Авторы

  • Basir Safaraliyev
  • Dilshod Mirzayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138697

Аннотация

Ushbu maqolada davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarning tutgan o‘rni tahlil qilingan. Soliq tushumlarining davlat moliyaviy barqarorligidagi ahamiyati, ularning tarkibi va dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston byudjet tizimidagi mavjud muammolar, soliq siyosatini isloh qilish zaruriyati va ilgʼor xorijiy tajribalar asosida takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari soliq siyosatini yanada samarali yuritish hamda byudjet daromadlarini oshirishga xizmat qilishi mumkin

background image

246

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA

SOLIQLARNING TUTGAN O‘RNI

Safaraliyev Basir Norboyevich

1

Mirzayev Dilshod

2

1

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi

tel:+998 (97)-076-08-80

E-mail: safaraliyevbasir@gmail.com

2

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi

4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17514068

Annotatsiya:

Ushbu maqolada davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarning tutgan

o‘rni tahlil qilingan. Soliq tushumlarining davlat moliyaviy barqarorligidagi ahamiyati, ularning tarkibi
va dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston byudjet tizimidagi
mavjud muammolar, soliq siyosatini isloh qilish zaruriyati va ilgʼor xorijiy tajribalar asosida takliflar ishlab
chiqilgan. Tadqiqot natijalari soliq siyosatini yanada samarali yuritish hamda byudjet daromadlarini
oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

davlat byudjeti, soliq tizimi, soliq daromadlari, fiskal siyosat, byudjet barqarorligi.

Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konseptsiyasi asosida soliq yukini

kamaytirish va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishni soddalashtirish maqsadida soliq tizimiga
bosqichma-bosqich oʻzgartirishlar kiritilib, bugungi kun soliq amaliyotiga joriy etilmoqda. Natijada,
soliqlarning soliq toʻlovchilar faoliyatiga taʼsiri sezilarli darajada oʻzgarib kelmoqda. Davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirish jarayonida shu vaqtga qadar bilvosita soliqlarga katta ahamiyat berilgan boʻlsa,
soliq siyosatini takomillashtirish konseptsiyasi doirasida bevosita soliqlarga ustuvorlik berilmoqda. Demak
davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bevosita soliqlarning ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan
tizimli oʻrganish va tahlil qilish asosida taklif-tavsiyalar ishlab chiqish zarurati paydo bo‘lmoqda. Bu
o‘zgarishlardan asosiy maqsadi, soliq yukining kamayishi evaziga soliq to‘lovchilar sonini ko‘paytirish,
zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish asosida fuqarolar uchun
qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdan iborat. Turli mamlakatlarda soliq tizimlari turlicha bo‘ladi, chunki
mamlakatlar turli xil iqtisodiy xususiyatlarga va soliq tizimidan foydalanishda turli xil strategiyaga ega.
Nazariya va amaliyotda soliq tizimining rivojlanishi to‘g‘ri soliqlar ulushining oshishini anglatadi va bu soliq
tizimining progressivligini oshirishga yordam beradi. Umuman olganda, to‘g‘ri soliqlar hukumatlar
daromadlarini oshirishning adolatli va haqqoniy usuli hisoblanadi. To‘g‘ri soliqlar bozor hajmi cheklanganda
eng samarali daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri soliqlar daromad taqsimotini muvozanatlash va
tengsizlik farqini qisqartirish orqali tizimni yanada progressive bo‘lishiga olib keladi. Soliqlar davlat hamda
mahalliy budjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Byudjetning xarajatlar qismi orqali
iqtisodiyotga moliyaviy ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Soliqlar davlatning muayyan davrlarda aniq
maqsadga qaratilgan iqtisodiyot soha faoliyatida, davlat budjeti daromadining shakllanishini ta’minlashda
hamda iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solishda va boshqarishda alohida ahamiyatga ega. Oxirgi
yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarali byudjet-soliq siyosati hamda
uning iqtisodiyot taraqqiyoti uchun muhim mexanizm ekanligi, shuningdek, byudjet-soliq siyosatidagi
islohotlarning jadal rivojlanib borishiga, soliq sohasiga doir soliq sohasi amaliyotidagi tizimli
o‘zgarishlarning aniq baholashini belgilab beradi. Shu jumladan, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishlarning
hozirgi bosqichida yangi talablar asosida davlat budjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlashda
soliqlar ta’sirchanligini oshirish masalalarini o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega.

Soliqlarning davlat byudjetini tushumini ko‘paytirishdan tashqari Davlatdagi ijtimoiy vaiqtisodiy

jarayonlarni tartibga solishda ham asosiy rol o‘ynaydi. Qadim zamonlarda ham ijtimoiy va iqtisodiy
munosabatlar hamda jarayonni tartibga solishda soliqlardan foydalanib kelingan va hatto davlatlarning
shakllanishida ham soliqlarning o‘rni bo‘lgan. Chunki davlatlarning shakllanishini mukammal, barqaror
bo‘lmagan iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlariga tayanilgan. Shuningdek davlatning paydo bo‘lishining
dastlabki bosqichlarida moliyaviy hamda iqtisodiy munosabatlarini jonlantirishda davlatning hukmdor
vakillari har xil soliq to‘lovlaridan foydalangan va o‘z oldilarida turgan muammolarni yechishga harakat


background image

247

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

qilishgan. Soliqlarning nima uchun zarurligini bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ikki holat bilan ta’riflash mumkin:
birinchisi, davlatarning qator vazifasini mablag’lar bilan ta'minlash zarurligi, ikkinchisi, bozor
iqtisodiyoti qonun-qoidalari asosida. Davlatlarning bajaradigan funksiyalari hamda vazifalari ko‘p va bozor
iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan ba'zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan
vazifalar yo‘qolib borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi.Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlatlarning
yangi vazifasi paydo bo‘ladi. Bularga bizning O‘zbekiston Respublikasida ham kam ta'minlangan oilalarga
ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyotining infratuzilmasini (sanoat sohasida, qishloq xo‘jaligi
sohasida, moliya sohasida) tashkil etish kiradi. Shu yerda davlatning kuchli byudjet-soliq siyosatining
tadbirlarini amalga oshirish uchun talabalar, ko‘p bolali onalar, pensionerlar, nafaqaxo‘rlar va boshqalarni
mablag bilan ta'minlash muhimligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni davlat byudjeti
hisobidan qoplaydi

hamda ularga boshqa xarajatlarini davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda ham kam

ta'minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etiladi.Soliqlar va davlat budjeti bir biri bilan chambarchas
bog’langan.

Chunki soliqlar davlat budjetning shakllanishida bevosita ishtirok etadiDavlat soliqlarni budjetni

shakllantirish uchun amalga oshiradi, soliqlar ayni bir aniq xarajatlarni qoplash maqsadlariga ega emas,
bu ayni bir turdagi daromadlar tushadigan tushumdan amalga oshiriladigan xarajatlar soliqlar bog’liq
bo‘lib qolishining oldini olish zarurati bilan asoslangan. Biroq ayrim hollarda umumiy soliqlar bilan
birga maqsadli soliqlar ham belgilanadi, ularni amalga oshirilishi iqtisodiy faoliyatda ijobiy rol o‘ynashi
mumkin.Soliqlar birinchi bo‘lib davlatning ijtimoiy vazifalarini mablag’lar bilan ta’minlashning
zaruriyligidan ishlabchiqiladi. Davlatning oldida turgan barchavazifalarini bajarishga xizmat qiladi, bu
vazifalar quyidagilardan iboratdir: -aholining kam ma’lum bir qismini (talabalar, nafaqaxo‘rlar, nogironligi
bo‘lgan shaxslarva boshqalar)ni ijtimoiy-iqtisodiy ximoya qilish;-mamlakat mudofaasi tizimini ta’minlash;-
mamlakat aholisining erkin mehnat qilish hamda erkin yashash muhofazasini ta’minlash;-mamlakat ichida
uzluksiz iqtisodiy hamda ijtimoiy, madaniy tadbirlarni (ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, ijtimioy
ta’minot) amalga oshirish;-boshqa davlatlar bilan ham iqtisodiy, madaniy hamda siyosiy aloqalarni
o‘rnatish;-bozordagi infrastrukturani yaratish, boshqa tadbirlar hamda ishlarni amalga oshirish
uchun.Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslarni talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslar soliqlar va boshqa yig’imlardan tashkil topadi. Hisob-kitoblarga
koʻra, bevosita soliqlar boʻyicha tushumlar 100,3 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan tushumlarga nisbatan
12,8 trln soʻmga (14,6 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. 2025-yilda bevosita soliqlar Davlat budjeti
daromadlaridagi salmogʻi 32,5 foizni (2024-yilda 32,3 foiz kutilmoqda) tashkil etadi. Foyda soligʻi boʻyicha
tushumlar 54,8 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 5,8 trln soʻmga (12 foiz) koʻp boʻlishi
prognoz qilinmoqda. Oltin qazib chiqaruvchi korxonalardan tashqari toʻlovchilar boʻyicha prognoz
koʻrsatkichlari 29,6 trln soʻm (oʻsish surʼati 7,4 foiz) hisob-kitob qilingan. Mazkur soliq turi prognozini hisob-
kitob qilishda xoʻjalik yurituvchi subyektlar foydasining 2024-yil kutilayotgan miqdoriga nisbatan oʻsish
surʼatlari 17 foiz miqdorida koʻzda tutilgan. Milliy qonunchilikni JST (Jahon standarti talabi) talablariga
moslashtirish maqsadida eksport imtiyozlarining bekor qilinishi hisobiga 1,1 trln soʻm, mobil aloqa uchun
aksiz soligʻining bekor qilinishi hisobiga 165 mlrd soʻm qoʻshimcha daromad tushishi inobatga olingan.
Bilvosita soliqlar boʻyicha tushumlar 104,7 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 14,9 trln
soʻmga (16,5 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. 2025 yilda ham bilvosita soliqlar Davlat budjeti
daromadlarning asosiy qismini tashkil qilib, umumiy daromadlar prognozining 33,9 foizini tashkil etadi (2024-
yilda 33,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda). QQS boʻyicha tushumlar 71,8 trln soʻm yoki 2024-yilgi
kutilayotgan ijroga nisbatan 11,1 trln soʻmga (18,3 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. Soliq qoʻmitasi
tomonidan 47,6 trln soʻm, Bojxona qoʻmitasi tomonidan 57,9 trln soʻm daromad undirilishi koʻzda tutilmoqda.
Mazkur soliq boʻyicha prognozni hisob-kitob qilishda imtiyozlarni bekor qilish hisobiga 96 mlrd soʻm, energo
resurslar taʼriflarining oʻzgarishi hisobiga 477 mlrd soʻm hamda soliq-bojxona maʼmurchiligini yaxshilash
yuzasidan koʻriladigan tadbirlar natijasida 2,7 trln soʻm tushishi inobatga olingan. Shu bilan birga, soliq
toʻlovchilarga QQSning 33,8 trln soʻmini (QQS boʻyicha jami yigʻiladigan mablagʻlarning 32 foizi) qaytarib
berish prognoz qilingan. Aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar 21,4 trln soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga
nisbatan 2 trln soʻmga (10,3 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda. Prognozni hisoblashda stavkalarni
indeksatsiyalash hisobiga 1,2 trln soʻm, soliqqa tortiladigan tovarlar roʻyxatini kengaytirish hisobiga 177 mlrd


background image

248

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

soʻm qoʻshimcha daromad undiriladi. Shuningdek, mobil aloqa xizmati uchun soliqni bekor qilinishi
tushumlarni 1,1 trln soʻmga kamaytirishi inobatga olinmoqda. Bojxona bojlari boʻyicha tushumlar 11,5 trln
soʻm yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 1,7 trln soʻmga (17,6 foiz) koʻp boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Xulosa. Yuqorida ko‘rib chiqilgan o‘rganishlar va tahlillardan to‘g‘ri soliqlarning darajasi

rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga turlicha va to‘g‘ri soliqlar uchun yuqori miqdorning
belgilanishi o‘rta va quyi qatlam aholisining daromadlariga salbiy ta’sir qilishini ko‘rishimiz mumkin. Bundan
tashqari har bir soliq turlarnining nima maqsadga yo‘naltirilganligining jamoatga ochiq ma’lumotlar berib
borilishi aholida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash va soliq ma’muriyatchiligiga ishonchini orttiradi. Ushbu jarayon
nafaqat mustahkam soliq bazani shakllantirishga, balki iqtisodiy jarayonning yanada barqaror bo‘lishiga olib
keladi. Xalqaro hamkorlikning ham to‘g‘ri soliqlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning asosiy
sababi ikkiyoqlama soliq solishdagi muammolar, rezident va norezident shartnomalari, fuqarolarning qaysi
mamlakat soliq to‘lovchisi ekanligi kabi bir qancha savollarga javob topishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Byudjet-soliq siyosati va byudjet tizimi / A. M. Karimov. —Tashkent: O‘qituvchi, 2024.
2. Davlat byudjeti va soliqlar / M. Sh. Tursunov. —Tashkent: Fan, 2021.
3. Iqtisodiy rivojlanish va soliqlar / N. A. Asimov. —Tashkent: Iqtisodiyot va tashqi savdo vazirligi
nashriyoti, 2024.
4. Soliq tizimi: nazariya va amaliyot / N. B. Sultonov. —Tashkent: Iqtisodiy bilimlar, 2019.
5. Byudjet-soliq siyosati va iqtisodiy barqarorlik / O. R. Abdullaeva. —Tashkent: O‘zbekiston Milliy
universiteti nashriyoti, 2022.
6. Global soliq tizimlari va ularning davlat byudjetiga ta'siri / R. P. Xoshimov. —Tashkent: O‘zbekiston
xalqaro iqtisodiy aloqalar universiteti nashriyoti, 2024.
7. Iqtisodiy tahlil va soliqlarning iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni / S. A. Bunyodov. —Tashkent: Yangi avlod, 2023.
8.https://api.mf.uz/media/budget_activity_files/Budjetnoma_2025_BmO2cnx.pdf

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Basir Safaraliyev , Qamariddin Abduraximov , O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BYUDJETI SHAKILLANISHIDA TO‘G‘RI SOLIQLARNING AHAMIYATI , Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук: Том 5 № 11(Special Issue) (2025): Accelerating Reforms in the Financial and Credit System, Expanding the Scope of Services Market, and Promoting Competition: Existing Problems and Their Solutions

Basir Safaraliyev , Diyor Chorshanbiyev , G‘AZNACHILIKDA MOLIYAVIY MAJBURIYATLAR , Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук: Том 5 № 11(Special Issue) (2025): Accelerating Reforms in the Financial and Credit System, Expanding the Scope of Services Market, and Promoting Competition: Existing Problems and Their Solutions

Basir Safaraliyev , Shahboz Salomov , G‘AZNACHILIKNING BUGUNGI HOLATI VA UNING DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDAGI AHAMIYATI , Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук: Том 5 № 11(Special Issue) (2025): Accelerating Reforms in the Financial and Credit System, Expanding the Scope of Services Market, and Promoting Competition: Existing Problems and Their Solutions

Basir Safaraliyev , Sardor Saydullayev , BUDJET TASHKILOTLARI BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LARINING G‘AZNA IJROSINI TASHKIL QILISH , Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук: Том 5 № 11(Special Issue) (2025): Accelerating Reforms in the Financial and Credit System, Expanding the Scope of Services Market, and Promoting Competition: Existing Problems and Their Solutions