O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORINI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLINI ISH BILAN BANDLIGINI TA‘MINLASH YO‘LLARI

Annotasiya

Ish bilan bandligini ta’minlanishi ijtimoiy – iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo‘lar ekan qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlprini qondirish bilan bog‘liq holatlar xorijiy iqtisodchi olimlar tajribalari o‘rganilib, mamlakatimizda aholi ish bilan bandligini ta’minlashda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni hududlar bo‘yicha taxlillar olib borish naktijasida ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy – uslubiy tavfsiyalar keltirilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
69-77
11

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Bozorov, B., & Tuxliev, B. (2024). O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORINI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLINI ISH BILAN BANDLIGINI TA‘MINLASH YO‘LLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(9), 69–77. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/90711
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ish bilan bandligini ta’minlanishi ijtimoiy – iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo‘lar ekan qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlprini qondirish bilan bog‘liq holatlar xorijiy iqtisodchi olimlar tajribalari o‘rganilib, mamlakatimizda aholi ish bilan bandligini ta’minlashda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni hududlar bo‘yicha taxlillar olib borish naktijasida ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy – uslubiy tavfsiyalar keltirilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

69


O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORINI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLINI

ISH BILAN BANDLIGINI TA‘MINLASH YO‘LLARI

I.f.n., dots.

Bozorov Berdimurod Ulug‘muro

dovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

ORCID: 0000-0003-3267-0589

b.bozorovsamdu@gmail.com

Tuxliev Baxtiyor Maxmaziyaevich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

ORCID: 0000-0002-1763-2042

tuxliyevbaxtiyor@gmail.com

Annotatsiya.

Ish bilan bandligini ta’minlanishi ijtimoiy –

iqtisodiy hodisa sifatida namoyon

bo‘lar ekan qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy

va ijtimoiy ehtiyojlprini qondirish

bilan bog‘liq holatlar xorijiy iqtisodchi olimlar tajribalari o‘rganilib, mamlak

atimizda aholi ish

bilan bandligini ta’minlashda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni hududlar bo‘yicha taxlillar

olib borish naktijasida

ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy –

uslubiy tavfsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

mehnat bozori. Bandlik demografik jarayon, mehnat resurslari, mehnat

munosabatlari, infratuzilma, jamg‘arma, ichki mehnat bozori, tartibga solish, ishsizlik sababl

ari

talab va takliflar.mezon infratuzilma.

ПУТИ ОБEСПEЧEНИЯ ЗАНЯТОСТИ НАСEЛEНИЯ ЧEРEЗ РАЗВИТИE

РЫНКА ТРУДА В УЗБEКИСТАНE

к.э.н., доц.

Бозоров Бердымурад Улугмурадович

Самаркандский государственный университет

имени Шарофа Рашидова

Тухлиев Бахтиёр Махмазияевич

Самаркандский государственный университет

имени Шарофа Рашидова

Аннотация.

Посколку обеспечение занятости проявляется как социално

-

экономическоэ явление, на основе опыта зарубежных экономистов даются научно

-

методические описания элиминатсии ситуатсий, связанных с удовлетворением личных

и

общэственных потребностей, не противоречащих правовым документам.

Ключевые слова:

Рынок труда, занятост, демографический процесс, трудовые

ресурсы, трудовые отношения, инфраструктура, сбережения, внутренний рынок труда,

регулирование, причины безработитсы

,

спрос и предложение.

UO

K: 331.57

IX SON - SENTYABR, 2024

69-77


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

70

WAYS TO PROVIDE EMPLOYMENT THROUGH THE DEVELOPMENT

OF THE LABOR MARKET IN UZBEKISTAN

PhD, assoc. prof.

Bozorov Berdimurad Ulugmuradovich

Samarkand State University named after Sharof Rashidov

Tukhliev Bakhtiyor Makhmaziyaevich

Samarkand State University named after Sharof Rashidov

Abstract.

Since ensuring employment manifests itself as a socio-economic phenomenon,

based on the experience of foreign economists, scientific and methodological descriptions are

given of the elimination of situations related to the satisfaction of personal and social needs that

do not contradict legal documents.

Key words:

Labor market, employment, demographic process, labor resources, labor

relations, infrastructure, savings, internal labor market, regulation, causes of unemployment,

supply and demand.

Kirish.

Bozor munosabatlari tizimida mehnat bozori muhim o‘rinni egallaydi. Mana shu bozorda

mehnatga qobiliyatli kishilar va davlat biror bir jamoa va xususiy tashkilotlarning nomidan ish

ko‘r

uvc

hilar va ish beruvchilarning manfaati to‘qnash keladi

. Mehnat bozorida vujudga

keladigan munosabatlar yaqqol ifodalangan ijtimoiy-

iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, ular

mamlakat aholisi ko‘pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo‘ladi. Mehnat bozor

i

mexanizmi orqali aholining ish bilan bandligi va mehnat

ga haq to‘lash darajalari belgilanadi.

Mehnat bozorida ro‘y berayotgan jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo‘lib, u umuman

olganda salbiy hodisa hisoblansa

ham, lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar natijasidir.

Mehnat va aholi ish bilan bandligi sohasida bozor aloqalarini rivojlantirish yangi va

o‘xshash bo‘lmagan yondashishni, mehnat bozori elementlarini o‘rganishda muntazamlikni,

bozor kategoriyalari va tushunchalarining uslubiy bazasini yangilashni talab etadi.

Iqtisodiyotni shakllantirish va r

ivojlantirish bo‘yicha chora

-tadbirlarni amalga oshirish

kelgusida aholini oqilona ish bilan bandligi sohasidagi institutsional tuzilmalar faoliyatlarini
jadallashtirish va normativ- huquqiy bazalarini rivojlantirishni talab qiladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishda aholini ish bilan bandligi muhim

omil hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini ta’minlash uning takror ishlab chiqarilishi uchun

zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun
kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasin oshirish, ishga joylashtirish,

ishsizlarni moddiy va psixologik jihatdan qo‘llab

-quvvatlash uchun qilinadigan sarflar aholini

is

h bilan ta’minlanishiga bog‘liqdir. Shuning uchun aholini ish bilan bandligini ta’minlashning

ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy

muammo sifatida alohida ahamiyatga ega va dolzarb mavzu bo‘lib qol

averadi.

Adabiyotlar sharhi.

Ba’zi iqtisodchi

olimlarning qarashlarida mehnat bozori infratuzilmasi mohiyatini

ifodalashda quyidagi ta’riflarni uchratish mumkin

«kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash,

bandlik jamg‘armalari, reklama bilan shug‘ullanuvchi

fi

rmalar va boshqalar» (Rofe, Zbo‘shko,

& other, 1994).

Cherneykoning (1999) fikricha

«mehnat bozoridagi jami iqtisodiy, huquqiy va boshqaruv

institutlari, tashkilotlar va faoliyat turlari uning funksiyalarini amalga oshirilishida

ko‘maklashishi zarur».

S

huningdek, Varfolomeeva (2001) ta’kidlaydiki

«Mehnat bozori infratuzilmasi –

bandlikka ko‘maklashuvchi institutlar tizimi va boshqarish mexanizmlari sifatida mehnat


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

71

bozorida ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi iqtisodiy jihatdan foydali o‘zaro h

amkorlikni

ta’minlovchi tizimdir».

Abdurahmonov (2009) mehnat bozori infratuzilmasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini

yoritib berishda aniq ta’rifni bergan. Unga muvofiq mehnat bozori infratuzilmasi –

davlat

muassasalarini, ish bilan bandlikka ko‘maklashu

vchi nodavlat tuzilmalarini, korxona va

firmalar

ning kadrlar xizmatini, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarini, ish kuchini talab va

taklif qilish o‘rtasidagi eng samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ

-huquqiy

muhitni o‘z ichiga oladi, ular ish

chi

kuchiga ehtiyoj bilan taklif o‘rtasidagi eng

samarali o‘zaro

hamkorlikni ta’minlaydi.

Smitning (2007) fikricha, iqtisodiyotda aholi ish bilan bandligini hajmi bir ishchiga

bo‘lgan o‘rtacha ish haqi stavkasi darajasida aniqlanadi, agar u ortsa, u holda

ish bilan bandlikni

ta’minlash imkoniyati pasaya

di.

Mehnat bozorini tartibga solish neoklassik nazariya namoyondalaridan bo‘lgan Marshall

(1993)

tomonidan ham o‘z asarlarida tadqiq etilgan. Marshall (1993) mehnat bozorini tadqiq

qilgan holda, uning o‘z

-

o‘z

ini tartibga solish tizimini mukammal emasligini tavsiflagan edi:

«Mahsulot bozorida bitimlar tuzilganda ustunlik tomonlar o‘rtasida butunlay teng

taqsimlanishi mumkin, ammo ishchi kuchi bozorida esa ustunlik ko‘pincha sotuvchilar emas,

balkim sotib oluvchila

r tomonida bo‘ladi».

Neoklassik nazariyaga ko

‘ra, mehnat bozorini tartibga solishga aralashish muayayn

mamlakat hukumati tomonidan amalga oshiriladigan ishsizlikni kamaytirish usullari vositasida

sodir bo‘ladi. Ishsizlikning asosiy sabablaridan biri sif

ati

da yuqori ish haqi bo‘lib hisoblanadi.

SHunga

ko‘ra, Pigu (1985) va uning zamondoshlari ish haqini kamaytirish, kasaba

uyushmalariga ish haqini oshirish haqidagi ularning talabi ishsizlik darajasini o‘sishiga olib

kelishini tushuntirish kerakligi, yuqori b

o‘lmagan ish haqiga talabgor ishchilarni davl

at

tomonidan ish bilan ta’minlash, xususan, ijtimoiy sohani rivojlantirishni qo‘llab

-quvvatlashni

taklif qilardilar.

Tadqiqot metodologiyasi.

Aholini ish bilan bandligigni va ishsizligini kamaytirish bo‘yich

a m

avjud bo‘lgan ilmiy

tadqiqotlarni o‘rganish qiyosiy solishtirish,statistek ma’lumotlarni o‘rganish va iqtisodiy
jihatdan taqqoslash hamda tahlil qilish,mantiqiy fikrlash,ilmiy abstraksichlash, ma’lumotni

guruxlash,analiz va sentiz,induksiya va deduksiya usullaridan keng foydalanilgan.

Tahlillar va natijalar muhokamasi.

Respublikamizda bozor islohotlari jarayonlarini avj oldirish hozirgi kunda mehnat bozori

sub’ektlarining yangi mehnat tuzilmalariga bo‘lgan qiziqishlarini va yangi maqsadlari

shakllanishi jarayonlari faol avj

olishiga olib kelmoqda hamda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va

taklif shakllanishini yuzaga keltirmoqda. Bir vaqtning o‘zida mehnat bozori sub’ektlarining

o‘zaro aloqalarini jamoa

-shartnomaviy va normativ-huquqiy bazalarini doimiy rivojlantirish,

mehnat bozori infratuzilmalarini kelgusida rivojlantirishni talab qiladi. Bozor munosabatlari

sharoitida har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshirish

samarasizdir. Shuning uchun ham mehnat bozori infratuzilmasidagi ish faoliyatini tashkil qilish

asoslarini ilmiy asosda yoritish samarali mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining
ijtimoiy-

iqtisodiy ahamiyatini oshiradi. Mehnat bozorini to‘liq ishlashi uchun rivojlangan

infratuzilmani shakllantirish lozim. Mehnat

bozori faoliyat ko‘

rsatishining sifat

ko‘rsatkichlarini eng muhim mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mehnat bozorida ishsizlarning 90%ga yaqini munosib

ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan m

uhtojlik sezmoqda. Muno

sib ish o‘rinlari –

bu

ishchilarga qiziqarli va qo‘lidan keladigan ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lgan ish

o‘rinlaridir. Munosib ish joyiga ega bo‘lish uchun mehnat bozorida ishchi kuchi ancha

raqobatbardosh bo‘lishi zarur.

Ishlab chiqarishning yoki tashkilotda boshqarishning ratsional


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

72

tashkil etilishi va modernizatsiyalashishi natijasida kadrlarning taqchilligi yuzaga kelmoqda.

O‘z vaqtida ish joyini o‘zgartirish, qayta tayyorgarlik, bo‘sh ish joylariga qabulning to‘xtatili

shi,

kadrlarni ishdan b

o‘shatishga ijtimoiy yo‘naltirilgan tanlab olishning amal qilishi, personalni

qisqartirish yoki qabul qilishni rejalashtirish yo‘li bilan ichki mehnat bozorini tartibga solishni

zarurat etmoqda.

Aholini ish bilan ta’minlash inson ijt

imoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri

bo‘lib, u mehnat masalalari bilan bog‘liq muammolarni hamda mehnatga bo‘lgan taklif va

talablarni qondirish yo‘llarini ochib beradi. Ish bilan bandlik kishilarning ish joylari

qaerdaligidan qat’i nazar, ij

timoiy foydali mehnatda

qatnashish yuzasidan o‘zaro kirishadigan

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli

kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko‘rsatadigan

ijtimoiy-iqt

isodiy ko‘rsatkichdi

r.

Aholining ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponentlar bilan cheklanmaydi. Ish

bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga

kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik uning asosiy hususiyati hisoblanadi.

Ish bilan bandlik ijtimoiy-

iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo‘lar ekan, uni quyidagicha

ta’riflash mumkin. Ish bilan bandlik

-

fuqarolarning qonun xujjatlarida zid kelmaydigan o‘z

shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan

bog‘liq, ularga ish

haqi yoki mexnat daromadi

keltiradigan faoliyatdir.

Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi

uchun ish bilan ta’minlashning muayyan modeli mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari

jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning shaxsi va talab

-

ehtiyojlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish omadsizlikka mahkum etadi. SHuning uchun

dastlab olimlar o‘z tadqiq

ot ishlarida ish bilan

bandlik muammolarini ko‘rib chiqayotganlarida

asosan, uning iqtisodiy jihatlariga e’tibor bergan bo‘lsalar, keyingi paytda ish bilan bandlikning
ijtimoiy jihatlari to‘g‘risida tobora ko‘prok gapirilayotganligi bejiz emas.

Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xususiyatlar, shu

jumladan, ish bilan bandlik turlari, kasb-

malaka guruhlari bo‘yicha taqsimlashdagi

qonuniyatlar kishilarning yoshi va jinsi bo‘yicha farqlanishi bilan ifodalandi.

Mehnat bozori ham, barcha bozorlar kabi talab va taklif asosida shakllanadi. Bunda talab,

b

o‘

sh ish

o‘

rinlarini egallashga b

o‘

lgan ehtiyoj, taklif esa

band qilinmagan ishchi kuchining

mavjudligi yo

ki ish o‘rnini o‘zgartirish istagi sifatida

maydonga chiqadi. Bu borada mehnat

bozorlarini chuqur

o‘rganish,

ilmiy

tadqiqotlar olib borish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlilini

o‘tkazish talab etiladi.

Mehnat bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki omillarni alohida

ko‘rsatib

o‘tish

zarur. Aholi bandligini tartibga solish va ishchi kuchini samarali taqsimlashning

yangi mexanizmlarini shakllantirishning bozor tamoyillari va ijtimoiy-mehnat

munosabatlarining transformatsiyasi mehnat sohasida yangi tendensiyalarni paydo qilmoqda.

Bu borada bir qator tadbirlarni:

mehnat bozorid

a ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir etuvchi

omillarni

aniqlash, ularning tutgan o‘rniga

baho berish;

O‘

zbekiston Respublikasida davlatning aholini bandligini oshirish sohasidagi chora-

tadbirlarini tahlil qilish va ishchi kuchini samarali taqsimlashga erishishga qaratilgan
mexanizmini ekonometrik modelini ishlab chiqish;

O‘zbekistonda

yoshlar mehnat bozorini tadqiq qilish va uning samaradorligini

oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni hamda uni amaliyotga joriy etishni

talab etiladi.

Milliy xususiyatlarimizga bog‘liq ravishda mahalliy aholining o‘troq holda

yashashi

tufayli, mamlakatimizda hududiy mehnat bozorlarini rivojlantirishga urinish

o‘ziga

xos

ahamiyat kasb etadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

73

O‘zbekitonda shu jumladan

samarqand viloyatida ham mehnat resurslar soni yildan- yilga

ortib bormoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki s

amarqand viloyati mehnat resurslari 2022 yilda

2160,4 ming kishini tashkil et

gan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 2103,4 ming kishi bo‘lgan.

2022 yilda 2018 yilga nisbatan 102,7%

o‘sishi

kuzatilgan. Shu bilan birga, mehnat

resurslarining 2022 yilda doimiy aholiga nisbatan ulushi 52,4% bo‘lsa, 2018 yilda

esa 55,9%

bo‘lgan. Viloyat mehnat resurslarining asosiy qismini mehnatga la

yoqatli yoshdagi mehnatga

layoqatli aholi tashkil etadi. Mazkur aholi 2023 yil 1 yanvar holatiga

ko‘ra 2154,3 ming kishi

bo‘lsa, 2018 yilda 2092,5 ming kishi bo‘lgan. Mehnatga

layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli

aholi soni 2022 yilda 2018 yilga nisbatan

103,0% o‘sgan. Me

hnatga layoqatli yoshdagi

mehnatga layoqatli aholining ulushi

2022 yilda doimiy aholiga nisbatan 52,3% bo‘lsa, mehnat

resurslariga nisbatan 99,7% tashkil etadi.

Samarqand viloyati mehnat resurslari shahar va qishloq hududlari bo‘yicha

tahlil

qilinganda, 2022 yilda 2018 yilga nisbatan mehnat resurslari soni 2103,4 ming kishidan 2016,4

ming kishiga yoki 102,7 %ga o‘sgan, 2022 yilda mehnat

resurslarining 43,2%i yoki 932,6 ming

kishi shaharda yashagan bo‘lsalar, 56,8 %i

yoki 1227,8 mimg kishi qishloq joylarida

bo‘lgan.

Samarqand viloyati shahar mehnat resurslari 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 110,8%ga ortgan,

qishloq mehnat resurslari 97,3%ga kamaygan (1-jadval).

1-jadval

Samarqand viloyati hududlar kesimida mehnat resurslari soni, (ming kishi)

2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y.

2022 yil 2018

yilga nisbatan, %

Jami mehnat resurslari

2103,4

2117,1

2130,4

2142,3

2160,4

102,7

Shahar

841,7

846,2

875,2

901,3

932,6

110,8

jamiga nisbatan foizda

40,0

40,0

41,1

42,1

43,2

-

Qishloq

1261,7

1270,9

1250,0

1241,0

1227,8

97,3

jamiga nisbatan foizda

60,0

60,0

58,7

57,9

56,8

-

Manba:

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari.

Samarqand viloyatida mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 2022 yilda

1642,9 ming kishi

bo‘lib,

2018 yilga (1620 ming kishi) nisbatan101,4%ga

o‘sish

tendensiyasiga

ega. Viloyatda iqtisodiy nofaol aholi miqdori 2018 yilda 482,8 ming kishini tashkil etib, 2022
yilda 517,5 ming kishiga etgan yoki 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 107,2%

o‘sgan

(2-jadval).

2-jadval

Samarqand viloyatida mehnat resurslari tarkibi, (ming kishi)

2018 y.

2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y.

2022 yil 2018

yilga nisbatan,%

Jami mehnat resurslari

2103,4

2117,1

2130,4

2142,3

2160,4

102,7

iqtisodiy faol aholi

1620,6

1604,2

1585,4

1599,7

1642,9

101,4

iqtisodiy nofaol aholi

482,8

512,9

545,0

542,6

517,5

107,2

Manba:

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari.

Samarqand viloyati hududlar kesimida

iqtisodiy faol aholi tahlillarga ko‘ra,

Kattaqo‘rg‘on

shahrida 2022 yilda (37,9 ming kishi) 2018 yilga (36,9 ming kishi)

nisbatan 107,6% ga o‘sgan

bo‘lsa, Samarqand shahrida bu ko‘rsatkich 2018 yilda

258,0 ming kishidan, 2022 yilda 257,7

ming kishiga yoki 99,9%ga kamaygan.

Viloyat tumanlari bo‘yicha iqtisodiy faol aholi eng yuqori


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

74

ko‘rsatki

chlar Tayloq (120,3%), Samarqand (108,7%), Urgut (108,4%),

Bulung‘ur

(104,5%),

Narpay (104,4%) hamda Jomboy (104,3%) tumanlarida

o‘sish

tendensiyasiga ega hisoblanadi

(3-jadval).

3-jadval

Samarqand viloyatida hududlar kesimida iqtisodiy faol aholi, (ming kishi)

2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y.

2022 yil 2018

yilga isbatan,%

Samarqand viloyati

1620,6

1604,2 1592,9 1599,7 1642,9

101,4

Samarqand sh.

258,0

259,3

249,0

270,8

257,7

99,9

Kattaq

o‘

r

g‘

on sh.

36,9

36,0

35,3

37,3

39,7

107,6

tumanlar:

Oqdaryo

69,7

71,2

67,9

68,5

71,5

102,6

Bulung‘ur

78,6

78,1

77,1

70,3

82,1

104,5

Jomboy

70,5

71,0

68,1

68,2

73,5

104,3

Ishtixon

105,9

107,5

99,3

96,6

98,5

93,0

Kattaq

o‘

r

g‘

on

117,4

120,2

106,2

110,0

109,1

92,9

Q

o‘

shrabot

54,3

54,3

54,5

48,8

50,5

93,0

Narpay

89,1

91,6

96,2

95,3

93,0

104,4

Payariq

103,4

103,8

99,6

97,5

97,9

94,7

Paxtachi

60,9

58,7

59,8

54,8

58,8

96,6

Pastdar

g‘

om

148,3

123,7

135,2

138,1

140,8

94,9

Samarqand

105,3

105,3

106,6

109,5

114,5

108,7

Nurobod

61,2

60,4

61,9

61,3

63,0

102,9

Urgut

186,7

187,3

192,8

187,3

202,4

108,4

Toyloq

74,7

75,9

83,4

85,4

89,9

120,3

Manba:

Samarqand viloyati

statistika boshqarmasi ma’lumotlari.

Ish bilan band bo‘lganlar sonining kamayishi, iqtisodi

yot tarmoqlarida ish bilan bandlik

tarkibining jiddiy ravishd

a o‘zgarishi, ish bilan norasmiy bandlik

ko‘lamlarining

kengayishida

o‘z

ifodasini topadi. Ushbu jarayonlar shakllanishining qonuniyatlarini aniqlash ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mahalliy miqyosdagi mehnat resurslarini

iqtisodiy tarmoqlar

o‘rtasida

taqsimotini

to‘g‘ri

tashkil etish, yangi tashkil etiladigan

korxonalarni rejalashtirishda aholi soniga nisbatan proporsionallikni

ta’minlash

aholining ish

bilan bandligini tarkibiy jihatdan

o‘zgartirish

dasturlarini ishlab chiqish nihoyatda muhimdir.

Keltirilgan vazifalarni amalga oshirilishi

o‘z

navbatida mamlakat aholisi bandligini

ta’minlashda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Innovatsion iqtisodiyotda yangi xodimlarni saralash, ularning mehnatini tashkil etish, ish

haqini belgilash va ish vaqtini samarali tashkil etishda ish bilan bandlikning yangi shakllaridan
foydalanish korxona faoliyatini ishlab chiqarish va bozorning

o‘zgaruvchan

talablariga tezkor

moslashishini

ta’minlovchi

asosiy elementlardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya

lash, turmush darajasini oshirish va sog‘lom

turmush tarzini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish ustuvor

yo‘nalishlar

qatorida

belgilandi.

Ushbu yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirishda rivojlangan mamlakatlar

tajribalarini

tad

qiq etgan holda o‘zimizga xos bo‘lgan yo‘nalishni ishlab

chiqish muhim hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki,

ma’lum aholi guruhini mehnat

faoliyatiga jalb qilish, ularning mehnatini samarali tashkil etish, ishsizlik darajasini va

tadbirkorlarning xarajatlarini kamaytirishda ish bilan bandlikning egiluvchan shakllaridan

foydalanish muhimdir.

Iqtisodiyotning turli sohalarida egiluvchanlik darajasi turlicha. Masalan, davlat sektorida

xususiy sektorga nisbatan mehnatni tashkil etishning egiluvchan shakllari kam

qo‘llaniladi.

Rivojlangan hududlarda, quyi rivojlangan hududlarga nisbatan egiluvchanlikning boshqa


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

75

.

ˌˎˑ˓

shakllari

qo‘llaniladi.

Ish bilan bandlikning egiluvchan shakllari farqlanishiga qaramay

mehnatni tashkil etishda umumiy

ko‘rinishga

ega

bo‘lgan ma’lum

guruhlarni alohida tahlil

qilishimiz mumkin.

Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan

o‘zgarishlar

ish bilan bandlikning

shakllarini ham mohiyatini

o‘zgartirdi.

1970 yillardan boshlab ish bilan bandlikning

takomillashgan shakllari XXI asrda mehnat munosabatlarining

asosi sifatida e’tirof etilgan –

egiluvchan ish bilan bandlik tizimini shakllanishiga asos

bo‘ldi.

So‘nggi

yillarda respublikamizda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi

sonining o‘sishi

umumiy aholi soni o‘s

ishiga

nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Keyingi

yillarda mamlakatimiz mehnat

bozori 500-600 mingdan ziyo

d kishiga ko‘payib

bormoqda (OTMga o‘qishga kirgan, pensi

yoga

chiqqan va ishdan bo‘shaganlardan

tashqari). Mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa olmaganlarni

hisobga olgan holda 2022-

yildagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra ishga joylashishga muhtoj bo‘lganlar

soni 1,4 mln. kishini tashkil etadi. Bundan tashqari norasmiy sektorda samarasiz ish bilan band
(yashirin ishsizlar,

to‘liqsiz

va vaqtinchalik ish bilan bandlik)

bo‘l

ganlarning

ko‘pchiligi hamda

iqtisodiy nofaol aholi qatlami ishga joylashtirishga muhtojdir.

O‘zbekiston

Respublikasi

Kambag‘allikni

qisqartirish va bandlik vazirligi

ma’lumotlariga

ko‘ra,

ularning soni 400-500

ming kishi atrofida. Ushbu

ma’lumotlarga

ko‘r

a, bugungi kunda respublikada 2 mln.ga yaqin

yangi ish

o‘rinlariga

talab mavjud. Hozirgi davrda iqtisodiyotda yaratilayotgan real ish

o‘rinlari

esa bunday yuqori talabni qondira olmayapti.

Shu sababli, mehnat bozoridagi davlat siyosatini takomillashtirish lozim. Mehnat bozorida

ishchi

kuchiga talab va taklif o‘rtasida muvozanat ta’minlanmasa

kelgusida

iqtisodiy o‘sishga

erishish imkoniya

ti bo‘lmaydi.

4-jadval

Samarqand viloyatida hududlar kesimida iqtisodiyotda ish bilan bandlar (ming kishi)

2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y.

2022 yil 2018

yilga nisbatan, %

Samarqand viloyati

1463,3 1455,8 1418,3 1441,3 1489,5

101,8

Samarqand sh.

235,6

236,7

223,2

246,3

235,7

100,0

Kattaqurg‘on sh.

33,4

32,8

31,5

33,7

36,1

108,0

tumanlar:

Oqdaryo

62,6

64,4

60,4

61,7

64,7

103,4

Bulung‘ur

70,6

71,0

68,7

63,1

74,4

105,4

Jomboy

63,6

64,4

60,5

61,4

66,6

104,7

Ishtixon

95,8

97,5

88,3

86,9

89,3

93,2

Kataqug‘on

105,9

109,0

94,6

99,1

98,8

93,3

Qushrabot

48,5

49,2

48,3

43,8

45,7

94,2

Narpay

79,9

83,1

85,5

85,9

84,1

105,3

Payariq

93,3

94,2

88,5

87,6

88,4

94,7

Paxtachi

54,7

53,1

53,1

49,1

53,1

97,1

Pastdarg‘om

133,7

111,9

120,1

124,1

127,2

95,1

Samarqand

94,8

95,5

95,1

98,7

103,5

109,2

Nurobod

55,3

54,8

55,1

55,0

57,0

103,1

Urgut

168,2

169,6

171,3

168,2

183,5

109,1

Toyloq

67,4

68,7

74,1

76,7

81,4

120,8

Manba:

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari.

Samarqand viloyatida iqtisodiyo

tda ish bilan band bo‘lgan aholi miqdori

2018 yilda

1463,3 ming kishi

bo‘lib,

2022 yilda 1489,5 ming kishiga yoki 101,8%ga ortgan. 2022 yilda

2018 yilga nisbatan tahlil qilinganda viloyatning Samarqand shahrida iqtisodiyotda ish band

bo‘lganlar

miqdori deyarli

o‘zgarmagan, Kattaqo‘rg‘on shahrida esa ish bilan band bo‘lgan aholi

108,0%ga ortgan. Viloyatning hududlar kesimida ish iqtisodiyotda ish bilan bandlar Oqdaryo


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

76

(103,4%),

Bulung‘ur

(105,4%), Jomboy (104,7%), Narpay (105,3%), Samarqand (109,2%),

Nurobod (103,1%), Urgut (109,1%) hamda Toyloq (120,8%)

tumanlarida yuqori bo‘lgan.

Viloyatning Ishtixon (93,2%), Kat

taqo‘rg‘on (93,3%),

Qo‘shrabod

(94,2%), Payariq (94,7%),

Paxtachi (97,1%) hamda

Pastdarg‘om

(95,1%) tumanlarida iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan

band bo‘lganlar kamaygan

(5-jadval).

5-jadval

Samarqand viloyati hududlar kesimida ishsizlar (ming kishi)

2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y.

2022-yil 2018-

yilga nisbatan, %

Samarqand viloyati

157,3

148,4

174,6

158,4

153,4

97,5

Samarqand sh.

22,3

22,6

25,8

24,5

22,0

98,7

Kattaqurg‘on sh.

3,4

3,3

3,8

3,6

3,6

105,9

tumanlar :

Oqdaryo

7,0

6,8

7,5

6,8

6,8

97,1

Bulung‘ur

8,0

7,0

8,4

7,1

7,7

96,3

Jomboy

6,9

6,6

7,6

6,8

6,9

100

Ishtixon

10,1

10,0

11,0

9,8

9,2

91,1

Kataqug‘on

11,5

11,1

11,6

10,6

10,3

89,6

Qushrabot

5,8

5,1

6,2

5,1

4,8

82,8

Narpay

9,2

8,5

10,7

9,5

8,9

96,7

Payariq

10,0

9,6

11,1

9,9

9,5

95,0

Paxtachi

6,1

5,6

6,7

5,7

5,7

93,4

Pastdarg‘om

14,6

11,7

15,1

14,0

13,6

93,2

Samarqand

10,5

9,9

11,5

10,8

11,0

104,8

Nurobod

5,9

5,7

6,8

6,3

6,0

101,7

Urgut

18,5

17,7

21,5

19,1

18,9

102,2

Toyloq

7,4

7,2

9,3

8,7

8,5

114,9

Manba:

Samarqa

nd viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari.

Samarqand viloyati hududlar kesimida ishsiz bo‘lgan shaxslar tahlil qilindi.

Viloyat

hududlari

bo‘yicha 2022 yilda 153,4 ming kishi, 2018 yilda 157,3 ming

kishini tashkil qilgan.

Samarqand shahrida ishsizlar 2018 yilda 22,3 ming kishi, 2022 yilda 22,0 ming kishiga yoki

98,7%ga kamaygan. Viloyatning Kattaqo‘rg‘on

shahrida ishsiz bo‘lgan fuqarolar 202

2 yilda 3,6

ming kishi, 2018 yilda 3,4 ming kishi

bo‘lgan. Kattaqo‘rg‘on shahrida ishsizlar miqdori 2022

yilda 2018 yilga nisbatan 105,9%ga

o‘sgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Samarqand

(104,8%), Nurobod (101,7%), Urgut (102,2%) hamda Toyloq (114,9%) tumanlarida ham ishsiz

bo‘lganlar

miqdori yuqori

bo‘lgan.

Viloyatning

Qo‘shrabod

(82,8%) hamda

Kattaqo‘rg‘

on

(89,6%) tumanlarida ishsizlik darajasi keskin kamaygan. Bunga asosiy sabablar sifatida yangi

ish

o‘rinlarini

yaratilishi bilan

bog‘liqligi

hisoblanadi.

Viloyatda ishsizlik darajasi 2018 yilda 9,7%, 2019 yilda 9,3%, 2020 yilda 11,0%, 2021

yilda 9,9% hamda 2

022 yilda 9,3% bo‘lgan. Hududlar

kesimida tahlil qilinganda, ishsizlik

darajasi 2022 yilda Samarqand shahrida 8,5% hamda

Kattaqo‘rg‘on

shahrida 9,0% tashkil etib,

viloyat

o‘rtacha

ishsizlik

darajasidan past bo‘lgan. Shu bilan birga, Oqdaryo (9,5%),

Kattaqo

‘rg‘on (9,4%),

Qo‘shrabod

(9,5%), Narpay (9,6%), Payariq (9,7%), Paxtachi (9,7%),

Pastdarg‘om

(9,6%), Samarqand (9,6%), Nurobod (9,5%) hamda Toyloq (9,4%) tumanlarida

viloyat ishsizlik darajasidan yuqori hisoblanadi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirib kelayotgan

islohotlarning oldida turgan dolzarb muammolardan biri - bu takomillashgan mehnat bozorini

shakllantirish va uning samarali amal qilishini ta’minlash hisoblanadi. Respublikamizda

ijtimoiy jihatdan etarli darajada himoya qilinmagan yoshlar orasida ishsizlar soni salmoqli

miqdorga ega bo‘lmoqda. Bunday holat mehnat bozorida

yoshlarning ish bilan bandligini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

77

ta’minlash, ularning ishsizligini kamaytirishning samarali usullari va mexanizmlarini tadqiq

etishni talab qilmoqda.

Mamlakatimiz aholisi yosh jihatidan ancha yosh hisoblanadi, mehnat resurslari tarkibiga

kirib keluvchilar,

ya’ni mehnat qobiliyati yoshiga kelib qo‘shiluvchilarning aksariyatini yoshlar

tashkil qiladi. Buning asosiy sababi sobiq Ittifoq davrida va mustaqilligimizning dastlabki

yillarida respublikamizda aholini tez sur’atlar bilan ko‘payishi natijasida hozirgi

kunga kelib,

demografik bosimning ortishiga olib keldi. Oqibatda yoshlarni, ayniqsa, qishloq yoshlarining

ishsizligini kamaytirish va ularning i

sh bilan bandligini ta’minlashda jiddiy muammolarni

vujudga keltirmoqda. Yoshlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytiri

sh, ularning mehnat bozoridagi

hatti-harakati qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy echimini kutayotgan masalalardan biri

hisoblanadi.

Xulosa va takliflar.

Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining yeng muhim

jihatlaridan biri -

uning

mehnat sohasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan yehtiyojlarni

qondirish

yo‘llarini

ochib beradi.

Ish bilan bandlik odamlar ish

joylari qayerdaligidan qat’i

nazar, ijtimoiy foydali mehnatda

qatnashish yuzasidan o‘zaro

kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan bandlik

munosabatlari, mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali

mehnatda

qatnashishini ko‘rsatadi. Iqti

sodiy taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishda

aholini ish bilan b

andligi muhim omil hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini ta’minlash uning

takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi,

iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy va psixologik jihatdan

qo‘llab

-quvvatlash uchun qilinadigan sarflar aholini ish bilan

ta’minlanishiga

bog‘liqdir

.

A

holining oqilona ish bilan bandligini ta’minlashning

takomillashtirilgan yangi

mexanizmi quyidagi asosiy shart-sharoitlarning

ta’sirini

tartibga solishi lozim: ishchi kuchiga

talabning oshishi va unga taklifning kamayishi; yollanma ish kuchiga mehnat haqini (narxini)

eng past miqdorini aholi jon boshiga

to‘g‘ri

keladigan minimal iste’mol byudjetidan kam

bo‘lmagan holda belgilash; mehnatga

qobiliyatli

o‘smirlar,

pensionerlar,

ko‘p

bolalik ayollar va

nogironlar ish bilan

bandligini oshirishni rag‘batlantir

ish; ishsizlarning malakasi, raqobat

qobiliyati va safarbarligini oshirish, ish bilan bandlik xizmati infratuzilmasining samarali

rivojlanishini

ta’minlash va

boshqalar.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Abdurahmonov Q.X. (2009) Mehnat iqtisodiyoti (darsligi) IT.; “Mehnat”,

-238-b.

Cherneyko D.S. (1999) Formirovanie r

ы

nka truda: op

ы

t, problem

ы

. -SPb.: SP6GUEF,

S. 122.

Marshall A. (1993) Prinsip

ы

ekonomicheskoy nauki / T. 1.

M.: Progress. - S.18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyat

i

Statistika boshqarmasi 2022 yil.

Pigu A. (1985) Ekonomicheskaya teoriya blagosostoyaniya / T 2.

M.: Progress. - S. 241-247.

Rofe A.I., Zb

o‘shko B.G., Ishin V.V. (1994) Rыnok truda, zanyatost naseleniya, ekonomika

resursov dlya truda. -M.:

S. 154.

Smit A. (2007) Issledovanie o prirode i prichinax bogatstva narodov.

M.: Eksmo,

(Seriya:

Antologiya ekonomicheskoy m

ы

sli). - S. 208-222.

Va

rfolomeeva O.A. (2001) Stanovlenie infrastrukturo‘ ro‘nka truda v perexodnoy

ekonomike. -SPb., Izdatelstvo SPvUEF.

S. 25.

Bibliografik manbalar

Abdurahmonov Q.X. (2009) Mehnat iqtisodiyoti (darsligi) IT.; “Mehnat”, -238-b.

Cherneyko D.S. (1999) Formirovanie rыnka truda: opыt, problemы. -SPb.: SP6GUEF, – S. 122.

Marshall A. (1993) Prinsipы ekonomicheskoy nauki / T. 1. – M.: Progress. - S.18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi 2022 yil.

Pigu A. (1985) Ekonomicheskaya teoriya blagosostoyaniya / T 2. – M.: Progress. - S. 241-247.

Rofe A.I., Zbo‘shko B.G., Ishin V.V. (1994) Rыnok truda, zanyatost naseleniya, ekonomika resursov dlya truda. -M.: – S. 154.

Smit A. (2007) Issledovanie o prirode i prichinax bogatstva narodov. – M.: Eksmo, – (Seriya: Antologiya ekonomicheskoy mыsli). - S. 208-222.

Varfolomeeva O.A. (2001) Stanovlenie infrastrukturo‘ ro‘nka truda v perexodnoy ekonomike. -SPb., Izdatelstvo SPvUEF. – S. 25.