Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
155
MARKETING ASOSIDA TURISTIK XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISHNING
HUDUDIY JIHATLARI
Matkuliyeva Sanobar Ismailovna
Ma’mun Universiteti nodavlat
oliy
ta’lim
muassasasi
ORCID:
0000-0001-7280-9982
Begimqulov Javoxir Jo‘raqul o‘g‘li
Guliston davlat universiteti
ORCID: 0009-0002-8903-1227
Annotatsiya.
Bugungi kunda jahonda turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida aholini yangi ish
o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida turistik
-
rekreatsiya ob’ektlaridan foydalanish
mexanizmlarini takomillashtirishga asos yaratadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj ortib
bormoqda. Shu jihatdan mazkur maqolada mamlakat hududlarida turistik xizmatlar bozorini
rivojlantirishda marketing yondashuvining o‘rni tahlil qilingan.
Kalit s
o‘zlar:
turizm, turistik soha, turistik industriya, turistik mahsulot,turistik klaster,
turistik marketing, turistik xizmat, turistik hudud, investitsion iqlim, turistik destinatsiya, turizm
xizmatlari eksporti.
РЕГИОНАЛЬНЫЕ
АСПЕКТЫ
РАЗВИТИЯ
ТУРИСТСКИХ
УСЛУГ
НА
ОСНОВЕ
МАРКЕТИНГА
Маткулиева
Санобар
Исмаиловна
Негосударственное
высшее
учебное
заведение
университета
Маьмун
Бегимкулов
Джавахир
Джуракул
угли
Гулистанский
государственный
университет
Аннотация.
Сегодня
возрастает
потребность
в
научных
исследованиях,
которые
заложат
основу
для
совершенствования
механизмов
использования
туристско
-
рекреационных
объектов
в
целях
дальнейшего
развития
сферы
туризма
в
мире,
увеличения
его
доли
в
макроэкономических
показателях,
обеспечения
населения
новыми
рабочими
местами
в
регионах
страны.
В
этой
связи
в
данной
статье
проанализирована
роль
маркетингового
подхода
в
развитии
рынка
туристских
услуг
в
регионах
страны.
Ключевые
слова:
туризм,
туристская
отрасль,
туристская
индустрия,
туристский
продукт,
туристский
кластер,
туристский
маркетинг,
туристское
обслуживание,
туристская
зона,
инвестиционный
климат,
туристское
направление,
экспорт
туристских
услуг.
UO
‘
K: 338.48
II SON - FEVRAL, 2024
155-164
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
156
REGIONAL ASPECTS OF TOURISM SERVICES DEVELOPMENT
BASED ON MARKETING
Matkulieva Sanobar Ismailovna
Mamun University
Begimkulov Javakhir Jurakul ugli
Gulistan State University
Annotation.
Today, there is an increasing need for scientific research that will lay the
foundation for improving the mechanisms of using tourist and recreational facilities in order to
further develop the tourism sector in the world, increase its share in macroeconomic indicators,
and provide the population with new jobs in the regions of the country. In this regard, this article
analyzes the role of the marketing approach in the development of the tourism services market in
the regions of the country.
Key words:
tourism, tourism industry, tourism industry,tourism product, tourism cluster,
tourism marketing, tourism services, tourist zone, investment climate, tourist destination, export
of tourist services.
Kirish.
Turizm sohasi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bandlik, valyuta va soliq
tushumlarining asosiy manbai hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda turistik
daromadlarning valyuta oqimi xorijiy donorlardan olinadigan barcha yordam oqimlaridan
ancha katta. “World Travel & Tourism Council” ma’lumotlariga ko‘ra, sayohat va turizm uchun
sarflangan har bir dollar uch dollardan ortiq iqtisodiy daromad keltiradi. Dunyo bo‘ylab ushbu
sohada 100 milliondan ortiq ishchi ishlaydi, yuqori sifatli mehmonxonalar byudjet
me
hmonxonalaridan ikki barobar ko‘p ish o‘rinlari yaratadi.
Hozirgi kunda turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar
salohiyatini oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Respublikada turizm ko‘pincha qadimiy
shaharlar, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Mamlakatning betakror
tabiati, milliy qo‘riqxonalari, tog‘li hududlarida turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat
mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat
iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi.
Bugungi kunda jahonda turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlaridagi ulushini oshirish, mamlakat hududlarida aholini yangi ish o‘rinlari bilan
ta’minlash maqsadida turistik
-
rekreatsiya ob’ektlaridan foydalanish mexanizmlari
ni
takomillashtirishga asos yaratadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu jihatdan
mazkur ilmiy-tadqiqot ishida mamlakatimizda turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish
muammolari va istiqbollari tahlil qilingan.
Adabiyotlar sharhi.
Turizm bozoridagi tovar va xizmatlarning xaridorlari, iste’mol
-
chilari o‘zgarib
turganligidan bu bozor mahsulotlarining raqobatbardoshligini saqlash, sotish va boshqa
ko‘plab muammolarni echish ham turizmda o‘ziga xos bo‘lgan menejment tiz
imini ishlab
chiqishni talab qilmoqda.
Hududning turistik resurslari o‘ziga xos resurs turi hisoblanadi va ularni tasniflash
borasida alohida yonlashuvlarni talab qiladi. Turistik resurslarni tasniflash turizm sohasi
rivojlanishining turli bosqichlarida olimlar tomonidan amalga oshirilgan. Jumladan, polyak
iqtisodchisi M. Trausi (1963 y.) turistik resurslarni uch guruhga ajratadi: tabiiy (iqlim, havo,
manzara, dengiz, daryo, tog‘lar, o‘rmon va boshq.); inson mehnati bilan yaratilgan resurslar
(me’moriy inshootlar, haykallar, san’at asarlari va boshq.) va qo‘shimcha (xizmat ko‘rsatish
maqsadida inson mehnati bilan yaratilgan resurslar-infratuzilma) (Trusova, 2017).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
157
Rossiyalik mutaxassislardan yana biri K. Volkov marketing nazariyasi-ning alohida sohasi
sifatida turistik marketingning vujdga kelishini tadqiq qilgan. Uning fikricha, marketing dastlab
moddiy soha va tarmoqlarda tovarlarni bozorga olib kirishning samarali vositasi sifatida
qo‘llanilgan bo‘lsa, bugungi kunda turistik korxonalarning daromadlilik darajasi ular
tomonidan qo‘llanilayotgan marketing usul va vositalariga bog‘liq (Volkov, 2018).
Tizimli yondashuvdan keng foydalangan holda turizmni tadqiq qiluvchi turli olim va
mutaxassislar turizmni tizim sifatida tasavvur qilish imkonini beruvchi turli yondashuv va
modellarni taklif qiladilar. Bu boradagi bir muncha muvaffaqiyatli yondashuvlardan biri bu
Meysen universiteti (AQSh Oklend shahri) professori N.Leyper tomonidan taklif etilgan model
hisoblanadi (Leiper, 1979). Mazkur modelda u turizmni quyidagi uch unsurdan tashkil topgan
tizim sifatida talqin qiladi: 1) turistlar; 2) turizm industriyasi; 3) turistlarning kelib chiqish
hududi, tranzit hudud va turistik destinatsiyadan tarkib topuvchi geografik tashkil etuvchi.
“Turistik manzil” tushunchasini turli ilmiy nuqtai nazardan tavsiflovchi asosiy
nazariyalarni ko‘rib chiqamiz. V.Altxov “destinatsiya” tushunchasini iste’molchi nuqtai
nazaridan ma’lum bir joy manzili yoki maqsadli hudud sifatida ifodalaydi. D. Pirs “destinatsiya”
tushunchasini psixologik nuqtai nazardan sayyohlarning ushbu joyga tashrif buyurishi ularda
turli yoqimli taa’surot, his
-
tuyg‘u va tajribalar qoldirishi sifatida talqin qiladi (Pearce, 1989).
Mamlakatimiz iqtisodichi olimlaridan Sh. Ergashxodjaeva turizmni rivojlantirishda
raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanish masalalariga to‘xtalib o‘tadi, uning fikricha
raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlar sifat
ini oshirishga
xizmat qiladi va ayni chog‘da xarajatlarni pasaytirish imkonini beradi (Ergashxodja
yeva, 2022).
Sohaning taniqli mutaxassislaridan biri M. Alimova o‘z tadqiqotlarida turistik
marketingning boshqa tarmoq va sohalardagi marketingdan farqli jihatlari haqida so‘z yuritadi.
Uning fikricha, turizm marketingi pirovard natijada turistik mahsulotlarni moddiylashtirish
imkonini beradi (Alimova, 2022).
Tadqiqot metodologiyasi.
Turistik mahsulot va xizmatlar iqtisodiyotning real sektorida yaratiluvchi tovar va
mahsulotlardan bir muncha farq qiladi. Ularning o‘ziga xosligi dastlabki shart
-
sharoitlarda ko‘z
ilg‘amasligi va keyinchalik iste’molchining qoniqish hosil qilishi orqali m
oddiylashishida
namoyon bo‘ladi. Turistik soha bilan iqtisodiyotning real sektor korxonalari marketingini
o‘zaro qiyoslash, olingan natijalarni umumlashtirish orqali turistik mahsulot va xizmatlar
marketingining hududiy jihatlari borasida yakuniy xulosa va takliflar ishlab chiqildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Turizm xizmat ko‘rsatish sohasining muhim bo‘lagi sifatida
iqtisodiyotning eng yirik va
dinamik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Soha rivojlanishining yuqori sur’atlari va katta
miqdordagi valyuta tushumlari iqtisodiyotning turli sohalariga faol ta’sir ko‘rsatishi asnosida
turizm industriyasining shakllanishiga xizmat qiladi.
Turizm uchun muvaffaqiyatli kechgan 2023-
yildan so‘ng xalqaro turizm 2024 yilda
o‘zining pandemiyadan oldingi darajasiga qaytish arafasida. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Butun jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, global turizm fa
olligi 2023
yilda pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichning 88 foiziga etdi. 2023 yilda 1,3 milliard kishi xorijiy
mamlakatlarga sayohat qilgan.
Talabning ortishi, havo yo‘llari orqali aloqalarning kengayishi va Osiyo bozorlari va
yo‘nalishlarining yanada faol tiklanishi 2024 yil oxiriga qadar global turizmni to‘liq tiklash
uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
UNWTOning so‘nggi ma’lumotlari turizmning barqarorligi va tez tiklanishini, sohaning
2024 yil so‘nggiga qadar pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlarga qaytishiga umid bag‘ishlaydi.
Qayta tiklanish allaqachon iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari va jamoalar imkoniy
atlariga sezilarli
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi ma’lumotlar turizm tiklanishining ijobiy iqtisodiy ta’siri
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
158
allaqachon sezilayotganligini ko‘rsatadi. Dastlabki hisob
-
kitoblarga ko‘ra, xalqaro turizm
daromadi 2023 yilda 1.4 trln.dollar yoki 2019 yilda ko‘rilgan global turizm daromadlarining 93
foizini tashkil qildi. 2023 yilda turizm xizmatlari eksporti orqali topilgan daromadlar dunyo
bo‘yicha 1,6 trln. dollar yoki 2019 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 95 foizga etdi. Shuningdek,
dastlabki hisob-
kitoblarga ko‘ra, global YaIMda turizmning ulushi 3,3 trln. dollar yoki global
YaIMning 3 foizini tashkil qilmoqda.
Turizmning tiklanishi tarmoq ko‘rsatkichlari dinamikasida ham o‘z aksini topmoqda.
2023 yil oktyabr oyiga kelib, xalqaro havo tashuvlar va yo‘lovchilarga bo‘lgan talab
pandemiyadan oldingi darajaga nisbatan taxminan 90 foizga tiklandi.
2024 yilda turizmni tiklashning asosiy omillari quyidagilar bo‘lishi mumkin: viza rejimini
soddalashtirish hisobiga Xitoyda chiqish va kirish turizmining o‘sishi (Xitoy Frantsiya,
Germaniya, Italiya, Gollandiya, Ispaniya va Malayziya fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy
qilishni rejalashtirgan), yaqin Sharqqa sayohat qilish borasida viza olishni soddalashtirish
choralari va Ko‘rfaz hamkorlik Kengashining Shengenga o‘xshash yagona sayyohlik vizasini
joriy etish rejalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Yevropada yana turizm
o‘sishi kutilmoqda: Ruminiya va Bolgariya mart
oyida Shengen hududiga qo‘shiladi, Parijda esa iyul va avgust oylarida yozgi Olimpiya o‘yinlari
o‘tkaziladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolarining ham xorijga sayyohlik oqimlari
kuchayishi kutilmoqda.
Dunyo hamjamiyatiga jadal integratsiyalashayotgan O‘zbekistonda ham turizmning
jonlanayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, 2023 yilga kelib O‘zbekistonga tashrif buyurgan
xorijiy sayyohlar soni ning bir pandemiyadan oldingi darajasiga deyarli tenglashganligini
ko‘rishimiz mumkin (1
-rasm).
1-rasm. 2018-2023 yillar davomida
O‘
zbekistonga tashrif buyurgan
xorijiy sayyohlar soni, ming kishi
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar
-dekabr oylarida 6,6
mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu
ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln. nafarga yoki
26,6 % ga
oshgan.
Tahlillarga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonga 2023 yilda eng ko‘p
Tojikiston (2155,2
ming nafar),
Qirg‘iz Resp
ublikasi (1757,1 ming nafar),
Qozog‘iston
(1333,3 ming nafar) va
Rossiya (714,3 ming nafar) fuqarolari tashrif buyurishgan.
58
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof
-
muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi
ma’lumotlari asosida tuzilgan
.
5 346 219
6748512
1504126
1881334
5232780
6624700
0
1 000 000
2 000 000
3 000 000
4 000 000
5 000 000
6 000 000
7 000 000
8 000 000
2018
2019
2020
2021
2022
2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
159
2019 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar 2
-3 kun mamlakatda qolgan
va o‘rtacha 197 AQSh dollari sarflashgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 4
-5 kunni va
o‘rtacha 400 AQSh dollarini tashkil qilmoqda. 2023 yilning 3
-choragi yakunlari
bo‘yicha
turizmdan olingan daromad 1,72 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan. Shundan kelib chiqqan
holda, turizmning milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish borasidagi imkoniyatlarini inobatga olgan holda, “O‘zbekiston
-
2030”
strategiyasida O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar
yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish, bunda xorijiy turistlar sonini 15 millionga, ichki
sayyohlar sonini 25 millionga, ziyorat turizmi
bo‘yicha keladigan turistlar sonini
3 million
nafarga oshirish; xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada 30 ta yirik turizm
klasterlarini
tashkil etish, mehmon o‘rinlari sonini kamida
2 barobarga
oshirish, tog‘li
hududlarda 25 ta
dor yo‘llari qurish, turizm mahallalari sonini
175 taga etkazish; turizm
xizmatlari eksportini 5 milliard
dollarga etkazish, tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga
1,5
milliard dollarga etkazish
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan (
F
а
r
mоn, 2023)
.
Bozor munosabatlari tizimida turistik tashkilotlarning barqaror ishlashi va ularning
ijtimoiy-madaniy missiyasini bajarish qobiliyati, avvalambor, aholiga taqdim etilayotgan
turistik xizmatlarning ko‘lami, sifati va xizmat ko‘rsatish darajasiga bog‘liq bo‘
lib, ular maqsadli
auditoriyaning umidlari va tasavvurlariga javob berishi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
raqobatbardoshligining asosiy omili sifatida xizmat qilishi lozim.
Biroq, to‘yingan bozor, turistik mahsulot tarkibidagi doimiy o‘zgarishlar,
sayohatchilarning o‘sib borayotgan ehtiyojlari va turoperatorlar va sayyohlik agentliklari
o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi sharoitida turistik tashkilotlarning bozordagi mavqeini
saqlab qolish va mustahkamlash zarurati raqobat muhitiida iqtisodiy rivojlanish uchun yangi
imkoniyatlarni izlashga majbur qiladi.
Hududlarning turistik imkoniyatlarini ishga solish masalasiga to‘xtalar ekanmiz, bugungi
kunda ularning aksariyati etarli moddiy-texnik baza va iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni
boshqarishning amaliy mexanizmlariga ega emasligiga guvoh bo‘lamiz.
Turizm sohasida qandaydir tarzda yagona mintaqaviy boshqaruv tizimiga
moslashtirilishi lozim bo‘lgan ko‘plab korxona va tashkilotlar mavjud, bunda asosiy maqsad
bozorda uzoq muddatli raqobatbardoshlikni ta’minlashdan iborat.
Turizm o‘zining asosiy xususiyatlariga ko‘ra iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllaridan
tubdan farq qilmaydi. Shu sababli, zamonaviy marketingning barcha mavjud qoidalari turizm
sohasida to‘liq qo‘llanilishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, turizmni nafaqat tovarlar savdosi, balki xizmat ko‘rsatishning
boshqa shakllaridan ham ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyati ham mavjud. Bunda bir
paytning o‘zida ham xizmat va hamda tovarlar savdosi mavjud bo‘ladi (mutaxassislarni
ng
fikriga ko‘ra, turizmda xizmatlarning ulushi 75%, tovarlar
- 25%ni tashkil qiladi), shuningdek
turistik xizmat va tovarlarning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, ular xizmatlar ko‘rsatilgan va
tovarlar ishlab chiqarilgan joyda iste’mol qilinadi.
Mehnat natijasi ma’lum bir tovar yoki mahsulot bo‘lgan an’anaviy ishlab chiqarish
sharoitida marketing bir muncha aniq mazmun va mohiyatga ega bo‘ladi. Turizmda faoliyat
natijasi turistik mahsulotda mujassam-
lashadi va o‘z navbatida turizm marketingi turis
tik
mahsulot uchun xos bo‘lgan jihatlarni bozor nuqtai nazaridan takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
Odatda, marketingning umum qabul qilingan ta’rifi mavjud emasligi bois, turizm marketingini
ham yaxlit tarzda talqin qilishning imkoni yo‘q.
Turizm marketingi turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar uchun marketing
tadbirlarini rejalashtirish va uni amalga oshirishni ko‘zda tutadi, bunda mijozlarning
ehtiyojlariga moslashtirilgan xizmatlarni rivojlantirish, turistik mahsulotni shakllantirish, uni
bozorga chiqarish va reklama qilish kabilarga alohida urg‘u beriladi.
JST tomonidan berilgan “turist” tushunchasining ta’rifiga asoslanib, frantsuz
mutaxassislari Lankar va Ole turizm marketingini qo‘yilgan maqsad va vazifalarga echim topish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
160
maqsadida ishlab chiqilgan asosiy usul va yondashuvlar majmui sifatida e’tirof etadilar
(Zubkova, 2011).
Ushbu usul va yondashuvlar yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan asosiy narsa
- korxonalar
tomonidan turistik xizmatlar borasida mavjud yoki yashirin ehtiyojlarni hisobga olishga imkon
beruvchi faoliyatni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy jihatdan faoliyati yuritishning oqilona yo‘llarini
izlab topish,psixologik va ijtimoiy omillar nuqtai nazaridan iste’molchilarning ehtiyojlarini
to‘liq qondirish imkoniyatlarini aniqlashtirishdan iborat.
Mehmondo‘stlik va sayyohlik sohasida ishlaydigan odamlar, ularning o‘zlari ham bozorga
olib chiqilayotgan mahsulot va xizmatlarning bir qismi ekanliklarini tushunib etishlari lozim.
Ko‘pincha arzimas bo‘lib ko‘ringan telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish,
salomlashish,
mehmonlarning muammolarini hal qilish kabi kichik detallar turistik mahsulot sifatini
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Turistik kompaniyaning o‘z faoliyatida buni doimo
yodda tutishi lozim. Mehmondo‘stlik sohasida aslida marketing bo‘l
imining xodimi kim
ekanligini bilish mushkul, chunonchi xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi har bir xodim
iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim.
Turizm faoliyatining deyarli barcha ishtirokchilari u yoki bu darajada marketing bilan
shug‘ullanish zarurati bilan duch keladilar.
Turistik mahsulot
–
bu sayyohlarning muayyan ehtiyojlarini qondiruvchi va ular
tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan har qanday xizmatdir. Umumiy holatda vositachilik,
ekskursiya, kommunal, tarjimonlik, mehmonxona, transport, maishiy va boshqa xizmat
turlarini turistik xizmatlar majmuiga kiritish mumkin. "Turistik mahsulot" ni tor va keng
ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’noda turistik mahsulot
-bu turizm industriyasi har qanday
sub’ektining xizmatlari (masalan: mehmonxona xonasi, turoperatorning sayyohlik mahsu
loti,
aviakompaniya xizmatlari va boshqalar). Keng ma’noda turistik mahsulot turistik sayohatni
(turni) yaratadigan yoki u bilan bevosita aloqada bo‘lgan tovarlar va xizmatlar to‘plamini ifoda
etadi. Asosiy turistik mahsulot
–
bu to‘liq xizmat, ya’ni sayyohlarga bitta “to‘plam” da taqdim
etiladigan odatiy xizmatlardir.
Turistik mahsulot iste’molchi uchun yaxshi xarid ob’ekti bo‘lib xizmat qilishi lozim. Bu o‘z
navbatida turizm sohasi korxonalari marketingini muayyan tijorat maqsadlariga erishishga
yo‘naltirilgan tizimli chora
-tadbirlar majmui sifatida talqin qilish imkonini beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, turizm marketingi borasida quyidagi ta’rif o‘rinli
sanaladi: turizm marketingi
–
bu taklif etilayotgan xizmatlarni bozorda talab qilinuvchi va
turistik korxona raqobatchilarga qaraganda foydali va samaraliroq taklif qila oladigan
xizmatlar bilan doimiy muvofiqlashtirish tizimidir.
Ushbu ta’rif turizm marketingini tashkil qilishda yodda tutish lozim bo‘lgan bir qator
holatlarni o‘z ichiga oladi.
1. Marketing nafaqat turistik xizmatlarni reklama qilish va sotish, balki iste’molchilar
talabini hisobga olgan holda turistik korxona faoliyatini tashkillashtirishga qaratilgan xatti-
xarakatlarning butun bir majmuidir.
2. Marketing-bu kelajakni bashorat qilishga qaratilgan doimiy amalga oshuvchi
jarayondir.
3. Turistik korxonaning ichki faoliyatini amalda tashqi muhit bilan bog‘lash zarur.
4. Xizmatlarga iste’molchi nuqtai nazaridan qarash va iste’mol talabining o‘zgarishini
bashorat qilishga harakat qilish lozim.
5. Yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali foyda olishga intilish kerak.
Turizmda marketing turli mamlakatlar tadbirkorlarining birgalikdagi ijod mahsulidir.
Marketing vaqt o‘tib borishi bilan takomillashib boradi. Bozor munosabatlari rivojlanishining
har bir bosqichida turizmda tijorat faoliyati borasida alohida yondashuvlar qaror topgan.
Ba’zi mualliflar turizm marketingi kontseptsiyasini global iqtisodiyot nuqtai nazaridan
tushuntirishga harakat qiladilar, xususan, shveytsariyalik mutaxassis E. Kripendorf: turizm
marketingi-bu hududiy, milliy yoki xalqaro rejalar asosida turizm korxonalari faoliyatini
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
161
muntazam ravishda o‘zgartirish va muvofiqlashtirish, shuningdek,turizm sohasidagi xususiy va
davlat siyosatidir, deb ta’riflaydi. Bunday o‘zgarishlarning maqsadi tegishli foyda olish
imkoniyatini hisobga olgan holda ma’lum iste’molchilar guruhlarining ehti
yojlarini yuqori
darajada qondirishdir.
M. Alimova hududiy turizm bozorida integratsiyalashgan marketing kontseptsiyasini
amalga oshirish maqsadida turistik tashkilotlarning marketing tadbirlari sifatida bozor
imkoniyatlarini tahlil qilishva istiqbolli maqsadli bozorlarga yo‘naltirilgan mark
eting
tadbirlarni amalga oshirish; marketing strategisini (marketingning kompleks strategiyalari:
narx strategiyasi, tovar strategiyasi, sotish strategiyasi, siljitish strategiyasi, xodimlarlarga
oid strategiya, servis strategiyasi) ishlab chiqish; maqsadli bozor uchun turistik mahsulotni
(jumladan innovatsion turistik mahsulotni) shakllantirish; turistik maxsulotning bozorda
harakatini ta’minlash; turizmda marketingni rivojlantirishning milliy, mintaqaviy va maxalliy
kontseptsiyalarini amalga oshirish tadbirlarida ishtirok etish kabi masalalarga qaratilishi
maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi (Alimova, 2022)
Sifatli turistik xizmatlar iste’molidan manfaatdor tomonlar, xususan mijozlar turistik
xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarga kuchli bosim o‘tkazadilar. Har bir sayyohlik
kompaniyasi o‘z faoliyatini turli manfaatdor tomonlar va mijozlar qurshovida a
malga oshiradi,
shuning uchun ular o‘z ishtirokchilaridan xuddi shunday yo‘l tutishini kutishmaydi, chunki
mehmonxona egalari, mahalliy aholi va tashrif buyurgan sayyohlar o‘rtasida muayyan
ziddiyatlar mavjud bo‘ladi.
Katta mehmonxonalar kurort xizmatlarini taklif qilishdan unchalik manfaatdor emas,
chunki ularda mehmonlarni qabul qilish va dam olishni tashkil qilish uchun barcha zarur
imkoniyatlar mavjud. Sayyohlar hisobidan yashaydigan kichik mehmonxonalar sayyohlik
t
ashkilotining kurort taklifini takomillashtirish va tegishli tadbirlarni o‘tkazishdan manfaatdor.
Turistik tashkilot agar u o‘z faoliyatida umume’tirof etilgan me’yorlar, ustuvorliklar va
qadriyatlarga amal qilsa va hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli maqsadlarga
ega bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi turli guruhlar o‘rtasidagi manfaatlarni
tezroq muvozanatlashtirishi mumkin.
Turizm iqtisodiyot, ekologiya, siyosat kabi sohalarga katta ta’sir ko‘rsatadi, bu esa o‘z
navbatida turizmga ta’sir qiladi. Turistik hudud turli maqsadlar asosida tashrif buyuuruvchilar
hisobiga foyda ko‘radi. Bu o‘z navbatida hududlarda turistik oqimni ko‘paytirish, tashrif
buyuruvchilar sonini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi,
chunonchi turizm hisobiga daromadlarning oshishi mahalliy iqtisodiyotga multiplikativ ta’sir
ko‘rsatadi. Jumladan, Sirdaryo viloyatida turi
zmni rivojlantirish borasida bir qator
imkoniyatlar mavjud, xususan:
-
Sirdaryoning yer, suv va tabiat resurslari boy. Aholi jon boshiga ekin maydonlari boshqa
hududlarga nisbatan 2-
3 baravar ko‘p. Viloyatda qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlanganlik
darajasi ham yuqori,
viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2
-2,5
baravarga, eksport hajmini 5-7 baravarga oshirish imkoniyatlari mavjud;
-
Sirdaryo viloyati Respublika hududlarini Toshkent bilan bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prik
vazifasini o‘taydi, birgina Toshkent shahri va Toshkent viloyatining yaqinligi qariyb 5 mln.
iste’molchi mavjud bozor yaratish imkonini beradi;
-
Innovatsion iqtisodiyotning muhim sharti-
bu ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro
uyg‘unligi va hamkorligi hisoblanadi, lekin bugungi kunda bu hamkorlik etarlicha o‘zini
namoyon qilayotgani yo‘q;
-
Sirdaryo viloyati bir vaqtning o‘zida 2 qo‘shni davlat Qozog‘iston va Tojikiston bilan
yaqinligi logistika nuqtai nazaridan viloyatga qo‘shimcha afzalliklarni taqdim qiladi;
-
Sirdaryo viloyatiga bir oyda qo‘shni Respublikalarning kamida bir yarim ming nafar
fuqarolari davolanish uchun tashrif buyurishadi, bu viloyatda tibbiyot turizmi, umuman
olganda tibbiyot sohasini rivojlan-
tirishda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatad
i;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
162
-
Sirdaryoni innovatsion hududga aylantirishda oliy ta’limning ustuvor ahamiyat kasb
etishi, bu borada shu paytgacha viloyatda yagona oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat
ko‘rsatib kelgan Guliston davlat universitetida katta salohiyatning mavjudligi va
shu kabilar.
Aynan yuqorida tilga olib o‘tilgan hali ishga solinmagan imkoniyatlardan to‘laqonli
foydalanish borasida Prezident tomonidan Sirdaryo viloyatini kelgusida yanada taraqqiy
toptirish borasida beshta muhim tashabbus ilgari surildi, xususan Sirdaryo mamlakatimizni
Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan yirik logistika xabiga
aylantiriladi. Buning uchun, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda respublikaning sharqiy va
markaziy qismlarini hamda chet el yo‘nalishlariga
bog‘laydigan yang
i transport marshrutlari
va multimodal logistika markazi quriladi. Bulardan tashqari, yo‘llarni qurish, ta’mirlash va
boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish ham Sirdaryodan boshlanadi. Shu bilan bir qatorda,
tibbiyotdagi islohotlar natijasi va sohadagi imkoniyatlarga tayanib, Guliston shahri
mamlakatimizning “innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.
Turistik mahsulot va xizmatlarning hududiy ulushi oshib borgani sari hududning
iqtisodiy imkoniyatlari ortib boradi, bu o‘z navbatida mahalliy ishlab chiqarishning rivojiga
turtki beradi. Ajratilayotgan mablag‘lar landshaftlarni saqlash va himoya qilish uc
hun
yo‘naltirilishi sharoitida turizm hudud uchun ekologik nuqtai nazardan ham foydali
hisoblanadi.
Turizm boshqaruv ob’ekti sifatida turistik xizmatlarning majmuaviyligida namoyon
bo‘ladi. Turistik xizmat
-bu turist hisobga oladigan yoki sayohat paytida foydalanadigan hamma
narsa demakdir. Bundan kelib chiqadiki, turistik xizmat turist uchun ma’lum bir t
uristik
mahsulot bo‘lgan barcha turdagi xizmatlarni (moddiy va nomoddiy) o‘z ichiga oladi. Shaxsiy
turistik xizmatlar bir-
birini to‘ldiradi.
“Qo‘shimcha” xizmatlar tushunchasi turizmni boshqarish uchun muhimdir. Misol uchun,
“ta’tilga ketayotgan” sayyoh sayohatning oxirgi manzilida turar joy bo‘lmasa yoki u oziq
-ovqat
bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, sayohat qilishi dargumon.
Ushbu bog‘liqlik korxonani boshqarishda sezilarli natijalarga olib kelishi mumkin.
Alohida qo‘shimcha xizmatlar turli firmalar tomonidan amalga oshirilganligi sababli, bu
korxonalar bir-
biriga juda bog‘liq. Bu vaziyatdan chiqish yo‘li faqat kooperatsiyada
ko‘rinadi.
So‘nggi yillarda gorizontal yoki vertikal darajada amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan
turizm korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati oshdi.
Gorizontal kooperatsiya hamkorlikda faoliyatni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi. U turar joy,
xizmat ko‘rsatish, turizm vositachiligi, sog‘lomlashtirish va boshqalar sohalarida bir xil
manfaatlarga ega korxonalar tomonidan olib boriladi. Bu boradagi faoliyatning yana bir yangi
ko‘rinishi franchayzing tizimi hisoblanadi.
Vertikal kooperatsiya
–
bu bozorga egalik qilish va boshqa institutlarga qaramlikni
kamaytirishga intilayotgan korxona va tashkilotlar birlashmasi. Bunday tashkilotlarga ko‘p
hollarda milliy, mintaqaviy va mahalliy darajada tashkil etilgan, sayyohlarni dam olish va
joylashtirish
joylarini tartibga solish bilan shug‘ullanadigan davlat turizm tashkilotlari kiradi.
Ushbu tashkilotlar o‘z davlatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab turli xil integratsiya
ta’siriga duch keladilar, bunday kooperatsiya s
hakliga shuningdek, sayohat va
mehmonxonalarni
joylashtirish
sohasidagi
korxonalar
birlashmalari
(masalan,
mehmonxonalar tarmog‘iga ega havo transporti kompaniyalari)ni ham kiritish mumkin.
Turizm sohasida marketing katta ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, turistik
xizmat sotuvchisi o‘z xizmatlari borasida muayyan bir andozaga ega bo‘lmaganligi bois, o‘z
mahsulot va xizmatlarini iste’molchiga taqdim etishni faqatgina, yaxshi tashkil
qilingan
marketing tizimi orqali ta’minlay olishi mumkin.
Umumiy qilib aytganda, turizm marketingi
–
bu iste’molchilarning to‘liq qoniqishini
ta’minlash orqali daromadni ko‘paytirish maqsadida turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab
chiqish, ishlab chiqarish va sotish jarayonida turistik korxona faoliyatini muvofiqlashtirish
tizimidir, degan xulosaga kelamiz.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
163
Xulosa va takliflar
.
Hududlarning turistik-
rekreatsion salohiyatini to‘laqonli ishga solishda marketing
yondashuvlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz hududlarida milliy turistik korxonalar turistik xizmatlar bozorida katta
tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan kuchli raqobatchilar bilan birgalikda faoliyat olib bormoqda.
Shu sababli, turizm tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan strategiya –
mamlakatda turistik
hududlar raqobatbardoshligini oshirish va rivojlantirishga yo‘naltirilishi lozim.
Turizmda turistik ob’ektlar raqobatbardoshligini baholash muammosi turizm sohasida
boshqarish, zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi va amaliyotining bir muncha bahs va
munozaralarga boy mavzularidan biri hisoblanadi. Bugungi kunda turizm uchun jozibador
hisob
lanuvchi hududlar va mamlakatlar makonida ko‘rsatiluvchi turistik oqimlar tomonidan
qondiriluvchi talab sifatidagi tovar va xizmatlarning o‘lchamlarini aniqlash masalasi nafaqat,
bunday ko‘lamdagi turistik mahsulotlar ko‘lami va tuzilmasini yillik monitori
ng qilish, balki
ularni boshqa mamlakatlarda yaratilayotgan turistik mahsulotlarning o‘lchamlari bilan
solishtirish dolzarb vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatmoqda. Bunday taqqoslashlardan
ko‘zlangan asosiy maqsad
- turistlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ularga
yuqori sifatli turistik mahsulot va xizmatlarni taqdim etish, turistlarning talablarini yuqori
darajada qondirishning eng samarali yo‘llarini izlab topishdan iboratdir. Qo‘yilgan maqsadni
muvaffaqiyatli amalga oshira borib, mamla
katlar va hududlar turistik sektorga jalb qilingan o‘z
mamlakat va hududlarining byudjetlarini to‘ldirish va mahalliy aholining turmush darajasini
ko‘tarishga intiladilar. Bunday sharoitda turizm sohasida ob’ektlarning raqobatbardoshligini
shakllantirish borasida fanda va amaliyotda mavjud modellarni tadqiq qilish; ayniqsa,
mamlakatimiz tadrijiy taraqqiyotining o‘ziga xos ustun jihatlarini aks ettiruvchi mahalliy
turistik sanoatni rivojlantirish va hududiy turistik mahsulotlarni yaratish yo‘llarini izlab
to
pishga ehtiyoj sezilayotgan bugungi O‘zbekiston sharoitida raqobatbardoshlikni
baholashning asosiy omillarini ajratib olish borasida yangi uslubiy yondashuvlarni ishlab
chiqish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
F
а
r
mоn (2023) О‘zbеki
s
tоn
R
е
s
рublikа
s
i Р
r
еzidеntining 202
3
уil
11 sentabrdagi
РF
-158
s
оnli “О‘zbеki
s
tоn
-
2030” s
tr
аtеgiуа
si t
о‘g‘r
is
idаgi
f
а
r
mоni
Трусова Наталья Митрофановна, Трофимова Ирина Александровна (2017)
Методики классификации туристских ресурсов на примере Кемеровской области //
Вопросы
науки
и
образования.
2017.
№11
(12).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/metodiki-klassifikatsii-turistskih-resursov-na-primere-
(дата обращения: 25.02.2024).
Leiper N. (1979) The framework of tourism: Towards a definition of tourism, tourist, and the
tourist industry//Annals of tourism Research.
№6 (4)
P/390-407.
Pearce D. (1989) Tourism development. Цит.по: Машкович Е.А. Оценка понятия
«Туристическая дестинация» в контексте современной туристики//Известия
Иркутской государственной экономической академиии. Иркутск: ИГЕА, 2007.С.89.
Ergashxodjaeva, Sh
. (2022). Цифровой маркетинг как инструмент развития сферы
туризма.
Архив
научных
исследований,
2(1).
извлечено
от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1366
Волков С.К. Генезис туристического маркетинга как области научного знания в
теории маркетинга // Вестник Кемеровского государственного университета. Серия:
Политические, социологические и экономические науки. 2018.№ 4. S. 33
-46. DOI:
10.21603/2078-8975-2018-1-33-46
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
164
Алимова, Машхура
(2022)
“Ҳудудий туризм бозорида интеграциялашган маркетинг
концепциясини амалга ошириш йўналишлари: назария ва амалиёт” “Экономика и туризм”
международный научно
-
инновационной журнал
3.5.
Зубкова М.С.
(2011)
Задачи маркетинга как системы
на предприятиях туристского
бизнеса // Ученые записки Крымского федерального университета имени В. И.
Вернадского. Экономика и управление. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zadachi
-
marketinga-kak-sistemyna-predpriyatiyah-turistskogo-
biznesa (дата обращения: 25.02.2024).
Nurmuxammedova, Muxtabar Xasanovna, and Akmal Abdulazizovich Abduvoxidov.
"TURISTIK KLASTERLARNI YaRATISh VA RIVOJLANTIRIShNING NAZARIY ASOSLARI." Jurnal
Innovatsii v Ekonomike 4.6 (2021).
