270
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
BUDJET TASHKILOTLARI BUDJETDAN TASHQARI
MABLAG‘LARINING G‘AZNA IJROSINI TASHKIL QILISH
Safaraliyev Basir Norboyevich
1
Saydullayev Sardor Esonovich
2
1
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi
tel:+998 (97)-076-08-80
E-mail: safaraliyevbasir@gmail.com
2
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va moliyaviy texnalogiyalar yo`nalishi
4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi
Email adres: sardorsaydullayev2004@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17518978
Annotatsiya:
Budjetdan tashqari jamg'armalarni tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim
bo'lgan xarajatlarni budjet mablag'laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta'minlashdir. Budjetdan
tashqari jamg'armalarni tashkil etilishining muvofiqligini ta'minlovchi yana bir muhim omil - bu budjet
taqchilligidir. Xarajatlarni daromaddan o'sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda
emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag'larni qayta guruxlanishini xam talab etadi. Va
nihoyat, xo'jalik yuritishning va xususiylashtirishning ko'p qirrali shakllari, budjet shakllari bilan bir qatorda
jamiyatda pul mablag'larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo'llash zaruriyatini qat'iy talab etadi.
Kalit so'zlar:
maqolada maqsadli fondlar, fondlari moliyaviy resurslar tizimining rivojlanishi
bosqichlarining tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlari tadqiq etilgan, shuningdek, davlat maqsadli fondlari
moliyaviy resurslaridan samarali yangi innovatsion yo'nalishlar, iqtisodi o'sishga ta'siri hamda
takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.
Kirish
O'zgarishga boy iqtisodiy sharoitlar ko'pincha boshqaruv qarorlarini tez jalb qilish zarurligini belgilab
qo'yadi, shu qatorda moliyaviy resuslarni qayta taqsimlanishida hamdir. Budjet mablag'laridan foydalanish
hukumat organlari qonun asosida qa'tiy tasdiqlab bersa, budjetdan tashqari jamg'armalar esa ijroiya organlari
orqali belgilanadi. Qonun asosida tasdiqlangan budjet parlament tomonidan nazorat qilinadi, budjetdan
tashqari jamg'armalar esa qonun chiqaruvchi organlar tomonidan nazorat qilmaydi. Bu ham budjetdan tashqari
jamg'armalarni iqtisodiy sharoitiga moslashishni tezlatadi. Budjetdan tashqari jamg'armalarni tashkil
etilishining zarurligini va maqsadga muvofiqligini ta'minlovchi yana bir muhum omil - bu budjet tangligidir.
Xarajatlarning daromaddan o'sib ketishi moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishni emas, balki korxonalar,
tashkilotlar va aholidan tushgan mablag'larni qayta guruhlanishini ham talab etadi. Mana shunday sharoitda
ma'lum tarmoq va sohalarni rivojlantirishda budjetdan tashqari maqsadli jamg'armalarni roli kattadir.
Iqtisodiyotni modernizatsiya va isloh etish sharoitida iqtisodiy jamg'armalarning roli alohida ahamiyatga
molikdir.
Asosiy qism
Budjetdan iqtisodiy sohaga pul ajratishdan asosiy maqsad, davlatning bu sohaga aralashuvini ta'minlab
turishdir. Davlatni iqtisodiyotga aralashishi esa iqtisodiyotni o'sishida muhim omillardan biri bo'lib
hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi sharoitda bizning respublikamizda bu juda muhimdir.
Budjetdan tashqari fondlar iqtisodiyotni barqarorlashtirishning dastlabki belgilari desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida bu fondlarning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy ahamiyati katta.
O'zbekiston Respublikasida davlatning maqsadli jamg'armalarini shakllantirishda ularning tashkil qilinishi
bo'yicha jahon tajribasi o'rganildi, mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar e'tiborga olindi.
Albatta, bunday uy-g'unlashtirishga erishish natijasida ijtimoiy siyosatning samara-dorligi va ta'sirchanligi
oshdi. Ushbu fondlarning ba'zilari boshqa mamlakatlardagiga o'xshash bo'lsa, boshqalari esa o'xshashi yo'q,
ya'ni alohida bo'lib, bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos milliy yo'limiz borligini tasdiqlab turibdi.
Iqtisodiyot va xizmat ko'rsatish sohasining yuqori sur'atlar bilan barqaror o'sishi biz uchun eng muhim ustuvor
yo'nalish bo'lgan - aholi bandligini ta'minlash, avvalambor, ishga joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratdi.
Davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamg'armalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan quyidagi fikrlarni
keltirish mumkin:
271
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
✓
Davlat maqsadli jamg'armalari faoliyatini moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash va barqarorlashtirish
maqsadlarida jamg'armalarga kapital qo'yilmalar va investitsiyalarni jalb etish ularning davlat budjetidan
dotatsiyalar olish holatlarini qisqartiradi;
✓
O'zbekistonda davlat maqsadli jamg'armalarining barqaror hamda uzluksiz faoliyatini ta'minlash
uchun eng muhim yo'nalishi sifatida kichik biznes va xusu-siy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va kasanachilik
sohalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag'batlantirishdan etarli darajada mustahkam zaxiralar
yaratilganligi va zarur resurslar bazasining shakllantirsh zarur;
✓
Mamlakat moliyaviy qonunlariga jamg'armar daromadlari hajmini optimallashtirishni, moliyaviy
resurslaridan foydalanish bo'yicha javobgarlikni oshirishni ko'zda tutuvchi o'zgartirishlar kiritish;
✓
Davlat maqsadli jamg'armalari mablag'larining aniq va maqsadli, standartlardan og'ishmay ishlatilishi
ustidan nazoratni yanada oshirish, jamg'armalar daromadlari shakllanishi va xarajatlarining ijrosini amalga
oshirishda amaldagi g'aznachilik tizimi faoliyatini yanada mustahkamlash orqali davtlabki va joriy nazoratlar
mustahkamligini ta'minlash;
✓
Budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg'armalardan samarali foydalanish maqsadida davlat moliyaviy
siyosati bilan davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatining bir xilligini ta'minlash;
✓
Mamlakatning kelgusi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishida moliya tizimi
barqaror faoliyatini ta'minlovchi ijtimoiy yo'nalishdagi maqsadli jamg'armalarni shakllantirish.
✓
Jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimini takomillashtirish va jamg'arib boriladigan pensiyani
ixtiyoriy badallar hisobiga shakllantirishni rag'batlantirish.
Aholini ijtimoiy himoyalash muammolari qanchalik keng qamrab olinganligi va ilmiy jihatdan chuqur
o'rganganligiga qaramay, bu masalaning dolzarbligi saqlanib qolaveradi. Iqtisodiyot taraqqiy etgan sari
mazkur fondlarning ahamiyati ham ortib boradi. Bu esa davlatning budjetdan tashqari maqsadli
jamg'armalarining mohiyati va vazifasini ilmiy tarzda tushunishni, tahlil etishni, ularning faoliyatini jahon
tajribasini hisobga olgan holda takomillashtirishni talab etadi.
Xulosa
Budjetdan tashqari fondlar tizimini isloh qilish, hamda uni shakllantirish va sarflash bilan bog'liq bo'lgan
dolzarb muammolarni hal qilish maqsadida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarning asosiylari
quyidagilardan iboratdir: xususiy (nodavlat) nafaqa jamg'armalarini shakllantirish lozim. Bunday
jamg'armalarni tashkil etish qoidalarini ta'minlovchi va faoliyat jarayonini boshqarib turuvchi qonunlar talab
qilinadi. Ularning investitsion faoliyati esa mahsus boshqaruvchi kompaniyalar orqali amalga oshirilishi kerak.
Bu esa mablag' quyishning samaradorligini va uning saqlanishini kafolatini ta'minlovchi asosiy shart
hisoblanadi; kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini oshirish orqali Ish bilan
ta'minlashga ko'maklashuvchi jamg'arma xarajatlarini qisqarishiga erishish; aholini ijtimoiy himoyalash chora-
tadbirlarini moliyalashtirish uchun budjetdan tashqari mablag'lar, jumladan xayriya tashkilotlari va
homiylarning mablag'larini jalb qilish, bu kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy to'lovlar hajmi va qamrovini
oshirishga imkon beradi; Ayrim nafaqa to'lovlari va imtiyozlarni tugatish natijasida bo'shagan mablag'larni
muhtoj oilalarga manzilli nafaqa to'lovlarini moliyalashtirish hajmini oshirishga yo'naltirish; Minimal ijtimoiy
standartlarni, jumladan mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda, hisob-kitob qilish usulini
takomillashtirish. Ma'lum bosqichda, amaliyotga kun kechirish minimumi kattaligi ijtimoiy standartini tadbiq
etish; Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun aholining ijtimoiy zaif guruhlari, avvalambor, talab
qilinmagan mehnat salohiyatiga ega kam ta'minlangan oilalarni kredit resurslaridan foydalanish
imkoniyatlarini ta'minlashga yo'naltirilgan mikromoliyalashtirish institutlarini kengaytirish. Bu maqsadda
budjetdan tashqari fondlar, xalqaro rivojlanish loyihalari va xorijiy donorlar ishtirokida ixtisoslashgan ijtimoiy
investitsiyalar Fondini yaratish imkoniyati ko'rib chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Shernayev A.A. Budjetdan tashqari jamg'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash
amaliyotini takomillashtirish yo'nalishlari //
2. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini
takomillashtirish yo'nalishlari // «Студенческий вестник»: научный журнал. - № 20(165). Часть 14.
Москва, Изд. «Интернаука», 2021. - с. 74-76
272
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
3. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini
oshirish masalalari «Интернаука»: научный журнал -№ 20(196). Часть 7. Москва, изд. «Интернаука»,
2021. - с. 58-60
