Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
19
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA IQTISODIY XAVFSIZLIK KO‘RSATKICHLARI
VA ULARNI BAHOLASH USULLARINING TAHLILI
PhD Akbarov Abdulhamid Akmal o‘g‘li
Andijon mashinasozlik instituti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-6478-8293
Ermatov Muhammadamin Akmaljon o‘g‘li
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Annotatsiya.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishida salmoqli hissasiga ega bo‘lgan tadbirkorlik
faoliyati davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanadi. Uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda
faoliyatning iqtisodiy holatini tahlil etish, o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarini
belgilash va buning yordamida tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini baholash muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlashda zaruriy ko‘rsatkichlar va faoliyatning iqtisodiy xavf darajasini baholash ilmiy tahlil
etilgan.
Kalit so‘zlar:
tadbirkorlik, iqtisodiy xavfsizlik, xavf-xatar, moliyaviy boshqaruv,
raqamlashtirish, tadbirkorlik subyektlari.
АНАЛИЗ ПОКАЗАТЕЛЕЙ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ И МЕТОДЫ ИХ ОЦЕНКИ
PhD Акбаров Абдулхамид Акмаль угли
Андижанский машиностроительный институт,
Ташкентский государственный экономический университет
Эрматов Мухаммадамин Акмалджон угли
Андижанский экономико-строительный институт
Аннотация.
Предпринимательская деятельность, вносящая значительный вклад
в экономическое развитие страны, постоянно поддерживается государством. При
обеспечении его экономической безопасности важно проанализировать экономическое
положение деятельности, определить конкретные показатели экономической
безопасности и с помощью этого оценить экономическую безопасность
предпринимательской деятельности. В данной статье научно проанализированы
необходимые
показатели
обеспечения
экономической
безопасности
предпринимательской деятельности и оценки уровня экономического риска
деятельности.
Ключевые слова:
предпринимательство, экономическая безопасность, риск,
финансовый менеджмент, цифровизация, субъекты хозяйствования.
UO‘K: 338.32.053.4
V SON - MAY, 2024
19-25
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
20
ANALYSIS OF ECONOMIC SECURITY INDICATORS IN BUSINESS ACTIVITY
AND THEIR ASSESSMENT METHODS
PhD Akbarov Abdulkhamid Akmal ugli
Andijan Machine-Building Institute,
Tashkent State University of Economics
Ermatov Muhammadamin Akmaljon ugli
Andijan Economics and Construction Institute
Abstract.
Entrepreneurial activity, which has a significant contribution to the economic
development of the country, is constantly supported by the state. In ensuring its economic security,
it is important to analyze the economic situation of the activity, to determine the specific
indicators of economic security, and with the help of this, to assess the economic security of the
business activity. In this article, the necessary indicators for ensuring the economic security of
business activity and the assessment of the level of economic risk of the activity are scientifically
analyzed.
Keywords:
entrepreneurship, economic security, risk, financial management, digitization,
business entities.
Kirish.
Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim
rol o‘ynaydi. Mazkur faoliyatning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan uning iqtisodiy
xavfsizligini ta’minlashga bog‘liq. Bozor iqtisodiyotining jahon miqyosida jadal sur’atlarda
rivojlanib borishi tabiiy ravishda tadbirkorlik faoliyatida uning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir
etuvchi muqarrar muammolarni yuzaga keltiradi. Muayyan iqtisodiy xavf-hatarlar, agar
vaqtida ularning oldini olish chorasi ko‘rilmasa, har qanday gurkirayotgan biznesni ham juda
qisqa muddatda inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘lishi tabiiy (Эрматов, Акбаров, 2021).
Albatta, iqtisodiy xavfsizlik tadbirkorlikning barqarorligi va muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan
muhim shartlardan biri sanaladi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay
ishbilarmonlik sharoiti hamda raqobat muhitini ta’minlash borasida davlat tomonidan bir
qancha amaliy sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish
davlatning muhim siyosiy harakati, qolaversa aholi turmushi farovonligining asosi sifatida
qaralmoqda. Bu borada davlat rahbari Sh.Mirziyoyevning har yili avgust oyida yurtimizda
faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvi an’ana shaklini olganligi ushbu sohaning
davlat iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti uchun nechog‘lik ahamiyatli ekanligini bildiradi.
Bu borada 2017-yil 19-iyunda davlatimiz rahbari Sh.Mirzizyoyev tomonidan imzolangan
“Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik
faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-5087-sonli Farmonga asosan “tadbirkorlik subyektlarini, ayniqsa o‘z
faoliyatini yo‘lga qo‘yish davrida ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish,
ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofazasining kafolatlarini kuchaytirish,
jadal rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvorlik
roli va daxlsizligini ta’minlash, respublikamiz tumanlari va shaharlarida aholini tadbirkorlik
faoliyatiga keng jalb qilish” (Farmon, 2017) mexanizmi ishlab chiqilgan.
Аdabiyotlar sharhi.
Ma’lumki, iqtisodiy xavfsizlik keng ma’noda, tadbirkorlik faoliyatining tashqi va ichki
tahdidlardan himoyalanganligini anglatadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, tadbirkorlik
sub’ektlarining barqaror faoliyat yuritishlari, raqobatbardoshlikni oshirishlari va
rivojlanishlari uchun muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
21
Iqtisodchi olimlar Arefiyeva va Kuzenko (2005) tadbirkorlik sohasida iqtisodiy xavfsizlik
tushunchasini korxona resurslaridan samarali foydalanish holati hamda tashqi va ichki
tahdidlarning oldini olish, uzoq muddat bozorda yashab qolish va barqaror rivojlanishni
ta’minlashga imkon beradigan bozor potensialidan kelib chiqqan holda belgilaydilar.
Olim Abulqosimov (2006) fikricha “Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi –
ma’muriyat va personal tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy- iqtisodiy va
injener-texnik chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy
manfaatlarning ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir”.
Iqtisodchi olim Xoshimov (2015) o‘zining ilmiy qarashlarida “Tadbirkorlik faoliyati
xavfsizligi deganda, tadbirkorlik faoliyati sub’yekti amal qilishining barcha bosqichlarida,
birinchi navbatda, iqtisodiy, huquqiy va boshqa salbiy oqibatlarga olib keluvchi ichki va tashqi
tahdidlardan muhofaza qilinganligini tushunish lozim” deya ta’rif keltirgan.
Iqtisodchi olimlar Tursunov, Uktamov, Sobirovalar (2022) tadbirkorlik faoliyatining
iqtisodiy xavfsizligiga “tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilgan huquqiy, tashkiliy-
iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va injener texnik tavsifdagi chora-tadbirlar tizimi tufayli
vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarining ichki va tashqi xavf-xatarlardan
himoyalanganlik holatidir”, deya ta’rif berganlar.
Olima Bayboboyeva (2020) o‘z ilmiy ishlarida “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
iqtisodiy xavfsizligi, barcha mulklarning maqbul nisbatiga asoslanib, sub’yektning barqaror
ishlashiga, qiyinchiliklar va tahdidlarga munosib javob berishga, rivojlanish va
takomillashtirish imkonini beradi” deya ta’kidlagan. Shu nuqtayi nazardan tadbirkorlik
faoliyatining iqtisodiy xavfsizligi har doim muhim ahamiyatli, shuningdek, hozirgi globallashuv
sharoitida doimiy ravishda yangilanib turuvchi strategiyalarga asoslangan bo‘lishi zarurdir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqolada ilmiy abstraksiya, guruhlash, ilmiy-tahliliy hamda tizimli tahlil
metodlaridan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Albatta, tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy xavfsizligi o‘zining bir qancha asosiy tashkil
etuvchilariga ega. Ulardan tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy barqarorligi eng muhim
elementlardan biri sanaladi. Barqaror moliyaviy faoliyat, kapitalning yetarli bo‘lishi, sof
foydaning yuqori ko‘rsatkichi faoliyatning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek,
iqtisodiy xatarlarga duch kelish ehtimolini kamaytiradi. Bundan tashqari tadbirkorlik
faoliyatining raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi qay darajada yuqori bo‘lsa, bozorda uning
faoliyatiga doimiy talabni yuzaga keltiradi. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlashda raqobatbardoshlikni saqlash va doimiy ravishda oshirib borish muhim ahamiyat
kasb etadi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini turli tashqi va ichki iqtisodiy tahdidlardan
himoya qilish mehanizmining mavjudligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni yuzaga keltirish
ehtimolini pasaytiradi. Bunda tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ishlab chiqilgan o‘ziga xos
iqtisodiy xavfsizlik strategiyasining mavjud bo‘lishi va bu strategiya amalda qo‘llanilishi zarur.
Vanihoyat, tadbirkorlik faoliyatida moddiy va ma’naviy resurslarini samarali boshqarish
orqali faoliyat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mumkin. Mehnat resurslariga to‘g‘ri tashkil
etilgan vazifalar taqsimlash, doimiy ravishda audit tashkil etish, xodimlarni moddiy va ma’naviy
qo‘llab quvvatlash, shuningdek, moddiy resurslardan oqilona foydalanish shular jumlasidandir.
Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni baholashda bir qancha
ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib, ular tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy barqarorligi va
samaradorligini aniqlashda yordam beradi. Bularning orasidan eng asosiylari moliyaviy, tashqi
va ichki iqtisodiy hamda raqobatbardoshlilik ko‘rsatkichlaridir.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
22
1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikning asosiy elementlari
2
Moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘z ichiga tadbirkorlik faoliyatining sof foyda hajmi, likvidlik
koeffitsiyenti, rentabelligi hamda kapital yetarliligini olsa, tashqi va ichki iqtisodiy
ko‘rsatkichlar eksport va import balansi, investitsiya, ishlab chiqarish samaradorligi hamda
mehnat resurslarining samaradorligini o‘z ichiga oladi. Tadbirkorlik faoliyatining
raqobatbardoshlilik ko‘rsatkichi esa bozordagi tadbirkorlik ulushi, innovatsion va texnologik
faollik (ya’ni yangilik yaratuvchanlik) va ishlab chiqilayotgan mahsulot hamda yaratilayotgan
xizmatning sifatini izohlaydi.
2-rasm. Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari
3
Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari aniqlangach uning iqtisodiy
xavfsizligini baholash imkoniyati paydo bo‘ladi. Ma’lumki, biror bir hodisaning istalgan turdagi
iqtisodiy faoliyatga ta’sirini baholashning bir qancha metodologiyalari mavjud. Tadbirkorlik
faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash juda muhim, shu bilan birga murakkab jarayon
bo‘lib, bunda har qanday ta’sir etuvchi omillarning ahamiyati yuqori (Akbarov, 2023).
Sababi tadbirkorlik – tavakkalchilik asosiga qurilgan faoliyat. Shuningdek, u doimiy
ravishda bozor talabiga moslashishi zarur. Bu jarayonda kichik bo‘lib ko‘ringan har qanday xavf
ham faoliyatni muqarrar inqiroz ostonasiga olib kelishi mumkin. Shu nuqtai nazardan
tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini baholashda kompleks yondashuv zaruriyati
yuzaga chiqadi. Baholashda eng an’anaviy iqtisodiy usul – statistik usuli har doim muhim
ma’lumotlarni taqdim etishi bilan ahamiyatli.
Statistik usul iqtisodiy xavfsizlikni baholashda keng qo‘llaniladi. Ushbu usul yordamida
tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarning turli ko‘rsatkichlari yig‘iladi va tahlil qilinadi.
Statistik usul quyidagi algoritmni o‘z ichiga oladi:
2
Muallif ishlanmasi.
3
Muallif ishlanmasi.
Moliyaviy
barqarorlik
Raqobatbardoshlik
Tashqi va ichki
tahdidlardan
himoya
Moddiy va
ma’naviy
resurslarini
boshqarish
Moliyaviy ko’rsatkichlar
•Sof
foyda:
Tadbirkorlik
sub’ektlarining sof foydasi
ularning
moliyaviy
barqarorligini ko‘rsatadi.
•Likvidlik
koeffitsienti:
Korxonaning qisqa muddatli
majburiyatlarni
bajarish
qobiliyatini
ko‘rsatuvchi
ko‘rsatkich.
•Rentabellik
koeffitsienti:
Korxonaning
umumiy
rentabellik
darajasini
aniqlaydi.
•Kapital
yetarliligi:
Tadbirkorlik
sub’ektlarining
kapital
yetarliligini
ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich.
Tashqi va ichki iqtisodiy
ko’rsatkichlar
• Eksport va import balans:
Tadbirkorlik
sub’ektlarining
tashqi
savdo
balansini
ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich.
•Tashqi
qarz
va
investitsiyalar: Tadbirkorlik
sub’ektlarining tashqi qarzlari
va
investitsiyalarini
ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich.
•Ishlab
chiqarish
samaradorligi: Korxonaning
ishlab
chiqarish
samaradorligini ko‘rsatuvchi
ko‘rsatkich.
•Xodimlarning
samaradorligi: Korxonaning
xodimlar
samaradorligini
ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich.
Raqobatbardoshlilik
•Bozor ulushi: Tadbirkorlik
sub’ektlarining umumiy bozor
ulushini
ko‘rsatuvchi
ko‘rsatkich.
•Innovatsion
faollik:
Tadbirkorlik
sub’ektlarining
innovatsion
faolligini
ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich.
•Mahsulot sifati: Tadbirkorlik
sub’ektlarining mahsulot sifati
va iste’molchilarning qoniqish
darajasini
ko‘rsatuvchi
ko‘rsatkich
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
23
Ma’lumotlarni yig‘ish bosqichi – iqtisodiy xavfsizlikni baholash uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlar yig‘iladi;
Ma’lumotlarni tahlil qilish bosqichi – yig‘ilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi va turli
ko‘rsatkichlar aniqlanadi;
Natijalarni taqqoslash bosqichi – natijalar boshqa tadbirkorlik sub’ektlari yoki joriy
sub’ektning o‘tgan davrdagi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni baholashda statistik usul eng sodda usul bo‘lib, natijalar umumiy
miqyosda ko‘rinadi. Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni baholashda umumiy
jarayonni chuquqrroq tahlil etishda ekonometrik usul ham keng qo‘llaniladi. Ekonometrik usul
yordamida turli omillar o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlanadi va iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy omillar saralab olinadi. Ekonometrik usul o‘z navbatida quyidagi algoritmni
o‘z ichiga oladi:
- Model qurish – iqtisodiy xavfsizlikni baholash uchun matematik model quriladi;
- Ma’lumotlarni kiritish – modelga kerakli ma’lumotlar kiritiladi;
- Natijalarni tahlil qilish – model yordamida olinadigan natijalar tahlil qilinadi va
baholanadi. Algortm natijasi har doim ham to‘g‘ri chiqmasligi mumkin. Sababi bunda natija biz
tomonimizdan tuzilayotgan modelga asoslangan bo‘ladi. Agar model to‘g‘ri tuzilib, barcha
parametrlari qamrab olinsa, albatta, to‘g‘ri va aniq natijaga erishiladi.
Yana bir keng tarqalgan usullardan biri bu – ekspert baholash usuli. Ekspert baholash
usuli iqtisodiy xavfsizlikni baholashda mutaxassislar fikrini hisobga olish imkonini beradi. Bu
usul yordamida iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va ularning ahamiyati
aniqlanadi. Ekspert baholash usuli quyidagi algoritmni o‘z ichiga oladi:
- Ekspertlarni tanlash – iqtisodiy xavfsizlikni baholash uchun mutaxassislar tanlanadi;
- So‘rovnoma o‘tkazish – ekspertlar orasida so‘rovnoma o‘tkaziladi va ularning fikrlari
yig‘iladi;
- Natijalarni tahlil qilish – ekspertlarning fikrlari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.
Natijada soha mutaxassislari va tajribali tadbirkorlarning fikrlari asosida faoliyatning iqtisodiy
xavfsizligini baholashga erishiladi.
Tadbirkorlik faoliyati turi, faoliyat sohasi, ko‘lami hamda bozordagi o‘rniga qarab
yuqoridagi barcha usullarni birgalikda – kompleks tarzda ishlatish ham yanada aniq natijalarni,
xulosa va takliflarni olishga yordam berishi tabiiy.
Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektiga xos
bo‘lgan turli strategiyalar ishlab chiqilishi zarur. Strategiya o‘z ichiga faoliyatning sohasiga
ko‘ra bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatarlarni oldini olish chora-tadbirlari, iqtisodiy xatar yuzaga
kelgan vaqtda bajarilishi zarur bo‘lgan hatti-harakatlar, shuningdek, xatar yuz berganidan so‘ng
korxonaning inqirozga yanada chuqur kirmasligi, tadbirkorlik sub’ekti o‘z-o‘zini saqlab
qolishga oid bo‘lgan birlamchi hamda asosiy harakatlar rejasini oladi. Shu o‘rinda ta’kidlash
lozimki, “xavf-xatar – jamiyat, davlat, xo‘jalik sub’ekti, shaxs hayot faoliyatiga, rivojlanishga
tahdid soluvchi potentsial yoki real kuch, omil, shart-sharoit, vaziyat”dir (Tursunov va boshq.,
2022).
Tashkilot miqyosida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun strategiya ishlab chiqishda
quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
- Tadbirkorlik sub’ektlarining moliya boshqaruvini kuchaytirish orqali iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlash;
- Korxona xarajatlarini optimallashtirish orqali moliyaviy barqarorlikni saqlash
- Innovatsiyalarni joriy etish orqali korxonaning raqobatbardoshligini oshirish
(Ibragimov, Akbarov, 2017);
- Mahsulot sifatini yaxshilash orqali iste’molchilarni qoniqtirish va bozor ulushini
oshirish;
- Korxonaning iqtisodiy risklarini boshqarish va minimallashtirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
24
- Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun sug‘urtalash xizmatlaridan
foydalanish;
- Korxonaning resurslarini samarali taqsimlash va boshqarish orqali iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlash;
- Korxonaning inson resurslarini rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish.
Xulosa va takliflar.
Tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu
maqolada iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari haqida ilmiy-tahliliy
yondashuvda so‘z yuritildi. Iqtisodiy xavfsizlikni baholashda statistik, ekonometrik, ekspert
baholash va kompleks baholash usullari keng qo‘llaniladi. Har bir usulning o‘ziga xos afzalliklari
va kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular yordamida tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy
xavfsizligini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun turli
strategiyalar va chora-tadbirlar qo‘llanilishi zarur. Bu esa tadbirkorlik sub’ektlarining barqaror
rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash
korxonalarning barqaror rivojlanishini, moliyaviy mustahkamligini va raqobatbardoshligini
oshirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy
xavfsizligini tahlil etish, baholash va uni ta’minlashda quyidagi takliflar biz tomonimizdan
taqdim etiladi:
* Tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda integratsiyalashgan ya’ni
kompleks yondashuvdan foydalanishlari lozim. Bu degani turli baholash usullarini birgalikda
qo‘llash va ular yordamida keng qamrovli tahlil o‘tkazish.
* Tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishlari va
yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish usullari va boshqaruv tizimlarini joriy etishlari zarur. Bu
raqobatbardoshlikni oshirish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
* Tadbirkorlik sub’ektlari xodimlari malakasini oshirish va ularni doimiy ravishda yangi
bilimlar bilan ta’minlashga e’tibor berishlari lozim. Bu iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda
muhim omil hisoblanadi.
* Tadbirkorlik sub’ektlari o‘z iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun risklarni aniqlash,
baholash va boshqarish tizimini joriy etishlari zarur. Bu moliyaviy, ishlab chiqarish va bozor
risklarini minimallashtirish imkonini beradi.
* Tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy resurslarni samarali boshqarish va moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash uchun moliyaviy boshqaruvini kuchaytirishlari lozim. Bu kredit olish
imkoniyatlarini oshirish va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
* Tadbirkorlik sub’ektlari xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xorijiy bozorlar bilan
aloqalarni mustahkamlash orqali o‘z iqtisodiy xavfsizligini oshirishlari mumkin. Bu orqali
eksport salohiyatini oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini oshirish
mumkin bo‘ladi.
* Tadbirkorlik sub’ektlari texnologik rivojlanishga e’tibor berishlari va raqamli
transformatsiyani amalga oshirishlari zarur (Akbarov, 2023). Bu ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
Umuman olganda, tadbirkorlik faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun
korxonalar keng qamrovli va integratsiyalashgan yondashuvni qo‘llashlari, innovatsiyalarni
joriy etishlari, xodimlar malakasini oshirishlari, risklarni boshqarish tizimini joriy etishlari,
moliya boshqaruvini kuchaytirishlari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishlari va texnologik
rivojlanishga e’tibor berishlari zarur. Natijada ular barqaror rivojlanish va raqobatbardoshlikni
ta’minlashlari mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
25
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Abulqosimov X.P. (2006) Iqtisodiy xavfsizlik. T.: Akadеmiya, 111 – b
Akbarov, A. (2023). KICHIK BIZNES IQTISODIY XAVFSIZLIGINI AXBOROT XAVFSIZLIGI
ORQALI TA’MINLASH MASALASI. In Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and
Solutions" November.
Akbarov, A., & Xomidov, I. (2023). RAQAMLI IQTISODIYOTDA BULUTLI HISOBLASH
TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING RAQAMLI XAVFSIZLIGI. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(1), 50-55.
Arefieva, O.V., Kuzenko, T.B. (2005) Planuvannia ekonomichnoi bezpeky pidpryiemsv
(Planning of enterprise economic security). Vyd-vo Yevrop. un-tu, Kyiv 24-27-p
Farmon (2017) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari
davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini
tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5087-sonli Farmoni, 19.06.2017
Ibragimov, N., & Akbarov, A. A. (2017). The role of cryptography in information security.
Научные разработки: евразийский регион, 107.
Tursunov B.O., Uktamov X.F., Sobirova M.N. (2022) Xavfsizlik va texnologiya. O‘quv
qo‘llanma. Toshkent. TDIU, - 230 b.
Байбобоева, Ф. (2020). Тадбиркорлик фаолияти иқтисодий хавфсизлиги
тушунчасининг моҳияти ва намоён бўлиш шакллари. Экономика и инновационные
технологии, (3), 180-186.
Хошимов П.З. (2015). Тадбиркорликнинг иқтисодий хавфсизлигини таъминлаш
концепцияси ва тизими. “Иқтисод ва молия” илмий журнали. –Т.: 11. 24-б
Эрматов, А.А., & Акбаров, А. (2021). Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик
фаолиятида иқтисодий хавфсизликни таъминлашнинг ўзига хос жиҳатлари. Iqtisodiyot
va innovatsion texnologiyalar. 2021. 6-сон. 239-249-б.
