Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
60
SOLIQ RISKINI BAHOLASHNING XORIJ TAJRIBASI VA
UNDAN MILLIY SOLIQ TIZIMIDA FOYDALANISH YO
‘
NALISHLARI
PhD
Nasimov Ravshanjon
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0006-5663-1604
ravshanjonnasimov2020@gmail.com
Annotatsiya.
Maqolada soliq riskini baholashning xorij tajribasi va undan milliy soliq
tizimida foydalanish yo‘nalishlariga oid ilmiy qarashlarning ahamiyati, O‘zbekistonda iqtisodiy
xatti-
harakatlar va natijalarni shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati ko‘rsati
ladi. Ular
yuqori soliq stavkalari, murakkab qoidalar va past soliq axloqi tadbirkorlik faolligi va
rivojlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lishi jihatidan o‘rganilgan hamda ilmiy xulosa va takliflar
shakllantirilib, soliq riskini baholashning xorij tajribasi va undan milliy soliq tizimida foydalanish
yo‘nalishlarining iqtisodiy mohiyati va unga oid ilmiy qarashlar nazarda tutilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq hisoboti, soliq riski, soliq stavkalari, byudjet xarajatlari, resurs soliqlari,
yer solig‘i, mahalliy soliqlar, soliq, byudjet, soliq imtiyozlari.
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ОЦЕНКИ НАЛОГОВЫХ РИСКОВ И НАПРАВЛЕНИЯ ЕГО
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ В НАЦИОНАЛЬНОЙ НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЕ
PhD
Насимов Равшанжон
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье показана значимость научных взглядов на зарубежный опыт
оценки налоговых рисков и направления его использования в национальной налоговой
системе, значение налоговой политики в формировании экономического поведения и
результатов в Узбекистане. Они изучаются с точки зрения высоких налоговых ставок,
сложных правил и низкой налоговой этики как серьезных препятствий
предпринимательской деятельности и развитию, а также сформулированы научные
выводы и предложения, рассматривающие экономическую сущность зарубежного опыта
оценки налоговых рисков и направления его использования в национальной налоговой
системе и научные взгляды на него.
Ключевые слова:
налоговая отчетность, налоговый риск, налоговые ставки,
бюджетные расходы, ресурсные налоги, земельный налог, местные налоги, налог,
бюджет, налоговые льготы.
UO‘K:
332.22
VI SON - IYUN, 2025
60-69
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
61
FOREIGN EXPERIENCE OF TAX RISK ASSESSMENT AND DIRECTIONS OF ITS USE IN THE
NATIONAL TAX SYSTEM
PhD
Nasimov Ravshanjon
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The article shows the importance of scientific views on foreign experience of tax
risk assessment and directions of its use in the national tax system, the importance of tax policy in
shaping economic behavior and results in Uzbekistan. They are studied from the point of view of
high tax rates, complex rules and low tax ethics as serious obstacles to entrepreneurial activity
and development, and scientific conclusions and proposals are formulated, considering the
economic essence of foreign experience of tax risk assessment and directions of its use in the
national tax system and scientific views on it.
Keywords:
tax reporting, tax risk, tax rates, budget expenditures, resource taxes, land tax,
local taxes, tax, budget, tax benefits.
Kirish.
O'zbekiston sharoitida soliq to'lovchilar faoliyatini rag'batlantirish asosida ularda ishlab
chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda ularda yuzaga
keladigan soliq xavfini optimal baholash orqali davlat byudjetining zarar ko'rish holatlarini
kamaytirishga qaratilgan amaliy choralarni samarali amalga oshirilishga keng urg'u
berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi "Tadbirkorlik
sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5490-son 2019-yil 10-iyuldagi "Soliq
ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-
4389-son qarorida respublikamiz soliq tizimida soliq xavfini baholash va soliq to'lovchilarni
insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimini joriy qilish, soliq to'lovchilarning iqtisodiy
faoliyatini ularning moliyaviy va soliq hisobotlari asosida ular duch kelishi mumkin bo'lgan
turli xil iqtisodiy risklar (xavflar)ni baholashning turli mezonlarini ishlab chiqish, soliq
risklarini aniqlab berishga xizmat qiluvchi mezonlar esa, soliq to'lovchilarning turli xil
ko'rsatkichlarini o'zaro solishtirish orqali aniqlanishi ustuvor vazifalar sifatida belgilab berildi.
Adabiyotlar sharhi.
O'zbekistonlik iqtisodchi olimlaridan Boboev (2020) o'zining ilmiy tadqiqotlarida
soliqlarni prognoz qilish jarayoni soliq riski bilan doimiy bog'liq bo'ladi, agar, soliq riski to'g'ri
baholansa, soliqlarni prognoz qilish jarayonidagi xatoliklar yoki aniqlikka ega
ko'rsatkichlarning haqiqiy soliq tushumlari o'rtasidagi mutanosiblik ta'minlanadi degan fikrni
bildiradi
Ashurov bu borada (2020) "Risk", "tavakkalchilik" kabi tushunchalarni bir xil ma'nodagi
tushunchalar deb qarash o'rinli emas, risk-birinchi navbatda xavf-xatar, tavakkalchilik,
yo'qotish va zarar yoki foydani yuzaga keltiruvchi omil hisoblanib, ushbu iqtisodiy
tushunchalar mazmunini o'zida aks ettiradi. U korxonalar faoliyatini xavf, xatar, tavakkalchilik,
yo'qotish va zarar yoki foydaga olib borishda va ularning yuzaga kelishida boshlang'ich manbaa
bo'lib xizmat qilgani holda, noaniqlik asosidagi ob'ektiv harakterga ega iqtisodiy kategoriya
hisoblanadi. Bunga sabab ishlab chiqaruvchi tomonidan qabul qilingan qaror oldindan ko'rib
bo'lmaydigan va kutilmaydigan bir necha noaniq omillar ta'sirida bo'ladi
Ojegov va Shvedova (2006) Risk bu ―muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid‖ degan
ma'noni anglatadi.
Usoskin (1994) Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, o'z navbatida, oldindan ko'ra bilish
qiyin yoki mumkin bo'lmagan voqealar bilan bog'liq bo'ladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
62
Sevruk (2006) Risk - bu zarar ko'rish yoki manfaatni qo'ldan chiqarish bilan bog'liq
ehtimollar o'lchamidir.
Grabovoy, Petrova va Poltavtsev (2006) Risk - bu korxona resurslarining bir qismini
yo'qotish yoki daromad ola olmaslik, qo'shimcha xarajatlar qilish xavfidir.
Lavrushin (2007) Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat o'lchovi bo'lib, u yo'qotishlarga
olib keladi.
Panova (2014)Risk kutilmagan hodisalar yuzaga kelganida yo'qotish xavfi yoki
imkoniyatidir.
Sey (2007) Risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada qiyosiy tahlil hamda induksiya va deduksiya baholash usullaridan
foydalanildi. Qiyosiy usuldan foydalanilib, soliq riskining tadbirkorlik sub’ektlariga ta’siriga
doir ma’lumotlar va ularni tahlillar amalga oshirilib ilmiy xulosalar berildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Agar soliqqa tortishning rivojlanish tendentsiyalari bo'yicha jahon amaliyotiga e'tibor
beriladigan bo'lsa, adolatli soliqqa tortish amaliyotini kuchaytirishga qaratilgan umumiy
jarayonlarni ko'rish mumkin. Bu jarayonning ajralmas qismini davlat budjetiga soliq
tushumlarini jalb qilishning barqaror tizimini mustahkamlash bilan bir qatorda, budjetga soliq
tushumlarining belgilangan vaqt va miqdorda tushmay qolish xavflarini baholash, uning
sabablarini aniqlash hamda bu boradagi ishlarni takomillashtirib borish sanaladi. Jahon
amaliyotiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, soliq tizimida risklarni baholash o'tgan asrning
yetmishinchi yillarida ancha rivojlanib, bugunga qadar jahon mamlakatlari tajribasida bu
jarayon anchayin takomillashib bormoqda. Bu borada turli xil maxsus alohida konferentsiyalar
o'tkazilib, ularda soliq risklarini boshqarish bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilib, davlatlar
amaliyotga joriy qilib kelinmoqda.
Masalan, shunday muhim tadbirlardan biri 1997-yilda fiskal masalalar bo'yicha qo'mita
"risklarni boshqarish bo'yicha amaliyot eslatmasi"ni ishlab chiqib, unda ishtirok etgan
mamlakatlarga taqdim qildi. Unda soliq tizimida risklarni boshqarish tamoyillaridan
foydalanish yo'nalishlari ham ko'rsatib berilishi bilan bir qatorda daromad tavakkalchiligini
boshqarish konsepsiyasi ishlab chiqilgan holda, soliq to'lovchilarda shakllanadigan
daromadlarning riskka tortilishi masalalariga alohida urg'u berilgan. Iqtisodiy hamkorlik va
hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlarning soliq sohasidagi vakolatli organlarning 2002-
yilda o'tkazilgan uchrashuvida esa, yangi yo'nalish sifatida muvofiqlik risklarini boshqarish
masalasini kun tartibga olib chiqishdi. Bunda o'rta va kichik biznesga ta'sir ko'rsatadigan ichki
muvofiqlik masalalari bilan birgalikda bu toifadagi soliq to'lovchilarda yuzaga keladigan soliq
risklarini to'rt xil yo'nalishda nazorat qilish uslubiyoti ko'rsatib berildi: tizimda ro'yxatdan
o'tish bilan bog'liq risklar, soliq to'lovchilarning soliqqa oid zarur ma'lumotlarni o'z vaqtida
taqdim etish yoki taqdim etish bilan bog'liq risklar, to'liq va to'g'ri ma'lumotlar to'g'risida
hisobot berish (to'g'ri ish yuritishni o'z ichiga olgan holda) berish bilan bog'liq yuzaga
keladigan soliq risklar bo'yicha ko'rsatmalar ishlab chiqildi.
Manbalarda keltirilishicha, "muvofiqlik riskini boshqarish - bu soliq qonunchiligiga rioya
qilish risklarini (masalan, ro'yxatdan o'tmaslik, soliq majburiyatlari to'g'risida to'g'ri hisobot
bermaslik va h.k.) tizimli aniqlash, baholash, tartiblash va davolash uchun tuzilgan jarayon
bo'lib, risklarni boshqarish kabi, bu yaxshilangan qarorlar qabul qilishni qo'llab-quvvatlash
uchun aniq belgilangan qadamlardan iborat intensiv jarayondir"(OECD, 2004). Bundan
tashqari, bu tizim unga rioya qilinishiga ta'sir qiladigan omillarni ham baholashga xizmat
qiladigan doimiy jarayon sifatida kelishilgan maqsadlarga salbiy ta'sir ko'rsatish ehtimoli va
oqibatlarini kamaytirishga va innovasiyalar orqali takomillashtirish imkoniyatlarini oshirishga
asoslanadi, o'z navbatida xabardorlikni va faol harakatni talab qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
63
Aslida soliq sohasida muvofiqlik risklarini boshqarish ikki xil yondoshuvga: strategik
(yuqoridan pastga) yoki operasion(taktik) darajada (pastdan yuqoriga) qo'llanilishga
asoslanadi, bu yondoshuvning birinchisi (strategik)da aniqlangan soliq xavflari odatda "keng
qamrovli va ehtiyotkorlik bilan boshqariladigan aralashuvlarni talab qiladi, operativ darajada
aniqlangan xavflar esa odatda kundalik biznes sifatida ko'rib chiqilishi mumkin, qolaversa,
strategik darajada muvofiqlik tavakkalchiligini boshqarish muhim soliqqa tortilishi mumkin
bo'lgan nomuvofiq xatti-harakatlarning muayyan toifalarini aniqlash" (OECD, 2004)ga
qaratilgan bo'ladi.
Soliq tizimida risklarni boshqarish tizimiga oid tajribalarni o'rganish shunday xulosalarni
beradiki, Evropa va Osiyo davlatlarining aksariyatida soliq riskini baholashda segmentlash
usuli anchayin o'z samarasini ko'rsatmoqda, oxirgi to'rt yil davomida O'zbekiston soliq tizimida
ham qo'llanila boshlagan soliq to'lovchilarning faoliyatini segmentlash jarayoni xalqaro ilg'or
tajribalardan foydalanishda soliq to'lovchilar faoliyatini segmentlash asosida xavflarni
baholashda standartlashga va ketma-ketlik asosidagi usullarni kichik, o'rta va yirik
korxonalarda alohida qo'llash amaliyoti O'zbekiston soliq tizimida ham qo'llash o'z ahamiyatiga
ega deb hisoblaymiz.
Masalan, bu tajriba Avstriyada keng samarali qo'llanilib kelinmoqdaki, soliq to'lovchilarga
oid ma'lumotlarni statistik ma'lumotlar va audit faoliyatining standartlashtirilgan natijalarini
to'plash va saqlash asosida baholashni ishonchligini ta'minlamoqda. Bundan tashqari bu
mamlakatning ilg'or tajribalaridan biri yana biri shuki, soliq xavfini baholashda aylanma yoki
yalpi daromad aktivlar yoki xodimlar soni kabi ko'rsatkichli mezonlarni qo'llashda tizimli
yondoshadi, ya'ni, soliq xavfini baholashda bu ko'rsatkichlarning qaysi qay holatda qo'llansa,
samara berishini korxonaning ko'lamidan kelib chiqib qo'llanishga urg'u beradiki, bunda
ko'rsatkichlarning har birining ichki xususiyati va unga ta'sir etuvchi omillarni ham o'zaro
bog'liqlikda baholab boriladi va shunga asoslangan holda xulosalar chiqariladi.
O'z navbatida bu tajriba " Qirollikda biznes segmentasiyasi yalpi aylanmaga asoslansa
(<15 ming funt sterling, 15-250 ming funt sterling, 250 ming funt sterling+), Daniyada
korxonalar yalpi aylanmasi, ishlarning murakkabligi va ular korporativ yoki korporativ
bo'lmagan kompaniyalar bo'lishidan qat'i nazar segmentlarga bo'linadi. va deklarasiyani
to'ldiruvchi individual soliq to'lovchilar ishlarining murakkabligi, ularning jamoat profili va
xavf holatiga qarab toifalarga bo'linadi"(OECD, 2004).
Soliq riskini baholashda qo'llaniladigan yana bir xorijiy tajribalardan biri sifatida
identifikasiyalash tizimlaridan foydalanish tajribasidir. Bu tizimning afzalligi shundaki, soliq
to'lovchilarga oid soliq xavfini baholashda foydalaniladigan zaruriy ko'rsatkichlarni olish (unga
egalik qilish)ning samarasini ta'minlaydi. Jumaladan, Kanadada xavfni aniqlash
samaradorligini aniqlash uchun milliy xavflarni identifikasiyalash tizimlari doimiy ravishda
o'lchab boriladi, hisoblangan xavfning turli guruhlari uchun soliq auditi natijalari o'zaro
solishtirilib boriladi. Tafovutlarga qarab, soliq xavfiga aniqlik kiritib boriladi.
Ayrim davlatlarda esa, bunday ko'rsatkichlar sifatida sudlar va ommaviy axborot
vositalaridagi ma'lumotlarga ko'proq tayaniladi. Masalan, Shvesariyada ana shunday usuldan
keng qo'llaniladi. Bu mamlakatda fuqarolik sudlari foydali ma'lumot manbai hisoblanadi,
masalan, fuqarolarning daromadlari bo'yicha soliq xavfini aniqlashda, er va xotinning ajralishid
turmush o'rtog'i ko'pincha soliq tizimida e'lon qilingan daromaddan yuqoriroq daromad
haqida guvohlik beradigan holatda uni haqiqiy ko'rsatkich sifatida qabul qilinadi, ushbu
mamlakat tajribasi shuni ko'rsatadiki, moliyaviy firibgarlik qurbonlari ko'pincha fiskal
firibgarlarga aylanadi, shu sababli Shveytsariya Federal soliq ma'muriyatida ushbu sohada
tekshiruvlar o'tkazish uchun maxsus guruhlar tashkil qilingan.
Daniyada esa, "biznesni ro'yxatga olish raqami nafaqat soliq, QQS, bojxona va Aktsizlarni
hisoblash uchun, balki barcha holatlarda biznes uchun yagona ro'yxatga olish raqami sifatida
ishlatiladi, uchinchi shaxsning biznesga oid ma'lumotlari axborot beruvchining biznes
ro'yxatga olish raqamiga bog'langan, biznesni ro'yxatga olish raqami va ish haqi to'g'risidagi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
64
ma'lumotlar bo'yicha hisobotlar, bojxona va QQS bo'yicha deklarasiyalar uchun kirish kodidan
foydalaniladi"(OECD, 2004). Avstraliyada esa "noyob raqam" deb nomlangan kodifikasiyadan
foydalaniladi, bu raqam odatda biznes reestri orqali tranzaktsiya qilish vakolatini tekshirish
uchun ochiq e'lon qilib boriladi, soliq to'lovchiga oid ichki va tashqi manbalarni umumlashtirish
imkonini beradi va mos mezonlarni qo'llagan holda soliq xavfi darajasini aniqlaydi, aslida bu
raqam har bir soliq turiga alohida alohida beriladi. Bu tajriba Daniyada ham qisman qo'llanila
boshlandiki, ya'ni biznes raqami QQS kodiga muvofiq hisob-faktura va kvitantsiyalarda bo'lishi
talab etiladi. Ayrim davlatlarda esa, juda ko'plab mezonlardan foydalaniladi, masalan bu tizim
Kanadada ko'proq ishlatiladi.
1-rasm. Jahon amaliyotida soliq riskini baholash va uni kamaytirishga oid uslubiy
tavsiyalar tizimi
Manba:
ilmiy adabiyotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Soliq riskini baholashning xorijiy tajribalarni tahlil qilish natijasida ilg'or tajribalarni
saralash borasidagi tadqiqotlarimiz yana bir katta amaliy ahamiyatga ega tajribalardan biri
sifatida soliq to'lovchilar kesimida soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlashda, ular bilan bog'liq
soliq xavfini baholashning "hulq-atvor tamoyili"ni qo'llash tajribasini keltirish mumkin. Bu
usul(tamoyil)da, asosiy e'tibor soliq to'lovchining sosial jihatlari birinchi o'rinda e'tiborga
olinadi, ya'ni, uning soliq to'lashdan qochish tarixi, boshqa korxonalar bilan o'zaro debitorlik-
kreditorlik munosabatlaridagi harakati (intizomga amal qilishi), korxonaga turli xil tashkilotlar
tomonidan moliyaviy (ma'muriy, jinoiy) javobgarlikka tortilganligi yoki ijobiy ma'noda e'tirof
etilganligi, olingan kreditlarni qaytarish faoliyati va shu kabi sosial-institusional mezonlarga
asoslanib soliq xavfini aniqlanadi. Fikrimizcha, O'zbekiston soliq tizimida ham ushbu
mezonlarga asoslanib, soliq to'lovchilarning soliq xavfini aniqlash, baholash va segmentlash
mexanizmlarini amalga oshirish o'z samarasini beradi. Hozirgi vaqtda jaxonda soliq
munosabatlarini rivojlantirish muammolari faol muhokama qilinmoqda. Har bir davlat yoki
soliq organi soliq tizimini nazorat qilish va uni tartibga solishi kerak bo'lgan muhitga duch
keladi.Yurisdiktsiyalar o'zlarining fiskal siyosati, ma'muriy amaliyoti, qonunchiligi, tartibi va
hokazolari bo'yicha farqlanadi. Shundan kelib chiqadiki, soliqqa rioya qilishni boshqarishning
Jahon amaliyotida soliq riskini baholash va uni kamaytirishga oid uslubiy
tavsiyalar tizimi
Sog'lom tamoyillarga
asoslangan
muvozanatli dasturni
ishlab chiqish
Jamiyat ishonchini
shakllantirish
Adolat va halollik bilan
harakat qilish
Moslashuvchan,
moslashtirilgan
yondashuvni qo'llash
Dasturiy mahsullarni
kuchaytirish
Soliq to'lovchilarning
majburiyatlarini aniq
belgilash
Zarur bo'lganda
sanktsiyalarni qo'llash
Rag'batlantirishni
ta'minlash
Jamoaviy hamkorlikni
yo'lga qo'yish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
65
yakka standart yondashuvini va barcha soliq organlariga muvofiq keladigan soliq qoidalarini
o'rnatish to'g'ri emas. Biroq, barcha soliq organlarining asosiy maqsadi bu o'zlarining qonunlari
doirasida soliqqa amal qilish bo'yicha maksimal soliq daromadiga erishishdir. Shuning uchun
ular muvofiq qoida-amallar va tadbirlar-choralarni va, birinchi navbatda, eng muhim
tadbirlarni aniqlab olishlari juda muhimdir. Xususan, soliq organlari quyidagi masalalarga
javob topishlari kerak:
1. Birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo'lgan soliq risklari qaysi?
2. Soliq risklari bo'lgan soliq to'lovchilar kimlar?
3. Optimal natijalarga erishish uchun ushbu risk muammolarini qanday echish kerak?
Amalda, yuqoridagi savollarga javob berishni murakkablashtiradigan ko'plab omillar
mavjud. Bundan tashqari, mamlakatlar o'rtasidagi turli xil farqlar tufayli universal
yo'riqnomani yaratish juda qiyin. Masalan, mamlakatlar o'zlarining madaniy omillari, davlat
xizmatiga bo'lgan ishonchi, soliq qonunchiligining murakkabligi, umumiy soliq yuki va
hokazolar tufayli soliq qonunchiligiga rioya qilish xulq-atvori bo'yicha farq qilishlari mumkin.
Soliqlarga rioya qilish nafaqat mamlakatlararo, balki sanoat sohalari bo'yicha ham farqlanadi.
Shu sabablarga ko'ra, mamlakatlar soliqqa riski kontekstida nima muhimligini va qaysi
mamlakat amaliyoti ularga ko'proq yoki kamroq muvofiq ekanligini hal qilishlari uchun
sistematik jarayonni tuzishlari shart.
Globallashuv sharoitida mamlakatlarning soliq tushumlari tizimini boshqarishda
bir-biri bilan hamkorlik qilish zarurati ortib bormoqda. Mamlakatlar va xalqaro
tashkilotlar soliqlarni to'liq miqdorda va muvofiq mamlakatda to'lanishini ta'minlash
yo'llarini izlamoqda.
Bugungi dunyoda bir qancha omillar soliq riskini, shuningdek, soliq
organlari tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar murakkabligi va hajmini, audit va boshqa qonun
hujjatlariga rioya qilish choralar ko'lamini sezilarli darajada oshirdi. Bular jumlasiga elektron
savdo hajmi tobora oshib borayotgan xalqaro savdoning o'sishi, bandlik sohasidagi o'zgarishlar
va pudratchilar sonining o'sishi, biznes tuzilmalari va moliyaviy xizmatlardagi innovasiyalar,
soliq sxemalarini tovarlashtirish kiradi.
Natijada, soliq organlari o'z resurslariga bo'lgan talabning ortib borayotganini
ko'rmoqdalar, bu esa soliq qonunlarini qayta ishlash uchun turli yondashuvlar va o'zaro
ta'sirlarni talab qiladi.
Tarixan, ko'pgina soliq organlari qonun hujjatlariga rioya qilmaslik xavfini faqat ijro
dasturlari doirasida ko'rib chiqishgan. Keng qamrovli audit kabi an'anaviy reaktiv aralashuv
strategiyalari qimmatga tushsa-da, soliq riskining ba'zi jihatlarini hal qilish uchun zarur bo'lgan
yondashuvi hisoblanadi. Bugungi kunda soliq mutaxassislari soliq organlariga soliq
to'lovchilarning qonun hujjatlariga rioya qilish xatti-harakatlariga ta'sir etuvchi omillarni
tushunishga ko'proq e'tibor berishga chaqirmoqda, shunda salbiy oqibatlar bilan yuz
kelgandan ko'ra, ishlab chiqarilgan va joriy etilgan samaraliroq chora-tadbirlar majmuasi
asosiy riskni bartaraf etishga qaratiladi.
Goncharenko (2009) o'z tadqiqotlarida Norvegiya davlatining soliq xavfini kamaytirish
usuliga e'tibor qaratdi. Risklarni boshqarish mexanizmlarining asosiy yo'nalishi soliq
xodimlarining zimmmasidan soliq ma'muriyatining muntazam va past samaradorlik beradigan
yukni olib tashlashdan iborat.Shunga ko'ra xodimlarning faoliyati va inson resurslari
boshqaruvning, yanada aqlli sohalariga qayta taqsimlanadi. Quyilgan ustuvorliklar natijasida
boshqaruv takomillashib, samaradorlik oshadi. Norvegiyada "yashil" va "qizil" chiziqlar
tamoyili boshqaruv strategiyasining mag'zi hisoblanadi. Bu tamoyil, boshqaruv
funktsiyalarining ijobiy imkoniyatlarga ya'ni istiqbollarga va salbiy tahdidlar hamda ular bilan
bog'liq xavflarni fundamental bo'linishiga asoslanadi.
Norvegiyaliklar ajoyib PR texnikasidan foydalangan holda o'z kontsepsiyalarida oldinga
borishdi. Boshqaruv modelidagi ijobiy imkoniyatlar "yashil" chiziq, xavf - xatarlar esa
–
"qizil"bilan bog'liq. Natijada, soliq xizmati iste'molchilari uchun "yashil" bojxona yo'lagi,
"yashil" svetoforga o'xshash signal tushuniladi. Salbiy omillar, xatarlar va ular bilan bog'liq
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
66
sub'ektlar qayd etiladi va xavf guruhlariga bo'linadi. Xavf guruhlarini aniqlash falsafasi
quyidagicha:
•
xavf guruhlarini aniqlash qonunlarning bajarilishi va xavflarni o'lchashga asoslangan.
Soliq maslahatchilari soliq to'lovchiga (buxgalterlar, auditorlar, maslahatchilar) yordam
ko'rsatgan deb taxmin qilinadi;
•
deklarasiyalarning bir qismi "qizil chiziq"ga binoan qayd etiladi. "Qizil chiziq" dan keyin
soliq to'lovchi xavf guruhiga o'tkaziladi;
•
jismoniy shaxslar va korxonalarning xavf guruhlari strategik ajratilmaydi.
Norvegiyada xavf guruhlarini aniqlash va boshqarish funktsiyalarini soddalashtirish
uchun uchburchak modelidan foydalaniladi. Norvegiya soliq organlarining strategiyasi
ko'pchilik fuqarolarning mas'uliyatli soliq to'lovchilar ekanligiga asoslanadi, ular
uchburchakning pastki qismida joylashgan va o'zlariga katta e'tibor talab qilmaydi, lekin ular
to'g'ri harakatlar uchun to'liq ma'lumotga muhtoj. Qasddan soliq to'lashdan qochadigan soliq
to'lovchilar uchburchakning yuqori qismida joylashadi. Ushbu soliq to'lovchilar guruhidan
kerakli soliqlarni olish uchun katta resurslar sarflanishi talab qilinadi, buning uchun barcha
qonuniy vositalardan foydalanish zarur. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, "oshkor bo'lish xavfi"
soliqlarni to'lashda hal qiluvchi omilidir, ammo bu omilning kuchi boshqacha qabul qilinadi.
Soliq organlari vijdonsiz soliq to'lovchilarni fosh qilishni ayniqsa oshkora ko'rsatishi kerak.
Vengriyada soliq tekshiruvlarini tanlashda quyidagi xavf omillari baholanadi: yillik soliq
tekshiruv doirasiga kiritilgan xavf va soliq tekshiruvi jihatlari; markazlashtirilgan yagona
yondashuvlarga muvofiq tashkil etilgan soliq to'lovchilarning soliq ko'rsatkichlari; soliq
to'lovchilarning malakasi; ilgari o'tkazilgan soliq tekshiruvlari va ularga qo'shimcha Tabrilar
tajribasi, uchinchi shaxslar (boshqa organlar va boshqa soliq to'lovchilar) tomonidan oshkor
qilingan ma'lumotlar; ma'lumotlarni oshkor qilish; ma'lumotlar bazalari; xalqaro ma'lumotlar
almashinuvi tizimi ma'lumotlari; soliq to'lovchilarning soliq tarixi; ommaviy ma'lumotlar; soliq
organining ma'lumotlar bazasida mavjud bo'lgan va xavfli qiymatga ega bo'lgan boshqa
ma'lumotlar.
Vengriyada soliq to'lovchilarning ma'lumotlari quyidagicha guruhlanadi:
•
soliq to'lovchilar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar,
•
uchinchi shaxslardan olingan ma'lumotlar
•
Vengriya milliy soliq va bojxona ma'muriyati (NTCA) o'z ma'lumotlari.
Masalan, bu ma'lumotlar, quyidagilarni o'z ichiga oladi: soliq organida mavjud soliq
to'lovchilarning asosiy ma'lumotlari; soliq hisoboti va soliq deklarasiyasi ma'lumotlari;
ko'chmas mulk va avtomobil registrlari ma'lumotlari; Evropa Ittifoqi davlatlari tashabbusi
bilan so'rovlar natijasida qabul qilingan ma'lumotlar; turli biznes-bazalari ma'lumotlari; ekar
xabarnoma ma'lumotlari (elektron yo'l-transport savdo nazorat tizimi); VIES nazorat
ma'lumotlari; onlayn savdo registrlari ma'lumotlari yoki QQS bo'yicha batafsil ma'lumotlar.
Vengriyada QQS firibgarligi bilan shug'ullanishi mumkin bo'lgan soxta emitentlar va
oluvchilar, o'z xaridlari va qayta sotishlarini yashirgan soliq to'lovchilar ma'lumotlari tahlil
qilinib solishtirish yuli orqali filtrlanadi. Vengriya soliq ma'murchiligi hajmli ma'lumotlani
avtomatik ravishda ma'lumotlar almashishga e'tibor qaratadi, masalan: QQS(VIES)
ma'lumotlari almashinuvi tizimi; xorijiy hisobvaraqalarni soliqqa tortish to'g'risidagi qonunga
(FATCA) muvofiq taqdim etilgan ma'lumotlar; moliyaviy hisoblar to'g'risidagi ma'lumot
(DAC2/CRS); mamlakatlar bo'yicha hisobotlar(DAC4/CbC). Vengriyadan ko'pincha Slovakiya,
Ruminiya, Chexiya, Polsha va Germaniya tomonidan QQS ma'lumotlari so'raladi va Slovakiya,
Germaniya va Avstriya so'rovlarning aksariyatini to'g'ri soliqlar tashkil qiladi.
Binobarin, aniqlangan xavf baholangandan so'ng Davlat soliq xizmati organlari quyidagi
chora-tadbirlarni ko'radi:
soliq majburiyatlarini bajarilishiga ko'maklashish (soliq to'lovchini xabardor qilish, soliq
to'lovchi yarashishga chaqirish, oshkor qilish, ariza berish, ularning soliq deklorasiya
ma'lumotlarni to'ldirish va taqdim etish, o'z-o'zini tekshirish);
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
67
soliq xavflarini bartaraf etishni rag'batlantirish (soliq to'lovchining identifikasiya
raqamini uchirib tashlash, NTCA tergov organiga xabar berish); yoki aniqlangan xavfning
tabiati tufayli ushbu choralarni qo'llash imkonsiz bo'lsa, soliq organi soliq tekshiruvini
o'tkazish uchun soliq to'lovchini tanlash huquqiga ega.
1-jadval
Xorijiy mamlakatlar bo'yicha asosiy soliq risklari zonalari (Mamadaminov, 2019)
Mamlakat
Soliq risklarining asosiy zonalari
Avstraliya
Bo'yin tovlashga yo'naltirilgan soliq sxemalari; yangi moliyaviy instrumentlardan
foydalanishi; kompaniya aktivlarini o'stirishga yo'naltirilgan sxemalar (mehnatga
haq to'lashni o'zgartirish, ofshorlardan foydalanish, "nozik kapitalizasiya"
instrumenti)
Buyuk
Britaniya
Zararlarni sun'iy yaratmoq; aktiv va daromadlarni yashirish maqsadida
ofshorlarning bank hisobvaraqlaridan foydalanish
Germaniya
Daromadlarni past soliqli yurisdiktsiyalarga o'tkazish; ikki yoqlama soliqqa
tortishni oldini olish haqidagi bitimlarni suiiste'mol qilish; doimiy hukumatlarning
xorijiy tashkilotlar tomonidan soliqlardan qochishi
Irlandiya
Ofshorlardan foydalaniladigan sxemalar; daromadlarni yashirish va kapitalning
o'sishi; zararlarni sun'iy yaratish yoki oshirib ko'rsatish; ikki yoqlama soliqqa
tortishni oldini olish haqidagi bitimlarni suiiste'mol qilish
Ispaniya
Mulk sxemalari; ofshorlardan foydalanish; soliqlarni rejalashtirish
Italiya
Ofshor va trastlar (ishonchli mulk) dan foydalaniladigan sxemalar, milliy va xalqaro
darajadagi kompleks shartomaviy sxemalar; ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini
olish haqidagi bitimlarni suiste'mol qilish
Kanada
Daromadlarni sun'iy pasaytirishga va aktivlar qiymatini sun'iy oshirishga
yo'naltirilgan bitimlar, xarajatlarni oshirib ko'rsatish, zararlarni oshirish; ikki
yoqlama soliqqa tortishni oldini olish haqidagi bitimlarni suiiste'mol qilish; soliq
imtiyozlarini noqonuniy qo'llash; ofshorlardan foydalanish, transfert narxlarni
shakllantirish; qasddan bankrotlikka olib kelish
Janubiy
Koreya
"Savdo bitimlaridan" foydalaniladigan sxemalar; ofshorlardan foydalangan holda
soliq solishdan bo'yin tovlash; sun'iy zararlarni paydo qilishga va soliqlarni to'lashni
kechiktirishga yo'naltirilgan qalbaki qimmatli qog'ozlar sxemasidan foydalanish
Niderlandiya
Soliq bazasini noto'g'ri ko'rsatishga yo'naltirilgan sxemalar; ofshorlar; yuqori
daromadga ega jismoniy shaxslar va salmoqli qiymatga ega ularning mulklari
Yangi
Zellandiya
Daromadlarni parchalash va sun'iy zararlarni paydo qilish (jismoniy shaxslar
uchun); moliyaviy instrumentlardan muntazam foydalangan holda soliq qonun
hujjatlaridagi "tirqishlar" foydalanish (kompaniyalar uchun)
Norvegiya
Offshorlardan foydalaniladigan sxemalar
AQSh
Soliq qonunchiligining kamchiliklaridan foydalaniladigan sxemalar; daromad
yashirish uchun ofshor tuzilmalardan foydalangan holda soliqlardan bo'yin tovlash,
sun'iy xarajatlar va zararlarni paydo qilish
Frantsiya
Juda katta miqdorda soliqqa oid huquqbuzarliklar, ayniqsa xalqaro darajada;
iqtisodiy faoliyatni deklarasiya qilmaslik
Shvesiya
Ofshorlar, bank kartalari va chet el xolding kompaniyalardan foydalaniladigan
sxemalar, (jismoniy shaxslar, kichik va o'rta biznesga); tijorat mulklari, zayomlari
bilan sxemalar (kompaniyalar)
Yaponiya
Xorijiy davlatlarning soliq tizimidagi imtiyozli holatlar va ikki yoqlama soliqqa
tortishni oldini olish haqidagi bitimlarni suiiste'mol qilishga asoslangan soliqlarni
rejalashtirishning xalqaro sxemalari; xorijiy "bir kunlik firmalar"dan foydalanish;
sxemalarda yangi moliyaviy instrumentlardan foydalanish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
68
Avstraliya soliq monitoringi eng rivojlangan va ochiq tizimli mamlakatlardan biridir. Har
yili Avstraliya soliq xizmati riskni boshqarishda soliq ma'murchiligi adekvatligini baholash
tizimini amalga oshiradi (ato.gov.au, n.d.). Bu ishning natijasi soliq nazoratining asosiy
muammolarini o'z ichiga oladigan "soliq intizomini baholash dasturi" yaratilgan.
Avstraliya soliq idorasi yirik kompaniyalarga nisbatan quyidagi asosiy soliq risklarini
alohida qayd etadi:
- biznes birlashishida (konsolidasiyasi) kompaniya guruhlariga o'tkaziladigan tashkilot
zararlari;
- chet el yurisdiktsiyalarida foydalarning ko'chirilishi (Avstraliya tuzilmalarida
bajariladigan Real funktsiyalarga nomuvofiqligi);
- pul mablag'larini jalb qilish uchun gibrid moliyaviy instrumentlar (soliqqa tortish
maqsadlari uchun uzoq muddatli majburiyatlar va buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun ustav
kapitaliga qo'yilma sifatida ko'rib chiqiladigan);
- investision kompaniyalar tomonidan yirik infrastruktura loyihalarini amalga oshirish;
- ofshor kompaniyalarning bitimlarida ishtirok etish;
- chet el kompaniyalari ishtirokidagi murakkab moliyaviy bitimlar (xarajatlarning ikki
marta qabul qilinishi hamda Avstraliyada va kontragent ro'yxatga olingan mamlakatda
deklarasiyalanmagan daromadlar riski).
Soliq risklari ro'yxati va mumkin bo'lmagan soliq sxemalari ro'yxati nashr etilar ekan,
davlat tomonidan soliq e'tirozlari ehtimolini pasaytirishga intiladigan Avstraliya soliq idorasi
biznes uchun "o'yin qoidasini" shakllantiradi.
Yuqoridagi 1-jadvaldagi davlatlarda soliq riskining asosiy manbai soliq to'lovchilar
tomonidan ofshor kompaniyalar ishtirokidagi sxemalardan foydalanishlari keltirilgan. Bundan
mustasno holatda, aksar davlatlar ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish haqidagi bitimlarni
suiiste'mol qilish, zararlarni sun'iy paydo qilish va soliq qonun hujjatlaridagi kamchiliklardan
foydalanishni risk sifatida ko'rib chiqilgan.
Avstraliya, Buyuk Britaniya , Kanada , Yangi Zellandiya va AQSh qonun hujjatlarida soliq
risklarini aniqlash tizimida soliq maslahatchilari va auditorlar (promouterlar) tomonidan
soliqlarni rejalashtirishning agressiv sxemalari uchun milliy qonunchiliklarga moliyaviy
sanktsiyalar rejimini joriy qilish o'z aksini topgan.
Xulosa shuki, soliq sohasidagi hamkorlik va muvofiqlashtirish hukumatning ko'p
tomonlama sa'y-harakatlari nuqtai nazaridan eng yaxshi amaliyotdir. Bu mamlakatlarning
milliy soliq suverenitetiga zarar etkazishdan ko'ra mustahkamlaydi. Biroq, ko'p tomonlama
sa'y harakatlar transchegaraviy soliq to'lashdan bo'yin tovlash va soliqdan qochishga qarshi
kurashish, shuningdek shaffof bo'lmagan soliq ma'murchiligi qarorlari orqali riskli soliq
amaliyotlarining oldini olish uchun muhim ahamiyatga ega. Ko'proq axborot to'plash, tahlil
qilish va mamlakatlar o'rtasida hamkorliklikni yulga quyish, ma'lumotlar almashish soliq
risklarini boshqarishda sezilarli ijobiy natijalarga olib keladi.
Xulosa va takliflar.
Soliqqa tortishning rivojlanish tendentsiyalari bo'yicha jahon amaliyotiga e'tibor
beriladigan bo'lsa, adolatli soliqqa tortish amaliyotini kuchaytirishga qaratilgan umumiy
jarayonlarni ko'rish mumkin. Bu jarayonning ajralmas qismini davlat budjetiga soliq
tushumlarini jalb qilishning barqaror tizimini mustahkamlash bilan bir qatorda, budjetga soliq
tushumlarining belgilangan vaqt va miqdorda tushmay qolish xavflarini baholash, uning
sabablarini aniqlash hamda bu boradagi ishlarni takomillashtirib borish sanaladi. Jahon
amaliyotiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, soliq tizimida risklarni baholash o'tgan asrning
etmishinchi yillarida ancha rivojlanib, bugunga qadar jahon mamlakatlari tajribasida bu
jarayon anchayin takomillashib bormoqda. Bu borada turli xil maxsus alohida konferentsiyalar
o'tkazilib, ularda soliq risklarini boshqarish bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilib, davlatlar
amaliyotga joriy qilib kelinmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, iyun
www.sci-p.uz
69
Bugungi kunda soliq riskini boshqarish bo'yicha mavjud muammolar xususida fikr
bildiradigan bo'lsak, birinchisi bu soliq to'lovchilarning soliq xavfini aniqlashda, faoliyati
shubali bo'lgan korxonalarni aniqlashning murakkabligi muammosidir.
Soliq risklarini kamaytirish bo‘yicha takliflar:
1. Tizimli ichki auditni yo‘lga qo‘yish. Har chorakda soliq va buxgalteriya hisobotlari qayta
ko‘rib chiqilishi. Noto‘g‘ri yoki kechiktirilgan hisobotlar aniqlansa, zudlik bilan tuzatish.
2. Avtomatlashtirilgan soliq hisob-kitob tizimlari. Soliqlarni hisoblashda inson xatolarini
kamaytirish uchun 1S, SAP, Zoho va boshqa dasturlardan foydalanish.
3. Soliq maslahatchilari yoki auditorlar bilan hamkorlik. Doimiy huquqiy va soliq
masalalari bo‘yicha maslahat olish. Qonun o‘zgarishlarini kuzatib borish va faol ravishda
amaliyotga joriy etish.
Adabiyotlar/Литература/References:
Ashurov Maxammadjon Sotvoldievich.(2020) Risk muhitida sanoat korxonalarining
barqaror rivojlanishini ta'minlash yo'nalishlari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy
elektron jurnali. № 3, may
-iyun.
ato.gov.au (n.d.) Avstraliya soliq boshqarmasi materiallari - http://www.ato.gov.au
Boboev Sh.B. (2020) Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bo'yicha tushumlarni prognoz
qilish mexanizmini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
dissertasiyasi Avtoreferati. Toshkent. 19 b.
Grabovoy P.G., Petrova S.N., Poltavtsev S.I. (2006)
Riski v sovremennom biznesa. M.: ―Alans
.
Lavrushin O.I. (2007) Bankovskie riski. -
M.: ―Knorus.
Mamadaminov N. Y. (2019) Soliq risklarini boshqarishning xalqaro tajribasi "Iqtisodiyot va
innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar
-fevral.
OECD (2004) Organisation for economic co-operation and development. Compliance Risk
Management: Managing and Improving Tax Compliance. Forum on Tax Administration
Committee
on
Fiscal
Affairs
Compliance
Sub-group
October.
https://www.oecd.org/tax/administration/33818656.pdf. р.8
Ojegov S.I., Shvedova N.Yu. (2006) Tolkoviy slovar russkogo yazika.
—
M.: OOO ―A TEMP.
Panova G.S. (2014) Kreditnaya politika kommercheskogo banka. -
M.: ―Yurayt.
Sevruk V.T. (2006)
Bankovskie riski. M.: ―Delo
-LTD.
Sey, J.B. (2007) Traktat po politicheskoy ekonomii.
–
M.: ―Direkt
-Media.
Usoskin V.M. (1994) Sovremenniy kommercheskiy bank: upravlenie i operasii. - M.: IPS
"vazar-Ferro".
К
одекс
(2020)
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси
-
Тошкент: Ғафур Ғулом
нашриёт уйи.
-
640 б.
Насимов Р.А. (2024) “Солиқ юкини оптималлаштириш йўллари” (phd) илмий
даражасини олиш учун ёзилган дисс. автореферати. –
Тошкент.
