oldini olish maqsadida
iqtisodiy siyosat maqsadlari va strategiyalarini ishlab chiqadi. Bu
bilan iqtisdoiy xavfsizlikni ta’minlash
mexanizmini yaratadi.
Quyidagi 3-rasmdan
O‘zbekiston
Respublikasining tashqi savdo
aylanmasi ko‘rsatkichlarini 2012
-
2022 yillar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, 2012
-2013 yillarda eksport hajmining (2012 yilda 13599,6
mln. doll., 2013 yilda 14322,7 mln. doll.) import hajmidan (2012 yilda 12816,6 mln. doll., 2013 yilda
13946,9 mln. doll.) ko‘proq miqdorda bo‘lganligini va tashqi savdo balansi ko‘rsatkichining ijobiy
saldoga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
25
Muallif tomonidan tuzilgan.
Ichki omillar
ko‘pchilik tarmoqlarning, yuqori energiya va
resurs sig‘imiga egaligi sababli milliy
iqtisodiyot raqobatbardoshligining pastligi;
iqtisodiyotning yuqori darajada
monopollashuvi;
yuqori darajadagi inflyatsiya;
infratuzilma ob’ektlarining yetarli darajada
rivojlanmaganligi
mineral xom ashyo bazalarining kam
o‘rganilganligi va xo‘jalik oborotiga tortilish
imkoniyatlarining yetarli emasligi;
mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining
yomonlashuvi, fan-texnika rivojlanishining
ayrim yo‘nalishlarining samarasizligi
ichki bozorlarda chet el firmalari tomonidan
mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar
mahsulotlarini siqib chiqarilishi;
investitsion faollikning pastligi;
kapital xarajatlar o‘rniga joriy xarajatlarni
afzal ko‘rish;
sotsial ziddiyatlarning kelib chiqish xavfining
mavjudligi
ichki va tashqi bozorda monopoliya
holatining mavjudligi, g‘ayriqonuniy faoliyat
ko‘ratish hamda huquqiy intizomining
pastligi;
iqtisodiyot subyektlarining moliyaviy va
shartnomaviy intizomining pastligi;
iqtisodiyotning kriminallashuvi va uni
boshqarishda korrupsiyaning kuchayishi;
daromadlarni yashirish va soliq to‘lashdan
qochish holatlarining ko‘payishi;
moliyaviy mablag‘larni chet ellarga noqonuniy
tarzda o‘tkazish
Tashqi omillar
eksport tarkibida xom ashyo tovarlarining
ustuvorligi, an’anaviy mashinasozlik va harbiy
sanoat tovarlari bozorlarining yo‘qotilishi;
mamlakatning ko‘p turdagi mahsulotlar, shu
jumladan, strategik ahamiyatdagi va oziq-
ovqat mahsulotlari importiga qaramligi,
bog‘liqligi;
tashqi qarzlarning o‘sib borishi;
eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo‘lga
qo‘yilmaganligi, bojxona chegaralarining
yopiq emasligi;
raqobatga bardoshli eksportni qo‘llab-
quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy a axborot
infratuzilmalarining rivojlanmaganligi hamda
import tarkibining rasional emasligi;
eksport-import operatsiyalariga xizmat
ko‘rsatuvchi transport infratuzilmalarining
rivolanmaganligi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
49
3-rasm.
O‘zbekiston
Respublikasining tashqi savdo aylanmasi
ko‘rsatkichlari
(mln. AQSh dollari)
26
2014 yildan boshlab esa eksport ko‘rsatkichidan, import ko‘rsatkichining oshib borganligini,
2022 yilga kelib
eksport hajmi 19 309,1 mln. doll. (o‘tgan yilga nisbatan 15,9 % ga ko‘p) va import hajmi
30 699,3 mln. doll. (o‘tgan yilga nisbatan 20,4 % ga ko‘p) yetganligini, tashqi savdo balansi ko‘rsatkichi
11 390,2 mln. doll. qiymatida bo‘lib manfiy ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
2-jadval
O‘
zbekiston Respublikasining eksport tarkibi
(mln. AQSh dollari)
27
№
XSST nomi
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Jami:
12 499,6 12 078,4 12 534,2 13 990,4 17 458,7 15 102,3 16 662,8 19 309,1
1
Oziq-ovqat mahsulotlari va
tirik hayvonlar
1 239,6
644,9
817,9
1 029,9 1 436,4
1 336,2 1 371,8 1 631,6
2 Ichimliklar va tamaki
23,1
17,8
23,4
22,3
29,8
27,1
36,0
111,0
3
Nooziq-ovqat xomashyo,
yokilg‘idan tashqari
885,3
788,5
626,6
427,5
591,2
456,1
509,5
399,4
4
Mineral yoqilg‘i, yog‘lash
moylari va shunga o‘xshash
materiallar
2 685,1 1 713,9 1 607,6 2 666,8 2 528,9
659,0
914,8
1 222,1
5
Hayvonlar va usimliklar
moylari (yoglari), yoglar va
mumlar
0,2
0,0
0,0
0,1
12,4
26,8
1,5
21,2
6
Kimyoviy vositalar va boshqa
toifalarga kiritilmagan shunga
o‘xshash mahsulotlar
594,8
817,6
860,7
881,3
836,5
820,9
1 131,2 1 301,8
7
Asosan material turiga qarab
klassifikatsiyalangan sanoat
tovarlari
1 739,5 1 712,6 2 200,7 2 411,8 2 752,9
2 906,4 4 333,1 4 443,2
8
Mashinalar va transport
asbob-uskunalari
137,0
208,9
350,8
204,1
421,8
434,4
693,6
975,7
9 Turli xil tayyor buyumlar
213,1
245,8
311,8
337,6
435,7
617,3
785,6
1 111,3
10 Boshqa tovarlar
1 920,6 2 807,6 3 260,0 2 939,0 4 978,2
5 813,1 4 303,9 4 132,3
11 Xizmatlar
3 061,3 3 120,6 2 474,5 3 070,0 3 434,8
2 005,0 2 581,7 3 959,5
26
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari asosida tuzildi.
27
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lu
motlari asosida tuzildi.
2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil 2016 yil 2017 yil 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil
Eksport
13 599,6 14 322,7 13 545,7 12 507,6 12 094,6 12 553,7 13 990,7 17 458,7 15 102,3 16 662,8 19 309,1
Import
12 816,5 13 946,9 13 984,3 12 416,6 12 137,6 14 012,4 19 439,2 24 292,3 21 153,8 25 507,7 30 699,3
0,0
5 000,0
10 000,0
15 000,0
20 000,0
25 000,0
30 000,0
35 000,0
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
50
Yuqoridagi 3-jadvaldan
O‘zbekiston Respublikasining eksport tarkibi
ni Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi
–
XSST bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak,
Mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar ulushi 2015 yilda 2685,1 mln. doll.ni,
2018 yilda 2666,80 mln. doll.ni, 2022 yilga kelib esa 1222,10 mln. doll.ni tashkil qilgan. Asosan material
turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari ulushi esa 2015 yilda 1739,50 mln. doll.ni, 2018 yilda
2411,80 mln. doll.ni, 2022 yilda esa 1442,20 mln. doll.ni tashkil
qilib o‘sib borish xarakteriga ega
ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Mashinalar va transport asbob
-uskunalari eksportining ham yildan yilga
oshib borayotganligini, 2015 yilda 137 mln. doll.ni, 2018 yilda 204,1 mln. doll.ni, 2022 yilda esa 975,7
mln. doll.ni t
ashkil etganligini ko‘ramiz. Jami eksport qilingan tovar va xizmatlar miqdori 2015 yilda
12499,6 mln. doll.ni tashkil etganligini va bu ko‘rsatkich yil sayin oshib borib 2022 yilda 19309,10 mln.
doll.ni tashkil qilishini ko‘rishimiz mumkin.
3-jadval
O‘zbekiston Respublikasining import tarkibi
(mln. AQSh dollari)
28
№
XSST nomi
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Jami:
11 924,1 11 542,0 13 370,3 19 423,0 24 291,5 21 153,8 25 507,7 30 699,3
1
Oziq-ovqat mahsulotlari
va tirik hayvonlar
1 314,2 1 144,6 1 049,0 1 327,4 1 608,5 1 851,3 2 509,5 3 392,5
2 Ichimliklar va tamaki
43,5
45,2
35,2
24,0
44,0
49,3
89,9
139,2
3 Nooziq-ovqat xomashyo,
yokilg‘idan tashqari
174,4
263,7
315,7
803,8
1 026,6
864,4
1 154,5 1 283,4
4
Mineral yoqilg‘i, yog‘lash
moylari va shunga
o‘xshash materiallar
725,0
589,0
742,1
879,5
940,6
1 106,9 1 556,7 1 794,0
5
Hayvonlar va usimliklar
moylari (yoglari), yoglar
va mumlar
219,3
224,6
160,1
211,6
279,6
296,8
411,0
400,9
6
Kimyoviy vositalar va
boshqa toifalarga
kiritilmagan shunga
o‘xshash mahsulotlar
1 691,4 1 717,2 1 695,7 2 125,9 2 686,7 2 881,1 3 647,7 4 231,2
7
Asosan material turiga
qarab
klassifikatsiyalangan
sanoat tovarlari
1 919,0 1 775,2 2 325,9 3 461,2 4 147,9 3 581,3 4 722,1 5 761,5
8 Mashinalar va transport
asbob-uskunalari
4 437,7 4 518,8 4 517,0 7 668,5 9 568,6 7 954,4 8 252,4 9 648,3
9 Turli xil tayyor buyumlar
445,6
454,5
552,4
773,5
1 505,7 1 309,3 1 385,0 1 459,1
10 Boshqa tovarlar
-
0,0
0,1
20,5
57,4
37,7
11,6
62,9
11 Xizmatlar
954,1
809,2
1 977,2 2 127,0 2 425,9 1 221,4 1 767,3 2 526,3
O‘zbekiston Respublikasining import tarkibi
ni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro
standartlashgan savdo tasniflagichi
–
XSST bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, eng katta ko‘rsatkich
mashinalar va transport asbob-
uskunalariga tegishli bo‘lib, uning ulushi 2015 yilda 4437,7 mln. doll.ni,
2018 yilda 7668,50 mln. doll.ni, 2022 yilga kelib esa 9648,30 mln. doll.ni tashkil qilgan. Asosan material
turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari ulushi esa 2015 yilda 1919,00 mln. doll.ni, 2018 yilda
3431,20 mln. doll.ni, 2022 yilda esa 5761.50 mln. doll.ni tashkil qilib o‘sib borish xarakteriga ega
ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek import
tovarlari tarkibida Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik
hayvonlar ulushining ham yildan yilga oshib borayotganligini, 2015 yilda 1314,20 mln. doll.ni, 2018
yilda 1327,40 mln. doll.ni, 2022 yilda esa 3392,50 mln. doll.ni tashkil etganligini ko‘ramiz.
Jami import qilingan tovar va xizmatlar miqdori ham o‘sish xaraketiga ega bo‘lib, 2015 yilda
11924,1 mln. doll.ni tashkil etganligini 2018 yilda 19423,00 mln. doll.ni 2022 yilda 30699,30 mln. doll.ni
tashkil qilishini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqoridagi tahlillardan, mashinalar va transport asbob-uskunalar, material turiga qarab
klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari, kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga
28
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari asosida tuzildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
51
o‘xshash tovarlariga talab o‘tgan yillarga nisbatan oshib borayotganligi,
mamlakatimizda sanoatning
rivojlanishi va yangi texnologik tovarlarga ehtiyojning vujudga kelayotganligi bilan bog‘liq ekanligi
ma’lum bo‘ladi.
Tahlillar natijasida ko‘rishimiz mumkinki, rivojlangan davlatlar mamlakat iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlash, jamiyatning barqaror rivojlanishi va fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha
olib borilishi kerak bo‘lgan chora
-tadbirlar sifatida quyidagilarni tanlab olishgan:
−
davlat hokimiyati organlarining bir-biridan mustaqilligi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatlarining o‘zaro mustaqilligi va fakatgina o‘z funksiyalarini bajarishi orqali butun tizimning
samarali ishlashini ta’minlash;
−
qonun ustuvorligini ta’minlash. Qabul qilinayotgan qonunlar barcha uchun tushunarli hamda
amal qilishi barobar b
o‘lishi, hech qanday guruh yoki shaxsning manfaatlaridan kelib chiqqan holda
qabul qilinmasligiga erishish;
−
ijro hokimiyati organlari faoliyatlarida bir xil vazifalarni bajarilishining oldini olish hamda
qaysidir organlarning vakolatlari ko‘payib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik;
−
soliq siyosatini olib borishda, avvalambor, tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish, soliq solishning
majburiyligi, aniqliligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaliligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining
oshkoraligi va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga amal qilinishini ta’minlash;
−
byudjet mablag‘laridan foydalanish haqida soliq to‘lovchilarga doimiy va ishonchli
ma’lumotlarni taqdim etish, byudjet oshkoraligini ta’minlash;
−
halol raqobatni ta’minlash, tadbirkorlarning va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
−
xalqaro shartnomalar tuzishda, xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishda davlatning va xalqning
manfaatlarini ustun qo‘yish.
Xulosa va takliflar.
Keyingi yillarda dunyoda sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlar natijasida jahon xo‘jaligining
universallashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining optimal joylashtirilishi, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga
asoslangan iqtisodiy makonning kengayishi natijasida barcha mamlakatlarda milliy ishlab
chiqaruvchilar as
osiy e’tiborni ichki bozorlarga emas xalqaro bozorlarga qaratmoqdalar. Kapital
harakatining erkinlashuvi natijasida, xalqaro savdo hajmlari, mamlakatlar o‘rtasida moliyaviy va
sarmoya oqimlari bir necha barobar oshib bormoqda. Globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy
xavfsizligini ta’minlash juda murakkab vazifalarni o‘z ichiga oladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik
bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minla
sh nafaqat mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim
masalalardan biriga aylanib bormoqda.
Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir
vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadigan xavf
-xatar va tahdidlarni ham vujudga
keltiradi. Globallashuv jarayonlari kuchayib borgan sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ularning
oqibatlarini bartaraf etish tobora qiyinlashib boradi. Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy
xavf
sizligini keng xalqaro hamkorliksiz ta’minlash mumkin emas. Buning uchun birinchi navbatda,
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatinining maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari va
vazifalarini ham belgilab olish kerak. Buning uchun har bir d
avlatning o‘ziga xos xususiyatlari, geografik
joylashuvi, iqtisodiy tizimining rivojlanganlik darajasi, tabiiy boyliklari, mehnat resurslarining tarkibi
va holati kabi ko‘plab omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarin
i
amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiy holatini doimiy monitoring qilib borish hamda unga ta’sir
euvchi ichki va tashqi omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish talab etiladi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Dick K. Nanto (2011) Economics and National Security: Issues and Implications for U.S. Policy.
Электрон манба
. URL:
https://www.fas.org/sgp/crs/natsec/R41589.pdf
Goodwin C.
В
. (1991) Economics and National Security. A History of Their Interaction / Durham;
London: Duke University Press,. 310 p.
Khamidova F., (2020) Indicators of economic security of the region. South Asian Academic Research
Journals. Vol. 10 Issue 3, March, p 96-100.
Szyan Jiang Y. (2007) Economic Security: Redressing Imbalance // China Security.. Vol. 3. No.2.
Р
.
66
–
85.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
52
Дробышевский С.М.
(2006)
Некоторые подходы к разработке системы индикаторов
мониторинга
финансовой стабильности / (рук
.
авт. коллектива)
[и др.]. –
М.: ИЭПП,. –
305 с.
Жабборов Ж.А.,
(2020)
Оценка рисков национальной экономической безопасности на основе
основных макроэкономических показателей Республики Узбекистан./ Отраслевые задачи в эпоху
цифровизации.Перспективы реализации и риски/ материалы Международной практический
конференции. Изд
-
во.
:
Национальный исследовательский ядерный университет “МИФИ” Москва,
с. 350
-355
Исроилов Б.И., Каримов Н.Г., Колесников Ю.Л. и др.
(2018)
Экономическая
безопасность
:
Учебное пособие/ авторский коллектив
-
СПб.
:
Изд
-
во Политехн. ун
-
та, –
255 с.
Кейнс
Дж. М. (1993) Избранные произведения. М.: Экономика
,.
С. 514
-515
Лапаева, О.Н.
(2017)
Многопроекционная
сравнительная оценка альтернатив в
экономике /
О. Н. Лапаева. –
Нижний Новгород: НГТУ им.Р. Е. Алексеева, –
210 с.
Ортиқова
Д.
(2010)
Иқтисодий хавфсизлик. Ўқув қўлланма. –Т.: ТДИУ, 150 бет
Фейгин Г.Ф.
(2009)
Развитие национальных
экономик в условиях глобализации: историко
-
экономический аспект. / Известия Санкт
-
Петербургского университета. №2, , с
.14
