www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
13
SUKUK BOZORINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJIY MAMLAKATLARNING
ILG‘OR TAJRIBALARI
PhD Abrorov Sirojiddin Zuxriddin o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Annotatsiya.
Maqolada islomiy qimmatli
qog‘oz hisoblangan sukuklar tahlili olib borilgan. Sukuk
emissiyasi va muomalasi borasida xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan. Mamlakatlar va yillar
kesimida berilgan statistik ma’lumotlar bo‘yicha muallif tomonidan o‘z munosabati va fikrlari izohlan
gan.
Tadqiqot natijasi bo‘yicha mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim hisoblangan xulosalar keltirilgan.
Maqola sukuk instrumentidan foydalanish samaralariga urg‘u berilgan.
Kalit so‘zlar
:
qimmatli qog‘oz, sukuk, fond bozori, moliya
.
ПЕРЕДОВОЙ ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН В РАЗВИТИИ РЫНКА СУКУК
к.э.н. Аброров Сирожиддина Зухриддин угли
Ташкентский государственный экономический университет,
Международной исламской академии Узбекистана
Аннотация.
В статье анализируются сукук, которые считаются исламскими ценными
бумагами. Изучен опыт зарубежных стран по выпуску и обращению сукук. Автор объяснил свое
отношение и мнения относительно статистических данных, приведенных в разрезе стран и лет.
По результатам исследования представлены выводы, которые считаются важными для
экономики нашей страны. В статье подчеркнуты преимущества использования инструмента
сукук.
Ключевые слова:
акции, сукук, фондовый рынок, финансы.
BEST PRACTICES OF FOREIGN COUNTRIES IN DEVELOPING THE SUKUK MARKET
PhD Abrorov Sirojiddin Zukhriddin ugli
Tashkent State University of Economics,
International Islamic Academy of Uzbekistan
Abstract.
The article analyzes sukuk, which are considered Islamic securities. The experience of
foreign countries regarding the issuance and circulation of sukuk has been studied. The author explained
his attitude and opinions on the statistical data given in the cross-section of countries and years. Based on
the results of the research, conclusions are presented that are considered important for the economy of our
country. The article emphasizes the benefits of using the sukuk instrument.
Keywords:
stock, sukuk, stock market, finance
Kirish.
O‘zbekistonda keyingi yillarda sukuklarga
qiziqish ortib borayotgani sezilsa-da, bu turdagi
islomiy qimmatli qog‘ozlar amaliyotga joriy etilmagan. Shunga qaramay, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida
mamlakatimizda islom mo
liyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti
-soati
kelganligini ta’kidlab o‘tdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 14-apreldagi
“Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-6207-sonli Farmonida islom
moliyalashtirish tamoyillari asosida “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish bo‘yicha alohida vazifa
belgilangan. Aytish mamkinki, kapital bozori uchun islom qimmatli qog‘ozlarining ahamiyati tobora
ortib bormoqda.
I SON - MAY, 2023
www.e-itt.uz
13-20-sahifalar
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
14
Adabiyotlar sharhi.
“Oltin va islom qimmatli qog‘ozlari o‘rtasidagi bog‘liqligi” haqidagi maqolasida 2006–
2019-yillar
davomida oltin va islom qimmatli qog
ʻ
ozlari o
ʻ
rtasidagi daromadning dinamik bog
ʻ
liqligini ko
ʻ
rib
chiqishgan (Maghyereh va Abdoh, 2021)
. Buning natijalari shuni ko‘rsatganki, oltin o‘rta va uzoq
muddatli istiqbolda islom portfellari uchun diversifikator, to‘siq yoki xavfsiz vositasi sifatida ishlamaydi,
ayniqsa oltin bozorining pasayish va ko‘tarilish
sharoitida degan fikrni ilgari surgan.
Islom fond indekslari va COVID-19 pandemiyasiga oid tadqiqotda COVID-19 pandemiyasi sabab,
pandemiya va epidemiyalar uchun noaniqlik indeksini (UPE) o‘z ichiga olgan birja daromadlari uchun
yagona omilli bashoratli modelni yaratgan (Salisu va Shaik, 2022). Unda islomiy aksiyalarning
an’anaviylari ko‘rsatkichlari bilan solishtirganda himoyasizmi yoki yaxshiroq xedj potentsialiga egami
yoki yo‘qligini tekshirish mumkin. Xususan, COVID
-19 pandemiyasi davrida, garchi islom aksiyalarining
xedjlash samaradorligi pasayayotgandek tuyulsa-
da, bu an’anaviy aksiyalarning undanda yomon
ko‘rsatkichlariga qaraganda yaxshiroq. Natija neft narxi, xalqaro bozor konyukturasi noaniqligi uchun
modelni nazorat qilgandan keyin ham bir xil bo
‘lib qoladi. Biz UPE ning prognoz ko‘rsatkichlarini
namunaviy model bilan taqqoslash orqali namunadagi va namunadan tashqari davrlar uchun ham
bashorat qilish kuchini baholaymiz. Olimlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, aksiyalarni baholashda
UPE ma’lumo
tlarini hisobga olish investitsiya qarorlari uchun juda muhimdir.
“Malayziya sukuk bozoridagi standart foydalanuvchi profili” nomli maqolalarida quydagicha fikr
bildirishgan (Kamarudin va boshq., 2014)
. Sukuk defolti masalasiga so‘nggi yillarda, ayniqsa ja
hon
iqtisodiyotiga ta’sir qilgan global moliyaviy inqirozdan keyin alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tadqiqot
Malayziyadagi sukuk to‘lovlarini to‘xtatuvchilarni tahlil qiladi. Ushbu tadqiqot 2000
-yildan 2010-
yilgacha bo‘lgan sukuk emitentlarini o‘z ichiga oladi. Tanlangan sukuk emitentlari haqidagi ma’lumotlar
ularning yillik hisobotidan olingan. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sukuk defoltining eng ko‘p soni 2009
-
yilda sodir bo‘lgan. Dastlabki reytingda aralash natija aniqlandi, chunki defolt qisqa muddatli va
uzoq
muddatli instrumentlar uchun sodir bo‘lgan.
Bizning avvalgi tadqiqotlarimizda ham sukukning turli jabhalarida izlanishlar olib borilgan
(Abrorov, 2021; Abrorov va Qoraboyev, 2020; Valiyev va Abrorov, 2019).
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada ilmiy abstraktsiyalash, empirik, tasviriy statistika, ekspert baholash, guruhlashtirish,
dinamik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Islom moliyasi tizimini avvaliga musulmon ko‘p istiqomat qiluvchi mamlakatlari joriy etgan
b
o‘lsa, keyinchalik esa muqobil tizim sifatida jahonning qolgan hududlariga tarqala boshladi. Hozirgi
kunda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ham bu tizimdan samarali foydalanilmoqda. Bu esa uning
samari ortib borayotganindan dalolatir.
Islom moliyasi
aktivlarining mamlakatlar kesimidagi taqsimotiga ko‘ra, 2021
-yilda Eron 1,2 trln.
AQSH dollarini tashkil etgan. Bu jami aktivlarning 31,2 %iga mos keladi (1-rasm). Mazkur
ko‘rsatkichlar
Saudiya Arabistonida mos ravishda 896 mlrd. AQSh dollari (22,6 %), Malayziyada 650 mlrd. AQSh
dollari (16,4 %) va BAAda 252 mlrd. AQSh dollari (6,4 %)ni tashkil etgan.
“Thomson Reuters” agentligi tomonidan chop etilgan “Islamic finance development report 2022”
ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 136 ta mamlakat islom moliyasini to‘liq yoki ayrim elementlarini joriy
etgan bo‘lib, ularning tarkibida ko‘p miqdorda musulmon aholi yashovchi mamlakatlardan tashqari
Buyuk Britaniya (aholisining 4,4 %ini musulmonlar tashkil etadi), AQSH (0,9 %), Singapur (15,6 %),
Shveytsariya (5,2 %), Kanada (3,2 %), Avstraliya (3,2 %), Fransiya (4 %), Germaniya (3,5 %) va Rossiya
(15 %) (cia.gov) singari mamlakatlarda ham islom moliyasi vositalaridan foydalanilmoqda.
O
‘
rganilayotgan davrda jami emissiyaning 54,5 % yoki 877,4 mlrd. AQSH dollari Malayziya
hissasiga to‘g‘ri keladi (2
-rasm). Malayziya 8,5 ming marotabadan ortiq emissiyani amalga oshirgan
bo‘lib, bu o‘z navbatida, 1155 marotaba sukuk emissiya qilgan Bahrayndan 8 barobar ko‘pdir. Malayziya
emissiyalarini asosan milliy valyutada amalga os
hirgan. Chiqariluvlar qiymati bo‘yicha ikkinchi yirik
ko‘rsatkich Saudiya Arabistonida bo‘lib, u 216,8 mlrd. AQS
h dollari yoki 13,5 %ni tashkil etadi. Shundan
so‘ng
Indoneziya 148,3 mlrd. AQSh dollari (9,2 %), BAA 102,2 mlrd. AQSh dollari (6,3 %) va Turkiya
84,7 mlrd. AQSh dollari (5,3 %) qiymatidagi sukuk chiqargan. Mazkur 5 mamlakatning jahondagi
sukuklarning deyarli 90 %iga egalik qiladi. Shuningdek, O‘rta Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘istonda
ham 77 mln. AQSh dollari qiymatida sukuk emissiyasi amalga oshirilgan.
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
15
1-rasm. Islomiy moliyaviy aktivlarning ayrim mamlakatlar kesimidagi taqsimoti
(2021-yil, mlrd. AQSH dollari) (IFDI, 2022)
Tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, chiqariluvlar soni bo‘yicha Turkiyaning nisbiy ulushi jadallik bilan
ortib borib,
birgina 2021 yilning o‘zida 447 ta chiqariluv amalga oshirgan va Malayziya (775 marotaba
chiqariluv)dan keyingi o‘rinni egallagan.
2-rasm. Ayrim mamlakatlardagi sukuk emissiyasi hajmi
(2001-2021 yillar, mlrd. AQSH dollari) (IIFM, 2022)
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
16
3-rasm.
Sukuk emissiya qiluvchi mamlakatlar sonining o‘sish tendensiyasi
(IIFM, 2022)
Dunyo bo‘yicha sukuk emissiya qilgan mamlakatlar soni jami 36 ta bo‘lib
(3-rasm), mintaqalar
bo‘yicha tahlil qilinganda sukuklarning eng katta hajmi Osiyoga to‘g‘ri keladi va 92
,9 %ni tashkil etadi.
2000-
yilga qadar jahon bo‘yicha faqat Malayziyada sukuk chiqarilgan bo‘lsa, 2010
-yilda mamlakatlar
soni 17 taga va 2018-
yil yakuniga kelib 36 taga yetgan hamda joriy davrga qadar o‘zgarmagan. Ammo
Xalqaro islom moliya bozori (IIFM) tashkilotining 2019-yilgi hisobotida Eron sukuk emissiya qilgan
mamlakatlar qatorida keltirilmagan. Vaholanki 2018-yilgi va undan avvalgi hisobotlarda bu mamlakat
ma’lumotlari
berilgan edi.
Sukuk emissiyasini amalga oshirgan 36 mamlakat tarkibida AQSH, Buyuk Britaniya,
Lyuksemburg, Germaniya, Yaponiya va Fransiya singari iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar qayd
etilganligiislomiy qimmatli qog‘ozlarni an’anaviy moliya bozorlarida ham joriy etish mumkinligini
yaqqol ko‘rsatadi.
2021-yil dekabr holatiga Buyuk britaniya tomonidan 2,5 mlrd. AQSh dollari
qiymatidagi sukuklar emissiya qilingan. AQSh 1,4 mlrd. AQSh dollari, Lyuksemburg 280 mln. AQSh
dollari, Germaniya 208 mln. AQSh dollari miqdorida chiqaruvlarni amalga oshirgan. Fransiya esa bir
marotaba 650 ming AQSh dollarlik sukuk emissiya qilgan.
So‘nggi yillarda Buyuk Britaniyada islom moliyasi, xususan, islomiy qimmatli qog‘ozlar sektori tez
sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda Londonda jahondagi kam sonli islom moliyasi
hablaridan biri tashkil etilganligi yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi. Boshqa ikkita hab Malayziya va BAAga
joylashgan.
Tadqiqotlardan ma’lumki, jahon amaliyotida sukuk faoliyati bo‘yicha eng katta ulush hamda
tajriba Malayziga hissasiga to‘g‘ri keladi. Sukuklarning qiymati bo‘yicha navbatdagi o‘rinlarda turuvchi
Saudiya Arabistoni va Indoneziya yoki sukuk chiqarish bo‘yicha tajribani aks ettiruvchi ko‘rsatkich –
emissiyalar soni bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan Turkiya mamlakatlarining tajribasini o‘rganish e’tiborni jalb
qiladi. Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neft-
gaz sanoatiga yuqori darajada bog‘liqligi sababidan uni
mazkur guruhdan chiqarib tashlab qolgan mamlakatlarning tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiq.
Malayziyada 2001-
yildan boshlab muntazam sukuk chiqarilgan bo‘lsa,
so‘nggi 5 yillikda sukuklar
emissiyasi faol nuqtaga yetdi (4-rasm). Jahon miqyosida Malayziya emissiya qilgan sukuk hajmining
ulushi balandligi sabab, mazkur mamlakatdagi o‘zgarish bevosita jahon tendensiyasiga ham ta’sir qiladi.
2015-
yilga qadar o‘sish tendensiyasi kuzatilgan bo‘lsa, shu yilda Malayziya markaziy bankining qisqa
muddatli sertifikatlarga taalluqli siyosatining o‘zgarishi sabab keskin kamayish kuzatilgan.
Emissiyalarning asosiy qismi nodavlat sukuklari va uzoq muddatli davlat sukuklariga teg
ishli bo‘lgan.
Malayziyadagi ichki sukuk bozori iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish va jamg'armalarga
vositachilik qilishda muhim rol o‘ynab kelmoqda, bozorning barcha segmentlarida mablag‘ resurslar
jamg‘arish sezilarli yaxshilandi. Malayziyada 2022
-yil
da muomalada bo‘lgan sukuklar va an’anaviy
obligatsiyalarni birgalikda taqqoslash, 63,2 foizi sukuk 36,7 foizi obligatsiyalar ekanligini ko‘rsatadi
(Security Commission of Malaysia, 2022). Bundan ko‘rinadiki, Malayziyada ikki komponentli ya’ni
duolistik moliya tizimidan samarali foydalanib kelinmoqda. Shuningdek Malayziya islom kapital bozori
umumiy kapital bozorining 64,4 foizini tashkil etadi.
17
22
28
31
34
34
35
35
36
36
0
5
10
15
20
25
30
35
40
2009
2011
2013
2015
2017
2019
2021
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
17
4-rasm. Malayziyada sukuklarning yillar kesimidagi emissiyasi
(mlrd. AQSh dollar) (IIFM, 2022)
2021-yilda jami sukuk emissiyasi obligatsiyalar va sukuk emissiyalarining 62,9 foizini (2020-yilda
61,1%), muomaladagi jami sukukning 63,4 foizini (2020-yil 63,3%) tashkil etgan edi. 2021-yilda
korporativ sukuk emissiyasi jami korporativ obligatsiyalar va sukuk emissiyasining 80 foizini (2020-yil:
73,6 foiz), 2021-
yil holatiga ko‘ra korporativ sukuk muomalasi esa korporativ qarzlarning 81,4 foizini
(2020-yil: 81,03 foiz) tashkil etgan edi.
Malayziyada ijtimoiy loyihalar uchun ham (SRI) sukuklar orqali investitsiyalar jalb qilinadi. 2015-
2021-yillar mobaynida shunday lohiyalarni moliyalashtirish uchun 21 ta emissiya amalga oshirilgan,
shundan 9 tasi 2021-
yilga to‘g‘ri keladi. 2021
-yilda 669 mln. AQSh dollari qiymatida korporativ ijtimoiy
investitsiya sukulari chiqarilgan bo‘lib jami korporativ sukuklarning 3 foizdan ortiqrog‘ini tashkil qiladi.
Shuningdek muomaladagi korporativ ijtimoiy investitsiya sukulari 1,9 mlrd. AQSh dollaridan oshdi.
2020-yilda deyarli 1,3 mlrd. AQSh dollari qiymatida edi.
5-rasm.
Indoneziyada sukuklarning yillar kesimidagi emissiyasi
(mlrd. AQSh dollari) (IIFM, 2022)
-
5,0
10,0
15,0
20,0
25,0
30,0
4,7
10,5
9,1
4,2
13,9
20,5
16,7
19,4
26,1
23,3
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
18
Sukuk emissiyasi hajmi bo‘yicha jahonda uchinchi o‘rinda
turuvchi Indoneziya 2021-yil yakuniga
kelib deyarli 148,3 mlrd.
AQSh dollari qiymatida sukuk chiqargan bo‘lib jami global emissiyaning 9,2
foizini tashkil etadi. Indoneziyada ilk sukuk 2002-yilda telekommunikatsiya kompaniyasi hisoblanuvchi
PT Indosat tomonidan 17,5 mln. AQSh dollari qiymatidagi mudorabaga asoslangan korporativ sukuki
sifatida emissiya qilingan. Mazkur chiqariluv 5 yillik muddat bilan milliy valyuta (indoneziya rupiysi)da
amalga oshirilgan. Shundan so‘ng Indoneziyada har yili sukuk emissiyasi amalga oshirib kelingan. O‘sish
tendensiyasi 2008-
yildan so‘ng sezilarli darajada ko‘tarilgan. Shu yili mamlakatda davlat sukuklarini
taritbga soluvchi qonun qabul qilingan. 2021-
yil yakuniga ko‘ra Indoneziyada 634 ta chiqariluv amalga
oshirilgan. Davlat tomonidan chiqarilgan sukuklar asosan ichki bozorga milliy valyutada chiqarilgan
bo‘lib, xorijiy valyuta (AQSh dollari)dagi emissiyalar bir necha barobar kam va mos ravishda 84 va 16
foizlarni tashkil etadi.
Indoneziyada sukuk chiqarilishi bilan bog‘liq
o‘rganishlar natijasida mamlakatda sukuk bozori
yanada rivojlanish borasida xulosalar qilish mumkin. Kelgusi yillarda davlat tomonidan ekologiya,
ijtimoiy soha va boshqaruv (ESG)ga oid investitsiyalarni sukuklar orqali jalb qilish uchun muhitni
yanada jozibador qilish harakatlarini olib bormoqda. Bugungi kunda Indoneziya hukumati vaqfga
asoslangan sukuklarning raqamli transformatsiyasi orqali islom ijtimoiy va tijoriy moliyasini o‘zaro
integratsiya qilish harakatlarini amalga oshirmoqda. Shuningdek ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirishga
asoslangan sukuklar uchun qonunchilik normalarini maqbullashtirishga harakat qilinmoqda.
Vaqfga asoslangan sukuklar ilk marotaba 2020-yil Indoneziyada davlat tomonidan chiqarilgan
bo‘lib, hayriyaga yo‘naltiriluvchi mablag‘larni ham o‘zida mujassam etadi. Jalb qilingan barcha resurslar
mamlakatdagi vaqf aktivlarni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
6-rasm. Turkiyada sukuklarning yillar kesimidagi emissiyasi
(mlrd. AQSh dollari) (IIFM, 2022)
Turkiyada 2010-yildan sukuklar emissiyasi boshlangan. Shu yili davlat tomonidan 100 mln. AQSh
dollari qiymatida ijara sukuki chiqarilgan (6-
rasm). Shundan so‘ng sukuk Turkiya qimmatli qog‘ozlar
bozorida foizsiz investitsiya jalb qilish imkoniyatlri mavjudl
igini ko‘rsatib berdi. 2011
-yilda 1 ta (350
mln. AQSh dollari) va 2012-yilda 2 ta chiqariluv (2 405 mln. AQSh dollari) amalga oshirilgan. Shundan
so‘ng chiqariluvlar soni sezilarli ortib 20
21-yil yakunida chiqariluvlar soni 1155 taga yetgan va jami
qiymati 84,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Shundan 17,8 mlrd. AQSh dollarlik 447 ta chiqariluvi
birgina 2021-y
il hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Turkiyada ijara sukuki orqali davlat-
xususiy sherikchiligi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatda
davlat tomonidan chiqarilgan sukuklar ulushi va ichki bozor uchun chiqarilgan sukuklar ulushi
ustuvorlikni kasb etadi.
-
5,0
10,0
15,0
20,0
25,0
30,0
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
0,1 0,4
2,4
4,7 4,5
2,2
1,9
3,6
7,7
13,1
26,4
17,8
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
19
O‘tgan davr
mobaynida sukuk chiqarish uchun normativ-huquqiy bazani maqbullashtirish uchun
bir qator ishlar amalga oshirildi. 2010-yili chiqarilgan sukuk foizli moliyalashtirish shaklida tartibga
solingan. 2011-
yilda ijara sukuk va oddiy moliyaviy istrumentlar o‘rtasidagi soliq bo‘yicha tengsizlik
bartaraf etilgan. Kapital bozori to‘g‘risidagi qununiga muvofiq sukukka oid qoidalar 2012
-
yil e’lon
qilingan va 2013-
yilda Kapital bozori to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonun bilan Sukukka oid qoidalar
to‘liq yangilangan. Sukuk emissiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq to‘siqlar bartaraf etilgandan so‘ng
sukukning boshqa turlari (vakala, murobaha, mudoraba, mushoraka va istisna)ni chiqarish imkoniyati
yaratilgan.
Sukuk chiqariluvini qo‘llab
-quvvatlash maqsadida 2016-yilda so
liq va yig‘imlardan ozod qilish
bilan bog‘liq o‘zgarishlar barcha turdagi sukuklar uchun joriy qilingan. Shuningdek Turkiya kapital
bozori kengashi qimmatli qo‘g‘ozlar emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yig‘imlarni ikki
barobarga kamaytirgan.
Bu o‘z navbatida sukuklar chiqarish bilan bo‘g‘liq xarajatlarni kamaytirishga
ta’sir ko‘rsatgan.
2022-yil fevral oyida Kapital bozori kengashi Xalqaro kapital bozori assotsiatsiyasining yashil
obligatsiya tamoyillariga muvofiq yashil va barqaror obligatsiy
a va sukuklar uchun qo‘llanmani e’lon
qilgan.
7-rasm. Turkiyada korporativ sukuklar emissiyasi (mln. AQSh dollari) (IIFM, 2022)
Turkiya korporativ sukuk emissiyasi tahlil qilinadigan bo‘lsa, mutloq ustunlik vakala sukuklarida
ekanligini ko‘rish
mumkin (7-rasm). 2015-2021-yillar davomida Jami emissiya qilingan sukuklarning
deyarli 95 foizi vakala sukuklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Uning ulushi yildan yilga ortib bormoqda. 2015
-
yilda 68 foizni tashkil etgan bo‘lsa 2021
-yil yakuniga kelib 98 foizda
n oshib ketdi. Undan so‘ng
murobaha va ijara sukuklari ham chiqarib boriladi. 2021-yilda sukukning istisna turi ilk bor
chiqarilganligini kuzatish mumkin. Jahonda keng tarqalgan amaliyot singari emitentlar va investorlar
Turkiyada ham vakala va murobaha su
kuklarini ma’qul ko‘rishadi.
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
Gibrid sukuk
-
-
26,5
47,3
33,6
59,9
-
Istisna sukuk
-
-
-
-
-
-
44,9
Mushoraka sukuk
-
-
31,2
18,9
18,5
18,2
10,0
Ijara sukuk
175,5
56,7
13,2
58,8
-
56,5
-
Murobaha sukuk
265,7
124,8
132,3
146,5
193,3
176,2
87,6
Vakala Sukuk
936,4
934,2
1 920,8
4 373,0
7 520,3
7 796,0
7 735,6
-
1 000,0
2 000,0
3 000,0
4 000,0
5 000,0
6 000,0
7 000,0
8 000,0
9 000,0
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
20
Xulosa va takliflar
.
Sukuk instrumentini mamlakat ichki talabini hisobga olib joriy qilgan mamlakatlar iqtisodiyot
uchun qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishga erishib kelmoqda. Bunda asosiy hajm musulmonalar
ko‘pistiqomat
qiluvchi mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelsa ham, emitent mamlakatlar qatorida
musulmonlar kam istiqomat qiluvchi mamlakatlar mavjudligi mazkur instrumentdan har qanday
iqtisodiyotda samarali foydalanish mumkinligini anglatadi. Jahonda samarali foydalanilayotgan mazkur
instrument uchun O‘zbekiston Respublikasida ham talab katta deb hisoblaymiz. Uning aniq raqamlarini
chiqarish uchun keng ko‘lamli tadqiqot olib borish lozim.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
IFDI (2022) Islamic Finance Development Report 2022: Embracing change. The Islamic
Corporation for the Development of the Private Sector and Refinitiv. p 80.
IIFM (2022) Sukuk report: A comprehensive study of the global sukuk market. International
Islamic Financial Market, August, 11th edition. p 202.
Kamarudin, M.F., Kamaluddin, N., Manan, S. K. A., & Ghani, G. M. (2014) Defaulters profile in
Malaysia Sukuk market. Procedia-Social and Behavioral Sciences, 145, 277-285.
Maghyereh, A., & Abdoh, H. (2021) Tail dependence between gold and Islamic securities. Finance
Research Letters, 38, 101503.
Salisu, A.A., & Shaik, M. (2022) Islamic Stock indices and COVID-19 pandemic. International
Review of Economics & Finance, 80, 282-293.
Security Commission of Malaysia. Annual Report 2022. P 222.
Аброров, С. (2021) Ислом молияси: Ўзбекистон учун янги имкониятлар. Экономика и
образование, (4), 146
-159.
Аброров, С., & Карабоев, Н. (2020) Қимматли қоғозлар бозорида сукукнинг ролига оид
илмий
-
назарий мулоҳазалар ва унинг ўзига хос жиҳатлари. Экономика и образование, 1(1), 126
-
130.
Валиев, Б.Б. (2019) Жаҳон фонд бозорида сукукларнинг ривожланиш тенденцияси.
Иқтисодиётда инновация. 8 б
.
