Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
15
SOLIQDAN QOCHISH MEXANIZMLARINI SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDA
FISKAL INSTRUMENTLARDAN FOYDALANISH
Axmedov Feruz Baxodirovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «Oʼzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning
ilmiy asoslari va muammolari»
ilmiy-tadqiqot markazi, PhD
Annotasiya.
Mazkur maqolada respublikamizda so‘ngi yillarda mamlakatda soliq va moliya
sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini
yaxshilash hamda biznes doiralarni
ng ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli
islohotlar yoritilgan. Shu bilan birga, iqtisodiyotda yashirin aylanma savdo va umumiy ovqatlanish,
avtotransportda tashish, uy-
joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy xizmatlarini ko‘rsatish kabi
sohalar
o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy
-amaliy xulosa va takliflar
shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq tushumlari, tahlika-tahlil, xavflar, samaradorlik, raqamli platforma, usullar va
vositalar, ilg‘or
axborot- kommunikasiya texnologiyalari, tahlil, optimallashtirish, soliq imtiyozlari, soliq
stavkasi.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ФИСКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ ДЛЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ
МЕХАНИЗМОВ УКЛОНЕНИЯ ОТ УПЛАТЫ НАЛОГОВ
Ахмедов Феруз Баходирович
Научно
-
исследовательский центр «Научные основы и проблемы развития экономики
Узбекистана» при Ташкентском государственном экономическом университете, к.э.н.
Аннотaция.
В данной статье описаны широкомасштабные реформы, направленные на
создание благоприятных условий для ведения предпринимательской деятельности в налоговой
и финансовой сферах, улучшение инвестиционного климата и дальнейшее укрепление доверия
деловых кругов к нашей республике за последние годы. При этом были изучены такие направления,
как подпольная торговля и общепит, перевозки автотранспортом, жилищное строительство и
ремонт, оказание бытовых услуг, сформированы научно
-
практические выводы и предложения по
зарубежному опыту и его применению в нашей стране.
Ключевые слова:
налоговые
поступления, анализ, риски, эффективность, цифровая
платформа, методы и инструменты, передовые информaционно
-
коммуникaционные
технологии, анализ, оптимизaция, налоговые льготы, налоговая ставка.
USE OF FISCAL INSTRUMENTS TO ENSURE THE EFFECTIVENESS OF TAX
AVOIDANCE MECHANISMS
Akhmedov Feruz Bakhodirovich
Scientific research center "Scientific foundations and problems of the development of
the economy of Uzbekistan" under the Tashkent State University of Economics, Ph.D.
Annotation.
This article describes large-scale reforms aimed at creating favorable conditions for
doing business in the tax and financial sectors, improving the investment climate and further strengthening
the confidence of business circles in our republic in recent
е
ars. At the same time, such areas as
underground trade and public catering, road transport, housing construction and repair, the provision of
personal services were studied, scientific and practical conclusions and proposals were formed on foreign
experience and its application in our country.
Key words:
tax revenues, analysis, risks, efficiency, digital platform, methods and tools, advanced
information and communication technologies, analysis, optimization, tax incentives, tax rate.
II SON - IYUN, 2023
15-21
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
16
Kirish.
O‘zbekistonda keyingi
-yillarda yashirin iqtisodiyotning hissasini kamaytirish, u orqali yuzaga
keluvchi soliqdan qochish holatlari hamda soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash
holatlarini kamaytirish hamda ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga
oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida me’yoriy
-huquqiy
bazani mustahkamlash, sohani raqamlashtirish natijalari hisobiga yashirin iqtisodiyotni jilovlash,
jamoa
tchilik nazoratini kuchaytirish, yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish, nazorat tadbirlarini
o‘tkazish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jahon iqtisodiyotida global moliyaviy beqarorlik
kuchayishi sharoitida qisqa va uzoq muddatli byudjet-soliq siyosatiga oid strategiyani ishlab chiqishda
soliq to‘lovchilar tomonidan soliqdan qochish holatlari oldini olish va uni kamaytirishning turli xil
mexanizmlarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Milliy iqtisodiyotda
noqon
uniy moliyaviy oqimlarni kamaytirish, soliq to‘lovchilar tomonidan soliqdan qochish holatlarini
keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash, yashirin
iqtisodiyotni kamaytirish orqali soliq to‘lashdan bo‘yin tovla
sh jarayonlarining oldini olish, soliq
to‘lashdan qochish xavflarini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirish bu boradagi ilmiy
tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Shumpeter (2007) ikki turga bo‘linishni taklif qiladi: ishlab chiqarishda mumkin bo‘lgan texnik
nosozlik bilan bog‘liq xavf va tijorat muvaffaqiyatining
y
еtishmasligi bilan bog‘liq xavf.
Pokrovskiy (2011) ko‘rib chiqish uchun xavfning tarkibiy xususiyatlar
ini taklif qiladi: xavf, xavfga
moyillik, xavfga sezgirlik (zaiflik), boshqa xavf-
xatarlar bilan o‘zaro ta’sir qilish, xavf haqida mavjud
ma’lumotlar, xavf miqdori, xavf bilan bog‘liq xarajatlar (xarajatlar), o‘ziga xoslik xavflar.
Shvesiyalik iqtisodchi o
lim Becker (2004) tomonidan xufiyona iqtisodiyotning o‘ziga xosligi,
norasmiy iqtisodiyot
–
bozor iqtisodiyotining nazorat qilib bo‘lmaydigan qismi ekanligi ta’kidlanib,
qaysiki ular rag‘batlantirishning boshqa shakllariga asosan tovarlar ishlab chiqarishl
ari va xizmatlar
ko‘rsatishlarini ma’lum qilgan .
Aronov, Kashinlar (2004) o‘zining tadqiqotida esa, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning xorij
va Rossiya Federatsiyasida undirish mexanizmini o‘rgangan holda soliq to‘lashdan bosh tortgan soliq
to‘lovchilar bilan ishlash siyosati, ularning huquq va majburiyatlari, kelgusida har bir soliq to‘lovchi o‘z
xohishi bilan soliq to‘lash majburiyati bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishgan hamda ushbu
tavsiyalarni soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish sohasida qo‘llab uni isbotlashgan va bir qator
amaliy choralarni amalga oshirishgan.
Lekin, Jalonkinani (2012) fikrlaridan butunlay boshqacha taklif bilan Toshmatov “Korxonalarni
rivojlantirishda soliqlarning roli to‘g‘risida”gi kitobida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rag‘batlantirish hamda ularning debitor va kreditor qarzlarini
qisqartirish va ularni faolligini oshirish orqali undirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy
tavsiyalar bergan.
Andreeva (2017) tomonidan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq intizomiga rioya qilinmaslik
sabablari tadqiq qilingan, soliqqa oid bilimlarni oshirishga oid usullari tahlil qilinib, soliq to‘lovchilarga
davlat hamkori sifatida xizmatni takomillashtirish usullari taklif qilingan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Buning sosial, iqtisodiy, huquqiy sabablarini ilmiy jihatdan izohlangan edi. Shu narsa ayonki, har
qanday milliy iqtisodiyot uchun eng katta xavf bu globallashuv sharoitida milliy ehtiyojlarni qondira
olmaslik xavfi bo‘lsa, uning ichki zamirida iqtisodiyotda yashirin iqtisodiyot deb nomlanuvchi alohida
iqtisodiyotning darajasi mavjudligi va uning o‘sib borishi hisoblanadi. Yashirin iqtisodiyot esa o‘zi bilan
doimo soliqdan qochish
kategoriyasini birga ergashtirib yuradi va uning holati va darajasiga ta’sir qilib
boradi. Bundan shunday xulosa qilinadiki, soliqdan qochish holatlarining noqonuniy ko‘rinishlarini
kamaytirish chora-
tadbirlarining samarasini ta’minlash o‘z
-
o‘zidan yashir
in iqtisodiyot darajasini
kamaytirishning turli xil usullaridan keng va samarali foydalanishni talab etadi.
Agar, birgina o‘tgan 2022
-
yilning to‘qqiz oylik davrida xufyona iqtisodiyotning shakllanishi va
uning oqibatida soliqdan qochish holatiga nazar tash
laydigan bo‘lsak, bu davrda 869
ta soliq
to‘lovchining xarid qilinayotgan tovarlari realizatsiya qilinayotgan tovarlar nomenklaturasiga
nomutanosibligi va 1,12
trln.so‘m soliq qarzdorligiga yo‘l qo‘yganligi sababli, soliq xavfi yuqori soliq
to‘lovchilar guruhiga kiritilgan va hisob raqamlaridagi kirim chiqim operatsiyasi vaqtinchalik to‘xtatib
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
17
qo‘yilgan. Mazkur soliq to‘lovchilarning barchasida kameral soliq tekshiruvi tashkil qilingan. Kameral
tekshiruv jarayonida 161 tasida sayyor soliq tekshiruvi tashkil
lashtirilib, tovarlar kamomadiga yo‘l
qo‘ygan sub’ektlarga 276,7
mlrd.so‘mlik qo‘shimcha soliqlar hisoblangan. Hisoblangan qo‘shimcha
soliqlarning 138,4 mlrd. so‘mligini to‘lamasdan 51 tasi faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan. Shundan 38 tasi
bankrot deb e’lon q
ilinib qarzdorligi hisobdan chiqarilgan. 869 ta 1,12
trln.so‘m qarzdorlikning
majburiy undiruv choralari to‘liq ko‘rilganligiga qaramasdan mol
-
mulki va pul mablag‘lari yo‘qligi
sababli byudjetga qarzdorligi to‘lanmay kelmoqda. Sud ijrochilari tomonidan 136
tasining
482,7
mlrd.so‘mlik qarzdorligi bo‘yicha ijro hujjati mol
-
mulki yo‘qligi sababli ijro qilinmasdan soliq
organiga qaytarilgan.
2022-yil 1-yanvar holatida bunday xufyona faoliyat yuritib, noqonuniy foyda olib, soliqlarni
to‘lamasdan faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan korxonalar soni 3093
tani ularning byudjet oldidagi qarzdorligi
3,8
trln.so‘mni tashkil qilgan. 2022
-yilning 1-yarim yilligida 1217 ta xuddi shunday korxonalarning
ochilib, faoliyat ko‘rsatganligi oqibatida soliq qarzdorligi 1,4 trln. so‘mga ko‘payib, xufyona faoliyat bilan
shug‘ullangan korxonalarning qarzdorligi 5,285
trln.so‘mga etdi. Mazkur qarzdor soliq to‘lovchilarning
pul mablag‘lari, mulklari va aktivlari mavjud bo‘lmaganligi sababli 178 ta soliq to‘lovchining 864,0
mlrd.so‘mlik qarzdo
rligi bankrotlik ishi ochish orqali hisobdan chiqarilgan.
1-
rasm. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid tadbirlar yo‘nalishlari
13
Mazkur 1-rasmda keltirilganidek, Bugungi kunda respublikamizda yashirin iqtisodiyotni
qisqartirish: m
e’yoriy huquqiy bazani mustahkamlash, sohani raqamlashtirish natijalari hisobiga
yashirin iqtisodiyotni jilovlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ya
shirin ish o‘rinlarini
legallashtirish, nazorat tadbirlarini o‘tkazish yo‘nalishida olib borilmoqda. Jumladan,
yashirin
iqtisodiyotni oldini olishga yo‘naltirilgan
15 ta
me’yoriy hujjatlar
qabul qilindi va 15 ta hujjatlar loyihasi
ustida ish olib borilmoqda, q
abul qilingan me’yorlarda
14 ta yangi instrumentlar va 3 ta javobgarliklar
belgilangan. Ish olib borilayotgan loyihalarda tovar (xizmat)larning bozor narxlarini aniqlash, insofli
soliq to‘lovchilar huquqlarini himoya qilish, servis sohasida yashirin iq
tisodiyot ulushini qisqartirish,
nazorat xaridini amalga oshirishda bank kartalaridan foydalanish tartibi, avtomobillarga yoqilg‘i quyish
stansiyalarida avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy etish, maxsus hisobvaraqlari yuritishni bekor
qilish va boshqa dolzarb masalalar nazarda tutilmoqda.
Elektron hisobvaraq-fakturani joriy etilishi natijasida
–
2022-yil 9-oyida 38,3 mln.ta elektron
hisobvaraq-faktura orqali 376,5
trln.so‘mlik
tovar va xizmatlar realizatsiyasi qamrab olindi, bu o‘
tgan
yilning mos davriga (34,5 mln.ta EHF 316,4
trln.so‘m
) nisbatan 1,2 baravarga oshdi. Onlayn NKT hamda
1
foizlik “Cashback” joriy etilishi natijasida
–
2022-yil 9-oyida 200,9 mln.ta chek orqali 47,0
trln.so‘mlik
savdo tushumlari soliq bazasiga kiritildi, ya’ni o‘tgan yilning mos davriga (
113,1 mln.ta chek
28,6
trln.so‘m
) nisbatan 1,6 baravarga oshdi.
QQS to‘lovchilarini soliq xavfiga
qarab avtomatik
segmentlash
(past, o‘rta va yuqori) va ro‘yxatga ol
ishning yangi tamoyillari joriy etilishi
natijasida
–
4,9 mingta korxonadan muammoli 738 mlrd
.so‘mlik QQS qarzi
undirildi hamda 32,1 mingta
holatda 576 mlrd
.so‘m asossiz “zachet”ning oldi olindi.
QQS zanjiri uzilishini hisoblash hamda nazorat
qilish orqali
–
3,2 mingta korxonaning 634 mlrd
.so‘mlik QQSni qoplash bo‘yicha arizalari kontragentlari
va o‘zidagi zanjir uzilishlari sababli rad etilib, byudjetdan asossiz mablag‘lar qaytarilishiga yo‘l
qo‘yilmadi.
13
Muallif tomonidan tuzilgan.
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga oid tadbirlar yo‘nalishlari
M
e’yoriy
huquqiy bazani
mustahkamlash
Sohani
raqamlashtirish
natijalari
hisobiga yashirin
iqtisodiyotni
jilovlash
Jamoatchi
lik nazoratini
kuchaytirish
Yashirin ish
o‘rinlarini
legallash
tirish
Nazorat
tadbirlarini
o‘tkazish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
18
Yuqorida respublikamizda soliqdan qochish holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularni
kamaytirishga qaratilgan choralarning mazmunini qisqacha yoritib o‘tdik. Quyida esa, hanuz o‘z
echimini kutayotgan bu boradagi muammolarni hal etishning ilmiy asoslari sifatida bir qator ilmiy-
amaliy takliflari
mizni keltirib o‘tamiz:
A) Iqtisodiy chora-tadbirlar:
Birinchidan, soliq bazasini bozor narxi asosida hisoblashga o‘tish lozim.
Bugungi kunda bozor tamoyillari asosida narx shakllanishi tizimini samarali amalga oshirish va
insofli soliq to‘lovchilar va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, shuningdek yashirin
iqtisodiyotni kamaytirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida
tovarlar (xizmat)ning bozor narxini aniqlashning inson omilisiz avtomatlashtirilgan tizimini amaliyotga
joriy etish lozim. Soliq bazasini aniqlashda tovarlarning (xizmatlarning) narxini ehtimolga eng yaqin va
adolatli qiymati, shu jumladan, vakolatli organlar, baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadigan va
(yoki) belgilangan, tovarlar (xizma
tlar) bozorida realizatsiya qilinishi (ko‘rsatilishi) mumkin bo‘lgan
qiymatni aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Masalan, Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra 2022
-yilning olti oyligi holatiga 387
ta xo‘jalik
sub’ektlari tomonidan 2
670 ta holatda 262,7 mln.dollar miqdoridagi import qilingan tovarlarning
faktura qiymatini eksport qiluvchi mamlakatda tovarning ma’lum qilingan qiymatiga nisbatan
60,7
mln.dollarga oshirilgan narxda xarid qilingan. Mazkur o‘zgartirish kiritilishi hisobiga foyda solig‘i
bo‘yicha
soliq solinadigan baza faqat importyorlarning o‘zlari hisobiga 669,0
mlrd.so‘mga oshishiga
erishiladi.
Ikkinchidan,
QQS zanjiri uzilishi (Tax gap) tushunchasi va ishlash mexanizmlarini aniq belgilash,
jumladan QQS “zachet” summalarini
korrektirovka qilish huquqini soliq organlariga berish maqsadga
muvofiq.
Bugungi kunda QQS zanjiri uzilishi summasi 21,2
trln.so‘mdan iborat va bu normaning
kiritilmasligi byudjetga katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishda davom etadi. Bundan tashqari, byudjet
ga
to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga (“zachetga”) olishni shaffof va to‘g‘riligini
tekshirish maqsadida, QQS zanjiri ishtirokchilarining qaysi birida QQS to‘liq (yoki umuman)
to‘lanmagan uzilishlarini avtomatik aniqlash “Tax gap”
elektron dasturi ishga tushirildi. Ushbu
uzilishlarga qasddan yo‘l qo‘yib, soliqdan qochish sxemalaridan foydalanayotgan sub’ektlar ustidan
tergovga qadar tekshiruv harakatlarini amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, bizningcha QQS bilan b
og‘liq firibgarlik sxemalaridan foydalanib, soliq to‘lamaslik
tarzidagi asossiz soliq nafi olish yoki soliq summalarini kamaytirishga doir ishlar bo‘yicha soliq
organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish vakolatini belgilash, Davlat soliq qo‘mi
tasining
Soliqqa oid huquqbuzarliklar bilan ishlash boshqarmasiga yuqorida qayd etilgan ishlar bo‘yicha
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish vazifasini yuklatish, QQS to‘g‘ri hisoblanishi yuzasidan
o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvida huquqni suiiste’mol qilish, shu
jumladan:
qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimlar tuzish (operatsiyalar amalga oshirish) orqali
soliqni to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik;
hisobga olinadigan soliq summasini qonunga xilof ravishda oshirish yoki to‘lanadigan soliq
summasini kamaytirish sxemalarining qo‘llanishi natijasida asossiz soliq nafi olinganlik holatlari
aniqlanganda soliq to‘lovchiga soliq auditini tayinlash hamda soliq auditi natijasiga ko‘ra, jinoyat ishini
qo‘zg‘atish yoki ish qo‘zg‘atishni rad etish masalasini hal qilish hamda soliq organlari ma’lumotlar
bazasini tergovga qadar tekshiruv materiallarini ro‘yxatga olish va natijalarini qayd etishning elektron
jinoiy-
huquqiy statistika yagona axborot tizimiga integratsiya qilish zarur bo‘ladi.
Uchinchidan,
MXIK va “E
-
aktiv” tizimini to‘liq joriy etishga o‘tish maqsadga muvofiqdir.
QQS stavkasining 3 foiz punktga pasayishi natijasida keyingi yilda 15 foiz stavka va 12 foiz stavka
orasida “zachet” summasi 3
trln.so‘mdan oshishi kutilmoqda. Tovar qoldiqlarini
elektron kuzatish
tizimsiz nazorat qilish imkoniyati bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yashirin iqtisodiyot bilan
shug‘ullanayotganlar hisobiga segmentlab olingan faqat 112 ta korxona 7 oyda 1,8
trln.so‘mlik obrot
amalga oshirib, yana 1,9
trln.so‘mlik tovar qoldig‘im bor deb hisobot bergan (salbiy farq summasi
272
mlrd.so‘m). Ular tomonidan bor
-
yo‘g‘i 2,5 mlrd.so‘m QQS va 4,4 mlrd.so‘m foyda (jami
6,9
mlrd.so‘m) soliq to‘langan xolos.
To‘rtinchidan,
ustav fondini shakllantirish (to‘ldirish), moliyaviy yordam yoki
qarz berish,
shuningdek jismoniy shaxslar bilan tuzilgan investisiya shartnomalari bo‘yicha operatsiyalar (ulushli
ishtirok) soliq organlarining axborot tizimlarida majburiy ro‘yxatga olish zarur.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
19
Hisob-
kitoblarga ko‘ra davlat byudjeti yiliga o‘rta hisobd
a 1,1
trln.so‘mgacha yo‘qotilmoqda.
Ushbu holat jismoniy shaxslar tomonidan qurilish korxonalari ustav jamg‘armasiga yirik miqdorda pul
mablag‘lari, bino va inshootlar, qurilish mollari (manbasi ko‘rsatilmagan holda) kiritish va realizatsiya
qilinishida ha
m qayd etilmoqda. Masalan, Uchtepa tumanidagi “Farrier home” MChJ QQS va foyda
solig‘idan qochgan holda qurilishni jismoniy shaxs nomiga bitkazib, keyin ustav fondiga
13,2
mlrd.so‘mlik binoni kirim qilgan va bir kunda notarius orqali 58
ta xonadonni jismoniy shaxslarga
rasmiylashtirib bergan.
Beshinchidan,
Respublika ichida tovarlar harakatini to‘laqonli nazorat qilish imkoniyatini
yaratish maqsadida, Davlat bojxona qo‘mitasi import va eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini
rasmiylashtirishda deklarantlar tomonidan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya (MXIK) kodlarini
ko‘rsatgan holda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish lozim.
Chunki, bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan import qilingan
mahsulotlarni
realizatsiyasini kamaytirib ko‘rsatilishi va soliqlardan qochish holatlari kuzatilmoqda. Shuning uchun,
bojxona organlari tomonidan import tovarlarni ishonchnoma asosida olib chiqilishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar hisobi yuritishni yo‘lga qo‘yish hamda mazkur ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining
ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish hamda import tovarlarni importyor tomonidan berilgan
ishonchnoma asosida importyor korxona shtatida bo‘lmagan (ushbu korxonada ishlamaydigan) shaxs
yoki boshqa yuridik shaxs tomonidan barcha bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib
chiqib ketilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni DSQga taqdim etishni belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Buning natijasida esa, import tovarlar sotuvi va kirim-chiqim hisobi
ustidan nazorat o‘rnatiladi va
soliqdan qochish holatlarining oldi olinadi.
Oltinchidan,
qurilish tarmog‘ida “bir kunlik firmalar” faoliyatini oldini olish maqsadida qurilish
tashkilotlari tomonidan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar qurilish faoliyatini am
alga oshirish jarayonida
qurilishda muhim bo‘lgan (sement, g‘isht, metal, quvir, beton plita, shifer, tunuka (temir list), kabi asosiy
qurilish mollarini birja savdolari orqali xarid qilish va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Qurilish
vazirligiga qurilish ishlarini boshlash uchun yuborilgan xabarnomalar va berilgan ruxsatnomalar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish va onlayn
rejimda taqdim etib borish lozim deb hisoblaymiz. Chunki, qurilish tashkilotlari tomonidan mulkchilik
shaklidan qat’iy nazar qurilish mollarini xarid qilish bilan bog‘liq “bir kunlik firmalar” mablag‘larni
naqdlashtirish holati hamon kuzatilmoqda.
Yettinchidan,
ayrim soliq to‘lovchilar tomonidan soliqqa tortiladigan bazani kam
aytirish
maqsadida hisob raqamiga “ustav fondini shakllantirish”, “aylanma mablag‘larni to‘ldirish” kabi to‘lov
maqsadi bilan pul mablag‘lari tushumini amalga oshirish holatlarining keskin ko‘payib ketishi
kuzatilmoqda.
Shu boisdan
,
soliqdan qochishdagi ma
zkur yo‘nalishning oldini olishda Ustav fondini
shakllantirishda ta’sischi (fuqaro) tomonidan ustav fondini to‘ldirish yoki aylanma mablag‘larni
to‘ldirish uchun kiritilayotgan pul mablag‘lari manbasi bo‘yicha soliq organlariga deklaratsiya taqdim
etish tizimini joriy etish zarur. Buning natijasida esa, haqiqatdagi savdo tushumlarini soliqdan qochish
maqsadida, “ustav fondini shakllantirish”, “aylanma mablag‘larni to‘ldirish” kabi topshirishning oldi
olinadi va byudjetga soliqlar to‘liq hisob
-kitob qilinishiga olib keladi.
Sakkizinchidan,
byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar tomonidan davlat xaridlari uchun
“bir kunlik” firmalar bilan soxta bitimlar tuzgan holda tovarlar, xizmatlar narxini sun’iy oshirish orqali
byudjet mablag‘lari naqdlashtirilmoqda va bu “bir kunlik” firmalar ishlash jarayonini davom ettirishiga
sabab bo‘lmoqda. Ushbu muammoning oldini olish maqsadida byudjetdan moliyalashtiriladigan
tashkilotlar tomonidan davlat xaridlari uchun shartnoma imzolanadigan sotuvchi-
korxonalarni “Soliq
xavfi (qizil, sariq, yashil) va soliq uzilishi “Tax gap” darajasiga qarab, shartnoma tasdiqlanishi yoki
tasdiqlanmasligini ko‘rib chiqish lozim.
Misol uchun: Soliq xavfi darajasi qizil yoki sariq bo‘lgan hamda soliq uzilishi koeffisienti 0,6
dan
yuqori bo
‘lganda shartnoma avtomatik shakllanmasligiga doir cheklov o‘rnatish, bunda, Davlat soliq
qo‘mitasi tomonidan soliq xavfi yuqori deb baholangan sub’ektlarni rasmiy veb saytda joylashtirish va
doimiy tarzda yangilab borish orqali savdo va tenderlarda ishtir
okini cheklash bo‘yicha qurilish
vazirligi, g‘aznachilik va tegishli idoralar bilan elektron tarzda ma’lumotlar almashinishni yo‘lga qo‘yish
zarur bo‘ladi.
To‘qqizinchidan,
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va o‘zini
-
o‘zi band qilgan shaxslar hisobidan
byudjetga qo‘shimcha manbalarni jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
20
Bunda,
o‘zini o‘zi band qilish amaliyotining tahlili asosida o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatini qayta
ko‘rib chiqish (kengaytirish), norasmiy sektorda band bo‘lgan fuqarolarni o‘zini o‘zi
band qilgan shaxs
sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish., o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni bosiqchma
-bosqich qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikasi va bank plastik kartochkalari orqali hisob-
kitoblar bo‘yicha
to‘lov terminallaridan foydalanishga o‘tkazish hamda tijorat banklarida hisobvaraqlari ochirish ishlarini
jadallashtirish lozim bo‘ladi.
O‘ninchidan,
qurilish va sohasida yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishni kuchaytirish lozim.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun markazlashgan investisiyalar hisobiga qurilishni amalga
oshirishda smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan muhim hisoblash ko‘rsatkichlarni Davlat soliq qo‘mitasiga
avtomatik tarzda taqdim etish, sotib olinayotgan ayniqsa import qilinayotgan tovar-moddiy
boyliklarning narxini pasaytirib yoki orttirib ko‘rsatilishi holatlarining oldini olish, Davlat soliq
qo‘mitasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi birgalikda qurilish ob’ektlariga ishchilar soni va
ularga to‘lov turlarini aniqlash maqsadida sayyor tekshiruvlar o‘tkazishlari va boshqa qurilish sohasida
soliq nazoratini kuchaytirishga qaratilgan choralarni ko‘zda tutish lozim bo‘lad
i.
B) Huquqiy-iqtisodiy chora-tadbirlar:
Birinchidan,
ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 30-oktabrdagi
“Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyatini samaradorligini oshirish bo‘yicha
chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF
-6098-sonli Farmonining 19-bandida davlat soliq xizmati organlarining
mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat soliq va
valyuta qonunchiligiga rioya qilishga doir tekshiruvlarni o‘tkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan ko‘p
bo‘lmagan muddatga jalb qilinishi mumkinligi belgilangan.
Bu erda muammo shundaki, jinoyat ishi doirasida tayinlangan taftish doirasida soliq
qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlarda qatnashish uchun so
liq organi
xodimlarini surunkali ravishda (oylab) jalb etilishi holatlari mavjud.
Ushbu muammoning echimi sifatida jinoyat ishi doirasida tayinlangan taftish doirasida soliq
qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlarda qatnashish u
chun soliq organi
xodimlarini haftasiga 16 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga jalb etilishini nazoratga olish va prokuratura
organlarini ichki idoraviy hujjatlarida bu haqda belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Ikkinchidan,
O‘zbekiston Respublik
asi Jinoyat-prosessual kodeksining 187-2-moddasiga binoan
JPKning 187-6-
moddasida tekshirilayotgan sub’ekt mansabdor shaxsining yoki vakilining yo‘qligi
taftishni bekor qilish uchun asos bo‘lmasligi, bunday holda taftish tekshirilayotgan sub’ektning moliya
-
xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi, ishda mavjud bo‘lgan hujjatlar, axborot va materiallar asosida o‘tkazilishi
belgilangan.
Shuningdek, tekshirilayotgan sub’ektning hujjatlari, axboroti va materiallari yo‘qotilgan, yo‘q
qilingan yoki mavjud bo‘lmagan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxs taftishni tayinlash to‘g‘risidagi
qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan masalalarni o‘rganishni soliq, valyutaga oid, buxgalteriya to‘g‘risidagi
qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq o‘tkazishi mumkinligi belgilangan. Mua
mmo shundaki,
tekshirilayotgan sub’ektning hujjatlari, axboroti va materiallari yo‘qotilgan, yo‘q qilingan yoki mavjud
bo‘lmagan taqdirda soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha soliq auditi o‘tkazishni imkoni mavjud
emas.
Xulosa va takliflar.
Soliq ma'muriyatchiligini kuchaytirish uchun soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashni yanada samarali
aniqlash va oldini olish uchun soliq ma’muriyatining imkoniyatlarini, jumladan texnologik infratuzilma,
ma’lumotlar tahlili va malakali ishchi kuchini
oshirish.Yashirin iqtisodiyot bilan shug'ullanishga
moyilligi yuqori bo'lgan tarmoqlar va shaxslarga qaratilgan riskga asoslangan audit yondashuvlarini
amalga oshirish zarur.
Soliqdan boʻyin tovlaganlarga nisbatan qattiq jazo va sanktsiyalar, jumladan jar
imalar, jinoiy
javobgarlikka tortish va mulkni musodara qilish. Jismoniy shaxslarni qasos olishdan qo‘rqmasdan soliq
to‘lashdan bo‘yin tovlash faoliyati to‘g‘risida xabar berishga undash uchun ma’lumot beruvchini himoya
qilish dasturini amalga oshirish.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash bilan bog'liq jinoiy daromadlarni legallashtirish faoliyatini
aniqlash va oldini olish uchun soliq organlari va moliyaviy razvedka bo'linmalari o'rtasidagi
muvofiqlashtirishni yaxshilash. Soliq to'lashdan bo'yin tovlash maqsadida korporativ tuzilmalardan
noto'g'ri foydalanishning oldini olish uchun tadbirkorlik sub'ektlarining benefisiar egalik huquqini
aniqlash va tekshirish tartiblarini takomillashtirish. Baholash natijalari va soliq to'lashdan bo'yin
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
21
tovlashning paydo bo'layotgan tendentsiyalari asosida strategiyalarni muntazam ravishda ko'rib
chiqing va yangilang.
Ushbu taklif etilayotgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yashirin iqtisodiyotning
qisqarishiga va soliqqa rioya etilishini kuchaytirishga xizmat qiladi.Soli
q ma’muriyatchiligini
kuchaytirish, soliq tartib-
qoidalarini soddalashtirish, soliq to‘lovchilar bilimini oshirish va qat’iy jazo
choralarini qo‘llash orqali O‘zbekiston yanada shaffof va adolatli soliq tizimini yaratishi mumkin, bu esa
daromadlarni yig‘ish va iqtisodiy o‘sishning oshishiga olib keladi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
F.Axmedov (2023) Soliq to‘lashdan qochish xavflarini aniqlashda zamonaviy fiskal nazorati
takomillashtirish: (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati.
–
Toshkent.
O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari.
Андреева В.А.
(2017)
Повышение налоговой грамотности и културы участников налоговых
правоотношений. Экономика Интерактивная наука |4 (14). стр.136
-140.
Аронов А ва Кашин В (2007) Налоги и налогообложение М.: Магистр.
Жалонкина И, (2012) “Модернизатсия механизмов взыскания налоговой задолженности в
Российской федератсии”. Автореферат диссертатсии на и соискание ученой степени кандидата
экономических наук с.14.
Кристина Ф.Б.
(2004)
“The Informal Economy” march, Шведский Международный агентство
сотрудничества развития СЕ
-
105 25 Стокголма Швесия.
Кузнесов А.Л.
(2016)
Налоговая политика и налоговые органы: реалное состояние,
проблемы, перспективы (регионалный аспект). [Електронный ресурс]. –
Режим доступа:
http://vasilievaa.narod.ru/zhurnal
Нормурзаев У.Х.
(2014)
Иқтисодиётни тартибга солишда солиқ имтиёзларининиг
аҳамияти ва бюджет даромадларини шакллантиришдаги роли//Экономика и финансы
(Узбекистан).
№4.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/i
-tisodiyotni-tartibga-solishda-soli-
imtiyozlarininig-a-amiyati-va-byudzhet-daromadlarini-shakllantirishdagi-roli
Нормурзаев У
.
Х
.
(2020) Солиқ имтиёзлари орқали иқтисодиёт тармоқлари ҳамда
соҳаларида тизимли таркибий ислоҳотларни қўллаб
-
қувватлаш сиёсати // Экономика и
финансы (Узбекистан). №4 (136). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/soli
-imtiyozlari-or-ali-i-
tisodiyot-tarmo-lari-amda-so-alarida-tizimli-tarkibiy-islo-otlarni-llab-uvvatlash-siyosati.
Нормурзаев, У. (2021). Тадбиркорларни қўллаб
-
қувватлашда солиқ имтиёзларини бериш
орқали самарали усуллардан фойдаланиш йўллари. Economics and education, (3), 91
-95.
Нормурзаев, У. (2022). Хукуматимиз томонидан солиқ маъмурчилиги бўйича 2018
-2022
йилларда амалга оширилган солиқ ислоҳотлари натижалари. Иқтисодиёт ва инновацион
технологиялар, 10(5), 325
-330.
Нормурзаев, У. (2023). Солиқ имтиёзлари бериш тартибини такомиллаштириш
масалалари. Economics and education, 24(1), 334
-339.
Нормурзаев, У. (2023). Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси доирасида молия
бозорининг долзарб муаммолари тадбиркорликни тенг рақобат шароитларини яратиш ҳамда
яширин иқтисодиёт улушини қисқартириш йўлари. Приоритетные направления, современные
тенденции и перспективы развития финансового рынка, 88
-89.
Нормурзаев, У. Х. (2021). 2021 йилдаги солиқ маъмурчилиги ҳамда солиқ кодексига
киритилган ўзгартириш ва қўшимчалар юзасидан. Интернаука, (6
-2), 99-100.
Нормурзаев, У. Х. (2021). Ҳукуматимиз томонидан берилаётган
солиқ имтиёзларининг
ҳисобини юритиш ва самарадорлигини таҳлил қилиш масалалари. Экономика и финансы
(Узбекистан), (10 (146)), 47
-56.
Покровский А.К.
(2011)
Риск
-
менеджмент на предприятиях промышленности и
транспорта: учеб. пособие / А. К. Покровский. М.:
Изд
-
во Кнорус, 160 с.
Шумпетер Й.
(2007)
Теория экономического развития. Капитализм, сотсиализм и
демократия / Й. Шум
-
петер. М.: Изд
-
во Эксмо, 864 с.
