Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
24
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA ISLOMIY BANK XIZMATLARINI JORIY ETISH
MASALALARI
Ergasheva Dilnoza Anvar qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
ORCID: 0009-0003-0193-1659
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhiga a’zo-mamlakatlar va
tijorat banklari faoliyatida islomiy bank xizmatlarini rivojlantirishda mavjud muammolar tahlili
hamda rivojlantirish istiqbollarini takomillashtirish haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqolada
islomiy bank xizmatlaridan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida foydalanishni
rivojlantirishda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha muallif yondashuvlari va
takliflari keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
tijorat banklari, islom moliyasi, mushoraka, sukuk, mudoraba, murobaha,
moliyalashtirish, islom banklari, Islom taraqqiyot banki, islomiy bank xizmatlari.
ПРОБЛЕМЫ ВНЕДРЕНИЯ ИСЛАМСКИХ БАНКОВСКИХ УСЛУГ В ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ
КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Эргашева Дилноза Анвар кизи
Термезский университет экономики и сервиса
Аннотация.
В статье рассматриваются пути развития исламских банковских услуг в
деятельности стран-членов Группы Исламского банка развития (ИБР) и коммерческих
банков, а также анализ существующих проблем и улучшение перспектив развития. В статье
также представлены существующие на сегодняшний день проблемы в перспективах
развития использования услуг исламского банкинга в деятельности коммерческих банков
Республики Узбекистан, а также авторские подходы и предложения по их устранению
.
Ключевые слова:
коммерческие банки, исламские финансы, мушорака, сукук, мудораба,
муробаха, финансирование, исламские банки, Исламский банк развития, услуги исламских
банков.
ISSUES OF IMPLEMENTATION OF ISLAMIC BANKING SERVICES IN THE COMMERCIAL
BANKS
Ergasheva Dilnoza Anvar kizi
Termez University of Economics and Service
Abstract.
This article discusses the ways of developing Islamic banking services in the activities of
commercial banks and member countries of the Islamic Development Bank (IDB) group, as well as an
analysis of existing problems and improving development prospects. The article also presents the existing
problems in the prospects for developing the use of Islamic banking services in the activities of commercial
banks of the Republic of Uzbekistan, as well as the author's approaches and proposals for their elimination.
Keywords:
commercial banks, Islamic finance, musharaka, sukuk, mudaraba, murabaha, financing,
Islamic banking, Islamic Development Bank, Islamic banking services.
UO‘K: 336.713
II SON - FEVRAL, 2025
24-28
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
25
Kirish.
Bugungi kunda islom banklarida an’anaviy bank oreratsiyalarining deyarli barcha
oreratsiyalarini amalga oshirilmoqda. Ular sanoat, qishloq xo‘jaligi, tijorat va xizmat ko‘rsatish
sohalarni rivojlantirishga katta mablag‘larni investitsiya qilmoqda. Islom banklarida an’anaviy
bank oreratsiyalarining deyarli barchasi, ya’ni depozit, kredit, akkreditiv, hisob – kitob, to‘lov
oreratsiyalari amalga oshiriladi. Xususan, jahonning 40 dan ziyod mamlakatlarida islom
banklari faoliyat yuritmoqda.
Bankir va olim Barlton o‘zining “Rivojlanayotgan bozorlardagi banklar” asarida islom
banklari faoliyatini har tomonlama tahlil qilgan. Uning tahliliga ko‘ra, islom banklari kapitali
yiliga 10-15 foiz sur’at bilan o‘smoqda. Bu esa moliya sohasida juda yuqori ko‘rsatkich
hisoblanadi. Islom moliyasi deganda shariat tamoyillari asosida amalga oshiriladigan moliyaviy
xizmat yoki mahsulot tushuniladi.
Jahon iqtisodiyotida an’anaviy banklar pulni daromadi kafolatlangan sotish yoki ijaraga
berish mumkin bo‘lgan mahsulot sifatida ko‘radi, chunki berilgan qarz mablag‘larini yo‘qotish
xavfi juda kam (qarz mablag‘lari ham, qarz bo‘yicha foizlar ham loyihaning muvaffaqiyati yoki
inqirozidan qat’iy-nazar doimo kafolatlangan bo‘ladi), islom banki esa o‘zini biznes bo‘yicha
hamkordek tutadi va hamkorlikning turiga qarab xavflarni bo‘lishadi. Barchaga ma’lumki, agar
ikki tomon xatar va yo‘qotishlarni o‘zaro bo‘lishsa ular moliyaviy amaliyotlarda ehtiyotkorlik
bilan ish tutadi. Shu tariqa, islom moliyasi adolatliroq, moliyaviy barqaror hamkorlik muhiti
yaratilishini ta’minlaydi.
Adabiyotlar sharhi.
So‘nggi yillarda bu borada dunyo olimlari tomonidan islom moliya instrumentlaridan
foydalanish yo‘llari bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar qilingan, kitoblar yozilgan va ta’riflar berilgan.
Xususan, Xalqaro valyuta fondining sobiq rahbari Kristin Lagardning fikricha: “Islomiy moliya,
umuman olganda, mamlakatlarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash rotensialiga ega, chunki
uning uning risklarni taqsimlash xususiyati moliyaviy qarzdorlikni kamaytiradi,
moliyalashtirish esa aniq bir aktivlarga bog‘langan va shu sababli to‘liq kafolatlangan” deya
o‘zining fikrini bildirgan (Рамблер, 2024).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrda Oliy
Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “Mamlakatimizda slom moliyaviy xizmatlarini joriy etish
bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa
xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi” deb ta`kidlab o‘tdi (Murojaatnoma, 2020).
Ahmadning islom bankchiligi haqidagi ilmiy qarashlari uning islom tamoyillari va
qadriyatlariga mos keladigan moliyaviy tizimni rivojlantirish istagini aks ettiradi. U bank
muassasalari faoliyatida axloqiy tamoyillar, barqarorlik va ijtimoiy mas’uliyatni talab qiladi
deya ta’kidlaydi (Ahmad et al., 2014). Kharon kabi boshqa islom ulamolari «islom iqtisodi
adolat, altruizm, hamkorlik, xolislik, mo‘tadillik va e’tibor kabi axloqiy qadriyatlarga
asoslanganligini ta’kidlaydilar. Shunga ko‘ra, nafaqat bank tizimi, balki iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlari ham ana shu qadriyatlarni hisobga olgan holda faoliyat yuritishi kerak. Shuningdek
ular, islom va tijorat banklari tushunchalarini ajratish taklif qiladi, chunki islom banklari islom
huquqi yoki shariat qonunlariga asoslangan faoliyat tamoyillarini hisobga olgan holda bank
faoliyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan muassasalar, tijorat banklari esa, aksincha
faqat biznes maqsadlariga erishish uchun unda diniy ta’limotlar umuman hisobga olinmaydi»
deya ta’kidlashadilar (Kharon et al., 2012). Bangladeshlik olim Xon (2013) taniqli islom
iqtisodchisi va faylasufi boʻlib, islom moliyasining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Uning
islom bank ishi haqidagi ilmiy qarashlari islom huquqi (shariat) va iqtisodiy adolat
tamoyillariga asoslanadi. Xonning fikricha, islom banklari ko‘pincha foiz stavkalari asosida qarz
oluvchilar bilan shug‘ullanadigan an’anaviy tijorat banklaridan farqli ravishda “risk va
mukofot” tamoyiliga amal qilishi kerak. Uning fikricha, foizdan foydalanish shariatga ziddir,
chunki bu islomda taqiqlangan noaniqlik yoki tavakkalchilikdan foyda olishni anglatadi. Buning
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
26
o‘rniga Xon islom tamoyillari asosida tadbirkorlar va kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash maqsadida jamg‘armalar va investitsion hisobvaraqlar tashkil etishni qo‘llab-
quvvatlaydi (Xon, 2013). O‘z navbatida Az-Zuhayli (2003) «islomiy moliya bankining asosiy
maqsadi musulmon jamiyatini qayta tiklashni tashkil etish va musulmonlar o‘rtasidagi
hamkorlikni islom qonunlari bilan kelishuv asosida amalga oshirish ekanligini ta’kidlaydi.
Tadqiqot metоdologiyasi.
Tadqiqotda ilmiy abstraksiyalash, guruhlash, qiyoslash, retrospektiv va istiqbolli, empiric
tahlil va boshqa uslublardan foydalanildi. Maqolada qiyosiy taqqoslash usulida jahon
amaliyotida va taraqqiy etgan tijorat banklarida islom bank xizmatlaridan foydalanish
usullarining tashkiliyhuquqiy asoslarini mamlakatimizdagi mavjud asoslar bilan taqqoslab,
tegishli xulosalar shakllantirildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, 1973 yilning 18 dekabr kuni
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra
ta’sis etilgan va 1975 yil oktyabr oyida o‘z faoliyatini boshlagan (2014 yilning iyunida ITB
boshqaruvchilarining yillik yig‘ilishida Bank faoliyat boshlaganining 40 yilligi (hijriy hisob
bo‘yicha) nishonlandi). IHT a’zosi bo‘lgan har bir mamlakat ITB a’zosi bo‘lish huquqiga ega.
Bank tashkil etilayotgan vaqtda uning a’zolari 22 ta musulmon davlatidan iborat bo‘lgan bo‘lsa,
hozirgi vaqtga kelib ITBga ishtirokchi a’zo davlatlar soni 57 tadan oshgan bo‘lib, mamlakatimiz
2003 yildan ITBning a’zosi hisoblanadi. Bankning asosiy hissadorlari sifatida Saudiya
Arabistoni, Liviya, Eron, Nigeriya, BAA, Qatar, Misr, Quvayt va Turkiya davlatlari hisoblanadi.
ITBning bosh qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan bo‘lib, ITBning
hududiy vakolatxonalari 1994 yili Rabot shahrida (Marokash), huddi o‘sha yili Kuala-Lumrur
shahrida (Malayziya), 1997 yili Olma-Ota shahrida (Qozog‘iston), hamda 2008 yili Dakar
(Senegal)da ochilgan. SHuningdek, ITBning Misr, Turkiya, Indoneziya, Bangladesh va
Nigeriyada ham vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. ITBning asosiy vazifasi a’zo-
mamlakatlarda islom dini talablariga muvofiq bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-
quvvatlashdan iborat, shu jumladan:
- qashshoqlik darajasini pasaytirishga ko‘maklashish;
- savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish;
- mehnatga yaroqli aholi uchun ta’lim dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish;
- a’zo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam ko‘rsatish;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha boshqa turli dasturlarni amalga oshirish.
ITB a’zo-mamlakatlarda davlat va xususiy tarmoqqa qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar,
maktablar, kasalxonalar, uy-joylar, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqa shu kabi
qishloq xo‘jaligi va infratuzilma loyihalarini moliyalashtiradi. Ushbu loyihalar a’zo-mamlakatlar
ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tashkil topgan vaqtidan
boshlab 2021 yil yakuni holatiga ko‘ra ITB guruhining butun dunyo bo‘ylab moliyalashtirgan
loyihalarining umumiy qiymati 183 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xususiy tarmoqni rivojlantirish islom
korporatsiyasi (ICD) va London fond birjasi guruhi (LSEG) jahonda islom moliyasi
rivojlanishiga oid o‘zining yillik hisobotini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra jahon islom moliyasi
aktivlar hajmi 2023 yilda 4,9 trln AQSh dollariga yetgan hamda o‘tgan yilga nisbatan 11% ga
o‘sish qayd etilgan.
Sohalar bo‘yicha olganda islom bankchiligi aktivlar qiymati 3,5 trln AQSh dollariga
(umumiy aktivlarning 73%i), sukuk aktivlar qiymati 863 mlrd AQSh dollariga (18%) yetgan.
Aktivlarning qolgan qismi islomiy fondlar (5%), takoful (2%) va boshqa islom moliya
institutlari (3%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
27
Undan tashqari hisobotda Islom moliyasi rivojlanish ko‘rsatkichlari (IFDI) bo‘yicha
davlatlar reytinglari ham e’lon qilingan. Ushbu ko‘rsatkichlar moliyaviy faoliyat, boshqaruv,
barqarorlik, bilim va xabardorlik kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan bo‘lib, 2023 yilgi reytingda
Malayziya 1-o‘rinni olgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa mos ravishda Saudiya Arabistoni
va BAA davlatlari egallagan.
Ushbu hisobot har yili e’lon qilinib, unda keying besh yil uchun islom moliyasi aktivlar
hajmi prognoz ham qilinadi. Bu yilgi hisobotga ko‘ra butunjahon islom moliyasi sanoati aktivlar
hajmi 2028 yilga borib 7,5 trln AQSh dollaridan oshishi bashorat qilingan.
`
1-rasm. Islom moliyasi aktivlar hajmi prognozi
O‘zbekiston bilan hamkorlik doirasida, ITB guruhi sog‘liqni saqlash, energetika, qishloq
xo‘jaligi, qurilish, maktab va kollejlarni jihozlash, avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash,
davlat moliya tizimida islohotlar o‘tkazish kabi sohalardagi loyihalarni (ja’mi 86 loyiha)
moliyalashtirish uchun 2 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratish haqida qaror qabul
qilgan va shundan 1,1 mlrd. AQSH dollaridan ziyod qismi bugungi kungacha moliyalashtirilgan
(Isdb.org, 2019).
Xulosa va takliflar.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda Islom moliyasini yanada rivojlantirish uchun jiddiy
qadamlar tashlanmoqda. Xususan:
Halqaro hamkorlik: Halqaro Islom moliyasi institutlari bilan hamkorlikda huquqiy
asoslarni yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mikromoliya tashkilotlari uchun qoidalar: 2024yil 27 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining 3536-sonli qarori bilan "Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy
moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi. Ushbu
nizomga ko‘ra, mikromoliya tashkilotlari salam, muzoraba, mushoraka, murobaxa, istisna va
ijara kabi mahsulotlar orqali mijozlarni moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
BMT 2019 yilda O‘zbekistonda Islom moliyasiga bo‘lgan ehtiyoj, uning huquqiy asoslari
va rivojlanish istiqbollarini o‘rgandi. Ushbu tadqiqot mamlakatda Islom moliyasi uchun katta
bozor salohiyati mavjudligini ko‘rsatdi. 2020 yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shunga
dalildir:
tadbirkorlarning 38 foizi va jismoniy shaxslarning 56 foizi an’anaviy bank kreditlaridan
foydalanishni rad etishgan;
agar Islom moliya muassasalari tashkil etilsa, tadbirkorlarning 61 foizi va aholining 75
foizi ularning xizmatlaridan foydalanishga tayyor ekanini bildirgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
28
Islomiy mikromoliyalashtirish institutlari mavjud resurslarni samarali safarbar qilish
orqali o‘z vazifalarini bajarishi mumkin. Quyidagi chora-tadbirlar ichki bozor resurslaridan
foydalanishga yordam beradi:
islomiy bank darchalarini tashkil etish orqali depozitlarni jalb qilish va likvidlikni
ta’minlash;
an’anaviy banklar va islomiy mikromoliya tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik: Islom
moliyasi qoidalariga muvofiq, muzoraba va mushoraka mexanizmlari asosida resurslarni jalb
qilish hamda moliyaviy muammolarni hal qilish;
sukuk qimmatli qog‘ozlarini joriy qilish: uning huquqiy asoslarni shakllantirib, xalqaro
va mahalliy sarmoyalarni jalb qilish;
ijtimoiy Islom moliyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi orqali Vaqf
mulkchiligi huquqiy asoslarini yaratish: "Naqd pul vaqfi" modelini joriy etish va vaqf
manbalaridan samarali foydalanish;
islomiy P2P platformalarini yaratish: kraudfanding va onlayn platformalar orqali
sarmoyalarni jalb qilish va mikromoliyalashtirishni taqdim etish tizimini rivojlantirish;
takaful tizimini rivojlantirish: Islom huquqiga muvofiq sug‘urta mahsulotlarini ishlab
chiqish va takaful operatorlarini qo‘llab-quvvatlash.
Islom moliyasining samaradorligini oshirish, uni adolatli va shaffof ishlashini ta’minlash,
shuningdek, mavjud qiyinchiliklarni tezkor hal etish maqsadida Jahon savdo tashkilotiga a’zo
bo‘lish jarayonidagi vazirlik va idoralar o‘rtasidagi samarali hamkorlik usullarini Islom
moliyasini joriy etishda ham qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Islom moliyasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi moliyaviy institutlar va tashkilotlarning
ro‘yxati, ular ko‘rsatayotgan xizmatlar va shariat qoidalariga mosligini tasdiqlovchi hujjatlar
tegishli mas’ul vazirlik yoki idoralarning maxsus veb-saytlarida joylashtirilishi zarur. Bu
choralar Islom moliyasini joriy etish va rivojlantirish jarayonida shaffoflik va ishonchni
oshirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Absamatov A.E. (2023) Mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatida islomiy bank xizmatlarini
joriy etishning nazariy asoslari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr.197-204 b. VIISON
-NOYABR.
Al-Zuhaili W. (2003) Financial Transactions in Islamic Jurisprudence. Vol. 1. Beirut
(Lebanon): Dar al-Fikr.
Hassan K.M., Lewis M.K. (2007) Handbook of Islamic Banking. 433 p.
Isdb.org. (2019). Islamic Development Bank. [online] Available at: https://www.isdb.org/
Khan M.F. (2013). Money and Banking in Islam. Institute of Policy Studies.
Kharon S., Nursofiza V., Azmi V. (2012) Islamskaya finansovaya i bankovskaya sistema:
Filosofiya, printsipy i praktika. Kazan': Linova-Media, 536 p.
Murojaatnoma (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr.
https://president.uz/uz/lists/view/4057
Zawawi, N. A. W. A., Ahmad, M., Umar, A. A., Khamidi, M. F., & Idrus, A. (2014). Financing PF2
projects: Opportunities for Islamic project finance. Procedia engineering, 77, 179-187.
Рамблер/новости. (2024). Кристин Лагард сегодня: свежие новости о персоне
Кристин Лагард. [online] Available at: https://news.rambler.ru/person/lagard-kristin/
Святослав Поляков (2023). Как растет и ширится по миру исламский банкинг.
[online] Kursiv Media Узбекистан. Available at:
https://uz.kursiv.media/2023-10-08/islamskij-
banking-v-mirovoj-finansovoj-sisteme-vyvody/
