544
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
G‘AZNACHILIKNING BUGUNGI HOLATI VA UNING DAVLAT
MOLIYASI
TIZIMIDAGI AHAMIYATI
Safaraliyev Basir Norboyevich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi
tel:+998 (97)-076-08-80
E-mail: safaraliyevbasir@gmail.com
Salomov Shahboz
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi
Email adress: shahbozs183@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17531396
Annotatsiya:
Ushbu maqolada g’aznachilik tushunchasining mohiyati, bugungi holati hamda davlat
moliyasi tizimini tashkil e’tishdagi o’rni xususida so’z yuritilgan
.
Bundan tashqari g’aznachilik organi qanday
vazifalarni bajarishi va davlat moliyasining tarkibida tutgan o‘rni haqida so‘z yurutilgan
Kalit so’zlar:
institutsional islohotlar, moliya, g’azna, davlat budjeti, davlat budjetini boshqarish,
g’aznachilik, budjet mablag’lari.
Kirish.
Bugun mamlakatimizning iqtisodiy sohasida qator yangilik va o‘zgarishlarning joriy qilinishi uning
iqtisodiy jihatdan yanada takomillashishiga xizmat qilmoqda. Xususan, davlat moliyasi yo‘nalishida
institutsional islohotlar keng ko‘lamda amalga oshirilyapti. Ushbu amaliy harakatlarning negizida eng avvalo,
davlat budjeti ijrosiga dunyo tan olgan va dunyo mamlakatlarida sinovdan o‘tgan, budjet mablag‘laridan
natijakor foydalanishni ta’minlab beruvchi g‘aznachilik tizimining joriy qilinganini alohida e’tirof bilan tilga
olish lozim. Mamlakatimizda davlat budjetining g‘azna ijrosini samarali tashkil qilinishiga mustaqillikning
sharofati, jumladan, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini qo‘lga kirita boshlanimizdan so‘nggina muvaffaq
bo‘lindi. O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi bo‘yicha ham keng qamrovga ega
bo‘lgan muvaffaqiyatli natijani berayotgan islohotlarni joriy qilmoqda. Bunday ishlohotlarning ijobiy natijalari
davlat budjeti g‘azna ijrosining omadli tarzda joriy qilinishida yaqqol ko‘zga tashlanadi, deya aytish mumkin.
Muhokama va natijalar.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi davlat budjeti va davlat maqsadli
jamg‘armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar
bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu
hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, budjet
tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining
tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag‘larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat
moliyaviy resurslarining harakati Davlat byudjeti g'azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning yagonaligi
hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. to‘g‘risida operativ tarzda
ma’lumotlarni jamlash imkonini yaratadi.
Davlat byudjetining g'azna ijrosi Davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g'azna hisobvarag'iga
kiritishdan, shuningdek Davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to'lashdan iborat.
1-rasm G‘aznachilik tuzilmasi.
1
1
https://gov.uz/oz/gazna/pages/structure
545
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
G'aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
Davlat budjetining kassa ijrosi;
-
Davlat budjeti mablag'larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-
Davlat budjeti mablag'larini boshqarish, yagona g'azna hisobvarag'ini va hududiy g'azna
hisobvaraqlarini yuritish;
-
budjet mablag'lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko'rsatuvchi) bilan
tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag'lari hisobidan kapital qurilish
uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro'yxatdan o'tkazish;
-
Davlat budjetida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mablag'lar nazarda tutilgan bo'lsa, o'sha
yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig'iga binoan to'lovlarni amalga oshirish;
-
Davlat budjeti g'azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;
-
Davlat budjetining ijrosi to'g'risidagi axborotni yig'ish, qayta ishlash, tahlil qilish va xisobotni tuzish;
-
O'zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko'rsatish, O'zbekiston
Respublikasining kafolatlarini ijro etish.
-
O'zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi
insonparvarlik yordami hamda texnik ko'maklashish vositalarini to'liq va tizimli hisobga olish.
G'aznachilik o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan
o'zaro hamkorlikda bajaradi. Mazkur organlar va tashkilotlar Davlat budjetining kassa ijrosini amalga
oshirishda, uning mablag'larini boshqarishda, Davlat budjeti mablag'larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni
amalga oshirishda G'aznachilikka ko'maklashishlari shart.
G'aznachilik bilan davlat soliq, bojxona xizmati organlari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat
banklari, davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar, Davlat budjetida mablag'lar nazarda tutilgan
yuridik shaxslar,
shuningdek budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari Davlat budjetining g'azna ijrosi sohasidagi
ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda almashib turadilar.
546
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar, Davlat budjetida mablag'lar nazarda tutilgan
yuridik shaxslar, shuningdek budjet jarayonining boshqa ishtirokchilari G'aznachilikka taqdim etiladigan
ma’lumotlarning to'g'riligi va asosliligi uchun javobgar bo'ladilar.
Davlat budjetiga to'lanadigan soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlar yagona g'azna hisobvarag'iga
kiritilib, ular tegishincha respublika budjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlar, davlat
maqsadli jamg'armalari daromadlarida aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag'lari
yagona g'azna hisobvarag'iga kiritilib, ular mazkur tashkilotlarning daromadlarida aks ettiriladi
2
Davlat budjetiga chet el valyutasida to'lanadigan soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlar,
shuningdek budjet tashkilotlarining chet el valyutasida tushadigan budjetdan tashqari mablag'lari, agar qonun
hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo'lmasa, G'aznachilikning bankdagi valyuta hisobvaraqlariga
kiritiladi.
G'aznachilik yagona g'azna hisobvarag'idagi va G'aznachilikning boshqa bank hisobvaraqlaridagi Davlat
budjeti mablag'larini ularni Davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun
yo'naltirish, shuningdek Davlat budjeti bo'sh mablag'larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha
joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetiga, mahalliy
budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg'armalariga budjet ssudalari berish yo'li bilan boshqarib boradi.
Davlat byudjeti g'azna ijrosining buxgalteriya hisobi G'aznachilik tomonidan, shuningdek davlat soliq va
bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar
tomonidan Davlat byudjeti g'azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi va byudjet
tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti g'azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.Davlat byudjetining ijrosi
to'g'risidagi hisobot G'aznachilik tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim
etiladi.Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning ijrosi to'g'risidagi hisobotlar
G'aznachilik tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar,
tumanlar, shaharlar moliya organlariga taqdim etiladi.
Davlat byudjetining g'azna ijrosi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Davlat byudjetining g'azna ijrosi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo'ladilar. Zamonaviy jamiyatimiz taraqqiy etayotgan bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur
iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini
boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va
usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni
jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o‘zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada
rivojlantirish talab etiladi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini - davlat
budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan, budjet ijrosida kassali
tizimdan jahon amaliyoti tajribasida sinovdan o‘tgan va o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata olgan budjet tizimi
budjetlarining g‘azna ijrosiga o‘tishning amalga oshirilishi davlatimiz iqtisodiy sohasidagi yutuqlaridan
bo‘ladi. Hozirgi zamonaviy iqtisodiy yangiliklardan kelib chiqib aytish mumkinki, budjet jarayonini samarali
tashkil qilishning amaliy ishlarini g‘aznachilik nazoratidan chetda tasavvur etib bo‘lmaydi. Buni hattoki,
zamonaviy iqtisodiyot vakillari — olimlar, iqtisodchilar, qolaversa, sohaning yetuk mutaxassislari ham asosli
ravishda e’tirof etmoqdalar. Negaki, g‘aznachilik tizimi budjet daromadlari va xarajatlarini yagona g‘azna
hisobraqamiga jalb qilish, pul oqimlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish, rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning
2
Steven M. Bragg. “TREASURY MANAGMENT” The Practitioner’s Guide.
547
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
esa ilk va joriy nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat budjetini yuqori operativlikda ijro etish
imkoniyatining kengayishiga xizmat qiladi.
3
Mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni, shu bilan bir qatorda davlat budjetini ijro etishda asosiy
mexanizmlardan biri hisoblangan g‘aznachilik tizimini tas hkil etish va uni shakllantirishda xorij
mamlakatlarining tajribasi muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston ular tajribasidan oddiy nusxa olmaydi, chunki
mamlakatimiz davlat boshqaruvini tashkil etish, iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni boshqarish sohasida
o‘ziga xos yo‘nalishga ega davlatdir. Biroq, bu bilan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va rivojlantirish
yo‘nalishida xalqaro tajribalarning o‘rganilish darajasi passivlashmaydi.
Rivoj topgan mamlakatlarning iqtisodiy amaliyotidagi davlat budjetining g‘aznachilik tizimini O’zbekiston
Respublikasida joriy qilish va uni yanada rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning
axborotlashtirilgan tizimiga asos solish davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlarga
ega bo‘lish uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishning
ta’minotdir. Yana aytish joizki, davlat budjetida mablag‘lardan samarali hamda maqsadli foydalanish
maqsadida ham g‘aznachilik tizimi joriy qilindi. Ushbu tizimning yaratilishi iqtisodiy soha uchun joriy va
yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish bo‘yicha kattadan-katta o‘zgarishlarning amalga oshishiga sabab
bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar hayotida davlat budjeti ijrosini boshqarish asosan,
g‘aznachilik tizimiga asoslanib amalga oshiriladi.
Xulosa va takliflar
Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
albatta, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimidagi o‘tkazilayotgan
tub islohotlar mohiyati moliya tizimida davlat budjeti ijrosini takomillashtirish, g‘aznachilik tizimining joriy
qilinishi sanaladi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — budjet mablag‘larini samarali boshqarish, budjet
mablag‘larining moliyaviy nazoratini kuchaytirish va barcha budjet tashkilotlarining xarajatlarini
boshqarishda g‘aznachilik faoliyatining joriy qilinishiga, amalda bo‘lishiga erishishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Steven M. Bragg. “TREASURY MANAGMENT” The Practitioner’s Guide.
2.
T.Eshnazarov. Davlat budjetining g’azna ijrosini rivojlantirish omillari. “Budjet ijrosiga g’aznachilik
tizimini joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiyamaliy konferentsiya materiallari
to’plami. - Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA» nashriyoti, 2011 y.
3.
Shaxlo S. G‘AZNACHILIK TIZIMINING JORIY QILINISHINING DAVLAT MOLIYASI
TIZIMIDAGI AHAMIYATI //E Conference Zone. - 2022. - С. 1-2.
4.
O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari portali www.lex.uz
5.
www.ochiqbudj et.uz.
3
shaxlo s. G‘aznachilik tizimining joriy qilinishining davlat moliyasi tizimidagi ahamiyati //e conference zone.
- 2022. -
с
. 1-2.
