Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
205
KEYS-STADY METODI YORDAMIDA TALABALARGA EKONOMETRIK
KO‘NIKMALARNI S
HAKLLANTIRISH
Ravshanova Muhayyo Maxmanazarovna
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
ORCID: 0009-0002-2385-5485
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Keys-stady metodi yordamida talabalarga ekonometrik
ko‘nikmalarni shakllantirish borasida tushunchalar muallif tomonidan taqdim etilgan.
Ekonometrik ko‘nikmalar hususan, korrelyatsion va regression tenglamalarni tahlil etishda keys
-
stady metodi yor
damida amalga oshirish, talabalarda ekonometrik ko‘nikmalarni paydo qilish
metodi sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, ushbu maqolada muallif statistik ma’lumotlarni
tanlash va ular ular orasidagi bog‘liqlikni aniqlash haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
Tayanch
so‘zlar:
ekonometrika, Keys-stady, korrelyatsiya,
ko‘p omilli regressiya
tenglamasi,. elastik koeffitsienti, Excel, chiziqli regressiya.
ФОРМИРОВАНИЕ ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИХ НАВЫКОВ СТУДЕНТОВ
МЕТОДОМ КЕЙС
-
СТАДИ
Равшанова Мухайё Махманазаровна
Экономико
-
педагогический университет
Аннотация.
В данной статье концепции формирования эконометрических навыков
у студентов с использованием метода Кейс
-
стадй. Эконометрические навыки, в
частности использование метода тематического исследования при анализе уравнений
корреляции и регрессии, представлены как метод развития эконометрических навыков у
студентов. Также в данной статье автор остановился на отборе статистических
данных и определении взаимосвязи между ними.
Ключевые слова:
эконометрика, практический пример, корреляция, уравнение
многофакторной регрессии. коэффициент эластичности,
E
xcеl, линейная регрессия.
FORMATION OF ECONOMETRIC SKILLS OF STUDENTS USING THE
CASE STUDY METHOD
Ravshanova Mukhayyo Makhmanazarovna
University of Economics and Pedagogy
Annotation.
In this article, the concepts of developing econometric skills in students using
the Case-study method. Econometric skills, particularly the use of the case study method in the
analysis of correlation and regression equations, are presented as a method for developing
econometric skills in students. Also in this article, the author focused on the selection of statistical
data and determining the relationship between them.
Key words:
econometrics, case study, correlation, multivariate regression equation.
elasticity coefficient, Excel, linear regression.
UO
‘
K: 372.88.1
IV SON - APREL, 2024
205-210
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
206
Kirish.
Mamlakatning mintaqalar bo‘ylab ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi aho
lini
iste’mol tovarlari bilan ta’minlashda muhim ijtimoiy
-iqtisodiy ahamiyat kasb
etadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Hududlarning jadal ijtimoiy
-
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga
doir ustuvor choratadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–
3182-son qaror
ida iste’mol bozorida narxlarning
barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan ch
ora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab
qo‘yilgan (Қарор, 2017). Ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanishini hududlar kesimada tahlil etish uchun
hududlar kesimida iste’mol mollari ishlab chiqarishni statistik ma’lumotlar asosida ifodalab
berish lozim bo‘ladi. Statistik ma’lumotlar asosida ekonometrik tahlilni amalga oshirish
zaruriyati tug‘iladi. Sababi yaratilgan ekonometrik model asosida hududlar kesimida iste’mol
mollarini ishlab c
hiqarishni tahlil etish va prognoz qilish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.
Respuli
kamizda malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash bugungi kun oliy ta’lim
muassasalarining asosiy maqsadiga aylanib bormoqda. Mutaxassilarning barcha sohada ilg‘or
bo‘lishi rivojlangan davr talabidir. Oliy ta’lim muassasalari talabalarga bilim berish
va
mutaxassislik ko‘nikmalarini shakllantirishda poydevor bo‘lib hizmat qilmoqda. Ushbu
jarayonda talabalarga turli metodlar yordamida ta’lim berish, ko‘nikmalarni shakllanti
rishda
muxim ahamiyatga egadir. Xususan iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari ekonomet
rikaga fani
doirasida iqtisodiy jarayonlarni statistik malu’motlar asosida tahlil etish va prognoz etish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun iqtisodiyot yo‘nalishi tala
balariga bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularda ekonometrik tushunchal
arni shakllantish,
regression va korrelyatsion tahlillarni amalga oshirishda dastur yordamida natijaga erishish
mumkin bo‘ladi.
Raqobatbardosh, iqtisodiy bilim va ko‘nikmalar
ga ega bo
ְ
’lgan mutaxasislarni
shakllantirish, ekonometrik tahlil va prognoz qila bilish bugungi kun iqtisodchisiga quyiladigan
talablardan biridir.
Adabiyotlar sharhi.
Talabalarda iqtisodiy jarayonlarn tahlil etish va prognoz qilishda ko‘nikmalrni
shakllantirish
da Ekonometrika faning ahamiyati yuqoridir. Gujaratining “Ekonometrika
asoslari” nomli ilmiy kitobida ekonometrikani o‘rganish iqtisodiyotga oid har qanday fanni
ng
asosiy mohiyatini belgilaydi va u har bir iqtisodchining savodli bo‘lishini ta’minlaydi deyi
sh
mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning sababi hozirgi kunda amaliy iqtisodiyotning ahamiyati uzluksiz
ravishda ortib borishi hamda miqdoriy hisoblash va iqtisodiy nazariyalar va gipotezalarni
baholash har qachongidan ham ko‘proq zaruriyatga aylanib borishidadir. N
azariy iqtisodiyotga
ko‘ra ikki va undan ortiq o‘zgaruvchi orasida bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, amaliy iqtisodiyot
kundalik hayotiy vaziyatlarda bu bog‘liqlikning dalilini talab qiladi. Real ko‘rsatgichlarni
qo‘llab, iqtisodiy bog‘liqlikni hisoblash usullarini o‘rgatuvchi fan ekonometrikadir (Gujarati,
Damodar, 2009) deb fanga ta’rif beradi. Shuningdek Gerhard Tintne “...ekonometrika mantiqiy
mushohada qilishning mos keluvchi metodlari asosida kuzatuvlar va nazariyani parallel ishlab
chiqishga asoslangan real
iqtisodiy hodisalarni miqdoriy tahlil qiladi” (Tintner, 1968) ekanligi
aytib o‘tilgan.
Ekonometrikning san’ati bo‘lib, u egalik qilgan ma’lumotlar bo‘yicha eng yaxshisini qabul
qilishga imkon beruvchi, bir vaqtning o‘zida yetarlicha aniq va yetarlicha haq
qoniy hisoblangan
farazlar to‘plamini topishdan iboratligini (Tintner, 1968) e’tirof etib o‘tgan. Shuningdek David
F. Hendry ekonometriklar iqtisodiy muammoni tahlil qilishda qanday yo‘l tutadilar, ya’ni
ularning metodologiyasi nimalardan iborat? Ekonometr
ika metodologiyasi bo‘yicha bir necha
maktablar mavjud, lekin biz bu yerda hozirgacha iqtisodiyot va boshqa ijtimoiy fanlarning
empirik tadqiqotlarida ustunlik qilib kelayotgan an’anaviy yoki klassik metodologiyani keltirib
o‘tgan (Samuelson, Koopmans, Sto
ne, 1954). Ekonometrika ijtimoiy fan sifatida aniqlanishi
mumkin, unda iqtisodiy nazariya va matematikaning instrumentlari hamda statistik xulosalar
iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda qo‘llanillanilishini (Goldberger, 1964) keltirib o‘tgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
207
Statistika,
iqtisodiyot nazariyasi, matematika fanlarining jamlanmasi bo‘lgan ekonometrika
fani iqtisodiy tahlil va prognozda muhim ahamiyatga egadir.
Ekonometrika iqtisodiyotda o‘lchashni anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra ekonometrika o‘z
ichiga iqtisodiy ma’lumotlarni ta
hlil qilishda ishlatiladigan barcha statistik va matematik
texnikalarni qamrab oladi. Iq
tisodiy ma’lumotlardan bu statistik va matematik vositalari
yordamida foydalanishdan asosiy maqsad, muayyan iqtisodiy taklif va modellarni isbotlash
yoki rad etishga harakat qilishdir. Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy
matematika, iqtisodiy statistika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning
o‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishining natijasi sifatida ajralib chiqqan va shakllangan ekan
ligini
Muxitdinov, Xatamov, Raximov (2021)
“Ekonometrika asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma
da
ta’kidlab o‘tgan.
“Ekonometrik model, ya’ni parametrlari matematik statistika usullari yordamida
baholanadigan faktorlar tahlilining iqtisodiy-matematik modeli ekon
ometrikani o‘rganishning
asosiy vositasi hisoblanadi” (Айвазян, 2010) deb ta’kidlab o‘tg
an.
Statistik ma’lumotlar asosida
korrelyatsion va regression tahlillar amalga oshiriladi va ekonometrik model tuziladi.
Ta’sir etuvchi faktorlarni tanlashda tanlovning statistik modelidan foydalaniladi. Ta’sir
etuvchi faktorlar sonini imkoni boricha qisqartirishga
o‘
zgaruvchilarni ketma-ket tanlash
amaliyotini bajarish orqali erishiladi. Shunisi ham borki, birorta amaliyot
o‘
zgaruvchilarning
eng maqbul t
o‘
plamini tanla
shni kafolatlay olmaydi. Biroq “shunga qaramay, o‘zgaruvchilarni
ketma-
ket, ya’ni qadam
-
baqadam tanlash amaliyoti ta’sir etuvchi faktorlarning eng
muhimlarini tanlash uchun samarali vositadir. Bundan tashqari, mazkur amaliyotlarni
ekonometrik qurishda ta’s
ir etuvchi faktorlar tanlash muammosiga qaratilgan boshqa
yondashuvlar bilan uyg‘un holda ham qo‘llash mumkin, masalan, faktorlarning ahamiyatlilik
darajasini ekspertli baholash bilan. Faktorlarni ketma-
ketlik, ya’ni qadam
-baqadam tanlash
amaliyotlari orasida faktorlarni qadam-
baqadam, ya’ni ketma
-ket kiritish va istisno qilish
amaliyoti keng
qo‘llaniladi” (Яновский, 2011). Ekonomerik modellarni qurishda natijaviy va
ta’sir etuvchi omillarni tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Mazkur maqolani yozishda statistik, matematik, guruhlash, qiyosiy va tarkibiy tahlil,
induk
siya va deduksiya, tizimli yondoshuv va mantiqiy izchillik usullari qo‘llanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ekonometrikaning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab
iqtisodiy tizimlaming modellashtirish asoslarini, aniq
iqtisodiy ob’ektlar misolida
modellashtirishning qo‘yilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, masalalarni kompyuter
dasturlarida yechish va olingan natijalami iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlarni o‘rgatishdan
iboratdligini hisobga olgan holda ekononometrik modellarni qurishda
“Keys
-
stady” metodini
qo‘llash maqsadga muofiqdir. Ko‘p omilli ekonometrik tahlil.
“Keys
-stady
” metodikasi. Mazkur
metodika hayotiy vaziyatlarga doir aniq muammoli vaziyatlarni hal etishga qaratilganligi bilan
muhimdir. Talabalar mashg
‘ulot mavzusiga doir keyslarni hal etish davomida ekonometrik
kompetensiyalarni ham egallay boshlaydilar.
Talabalarda ekonometrik kompetensiyalarni rivojlantirishda keyslarning o‘rni
ahamiyatlidir. Kompetensiya
–
ko‘zlangan natijalarga erishi
sh uchun bili
m, ko‘nikma va
malakalarni qo‘llay olish qobiliyati namoyish eta olishni bildiradi. Ekonometrik kompetensiya
esa natijaviy va ta’sir etuv omillarni tanlash, ularning statistik ma’lumotlarini jamlash, omillar
orasidagi korrelyatsion va regression tahlilni amalga oshirish, yekonometrik modelni baholash,
turli hil ekonometrik modellar qurish, prognoz qilish ko‘nikmalarini olish mumkin. Bunda
keyslar real jarayonlar asosida, xususan, statistik ma’lumotlar asosida tuzilganligi sababli
talabalarda qiziqish oshadi
va ushbu metod orqali topshiriqlarni o‘zlashtirishda ijobiy natijalar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
208
namoyon bo‘ladi. Talaba keysni bajarish davomida ekonometrik modellarni tuzish, baxolash,
prognoz qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Ekоnоmetrik mоdellar mavjud amaliy
jarayоnlarning mоhiyatini
о‘rganish va
tushuntirishda
muvaffaqiyatli
qо‘llaniladi.
Оydinlashtiruvchi
(tushuntiruvchi)
о‘zgaruvchilarning aniqlangan qiymatlari asоsida qurilgan hamda verifikatsiya qilingan mоdel
natija hоsil qiluvchi qaram о‘zgaruvchilardan fоydalanish
istiqbоllarini bashоrat qilishda yоki
оydinlashtiruvchi (tushuntiruvchi) о‘zgaruvchilarning qiymatlari tо‘plami qaram
о‘zgaruvchilarning vazifasini aniqlashtirishda qо‘llaniladi.
Ekоnоmetrik mоdellashtirishning maqsadi sifatida tadqiq etilishi kо‘zda tutilgan iqtisоdi
y
оbyekt yоki jarayоnni tahlil qilish, uning kо‘rsatkichlarini, ekzоgen о‘zgaruvchilarning turli
qiymatlari sharоitidagi rivоjlanish jihatlarini ulardagi tasоdifiylik xususiyatlarini ifоdalash
оrqali bashоrat qilish hamda bоshqarishga оid qarо
rlarni ishlab chiqish kabilar qabul qilingan.
Iqtisоdiy о‘zgaruvchilarni tanlashda har bir о‘zgaruvchilarni nazariy jihatdan asоslab
berish lоzim bо‘ladi, bunda ularning sоnining uncha kо‘p bо‘lmasligi, eng kamida kuzatishlar
sоnidan bir nech
a marta kam b
о‘lishi tavsiya etiladi.
Tushuntiruvchi о‘zgaruvchilar о‘zarо funksiоnal va uzviy kоrrelyatsiyaviy alоqada
bо‘lmasligi muhimdir. Negaki bu hоl mоdelning parametrlarini bahоlashni qiyinlashtirishi,
ya’ni amaliy ahamiyati past bо‘lgan qiymatlar
paydо bо‘lishiga оlib kel
ishi mumkin.
Quyida ekonometrikani o‘qitish davomida foydalanish mumkin bo‘lgan keyslardan
namunalar keltirib o‘tamiz. Hududlar kesimida iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi natijaviy
omil, ya’ni endogen omil va unga ta’sir etu
vchi omillar sifatida esa mehnat resurslari soni (ming
kishi) va aholi umumiy daromadlari
(mlrd.so‘m) ekzogen sifatida berilgan bo‘lsin. Berilgan
stastistik ma’lumotlar asosida model tuzing va tahlil eting. Korrelyatsion koeffitsienti
o‘rganilayotgan ob’ek
t yoki jarayo
nlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlaydi. Masalan, tanlangan
omillar qiymatlari o‘zaro mosligi, bog‘liqligi, tanlangan omillarda multkollenarlik holati mavjud
emasligini aniqlash lozim.
1-jadval
Stastistik ma’lumotlar asosida model
tuzish
Yillar
Hududlar kesimida
iste’mol mollari ishlab
chiqarish (mlrd.so‘m)
Y
Mehnat resurslari soni
(ming kishi)
X1
Aholi umumiy
daromadlari,
mlrd.so‘m
X2
2010
13683,8
16726,0
62631,6
2011
18336,4
17286,4
85933,5
2012
21527,8
17564,3
104263,0
2013
28614,1
17814,1
126268,0
2014
33868,5
18048,0
146392,9
2015
42085,5
18276,1
169344,3
2016
48253,8
18488,9
197962,4
2017
59690,4
18666,3
236893,1
2018
83512,6
18829,6
300842,7
2019
110321,0
18949,0
365735,6
2020
129348,6
19158,2
414968,7
2021
155159,1
19334,9
519181,4
Vazifalar:
1.
Natijaviy va ta’sir etuvchi omillarni tanlab olish.
2.
Omillar orasidagi o‘zaro bog‘lanish aniqlansin.
3.
Ko‘p omillli chiziqli regressiya tenglamasi tuzilsin.
4.
Ko‘p omilli chiziqli regressiya
tenglamasi parametrlar asosida iqtisodiy tahlil qilinsin.
5.
Elastik koeffitsienti hisoblansin.
Talabalarga tavsiya etiladigan manbaalar.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
209
Stat.uz rasmiy sayti yordamida ma’lumotlarni aniqlashtirish, “Ekonometrikaga kirish”
o‘quv qo‘llanmasidan “Ko‘p omilli ekonometrik tahlil” mavzusiga asosida bajarilsin.
Talabalar
uchun koʻrsatmalar:
1. Keysning aniq maqsadini belgilab oling.
2. Omillar orasida bog‘lanish korrelyatsiya koeffitsientini topish formulasi orqali
hisoblansin.
3. “Eng kichik kvadratlar usuli” yordamida regressiya tenglamasi tuzilsin.
4. Chiziqli ko‘p omilli regressiya tenglamasining parametrlari natijaviy omilga ta’sir
ettirgan holda tahlil etilsin.
5. Chiziqli regressiya tenglamasini elastiklik koeffitsienti yordamida baholansin.
Keysni yechish jarayoni:
1. Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va ke
ysni muhokama etadilar.
2. Talabalar taqsimlangan guruh a’zolari bilan jadvalda ko‘rsatilgan omillarni tahlil
etadilar.
3. Regression va korrelyatsion tahlilni amalga oshirish uchun chiziqli va chiziqsiz
regressiya tenglamalari tuzib olinadi.
4. Tashkil
etilgan kichik guruh a’zolari fikrlarining umumiy fikrlar asosida jarayon
baholanadi.
5. Tashkil etilgan barcha kichik guruhlarning natijalari tahlil etiladi va umumiy xulosa
yasaladi.
Yechim.
Hududlar kesimida iste’mol mollari ishlab chiqarishga ta’sir
etuvchi omil sifatida mehnat
resurslari soni va aholi umumiy daromadlari keltirilgan. Omillarni tanlash jarayoni deganda,
tanlab olinayotgan omillarning bog‘liqligi, ishonchli statistik ma’lumotlar asosida jamlangan
ma’lumotlar nazarda tutiladi. Korrelyatsion bog‘lanish –
bu shunday to‘liqsiz bog‘lanishki, unda
omilllarning har bir o‘zgarishiga turli zamon va makon sharoitlarida natijaning har xil o‘zgarishi
mos keladi. Bu holda
omillar to‘liq soni noma’lumdir.
Chiziqli korrelyatsiya formula orqali
hisoblan
ganda Y natijaviy omil X1 ta’sir etuvchi omilga 0,88 ga, X2 omil esa 0,99 koeffitsientga
bog‘lanmoqda. Aynan shu jarayonni Excel dasturining “Анализ данных” ustqurmasida ham
bajarish imkoniyati mavjud.
“Eng kichik kvadratlar usuli” yordamida normal tenglam
alar tizimi yaratilib, shu
tenglamalar tizimi orqali barcha parametrlar aniqlanib ko‘p omilli regressiya tenglamasi hosil
etilgan.
“Анализ данных” ustqurmasi yordami chiqgan natijalar asosida chiziqli ko‘p omilli
regressiya tenglamasini hosil qilamiz:
y=113218,5-7,32x
1
+ 0,36x
2
Mehnat resurslari sonini bir birlik hududlar kesimida iste’mol mollari ishlab chiqarishga
ta’sir etganda, iste’mol mollari ishlab chiqarish 7,32 birlikga kamayar ekan. Aholi umumiy
daromadlarini hududlar kesimida iste’mol mollari ishlab chiqarishga ta’sir etganda, iste’mol
mollari ishlab chiqarish 0,36 birlikka ortar ekan. Elastiklik koeffitsienti regressiya
tenglamasida qatnashayotgan omillarning birliklari har xil bo‘lganda, qo‘llaniladi va ushbu
omillar foiz holatida tahlil etiladi
Xulosa va takliflar.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, ekonometrik ko‘nikmalarni shakllantirishda
keys-
stady medotining o‘rni va axamiyati yuqoridir. Ushbu metod yordamida ekonometrika
fanini o‘qitish va talabalarda ekonometrik ko‘nikmalarni s
hakllantirishda samarali natijalarga
erishish mumkin. Korrelyatsion va regression tahlilni amalga oshirishda, regressiya
tenglamasini tuzish va omillar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash masalasi talabalarga muommo
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
210
sifatida quyilar ekan, berilgan topshiriqni murakkablikdan qochgan holda keys-stady metodi
yordamida bosqichlarga taqsimlagan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida tuzilgan ekonometrik modeldan
hududlar kesimida iste’mol mollarini ishlab
chiqarish ekonometrik tahlili keltirib o‘tildi.
Talabalarning keyslarni bajarish davomida
bosqichma bosqich ekonometrik ko‘nikmalarni shakllantirib borishi mumkin bo‘ladi.
Ekonometrika fanining o‘quv yuklamasida berilgan mavzular bir
-
biriga bog‘liqligi sababli
keyslar yordamida ekonometrik kompetensiyalarni shakllantirishda ijobiy natijalarga erishish
mumkin. Bu esa raqobatbardosh mutaxassislarni yetkazib berish lozim ekanligi bugungi
kunning bosh maqsadidir.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Arthur S. Goldberger, (1964) Econometric Theory, John Wiley & Sons, New York.
Gerhard Tintner. (1968) Methodology of Mathematical Economics and Econometrics, The
University of Chicago Press, Chicago, p. 74.
Gujarati, Damodar N. (2009) Basic эconometrics / Damodar N. Gujarati, Dawn C. Porter. 5th
ed.New York, NY McGraw-Hill/Irwin.
р
.1.
P.A. Samuelson, T.C. Koopmans, and J.R.N. Stone, (1954) “Report of the Evaluative Committee
for Econometrica”, Econometrica, vol. 22, no. 2, April, pp. 141–
146
Rakhimov A. N. Econometric modeling of the development of educational services to the
population of kashkadarya region //Academicia: an international multidisciplinary research
journal.
–
2021.
–
T. 11.
–
№. 2. –
S. 1305-1312
Айвазян С. А.
(2010)
“Методы эконометрики” учебник / С. А. Айвазян.
-
М.: “Магистр:
ИНФРА
-
М”
,
–
512-
с.
Қарор (2017) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 8 августдаги
«Ҳудудларнинг жадал ижтимоий
-
иқтисодий ривожланишини таъминлашга доир
устувор чора
-
тадбирлар тўғрисида»ги ПҚ
-3182-
сон қарори
Равшанова М.М. “Педагогика олий муассасалари талабаларига эконометрикани
ўқитиш консепсияси ва методикасини ўзоро боғлиқлиги” Ўзбекистон Миллий
университети хабарлари. 2022,[1/21] 140
-
141 б.
Х.С.Мухитдинов, О.Қ. Хатамов, А.Н.Рахимов
(2021)
“Эконометрика асослари” Қарши
«Интеллект» нашриёти. –
236
бет.
Яновский Л.П. (2011)
“Введение в эконометрику” учебное пособие / Л. П. Яновский.
- 3-
е изд., стер. –
“М.: КНОРУС”, –
256-
с.
.
