Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
244
DUALISTIK MOLIYA TIZIMI EGA MALAZIYA, INDONEZIYA VA BANGLADESHNING
MOLIYA BOZORI HOLATI TAHLILI
Zayniddinov Ruhiddin
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-2778-8147
Аnnotatsiya
.
Mazkur maqolada alternativ moliya tizimini an’anaviy moliya tizimiga
integratsiyalash orqali dualistik moliya tizimida ishlovchi Malaziya, Indoneziya va Bangladesh
kabi mamlakatlarning moliya bozori joriy holati tahlili qilinadi. Jumladan, ushbu maqolada asosiy
e’tibor Malaziya, Indoneziya va Bangladeshning islomiy va an’anaviy banklarining mamlakat
moliya bozoridagi ishtirokining qiyosiy tahliliga qaratilgan bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sektorini moliyalashtirish holati,
investitsiyalar jalb qilish va boshqa xizmat
ko‘rsatish faoliyati turlarining holati tadqiq etiladi. Ushbu tadqiqotni olib borishda asosan
miqdoriy yondashuvdan foydalanilgan.
Kalit soʼzlari:
dualistik moliya tizimi, islom moliyasi, islom banki,
islomiy darcha, an’anaviy
moliya, Malaziya, Indoneziya, Bangladesh.
АНАЛИЗ СОСТОЯНИЯ ФИНАНСОВОГО РЫНКА МАЛАЙЗИИ, ИНДОНЕЗИИ И
БАНГЛАДЕШ С ДУАЛИСТИЧЕСКИМИ ФИНАНСОВЫМИ СИСТЕМАМИ
Зайниддинов Рухиддин
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье анализируется текущее состояние финансовых
рынков таких стран, как Малайзия, Индонезия и Бангладеш, которые функционируют в
дуалистической финансовой системе путем интеграции альтернативной финансовой
системы в традиционную финансовую систему. В частности, в данной статье основное
внимание уделяется сравнительному анализу участия исламских и традиционных
банков на финансовых рынках Малайзии, Индонезии и
Бангладеш, изучению состояния
финансирования производственных и сервисных секторов, привлечения инвестиций и
других видов сервисной деятельности. В данном исследовании в основном используется
количественный подход.
Ключевые слова
:
дуалистическая финансовая система, исламские финансы,
исламский банкинг, исламское окно, традиционные финансы, Малайзия, Индонезия,
Бангладеш.
UO‘K:
339.187.62
I SON - YANVAR, 2025
244-253
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
245
ANALYSIS OF THE FINANCIAL MARKET STATUS OF MALAYSIA, INDONESIA AND
BANGLADESH WITH DUALISTIC FINANCIAL SYSTEMS
Zayniddinov Rukhiddin
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes the current state of the financial markets of countries such
as Malaysia, Indonesia, and Bangladesh, which operate in a dualistic financial system by
integrating the alternative financial system into the conventional financial system. In particular,
this article focuses on a comparative analysis of the participation of Islamic and conventional
banks in the financial markets of Malaysia, Indonesia, and Bangladesh, examining the state of
financing of the production and service sectors, attracting investments, and other types of service
activities. This study mainly uses a quantitative approach.
Keywords:
dualistic financial system, Islamic finance, Islamic banking, Islamic window,
conventional finance, Malaysia, Indonesia, Bangladesh.
Kirish.
So’ngi 20 yillikda ko’plab mamlakatlar moliya tizimini rivojlantirishda dualistik moliya
tizimini yo’lga qo’yish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu an’anaviy moliya
ti
zimi bilan islom moliyasi tizimini parallel ravishda mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti yo’lida
ishlashini anglatadi.
Jahonda islom moliya tizimi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan va ishonchli,
innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini oʻzida jamlang
an sohalardan biri hisoblanib,
ayniqsa
aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo’lgan davlatlar uchun ushbu
tarmoqni rivojlantirish, dolzarb hisoblanadi.
2022 yil yakunlari boʻyicha ushbu tarmogʻning yalpi aktivlari miqdori 4,5 trillion AQSh
dollar
ini tashkil etdi va yiliga oʻrtacha 10
-
15 foizga oʻsib bormoqda.
Islom moliyaviy xizmatlar kengashi (2022) ma'lumotl
ariga koʻra, 75 dan ortiq
mamlakatlarda 600 ga yaqin islom banklari va islom banki boʻlimiga (islomiy darchalar) ega
taxminan 200 dan ortiq
an’anaviy banklar mavjud.
Global islomiy moliya sanoatining uchta asosiy yoʻnalishi bank ishi, kapital bozorlari va
takaful (islomiy sugʻurta) hisobiga yiliga ikki xonali oʻsish raqamini qayd etib bormoqda. Shu
bilan birga, islom moliyasi taraqqiy etgan ma
mlakatlarning ko’pchiligi dual moliya tizimiga ega
bo’lib, islom moliyasi an’anaviy moliya tizimi bilan parallel ishlashi mumkinligini ko’rsatib
kelmoqda.
An’anaviy moliya tizimiga islomiy moliya tizimini integratsiyalashtirib dual moliya
tizimini muvaffa
qiyatli yo’lga qo’ya olgan 3 ta mamlakat Malayziya, Bangladesh va Indoneziya
mamlakatlarini tadqiq etish ushbu tadqiqotimizning maqsadi hisoblanadi.
Аdabiyotlar sharhi.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, islom moliyasi bugungi kunda butun dunyo bo’ylab juda tez
surʼatda rivojlanib borayotgan jahon moliya sanoatining yetakchi qismi sifatida eʼtir
of
etilmoqda. Islom moliyasi eng ilgʼor soha sifatida nafaqat musulmon mamlakatlari,
balki
musulmon boʼlmagan mamlakatlar ham oʼz moliya sanoatlarida dual moliya tizimini
tashkil
etishda foydalanishmoqda.
Dual moliya tizimi -
ya’ni islomiy va an’anaviy moliya tizimlarining bir vaqtning o‘zida
mavjudligi - moliya sohasida muhim va murakkab masalalardan biridir. Bu tizim, ayniqsa,
islomiy moliya tamoyillari va an’anaviy mol
iya amaliyotlarini birlashtirgan mamlakatlarda,
iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda o‘zining rolini ko‘rsatmoqda. Bu mavzu
bo‘yicha turli tadqiqotlar, har bir tizimning o‘ziga xos
xususiyatlarini, uning mamlakat
iqtisodiyotiga ta’sirini, hamd
a dual tizimning samaradorligini tahlil qilishga qaratilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
246
Islomiy va an’anaviy bankchilik tizimlarining qiyosiy tahlilini olib borish, so‘nggi
yillarda ko‘plab tadqiqotlarning asosiy mavzularidan biri bo‘lib kelmoqda. Islomiy
bankchilikning asosiy xusus
iyatlari, ribo (foiz), maysir, g‘arar va g‘abnni taqiqlash va
investitsiyalarning ijtimoiy va axloqiy jihatlariga e’tibor berishga qaratilgan. An’anaviy
bankchilik tizimi esa, odatda, bozor iqtisodiyotining talab va taklif tamoyillari asosida
faoliyat yuri
tib, ijtimoiy tengsizlikni oshirishga hissa qo‘shishi bilan kamchilik tomonlari
namoyon bo‘ladi. Islomiy bankchilik tizimi va an’anaviy bankchilik tizimlarining o‘zaro
ta
’siri va samaradorligini tahlil qilish, global moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda mu
him
ahamiyatga ega. Jumladan, bulardan, Abed va Al-Matar (2018) ilmiy ishlarida islomiy va
an’anaviy moliya tizimlarining o‘zaro ta’sirini o‘rganish
gan. Tadqiqotchilar maxsus
metodologiya asosida, dual tizimga ega bo‘lgan mamlakatlarda moliya barqarorligi
va
rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etishgan. Tadqiqotda, ikki tizimning
integratsiyasi iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi, ammo ba’zi mamlakatlar
da bu
tizimlarning bir-
biriga moslashishi qiyin bo‘lgani haqida ham so‘z boradi. Yonda
shuv
sifatida iqtisodiy model va statistik tahlil usullari qo
‘
llanilgan. Mazkur tadqiqotning
natijasida dual moliya tizimi iqtisodiy barqarorlikka olib kelishi mumkinligi, lekin uning
samaradorligi har bir mamlakatning iqtisodiy holatiga qarab farq qilishi aniqlangan.
Shuningdek, Xan (2020) olib borgan tadqiqot ishida Islomiy va an’anaviy moliya
tizimlarining iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka ta’sirini o‘rgangan. Tadqiqotd
a, islomiy
moliyaning asosiy tamoyillari, masalan, ribo (foiz)ni taqiqlash va riskni taqsimlash,
an’anaviy moliya tizimi bilan qiyoslanadi. Tadqiqotda keys stady (case study) yondashuvi
orqali Saudiya Arabistoni va Malayziya misolida dual tizimni tadqiq etiladi. Ilmiy ishning
natijasida Islomiy moliya tizimi ko‘proq ijtimoiy barqarorlikka xizmat qilgan bo‘lsa,
an’anaviy tizim iqtisodiy o‘sishni tezlashtirgani aniqlangan. Bundan tashqari, Ali va Omar
(2021) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotda islomiy va a
n’anaviy moliya tizimlari
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni tahlil qilishda, iqtisodiy va
ijtimoiy omillarni e’tiborga olishga
alohida urg‘u berilgan. Tadqiqotda dual tizimning samaradorligini o‘
rganish uchun
analitik va matematik modellardan foydalanilgan. Tadqiqotning natijasida dual moliya
tizimi o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanat global miqyosda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga
yordam berishi borasidagi ilmiy faraz o‘z tasdig‘ini topgan. Shu bilan birga, Iqbol va
Miraxor (2011) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqo
tda islomiy bankchilik tizimining asosiy
tamoyillari va uning an’anaviy bankchilik tizimi bilan integratsiyasini o‘rganilgan.
Tadqiqotda islomiy bankchilikni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar va
ularning iqtisodiy tizimga ta’siri tahlil qilingan
. Tadqiqorning natijasida Islomiy banklar
an’anaviy banklar bilan birgalikda ishlashda
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yordam
berishi, ammo, birlashtirish jarayonida ba’zi normativ muammolar yuzaga kelishi
mumkin ta’kidlangan.
Bugungi kunda O’zbekistonda ham bu soha bo’yicha tadqiqot ishlari va izlanishlar
olib borayotgan olim va izlanuvchilarning yildan-
yilga ko’payotgani tahsinga sazovordir.
Ular o’zlarining izlanishlarining natijalarini doimo e’lon qilib borishi bu sohaga qiz
iqish
bildirayotgan yangi o’quvchilar uchun ayni muddaodir.
Jumladan, Abrorov (2024) “Islom kapital bozori ekotizi
mini shakllantirish
istiqbollari” nomli ilmiy tadqiqot ishida dual moliya tizmi tadqiq etilgan. Ushbu tadqiqot
ishida matematik modellashtiri
sh yondashuvi ham foydalanilgan bo‘lib, Islomiy va
an’anaviy fond birjasi indesklari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqi
qotning natijasida Islomiy
fond birja indekslari inqirozlar davrida an’anaviy fond birja indekslaridan chidamli
ekanligi isbotlangan. Shuningdek, Islomiy moliya tizimi muqobil moliya tizimi sifatida
an’anaviy moliya tizimi bilan birgalikda ishlay olishi an
iqlangan. Bundan tashqari,
o’zimizning “O‘zbekistonda davlat
-xususiy sherikchilik (DXSH) loyihalarida islomiy
moliyalashtirish konsepsiyasini
asoslash va joriy etish” nomli avvalgi maqolamizda
davlat-xususiy sherikchilik (DXSH) loyihalarini moliyalashtiris
hda an’anaviy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
247
moliyalashtirish bilan parallel ravishda islomiy moliyalashtirishdan ham foydalanish
mumkinligini asoslaganmiz. Jumladan, DXSh loyihalarini moliyalashtirishda dual moliya
tizimi imkoniyatlaridan foydalanish O’zbekiston misolida ko’rib
chiqqa
nimizda, qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish hamda samarali moliyalashtirish
mexanizmini yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan ham katta a
hamiyatga egaligi aniqlangan.
Mazkur dual moliya tizimini tadqiq etishga qaratilayotgan tadqiqotimiz yuqorida nomlari
keltirilgan olimlarning ilmiy ishlaridan qo‘llanilgan yondashuv, tanlab olingan mamlakatlar va
davr nuqtai nazaridan farqlidir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolamizni ilmiy jihatdan keng darajada tahlil qilishda miqdoriy yondashuvidan
foydalanildi. Jum
ladan, islomiy va an’anaviy banklarning moliya bozoridagi ishtiroklarini tahlil
qilishda qiyosiy tahlil qilishdan ham samarali foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Maqolamizda dual moliya tizimiga ega Malayziya, Bangladesh va Indoneziya kabi
maml
akatlarning an’anaviy moliya tizimi bilan birgalikda islomiy moliya tizmini ishlash
faoliyatini har bir mamlakat misolida batafsil tahlilini olib boramiz. Birinchi tahlilni eng
taraqqiy etgan dual moliya tizimiga ega Malayziyadan boshlaymiz.
Malayziya iqtisodiyoti va moliyaviy institutlarini islomiy moliya tamoyillari asosida
rivojlantirish va tuzilmalash bo’yicha uzoq, boy tarixga ega.
1-rasm. Dual moliya tizimiga ega 3 ta mamlakatda Islom banklari va darchalarining
taqsimoti (2022)
Malayziyaning islom
moliya tizimidagi tajribasi uzoq yillik tarixga ega bo’lib, ushbu uzoq
yillik tarix mamlakatda ushbu sohaning mustahkam poydevori yaratilishiga olib keldi.
Malayziya bugungi kunda ushbu sohada jahonda yetakchi hisoblanib, islomiy banklari,
investitsiya fondlari, takoful (Islom sug'urtasi), islomiy kapital bozori faoliyati, moliyaviy
texnologiyalardan foydalanish, markaziy bankning foizsiz pul bozori vositalari va xizmatlarini
taqdim qilib kelmoqda va ushbu mamlakatning islom moliyasi borasidagi tajribasidan
foydalanib kelmoqdalar.
Malayziya aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil qilganligi sababli islomiy
banklarga talab kuchli edi, shu sababdan, mamlakatda 1983-yilda islom banklari tashkil etila
boshlandi.
Malayziyada islom banklari faoliyatidagi rivojlanishning sabablaridan yana biri dual bank
tizimining ishga tushirilishi bo’ldi ya’ni 1993
-yildan boshlab an'anaviy banklar ham islomiy
14
5
6
22
163
11
33
6,7
2,5
0
20
40
60
80
100
120
140
160
180
Indoneziya
Bangladesh
Malayziya
Islom banklari soni
Islom darchalari soni
Islom darchasining bozor ulushi (%)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
248
moliya mahsulotlarni taklif qilishlari uchun an’anaviy banklar qoshida is
lom darchasini tashkil
etish bo’yicha rejasi joriy etildi va shu tariqa, an’anaviy banklar ham islom banklarining
mahsulot va xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Buning natijasida,
Malayziyada foizli va foizsiz vositalar taklif qilinishi
mumkin bo’lgan du
al bank tizimi paydo
bo’l
di. Malayziyada bank tizimi
ning 3 xil ko’rinishi mavjud bo’lib, an’anaviy
banklar, islom
banklari va investitsiya banklari kabilardir(2-rasm).
2-rasm. Malayziyaning dual bank tizimi tahlili
Malayziyada jami 26 ta tijorat banklari bo’lib, bulardan 8 tas
i mahalliy,18 tasi esa xorijiy
banklardir. Islom banklari esa 17 ta bo’lib, 6 tasi mahalliy va 11 tasi xorijiy, shuningdek,
mamlakatda 11 ta mahalliy investitsiya banklari ham mavjud.
Malayziyada dastlab tashkil etilgan bank Malayziya Berhad islom banki
(
Bank Islam
Malaysia Berhad
)
bo’lib, 1983
-yil 1-iyuldan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bank dastlab
Malayziya musulmon aholisining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tashkil etilgan
bo’l
ib, bank dastlab 153 mln AQSH dollari (500 million RM) ustav kapitali va 25 million AQSh
dollari (79,9 million RM) aksiyadorlar tomonidan kiritilgan kapital bilan tashkil etilgan edi.
Bugungi kunga kelib ushbu bank sezilarli darajada kengaydi. Berhad islom banki tashkil etilgan
yilda mamlakat bo’ylab to’rtta filiali bo’lib, 272 nafar xodim faoliyat yuritgan bo’lsa, bugungi
kunga kelib esa 134 ta filiali, 4500dan ortiq xodimga ega. Shuningdek, 1200 dan ortiq o'ziga
xizmat ko'rsatish terminallari mavjud. Berhad banki shariat tamoyillariga mos mahsulotlar va
xizmatlar portfelini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda
. Bank o’z mijozlariga transport
vositalari va uy-joylarni moliyalashtirish, kredit karta xizmatlari va aktivlarni boshqarish,
kichik va o'rta biznes loyihalarini moliyalashtirish va pul mablag'larini boshqarish xizmatlari
taklif etadi.
1-jadval
Malayziyadagi banklarning jami aktivlari (mln RM, 2007-2021)
Oktabr
2007
Avgust
2008
Avgust
2010
Avgust
2013
Avgust
2016
Avgust
2019
Avgust
2021
An’anaviy
banklar
950959,04
976982,17
1136755,66
1528786,63
1766482,40
1956246,09
2071337,03
Islomiy
banklar
71182,23
84547,23
243534,87
400749,66
542859,56
791360,86
910533,53
Investitsiya
banklari
65985,23
80312,66
60933,77
59746,48
50611,64
47112,71
50608,32
Jami
1088127,14
1141842,05
1141224,30
1989282,77
2359953,60
2803719,66
3032478,88
Malayziyada xorijiy islom banklari ham tashkil etilib, o’z faoliyatlarini yuritmoqda.
Mamlakatdagi dastlabki xorijiy islom banklaridan biri P.T Muamalat Indoneziya islom banki
8
6
11
18
11
26
17
11
0
5
10
15
20
25
30
An'anaviy banklar
Islom banklari
Investitsiya banklari
Mahalliy
Xorijiy
Jami
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
249
(P.T Bank Muamalat Indonesia)
1991-yilda tashkil etilgan.
Muamalat banki o’z mijozlariga
investitsion hisob va joriy hisob xizmatlaridan tashqari, uy-
joy, aylanma mablag’larni
moliyalashtirish, tijorat moliyasi, pensiya jamg
’armasi, takoful va ijara mahsulotlarini taklif etib
kelmoqda.
Malayziyaning Markaziy banki Bank Negara tomonidan 2007-yil yanvaridan 2021-yil
avgustigacha bo’lgan davrlarda, ya’ni 15 yil mobaynidagi banklarning umumiy qiymatining
qiyosiy tahlilini e’lon q
ilindi (2-jadval). Banklarning umumiy qiymatiga nazar tashlaydigan
bo’lsak, 2007
-yil yanva
r oyida taxminan 1 trillion RM bo’lgan bu qiymatlar 2021
-yil avgust
oyida 3 trillion RMga yetgan, ya’ni uch barobar ko’paygan. Bu qiymatlar tijorat banklarining
umumi
y qiymati 1 trillion RMdan 2 trillion RMga oshganligini ko’rsatdi. Ayniqsa, islom
banklari
ning to’liq qiymati 70 milliard RM dan taxminan 1 trillion RM ga ko’tarildi. Bu so’nggi
15 yilda Malayziyada islomiy banklarga bo’lgan talab yuqori sur’atda o’sganligini ko’rsatadi.
2007-2021-
yillar mobaynida banklarning umumiy qiymati 3 barobarga, an’anav
iy
banklar qiymati 2 barobarga, islom banklarining umumiy qiymati esa taxminan 13 barobarga
oshganini ko’rish mumkin (3
-rasm). Bundan
Malayziyada islom banklariga bo’lgan talabning
keskin
oshganligini ko’
rish mumkin.
3-rasm. Umumiy bank aktivlarining trend tahlili.
Dual moliya tizimiga ega keyingi mamlakatimiz Bangladesh bo’lib, quyida ushbu
mamlakatning dual moliya tizimi tahlilini olib boramiz.
2-jadval
Islom banklarining Bangladeshdagi barcha banklarga nisbatan ko‘rsatkichlari
(milliard BDTda)
2022 yil iyul-sentyabr
2022 yil aprel-iyun
Barcha
banklar
Islom
banklari
Barcha
banklar
orasida islom
banklarining
ulushi (foiz)
Barcha
banklar
orasida islom
banklarining
ulushi (foiz)
1
2
3 = (2/1*100)
4
Jami depozitlar
15723.88
4213.75
26.80
26.19
Jami investitsiyalar (an'anaviy bank
tizimidagi kreditlar va avanslar)
13329.08
3862.21
28.98
28.52
Pul o'tkazmalari
537.34
202.23
37.63
31.57
Umumiy ortiqcha likvidlik
1741.77
175.25
10.06
13.74
Bank filiallarining umumiy soni
10974
2139
19.49
20.13
Jami qishloq xo'jaligi krediti
65.84
9.45
14.35
23.44
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
250
Islom moliya sektori hozirda islom banklari, islom obligatsiyalari, islom investitsiya
fondlari va islom sug'urtasi kabi aktivlari jihatidan global sanoat sifatida qaralmoqda. Sektor
xavflarni taqsimlash optimizmi, inklyuzivligi va real aktivlar bilan ta'minlangan tranzaksiya
xususiyatlariga asoslangan holda global miqyosda rivojlanmoqda. Global tendensiyalarga
muvofiq, Bangladeshdagi islom bank tizimi ham Bangladesh banki tomonidan qo'llab-
quvvatlangan siyosat va kuchli jamoatchilik talabi tufayli mustahkam o'sishga erishib
bormoqda.
Bugungi kunda
butun bank tizimidagi jami 10974 ta filialdan 1605 tasiga ega boʻlgan 10
ta toʻlaqonli islom banklari faoliyat koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, Bangladeshda 13 ta
an'anaviy tijorat banklarining 511 ta islomiy bank darchalari ham islomiy moliyaviy xizmatlar
ko'rsatmoqda.
Islom bank tizimi Bangladeshning o'sishi va iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo'shadi.
Tizim an'anaviy banklar uchun subyektiv likvidlik koeffitsienti (SLR) pastligi va investitsiya-
depozit nisbati (IDR) yuqoriligi tufayli tobora jozibali va foydali bo'lib ko'rinadi. Ko'rinib
turibdiki, tizim mamlakatda ajoyib o'sish va kengayishni boshdan kechirdi, chunki vaqt o'tishi
bilan depozitlar va investitsiyalar sezilarli darajada oshdi.
Islom banki tizimi haqida qisqacha ma'lumot 5-jadvalda keltirilgan.
Islom bank tizimidagi jami depozitlar 2022-yil sentabr oyi oxirida 2022-yil iyun oyi
oxiriga nisbatan 90,35 milliard BDT yoki 2,19 foizga va o‘tgan yilnin
g shu choragiga nisbatan
447,97 milliard BDTga yoki 11,90 foizga oshib, 4213,75 milliard BDTni tashkil etdi.
Islom bank tizimidagi jami investitsiyalar (an'anaviy bank tizimidagi kreditlar va
avanslar) 2022-yil sentabr oxirida 3862,21 milliard BDTni tashki
l etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan
43,92 milliard BDTga yoki 1,15 foizga va 494,01 milliard BDTga yoki 2022 yil iyun oyiga
nisbatan14,67 foizga o‘sganini ko’rsatadi.
Islom bank tizimi filiallari soni, shu jumladan, islomiy filiallari va an’anaviy tijorat
banklarining darchalari 2022-yil sentabr oxirida 2139 taga yetdi, bu 2022-yil iyun oyi oxirida
21
21 tani, o‘tgan yil sentabr oyi oxirida esa 1835 tani tashkil etdi.
Islom bank tizimidagi jami bandlik 2022 yil sentyabr oyi oxirida 49433 nafarni tashkil
etdi, bu 2022 yil iyun oyi oxirida 48728 nafar va 2021 yil sentyabr oyi oxirida 44453 nafarni
tashkil etdi.
Islom banklarining jami bank sanoatidagi bozor ulushi 2022-yil sentabr oxirida depozitlar
bo‘yicha 26,80 foizni va investitsiyalar bo‘yicha 28,98 foizni ta
shkil etdi, bu 2022-yil iyun oyi
oxirida mos ravishda 26,19 va 28,52 foizni tashkil etdi.
4-rasm. Bangladeshning dual bank tizimi barcha faoliyati tahlili
(2022 yil iyul-sentyabr)
Tahlil qilinayotgan davrda butun bank sektori tomonidan amalga oshirilgan pul
o'tkazmalarining umumiy hajmining 37,63 foizi Islom bank tizimi ulushini tashkil etdi.
15723,88
13329,08
537,34
1741,77
10974
65,84
4213,75
3862,21
202,23
175,25
2139
9,47
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
14000
16000
18000
Jami depozitlar
Jami
investitsiyalar
Pul
o'tkazmalar
Umumiy
ortiqcha
likvidlik
Jami bank
filiallarining
soni
Jami qishloq
xo'jaligi krediti
BD
T
m
lr
d
Barcha banklar
Islom banklari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
251
Islom bank tizimi Bangladeshda tashkil etilganidan buyon depozitlarni jalb qilish va turli
iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirishda muhim rol o‘ynab kelmoqda. Bug
ungi kunda islom bank
tizimi jami bank sektori depozitlarining 26 foizdan ortig'ini va investitsiyalarning 28 foizdan
ortig'ini tashkil etmoqda. Islom kapital bozori, islom sug'urtasi (takaful) va mikromoliya sektori
kabi islom moliya sektorining boshqa tizimlari ham qo'llab-quvvatlovchi siyosatlar qabul
qilinsa va amalga oshirilsa, tizimli ravishda rivojlanish yana ortishi mumkin.
Tadqiqotimizda tahlil qilinayotgan dual moliya tizimiga ega so’ngi mamlakat Indoneziya
bo’lib, quyida ushbu mamlakatning tahlil
ini olib boramiz.
Indoneziya iqtisodiyotiga kengroq muqobil bank xizmatlarini taqdim etish maqsadida
mamlakatda islom bankining rivojlanishi Indoneziya bank arxitekturasi (API) ga muvofiq dual
bank tizimi ostida amalga oshirilmoqda. Islom banki va an'anaviy bank tizimlari milliy
iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish qobiliyatini oshirish doirasida mablag'larni yanada
kengroq jalb etish bilan birgalikda va sinerjik tarzda qo'llab-quvvatlamoqda.
Indoneziyada islom banklarini tashkil etishga boʻlgan haraka
tlar ikkinchi jahon urushidan
oldin boshlangan boʻlib, lekin ushbu harakatlar o’z natijasini
1990-
yillarga ko’rsatgan. Mazkur
maqsad Indoneziyadagi birinchi tashkil etilgan bank Bank Muamalat Indoneziya (BMI) bilan
bogʻliq hisoblanadi. Jumladan, bu harakatlar Filippinda 1973
-yilda va Malayziyada 1983-yilda
oʻz samarasini bergan boʻlsa, ushbu mamla
katlarga nisbatan Indoneziyada islom banklarining
tashkil etilishi juda kech boshlangan. Olimlarning bu
boradagi tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki,
buning asosiy sababi sifatida musulmon jamiyati va hukumat tomonidan qoʻllab
-
quvvatlanmagani (siyosiy irodaning
yoʻqligi) bilan bogʻliqligi aniqlangan.
Indoneziyada islom bankini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni uch bosqichga boʻlib
o’rganish mumkin: birinchi bosqich –
koʻrib chiqish bosqichi, ikkinchi bosqich
- tayyorgarlik va
shakllanish yoki amaliyotga joriy etish bosqichi, uchinchi bosqich - shakllanishdan keyingi
bosqich.
Dunyodagi eng koʻp musulmon aholisi boʻlgan Indoneziya islomiy
moliya bozorida
yettinchi oʻrinda turadigan yirik islomiy moliya sanoatiga ega mamlakat hisoblanadi.
Indoneziya Islomiy moliya uchun maxsus qonunlar chiqarilishidan oldin u an'anaviy moliya
institutlari qonuni bilan tartibga solingan va amal qilinib kelingan. 2008-yilga kelib esa,
hukumat islomiy moliya bozorini rivojlantirish va tartibga solish uchun turli qonunlarni qabul
qildi. Jumladan, 2008-yildagi 19-
sonli “Suveren sukuk toʻgʻrisida”gi qonun va ushbu yildagi 21
-
sonli “Shariat banklari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinishi Indoneziyada islom banklarining
koʻproq ochilishiga asos boʻldi. Bundan tashqari, Indoneziya hukumat
i Majelis Ulama
Indoneziya (Indoneziya Islom ulamolari kengashi (MUI)) orqali mamlakatda islom banklarini
ishga tushirish uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini olib bordi. Shuningdek, Indoneziya
Islom ulamolari kengashi (MUI) Indoneziyada fatvo chiqarish uchun yagona vakolatga ega
organ hisoblanadi. Indoneziya Markaziy banki 2000-yilda Bank nazorati boshqarmasi qoshida
Shariat bank ishlari boʻyicha byuroni tashkil etdi. Mamlakatda qabul qilingan yuqoridagi
qonunlar va infratuzilmalar islom moliyasini rivojlanishi uchun asos hisoblanadi.
Indoneziya Markaziy banki 2000-yilda Bank nazorati boshqarmasi qoshida Shariat bank
ishlari boʻyicha byuroni tashkil etdi. Mamlakatda qabul qilingan yuqoridagi qonunlar va
infratuzilmalar islom moliyasini rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. 1999-yilda Indoneziyada
ikkita islom banki mavjud boʻlgan boʻlsa, 2023
-yilga kelib esa sezilarli darajada ortdi.
Indoneziyadagi islom banklari, islomiy darchalar va islomiy qishloq banklaridan iborat islom
banki kengayishda davom etmoqda.
2023-
yil sentyabr holatiga koʻra, Indoneziyada 120 ta tijorat banki (4 ta davlat banki va
117 ta x
ususiy bank) mavjud. Bunda islom banklarining ulushiga kelsak, 14 ta toʻliq islom banki,
22 ta islomiy darcha va 162 ta islomiy qishloq banki Indoneziyad
a islom bankchiligi oʻsishiga
hissa qoʻshdi, ularning umumiy aktivlari 869 trillion rupi hisoblanib, Is
lom banki aktivlari
oʻtgan yiliga nisbatan 11,4 foizga oʻsib, moliyalashtirish va depozitlarning oʻsish
i 9 foiz (yillik)
va 16 foiz (yillik) darajasida qayd etilgan (5-rasm).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
252
Islomiy moliya aktivlari Indoneziyada 2023 yilda 160,6 milliard AQSh dollariga yetdi.
2008-yil 16-iyulda chiqarilgan 21-sonli qonunning kuchga kirishi Indoneziyada islom
bankini rivojlantirish uchun yanada mos huquqiy bazani yaratdi va natijada sanoatning
o'sishini tezlashtiradi. So'nggi besh yil ichida aktivlarning yillik o'rtacha o'sishi 65% dan ortiq
bo'lgan ta'sirchan rivojlanish bilan islom banki sanoati milliy iqtisodiyotni qo'llab-
quvvatlashda muhimroq rol o'ynashi kutilmoqda.
5-rasm. Indoneziyada islom banklari soni (2023-yil)
Indoneziya hukumati, xalqaro moliya institutlari va xorijiy investitsiyalar tomonidan
rivojlanayotgan sanoatni qoʻllab
-
quvvatlayotganligi sababli bu tendensiya oʻsishda davom
etishi kutilmoqda
. Islom banki, islom qimmatli qogʻozlari (sukuk), loyiha va infratuzilmani
moliyalashtirish, islom sugʻurtasi (
takaful) va islom mikromoliyalash sohasida ijobiy belgilar
bilan Indoneziya soʻnggi yillarda Malayziya va Bahra
yn kabi islomiy moliya yurisdiksiyalariga
qarshi kuchli raqib ekanligini isbotalib kelmoqda. Bundan tashqari, mamlakatda Islomiy bank
xizmatlari va mahsulotlarini taklif etuvchi banklar va moliya tashkilotlari soni doimiy oshib
borishi va xorijiy investorlar uchun yaratib berilayotgan qulay investitsiya muhiti asnosida
xorijiy investorlar islom kapital bozorining kengayish imkoniyatlarini e'tirof etishmoqda
hamda bu esa mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini yil sayin ortishiga sabab boʻlmoqda.
2024-yilda Fitch Reytingi bergan tahlilga
ko’ra, Indoneziya shariat banklari sanoatining
ko'proq birlashib ketishiga yordam beradigan va sektor raqobatbardoshligini oshirishi
mumkin bo'lgan qo'llab-quvvatlovchi tartibga soluvchi muhitdan foydalanishini kutmoqda,
ayniqsa yirik shariat biznes bo'lin
malari (SBU) bunda asosiy o’rin tutadi. Mazkur birlashishlar
an'anaviy banklar bilan kuchli raqobat sharoitida islom banki sektori duch keladigan mavjud
muammolarni hal qilishga yordam berishi mumkin.
Indoneziya islom banklarining moliyalashtirish bozoridagi ulushi 2023-yil oxirida 8,0%
gacha oshdi (2022 yilda 7,7% o’sishni qayd etgan), yil oxirigacha shariat moliy
alashtirishning
o'sishi 11,4% ga ortgan bo’lsa, an'anaviy kredit o'sishi 6,4% dan yuqori bo'ldi. Ushbu
tendensiya 2024-2025 yillarda davom etishi kutilmoqda.
Xulosa va takliflar.
Olib borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosamizni keltirib o’tamiz.
Islom moliyasi
tizimini dastlab musulmon mamlakatlarida joriy etilgan boʻlsa
-da, keyinchalik muqobil tizim
sifatida dunyoning barcha mintaqalariga tarqala boshladi va mamlakatlarda dual moliya tizimi
ya’ni an’anaviy moliya bilan birgalida islomiy moliya ti
zimidan ham birgalikda foydalangan
holda ijobiy natijalarga erisha boshlashdi. Bugungi kunda iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda ham bu tizimdan samarali foydalanilmoqda. Tadqiqotimizda dual moliya
tizimiga ega eng yaxshi 3 ta mamlakat Malayziya, Bangladesh va Indoneziyalarni tahlilini
amalga oshirdik. Ushbu tadqiqotimiz natijasiga ko’ra, mazkur mamlakatlar iqtisodiyotlarida
dual moliya tizimini muvaffaqiyatli yo’lga qo’yishlarida qonunchilik, siyosiy iroda, malakali
kadrlar, shariat va buxgalteriya standartlari, ikki moliya sektorining parallel ishlashini
14
22
162
1943
410
626
0
500
1000
1500
2000
2500
Islom banklari soni
Islom darchalari soni
Islomiy qishloq (Rural) banklari
soni
Asosiy shtablari soni
Filiallari soni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
253
ta’minlash maqsadida berilgan teng imkoniyatlar, aholi va biznes sektori vakillarining
moliyaviy savodxonligi kabi omillar muhim rol o’yagan.
Mazkur mamlakatlarda ikki (dual) moliya tizimi ham iqtisodiyotdagi moliyaviy
resurslarga bo’lgan talabni qondirish, moliyaviy inkluziyani rag’batlantirish, xorijiy va ichki
investitsiyalar oqimini oshishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlardagi salbiy holatlarni
yaxshilanishi, xalqaro tashkilotlarning maqsadlari, jumladan, qashshoqlikni qisqartirish,
barqaror rivojlanish maqsad (SDG)lari, yashil iqtisodiyotga o’tish va boshqa bir qancha
maqsadlarga erishishda ijobiy natijalarni ta’minlamoqda.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Abed, S., & Al-Matar, H. (2018). Islamic finance and conventional finance: A comparative
study of their economic impacts. Journal of Finance and Economics, 45(2), 102-119.
Abrorov S.Z., Adxamjonov Sh.B. (2022), Dualistik moliya tizimiga ega mamlakatlarda islom
moliyasining tahlili. “Logis
tika va iq
tisodiyot” ilmiy elektron jurnali, 3
-son, 13-16 bet.
Ali, R., & Omar, S. (2021). Dual finance systems: A theoretical and empirical study on Islamic
and conventional finance integration. Asian Economic Policy Review, 8(4), 223-235.
Bank Islam Malaysia Berhad (2022), About Us, Access Date: 05.09.2022,
https://www.bankislam.com/corporate-info/
Bank Negara (2022), Banking System: Statement of Assets, 07.09.2022,
https://www.bnm.gov.my/-/monthly-highlights-statistics-in-july-2022
Irgasheva G.S., Zayniddinov R.X (2024). Ijara (islomiy lizing) v
a an’anaviy lizingning qiyosiy
tahlili. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnali 2 son
–
fevral.
Islamic Financial Services Board. (2023). Prudential and Structural Islamic Finance
Indicators, Data By Country (Islamic Banking).
Khan, M. (2020). The impact of Islamic finance on economic growth: Case studies of Saudi
Arabia and Malaysia. International Journal of Economics and Finance, 12(1), 33-47.
Mirakhor, A. and Iqbal, Z. (2011). An Introduction To Islamic Finance: Theory and Practice.
Singapore: John Wiley &Sons.
P.T Bank Muamalat Indonesia, (2022), About Muamalat, Access Date: 12.09.2022,
https://www.bankmuamalat.co.id/index. php/en/company-profile-of-bank-muamalat.
Zayniddinov R. Islomiy va an’anaviy banklarning qiyosiy tahlili. “Moliya bozorini
rivojlantirishning u
stuvor yoʻnalishlari, zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari” mavzusidagi 3
-
respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2024-yil mart. 472-476 b.
Zayniddinov R.X. (2023). O‘zbekistonda davlat
-xususiy sherikchilik (DXSH) loyihalarida
islomiy moli-yalashtirish konsepsiyasini asoslash va joriy etish. 1401-1410 betlar. https://yashil-
iqtisodiyot-taraqqiyot.uz. 2023-yil, dekabr. No 11-12-sonlar.
