Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
43
O‘ZBEKISTON VA MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARINING STRATEGIK
RIVOJLANISHIDA TURIZM INDUSTRIYASINING O‘RNI
Raximov Bobur Kamolovich
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy
rivojlanishida turizm industriyasi o‘rni tahlil etilgan bo‘lib, muallif tomonidan ushbu mamlakatlarning
pandimeyadan oldingi va keyingi davrida turizmni rivojlantirish borasida olib borgan ishlari, sohani
rivojlantirishdagi strategik dasturlari o‘rganilgan. Turizm industriyasini rivojlantirishda
mamlakatlarning tajribalari, kuchli va kuchsiz tomonlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar
:
Turizm, statistika, biznes, strategiya, AKT, industriya.
РОЛ ИНДУСТРИИ ТУРИЗМА В СТРАТЕГИ
C
ҲЕСКОМ
РАЗВИТИИ УЗБЕКИСТАНА
И СТРАН СЕНТРАЛНОЙ АЗИИ
Рахимов Бобур Камолович
Ташкентского университета информационных
технологий имени Мухаммад ал Хорезми
Аннотация
.
В настоящей статей анализирована рол индустрии туризма в экономическом
развитии Узбекистана и стран центральной Азии, автором изучены принятые меры по
развитию индустрии туризма в этих странах до и после пандемии, стратегические программы
по развитию данной отрасли. Анализированы опыт, сильные и слабы стороны стран в развитии
индустрии туризма.
Ключевые слова
:
туризм, статистика, бизнес, стратегия, ИКТ, индустрия.
THE ROLE OF THE TOURISM INDUSTRY IN THE STRATEGIC DEVELOPMENT OF
UZBEKISTAN AND COUNTRIES OF CENTRAL ASIA
Rakhimov Bobur Kamolovich
Researcher of Tashkent University of Information
Technologies named after Muhammad al Khorizmi
Annotation
.
This article analyzes the role of the tourism industry in the economic development of
Uzbekistan and of countries Central Asia, the author studied the measures taken to develop the tourism
industry in these countries before and after the pandemic, strategic programs for the development of this
industry. The experience, strengths and weaknesses of the countries in the development of the tourism
industry have been analyzed.
Keywords:
Tourism, statistics, business, strategy, ICT, industry.
Kirish.
Ma’lumki, turizm barcha rivojlangan mamlakatlar qatori Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan soha hisoblanadi (Kantarci, 2007). Biroq, tadqiqotchilarning fikricha
bu mamlakatlar turizm sektorining global raqobatbardoshlik darajasi ancha past hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mintaqasi Yevropa, Shimoliy-Sharqiy Osiyo va yaqin Sharq kabi dunyodagi eng
yirik iqtisodiy mintaqalar o‘rtasida joylashgan va u yil davomida dam olish va biznes imkoniyatlari
uchun noyob salohiyatga ega hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2016 yildan boshlab, turizm
industriyasi, uning iqtisodiyotdagi ulushi yiliga o‘rtacha 8,3% ga o‘sdi va 2030 yilga kelib global turizm
sektorini ortda qoldirishi prognoz qilinmoqda (Electronic source, 2020).
IV SON - AVGUST, 2023
000
43-49
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
44
Adabiyotlar sharhi
.
Turizmni rivojlantirishda xorijiy
tajribaning o‘rni katta hisoblanadi, shuningdek, uni xorijiy
investitsiya orqali rivojlantirish va samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim
omillardan biridir. Kantarcining (2006)
tadqiqotlariga ko‘ra turiizm industriyasiga xorijiy
investitsiyaning jalb qilinishi uni rivojlantirishga katta xissa qo‘shadi. Markaziy Osiyoning turistik
rivojlanishi azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan. Buni Koh S., Kwok A ning “Regional integration in
Central Asia: Rediscovering the Silk Road”
(Koh, Kwok, 2017) maqolasidan bilish mumkin. Ushbu
maqolada Buyuk Ipak yo‘lining Markaziy Osiyoda turizmni rivojlantirishga qo‘shgan xissasi haqida fikr
bildirilgan. Shuningdek, makolada Markaziy Osiyo mamlakatlari, aynan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
O‘zbekiston
va Tojikiston (Menayakova, Ussubaliyeva and other, 2021) Respublikalarining turizm
industriyasi, qonuniy asoslari va me’yoriy hujjatlari tahlil qilingan. McBride
(2015)
“Building the new
silk road” nomli maqolasida yangi ipak yo‘li qurilishining Markaziy Osiyoga ta’siri taxlil qilingan.
Maqolada asosiy statistik ma’lumotlar internetdan va sohaga oid hujjatlardan olingan. Shuningdek,
Maxkamovning (2010), (2015)
turizm industriyasining rivojlanishiga raqamlashtirishning ta’siri katta
ekanligi va mobil bozorni kengaytirish orqali turizm xizmatlarining imkoniyatlarini oshirish
mumkinligi, Ismoilovaning
(2022)
maqolasida elektron tijorat orqali elektron xizmatlarning rivojlanib
borayotganligi bu esa turizm infrastrukturasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligi haqida fikr bildirilgan.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Tadqiqotning metodologik asosini statistik ma’lumotlar asosida qiyosiy tahlil qilish va tanlanma
kuzatishning umumilmiy metodlarini o‘z ichiga oluvchi tizimli yondashuv tashkil etadi. Amaliy
tadqiqotlar emperik baholashlar esa iqtisodiy-matematik metodlarga asoslangan. Turizm
industriyasida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar va mamlakatlarning turizmni
rivojlantirishdagi olib borilayotgan ishlari sifatini baholashda boshqaruvning funksional tahlili va
ekspert baholash metodlari qo‘llanildi. SWOT ta
hlil asosida mamlakatlarning kuchli va kuchsiz,
imkoniyatlari va tahdidlari tahlil qilindi.Yuqoridagi fikrlar va mulohazalarni hisobga olgan holda,
taqqoslash usulini qo‘llangan orqali ushbu tadqiqot Markaziy Osiyo turistik salohiyati o‘rganadi. Bir
qator taqqoslashlar asosida munozaralar va xulosalar chiqarilib, rekratsion hududlar nazoratini
samarali tashkil qilish bo‘yicha takliflar beriladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘zlarining tabiiy va madaniy boyliklarining jozibadorligi bo‘yicha
yuqori o‘rinda tursada, transport infratuzilmasi va turizm xizmatlari kabi boshqa muhim yo‘nalishlarda
juda kamtarona ish olib boradilar (
Koh, Kwok, 2017)
. Statistik
ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2019
yilda Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilishning asosiy sabablari biznes, oilaviy tashrif, ta’til va
dam olish kunlari mahalliy sayyohlar uchun sayohatlar, xalqaro sayyohlar uchun esa madaniyat, tabiat
bo‘li
b, sport va sarguzashtlar eng yuqori foizni tashkil qilgan (1-jadval). Qarindoshlari va oilasini ziyorat
qilish va xizmat safarlari nima uchun odamlar qo‘shni mamlakatlarga tashrif buyurishadi. Tadqiqot
jarayonida 2019-
yil va pandemiyadan keyingi davrlar alohida o‘rganilgan, chunki, dunyoda yuz bergan
pandemiya davri turizm sohasiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Quyidagi jadvalda 2019
-yilda turizmning
asosiy maqsadlari keltirilgan.
1-jadval
2019-yilda Markaziy Osiyoga sayohat qilishning asosiy maqsadlari
20
Sayoxat turlari
sayyohlar kelishi
Ichki, (%)
Q
o‘
shni
mamlakatlar, (%)
Uzoq mamlakatlar,
(%)
Ishbilarmonlik turizmi
20,94 %
23,52 %
16,63 %
Tashrif qarindoshlar va d
o‘
stlar
20,01 %
20,85 %
7,40 %
Tabiat/sport/sarguzasht
13,10 %
16,17 %
26,95 %
Madaniyat/din
13,63 %
15,82 %
32,80 %
Dam olish
17,01 %
14,88 %
7,91 %
Dam olish kunlari sayohat
15,31 %
8,76 %
8,31 %
20
Survey of tour operators under the Sustainable Tourism Development in the CAREC Region [Electronic source] // Asian Development Bank
[website].
–
2020.
–
URL: https://www.adb.org/sites/default/files/ institutional-document/668406/carec-tourism-strategy-2030-ru.pdf
(Accessed: 23.04.2022).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
45
Ushbu malakatlarda turizmning tashkil qilinishi asosan tabiiy va madaniy boyliklar hisoblanadi.
Masalan, G‘arbiy Yevropadan kattaroq hududga ega bo‘lgan Qozog‘iston o‘zining mashhur baland
tog‘lari va bepoyon dashtlarga ega mamlakat hisoblanadi. Ushbu mamlakatda an’anaviy dam olish
joylari Janubiy va
Sharqiy Qozog‘istonning tog‘li hududlari hisoblanadi, shu sababli ushbu hududda
chang‘i turizmi tobora rivojlanib bormoqda; turistlar asosan ko‘llar va muzliklar, o‘rmonlar va Alp
o‘tloqlarining go‘zalligiga bo
rish uchun u yerga kelishadi. Respublika hududida quyosh nuri uzoqroq
bo‘ladi, ayniqsa yozda, bu dam olish qulayligini oshiradi va sanatoriyda davolanish va turizm uchun
sharoit yaratadi, bu esa turizmni rivojlantirish, shu jumladan tog‘li hududlarda faol
dam olish shakllarini
rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. So‘nggi yillarda turizmning mamlakat YaIMga qo‘shgan hissasi
5,6% ni tashkil etadi (
Menayakova, Ussubaliyeva, 2021).
Tojikiston eng qadimiy davlatlardan biri bo‘lib, transport va viza olish imkoniyati tufayli
sayyohlar orasida tez mashhurlikka erishmoqda. Go‘zal tabiat, dam olish va voqealarga boy dam olish
imkoniyatlari, ko‘plab diqqatga sazovor joylar va So‘g‘diyonanin
g zardushtiylik sivilizatsiyasi
yodgorliklari mamlakatni sayyohlar uchun jozibali joyga aylantiradi. Sayyohlar shifobaxsh termal
buloqlarni ziyorat qilish, mahalliy aholining lazzati bilan tanishish, ularning an’analarini ehtiyotkorlik
bilan saqlash va go‘shtli taomlarning pazandalik lazzatlarini tatib ko‘rishdan manfaatdor.
Mamlakat
YaIMdagi turizmning ulushi COVID-19dan oldin 2.2% ni tashkil etdi
21
.
O‘zbekiston
da
turizm an’anaviy ravishda YuNESKOning Samarqand, Buxoro va Xivadagi Jahon
merosi ob’ektlari bilan bog‘liq bo‘lsa
-da, tarix
o‘tgan
asrlarga borib taqaladi, devorlarning qadimiyligi
Amir Temur, Iskandar Zulqarnayn,
Chingizxon qo‘shinlari va askarlarining jangovar tuzilmalarini
e
slaydi. Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Shahrisabz kabi shaharlar cheksiz zamonaviy Sharq
ertaklaridir.
Jahon sayyohlik va turizm Kengashining
ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda mamlakat YaIMdagi
turizmning ulushi 1,9% ni tashkil etdi
22
.
Qirg‘iziston xaritadagi son
-sanoqsiz toza joylar saqlanib qolgan hududlardan biridir. Bu butun
dunyodan faol tadqiqotchilar va ekoturizm ixlosmandlarini jalb qilmoqda
. Mamlakatning to‘rtdan uch
qismidan ko‘prog‘i tog‘lardan iborat bo‘lib,
asosan tog‘
muxlislari faol turizm
ni ta’minlab berishmoqda
.
Tyan - Shan, Ala-
Archa qo‘riqxonasining tabiati, daryolar va baland tog‘li Issiqko‘l
turistlar uchun
sevimli maskan hisoblanadi. Pandemiya boshlanishidan oldin turizmning mamlakat umumiy YaIMiga
qo‘shgan hissasi
5% ni tashkil qilgan (Beksultanova, Mazhitova, 2021).
Turizmning iqtisodiy ahamiyati ko‘p jihatdan uning bandlik darajasiga ta’siri bilan belgilanadi.
Biroq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida bandlik modulining shakllanishi jiddiy qiyinchiliklarga duch
keladi. Unga asosan turizmning mavsumiy xususiyaga egaligi, kichik turizmni rivojlantirishda rasmiy
shartnomalarning
takomillashmaganligi ta’sir ko‘rsatadi.
Turizm sohasida band bo‘lgan
aholining
eng ko‘p soni Qozog‘istonda bo‘lib
, 2019-yil
ma’lumotlariga ko‘ra
Tojikiston umumiy aholisining 2,8 foizini ish bilan
turizm ta’minlaydi,
qirg‘izlarning 1,3 foizi turizm sohasida ishlaydi va O‘zbekiston aholisining 0,8 foizi turizm sohasida
ishlagan.
Bugungi kunga kelib turizm ob’ektlarining ko‘payganligi sababli bandlik darajasi oshib
bormoqda. Shuningdek, turizmni rivojlantirish uchun mutaxassis kadrlarning tayyorlanayotganligi
bunga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumki, bugungi kunda turizm sohasi xizmat ko‘rsatish sohasining eng yirik bo‘g‘ini hisoblanib
har bir mamlakatning davlat siyosatida turizmga investitsiyalarni jalb qilish va uni yanada
takomillashtirish strategik ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoning barcha davlatlari o‘zlarining turizm sohalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan milliy turizm strategiyasi va rejalarini ishlab chiqdilar. Hududlarning
chegaradoshligi mentalitetning bir birga yaqinligi mamlakatlarning milliy turizm strategiyalarida
belgilangan qarashlar va maqsadlarning belgilanishida umumiy xususiyatlarga ega. Masalan,
barqarorlikka e’tiborni kuchaytirish, tabiiy va madaniy resurslarni saqlash, turizm sohasida xalqaro
raqobatbardoshlik va innovatsiyalarni oshirish va shu kabilar. Ularning asosiy maqsadi esa, iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish, ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlari o‘zlarining muhim milliy strategiyalarini quyidagi
ustuvor yo‘nalishlarga qaratadilar
21
Туризм
в
Таджикистана
продолжает
пребывать
в
стагнации
из
-
за
пандемии
[Electronic source]
//Радио
Озоди
[website].
–
2021.
–
URL: https://rus.ozodi.org/a/31341376.html (Accessed: 23.04.2022).
22
Economic Impact reports [Electronic source] // World travel & tourism council [website].
–
2020.
–
URL:
https://wttc.org/Research/Economic-Impact (Accessed: 23.04.2022).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
46
1-rasm. Markaziy Osiyo mamlakatlarining muhim milliy strategiyalari
(
Makhkamov, 2015)
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ko‘pgina mamlakatlarning strategik ustuvor yo‘nalishlari mavjud
bo‘lib, ular quyidagi jadvalda (4
-jadval) taqqoslangan.
4-jadval
T
urizmni rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturlari va strategik ustuvorlik
lari
23
Mamlakat
Dastur
Strategik ustuvorlik
Maqsad
Qozog‘iston
2019-2025-yillarda
Qozog‘iston Respublikasining
turizm industriyasini
rivojlantirish bo‘yicha
Qozog‘iston davlat dasturi
turistik resurslarni
rivojlantirish
Turizm resurslarining rivojlanishi
Turistik infrastrukturaning mavjudligi
Turistik mahsulotlarning sifati va
mavjudligi
9 million kiruvchi va 8
million mahalliy
sayyohga xizmat
ko‘rsatadi
Turizmda 650 ming
kishi band
Qirg‘iziston
Turizmni rivojlantirish
bo‘yicha Qirg‘iziston
Respublikasi hukumati
huzuridagi 2019-2023
yillarga mo‘ljallangan dastur
Qirg‘iziston
-Markaziy Osiyo mintaqaviy
sayyohlik markazi sifatli marketing va
reklamaning rivojlanganligi.
Raqamli turizmning mavjudligi
Investitsion turizm
sektori 2023 yilga
kelib YaIMning 7
foizini tashkil qilishi
kerak
O‘zbekiston
2019-2025-yillarda
O‘zbekiston Respublikasida
turizm sohasini rivojlantirish
konsesiyasi
Turizm sohasidagi qonunchilik bazasini
takomillashtirish
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish
bilan mahalliy va mintaqaviy
yo‘nalishlarni kengaytirish
Yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash va turizm xizmatlari
sohasida ishchilar malakasini oshirish
tizimini takomillashtirish.
O‘zbekistonga 11 810
(ming) nafar xorijiy
sayyoh keladi
Turizm xizmatlari
eksporti 2170 (million
AQSh dollari)ga
oshirish.
Tojikiston
Tojikiston Respublikasida
2030 yilgacha bo‘lgan davrda
turizmni rivojlantirish
strategiyasi
Turizmni rivojlantirishning
institutsional bazasini mustahkamlash
zamonaviy turizm infratuzilmasini
rivojlantirish turizm salohiyatini
mustahkamlash va kompleks targ‘ibotni
to‘g‘ri tashkil etish
Mamlakatga 2 500
000 sayyoh tashrif
buyuradi
YaIMning 8% va
eksportning 15%
turizm hissasiga to‘g‘ri
keladi.
23
Статистик маълумотлар асосида муаллиф томонидан ишлаб чиқилган
. (
Постановление
Правительства
Республики
Казахстан
от
30
июня
2017
года
№
406
Об
утвержде
нии Концепции развития туристской отрасли Республики Казахстан до 2023 года [Electronic
source] //
Əділет
[website].
–
2017.
–
URL: https://adilet.zan.kz/rus/docs/P1700000406 (Accessed: 23.04.2022);
Программа
правительства Кыргызской Республики развития сферы туризма на 2019–2023 годы
[Electronic source] // Министерство юстиции
Кыргызской Республики [website]. –
2019.
–
URL: http:// cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/12943 (Accessed: 23.04.2022);
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining, 05.01.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha ch
ora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi PF
-5611-
sonli Farmoni [Electronic source] // Natsional naya baza dannыx zakonodatelstva R
espubliki Uzbekistan [website].
–
2019.
–
URL: https://lex.uz/ru/ docs/4143186 (Accessed: 23.04.2022);
Стратегия
развития
туризма
в
Республике
Таджикистан
на
период
до
2030
года
от
1
августа
2018
года № 372 [Electronic source] // Комитет по развитию туризма при правительстве Республики
Таджикистан [website]. –
2018.
–
URL: https://ctd.tj/ru/стратегия
-
развития
-
туризма
-
в
-
республ/ (Accessed:
23.04.2022).
Markaziy Osiyo mamlakatlarining muhim milliy strategiyalari
Rejalashtirish va boshqarishda
maʼsuliyatni oshirish
mavsumiy
taʼsirlarni
kamaytirish; havo
va yer usti
aloqalarini
yaxshilash va
ulardan
foydalanish
imkoniyati
turizmni samarali
Brendlash va
xalqaro bozorlarda
ilgari surish
atrof-muhit va
ijtimoiy muhofaza
qilish orqali turizm
aktivlarini barqaror
rivojlantirish
sektorni
raqamlashtirish va
xususiy sektor
investitsiyalarini
jalb qilish
davlat-xususiy sheriklikni
rivojlantirish
institutsional
tuzilmalar va
turizmni
boshqarishni
takomillashtirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
47
Jadvalda ko‘rsatilgan dasturlarni tahlil qilar ekanmiz quyidagi fikrlarga e’tibor qaratamiz.
Qozog‘istonning turizm bo‘yicha hukumat rejasini ko‘rib chiqish shuni ko‘rsatadiki, turistik
infratuzilmaning mavjudligi ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Qirg‘iziston dasturlarida asosiy e’tibor
turizmni raqamlashtirish va investorlarni jalb qilishga qaratilgan. Bundan farqli o‘laroq, turizm
infratuzilmasini rivojlantirish, qo‘shni davlatlar bilan ichki va mintaqaviy yo‘nalishlarni kengaytirish,
ichki turizmni riv
ojlantirish O‘zbekistonning asosiy ustuvor vazifasidir. Tojikistonning ustuvor
yo‘nalishi zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistik mahsulot va xizmatlar sifatini
oshirish, milliy, tarixiy va madaniy boyliklarni himoya qilishdir.
Ushbu tadqiqotni yanada takomillashtirish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlarida turizmni
rivojlantirishning SWOT tahlili o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mintaqa noyob tabiiy va madaniy
merosga ega bo‘lib, ko‘plab xalqaro sayyohlar uchun sevimli
manzil bo‘lgan Ipak yo‘lining bir qismi
hisoblanadi. Ammo, ayrim muammolar ham mavjud bu muammolar tahlilning salbiy tomonlarida
keltirilgan. Ushbu muammolarni hal qilish sayyohlarning umumiy tashriflari va xarajatlarini
ko‘paytirishning kaliti bo‘lishi
mumkin. Turizm xizmatlari doirasi va sifatini yaxshilash, mahalliy va
xususiy sektorning ishtirokini oshirish orqali turizm qiymat zanjirini mustahkamlash turizm
daromadlarini milliy darajada taqsimlashni yaxshilaydi.
Sarguzasht turizmiga sarmoya kiritish va targ‘ib qilish yanada nozik sayyohlarni jalb qilishi
mumkin. Sog‘liqni saqlash muammolarini e’tiborga olgan holda chekka hududlarga sayohat qilishni
tashkil qilish ham sayyohlarni jalb qilishning bir omili hisoblana
di. Mintaqa chang‘i va qishki turizm
uchun noyob salohiyatga ega. Yaqin vaqtgacha chang‘i sporti asosan ichki bozorlarda joylashgan va
qo‘shni mamlakatlardan kelganlar bilan to‘ldirilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘zlarining milliy
sayyohlik auditoriyal
ari orasida chang‘i madaniyatini shakllantirishga e’tibor qaratishlari kerak, shu
bilan birga qo‘shni mamlakatlar va chang‘i sportida milliy ishtiroki yuqori bo‘lgan bozorlardan
mijozlarni jalb qilishlari kerak.
Mamlakatni Osiyo va Yevropani yuzlab tarixiy binolar va yodgorliklar, portlar va shaharlar bilan
bog‘laydigan, dinlar, madaniyat, g‘oyalar, bilim, savdo va biznesni bog‘laydigan dunyodagi eng
kengaytirilgan madaniy yo‘nalishlar tarmog‘i bo‘lgan Ipak yo‘lining bir qismi sifatida targ‘ib qilish
sayyohlarni jalb qilishi mumkin (McBride, 2015).
5-jadval
SWOT tahlil
Kuchli tomonlari
Kuchsiz tomonlari
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi xilma
-
xillik, teginilmagan tabiiy boyliklar va noyob moddiy
va nomoddiy madaniy meros;
mintaqadagi ko‘chmanchi va o‘troq madaniyat
-
larning xilma-
xilligi va o‘ziga xosligi, diniy va etnik
guruhlar;
tarixiy shaharlar, qadimgi imperiyalar merosi va
YuNESKOning Jahon merosi ob’ektlari.
D
o‘
stona munosabatlarning yuqoriligi.
Brendni tan olish va imidjning yo‘qligi, bu
Markaziy Osiyo mamlakatlari haqida yetarli
ma’lumotga ega emasligiga va ularni sayyohlik
yo‘nalishi sifatida zaif idrok yetishga olib keladi;
Ijtimoiy mas’uliyat amaliyoti va turistik
joylardagi cheklangan imkoniyatlar;
Til to‘siqlari va malakali ishchilar, manzil
menejerlari va qo‘llanmalarining yetishmasligi
Imkoniyatlari
Tahdidlar
Xalqaro qiziqish ortib bormoqda;
Xalqaro sayyohlar, ayniqsa tez rivojlanayotgan
Osiyo bozorlari va yangi tajribalar va g‘ayrioddiy
yo‘nalishlarni izlayotgan sayohatchilarning doimiy
kengayishi;
Turizm sanoati COVID-19 dan keyin iqtisodiy
tiklanishni qo‘llab
-quvvatlanmoqda
Sayyohlik sohasi uchun jiddiy potensial
oqibatlarga olib keladigan global xavf va
geosiyosiy ziddiyatlarning o‘sishi;
Global isish va atrof-muhitning buzilishi
bilan iqlim o‘zgarishi.
Markaziy Osiyo davlatlarining zaif tomonlarini tahlil qilib, ushbu mintaqadagi mamlakatlarning
asosiy zaifligi infratuzilmaning yetishmasligi, investitsiyalarning cheklanganligi, turizm ob’ektlarini
saqlash to‘g‘risida xabardorlik, til to‘siqlari va global marketingning zaifligi ekanligini aniqladi (5
-
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
48
jadval). Infratuzilmaga investitsiyalarning yetishmasligi va mamlakatga kirishdagi har xil cheklovlar,
sohaning to‘liq raqamlashmaganligi
(
Maxkamov, 2010)
sayyohlarning mintaqadagi mamlakatlarga
tashrif buyurishiga to‘sqinlik qiladi.
Minataqalarda turizmga yaratilayotgan sharoitlar (
Maxkamov, 2015)
turistlarning e’tiborini
tortmoqda va bu mutaxasislar tomonidan bashorat qilinmoqda
6-jadval
Xalqaro turistlarning kelishi va tashrif buyuruvchilari prognozlari
CAREC mamlakatlarida xarajatlar, 2018
–
2028
24
2018-yilgi
sayyohlarning
kelishi 000
prognozi
2028-yilgi
sayyohlarning
kelishi 000%
P.A 2018
–
2028
yillarda
sayyohlar
kelishining
oʻsish surʻati
% P.A. 2018
–
2028
yillarda tashrif
buyuruvchilar
xarajatlarining
o‘
sish
sur
’
ati
Ozarbayjon
2,125
3,235
4.3
6.1
Gruziya
3,500
6,125
5.8
5.4
Qozo
g‘
iston
6,010
8,658
3.7
3.5
Qir
g‘
iziston
4,088
6,130
4.1
3.5
M
o‘g‘
uliston
474
1,021
8.0
4.0
Pokiston
1,252
2,054
5.1
6.4
Tojikiston
218
263
1.9
2.0
O‘
zbekiston
2,066
4,238
7.5
6.9
jami
19,733
31,724
4.9
Har bir mamlakatda
milliy valyutalarga
asoslangan
o‘
rtacha
k
o‘
rsatkichlar sifatida
q
o‘
llanilmaydi
Shuningdek, quyidagi jadvalda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar to‘g‘risida ma’lumot
keltirilgan.
2-
rasm. O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar haqida ma’lumot
(
Ismoilova, Mahmudov va boshq. 2022)
Ma’lumotlarda ko‘rinib turibdi 2020
yilda sayyohlarning tashrif darajasi juda ham pasayib ketgan.
24
CAREC = Central Asia Regional Economic Cooperation, P.A. = per annum. Source: WTTC country reports under Travel and Tourism Economic
Impact 2018 series (Afghanistan and Turkmenistan not covered by WTTC). The People’s Republic of China not shown
(CAREC = Markaziy
Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi, P.A. = yillik. Manba: Sayohat va turizmning iqtisodiy ta'siri 2018 seriyasi bo'yicha WTTC mamlakat
hisobotlari (Afg'oniston va Turkmaniston WTTC tomonidan qamrab olinmaydi). Xitoy Xalq Respublikasi ko'rsatilmagan)
0,0
1 000,0
2 000,0
3 000,0
4 000,0
5 000,0
6 000,0
хизмат
ўқиш
дам олиш ва
бўш вақт
қариндошлари
йўқлаш
даволаниш
тижорат
2016 йил
2017 йил
2018 йил
2019 йил
2020 йил
2021 йил
2022 йил
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, avgust
www.e-itt.uz
49
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib shuni aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda turizm sohasining rivojlanishi muhim
ahamiyat kasb etadi.
1.Turistlarning mintaqaga tashrifi asosan mavsumiy tusga ega bo‘lsa ham keyingi yillarda uning
soni oshib bormoqda. Bunga ta’sir etayotgan asosiy omillar esa yaratilayotgan infratuzilma, shart
-
sharoit va mamlakatlarning tinchligidir.
2.Tadqiqotlarga ko‘ra mamlakatlar juda katta potensialga ega bo‘lsada, turizm bo‘yicha o‘z
imidjiga va brendiga to‘laligicha ega emas. Bunga asosan turizmning mavsumiyligi ham kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Mamlakatlarda yaratilayotgan turizm infratuzilmasi, tu
rizmni raqamlashtirish ham uning
rivojlanishiga katta turtki bo‘ladi.
3.Mamlakatlarda internetdan foydalanish darajasining oshib boryotganligi sayyoxlarning
elektron tijorat va elektron xizmatlardan foydalanish darajasining oshishiga bevosita ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Beksultanova C., Mazhitova Z., Zhunushalieva G., Kozhakeyeva L., Tentigul N., Shamshudenova F.
(2021) Handicraft tourism in Kyrgyzstan: features and prospects // Topical Problems of Green
Architecture, Civil and Environmental Engineering
–
2021.
–
№ 284. –
P. 1-9.
–
DOI:
10.1051/e3sconf/202128410001.
Ismoilova, G., Makhkamov, B., & Mahmudov, J. (2022) Business In The Development Of E-Commerce.
In 2022 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT) (pp.
1-7). IEEE. September.
Kantarci K. (2006) Perceptions of foreign investors on the tourism market in central Asia including
Kyrgyzstan, Kazakhstan, Uzbekistan, Turkmenistan // Tourism management
–
2007.
–
№ 28(3). –
P. 820-
829.
–
DOI: 10.1016/j.tourman.05.012.
Koh S., Kwok A. (2017) Regional integration in Central Asia: Rediscovering the Silk Road // Tourism
Management Respectives
–№ 22. –
P. 64-66.
–
DOI: 10.1016/j.tmp.2017.01.002.
Makhkamov, B. S. (2015). The current state of development of the mobile services market in
Uzbekistan. Marketing in Russia and abroad,(6), 85-88.
Maxkamov, B. Sh. (2010). Особенности развития рынка мобилных услуг в Узбекистане. –Т.:
Журнал налогоплателщика, 2(24), 33
-34.
McBride J. (2015) Building the new silk road // Council on foreign relations
–
.
–
№ 22. –
P. 1-2.
Menayakova I., Ussubaliyeva S. (2021) Prospects for the development of tourists sites of natural
and cultural heritage of Kazakhstan // Studencheskiy vestnik.
–
№ 8
-3(153).
–
P 42-45.
IV SON - AVGUST, 2023
