Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
81
TURIZM SOHASIGA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINING SIFATIGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING TAHLILI
Eshmurodov Rustam Sayfiddin o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0007-0749-0208
Annotatsiya.
Turizm sanoati sayohatchilarga ajoyib xizmatlar va taassurotlarni taqdim
etishda ko'p jihatdan sohada xizmat ko‘rsatuvchi ishchi kuchining malakasi va ularning xizmat
sifatiga usviy bog‘liq hisoblanadi. Shu sababli kadrlar tayyorlashning mustahkam tizimi
xodimlarning turizm sohasining o‘zgaruvchan talablari, xalqaro standartlar hamda
sayyohlarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Biroq, bunday o'quv dasturlarining samaradorligiga turli
omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu tadqiqot ishimizda turizm sohasida kadrlar tayyorlash
tizimining sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bir nechta jihatlar o'rganiladi. Empirik
dalillar va nazariy asoslarga asoslanib, maqolada turizm sohasidagi xodimlarning ish faoliyatini
va tashkilot muvaffaqiyatini oshirish uchun o'qitish tizimlarini optimallashtirish va
zamonaviylashtirish imkoniyatlari va strategiyalari haqida tushuncha va tavsiyalar beriladi.
Kalit so‘zlar:
turizm sanoati, sifat, o‘qitish metodologiyasi, sanoat tendentsiyalari,
barqaror rivojlanish, Kadrlar tayyorlash, Turizm industriyasi, O'qitish samaradorligi, Ta'lim
usullari, Texnologiya integratsiyasi.
ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА КАЧЕСТВО СИСТЕМЫ ПОДГОТОВКИ
КАДРОВ ДЛЯ СФЕРЫ ТУРИЗМА
Эшмуродов Рустам Сайфиддин угли
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Индустрия туризма во многом зависит от квалификации рабочей
силы и качества ее обслуживания, обеспечивая путешественникам превосходные услуги
и впечатления. Поэтому важна надежная система обучения персонала, обеспечивающая
наличие у сотрудников необходимых навыков и знаний для удовлетворения меняющихся
требований туристической отрасли, международных стандартов и потребностей
туристов. Однако на эффективность таких программ обучения могут повлиять
различные факторы. В данном исследовании изучаются несколько аспектов, которые
могут повлиять на качество системы подготовки кадров в сфере туризма. На основе
эмпирических данных и теоретических основ в статье представлены идеи и
рекомендации о возможностях и стратегиях оптимизации и модернизации систем
обучения для повышения эффективности работы сотрудников и организационного
успеха в туристической отрасли.
Ключевые слова:
индустрия туризма, качество, методика преподавания,
тенденции отрасли, устойчивое развитие, Подготовка кадров, Индустрия туризма,
Эффективность обучения, Методы обучения, Интеграция технологий.
UO‘K: 338.482.22
V SON - MAY, 2024
81-88
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
82
FACTORS AFFECTING THE QUALITY OF THE STAFF TRAINING SYSTEM
FOR THE FIELD OF TOURISM
Eshmurodov Rustam Sayfiddin o‘g‘li
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The tourism industry is highly dependent on the skills of the workforce and the
quality of their service in providing excellent services and experiences to travelers. Therefore, a
solid system of personnel training is important to ensure that employees have the necessary skills
and knowledge to meet the changing demands of the tourism industry, international standards,
and the needs of tourists. However, various factors can affect the effectiveness of such training
programs. In this research, several aspects that can affect the quality of the personnel training
system in the field of tourism are studied. Based on empirical evidence and theoretical foundations,
the article provides insights and recommendations on opportunities and strategies to optimize
and modernize training systems to improve employee performance and organizational success in
the tourism industry.
Key words:
tourism industry, quality, teaching methodology, industry trends, sustainable
development, Personnel training, Tourism industry, Teaching effectiveness, Teaching methods,
Technology integration.
Kirish
Turizm sanoati global iqtisodiy o'sish va madaniy almashinuvning muhim dvigateli bo'lib
xizmat qiladi. Sayohat va dam olish tadbirlarining doimiy ravishda kengayishi bilan turizm
sohasida malakali kadrlarga bo'lgan talab ortib bordi. Xodimlarni o'qitishning samarali
tizimlari xodimlarni sohaning murakkabliklarida harakat qilish uchun zarur bo'lgan malakalar
bilan jihozlashda muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqola turizm sohasida kadrlar tayyorlash
sifatiga ta'sir etuvchi omillarni ochib berishga va o'quv dasturlarini optimallashtirish bo'yicha
tavsiyalar berishga qaratilgan.
Adabiyotlar sharhi.
Fayzullayeva
(2023)
o‘zining “Turizm sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarni
tayyorgarlikdagi psixologik xususiyatlari” nomli tadqiqot ishida Turizm industriyasi uchun
oliy professional ta’limda kadrlarni tayyorlash tendensiyalari ko‘rib chiqgan, turizm
industriyasi uchun ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy vazifalari yoritib bergan.
Nsizwazikhona Chilining (2013) “Turizm ta'limi: shaharcha maktablarida turizmni
samarali o'qitish va o'rganishga ta'sir qiluvchi omillar” nomli maqolasida “Agar o'qitish
jozibador va daromadli bo'lmasa, turizm o'qituvchilarining innovatsion va malakali bo'lishlari
uchun to'g'ri tayyorgarlik ko'rilmasa, muassasa rahbariyati sifatida direktorlar o‘qituvchilarni
hamda talabalarni qo'llab-quvvatlamasa, bu yil oxirida yomon natijalar, sifatsiz o'qitishni kelib
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ivanka Nestoroska (2014) o‘zining “Mehmondo'stlik sohasida xodimlarni o'qitish xizmat
sifatini yaxshilash uchun foyda sifatida” deb nomlagan tadqiqot ishida “Turizm sohasida
kadrlarni doimiy o'qitish yuqori raqobat sababli hozirgi kunda eng ahamiyatli vazifalardan
ekanligini va o‘quv kurslari sanoat standartlariga javob beradigan, xodimlarning malakasini
oshirishga va xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashga olib keladigan turli xil dasturlarni o'z ichiga
olishi kerak.”ligini qayd etgan.
Mukumovanig (2020) “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashning
dolzarb muammolari” nomli tadqiqot ishida “Hozirgi vaqtda bozor sharoiti shundayki,
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bitiruvchilari xalqaro standartlarga javob beradigan
kasbiy talablarga javob bermaydi. Bugungi mutaxassislarning professional darajasi past,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
83
shuning uchun o'z mutaxassislik dasturlariga ega mehmonxonalar va sayyohlik agentliklari
yollangan xodimlarni qayta tayyorlashga majbur” ligini ta’kidlagan.
Iskandarova (2023) “Turizmni rivojlanishning zamonaviy tendentleri va kadrlar
tayyorlashda smart innovatsiyalarni qo'llanish bo'yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi” nomli
maqolasida - Yangi bozorlar, epidemiologik vaziyat, raqobat, yangi marketing strategiyalari
yangi yondashuv va yechimlarni talab qiladi. Ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha mutaxassislarni
tayyorlashning ixtisoslashtirilgan dasturlari, mahorat saboqlari, o‘quv jarayonida olingan
amaliy ko‘nikmalar ishbilarmonlik turizmi sohasida mutaxassislar tayyorlashning muhim
jihatlari hisoblanishini ko‘rsatgan.
Ivanovaning
(2016)
“Mamlakatshunoslikni
o‘rganishning
turizmga
kadrlar
tayyorlashning samarali bo‘lishidagi ahamiyati” to‘g‘risidagi tadqiqotida “Mamlakatlarni
kompleks o'rganish, ularning tabiati, aholisi, iqtisodiyoti, madaniyati va ijtimoiy tuzilishi
bo'yicha sintez qilingan turli xil sanalar, mamlakatshunoslik sayyohlik yo'nalishini tanlashga
undashda jamoatchilikning munosabatiga, demak, uning mintaqaviy raqobatiga ta'sir qiladi”
xulosa bergan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot ishimda ilmiy-nazariy izlanishlar, sohada faoliyat yuritib kelayotgan
professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar, tadqiqotchi
olimlarning mavzu yuzasidan ilmiy ishlari va qiyosiy tahlillardan foydalaniladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Turizm sohasiga kadrlar tayyorlash sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi bir nechta
omillar mavjud bo‘lib, ular ko‘plab davlatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo ba’zi bir
shunday omillar borki ular deyarli har bir davlat uchun muhim va ahamiyatli hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassalariga qabul jarayonidagi ba’zi sohaga nomutonosibliklar keltirib
chiqarayotgan kamchiliklarni keltirishimiz mumkin. Misol uchun turizm ta’lim yo‘nalishlariga
o‘qishga hujjat topshirgan talabalardan qabul jarayonida test olinadigan fanlar ham ta’lim
sifatini pastlashigiga sabab bo‘lmoqda. Chunki turizm sohasi iqtisodiyotning asosiy
tarmoqlaridan biri bo‘lib, bu yo‘nalishda ta’lim olayotgan talablarga iqtisodiy va matematik
aniq fanlardan ta’lim beriladi. Ammo yaqin yillardan boshlab bu ta’lim yo‘nalishiga qabul
qilishda birinchi blok fani qilib ijtimoiy fan (tarix fani) qo‘yildi. Bu esa oliy o‘quv yurtlariga
kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan abuturentlarning bir necha yil davomida tarix fani o‘qib
tayyorlanishiga olib keladi va OTMga qabul qilingandan so‘ng ular uchun iqtisodiy va
matematik fanlar qiyinchilik tug‘diradi va natijada ta’lim sifatining pastlashi kuzatiladi. Buni
quyidagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra ham ko‘rishimiz mumkin.
1-rasm. Talabalar sohaga qiziqishining yo‘qolish nuqtasi
18
18
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan so’rovnoma asosida
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
84
So‘rovnomamizni quyidagi savoli turizm yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan ammo kelajakda
bu sohada faoliyat olib borish niyati yo‘q bitiruvchi talabalar o‘rtasida o‘tkazilganda ularning
50 foizi sohaga qiziqishi OTMda o‘qish davomida yo‘qolganini bildirishgan. (1-rasm) Unga
asosiy sabablardan biri ularning fanlarni o‘zlashtirishda qiynalishayotganligi va ta’lim
dasturlarining asosan nazariyaga asoslanib amaliyotdan uzoqlashayotganligi sabab bo‘lmoqda.
(2-rasm)
2-rasm. Ta’lim tizimi haqidagi talabalarning fikrlari
19
Oliy ta’lim muassasalarida sifatli ta’limni tashkil etuvchi samarali o‘quv rejasini tuzish:
Turizm sohasida kadrlar tayyorlash samaradorligini aniqlashda o‘quv dasturining sifati hal
qiluvchi ahamiyatga ega. O‘quv dasturi keng qamrovli bo‘lishi va zamonaviy sanoat
tendensiyalari va amaliyotlari bilan dolzarb bo‘lishi kerak. Bu ayniqsa turizm yo‘nalishi kabi
xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Amaliy bilim va ko‘nikmalarni
mukammal shakllantirilganligi talabalarning kelajakdagi mehnat faoliyatida qiynalmasliklariga
va ko‘plab yutuqlarga erishishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.
3-rasm. Turizmga sohasiga kadrlar tayyorlash tizimidagi kamchiliklar to‘g‘risida
talabalarning fikrlari
20
Navbatdagi so‘rovnomamiz savolidan kelib chiqgan natijalar ham yuqoridagi fikrimga
yaqlol asos bo‘laoladi. Bitiruvchi talabalardan turizm sohasiga kadrlar tayyorlash tizimidagi
kamchilik va muammolar to‘g‘risida fikrlari so‘ralgan. Bu savolga ularning javoblari
19
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan so’rovnoma asosida
20
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan so’rovnoma asosida
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
85
quyidagicha bo‘ldi, unga ko‘ra aksariyat talabalar 73.5 % ya’ni 122 kishi amaliy
mashg‘ulotlarning haqiqiy amaliyotdan ko‘ra nazariyaga ko‘proq bog‘lanib qolganligida ya’ni
maruza ma’lumotlari qayta takrorlanishini asosiy kamchilik sifatida ko‘rishgan. Professor-
o‘qituvchilarda soha yuzasidan amaliy bilimning yo‘qligini 33 (19.9%) kishi va OTMlarda ta’lim
berishda foydalanilayotgan adabiyotlarning ma’lumotlar jihatidan eskiligini ham 19.9 %
bitiruvchilar tizimdagi kamchilik deya ko‘rsatishgan.
Talabalar tomonidan ko‘tarilgan ya’na bir asosiy kamchiliklaridan biri sifatida OTMlarda
ta’lim berishda foydalanilayotgan adabiyotlarning mazmuniga e’tibor bermasdan xorij
adabiyotlaridan ko‘chirilayotganligida deb hisoblovchilar 16.3 % ya’ni 27 kishini tashkil qilgan.
Bundan tashqari hozirgi kunda mamlakatimizda mavjud oliy ta’limga qabul tizimidagi
abuturentlarga berilgan beshta oliy ta’lim muassasasiga topshira olish imkoniyati ham o‘zining
salbiy tomonlarini yuzaga chiqarib boshlagan. Misol tariqasida turizm yo‘nalishlariga hujjat
topshirayotgan abuturentlarni tahlil qilganimizda yuqoridagi natijalarni kuzatdik.
1-jadval
Oliy ta’lim muassasalarining 2022-2023 o‘quv yili uchun turizm yo‘nalishiga qabul
ko‘rsatkichining abuturentlar tomonidan tanlovi ko‘rsatkichlari
21
OTM nomlari
Jami
1-
tanlov
2-
tanlo
v
3-
tanlo
v
4-
tanlo
v
5-
tanlo
v
1-2
tanlov
foizi
4-5
tanlov
foizi
Ipak yo‘li turizm va
madaniy meros
xalqaro
universiteti
485
66
88
86
110
135
31,7
50,5
Buxoro davlat
universiteti
81
8
5
12
22
34
16
69,1
Chirchiq davlat
pedagogika
unversiteti
103
7
9
24
30
33
15,5
61,1
Qarshi davlat
universiteti
66
5
10
9
14
28
22,7
63,6
Samarqand
iqtisodiyot va
servis instituti
209
20
24
31
79
55
21
64,1
Toshkent davlat
iqtisodiyot
universiteti
104
18
27
21
20
18
43,2
36,5
Urganch davlat
universiteti
55
9
3
9
14
20
21,8
61,8
Bundan tashqari hozirgi kunda mamlakatimizda mavjud oliy ta’limga qabul tizimidagi
abuturentlarga berilgan beshta oliy ta’lim muassasasiga topshira olish imkoniyati ham o‘zining
salbiy tomonlarini yuzaga chiqarib boshlagan. Misol tariqasida turizm yo‘nalishlariga hujjat
topshirayotgan abuturentlarni tahlil qilganimizda yuqoridagi natijalarni kuzatdik.
Jadvaldagi ko‘rsatkichlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, shuni anglashimiz mumkin hozirgi
kunda turizm ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga topshirayotgan talabalarning aksariyati bu
yo‘nalishni oxirgi o‘rinlarda tanlagan va o‘zlari uchun boshqa yo‘nalishlarga kiraolishmaganda
vaziyat chiqish yo‘li deb qarashmoqda. Bu esa ta’lim sifatining tushishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z
ta’sirini o‘tkazmoqda. Chunki hozirgi mamlakatimizda o‘qishga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘lib
maktab bitiruvchilarining barchasi o‘qish kirish niyatida tayyorgarlik ko‘rishadi, lekin bir yillik
21
DTM ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
86
qabul kvotasi jami abuturentlarning atigi 10 foizinigina tashkil qiladi, bu esa abuturentlarga
o‘qishga kiraolmaslik qo‘rquvini uyg‘otadi va ular o‘zlari yoqtirmagan yoki qiziqmagan
yo‘nalishlariga vaziyat chiqish yo‘li sifatida qaragan holatda hujjat topshirishadi. Bunday
holatlarga ya’na bir sabab qabul kvotasining davlat grantiga ajratilgan qismi juda kam bo‘lib,
kirish ballarining yo‘nalishlar o‘rtasidagi tafovuti yuqoriligi ham bo‘lishi mumkin, shuning
uchun abuturentlar o‘zlari grant asosida kirishiga ishongan yo‘nalishlarni 4-5 tanlov
yo‘nalishlariga tanlash holat uchramoqda, bunda agar abuturent o‘zi hohlagan yo‘nalishga
grantga kiraolmasa yoki umuman kiraolmasa oxirgi tanlov yo‘nalishlariga qabul qilinish
imkoniyati yuqori. Shu sababli abuturentlarning aksariyati 1-2 yo‘nalish sifatida o‘zlari
yoqtirgan va shu sohada ta’lim olishni, faoliyat olib borishni istaydiganlarini tanlashadi. Ammo
4-5 tanlov yo‘nalishlariga kirib qolgan abuturentlar bu yo‘nalishlarda hohish va qiziqishlarsiz
majburiy holatda o‘qiyotganliklarini kuzatilmoqda va ularning o‘zlari ham buni
ta’kidlashmoqda. O‘z navbatida bu omil ham oliy ta’lim muassasalaridagi professor-
o‘qituvchilarning faoliyatida qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
Qo‘shimcha tarzda shuni aytish mumkinki, yaxshi ishlab chiqilgan o‘quv dasturi turizm
sanoati ehtiyojlariga javob beradigan tegishli tarkibni ta'minlaydi. Bunga turizm
tendentsiyalari, destinatsiyalarni boshqarish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, madaniy sezgirlik
va barqarorlik kabi mavzular kiradi. O‘quv rejasi sanoat standartlariga moslashtirilsa, u
talabalarni ish talablariga yaxshiroq tayyorlashi mumkin.
Yuqori sifatli o‘quv dasturi turli xil o‘qitish usullarini qo‘llash orqali o‘rganishni
yaxshilaydi, masalan, amaliy tadqiqotlar, guruh muhokamalari va amaliy mashg‘ulotlar bilan
o‘tkaziladi. Talabalar o‘z bilimlarini o‘rganish bilan shug‘ullanganlarida, ular ma'lumotlarni
saqlab qolishlari va uni real vaziyatlarda qo‘llashlari mumkin.
Yaxshi ishlab chiqilgan o‘quv dasturi talabalarga ish beruvchilar izlayotgan ko‘nikma va
bilimlarni taqdim etish orqali ularning ishga joylashishini oshirishi mumkin. Bu muloqot,
muammolarni hal qilish va jamoada ishlash kabi amaliy ko‘nikmalarni, shuningdek, turizm
sanoati bo‘yicha maxsus bilimlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Sifatli o‘quv dasturi o‘quvchilarda o‘rganishga bo‘lgan muhabbat va ularning ko‘nikma va
bilimlarini rivojlantirishda davom etish istagini uyg‘otish orqali umrbod ta'limni
rag‘batlantirishi mumkin. Bu tendentsiyalar va mijozlarning talablari doimiy ravishda o‘zgarib
turadigan turizm kabi sohada ayniqsa muhimdir.
Turizm sohasida kadrlar tayyorlash samaradorligini aniqlashda o‘quv dasturining sifati
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Yaxshi ishlab chiqilgan va bajarilgan o‘quv dasturi talabalarga sohada
muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va munosabatlarni berishi va
pirovardida turizm sanoatining umumiy muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarida dars beradigan professor-o‘qituvchilarning sifati kadrlar
tayyorlash sifatiga ta'sir qiluvchi yana bir muhim omildir. Professor-o‘qituvchilar talabalarga
turizm sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
munosabatlarni berish uchun mas'uldirlar. Ular sohani yaxshi bilishi, o‘qituvchilik tajribasiga
ega bo‘lishi, o‘z bilimlarini talabalarga samarali yetkaza olishi kerak. Bundan tashqari, ular
talabalarni o‘rganishga va bilimlarini amaliy sharoitlarda qo‘llashga undashlari kerak.
Professor-o‘qituvchilar talabalarga soha haqida har tomonlama tushuncha bera olishlari
kerak. Bu turizmning turli turlari, masalan, rekreatsiya, ishbilarmonlik, madaniy, ma'rifiy,
tibbiy va boshqalarni tushunishni, shuningdek, bu turli xil turlarining bir-biri bilan o‘zaro
ta'sirini tushunishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilar talabalarga turli
mamlakatlar turizmga qanday munosabatda bo‘lishlari haqida tushuncha berishlari kerak. Bu
har bir mamlakatda turizmni boshqaradigan turli xil qoidalar va qonunlarni tushunishni o‘z
ichiga oladi.
Va nihoyat, professor-o‘qituvchilar talabalarga turizm sanoatida mijozlarga xizmat
ko‘rsatish haqida keng qamrovli tushuncha bera olishlari kerak. Bu aloqa ko‘nikmalari,
muammolarni hal qilish qobiliyatlari, nizolarni hal qilish qobiliyatlari va boshqa shu kabi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
87
mijozlarga xizmat ko‘rsatish tamoyillarini tushunish, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatish
biznesning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligiga qanday ta'sir qilishi mumkinligini
tushunishni o‘z ichiga oladi. Talabalarga turizm sanoatida mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
ushbu keng qamrovli bilimlar bazasini taqdim etish orqali professor-o‘qituvchilar o‘z
talabalarining ushbu sohada muvaffaqiyatga tayyor bo‘lishini ta'minlashlari mumkin.
Kadrlar tayyorlashda qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar ham ta’lim natijalariga
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tanqidiy fikrlash va muammoni hal qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiruvchi interfaol va ishtirokchi usullar an'anaviy ma'ruzaga asoslangan o‘qitish
usullaridan ko‘ra samaraliroqdir.
Darsliklar, o‘quv materiallari va texnologik infratuzilma kabi manbalar samarali o‘quv
dasturlari uchun juda muhimdir.
Sohada faoliyat yurituvchi korxonalar bilan hamkorlik xodimlarni o‘qitish dasturlari real
ehtiyojlarga mos kelishini ta'minlash va sanoat standartlarini ilgari surish imkonini beradi.
Turizm sohasida malakali ishchilarga bo‘lgan talab kadrlar tayyorlash dasturlarining
dolzarbligi va samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin.
Hukumat me'yorlari: turizm sohasidagi ta'lim bilan bog‘liq davlat me'yorlari, masalan,
litsenziyalash talablari, turizm sohasida ishga joylashish uchun zarur bo‘lgan malaka va
malakalarning minimal standartlarini belgilash orqali xodimlarni tayyorlash dasturlari sifatiga
ham ta'sir qilishi mumkin.
Turizm sanoati dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, har yili
millionlab odamlar biznes yoki dam olish uchun sayohat qilishadi. Sanoat o‘sishda davom etar
ekan, uning muvaffaqiyatini ta'minlash uchun malakali kadrlarga talab ortib bormoqda. Turizm
industriyasi xodimlarining zarur malaka va bilimlarini shakllantirishda kadrlar tayyorlash
tizimi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biroq, kadrlar tayyorlash tizimining sifatiga turli omillar ta'sir
ko‘rsatishi mumkin, bu esa o‘quv dasturlari samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin.
Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimining sifatiga ta'sir qiluvchi muhim omillardan
biri bu o‘quv dasturining sifatidir. O‘quv dasturi turizm sanoatining o‘ziga xos ehtiyojlarini
qondirish uchun ishlab chiqilgan bo‘lishi va eng so‘nggi tendentsiyalar va amaliyotlar bilan
dolzarb bo‘lishi kerak. O‘quv dasturi ham sohani chuqur o‘zlashtirgan tajribali mutaxassislar
tomonidan ishlab chiqilishi kerak.
Kadrlar tayyorlash tizimining sifatiga ta'sir ko‘rsatadigan yana bir muhim omil - o‘qitish
usullarining samaradorligi. Qo‘llaniladigan o‘qitish usullari qiziqarli, interaktiv va xodimlarga
bilim va ko‘nikmalarni uzatishda samarali bo‘lishi kerak. An'anaviy sinfda o‘qitish usullari har
doim ham eng samarali bo‘lishi mumkin emas va elektron ta'lim, simulyatsiya va ish joyida
o‘qitish kabi muqobil usullar ko‘proq mos kelishi mumkin.
Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimining sifatini ta’minlashda o‘quv
mashg‘ulotlarining ish bilan bog‘liqligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ta'lim dasturlari
muayyan ish rollari va mas'uliyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak va xodimlar
o‘rganganlarini bevosita o‘z ishlarida qo‘llashlari kerak. Bu xodimlarning ishonchini va
motivatsiyasini oshirishga yordam beradi, bu esa ish samaradorligini oshirishga olib keladi.
Kadrlar tayyorlash tizimining sifatiga ta'sir ko‘rsatadigan yana bir omil - murabbiylarning
malakasi va malakasi. Trenerlar turizm sohasida tegishli tajriba va malakaga ega bo‘lishi va
treningni samarali o‘tkazishi kerak. Shuningdek, ular individual xodimlarning ehtiyojlarini
qondirish uchun o‘zlarining o‘qitish usullarini moslashtira olishlari va trening ularning ish
rollariga mos kelishini ta'minlashlari kerak.
Turistik korxonada taklif etiladigan xizmatlarning raqobatdagi ustunligiga faqatgina
kadrlar salohiyatini oshirish orqali jamoa har bir aʼzosining malakaviyligi, nostandart
vaziyatlarda masʼuliyatni boʻyniga olib, ish tutishi orqali erishishi mumkin. Buning uchun esa
malaka oshirishning rotatsiya usuli, yaʼni xodimlarni gorizontal yoʻnalishda har xil
lavozimlarga koʻchirish va almashtirish orqali amalga oshiriladi.
Kadrlar tayyorlashda boshqaruvning asosiy funksiyalari mavjud bular:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
88
- har tomonlama nazorat, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish;
- kadrlarni salohiyatiga koʻra joylashtirish, vazifalarning toʻgʻri taqsimlanishi;
- taʼlimga oid axborotlar tizimini tashkil qilish va undan foydalanish;
- sohaga oid innovatsiyalardan maksimal darajada foydalanish;
- oliy oʻquv yurtlari faoliyatini prognoz qilish va boʻlajak kadrlarni har tomonlama
qoʻllab -quvvatlash va maqsadlarini aniq qoʻyish va h.k .
Shuni unutmaslik joizki turizm sohasining rivojlanishi nafaqat shu soha rivojlanishiga
balki uning natijasida mamlakatning boshqa sohalari rivojlanishiga ham turtki boʻladi bu esa
mamlakatimizning rivojlangan mamlakatlar qatorida dunyo tan olgan davlat boʻlishiga keng
yoʻl ochib beradi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, kadrlar tayyorlash tizimining sifati turizm korxonalarining
raqobatbardoshligi va barqarorligiga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim samaradorligiga ta'sir
qiluvchi turli omillarni tushunish va hal qilish orqali tashkilotlar turizm sanoatining dinamik
landshaftida xodimlarning ish faoliyatini, mijozlar ehtiyojini qondirishni va umumiy biznes
muvaffaqiyatini oshirishi mumkin. Davomiy izlanishlar, innovatsiyalar va hamkorlik ta'lim
amaliyotlarini o'zgaruvchan ehtiyojlarga moslashtirish va turizm ishchi kuchining uzluksiz
kasbiy rivojlanishini ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimining sifatiga turli omillar ta'sir
ko‘rsatishi mumkin, jumladan, o‘quv dasturining sifati, o‘qitish usullarining samaradorligi,
o‘qitishning kasbga mosligi, mutaxassislarning malakasi va trenerlar malakasi va o‘quv
resurslarining mavjudligi. Turizm sanoatida kadrlar tayyorlash tizimining sifatini oshirish
uchun tashkilotlar ushbu omillarni hisobga olishlari va o‘z xodimlarining va umuman
sanoatning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondiradigan o‘quv dasturlariga sarmoya kiritishlari kerak.
Shunday qilib, ular o‘z xodimlarini o‘z vazifalarini bajarishda muvaffaqiyatga erishish uchun
zarur ko‘nikma va bilimlar bilan ta’minlashi, bu esa yanada muvaffaqiyatli va gullab-
yashnayotgan turizm sanoatiga olib kelishi mumkin.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Chili, N. (2013). Tourism Education: Factors Affecting Effective Teaching and Learning of
Tourism
in
Township
Schools.
Journal
of
Human
Ecology,
41(1),
33–43.
https://doi.org/10.1080/09709274.2013.11906551
https://doi.org/10.21070/ijler.2020.V7.483
Iskandarova, N. (2023). Modern Trends in the Development of Tourism and the Experience
of Foreign Countries in the Application of Smart Innovations in Personnel Training.
Ivanova, L. (2016). THE ROLE OF COUNTRY STUDIES FOR THE EFFECTIVE TRAINING OF
THE TOURIST PERSONNEL. In Economics, management, law: socio-economic aspects of
development (pp. 7-10).
Mukumova, N. N. (2020). Current Problems of Personnel Training for the Tourism Sector in
Uzbekistan. Indonesian Journal of Law and Economics Review, 9, 10.21070/ijler.2020.V7.483.
Nestoroska, I., & Petrovska, I. (2014). Staff training in hospitality sector as benefit for
improved service quality. In Tourism and Hospitality Industry 2014–CONGRESS PROCEEDINGS,
January (pp. 437-448).
Файзуллаева, Н. (2023). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ
СПЕЦИАЛИСТОВ В СФЕРЕ ТУРИЗМА: Файзуллаева Нилуфар, доцент кафедры
«Инновационное
образование»
Ташкентский
государственный
экономический
университет. Образование и инновационные исследования международный научно-
методический журнал, (2), 384-388.
