547
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
(1-(4-NITROFENIL)-1H-1,2,3-TRIAZOL-4-IL)METIL 2-GIDROKSIBENZOAT
MODDASINING YALLIG‘LANISHGA QARSHI TA’SIRI
Aytmuratova U.K.
Azamatov A.A.
Tursunxodjayeva F.M
O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti. e
-mail: urxiyaaytmuratova@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.17344196
Dolzarbligi:
Bugungi kunda revmatoid artrit va unga o‘xshash surunkali yallig‘lanish
kasalliklari butun dunyoda sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, revmatoid artrit aholining, ko‘pincha mehnatga layoqatli yoshdagi insonlarning
1–2 % ini qamrab oladi. Ushbu jarayonlar bemorlarning hayot sifatini keskin pasaytiradi,
nogironlikka olib kelishi mumkin. So‘nggi yillarda qo‘llanilayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi
dorilar (NYaQD), gormonlar va biologik preparatlar yallig‘lanish jarayonini kamaytirishda samarali
bo‘lsa-da, ular ko‘plab nojo‘ya ta’sirlarga ega. Shu bois xavfsizroq va samaraliroq yangi dori
vositalarini izlash farmakologiya va tibbiyotda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Tadqiqotning
maqsadi:
(1-(4-nitrofenil)-1H-1,2,3-triazol-4-il)metil
2-gidroksibenzoat
moddasining adyuvant - indutsirlangan artrit modelida yallig‘lanishga qarshi ta’sirini o‘rganish.
Tadqiqot obekti va metodlari:
Tadqiqot obekti
-
(1-(4-nitrofenil)-1H-1,2,3-triazol-4-il)metil
2-gidroksibenzoat moddasi O‘simlik Moddalari kimyosi instituti Organik sintez bo‘limida
I.S.Ortikov tomonidan sintez qilingan.
O‘rganilayotgan moddaning yallig‘lanishga qarshi faolligi adyuvant - indutsirlangan artrit
modelida o‘rganildi. Model 0.1 ml to‘liq Adyuvant Freyndani (Imject
TM
Freund’s Complete
Adjuvant, Sigma - Aldrich, USA) tajriba hayvonlarining o‘ng orqa oyoq panjasiga subplantar
yuborish orqali yaratildi. Model davomiyligi 28 kun bo‘lib, artritogen agent yuborilganidan keyin 2
haftadan keyin tajriba hayvonlarida og‘ir artrit rivojlandi.
Tajriba vazni 200-220 g og‘irlikdagi kalamushlarda olib borildi. Tajriba guruhlari tasodifiy
tanlov yo‘li bilan tuzildi: I guruh - intakt hayvonlar guruhi, II guruh - nazorat guruhi, III guruh -
taqqoslash guruhi, IV guruh - tajriba guruhi. Taqqoslash preparatlari Ketonal forte (Hemofarm,
Serbiya) 10 mg/kg dozada, Dikloberl Retard 8 mg/kg dozada, o‘rganilayotgan modda 100 mg/kg
dozada peroral yuborildi. Tajriba davomida guruh hayvonlarining tana vazni va oyoq panjasining
shish darajasi kuzatib borildi. Tana vazni elektron tarozi, shish darajasi esa onkometrik usul
yordamida har 3 kunda o‘lchab borildi.
Olingan natijalar:
Tajriba davomida nazorat guruhi hayvonlarining tana vazni 23% ga,
taqqoslash guruhlari hayvonlarining tana vaznlari mos ravishda 6.8% va 0.8% ga kamaydi. Tajriba
guruhi hayvonlarining tana vaznlari esa 5.1% ga ortganligi kuzatildi. Oyoq panjalari hajmi dinamikasi
kuzatilganda nazorat guruhi hayvonlarida panja shish darajasi 163.7%, taqqoslash guruhi
hayvonlarida panja shish darajasi mos ravishda 30.9% va 34%, tajriba guruhi hayvonlarida shish
darajasi 16.1% ekanligi aniqlandi.
Xulosa:
Panjadagi shish darajasi dinamikasiga qarab xulosa qilib aytishimiz mumkin, (1-(4-
nitrofenil)-1H-1,2,3-triazol-4-il)metil 2-gidroksibenzoat moddasining yallig‘lanishga qarshi faolligi
taqqoslash preparatlariga nisbatan yuqori. Bu natijalar o‘rganilayotgan moddaning qondagi
yallig‘lanish markerlariga ta’sirini o‘rganishga zamin yaratadi. Olib borilgan tajribalar O‘simlik
moddalari kimyosi instituti byudjet ishlari doirasida bajarildi.
