Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
132
TIJORAT BANKLARIDA ISLOM DARCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING ISTIBOLLI
YO‘NALISHLARIGA OID ILMIY ADABIYOTLAR TAHLILI
Jiyanov O‘ktam
O’zbekiston xalqaro islom
akademiyasi
ORCID: 0000-0001-7711-6659
Sirojiddinov Shukrullo
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
ORCID: 0009-0004-9893-4406
Annotatsiya.
Islom darchasi
–
an’anaviy banklar ostida islom moliyasi tamoyillari asosida
faoliyat yurituvchi bankning
alohida filiali, bo’limi yoki sho’ba firmasi hisoblanadi. Islom darchasi
asosan islom banki faoliyati uchun huquqiy baza bo’lmagan sharoitda, ma’lum qonunlar
doirasida biron bir tijorat bankiga bo’ysungan holda faoliyat yuritadi. Biz bu tadqiqotda 25 ga
yaqin islom darchalariga doir yozilgan maqolalarni tahlil qildik. Tahlillarda asosan islom banki,
islom darchasi va an’anaviy bank o’rtassidagi statistik tahlillar, ularning yutuqlari, kamchiliklari
va xizmat ko’rsatish sifati to’g’risida ilmiy izlanish olib
bordik va kerakli takliflarni berdik.
Kalit so‘zlar:
islom darchalari, islom banklari, islomiy moliyalashtirish, islom bankchiligi,
mudoraba, murobaha, an’anaviy moliya.
ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ ПО ПЕРСПЕКТИВНЫМ НАПРАВЛЕНИЯМ
ФОРМИРОВАНИЯ ИСЛАМСКИХ ОКОН В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ
Жиянов Уктам
Международная исламская академия Узбекистана
Сирожиддинов Шукрулло
Международная исламская академия Узбекистана
Аннотация.
Исламское окно –
это отдельный филиал, отдел или дочерняя
компания банка, работающая по принципам исламского финансирования в рамках
традиционных банков. Исламский филиал преимущественно действует в условиях, когда
нет правовой основы для деятельности исламского банка, подчинённого любому
коммерческому банку в рамках определённых законов. В этом исследовании мы
проанализировали около 25 статей об исламских окнах. В ходе анализа мы в основном
провели научное исследование по статистическому анализу между исламским банком,
исламским окном и традиционным банком, их достижениями, недостатками и
качеством обслуживания и дали необходимые предложения.
Ключевые слова:
исламские окна, исламские банки, исламское финансирование,
исламский банкинг, мудараба, мурабаха, традиционные финансы.
UO‘K: 336.714
II SON - FEVRAL, 2024
132-142
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
133
A LITERATURE REVIEW ON PROMISING AREAS OF FORMATION OF ISLAMIC
WINDOWS IN COMMERCIAL BANKS
Jiyanov O‘ktam
International Islamic Academy of Uzbekistan
Sirojiddinov Shukrullo
International Islamic Academy of Uzbekistan
Annotation.
An Islamic window is a separate branch, department or subsidiary of a bank
operating under the principles of Islamic finance under traditional banks. The Islamic branch
mainly operates in conditions where there is no legal basis for the activity of an Islamic bank,
subject to any commercial bank within the framework of certain laws. We have analyzed about
25 articles on Islamic windows in this study. In the analysis, we mainly conducted a scientific
research on the statistical analysis between the Islamic bank, the Islamic window and the
traditional bank, their achievements, shortcomings and the quality of service and gave the
necessary suggestions.
Key words:
islamic windows, islamic banks, islamic finance, islamic banking, mudaraba,
murabaha, traditional finance.
Kirish.
So‘nggi yillarda jahon miqyosidagi inqirozlarni keltirib chiqarayotgan an’anaviy moliya
tizimi tobora yangi tamoyillar va vositalarni joriy etish asosida milliy moliya bozorlarini
diversifikatsiya qilish zarurligini talab qilmoqda. Shu munosabat bilan, islom moliya institutlari
bugungi kunda samarali muqobil tizim o‘laroq, nafaqat o‘zlarining ishonchliligini isbotladilar,
balki inqiroz vaziyatlarida eng kam zarar ko‘rgan moliya inst
itutlari qatoridan joy olishdi. Islom
iqtisodiy modelining maqsadi zamonaviy sharoitda moliya sohasidagi muammolarni hal
qilishda muqobil yondashuvni o‘z ichiga oladi. Lekin, islom moliya institutlarining asosiy
qismini tashkil qiladigan islom banklarining
faoliyati ba’zi davlatlar hukumatlari tomonidan
cheklangan bir vaziyatda, tijorat banklarida islom tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi islom
darchalari dunyo bozorida bu moliya tizimining tobora mustahkam o‘rin olishini
ta’minlamoqda.
O‘zbekistonda islom moliya sanoatining o‘sishi MDH mamlakatlari orasida sekinroq,
ammo bu mintaqada imkoniyatlarning ortib borayotgani tufayli jahon xalqaro bank
faoliyatining e’tiborini tortmoqda (Kayimova, 2021). MDH davlatlari hukumatlari ushbu
sektorni
rivojlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatsa, keyingi besh yil ichida islom banki sektori
sezilarli darajada o‘sadi.
2021-yilda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov bugungi kunda 14 ta bankda islom
darchasini yoʻlga qoʻyish ustida ishlar boshlangani va bunda islom tamoyillari asosida kredit
berish ishlari amalga oshirilishi haqida gapirib o‘tdi. “14 ta bankda islom darchalarini yoʻlga
qoʻyish ustida ishlar ketmoqda. Biz oldin juda oddiy oʻylar ekanmiz. Islom davlatlari banklarida
oʻzining maʼlum jihatlari bor ekan. Yaʼni men sizga islom tamoyillari asosida kredit berishim
uchun men sizga beradigan resursni ham islom ta
moyillari asosida jalb qilishim kerak boʻladi.
Yaʼni men foizga depozit jalb qilib sizga islom tamoyili asosida kredit bersam, siz olmasligingiz
mumkin. Chunki depozit jalb qilish islom tamoyiliga javob bermaydi. Bu borada biz, eng avvalo,
islom moliyasi b
oʻyicha savodxonlikni oshirish borasida maʼlum ishlarni amalga oshirishimiz
kerak” deydi Markaziy bank raisi
Uning taʼkidlashicha, islom
moliyasiga oid qonun loyihasi
qonunchilik palatasida birinchi oʻqishdan oʻtgan.
Ushbu qonun loyihasida islom moliyasi
boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun mikromoliya tashkilotlariga ruhsat berilgan. Bu
borada tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqilish jarayonida.
48
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
134
Bu bo‘yicha Qishloq Qurilish bank, Trastbank va Hamkorbank birinchilardan bo‘lib
O‘zbekistonda Islom darchalarini ochishga yaqin turibdi.
Adabiyotlar sharhi.
Bugunki kunda dunyoda “islom moliya”si muqobil moliyalashtirish vositalari taklif
etuvchi tizim sifatida rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. Islom iqtisodiyoti, islom moliya tizimi
va muassasalari rivojlanar ekan, islom tamoyillariga mos keluvchi islom moliya
instrumentlarini o‘zida haqqoniy aks ettiruvchi moliya hisobi qoidalarini ishlab chiqish, ularni
xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Islom moliyasi va uning rivojlanish istiqbollariga doir mavzuda ilmiy izlanish olib
borayotgan olimlardan biri
Farhana Afroj (2022) “
Bangladeshdagi bank sektorining moliyaviy
kuchi: KABDL (CAMEL) tahlili”
nomli ilmiy ishida empirik tahlillar asosida olib borilgan. Ushbu
tadqiqot Bangladesh bank sektorining moliyaviy kuchini o‘rganishga qaratilgan. KABDL
doirasida banklarning moliyaviy mustahkamligini tekshirish uchun boshqaruv samaradorligi,
kapital kuchi, daromad olish qobiliyati, aktivlar sifati va jamlangan likvidlikdan foydalanilgan.
Ushbu tadqiqot natijasida islom banki likvidligi yuqori bo‘lgan an'anaviy va islomiy darcha
banklariga qaraganda moliyaviy jihatdan kuchliroq va KABDL tarkibiy qismlarida moliyaviy
jihatdan kuchli mavqega ega ekanligi o‘rganilgan. Lekin, islom banklari va darchalari o‘rtasidagi
statistikalar to‘liq tahlil qilinmagan.
Hakim Ben Ofman va Hunayda Mersni (2014) “Yaqin Sharq mintaqasidagi islom banklari
va oddiy banklar tomonidan mumkin bo‘lgan kredit yo‘qotishlari uchun ixtiyoriy zaxiralardan
foydalanish” mavzusida ilmiy izlanish olib borgan.
Ushbu maqolaning maqsadi yaqin Sharq
mintaqasidagi islom banklari va an'anaviy banklarning daromadlarini boshqarish amaliyotini
o‘rganishdir. 2000
-2008 yillar mobaynida Yaqin Sharq mintaqasidagi 21 ta islom banki, 18 ta
islom darchasi va 33 ta an’anaviy ba
nk namunasidan foydalanilgan. Maqolaning bir kamchiligi
shundan iboratki, barcha islom banklari uchun ma'lumotlar mavjud emasligini hisobga olsak,
tadqiqot obyekti nisbatan kichikdir. Kelajakda olib boriladigan tadqiqotlar obyektini boshqa
mintaqadagi barcha islom muassasalar uchun ke
ngaytirishi kerak bo‘lgan. Tadqiqotning yana
bir yo‘li islom banklarida daromadlarni boshqarish siyosatiga potentsial ta'sir ko‘rsatadigan
omillarni o‘rganish ham kerak bo‘lgan.
Varsha Muneram-
Chadi (2020) “Mavrikiyda islom bankchiligi va moliyasining tartibi”
nomli ilmiy maqolaning maqsadi Mavrikiyda joriy etilgan me'yoriy-huquqiy bazaning asosiy
tarkibiy qismlarini tahlil qilish bo’lgan. Hind okeanidagi bu kichik orol davlati is
lomiy bank
mahsulotlarini joylashtirishga intiladi, shu bilan birga ozchilik musulmon aholisiga ega
bo'lishiga qaramay, o'zining gibrid yurisdiktsiyasi doirasida taqdim etilayotgan moliyaviy
xizmatlar turlarini diversifikatsiya qilgan. Tadqiqot, shuningdek, an'anaviy bank faoliyatiga
nisbatan qo'llaniladigan yaxshi tashkil etilgan me'yoriy-huquqiy baza bilan ba'zi
taqqoslashlarni o'z ichiga olgan.
Muhamad Abduh va Mohd Azmi Omar (2012) “Indoneziya misolida islom bankchiligi va
iqtisodiy o’sish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan. Ushbu maqolaning maqsadi Indoneziya
misolida islom bankining rivojlanishi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi qisqa muddatli va uzoq
muddatli munosabatlarni o'rganish bo’lgan. Birinchidan, Indoneziya hukumati islom
bankchiligini targ‘ib qilishni davom ettirishi kerak, chunki bu iqtisodiyotga foyda keltirishini
ko‘rsatgan. Bu Malayziyada bo'lgani kabi ma'lum bir yil davomida er
ishiladigan islom banki
aktivlarining jami bank aktivlariga maqsadli nisbatini belgilash orqali amalga oshirilishi
mumkin. Hozirgi vaqtda bu koeffitsient 2,8 foizni tashkil etadi va islom bankini iqtisodiyotga
yanada ta'sirliroq qilish uchun uni yetarli darajada yuqori foiz qilib belgilash kerak. Buning
natijasi o'laroq, hukumat ko'proq islom tijorat banklari, islom darchalari va islom qishloq
banklarini tashkil etishni rag'batlantirishi, shu bilan birga mavjud islom banklarini ko'proq
filiallar ochishga un
dashi kerak bo’lgan. Bundan tashqari, xorijiy islom banklarining
Indoneziyada faoliyat yuritishiga ruhsat berish ham mahalliy islom banki sanoatida ko‘proq
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
135
innovatsiyalarni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Ikkinchidan, islom banklari va
islomiy moliya institutlari soni ortib borayotgani sababli, ushbu institutlarni boshqarish uchun
yetarli malakali kadrlarga ega bo'lish zarurati ham paydo bo'lgan. Mamlakatga, shuningdek,
o'qitilgan islom bankirlaridan tashqari, malakali shariat xodimlari va maslahatchilar kerak
bo’lgan. Shu munosabat bilan ko'proq oliy o'quv yurtlari va ixtisoslashtirilgan kadrlar
tayyorlash institutlari zarur ishchi kuchi ishlab chiqarishni talab qilgan. Lekin, ushbu tadqiqot
faqat Indoneziya tajribasi uchun mo'ljallangan va ikkinchidan, formulalarga boshqa
o'zgaruvchilarni jalb qilmasdan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanish usulini qo'llaydi.
Ushbu tadqiqotni takomillashtirish uchun keyingi quyidagi yo'nalishlar muhim:
- yetarli miqdordagi ma'lumotlarni to'plash uchun islom moliya tizimini joriy qilgan ba'zi
mamlakatlarni ma’lum vaqt davomida birlashtirish va taqqoslash;
- natijalarning ishonchliligini topish uchun turli xil tahlil usullaridan foydalanish;
- natijalarning izchilligini aniqlash uchun to'liq islom moliya tizimi va ikkilamchi bank
tizimiga ega mamlakatlar bo'yicha qiyosiy tahlil o’tkazish;
Fauz Mohid Xamis va Rozemaliza Abrashid (2018) “Tanzaniyadagi islom banklarida
mijozlarning xizmatlardan qoniqishi va xizmatlar sifati” nomli ilmiy maqolasida Tanzaniya
islom banklaridagi mijozlarning bank xizmatlari sifatidan qoniqish yoki qoniqmasligi
yo
ritilgan. Natijalar shuni ko’rsatganki, xizmatlar sifati va mijoz qoniqishi o’rtasida kuchli
bog’liqlik borligi aniqlangan. Shuningdek, islom darchalarida talab etilgan me’zonlarning har
biri yaxshi darajada bajarilganligi aytib o’tilgan. Tadqiqot qat'iy r
avishda xizmat sifatining
mijozlar ehtiyojini qondirishga ta'siriga qaratilgan. Biroq, Tanzaniya islom bankchiligi faoliyati
bo'yicha mijozlarning qoniqishiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatadigan boshqa
muammolar o’rganilmagan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur izlanishimiz mavzu doirasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarni o‘rganib chiqish va
tahlil qilishga yo‘naltirilganligi uchun
bibliografik tadqiqot usulidan foydalanganmiz. Bunda
ScienceDirect, Google Scholar
bazalaridan tegishli kalit so‘zlar bilan qidirish orqali
51 ta maqola
ajratib olingan va o‘rganilgan hamda ulardan 21 tasi mazkur ilmiy ishimizda o‘z aksini topgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Dodiyev Fozil Oʻtkurovich va Boboyorov Asilbek Yoʻldoshovichlar (2022) o‘zlarining
“Oʻzbekistonda islomiy bank mahsulotlarini joriy etish istiqbollari” mavzusidagi maqolasida
mamlakatimiz iqtisodiyotida islomiy bank mahsulotlarini joriy etishning zarurligi va ularni
oʻziga xos xususiyatlari va turlari tahlil qilgan. Shuningdek, islomiy bank mahsulotlarini joriy
etish holati, bu bilan bogʻliq muammolar tadqiq etilib, ularni bartaraf etish qaratilgan takliflar
ishlab chiqilgan. Mualliflar maqolaning xulosa qismida bir qancha xulosa va takliflarni berib
o‘tgan:
-
mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishni taʼminlash uchun bank tizimida
muqobil moliya institutlarini rivojlantirish va zamonaviy bank mahsulotlarini joriy etish
kerakligi
-
mamlakatimizda “islom darchalari” faoliyatini boshlash uchun meʼyoriy
-huquqiy asos
haligacha yaratilmagani;
-
mavjud qonun boʻyicha mamlakatimizda islomiy bank xizmatlarini faqatgina nobank
kredit tashkilotlari koʻrsatishga haqli, tijorat banklarining “islom darchasi” ochish jarayoni esa
murakkab va qiyinligi;
Takliflar esa quyidagilardan iborat:
-
mavjud qonunchilik sharoitida tijorat banklari nobank kredit tashkilotlarini taʼsis etib,
ular orqali islomiy bank xizmatlarini koʻrsatishni boshlashlari lozim. Ushbu nobank kredit
tashkilotlari banklarda “islom darchasi” vazifasini bajaradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
136
- mamlakatimizda islom bank mahsulotlarini joriy qilib, uning hajmini keskin oshirish
uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartirish
kiritib, banklarga islomiy bank xizmatlari koʻrsatishga ruxsat berish lozim
.
Dilmurod Yusupaliyevich Xujamkulov, Ruhiddin Xusniddin o‘g‘li Zayniddinov, Dilmurod
Raxmatullayevich Ergashev, Mamajon Axmatjonovich Mamatov, Xusniddin Faxriddinovich
O‘ktamovlar o‘zlarining “O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda islom
banki
xizmatlaridan foydalanishni takomillashtirish” (2021) mavzusida ilmiy izlanish olib borishgan.
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi yigirma yil davomida baʼzi bir anʼanaviy banklar qoʻl ostida
baʼzi islom banklari mahsulotlaridan foydalanilganligini oʻrganishdan iborat boʻlib, olimlar
Oʻzbekistondagi empirik tajribalarni muhokama qilgan, shuningdek, islomiy moliyaviy
xizmatlardan foydalanishni takomillashtirish boʻyicha xorijiy tajriba va takliflar bilan bogʻliq
tavsiyalar berilgan. Islom darchasi ko‘p
hollarda islom moliya tizimi yoki islom moliyasi
bo‘yicha qonunchilik mavjud bo‘lmagan mamlakatlarda o‘rnatiladi. Chunki, islom darchasi
ma’lum bir davlatning amaldagi qonunlari va qonunchilik bazasidan kelib chiqib, an’anaviy
bank mahsuloti sifatida cheklangan miqdordagi xizmat va mahsulotlarni taklif etadi. Islomiy
bank xizmatlari va mahsulotlari odatda o‘sha mamlakatda tegishli qonunlar qabul qilingandan
keyin to‘liq taqdim etiladi. Shuning uchun islomiy derazalarni o‘rnatishdan eng keng tarqalgan
maqsadlar sifatida quyidagilar taqdim etilgan:
1. Mamlakatda islom moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish;
2. Qo‘shimcha xarajatlarsiz an'anaviy banklarda mavjud infratuzilma (binolar, xodimlar
va boshqalar) asosida islomiy moliyaviy xizmatlarni taklif qilish;
3. O‘rnatilgan islom darchalari faoliyatini o‘rganish va chuqur tahlil qilish orqali
mamlakatimizda “Islom moliyasi va bank ishi to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish bo‘yicha
amaliy takliflar kiritish;
4. Aholi va xususiy sektorning moliyaviy savodxonligini oshirish orqali ularning mamlakat
iqtisodiyotidagi ishtirokini oshirish;
5. Islom darchasi natijalarini tahlil qilish asosida banklarning kelajakdagi rivojlanish
strategiyalarini ishlab chiqish.
Shuningdek, O‘zbekistonda islom bank xizmatlari bozorini rivojlantirish borasidagi ilk
qadamlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Xulosa va takliflar qismida islom moliyaviy
xizmatlar sohasi O‘zbekistonning porloq kelajagi uchun muhim omil, poydevor va
rivojlanish
istiqboli bo‘lishini aytib o‘tgan va bu mamlakat iqtisodiyoti uchun keltiradigan foydalarini
sanab o‘tgan (ishchi o‘rinlari, bo‘sh pul mablag‘ari, diversifikatsiya, yangi kadrlar tayyorlash
tizimi va h.k.)
Luqmon Salomiy va Adevali Abiden Adeyim (2015) o‘zlarining “Malayziya
islom
banklarining samaradorligi: islom darchalari va islom banklarining samaradorligining farqi”
nomli ilmiy tadqiqotida islom banklari hamda tijorat banklaridagi islom darchalari o‘rt
asidagi
samaradorlikni taqqoslagan. Tahlil natijalarini oladigan bo‘lsak Malayziyada 2004
-2007 yillar
mobaynida islom darchalari islom banklariga qaraganda samaraliroq ekanini ko‘rishimiz
mumkin. Bunga sabab sifatida tijorat banklaridagi moddiy texnika bazasining yaxshiligi,
boshqaruvning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi va potensial mijozlarning ko‘pligini aytib o‘tishgan.
Ariyef Ichvanul Hasan va Tastaftiyan Risfandiy (2021) o‘zlarining “Islom banklarining
barqarorligi: islom banklari va islom darchalari” nomli ilmiy izlanishlarida Indoneziyadagi
islom banklari va islom darchalari o‘rtasidagi barqarorlik taqqoslangan. Bu ta
hlilni amalga
oshirishda regressiya yondashuvidan foydalanilgan. Islom darchalari islom banklariga
qaraganda barqarorligi isbotlandi. Indoneziya siyosati islom banklari sonining oshishini
qo‘llab
-quvvatlashi mumkin, lekin islom banklari raqobat maydoni albatta nazorat ostida
bo‘lishi kerak. Islom darchalari esa tijorat banklari tomonidan qo‘llab
-quvvatlangani uchun
darchalarda stabillik yuqori ekanligin ta’kidlashgan.
Chenguyel Muhammed Bechir va Juyru Meryem (2019) o‘zlarining “Islom darchalarining
an’anaviy banklarda faoliyat olib borishi” nomli maqolasida islom moliya vositalari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
137
mahsulotlarining tijorat banklaridagi o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Maqolada korrelyatsiya tahlili
uslubidan foydalanilgan va islom moliya vositalari (Muzoraba, murobaha, ijara va salam)
qanchalik darajada tijorat banklari uchun foydali ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Vaqqos Aliy, Imron Ibrohim Alasan va boshqalar (2021) “Qarorlar qabul qilish va savdoda
starategiyaning o‘rni: islom banklari va islom darchalari o‘rtasidagi farq” nomli ilmiy
tadqiqotida biznes strategiyalar hisoblangan, “kam xarajatlilik” va “rang
-barang
lik” strategiya
turlarining islom banklari va tijorat banklarida faoliyat yurituvchi islom darchalariga bo‘lgan
ta’sirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotni chuqurroq olib borish uchun biznes risk menejmenti
ko‘nikmalarining vositachilik xususiyati va boshqaruvchilik tajribalarining o‘rtamiyona
xususiyatlari rollari ham o‘rganilgan. Bir
-
biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki yondashuv 247 ta islom
banklari va 250 ta islom darchalaridan olingan ma’lumotlar asosida iyerarxik komponent va
tanqidiy tahlil metodlarini bahol
ash uchun foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yuqorida
zikr etilgan ikki biznes strategiyalari banklar misollarida katta farq qilmagan. Ustiga ustak,
biznes strategiyalari o‘rtasida biznes risk menejmenti ko‘nikmalarining roli deyarli
aniqlanmagan.
Bilaks, bu ko‘nikmalar va faoliyatlar o‘rtasida boshqaruv tajribasining
o‘rtamiyona rolida muhim farqlar ko‘zga tashlandi va ular yoritilgan. Yaqin o‘n yillikda,
Pokistonda, an’anaviy banklarning islom bankchilik sanoatiga adaptatsiya qilinishining asosiy
sababi sifatida mamlakatda foliyat yurituvchi Pokiston davlat bankining yo‘li ko‘rsatilgan.
An’anaviy banklarning islom darchalariga aylantirilishi islom bankchilik sanoatida yangi
raqobat maydonini yuzaga keltirgan. Bundan tashqari, ushbu tadqiqot bir nechta amaliy
ta'sirga ega. Birinchidan, ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, Biznes risk menejmenti
amaliyotiga kamroq e'tibor, samarasi kam bo‘lgan raqobat strategiyasiga olib kelishi
asoslangan. Shunday qilib, siyosatchilar va boshqaruvchilar raqobatbardosh ustunlikka
erishish uchun raqobatbardosh strategiyalarni amalga oshirishda BRM amaliyotiga ko‘proq
e'tibor qaratishlari kerakligi aytib o‘tilgan. Ikkinchidan, islom darchalarining menejerlarida
boshqaruv qobiliyatining yetishmasligi tufayli, bu esa bankni
past ko‘rsatkichlarga olib keladi.
Islomiy darchalarning mas'ul organlari menejerlar uchun boshqaruv tajribasi, ko‘nikmalari va
malakasini oshirish uchun o‘quv va rivojlanish dasturlarini o‘tkazishlari kerakligi aytilgan.
Uchinchidan, ushbu tadqiqot bir b
iznes rejimidan boshqa biznes rejimiga o‘tishni
rejalashtirayotgan muassasalar uchun ham foydali bo‘lishi zikr etilgan.
Islom banklari va islom darchalari o‘rtasidagi taqqoslash raqobatbardosh biznes muhitini
o‘rganadigan fanlarga noyob nazariy hissa qo‘shgan. Muhimi, bir tomondan, islom banklari
an'anaviy banklar va islomiy darchasi mavjud bo‘lgan an'anaviy banklar bilan s
of ikki
tomonlama raqobatga duch kelgan. Boshqa tomondan, islom darchalari ham o‘zlarida mavjud
bo‘lgan kuchli shariat “ildizlari” tufayli islom banklarning kuchli raqobatiga duch kelishmoqda.
Shunday qilib, har ikki turdagi banklarga nisbatan raqobatbardosh bosim ularning faoliyatini
tezlashtirish va bank xavfini bartaraf etish uchun raqobatbardosh strategiyalar va korxona
risklarini boshqarish amaliyotiga ko‘proq e'tibor qaratishni talab qilishi aniqlangan. Ushbu
natijalar biznes egalari, menejerlar va siyosatchilari uchun foydalidir, chunki ushbu tadqiqot
avvalgi tadqiqotchilar tomonidan e'tiborga olinmagan yuqori raqobatbardosh muhitni yoritib
bergan.
Hamim S. Ahmad Muxtar, Naziruddin Abdulloh va boshqalar (2008) “Malayziyadagi islom
banklarining samaradorliklari” nomli ilmiy izlanish natijalarida Malayziyada 2007
-yilda islom
darchalari, islom banklari va an’anaviy banklar o‘rtasidagi farqlarni o‘ragani
b chiqar ekan,
olimlar islom darchalarining islom banklariga nisbatan kam samara brishini aytib o‘tishgan.
Lekin boshqa tarafdan olganda, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, islom darchalarining to‘liq aktivlari,
depozitlari va moliyalashtirish qiymatlari so‘ngg
i 5 yil davomida muntazam islom banklariga
nisbatan yuqori bo‘lib kelgan. Ustiga ustak, chet el kapitali ishtirokidagi islom darchalari
mahalliy islom darchalariga qaraganda samaraliroqligi tahlil natijalaridan ayon bo‘lgan.
Shatha Qamhi Hoshim va Islom Abduljavid (2019) “Islom banklarining tizimli risklarga
chidamliligi: Bangladeshdagi afsona yoki haqiqat bo‘lgan dalillar” nomli maqolasida, bank
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
138
institutlari modellari turlari o‘rtasidagi farq, ularning sistematik riskka nisbatan
himoyalanmaganligi va umumiy market riskiga sistematik riskning tasiri asosida o‘rganilgan.
Olimlar bu holatni tahlil qilishda Bangladeshdagi har bir savdo bilan hug‘ullan
adigan bank
institutlarining sistematik riskini o‘rganishgan, buni esa har bir bankning (islom banklari, islom
darchalari va an’anaviy banklar) taklif etgan xizmat turlarini yoritish bilan amalga oshirilgan.
Tahlil uch 3 davrni o‘z ichiga olgan va ular iqtisodiy inqirozdan oldingi (2005
-2006)
iqtisodiy inqiroz (2007-
2008) va iqtisodiy inqirozdan keying davrlarni o‘z ichiga olgan va unda
15 ta an’anaviy, 8 ta islom darchasi va 4 ta islom banki tadqiqot obyekti
sifatida olingan.
Natijalar shuni ko‘rsatganki, iqtisodiy inqiroz va undan keyingi davrida an’anaviy banklar
sistematik riskka eng chidamsiz banklar bo‘lib
chiqqan, lekin islom banklari va darchalarida bu
davrda holat nisbatan ancha ijobiy bo‘lgan. Asosiy sabab sifatida, islom banklari va
darchalarining har bir tranzaksiyasi haqiqatda mavjud aktivlarga asoslanishi bilan izohlangan.
Fayaz Ahmad Lon (2017) o‘zing “Islom banklari va darchalari mijozlarining banklari
bo‘yicha taqqoslanmasi” nomli maqolasida islom banklari va islom darchalaridagi xizmat
ko‘rsatish sifatini taqqoslagan. Pokistonda islom moliya muassasalarining xizmat ko‘rs
atish
sifatini tekshirish maqsadida “SERVEQUAL” modeli tashkil etilgan. 5 ta asosiy kriteriya bo‘yicha
bank xizmatlari sifati baholangan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, islom banklari islom
darchalariga qaraganda sifatliroq xizmat ko‘rsatishi oydinl
ashdi. Birinchidan, bunga asosiy
sabab sifatida islom darchalari an’anaviy banklar tomonidan nazorat qilinishi va bu
banklarning katta hamkorlari ham an’anaviy tarzda faoliyat yuritishi aytilgan. Bu esa, o‘z
o‘zidan bu bankning islom darchasiga kam e’tibor
berishi va bu esa bankning mahsulotlarini
tashkil etuvchi asosiy tizimga ko‘p e’tibor qaratishi bilan izohlanadi. Ikkinchidan, islom banklari
bozorda yangi ishtirokchilar hisoblangan va bu esa banklar mijozlarni jalb etish uchun
imkoniyatlarni ochib berad
i. Mijoz bu holatda albatta yaxshi xizmat ko‘rsatishni taklif
etayotgan bankka murojaat etadi. Uchinchidan, islom banklarining kichik bir xatosi ularning
faoliyatiga nuqta qo‘yishi mumkin, chunki bank o‘ziga bo‘lga ishonchni an’anaviy banklar
singari yuqor
i holatga hali olib chiqmaganligi aytib o‘tilgan.
E.H. Mahkamov o‘zining (2021) “Tijorat banklarida faoliyat ko‘rsatuvchi islom
darchalarining dolzarbligi” nomli ilmiy maqolasida tijorat banklarida islom darchalarining o‘rni
haqida fikr yuritgan. Banklarda islom darchalari o‘zini oqlaydi, chunki bu orqali
ko‘plab banklar
moliyaviy resurslar, inson kapitali va islom moliyasini rivojlantirish uchun mavjud infratuzilma
bilan boshqariladi. “Islom darchasi”ni yaratish orqali bank yangi aktivlarni jalb qilishda o‘ziga
muammo tug‘dirmasdan, bozorni o‘rganish, uni
ng salohiyatini aniqlash imkoniyatiga egadir,
chunki mavjud filiallar orasidan “Islom darchasi” yaratilishi mumkin deb hisoblagan. Islom
darchalari mamlakatda islomiy bankchilikni rivojlantirish uchun debocha rolini zikr etadi. Agar
uning xizmatlariga tala
b yaxshi bo‘lsa, uni mustaqil islom banklariga aylantirish mumkinligi
ham nazardan chetda qolmagan.
Azim Sardor, Muhammad Masud Azim, Sarfraz Hassanand Xuda Baxshlar o‘zlarining
(2013) “Islom banklari va islom darchalari samaradorliklari taqqoslanmasi. Islomiy
bankchilikni agrosanoat sektorida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy izlanish olib borishgan.
Tadqiqotda Pokistonda 2008-yildan 2010-yilgacha islom moliya muassasalarining
“ma’lumotlarning yig‘indisi”ning tahlili o‘rganilgan. O‘sha davrgacha islomiy bankchilik
Pokistonda islom banklari soni yilma-
yil ko‘payib bordi. Islom banklaring kirim samaradorligi
i
slom darchalari kabi yuqori bo‘lmagan. Bunga asosiy sabab islom darchalarining kamchiqimli
harajatlari bo‘lgan. Lekin, umum olganda islom banklari islom darchalariga qaraganda
samaraliroq bo‘lgan. Natijalar shuni ko‘rsatganki, islom banklari uchun jami akt
ivlarini oshirish
va kreditorlik qarzlarini yopish tavsiya etilgan. Islom banklari agrosanoat sektorini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, fermerlar va bank o‘rtasida salam moliyaviy
vositasi orqali kerakli xom-ashyo va traktorlar sotib olish imkonini bergan.
Dr. Shamsaldin va Aziz Salhlar (2019) “Tijorat banklaridagi islom darchalari oldidagi
to‘siqlar va yechimlar” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borishgan. Islom darchalari asosan ikkita
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
139
muammoga duch kelishgan. Birinchisi, u yerda islom moliyasi bo‘yicha kadrlarning
yetishmasligi bo‘lsa, ikkinchisi, shu muammo sabab yuzaga keladigan shariat qonun
-
qoidalariga tushmaydigan moliyaviy operatsiyalarning mavjudligidir. Shu sabab islom
darchalarining mijozlari kam sonni tashkil etishgan. Yana bir muammo shundan iborat ekanki,
islom darchalari jalb etgan kapitalning tijorat banklari jalb etgan kapital bilan aralashib
ketishidir. Mana shunday holatlar yuz bermasigi uchun islom darchalarida Shariat
qo‘mitasi
bo‘lishi zarurligi aytib o‘tilgan.
Zayniddinov (2022) “O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda islomiy
bankchilik xizmatlaridan foydalanishning kengayishi” mavzusida ilmiy maqola yozgan.
Maqolada O‘zbekistonda islom banklari uchun eng katta muammo bo‘lishi kutilayotgan so
liq
tizimi to‘g‘risida gap ketgan. Ya’ni islom banklari oldi
-
sotdi bilan shug‘ullangani uchun ikki
martalab soliq to‘lashi va jarimalardan tushgan mablag‘lar uchun ham soliq hisoblanishi
nazarda tutilgan. Bu holatda islom darchalari muammo uchun yechim bo‘
lishi mumkinligini
aytib o‘tgan.
Xaydarov (2022) “Respublikamiz tijorat banklarida islom moliya tizimidan foydalanishni
takomillashtirish” nomi ilmiy izlanishida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat
banklarining islom moliya instrumentlaridan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlari to‘g‘risida so‘z
yuritgan. Shuningdek, islom darchalarining imkoniyatlari, afzalliklari va rivojlantirish
istiqbollarini takomillashtirish haqida fikr yuritgan. Olim quyidagi takliflarni berib o‘tgan:
1)
islom darchalarini
ochmoqchi boʻlgan banklar oʻz tarkibida islom
fiqhi, islom
moliyasi va huquqi
boʻyicha
olimlar/ekspertlar, hamda bank ishi mutaxassislari
boʻlgan
mustaqil shariat
qoʻmitasiga
ega
boʻlishlari
kerak.
2)
Islom moliyasi instrumentlaridan foydalanish uchun amaldagi bank qonunchiligi,
soliq va fuqarolik kodekslari hamda boshqa qonunosti hujjatlariga
oʻzgartirishlar
kiritish
yoki alohida qonun qabul qilinishi lozim. Shuningdek, bu sohada kadrlarni tayyorlash va
aholining savodxonligini oshirish ham muhim ahamiyatga ega.
Ali Juma Xafafa and Zurina Shafiy (2013) “Liviyadagi islomiy bankchilik darchasi bo‘yicha
mijozlarning xizmat va islomiy bankchilik bo‘yicha xulosalari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib
borishgan. Ushbu tadqiqot islomiy oyna tizimi ostida ishlaydigan Liviya banklarida mijozlar
ehtiyojini qondirish sifatini va ularning mijozlar ehtiyojini qondirishga ta'sirini o‘rganish orqali
o‘lchashga qaratilgan. Amalda mavjud SERVQUAL (xizmat sifati) modelidan foydalanib,
tekshiriladigan xizmat sifatining me’zonlari: aniqli
k, ishonchlilik, sezgirlik va hamdardlik.
Ushbu tadqiqot, shuningdek, Liviya mijozlarining bank xizmatining asosiy tushunchalarini,
ya'ni mudoraba, mushoraka, murobaha, ijara moliyalashtirish va bir qator foizsiz bank
xizmatlarini tushunish kabi turli xil
islom bank mahsulotlari bo‘yicha savodxonlik darajasini
o‘rgangan. Liviyadagi uchta tijorat bankidan Jumhuriya Bank, Vahda Bank va Sahara Bank kabi
islom moliyaviy tizimini qabul qilgan va 3 bankdan 366 ta bank amaliyoti namunalari olingan.
Tadqiqotchi ish
onchlilik so‘rovnomasini hisoblash uchun Cronbach Alfadan foydalangan. Va
nihoyat, tadqiqotchi SERVQUAL modelida ko‘rsatilganidek, mijozlarning ko‘rsatilgan
xizmatdan qoniqishi va xizmat sifatining besh o‘lchovi o‘rtasidagi munosabatni aniqlash uchun
bir n
echta regressiya tahlilini o‘tkazgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, mijozlar ehtiyojini
qondirish va xizmat ko‘rsatish sifati konstruktsiyalari o‘rtasida aniqlik, sezgirlik, ishonch va
hamdardlik kabi ijobiy va muhim munosabatlar mavjud, bundan tashqari ish
onchlilik o‘lchovi
mijozlar ehtiyojini qondirishga ta'sir qilmagan. Ushbu tadqiqot natijalari Liviyada bank
sektorini, ayniqsa islom bank darchasi tizimini rivojlantirish uchun mas'ul bo‘lgan hukumat
tomonidan yo‘l xaritasini ishlab chiqish uchun foydali bo‘lgan. Natijalar shuni ko‘rsatganki, o‘z
navbatida, mijozlarning aksariyati ijara moliyalashtirish (80.3%) kabi turli xil Islomiy
moliyaviy mahsulotlardan bexabar edilar. Bundan tashqari, faoydalanuvchilarning 56% va
55,2% mudoraba va mushorakadan umuman
bexabar ekanligi ayon bo‘lgan. Banklar
seminarlar tashkil qilishi, shuningdek, banklar orqali taqdim etilayotgan mahsulotlar to‘g'risida
mijozlarning xabardorligini oshirish uchun varaqalar yoki varaqalarda reklama taqdim etish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
140
orqali marketing strategiyasini takomillashtirishi mumkin bo‘lgan ba'zi takliflarni bartaraf
etish uchun ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan. Banklar, shuningdek, mijozlardan ko‘proq qo‘llab
-
quvvatlash olish uchun o‘z mijozlariga bankning Islom shartlariga am
al qiladigan moliyaviy
vositalar va qoidalar haqida ma'lumot berishning ba'zi usullarini topishlari mumkin bo‘lgan.
Serhe Agboja va Kufer Tumi, Xolid Husayniy o‘zlarining “Buxgalteriya standartlari va
buxgalteriya ma’lumotlarining ahamiyati: Islom, an’anaviy va gibrid banklarining taqqoslanma
tahlili” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan. Ushbu tadqiqotning maqsadi Islo
m, an'anaviy va
gibrid banklar uchun buxgalteriya ma'lumotlarining ahamiyatini o‘rganish bo‘lgan. Tahlida 14
ta davlatning 201 ta banklarini qamrab olgan. Ulushga nisbatan daromad islom banklari va
gibrid banklari an’anaviy banklardan nisbatan yuqori bo‘lg
Danchenko (2013) “Rossiya bank tizimida islom darchalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish
istiqbollari” mavzusida ilmiy taqdqiqot olib borgan. Tadqiqotda Rossiyaning islom bankchilik
tizimi bo‘yicha imkoniyatlari o‘rganilgan. Chunki, islom dini boshqa dinlar
ga qaraganda jadal
suratda o‘sib borgan va o‘sib kelmoqda. Birgina Rossiyaning o‘zida 20 million musulmon
yashashi va bu miqdor umumiy aholining 10% ini qamrab olishi keltirilgan. So‘nggi 10 yilda
musulmonlar soni 40% ga oshgan.
Islomiy bank xizmatlaridan faqat musulmonlar foydalanmaydi. Bunday banklar
o‘zlarining axloqiy me'yorlari
-
foyda va tavakkalchilikni bo‘lishish tamoyillari bilan birgalikda
islomga hech qanday aloqasi bo‘lmagan mijozlarni jalb qilgan.
Islom darchalarini tashkil etish Rossiya iqtisodiyoti uchun foydali bo‘lishi quyidagi
mulohazalar orqali bayon etilgan:
1)
mamlakatdagi musulmonlarning ijtimoiy va ahloqiy ehtiyojlarini qondirish;
2)
aholining bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilish;
3)
arzon
mablag‘larni jalb qilish orqali bank iqtisodiyotning real sektoriga yanada faolroq
sarmoya kiritish imkoniyatiga ega bo‘lish;
4)
oddiy tijorat banklari uchun yopiq bo‘lgan musulmon davlatlarining bank xizmatlari
bozoriga kirish;
5)
islom mamlakatlari banklari bilan banklararo munosabatlarni rivojlantirish, bu
banklararo resurslar bozorida ishlash imkoniyatlarini kengaytirishi va turli moliyaviy
vositalardan foydalanish imkonini berish;
Zaynurin Dahari, Muhammad Abduh, Kim-
Shan Fam (2015) o‘zlarining “Islom
bankchiligida xizmat sifatini baholash: Muhimlilik-
samaradorlikni tahlil qilish yondashuvi”
mavzusida ilmiy maqola yozishgan. Maqolada Indoeziyada ishlab turgan banklarning umumiy
tahlili olib borilgan. Misol uchun, islom darchalari soni 1992-yildan 2010-yilgacha 0 dan 23
tagacha oshgan. Taqqoslash uchun bu davr mobaynida islom banklari soni 1 tadan 10 tagacha
oshgan. Demak, ko‘rinib turibdiki, islom darchalari banklarga nisbatan tezroq
o‘sib borgan.
Lekin darchaning filiallari soni 253 tani bankning filiallari soni 1113 tani yashkil etgan.
Ushbu empirik tadqiqot natijalariga ko‘ra, shariat ekspertlar kengashi yo‘qligi sababli
xizmatlarning joiz yoki joiz emasligi aniqlanmagani sabab va shuning uchun mijozlarni boshqa
banklarga o‘tishga olib kelishi mumkinligi aniqlangan. Shuning uchun quyida
islom banklari va
darchalari uchun mijozlarni yo‘qotish oqibatlarini yumshatish va bank foydasini saqlab qolish
uchun yo‘l xaritasi tavsiyalari keltirilgan:
•
Islom banklari o‘zlarining bank mahsulotlari, boshqaruv amaliyotlari va operatsiyalari
uchun shariat talablariga qat'iy rioya qilishlari kerak. Bu omonatchilarning ishonchini va ijobiy
umidlarini saqlab qolish uchun juda muhimdir.
•
Islom banklari so‘nggi paytlarda juda mashhur bo‘lganligi sababli, islom banklari moliya
tizimidagi shariat masalalari bo‘yicha odamlarni kengroq qamrab olish orqali raqobat
strategiyalarini shakllantirishlari kerak.
•
Islom banklari o‘zlari uchun ahamiyatsiz deb hisoblangan, lekin mijozlar tomonidan
49
Serge Agbodjo and Kaouther Toumi, Khaled Hussainey, Accounting standards and value relevance of accounting information:
a comparative analysis between Islamic, conventional and hybrid banks, Journal of Applied Accounting Research 0967-5426.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
141
juda muhim deb hisoblangan masalalarga ko‘proq e'tibor berishlari kerak. Masalan, ayol
xodimlarning kiyinish kodi, yuzaga keladigan har qanday masalaga tezkorlik bilan javob berish
va ajoyib shaxslararo muloqot qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Xulosa va takliflar.
Islom darchasi - bu
an’anaviy bank ichidagi alohida bo‘lim, shirkat bo‘lib, u orqali mijozlar
faqat islom shariatga mos keladigan vositalardan foydalangan holda faoliyat yurituvchi
moliyaviy tashkilot hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab tobora ko‘payib borayotgan tijorat banklari
islo
m moliya mahsulotlarni taklif qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqdalar. Ko‘pgina
mamlakatlarda bu qiziqish banklarning o‘sib borayotgan musulmon aholisiga xizmatlarni taklif
qilish istagiga javob beradi, shuningdek shariatga mos mahsulotlarga jalb qilingan xalqaro
investorlarning o‘sib borayotgan investitsiyalari ham bunga sabab bo‘ladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, islom darchalari foyda samaradorlik jihatdan islom banklariga
nisbatan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega ekanligini bildik. Bunga asosiy sabab sifatida tijorat
bankining texnik va texnologik salohiyati va moliya bozoridagi tajribasini keltirilish mumkin.
Lekin bir qator islom darchalarida bir qancha muammolar uchrab turibdi. Jumladan, an’anaviy
bankning aktivlari bilan darchaning aktivlari aralashib ketishi shar’an joiz hisoblanmaydi.
Ikkinchidan har bir islom darchasi o‘zida shariat
ekspertlar kengashini tuzishi shartdir. Chunki
har bir moliyaviy operatsiya uchun xulosani faqat shu soha bo‘yicha mutaxasislargina bera
olishadi.
O‘zbekistonda islom moliyasi so‘nggi yillarda jadal rivojlanib bormoqda. Islom moliya
institutlari bilan yangi shartnomalar tuzilmoqda. O‘zbekistondagi mavjud tijorat banklari islom
moliyasi tamoyillarini o‘zida aks ettirgan islom darchalarini ochish tarad
dudida turibdi. Shu
sababli, mavjud soliq va bank tizimi islom darchalarini ishlash faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun
o‘zlaridagi ishlash tamoyillarini o‘zgartirish taklifi berilmoqda. Umuman olganda, islom
darchasi, islom banki uchun sharoit bo‘lmagan sharoitda ochiladi. Bu esa, O‘zbekiston uchun
yaxshi yechim hisoblanadi va biz quyidagi takliflarni keltiramiz:
1. Mamlakatda islom moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish;
2. Qo‘shimcha xarajatlarsiz an'anaviy banklarda mavjud infratuzilma (binolar, xodimlar
va boshqalar) asosida islomiy moliyaviy xizmatlarni taklif qilish;
3. O‘rnatilgan islom darchalari faoliyatini o‘rganish va chuqur tahlil qilish orqali
mamlakatimizda “Islom moliyasi va bank ishi to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish bo‘yicha
amaliy takliflar kiritish;
4. Aholi va xususiy sektorning moliyaviy savodxonligini oshirish orqali ularning mamlakat
iqtisodiyotidagi ishtirokini oshirish;
5. Islom darchasi natijalarini tahlil qilish asosida banklarning kelajakdagi rivojlanish
strategiyalarini ishlab chiqish.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Ali Joma Khafafa, Zurina Shafii,
(2013)
Customer Satisfaction and Islamic Bankchilik
Awareness in the Islamic Bankchilik Window System in Libya, Middle-East Journal of Scientific
Research 13 (Research in Contemporary Islamic Finance and Wealth Management): 12-17, ISSN
1990-9233.
Arief Ichwanul Hasan, Tastaftiyan Risfandy, (2021) Islamic Banks’Stability: Full
-Fledged vs
Islamic Windows, Journal of Accounting and Investment Vol. 22 No. 1, January.
Azeem Sardar, Muhammad Masood Azeem, Sarfraz Hassanand Khuda Bakhsh, (2013)
COMPARISON OF EFFICIENCY BETWEEN PURE ISLAMIC BANKS AND ISLAMIC BANK WINDOWS
AND ROLE OF ISLAMIC BANKCHILIK IN AGRICULTURE SECTOR, Pakistan Journal of Agricultural
Research, March 2013.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
142
Chenguel Mohamed Bechir, (2019) Jouirou meriem, Installing Islamic bankchilik windows,
In conventional bank: effects, performance, International Journal of Financial EngineeringVol. 06,
No. 04, 1950033.
Dilmurod Yusupaliyevich Khujamkulov, Ruhiddin Khusniddin Ogli Zayniddinov, Dilmurod
Rakhmatullayevich Ergashev, Mamajon Akhmatjonovich Mamatov, Khusniddin Fakhriddinovich
Uktamov, (2021) Improving the Use of Islamic Bankchilik Services in Financing Investment Projects
in Uzbekistan, REVISTA GEINTAC. ISSN: 2237-0722 Vol. 11 No. 2.
Shamsalden Dr., Aziz Salh, (2019) Islamic Windows of the Conventional Banks: Challenges
and Solutions, 4th International Legal Issues Conference-ILIC2019 ISBN (978-9922-9036-2-0).
Danchenko E.A
., (2013) ПЕРСПЕКТИВЫ ВНЕДРЕНИЯ «ИСЛАМСКИХ ОКОН» В
БАНКОВСКУЮ СИСТЕМУ РОССИИ.
Maxkamov E.X., (2021) Tijorat banklarida faoliyat ko‘rsatuvchi islom darchalarining
dolzarbligi, “XXI asr: fan va taʼlim masalalari” ilmiy elektron jurnali. №4, 2021 yil ISSN: 2181
-9874
SJIF 2021: 6.23
Farhana Afroj, (2022) Financial strength of banking sector in Bangladesh: a CAMEL
framework analysis, Asian Journal of Economics and Banking, Vol. 6 No. 3, pp. 353-372.
FAYAZ AHMAD LONE, (2017) Customer satisfaction in full-fledged islamic banks and islamic
bankchilik windows: a comparative study, Journal of Internet Bankchilik and Commerce Jan 2017,
vol. 22, no. S7.
Hakim Ben Othman and Hounaida Mersni, (2014) The use of discretionary loan loss
provisions by Islamic banks and conventional banks in the Middle East region, Studies in Economics
and Finance, Vol. 31 No. 1, , pp. 106-128.
Hamim S. Ahmad Mokhtar, Naziruddin Abdullah, Syed M. Alhabshi, (2008) Efficiency and
competition of Islamic bankchilik in Malaysia, Humanomics Vol. 24 No. 1, pp. 28-48.
Haydarov Oʻral Axmadovich, (2022) Respublikamiz tijorat banklarida islom moliya
tizimidan foydalanishni takomillashtirish, Iqtisod va moliya / ekonomika i finansi, 2(150).
Kayimova Zumrad Abdullaevna (2021)
–
PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF ISLAMIC
BANKING SERVICES MARKET IN COMMERCIAL BANKS OF UZBEKISTAN, World Economics &
Finance Bulletin (WEFB), Vol. 2 August-September.
Muhammad Abduh and Mohd Azmi Omar, (2012) Islamic banking and economic growth:
the Indonesian experience, International Journal of Islamic and Middle Eastern Finance and
Management, Vol. 5 No. 1, pp. 35-47.
Oladipupo Luqman Salami Adewale Abideen Adeyem, (2015) Malaysian islamic banks’
efficiency: an intra-bank comparative analysis of islamic windows and full-fledged subsidiaries,
International Journal of Business and Society, Vol. 16 No. 1, 19
–
38.
Shatha Qamhieh Hashem, Islam Abdeljawad, (2018) Islamic banks’ resilience to systemic
risks: myth or reality-evidence from bangladesh, International Finance Rewiew 06 Nov; 37-68.
Varsha Mooneeram-Chadee, (1976) The regulation of Islamic banking and finance in
Mauritius, ISRA International Journal of Islamic Finance, Emerald Publishing Limited, 0128.
Waqas Ali, Imran Ibrahim Alasan, Mushtaq Hussain Khan, T. Ramayah, Abdul Rahman,
(2021) Strategy is all about deliberately making choices and trade-offs: analogy betweenfully-
fledged islamic banks and conventional banks with islamic windows, Academy of Entrepreneurship
Journal Volume 27, Special Issue 2, 2021.
Zayniddinov Ruhiddin Khusniddin ogli, (2021) Expanding the use of islamic bankchilik
services in financing investment projects in Uzbekistan.
Zaynurin Dahari, Muhammad Abduh, Kim-Shan Fam, (2015) Measuring Service Quality in
Islamic Bankchilik: Importance-Performance Analysis Approach, Asian Journal of Business
Research ISSN 1178-8933 Issue 1.
