Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
32
BANKLARDA CHAKANA KREDITLASH AMALIYOTINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Axmedova Dilrabo Kurbondurdi qizi
O‘zbekiston Respublikasi Bank
-moliya akademiyasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bank sektorida raqamli kreditlash evolyutsiyasini asoslovchi
me’yoriy
-
huquqiy baza va huquqiy jihatlarni o‘rganildi. Zamonaviy moliyaviy landshaftda banklar
chakana kreditlash amaliyotini o‘zgartirish uchun raqamli texnologiyalardan tobora ko‘proq
foydalanmoqda. Ushbu maqolada chakana kreditlash amaliyotini raqamli transformatsiya qilish va uni
tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy tizimlarning yaxlitligini
ta’minlaydigan huquqiy asoslarni o‘rganadi.
Kalit so‘zlar:
kredit riski, raqamlashtirish, chakana bank xizmatlari, raqamli transformatsiya,
chakana kreditlash, kredit, qarz yuki.
ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ ПРАКТИКИ РОЗНИЧНОГО
КРЕДИТОВАНИЯ В БАНКАХ
Ахмедова Дилрабо Курбандурди кизи
Банковского
-
финансового Академия Республики Узбекистан
Аннотация
.
В данной статье исследуются нормативно
-
правовая база и правовые
аспекты, лежащие в основе эволюции цифрового кредитования в банковском секторе. В
сегодняшнем финансовом ландшафте банки все чаще используют цифровые технологии для
трансформации практики розничного кредитования. В этой статье исследуется цифровая
трансформация розничного кредитования и правовые рамки, которые будут ее регулировать,
защищать права потребителей и обеспечивать целостность финансовых систем.
Ключевые слова:
кредитный риск, цифровизация, розничный банкинг, цифровая
трансформация, розничное кредитование, кредит, долговая нагрузка.
LEGAL FRAMEWORK FOR DIGITAL TRANSFORMATION OF RETAIL LENDING
PRACTICES IN BANKS
Akhmedova Dilrabo
К
urbandurdi kizi
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan
Abstract.
This article explores the regulatory framework and legal aspects that constitute yhe basis
for the evolution of digital lending in the banking sector. In current financial landscape, banks are
increasingly using digital technologies to transform retail lending practices. This article explores the digital
transformation of retail lending and the legal frameworks that will regulate it, protect consumer rights,
and ensure the integrity of financial systems.
Keywords:
lending risk, digitization, retail banking, digital transformation, retail lending, loan,
debt burden.
Kirish.
Iqtisodiy o‘zgarishlar boshqa tarmoqlar kabi mamlakat
moliya institutlarining roli muhim
ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining bozor riski, kredit riski va likvidlik riski kabi risklarni bartaraf
etish qobiliyati uning muvaffaqiyatini vaqt o‘tishi bilan baholash uchun ishlatilishi mumkin (Madan
Dhananjay,
2022). Ko‘plab o‘sib borayotgan iqtisodiy jarayonlar kabi, moliya sektorida, xususan, bank
sektorida o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda.
UO‘K: 336.77
32-42
VII SON - NOYABR, 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
33
Milliy iqtisodiyotda bank sanoati mustahkam moliyaviy tizimni ishlab chiqish orqali moliya
bozorlarini barqarorlashtirishda asosiy rol oynab kelmoqda. Rivojlangan bozorning mahsulot tanlovi
moliyaviy qoidalarning qisqarishi tufayli oshishi natijasida kredi
t kartalari, ko‘chmas mulk, chiqish
joylari va turli balansdan tashqari tovarlar sotuvga chiqarilgan yangi mahsulotlar qatoriga kirmoqda.
Banklar iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular to‘lov tizimini boshqaradi, iqtisodiyotning
katta qismi uchun asosiy kredit manbai hisoblanadi va (odatda) omonatchilar mablag‘lari uchun xavfsiz
boshpana vazifasini bajaradi (Omarini, 2017). Shuningdek
, ular iste’molchilar va kichik biznes
sub’ektlarini bank va moliyaviy mahsulotlar bilan ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Bunda banklar foiz
stavkalari, yig‘imlar va xususiy mahsulotlarga bog‘liq.
Ko‘plab xorijiy mamlakatlarda yirik tijorat banklari doimiy ravishda yuqori sifatli texnologik
infratuzilma, yirik ma’lumotlar markazlari va dasturiy ta’minot dasturlariga sarmoya kiritib bormoqda.
Ammo yirik va uzoq muddatli banklarda mavjud bo‘lgan turli
xil infratuzilmalar va eski ilovalarning
murakkabligi va soni tufayli yangi yondashuvlarga o‘tish yo‘li ancha vaqt talab qilmoqda. Bundan
tashqari, tijorat banklarida yillar davomida o‘rnatilgan markazlashtirilgan va an’anaviy ierarxiyalar
ishonchli va sa
marali bo‘lsa ham, har doim ham tez o‘zgarishlarga javob bermaydi (Ansari, Krop, 2012).
Adabiyotlar sharhi.
Skilton va Hovsepianlarga (2017
) ko‘ra raqamli transformatsiya maʼlumotlar, ilgʻor tahlillar va
innovatsiyalarning oʻziga xos tafovuti boʻlib, ular oʻzlari va jamiyat uchun
qiymat yaratish maqsadida
bank va moliya tashkilotlariga yaxshiroq, aniq maʼlumotli qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi tsikl
yoki jarayondir.
Raqamlash -
bu avtomatlashtirilgan ish jarayoni va jarayonlar bilan shug‘ullanish uchun
ma’lumotlarning analog oqimlarini raqamli ma’lumotlarga aylantirish orqali qo‘lda ishlov berish
jarayonini avtomatlashtirishdir (Scardovi, 2017).
Raqamlashtirish -
bu raqamli ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, ma’lumotlar shaffofligi va
jarayon samaradorligini oshirish uchun aloqa hamda media infratuzilmasi atrofida ijtimoiy-iqtisodiy
hayotni qayta qurish orqali biznes amaliyotlairni o‘zgartirish uchun raqamli
texnologiyalar va
axborotdan foydalanish jarayonidir (Eidhoff, Stief and other, 2016).
Raqamli transformatsiya -
bu mijozlarga asoslangan biznesni strategik o‘zgartirish, asosiy
vakolatlarga tashkilot darajasidagi o‘zgarishlarni talab qiladigan maqsadi
bilan bir nechta
raqamlashtirish loyihasining kombinatsiyasidir (Gunawardene, 2019).
Banklarda chakana kreditlash jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish va uning faoliyatini
o‘rganish bo‘yicha iqtisodchi olimlar tomonidan ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan hamda ilmiy
qo‘llanmalar yozilgan bo‘lib turlicha ta’riflar berilgan. Ushbu soh
ada tadqiqot olib borgan olimlarning
fikricha, tijorat banklarda chakana kreditlash jarayonlarini raqamli transformatsiyalash jarayonlari
moliya va bank sohasidagi bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha milliy iqtisodiyotning YaIM o‘sish
sur’atlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Unga ko‘ra tanqili evropalik iqtisodchi olim Dimitris Chorafas moliya va bank sohasida jumladan
bank texnologiyalari, risklarni boshqarish va raqamli transformatsiya bilan bog‘liq ko‘plab ilmiy
tdqiqotlar olib borgan (Chorafas, 2011). Tadiqqotchi bank ishining raqamli transformatsiyasi, jumladan,
chakana kreditlash jarayonlari moliya sanoatidagi risklarni boshqarish amaliyotini axborot tizimlari va
texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etishini o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tgan.
Taniqli iqtisodchi olim Mhlanganing (2021) fikricha kreditlash jarayonlarining raqamli
transformatsiyasi bank sohasida inqilob qilmoqda. Sun’iy intellekt va raqamlashtirish jarayonlarida
ilg‘or axborot texnologiyalari tijorat banklarida kredit tavakkalchil
igini aniqroq baholash imkonini
beradi, bu esa kreditlash bo‘yicha ko‘proq ongli qarorlar qabul qilish va mijozlar tajribasini yaxshilashga
imkoniyat yaratdi.
Xorijlik iqtisodchi olimlar Warner and Wägerlanring (2019) fikricha raqamli transformatsiyalar
biznes modeli, hamkorlik va madaniyatni takomillashtirishni o‘z ichiga olgan kundalik jarayonidir deb
ta’kidlagan. Tadqiqotchilarning fikricha raqamli transforma
tsiya bir martalik hodisa emas, balki doimiy
uzluksiz jarayondir. Bu raqamli texnologiyalarning tashkilot strategiyasi va faoliyatiga qay darajada
integratsiyalashganligi hamda muvaffaqiyatli raqamli transformatsiya orqali texnologik yutuqlardan
tez o‘zgar
uvchan raqamli landshaftda rivojlanish uchun tashkilot tuzilmasi, jarayonlarini
moslashtirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ular raqamli transformatsiyalardagi nazariy hissaning
aksariyati mijozlar qiymati, tajribasi, faoliyati, operatsiyalari, strategik innovatsiyalar va yangi biznes
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
34
modelini ishlab chiqish atrofida rivojlanishini ta’kidlab o‘tkan.
Iqtisodchi olim Thakor (2019) toʻlov tizimlari, kreditlash va sugʻurta sohasidagi innovatsiyalar
moliyaviy vositachilikni qay darajada oʻzgartirganini tasvirlash uchun fintech boʻyicha tadiqotlar olib
borgan. Olimning tadqiqot natijalariga ko‘ra fintechning to‘lov tizimlari, kreditlash va sug‘urtaga ta’siri
moliyaviy jarayonlarni qayta shakllantirgan, bu esa raqobatning kuchayishiga, samaradorlikning
oshishiga va mijozlar tajribasining yaxshilanishiga olib kelgan.
Xorijlik iqtisodchi olim Consoli (2005) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nazariyasiga
asoslangan holda, ishlab chiqarish, tashkil etish, iste’mol va tartibga solishda bank sektori tarkibiy
o‘zgarishlarning asosiy omillari ekanligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra axborot
-kommunikatsiya
texnolog
iyalari bank sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarga ta’siri, ishlab chiqarish, tashkil etish, iste’mol va
me’yoriy
-
huquqiy bazalarning integratsiyalashuvini ishlab chiqishda asosiy o‘rinni egallagan.
Evropalik olimlar Krasonikolakis va Tsarbopouloslarga (2020) ko‘ra bank amaliyotlarida raqamli
transformatsiyaning eng sezilarli hissalaridan biri chakana bank zanjirida qiymat yaratishga ta’sir qiladi
deb ta’kidlagan. Ushbu qadriyatning yaratilish markazi
da bank mijozlari turadi. Mijozlarga yuqori
qiymatni o‘tkazish ularni ushlab turishni oshirishga va raqobat bilan kurashishga imkoniyat yaratadi.
Usbu holatda asosan, transformatsiya xarajatlarni kamaytirish, jarayon samaradorligi, mijozlar
tajribasini yax
shilash va iste’molga bilvosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xorijlik olim Naser, Alqataniyga (2016
)ko‘ra raqamli transformatsiya jarayonlari sanoat va
jamiyatda sodir bo‘ladi. Shuningdek, u bank, moliya, ishlab chiqarish, tibbiyot, sog‘liqni saqlash,
telekommunikatsiya chakana savdo va boshqalar, bu esa raqobatbardosh landshaftni o‘zgartiruvchi
mutlaqo yangi biznes modeli bilan rivojlanayotgan raqamli texnologiyalarning ijodkorligi va
innovatsiyasiga olib keladi. Unga ko‘ra, innovatsion biznes modelini qabul qilish va bank va moliya
sanoati qiymat zanjiri uchun raqobatbardosh maydon bilan bozorda qolish uchun biznes jarayonining
markazida mijozni joylashtirishga o‘zgartiradi, shuningdek, mavjud va yangi mijozlarini jalb qilish
uchun yangi kanalni joriy qiladi (Omarini, 2017).
Xorijlik olimlar Alkhaldi va Al-
Sadilarning (2016) fikriga ko‘ra banklarda raqamlashtirish
jarayonida elektron banking raqamli transformatsiya uchun zarurligini ta’kidlagan. Tadqiqotchilar ilmiy
ishlanmalarida banklarda raqamlashtirish omonatlarni qabul qilish, kreditlash, hisobni boshqarish,
moliyaviy maslahatlar, elektron hisob-
kitoblar va boshqa elektron to‘lov mahsulotlari bank amaliyotlari
uchun optimal echim deb hisoblagan. Ularni telefon banking, internet banking va mobil bankingga
ajratish mumkin. Telefon banking mijozlarga sensorli telefonni avtomatlashtirilgan bank tizimiga ulash
orqali chakana bank amaliyotlairni amalga oshirish imkonini beradi. Internet-banking mijozlarga veb-
sayt orqali bank hisoblariga kirish va qat’iy xavfsizlik nazorati bilan
operatsiyalarni amalga oshirish
imkonini beradi. Bu yuqori mahsuldorlikni oshirish uchun eng foydali texnologik vosita hisoblanadi
(Williams, 2020).
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqolada banklarni transformatsiya qilish va raqamlashtirish tushunchalari, chakana
kreditlash amaliyotini raqamli transformatsiya qilish
bilan bog‘liq jahon amaliyotidagi va O‘zbekiston
bank tizimi amaliyotidagi mavjud huquqiy asoslar
tahlil qilingan. Mavzuni o‘rganish davomida
umumiqtisodiy usullar bilan bir qatorda tizimli tahlil, solishtirma tahlil, umumlashtirish, statistik
usullar, abstrakt-mantiqiy fikrlash kabi usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Banklarda chakana kreditlash amaliyotining raqamli transformatsiyasi turli qonunchilik va
me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidalar iste’molchilarning himoyasi, ma’lumotlarning
maxfiyligi, adolatli kreditlash amaliyoti va moliyaviy tizimni
ng umumiy barqarorligini ta’minlash uchun
o‘rnatiladi. Quyida biz AQShda va Yevropa ittifoqining bir nechta asosiy huquqiy jihatlarga to‘xtalib
o‘tamiz:
Birinchidan, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlari:
-
Kredit berishda haqiqat to‘g‘risidagi qonun (Truth in Lending Act (TILA)): AQSh dagi federal
qonun bo‘lib, kredit operatsiyalari bilan bog‘liq asosiy shartlar va xarajatlarni aniq oshkor qilishni talab
qilish orqali iste’mol kreditidan oqilona foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan. TILA iste’mol
kreditining har xil turlariga, jumladan, chakana kreditlashga nisbatan qo‘llaniladi va chakana kreditlash
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
35
amaliyoti bilan bog‘liq maxsus qoidalarni o‘z ichiga oladi
-
Adolatli kredit hisoboti to‘g‘risidagi qonun (
Fair Credit Reporting Act (FCRA)): Bu ham AQSh
dagi federal qonun bo‘lib, iste’mol krediti ma’lumotlarini to‘plash, tarqatish va ulardan
foydalanishni
tartibga soladi. FCRA chakana kreditlash amaliyotini to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri boshqarmasa
-
da, iste’mol krediti
ma’lumotlari qanday hisobot berilishi, ishlatilishi va kreditorlar tomonidan foydalanilishini tartibga
solish orqali ushbu amaliyotlarga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi
Teng kredit imkoniyatlari to‘g‘risidagi qonun (The Equal Credit Opportunity Act (ECOA)): Bu ham
AQSh dagi federal qonun bo‘lib, kreditorlarga irqi, rangi, dini, milliy kelib chiqishi, jinsi, oilaviy ahvoli,
yoshi yoki davlat yordamini olganligi sababli kre
dit da’vogarlarini kamsitishni taqiqlaydi. Qonun
muayyan himoyalangan xususiyatlar asosida kredit operatsiyalarida kamsitishni taqiqlaydi. U
kreditning barcha turlariga, shu jumladan chakana kreditlashga ham taalluqlidir va barcha
iste’molchilarning kredit
imkoniyatlaridan adolatli va teng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan
Ikkinchidan, ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunlari:
-
Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy reglament (The General Data Protection
Regulation (GDPR), Yevropa Ittifoqi kontekstida): Yevropa Ittifoqi hududida jismoniy shaxslarning
shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishni tartibga soladi. GDPR
- bu shaxsiy m
a’lumotlarni qayta ishlashni
tartibga solish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan ma’lumotlarni himoya qilish va
maxfiylik to‘g‘risidagi keng qamrovli qonun. Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi
reglament GDPR maxsus chakana kreditla
shni maqsad qilib qo‘ymasa
-da, uning qoidalari chakana
kreditlash kontekstida shaxsiy ma’lumotlar, ayniqsa, mijozlar ma’lumotlari va ma’lumotlarni qayta
ishlash bilan bog‘liq qanday ishlanishiga ta’sir qiladi. Yevropa Ittifoqi fuqarolarining ma’lumotlari b
ilan
shug‘ullanadigan har qanday bank GDPR talablariga javob berishi kerak
-
Gramm-Leach-
Bliley Act (GLBA) bu ham AQShning federal qonuni boʻlib, u isteʼmolchilarning
moliyaviy maxfiyligiga eʼtibor qaratadi va moliyaviy institutlar isteʼmolchilarning nodavlat shaxsiy
maʼlumotlari (NPI) bilan qanday ishlashini tartibga soladi. GLBA
chakana kreditlashni maqsad qilib
qo‘ymasa
-da, uning qoidalari moliyaviy institutlar, jumladan, chakana kreditlash bilan
shug‘ullanuvchilar mijozlar ma’lumotlarini qanday boshqarishiga sezilarli darajada ta’sir qiladi
Uchinchidan, normativ muvofiqlik to‘g‘risidagi qonunlari:
-
Bank siri to‘g‘risidagi qonun (
Bank Secrecy Act (BSA)
): AQShning federal qonuni boʻlib, u pul
yuvish, terrorizmni moliyalashtirish va boshqa moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan.
BSA birinchi navbatda pul yuvishga qarshi (AML) chora-
tadbirlarga e’tibor qaratsa
-da, uning qoidalari
moliya insti
tutlari faoliyatining turli jihatlariga, jumladan, chakana kreditlashga ta’sir qiladi.
-
Mijozlaringizni bilish qoidalari (Know Your Customer (KYC) Regulations): moliyaviy institutlar
o‘z mijozlarining shaxsini tekshirish va tushunish hamda ular bilan biznes yuritish bilan bog‘liq xavflarni
baholash uchun amalga oshiradigan jarayonlar va tartiblarga ishora qiladi. KYC qoidalarida faqat
chakana kreditlash uchun m
o‘ljallangan maxsus qoidalar mavjud bo‘lmasa
-da, ular chakana kreditlash
operatsiyalari qanday amalga oshirilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu qoidalar AQShda Bank siri
to‘g‘risidag
i qonun (BSA), Buyuk Britaniyada Moliyaviy institutlar Moliyaviy xulq-atvor organi (FCA),
Yevropa Ittifoqida To‘rtinchi va Beshinchi Pul yuvishga qarshi direktivalarda (AMLD) ko‘rsatilgan va
har bir a’zo davlatning tartibga solish organlari tomonidan amalg
a oshiriladi.
-
AQShdagi Iste’molchilarni moliyaviy himoya qilish byurosi (
Consumer Financial Protection
Bureau (CFPB)
) federal iste’molchi moliyaviy qonunlarini nazorat qilish va amalga oshirishda muhim
rol o‘ynaydi. Chakana kreditlash bo‘yicha CFPB iste’mol krediti bozorida adolatli, shaffof va mas’uliyatli
amaliyotlarni ta’minlash bilan shug‘ullanadi
To‘rtinchidan, elektron imzolar va operatsiyalarni Global va Milliy tijorat qonunida elektron
imzolar (Electronic Signatures in Global and National Commerce Act (ESIGN)) qonuni orqali
davlatlararo va tashqi savdoda elektron imzo va shartnomalarni qonuniy ravishda tan oladi. Yagona
elektron operatsiyalar to‘g‘risidagi qonuni (
Uniform Electronic Transactions Act (UETA)) bilan elektron
imzo va shartnomalarni tasdiqlash orqali elektron tranzaktsiyalar uchun huquqiy asosni ta’minlaydi.
Beshinchidan, risklarni boshqarish va kiberxavfsizlikni ta’minlashda Kiberxavfsizlik qoidalaridan
22
https://www.occ.treas.gov/topics/consumers-and-communities/consumer-protection/truth-in-lending/index-truth-in-lending.html
23
https://www.ftc.gov/legal-library/browse/statutes/fair-credit-reporting-act
24
https://www.justice.gov/crt/equal-credit-opportunity-act-3
25
https://www.consilium.europa.eu/en/policies/data-protection/data-protection-regulation/
26
https://www.ftc.gov/business-guidance/privacy-security/gramm-leach-bliley-act
27
https://www.consumerfinance.gov
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
36
orqali banklar mijozlar ma’lumotlarini kibertahdidlardan himoya qilish uchun tegishli kiberxavfsizlik
choralariga ega bo‘lishini ta’minlash uchun tartibga soluvchi organlar tomonidan qo‘llaniladigan turli
qoidalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi. Operatsi
on risklarni boshqarish orqali banklar raqamli
kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq operatsion risklarni yumshatish uchun tegishli risklarni boshqarish
strategiyalarini ta’minlashi kerak.
Bank kreditlashda raqamli transformatsiyani amalga oshirishi uchun ular muvofiqlikni ta’minlash
va yangi texnologiyalar va amaliyotlar bilan bog‘liq har qanday huquqiy xavflarni yumshatish uchun
ushbu qonunchilik asoslarini
boshqarishi kerak. Banklar tizimidagi muvofiqlikni ta’minlash uchun
odatda kreditlash amaliyotida raqamli innovatsiyalarni qabul qilishda ushbu qonun va qoidalarga rioya
qilishni ta’minlash uchun qattiq ishlaydi.
O‘zbekistonda ham Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbeksiton Respublikasi
Qonuni 1996 yil 26-aprelda 221-I-
son bilan qabul qilingan. Unga ko‘ra iste’molchilar tovarlarni kreditga
sotishda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirishlari mumkin. Agarda tovarni kreditga
sotish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinsa tovar qaytarilgan taqdirda, qonunning 17
-
moddasiga ko‘ra
tovar qaytarilguniga qadar shartnoma bo‘yicha iste’molchi tomonidan to‘langan pul summasi unga
qaytarib berilad
i, shuningdek kredit olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarning hamda
kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar summasining o‘rni qoplanadi (Qonun, 1996).
Shu o‘rinda
O‘zbekistonda ham ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun
xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 15
-
apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ
-764-
sonli qonuni qabul qilindi. Qonunning 4-
moddasiga ko‘ra kiberxavfsizlikni ta’minlashning
qonuniylik,
kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi, kiberxavfsizlik
sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv, kiberxavfsizlik tizimini yaratishda mahalliy
ishlab chiqaruvchila
r ishtirokining ustuvorligi hamda O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlikni
ta’minlashda xalqaro hamkorlik uchun ochiqligi kabi
asosiy prinsiplar asosida faoliyat olib boriladi
(Qonun, 2022).
Undan tashqari normativ muvofiqlikni,
ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini
ta’minlash
uchun
O‘
zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-
avgustdagi “Bank siri to‘g‘risida”gi 530
-II-sonli qonuni
amalda ishlab kelmoqda (Qonun, 2003).
Qonunning “Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish” 8
-
moddasiga ko‘ra kredit
axborotlarini belgilangan
tartib (O‘zbekiston Respublikasining 04.10.2011 yildagi “Kredit axboroti
almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ
-301-sonli qonuni asosida) kredit byurolariga taqdim etish bank sirining
buzilishi deb hisoblanmaydi (Qonun, 2003). 12-moddasida kredit axborotlarini kredit byurolariga
taqdim etishda kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshirilishi alohida
qayd etib o‘tilgan. Undan tashqari qonunning
14-
moddasiga ko‘ra Banklar o‘z faoliyatining xavfsizligini
ta’minlash, kreditlar va boshqa moliyaviy mablag‘larning qaytarilishini kafolatlash maqsadida o‘z
mijozlari (vakillari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada o‘zaro
almashib turishlari va bir-birlariga taqdim etishlari mumkinligi keltir
ib o‘tilgan.
O‘zbekiston
Respublikasining 2019 yil 5-
noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida (yangi
tahriri)”gi O‘RQ
-580-sonli qonunining 5-
moddasiga ko‘ra banklar mijozlariga ajratayotgan kreditlarni
ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb
etilgan mablag‘lar hisobidan berishi ularning asosiy operatsiyalaridan biri ekanligi keltirib o‘tilgan
(Qonun, 2019). Qonunning 5-bob 38-
moddasiga ko‘ra banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash
hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar va bank
guruhlari hisoblab chiqarish tartibi va yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari Markaziy bank tomonidan
belgilanadigan prudensial normativlarga rioya etishi shart ekanligi, xususan bir qarz oluvchiga yoki
o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori, yirik kredit
tavakkalchiliklarining va investitsiyalarning eng ko‘p miqdori, bankning aloqador shaxslari uchun
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori, ta’minotsiz kreditlar (ishonchga asoslangan kreditlar) berishning
eng ko‘p miqdori hamda boshqa prudensial normativlarga rioya etishi talab etiladi (
Mamadiyarov,
2023
).
Qonunning 66-
moddasiga ko‘ra bank xizmatlari to‘g‘risidagi
axborotni oshkor qilish masalasi
ya’ni bank xizmatlari ko‘rsatishning umumiy shartlari, vositachilik haqi, tariflar va bank xizmatlari
ko‘rsatganlik uchun foiz stavkalari to‘g‘risidagi axborot ochiq axborot bo‘lib, ular bankning rasmiy veb
-
saytida e’lon qilinishi va mazkur axborot tijorat yoki b
ank sirining predmeti emasligi alohida keltirib
o‘tilgan. Xususan, banklar kredit berish qanday shartlar asosida amalga oshirilayotganligi haqida, shu
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
37
jumladan kreditning (qarzning) to‘liq qiymati to‘g‘risida mijozga axborot berishi kerak (Qonun, 2019).
Unlardan tashqari u
shbu qonun mamlakatdagi bank faoliyatining umumiy me’yoriy
-huquqiy
asoslarini belgilaydi. Unda banklar amal qilishi kerak bo‘lgan, jumladan, kreditlash, mijozlar
ma’lumotlarini himoya qilish va elektron operatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan tartib va qoidala
r
belgilangan.
O‘zbekiston
Respublikasining 2022-yil 29-
sentyabrdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘RQ
-792-
sonli qonuni asosida
O‘zbekistonda elektron tijorat va boshqa elektron tijorat sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunda raqamli
mahsulotlar
, elektron tijoratda
shartnomalar, onlayn xizmatlar, elektron imzolar va raqamli tranzaktsiyalarda iste’molchilarni himoya
qilish bilan bog‘liq qoidalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Qonunning 22-
moddasiga ko‘ra elektron tijorat sohasida to‘lovlar quyidagi usullar bilan amalga
oshiriladi:
-
naqd pul mablag‘lari bilan —
naqd pul mablag‘lari to‘lov vositasi tarzida virtual terminallar (“E
-
POS”) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovarlar (ishlar,
xizmatlar) to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettira
digan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali;
-
pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali —
pul mablag‘larini bank
hisobvarag‘idan (shu jumladan bank kartalarining hisobvarag‘idan) o‘tkazish vositasida, shu jumladan
shaxsiy kabinet (masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi) orqali yoki to‘lov ta
shkilotining tizimi orqali
o‘tkazish vositasida;
-
elektron pullardan foydalangan holda
—
elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi
pul mablag‘larini o‘tkazish vositasida (
Qonun, 2022).
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021
-yil 6-sentyabrdagi 20/5-sonli
ilova “Mijozlarni raqamli identifikasiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom
i 2-bobi 5-bandiga
asosan mijozlarni raqamli identifikasiya qilishda
kredit va to‘lov tashkiloti tomonidan mijoz tomonidan
taqdim qilingan ma’lumotlarga asoslanib
bank xodimi tomonidan mijoz shaxsini tekshirish va
identifikasiya qilish, bankning axborot tizimlari tomonidan real vaqt rejimida inson omilisiz mijozning
shaxsini tekshirish va identifikasiya qilish.usullaridan foydalaniladi.
Mazkur nizomning 3-bobiga asosan raqamli identifikasiya qilishda mazkur nizomda belgilangan
talablarni inobatga olgan holda elektron hamyonlarni ochish va ularni boshqarish,
bank hisobvarag‘ini,
shuningdek bank kartasini ochish va ularni boshqarish, bank kartalari yoki elektron pullar tizimlaridan
foydalanilgan holda transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirish hamda
onlayn-mikroqarz olish
kabi xizmatlarni ko‘rsatishda qo‘llanilishi mumkin (Nizom, 2021).
Banklar
raqamli identifikasiyadan o‘tgan mijozlar bilan amalga oshiriladigan quyidagi
operatsiyalarga nisbatan ichki nazorat qoidalariga muvofiq tavakkalchilik darajasini baholagan holda
cheklovlarni o‘z ichki qoidalarida o‘rnatishlari shart.
1-jadval
Banklar
raqamli identifikasiyadan o‘tgan mijozlar bilan amalga oshiriladigan
quyidagi operatsiyalarga nisbatan tavakkalchilik darajasini baholagan
holda cheklovlarni o‘rnati
lishi
№
Operatsiyalar nomi
1. Elektron pullar egasi tomonidan amalga oshiriladigan bir operatsiyaning maksimal summasi
2.
Elektron pullar egasining bitta elektron qurilmasida saqlanayotgan elektron pullarning
maksimal summasi
3.
Bank hisobvarag‘ining (kartasining) egasi tomonidan kalendar oy mobaynida amalga
oshiriladigan tranzaksiyalar summasining yig‘indisi
4. Onlayn-mikroqarz miqdori
Bank va to‘lov tashkilotlari mijozlarni raqamli identifikasiya qilish, avval identifikasiya qilingan
mijozlarni esa raqamli autentifikasiya qilish yuzasidan har bir mijoz tomonidan amalga oshiriladigan
28
Muallif tomonidan tuzildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
38
operatsiyalarga tavakkalchilik darajasini baholagan holda cheklovlar o‘rnatishi mumkin. Bunda, kredit
va to‘lov tashkilotlari mijozlarni ichki nazorat qoidalariga muvofiq lozim darajada tekshirishlari va
skoring tahlilini amalga oshirishlari kerak.
Nizomning 4-bobida
banklar va to‘lov tashkilotlari mijozni raqamli identifikasiya va raqamli
autentifikasiya qilishning sifati uchun javobgar sanalishi va mijozlarni raqamli identifikasiya qilganligi
bo‘yicha o‘n kun muddatda mijozlarni raqamli identifikasiya qilish tizimini yo‘lga qo‘yish sanasi,
mijozlarni raqamli identifikasiya qilish jarayonlarining to‘liq tavsifi hamda banklar tomonidan
mijozlarni raqamli identifikasiya qilish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarning ro‘yxatini O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etishi lozimligi keltirilgan (Nizom, 2021).
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021
-yil 27-noyabrdagi 28/4 - son
qaroriga ilova “Raqamli moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish
standartlari”da
(Qaror, 2021)
ko‘ra Moliyaviy tashkilotlarning mobil ilovalari iste’molchilarning kredit
bo‘yicha joriy qarzlari (mavjud bo‘lsa) va mobil ilova egasi bo‘lgan kredit tashkilotidan olingan mavjud
kreditlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash funksiyasiga ega bo‘lishi lozimligi keltirilgan. Unga ko‘ra,
ush
bu ma’lumotlar quyidagi 2
-
jadvaldagilarni o‘z ichiga oladi.
2-jadval
Bank mobil ilovalarining mijozlari kreditlari bo‘yicha ma’lumotlari
№
Ma’lumotlar
№
Ma’lumotlar
1.
Umumiy qarzdorlik summasi
6.
Keyingi to‘lov miqdori va sanasi
2.
Kredit qoldig‘i
7.
Muddati o‘tgan asosiy qarz va foizlar
summasi
3.
Hisoblangan foizlar summasi
8.
Hisoblangan penya miqdori
4.
Keyingi to‘lov miqdori va
sanasi
9.
Kreditni
to‘lov
grafigi
bo‘yicha
so‘ndirish imkoniyati
5.
Kredit bo‘yicha to‘lovlarni avtomatik tarzda
amalga oshirish imkoniyati (mablag‘lar
chiqim qilishning aniq sanasi va muddatlari,
chiqim qilinadigan mablag‘lar summasi,
mablag‘lar chiqim qilinadigan shaxsiy bank
kartasini ko‘rsatgan holda)
10.
Kreditni muddatidan avval so‘ndirish
imkoniyati
11.
To‘lov grafigini ko‘rish va yuklab olish
imkoniyati
12.
K
redit bo‘yicha amalga oshirilgan
operatsiyalar monitoringi
Xavsizlikni ta’minlash maqsadida masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimiga bir iste’molchining
ma’lumotlaridan foydalanib kirilganda iste’molchiga xavfsizlik (boshqa qurilmalardan ushbu tizimga
kirish) bo‘yicha bildirishnomalar va/yoki sms
-xabarlar darhol yuborilishi zarur.
Xususan, moliyaviy tashkilotlar iste’molchilar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi
zarur. Ular tomonidan shartnoma asosida jalb etilgan boshqa xizmat ko‘rsatuvchilar ham ma’lumotlar
xavfsizligi yuzasidan javobgar hisoblanadi (Markaziy banki boshqaruvi qarori, 2021).
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarida chakana kreditlash amaliyotlarini
tartibga solishda quyidagi instrumentlardan keng foydalanmoqda:
1.
Tijorat banklarida chakana kreditlarning tavakkalchilik darajasini belgilash;
2.
Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha qarz yukini belgilash;
3.
Chakana kreditlar miqdorini qonun va qonun-
osti me’yoriy hujjatlarda belgilash.
1. Tijorat banklarida chakana kreditlarning tavakkalchilik darajasini belgilash.
O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 6-
iyuldagi “Tijorat banklari kapitalining monandligiga
qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi 2693
-sonli nizomiga asosan chakana kreditlarning tavakkalchilik
darajasi belgilangan (Nizom, 2015).
29
Muallif tomonidan tuzildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
39
3-jadval
Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*(Nizom, 2015)
№
Yillik foiz stavkasi
Tavakkal-
chilik
darajasi
Sud jarayonidagi va
qarzdorliklari mavjud
bo‘lgan kreditlar uchun
tavakkalchilik darajasi
1.
milliy valyutada
Markaziy bankning asosiy stavkasi + 9
foiz band va undan past bo‘lgan kreditlar bo‘yicha
100%
200%
2.
milliy valyutada
Markaziy bankning asosiy stavkasi + 9
foiz banddan Markaziy bankning asosiy stavkasi + 13 foiz
bandgacha
150%
3.
milliy valyutada
Markaziy bankning asosiy stavkasi + 13
foiz band va undan yuqori bo‘lgan kreditlar
200%
* ipoteka kreditlaridan tashqari
Unga ko‘ra
tijorat banklari tomonidan chakana kreditlar foiz stavkalari darajasidan kelib chiqib,
tavakkalchilik darajasi 100 foizdan
200 foizgacha qilib belgilangan. Jismoniy shaxslarning to‘lovlari va
qarz yukini inobatga olib yuqori foiz stavkali kreditlarga yuqori risk darajasi belgilangan. Banklarda
yuqori foiz stavkada kreditlar ajratish, bankning risklarni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy
summasi oshadi hamda bank kapitali monandlilik ko‘rsatkichlarini pasaytiradi.
Bundan tashqari, banklarning sud jarayonidagi va (yoki) belgilangan muddatda undirilmagan
qarzdorliklari ya’ni kreditlar uchun tavakkalchilik darajasi
200 foiz belgilangan. Bu esa, tijorat
banklarida muammoli va sud jarayonidagi kreditlarni kamaytirish chora-
tadbirlarini ko‘rishni talab
etadi.
4-jadval
Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari (Nizom, 2015)
Tavsifi
Kredit summasini garov summasiga nisbati (KGN)
Sud jarayonidagi
va qarzdorliklari
mavjud bo‘lgan
kreditlar uchun
tavakkalchilik
darajasi
KGN<50
%
50%≤KGN<75
%
75%≤KGN<100%
100%≤KGN
Tavakkalchilik
darajasi
35%
50%
100%
150%
200%
Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining ko‘chmas mulk bilan ta’minlanishi va garovning
likvidli xususiyati, ushbu kreditlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasi 35 foizdan 150 foizgacha belgilangan.
Ipoteka kreditlarining muddati o‘tgan qarzdorligi va sud
jarayonidagi mavjud qoldig‘i 200 foizgacha
riskli aktiv sifatida tasniflanadi.
2. Qarz yuki orqali qarz oluvchi jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotlarini tartibga solish.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 19 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan
“Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz
yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki o‘sishini cheklash to‘g‘risida”gi 3205
-son
nizomga asosan qarz oluvchi jismoniy shaxslarga kreditlar yoki mikroqarzlar ajratilayotganda qarz
yukini hisoblash tartibini, qarz yukining ruxsat etilgan miqdorini, qarz yuki o‘sishini cheklab turishni,
shu jumladan kunlik eng yuqori foiz stavkalari tartibga solinadi.
Qarz yuki ko‘rsatkichi –
ajratilayotgan kreditning bir oylik o‘rtacha to‘lovi hamda qarz oluvchi va
birgalikda qarz oluvchining barcha mavjud kredit (mikroqarz)lari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari
miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining
tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadlari
miqdoriga nisbatida aniqlanadi.
Nizomga asosan qarz yuki ko‘rsatkichi har bir qarz oluvchiga banklar va mikrokredit tashkilotlari
tomonidan mikroqarz yoki lombardlar tomonidan kredit (mikroqarz) ajratishda uning summasi va qarz
oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha asosiy qarz qoldig‘i yig‘indisi bazaviy
hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshganda hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
40
Shuningdek, qarz yukini cheklash maqsadida Markaziy bank tomonidan qarz beruvchi tomonidan
kreditlar (mikroqarzlar) ajratilayotganda jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan
oshmasligi belgilangan. Qarz beruvchi tomonidan jismoniy shaxslarga ajratiladigan barcha kredit
(mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha kunlik eng yuqori foiz stavka 0,3 foizdan oshmasligi biroq foizlar,
vositachilik haqi, penya va boshqa javobgarlik choralari miqdori yillik qarz summasining yarmidan ko‘p
bo‘lmasligi lozim.
Jismoniy shaxslarga ajratiladigan kredit miqdorini aniqlashda qarz yuki ko‘rsatkichidan
foydalaniladi va bunda qarz yuki ko‘rsatkichi belgilangan 50 foizdan yuqori bo‘lmasligi lozim. Qarz
oluvchining qarz yuki belgilangan me’yordan ortganda tijorat banki m
ijozga muqobil summani taklif
etishi kerak.
Tijorat banklarida mas’ul xodim kredit berish jarayonida qarz oluvchiga kreditni qaytarish
bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi kredit bo‘yicha penya va jarimalar hisoblanishiga
olib kelishi oqibatida qarz yukining ortishiga, kechiktirilay
otgan to‘lovlar ularning kredit tarixiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi hamda kelgusida kredit olish imkoniyatlari cheklanib qolishi mumkinligi to‘g‘risida
batafsil tushuntirishi kerak (
Мамадияров, 2023
).
Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan jismoniy shaxslarni kredit yukini baholashda xalqaro amaliyotda
asosan 3 ta uslubiy yondashuvdan
1) Kredit to‘lovining daromadga nisbati ko‘rsatkichi
(Payment-to-income ratio)
,
2) Qarz majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichi
(Debt-Service-Ratio)
3) Qarz majburiyatlarining YaIMga nisbati
(Debt-to-GDP)
ko‘rsatkichi
dan foydalaniladi.
Makrodarajada aholining qarz yukini baholashda mamlakat bo‘yicha umumlashtirilgan statistik
ma’lumotlar, shu jumladan aholining jami kredit qarzdorligi
(tijorat banklari tomonidan jismoniy
shaxslarga ajratilgan kredit qoldig‘i),
aholining umumiy daromadi va yalpi ichki mahsulot hajmi kabi
ma’lumotlar tahlilidan umumiy holatga baho berish mumkin.
3. Chakana kreditlar miqdorini qonun va qonun-
osti me’yoriy hujjatlarda belgilash.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan aholiga ajratiladigan kreditlar miqdori,
qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solindi. O‘zbekiston Respublikasining “Nobank
kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi 2022 yil 20 apreldagi 765
-sonli
qonunning 5-
moddasiga asosan “jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga to‘lovlilik, muddatlilik va
qaytarish shartlari asosida ellik million so‘mdan oshmaydigan miqdorda pul mablag‘larini
- mikroqarz
berish” mumkinlig
i qayd etilgan
Qonun-osti hujjatlar bilan jismoniy shaxslarga imtiyozli asosda va aholining alohida toifalarini
kreditlashda eng ko‘p chegaralari belgilanadi. Shuningdek, aholining tadbirkorlik faoliyati uchun
ajratiladigan kreditlar miqdori chegaralangan. Jumladan, O‘zb
ekiston Respublikasi prezidentining
“Aholining uy
-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid
qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida” gi 4701
-sonli qaroriga asosan, aholiga ajratiladigan ipoteka
kreditlarining hududla
r kesimida eng ko‘p miqdorlari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “«Har bir oila
-
tadbirkor» dasturini
amalga oshirish to‘g‘risida” gi 3777
-
sonli qaroriga asosan, 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda —
tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslarga har bir mahallaga biriktirilgan hokim
yordamchisining tavsiyalari asosida ajratilishi belgilangan
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagi qonun-
osti me’yoriy hujjatlarga muvofiq eng ko‘p
miqdorlari aholi va ular
yashaydigan hududlarda to‘g‘ri taqsimotini ta’minlash maqsadida tartibga solish uchun belgilangan.
Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari
O‘zbekiston Markaziy banki
va bank-moliya sektorini
tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. U moliyaviy barqarorlikni, iste’molchilar huquqlarini himoya
qilish va adolatli kreditlash amaliyotini ta’minlash uchun kreditlash amaliyotida raqamli
transformatsiyaga qaratilgan ko‘rsatmalar yoki sir
kulyartavsiyalarini chiqarishi mumkin.
Banklarda chakana kreditlash amaliyotini raqamli transformatsiya qilishning huquqiy
asoslari
ning quyidagi asosiy elementlariga alohida e’tibor qaratish lozim:
-
normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlik: Izoh banklar raqamli transformatsiyani qabul qilgan
holda mavjud moliyaviy qoidalarni qanday boshqarishi va ularga rioya qilishini o‘rganadi. U kreditlash
30
lex.uz/docs/5972411
31
lex.uz/docs/3772869
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
41
amaliyotini tartibga soluvchi me’yoriy landshaftni o‘rganadi, mintaqaviy va xalqaro qonunlarga rioya
qilish muhimligini ta’kidlaydi;
-
ma’lumotlarni himoya qilish va maxfiylik: Raqamli transformatsiya ko‘pincha katta miqdordagi
nozik mijozlar ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash va saqlashni o‘z ichiga olganligi sababli, izoh
ma’lumotlarni himoya qilish va maxfiylikning huquqiy jihatlarini o‘rganadi. Bu banklar mijozlar
ma’lumotlarini qonunlar va qoidalarga muvofiq qanday boshqarishi va himoya qilishini ko‘rib chiqadi;
-
elektron imzolar va autentifikatsiya: Raqamli tranzaktsiyalarga o‘tish bilan elektron imzo va
autentifikatsiya usullarining qonuniy kuchini tushunish juda muhimdir. Ushbu izoh elektron raqamli
imzoning qonuniy qabul qilinishi va banklar onlayn tranzaktsiyalarning xavfsizligi va haqiqiyligini
ta’minlash uchun qo‘llayotgan choralarni muhokama qiladi;
-
iste’molchilar huquqlari va himoyasi: Iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi huquqiy bazani
o‘rganish asosiy e’tibordir. Bu kredit shartlarining shaffofligi, adolatli kreditlash amaliyoti va nizolarni
hal qilish mexanizmlari bo‘yicha muhokamalarni o‘z
ichiga oladi. Izoh raqamli platformalar kreditlash
jarayonida iste’molchilarning himoyasini qanday saqlab turishi va yaxshilashini o‘rganadi;
-
kiberxavfsizlik va firibgarlikning oldini olish: Raqamli sohada kibertahdidlar xavfi ortib
borayotganini hisobga olib, tahlil banklarning mustahkam kiberxavfsizlik choralarini ta’minlash
bo‘yicha qonuniy majburiyatlarini ko‘rib chiqadi. U ma’lumotlar buzil
ishining huquqiy oqibatlarini va
firibgarlik va ruxsatsiz kirishning oldini olish bo‘yicha choralarni o‘rganadi.
Chakana kreditlashda raqamli transformatsiya qilishning huquqiy jihatlarini o‘rganish natijasida
texnologik innovatsiyalar va bank amaliyotini tartibga soluvchi huquqiy asoslari o‘rtasidagi murakkab
munosabatlarni har tomonlama tushunish imkonini beradi. Ular manfaatdor tomonlar, iqtisodchilar,
siyosatchilar va bank sektorida raqamli kreditlashning rivojlanayotgan manzarasini boshqaradigan
mutaxassislar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar / Литература / Literature
:
Alkhaldi, A. N. & Al-
Sadi A. (2016). The Impact of Demographic Factors on Arabic Users’ Adoption of
M-Banking in Saudi Arabia: A Review. International Journal of Knowledge and Research in Management
and E-Commerce, 5(4), 1-10. Retrieved from https://t.ly/YH9n
Ansari S.S., Krop P. (2012) Incumbent performance in the face of a radical innovation: towards a
framework for incumbent challenger dynamics. Research Policy 41(8): 1357
–
1374.
Chorafas D. N. (2011) Risk management technology in financial services: risk control, stress testing,
models, and IT systems and structures.
–
Elsevier, 2011.
Consoli D. (2005) The dynamics of technological change in UK retail banking services: an
evolutionary perspective. Research Policy 34: 461
–
480.
Eidhoff A, Stief S, Voeth M, Gundlach S. (2016) Drivers of digital product innovation in firms: An
empirical study of technological, organizational, and environmental factors[Internet]; 2016
Gunawardene N. (2019) Digital transmation in Sri Lanka: Opportunities and challenges in pursuit of
liberal policies 2019 Jan 6
Krasonikolakis I., Tsarbopoulos M., Eng T.Y. (2020) Are incumbent banks bygones in the face of
digital transformation? //Journal of General Management.
–
2020.
–
Т
. 46.
–
№. 1. –
С
. 60-69.
Madan, Dhananjay. (2022) scorecard: an advancement of credit system in banking sector. diss. 2022
Mhlanga D. (2021) Financial inclusion in emerging economies: The application of machine learning
and artificial intelligence in credit risk assessment //International journal of financial studies.
–
2021.
–
Т
.
9.
–
№. 3. –
С
. 39.
Naser F., Alqahtani. (2016) Identifying the critical factors that impact on the Development of
Electronic Government using TOE Frame-work in Saudi E-Government Context: A Thematic Analysis
[Internet]; 2016
Nizom (2015)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 6 iyuldagi “Tijorat banklari
kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi 2693
-sonli nizom.
Nizom (2021) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021 yil 6 sentyabrdagi
20/5-sonli qaroriga
ilova “Mijozlarni raqamli identifikasiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom
i
Omarini A. (2017) The digital transformation in banking and the role of FinTechs in the new financial
intermediation scenario.
–
2017.
Omarini A. (2017) The digital transformation in banking and the role of fintechs in the new financial
intermediation scenario. Int J Financ Econ Trade [Internet]; 2017. [Cited 2019 March 23];
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
42
Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021 yil 27 noyabrdagi 28/4
-
son qaroriga ilova “Raqamli moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoya
qilish standartlari”
Qonun, (1996) O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apreldagi “Iste’molchilarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi 221
-I-sonli qonuni
Qonun, (2003)
O‘
zbekiston Respublikasining 2003 yil 30-
avgustdagi “Bank siri to‘g‘risida”gi 530
-II-
sonli qonuni
Qonun, (2019)
O‘zbekiston
Respublikasining 2019 yil 5-
noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida (yangi tahriri)”gi O‘RQ
-580-sonli qonuni
Qonun, (2022)
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 15
-
apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi
O‘RQ
-764-son qonuni
Qonun, (2022)
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29
-
sentyabrdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi
O‘RQ
-792-sonli qonuni
Scardovi C. (2017) Digital transformation in financial services. Springer International Publishing.
2017; 236.
Skilton M, Hovsepian F. (2017) The 4thindustrial revolution: Responding to the impact of artificial
intelligence on business. Springer International Publishing AG. 2017; 342
Thakor V.V. (2019), Fintech and banking: what do we know? Journal of Financial Intermediation 41:
100833.
Warner K, Wäger M. (2019) Building dynamic capabilities for digital transformation: an ongoing
process of strategic renewal. Long Range Planning 52(3): 326
–
349.
Williams, V. (2020). Fintech Regulations in the United States Compared to Regulations in Europe and
Asia (Honor College Theses, Pace University, New York, United States). Retrieved from
Мамадияров
,
З
. (2023).
БАНК
ХИЗМАТЛАРИНИ
МАСОФАДАН
КЎРСАТИШ
ВА
РАҚАМЛАШТИРИШНИНГ
ДОЛЗАРБ
ЖИҲАТЛАРИ
.
Iqtisodiyot va taʼlim,
24(1), 115-122.
Мамадияров
,
З
. (2023).
ЎЗБЕКИСТОНДА
БАНК
ХИЗМАТЛАРИНИ
РАҚАМЛИ
ТРАНСФОРМАЦИЯ
ҚИЛИШГА
ТАЪСИР
ЭТУВЧИ
ОМИЛЛАР
ТАҲЛИЛИ
.
Страховой рынок Узбекистана,
1(4), 39
–
45.
извлечено от https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/68
