МЕТОДИЧЕСКИЕ И ДИДАКТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ

CC BY f
146-150
3
2
Поделиться
Исмаилов , А. (2023). МЕТОДИЧЕСКИЕ И ДИДАКТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 146–150. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22097
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлены методические и дидактические основы формирования информационно-коммуникативной компетентности студентов, способы получения больших возможностей в воспитании и обучении в начале образовательной системы, умножены этапы развития интеллектуальных способностей студента. Кроме того, профессиональная компетентность будущих учителей, развитие научно-технического сотрудничества в широком смысле также выделены с методической точки зрения

Похожие статьи


background image

146

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Ismoilov Azamat Arslanboyevich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi

azamat_ismoilov@gmail.com

УДК:3701

TALABALARNING AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA

KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING USLUBIY VA DIDAKTIK

ASOSLARI

Kalit soʻzlar:

Kompetentlik,
kommunikatsiya,
kommunikatsiya-muloqot,
aksial, axborot-
kommunikativ
kompetensiya, kompyuter
tarmogʻi, operatsion tizim.

Annotatsiya.

Ushbu

maqolada

talabalarning

axborot

kommunikatsiya kompetentligini shakllantirishning uslubiy va
didaktik asoslari keltirilgan boʻlib, taʼlim tizimining bapcha
bocqichlapida taʼlim va tapbiya bepishda katta imkoniyatlapga ega
boʻlish yoʻllari, taʼlim olyvchilapning intellektyal calohiyatining
pivojlanishi bosqichlari koʻpcatilgan. Bundan tashqari boʻlajak
oʻqityvchilar kasbiy kompetentligi, keng maʼnoda ishlab
chiqapishning ilmiy-texnik acoclapi ham metodologik jixatdan
yoritib berilgan.

МЕТОДИЧЕСКИЕ И ДИДАКТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ

ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАТИВНОЙ

КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ

Исмаилов Азамат Арсланбаевич

Старший преподователь кафедры Информатика и информационной

технологии Чирчикского государственного педагогического университета

azamat_ismoilov@gmail.com

Ключевые слова:

Компетенция, общение,
общение-
коммуникация, осевая,
информационно-
коммуникативная
компетентность,
компьютерная сеть,
операционная система.

Аннотация.

В данной статье представлены методические и

дидактические

основы

формирования

информационно-

коммуникативной

компетентности

студентов,

способы

получения больших возможностей в воспитании и обучении в
начале образовательной системы, умножены этапы развития
интеллектуальных

способностей

студента.

Кроме

того,

профессиональная компетентность будущих учителей, развитие
научно-технического сотрудничества в широком смысле также
выделены с методической точки зрения.


background image

147

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

METHODOLOGICAL AND DIDACTIC PRINCIPLES FOR FORMING

INFORMATION AND COMMUNICATION COMPETENCE OF STUDENTS

Ismailov Azamat Arslanbaevich

senior lecturer of the Department of Informatics and

Information Technology of Chirchik State Pedagogical University

azamat_ismoilov@gmail.com

Keywords:

Competence,
communication,
communication-
communication, axial,
information-communicative
competence, computer
network, operating system.

Annotation.

In this article, methodological and didactic foundations

of formation of information communication competence of students
are presented, the ways to have great opportunities in education and
training at all phases of the educational system, the stages of
development of the intellectual skills of the student are shown. In
addition, the professional competence of the future teachers, the
scientific and technical cooperation of the development in a broad
sense is also highlighted from the methodological point of view.

Kirish

Kishilik jamiyatida insoniyatni muloqot faoliyatisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Insonning shaxsini tavsiflovchi jinsi, yoshi, taʼlim-tarbiyasi, ijtimoiy mavqei, millati,
dini va boshqa koʻplab maʼlumotlardan qatʼiy nazar, doimo axborotni qabul qiladi,
saqlaydi, qayta ishlaydi va uzatadi yaʼni, axborot-kommunikativ faoliyat bilan faol
shugʻullanadi. Shundan kelib chiqib, boʻlajak mutaxassislarning kommunikativ
kompetentligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratib berish muhim sanaladi.

Asosiy qism

Boʻlajak mutaxassislarda axborot-kommunikativ kompetentlikni shakllantirish

muammolarini oʻrganish psixologik-pedagogik, ilmiy adabiyotlarda “muloqot”
tushunchasiga berilgan taʼriflarni tahlil qilish va uning mohiyati va tuzilishini
aniqlashdan boshlanadi [1].

“Kommunikatsiya” atamasi lotincha “communio” dan kelib chiqqan va

“umumiy qilaman”, “bogʻlanaman”, “muloqot qilaman” degan maʼnolarni beradi. Bu
atamaning umumlashtirilgan ilmiy maʼnosi bilan birgalikda ijtimoiy muhitda
axborotlar almashishning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq ijtimoiy-madaniy
maʼno kasb etadi.

Bugungi kunda ushbu atamalar kundalik hayotimizda ham, ilmiy jihatdan ham

teng kuchli sifatida koʻproq foydalanilib kelinmoqda. Ammo, “kommunikatsiya”
axborot nazariyalari va kommunikatsiyalari sohasida mustahkam oʻrnashib olganligi
sababli, xabar yoki axborotni oddiy almashish va uzatishga aylantirildi.

“Kommunikatsiya-muloqot” atamalaridagi maʼno-mazmun, uning turli

oʻxshash va farqli jihatlari pedagog-psixolog olimlar va tadqiqotchilar tomonidan


background image

148

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

oʻrganilganligiga qaramasdan, toʻliq izohlangan emas. Quyida biz bu muammo ilmiy
adabiyotlarda turli fanlar doirasida qanday yoritilganligini keltiramiz.

Kommunikatsiyaning toʻliq tavsifiga axborot-kommunikativ bosqich (axborot

almashish uchun maqsad va ehtiyojlar shakllanadi va ularni amalga oshirish yoʻllari
belgilanadi), kommunikatsiyaning oʻzi (xabar yaratish, uzatish va qabul qilish) va
kommunikatsiyadan keyingi bosqich (muloqotning oqibatlari yoki taʼsiri namoyon
boʻladi va hisobot yaratiladi) kiradi.

Kasbiy kompetentlik maxsus tayyorgarlik tufayli umumiylik asosida shakllanadi

va aloqa faoliyati samaradorligini belgilaydi. Kommunikativ kompetensiya umumiy
kommunikativ kompetensiyaga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Kommunikativ
kompetentlikning tarkibiy qismlari tushunchasi samarali kommunikatsiya shart-
sharoitlari va usullarini tahlil qilishda muhim rol oʻynaydi. Kommunikativ
kompetensiya quyidagilardan iborat:

a) shaxsning muloqot jarayoni sodir boʻladigan vaziyatni oldindan koʻra olish

qobiliyati va oʻzi uchun qulay vaziyatga oʻtishi; b) kommunikativ ishlash koʻnikmalari,
yaʼni, muloqot mavzusiga mos tuzilmani topishi va kommunikativ rejani amalga
oshirish qobiliyati; v) oʻzini anglash qobiliyati [2].

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jihatidan amalga oshiriladigan

kommunikatsiyaning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, uning kompyuter bilan
oʻzaro maxsus kommunikatsiya kanalidir.

Shaxsiy kompyuter orqali muloqot qilishda foydalanuvchining harakatlariga

ogʻzaki boʻlmagan reaksiya, aksial (lotincha axis oʻq) - signallar axborotni yagona
qabul qiluvchiga yoʻnaltirilgandagi kommunikativ jarayon hisoblanadi. Shuni alohida
taʼkidlash kerakki, bu hodisa mavjud axborot texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlashidan
qatʼiy nazar amalga oshadi, shuning uchun oʻyin, treninglar, maʼlumotlar bazalari va
operatsion tizimlar, sunʼiy intellekt tizimlari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
kompyuterni shaxslashtirishning koʻrinishidir.

Keyingi

yillarda foydalanuvchilarning

axborot

almashinish

sohasida

axborotning passiv isteʼmolchisi maqomidan internetning isteʼmolchisi maqomiga
oʻtishi juda muhim qadam boʻldi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal
rivojlanishi tarmoqning tez rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, hozirgi kunda
foydalanuvchilarga dunyoda mavjud boʻlgan axborot xizmatlarining asosiy turlarini
taqdim etmoqda.

Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonida global ijobiy oʻzgarishlar roʻy

bermoqda, yaʼni muloqotni idrok etish yaqin ijtimoiy muhitda rivojlanadigan
kompyuter texnologiyasida mustaqil ravishda amalga oshirilmoqda.

“Axborot-kommunikativ kompetensiya” tushunchasiga koʻplab taʼriflar

berilgan. Masalan, axborot-kommunikativ kompetensiya – bu axborotni mustaqil


background image

149

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

izlash, kerakli maʼlumotlarni tanlab olish, tahlil qilish va taqdim etish qobiliyatini
tavsiflovchi shaxsning professional ahamiyatli integrativ sifati, obyektlar va
jarayonlarni modellashtirish va loyihalashtirish, ham individual, ham guruhiy ish
jarayonida oʻquv loyihalarini ishlab chiqish layoqatiga egalik sifatida qaraladi.

“Axborot-kommunikativ

kompetensiya”

orqali

biz

boʻlajak

fan

oʻqituvchisining kasbiy faoliyatida turli dasturlash tillarining lingvistik
konstruksiyalarini mustaqil xatosiz qurishda foydalanishga imkon beruvchi
kompetensiyani nazarda tutamiz [3].

Boʻlajak fan oʻqituvchilari axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish

uchun kommunikativlikning barcha qirralarini qamrab olish zarur boʻladi. Bunda
muloqotni tashkil etish vositalari va usullarini, inson-kompyuterning oʻzaro
munosabatlari sharoitlarini hisobga olgan holda, kommunikativ muloqotni tashkil etish
tamoyillarini bilish zarur xisoblanadi.

Kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish tizimining zaruriy komponenti

boʻlajak oʻqituvchilarning bilish qobiliyatlarini bevosita rivojlantirishga hamda
koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qiladigan va bilimlarni oʻzlashtirilishini va
koʻnikmalarning shakllanganlik darajasini tekshirishga moʻljallangan didaktik
vositalar hisoblanadi [4].

Kompyuter oʻquv vositasi sifatida boʻlajak mutaxassislarni tayyorlashda

taʼlimiy, kommunikativ, axborot beruvchi, nazorat qiluvchi va boshqa bir qancha
vazifalarni bajaradi: Maʼlumotlar bazalari, oʻquv avtomatlashgan lugʻatlar, elektron
ensiklopediyalar yordamida har bir talaba nafaqat mutaxassislikka oid atamalar
lugʻatini, balki bu bilim sohasida eng koʻp ishlatiladigan qisqartmalarni oʻz ichiga
olgan ixtisoslashgan lugʻat dasturidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Talabalar
kasbiy faoliyati vaziyatlarida tasavurlarini qoʻllaydilar. Visual C++, Jawa, Phython,
Arduino, matn muharrirlari, elektron jadvallar, multimediya texnologiyalari, ofis
dasturlari kabi dasturlar boʻlajak pedagoglarni tayyorlash jarayonida ham qoʻllaniladi.

Motivatsion qoʻllab-quvvatlash tamoyili asosida oʻqitishning samaradorligi

tashkiliy shakl, metod va vositalarning birligiga bogʻliq. Metodlar, vositalar, tashkiliy
shakllar bir-birini oʻzaro boyitib boradi va talabalarning motivatsion va bilish
sohasining rivojlanishiga katta yordam berishi kerak. Boʻlajak pedagogni oʻqitish
texnologiyasini loyihalashda teskari aloqa bilan taʼminlash uchun nazorat birligi
belgilanadi.

Axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning yana bir oʻziga xos

xususiyati bu - kasbiy muloqotning ingliz tilida soʻzlashuvchi xususiyatidir.
Zamonaviy pedagog uchun ingliz tilini bilish muhim hisoblanadi. Boʻlajak
oʻqituvchilar oʻz kasbiy faoliyatlarida chet tilidan ajralmas element sifatida
foydalanadilar.


background image

150

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Maʼlumki, ingliz tili - dunyodagi ilmiy-texnik hujjatlarning aksariyat qismi

tuzilgan til hisoblanadi. Koʻpgina mutaxassislar maʼlumotlarni ingliz tilida oʻqiydilar.

Internet terminologiyasi va resurslari, kompyuter tarmogʻi texnologiyasi dastlab

AQSHda paydo boʻlib, ular asosan inglizcha termin va matnlar (texnik va dasturiy
tavsiflar, axborot resurslari) dan tashkil topgan. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bu
hususiyat axborot kommunikatsion texnologiyalarga bogʻliq fanlarning til belgisiga
xosdir, bu yerda terminologiya anʼanaviy ravishda ingliz tilidagi soʻzlar asosida
shakllanadi. Bundan tashqari, ushbu til belgilarining shakllanishi ular faoliyat
koʻrsatadigan xalqaro atamalar asosida amalga oshiriladi.

Xulosa

Boʻlajak oʻqituvchilar kasbida chet tilining roli asta-sekin yetakchi oʻrinlardan

birini egallay boshladi, chunki pedagog ishining vositasi boʻlgan barcha dasturlash
tillari ingliz tilining lingvogrammatik konstruksiyalariga asoslanadi, dasturlash
tillarining yangi oʻzlashtirilgan konstruksiyalarini eslab qolish va talqin qilish tezligi
malaka darajasiga bogʻliq. Bundan tashqari, ingliz tilida soʻzlashuvchi mutaxassis
interaktiv muloqot chogʻida operatsion tizim bilan aloqa reaksiyasini yaxshilaydi. Bu
esa oʻz navbatida taxrirlash muammosini tez hal qiladi va boshqa bir qancha kasbiy
jihatlar jarayonini tezroq amalga oshira olish imkonini beradi.

Boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy muloqot koʻnikmalarini shakllantirish uchun

barcha aloqa vositalaridan, jumladan kompyuter va internet tarmogʻi imkoniyatlaridan
keng foydalanish maqsadga muvofiq. Taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish muammosi boʻlajak mutaxassislarning kasbiy
faoliyatining barcha jihatlarini integratsiyalashuviga imkon beradi degan hulosaga
kelish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi, 2006.;

2.

Djoʻrayev R.H. Taʼlimda interfaol texnologiyalar. – Toshkent, 2010

3.

Закирова Ф.М. Теоретические и практические основы методической
подготовки будущух преподавателей информитикии в педагогических вузах.
Дисс….докт.пед.наук. –Ташкент, 2008. – 312 с.;

4.

Акулова О.В. Изменение технологий обучения в условиях перехода к
информационному обществу // Известия РГПУ им.А.И.Герцена. –№4 (9):
Психолого-педагогические науки (педагогика, теория и методика обучения). –
СПб., 2004. –С. 107–114.

Библиографические ссылки

Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T., Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi, 2006.;

Djoʻrayev R.H. Taʼlimda interfaol texnologiyalar. – Toshkent, 2010

Закирова Ф.М. Теоретические и практические основы методической подготовки будущух преподавателей информитикии в педагогических вузах. Дисс….докт.пед.наук. –Ташкент, 2008. – 312 с.;

Акулова О.В. Изменение технологий обучения в условиях перехода к информационному обществу // Известия РГПУ им.А.И.Герцена. –№4 (9): Психолого-педагогические науки (педагогика, теория и методика обучения). – СПб., 2004. –С. 107–114.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов