СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПОКАЗАТЕЛЕЙ НАЦИОНАЛЬНОГО ВОСПИТАНИЕ НА ОСНОВЕ МОДЕЛИРОВАНИЯ

CC BY f
139-145
2
8
Поделиться
Бозорова , М. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПОКАЗАТЕЛЕЙ НАЦИОНАЛЬНОГО ВОСПИТАНИЕ НА ОСНОВЕ МОДЕЛИРОВАНИЯ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 139–145. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22096
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье основное внимание уделяется улучшению показателей отечественного образования путем моделирования системы ценностей. В статье анализируется национальная и общечеловеческая система ценностей на основе культуры Зардушт (зороастризма), исламской религии и современных социокультурных норм. Автором разработана модель формирования показателей духовного образования и проведена апробация модели. Результаты экспериментальной работы проанализированы и разработано предложения и рекомендации по совершенствованию на основе моделирования национальных образовательных показателей.


background image

139

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Bozorova Muslima Qodirovna

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Termiz davlat universiteti Pedagogika kafedrasi mudiri

UDK: 371: 376.112.4

MILLIY TARBIYA INDIKATORLARINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA

TAKOMILLASHTIRISH

Kalit so‘zlar:

qadriyat, milliy
tarbiya, model,
tarbiya
indikatorlari,
tarbiya
mezonlari.

Annotatsiya.

Maqolada milliy tarbiya indikatorlarini qadriyatlar tizimini

modellashtirish vositasida takomillashtirishga eʼtibor qaratilgan. Xususan, milliy
va umuminsoniy qadriyatlar tizimi tarixiy-metodologik kontekstda oʻrganilgan
boʻlib, muallif zardoʻshtiylik madaniyati, islom dini va hozirgi zamon ijtimoiy-
madaniy meʼyorlari asosida tahlil qilingan. Muallif tomonidan maʻnaviy tarbiya
indikatorlarini shakllantirish modeli ishlab chiqilgan va model tajriba-sinovdan
oʻtkazilgan. Maqolada tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilingan va milliy
tarbiya indikatorlarini modellashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va
tavsiyalar taqdim etilgan.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПОКАЗАТЕЛЕЙ НАЦИОНАЛЬНОГО

ВОСПИТАНИЕ НА ОСНОВЕ МОДЕЛИРОВАНИЯ

Бозорова Муслима Кадировна

Кандидат педагогических наук, доцент, заведующий кафедрой

Педагогики Термезского государственного университета

Ключевые слова:

ценность,
национальная
воспитания,
моделирования,
показатели
воспитания,
критерии
воспитания

Аннотация.

В данной статье основное внимание уделяется

улучшению показателей отечественного образования путем
моделирования системы ценностей. В статье анализируется
национальная и общечеловеческая система ценностей на основе
культуры Зардушт (зороастризма), исламской религии и современных
социокультурных норм. Автором разработана модель формирования
показателей духовного образования и проведена апробация модели.
Результаты экспериментальной работы проанализированы и
разработано предложения и рекомендации по совершенствованию на
основе моделирования национальных образовательных показателей.


background image

140

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

IMPROVEMENT OF NATIONAL EDUCATIONAL INDICATORS BASED

ON MODELING

Bozorova Muslima Kadirovna

Head of the Department of Pedagogy of Termiz State University

candidate of pedagogical sciences, associate professor

Keywords:

value, national
education,
model,
education
indicators,
education
criteria.

Annotation.

This article focuses on improving the indicators of national

education by modeling the value system. Here, the national and universal value
system is learnt in the historical-methodological context and the author is
analyzed on the basis of Zardusht (Zoroastrianism) culture, Islamic religion and
modern socio-cultural norms. The author developed a model of formation of
spiritual education indicators and the model was tested. The results of
experimental work in article analyzes and offers suggestions and
recommendations for improvement based on the modeling of national
educational indicators.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi.

Qadriyatlar tizimini umumbashariy, milliy va shaxsiy

yondashuvlardan kelib chiqib tasniflash mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng
muhim tomonlarini, qonun qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar
umumbashariy xususiyatga ega bo‘lib, bunday qadriyatlar o‘z ahamiyatini
yo‘qotmaydigan, abadiy qadriyatlardir. Dunyodagi har qaysi xalq, millat va elat, uning
turmush tarzi, diniy e’tiqodi, o‘z tili, madaniyati, ma’naviyati, urf hamda odat
an’analari, ota bobolarining o‘tmishi bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar milliy
qadriyatlar sifatida e’tirof etiladi. Har bir shaxsning faoliyati, turmush tarzi, e’tiqodi,
hayotining ma’nosi, odob-axloqi bilan bog‘liq qadriyatlar shaxsiy qadriyat sifatida
namayon bo‘ladi. Biz axloq va qadriyatlarning uzoq tadrijiy taraqqiyotiga tayanib
ushbu maqola milliy tarbiya indikatorlarini modellashtirish metodi asosida
takomillashtirishga eʼtibor qaratdik.

Asosiy qism

Manbalar tahlili.

Zardushtiylik ta’limotida inson o‘zi o‘sib ulg‘aygan zaminni

(vatanparvarlik) sevish, ardoqlash, atrof-muhitni toza saqlash kabi g‘oyalar qadrlangan
va yoshlarga o‘rgatilgan. Shu qatorda milliy xususiyatlarni o‘rgatishning jismoniy
tarbiya negizida o‘g‘il bolalarga kurash tushish, otni egarlash, chorva qilish,
ko‘paytirish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, qilichbozlik,
chavandozlik, qalqon tutish, o‘zini himoya qilish, ot choptirish, to‘siqlardan sakrash,
suzish, yugurish, nayza uloqtirish, kamondan o‘q otish kabi jismoniy-harbiy
malaklarani egallash majburiy bo‘lgan.

Shuningdek, “Avesto” da qiz bolalar tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratish

lozimligi ta’kidlanadi: “O‘g‘il bolalarga nisbatan qiz bolalar ilmu donish o‘rganishga


background image

141

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

jiddiyroq kirishsinlar. Chunki ular o‘zlari tug‘ilgan xonadonda ota ro‘zg‘orini tartibga
solib, uyga ziynat berib yursalar, jufti haloli uyiga borgach, kelajak nasl, ya’ni
farzandlari tarbiyasi, ta’limi bilan mashg‘ul bolmoqlari lozim bo‘ladi” [4, 80-b.]

.

Yuqorida keltirilgan dalillar shundan dalolat beradiki “Avesto” da yoshlarni

aqlan yetuk bo‘lishiga, hikmat o‘rganishiga, ma’naviy sof bo‘lishiga, yaxshilik qilish,
qalbida ezgulik xislatlarini barq urushi, axloqiy, aqliy, jismoniy, mehnatsevarlik,
ishbilarmonlik, vatanparvarlik, rostgo‘ylik, saxiylik kabi fazilatlarni shakllantirishga
alohida e’tibor qaratgan. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qadimgi davr va hozirgi
zamonda ham har bir xalqning bola tarbiyalashda qadriyatli yondashuvni ustuvor
ekanligini anglashimiz mumkin.

Islom dinining muqaddas kitobi “Quron” va undan keyin turuvchi Hadis axloqiy

manbaa hisoblanib, unda butun borliq va insoniyat haqidagi qadriyatni ko‘ramiz. Shuni
ham ta’kidlash joizki, “Quron” va Hadislardagi manbalarning barchasi qadriyatdir.

Xususan “Quroni Karim” da inson eng oliy qadriyat ekanligi aytiladi. “Quroni

Karim”ning Isro surasi 70-oyatida

“Batahqiq, Biz bani Odamni azizu mukarram qilib

qo‘ydik va ularni quruqligu dengizda ko‘tardik hamda ularni pok narsalar ila
rizqlantirdik va uni o‘zimiz yaratgan ko‘p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo‘ydik”.
Ushbu oyatdan ma’lum bo‘ladiki avvalo insonning o‘zi eng oliy qadriyatdir.

Hadislarda ham xalqimizning milliy tarbiyasida mujassam bo‘lgan qadrlash,

hurmat, e’zozlash ko‘p bor ta’kidlangan. Aynan shulardan biri, biz uchun qadirli
bo‘lgan ota-onalarimizga hurmat ko‘rsatish va ularning duosini olish haqidadir. Imom
Ismoil al-Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” kitobida keltirilgan kitobda, shunday
Hadis bor. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): “Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin,
xor bo‘lsin!" - deb o‘n marotaba takror qildilar. Shunda sahobiylar: "Yo Rasululloh,
kimni aytayapsiz?" - deb so‘rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Ota-onasining ikkalasi yoxud
bittalari keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) o‘zini do‘zaxga tushishga
mubtalo qilgan kishini”, dedilar. Ushbu hadisdan ko‘rinadiki har bir inson o‘z ota-
onasini rozi qilishi va duolarini olishi kerak. Shu o‘rinda aytish kerakki Konstitutsiyada
ham “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik
qilishga majburdirlar”, deb belgilab qo‘yilgan.

Milliy tarbiyani uzluksiz ta’limda amalga oshirish mexanizmlari.

Bugungi kunga kelib biz ta’lim-tarbiyaga yangicha tizimli yondashuv asosida

e’tibor qaratmoqdamiz. Ushbu yondashuv asosida o‘quvchilarda ma’anviy tarbiyani
shakllantirish omillarini aniqlash ularni o‘quvchilar ongigia singdirish uchun barcha
sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarda
bosqichma-bosqich ma’naviy tarbiya indikatorlari singdirilib borish oldimizda turgan
eng katta vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan


background image

142

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g’risida”

[1] gi Farmoni qabul

qilindi. Ushbu Farmon keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar
strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita
ustuvor yo‘nalishning beshinchisi – “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi
bosqichga olib chiqish” deb nomlangan bo‘lib, bu bo‘g’in tarkibi 71-78-maqsadlarni
o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu maqsadlar qatorida jamiyatda sog’lom dunyoqarash
va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish sohasida bir necha quyidagi
vazifalar ham belgilangan:

-

“Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish;

-

Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini

ta’minlash;

-

Maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog’iga

aylantirish;

-

Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosni asrab-avaylash, keng

ommalashtirish;

-

Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asosolahangan indikatorlarini sihlab

chiqish va h.k.lar.

Tajriba-sinov ishlari mazmuni.

Belgilangan vazifalar tarkibida ma’naviy tarbiya indikatorlarini ishlab chiqish

aynan biz tadqiq qilayotgan mavzu yuzasidan bevosita bog’langan. Ushbu jihatlarni
nazarda tutgan holda, biz 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlairni
shakllantirish modeli yaratdik.

Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modeli maqsadi: ajdodlarning boy

ma’naviy merosidan foydalangan holda, 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya
indikatorlarini, ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)larni shakllantirish.

Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modeli vazifasi: mutafakkirlar

merosining pedagogik ahamiyatini o‘rganish, zamonaviy talablar doirasida ma’naviy
tarbiya indikatorlarini aniqlash, o‘quvchilar ongiga ma’naviy tarbiya mezonlarini
singdirishda axloqiy kompetensiyalarning o‘rnini aniqlash.

1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishni amalga

oshirish bo‘yicha olib borilgan tahlillar, bu jarayonning mutlaqo yangi modelini
yaratishga asos bo‘ldi. Jamiyatning bir qismi bo‘lgan ta’lim tizimi va jamiyatning
a’zosi bo‘lgan shaxslar ta’limning mazmunini anglash, uning mukammalligini va
undan qanoatlanishni his etish vositasi ham bo‘lishi kerak.

Modellashtirish, tizimli tahlil va xulosa qilish bilan birga, ilmiy tadqiqotning

yetakchi metodlaridan biri hisoblanadi. Faraz qilinayotgan model, modellashtirish
vositasiga oid turlardan biri hisoblanadi. Modellashtirish – obyektlarda ijtimoiy
reallikning muayyan qismlarini tadqiq etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning
real mavjud bo‘lgan hamda quriladigan modellarini o‘rganish va ishlab chiqishdir.


background image

143

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

O‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning modeli

o‘quvchilarning ma’naviy yetuklik qiyofasini namoyon etishga psixologik-pedagogik
tayyorligini ta’minlovchi, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqaga ega: maqsad va vazifani
belgilash, mazmun, texnologik va nazorat-tahlil komponentlardan iborat majmuini
tushuniladi.

Maqsad va vazifani belgilash komponenti quyidagi kompleks vazifalarni amalga

oshirishni nazarda tutadi, unda o‘quvchilarda:

-

ma’naviy tarbiya indikatorlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida
tushunchalarni shakllantirish;

-

o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya mezonlarini singdirishda axloqiy
kompetensiyalarning o‘rnini aniqlash;

-

zamonaviy talablar doirasida ma’naviy tarbiya indikatorlarini aniqlash;

-

ma’naviy tarbiya indikatorlarini mustaqil egallash ko‘nikmlarini
o‘zlashtirishga ko‘maklashish;

Modelning mazmun komponenti zaruriy bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy-

axloqiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Mazmunli komponenti o‘z strukturasiga
ko‘ra tamoyillar va mazmunlardan iborat. O‘quvchilarida ma’naviy tarbiya
indikatorlarini shakllantirish rivojlantirish, insonparvarlik, uzviylikka asoslanganlik,
tizimlilik, izchillik va faoliyatlilik tamoyillariga tayanadi.

Insonparvarlik tamoyili, ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishga

yo‘naltirish o‘quvchilarning hayot faoliyatida muvaffaqiyatli bo‘lishida g‘amxo‘rlik
qilish ekanligini nazarda tutadi.

Tizimlilik tamoyili ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning

elementlarning aloqasini, ularning o‘zaro ta’sirlashuvini nazarda tutadi hamda
ma’naviy tarbiyaga yo‘naltirish ishlarini ta’lim jarayonining bir qismi sifatida qabul
qiladi.

Izchillik tamoyili ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllanatrish jarayonini

tavsiflaydi, uning har bir bosqichi yangilikni anglash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Ma’naviy tarbiya indikatorlarining shakllanishi onaning homila davridan boshlanib
ta’lim tashkilotlarida bosqichma-bosqich bevosita uzluksiz davom etuvchi jarayon
hisoblanadi.

Faoliyatlilik tamoyili – ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishga

yo‘naltirish jarayoni rivojlantirish xususiyatini nazarda tutadi. Faoliyatdan tashqarida
ma’naviy tarbiyaning imkoniyatlari, talablari va mohiyatini to‘liq tushunish, mustaqil
loyihalash bilan birga uni amalga oshirish alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.

Modelning

texnologik

komponenti

o‘quvchilarni ma’naviy tarbiya

indikatorlarini shakllantirishda ularga ta’sir ko‘rsatuvchi shakllar, metodlar, vosita va
pedagogik

shart-sharoitlarni

tanlab

olishni,

shuningdek

ma’naviy-axloqiy

kompetensiyalarni shakllantirish shartlarini belgilaydi.
Maqbul tizim sifatida quyidagi metodlar tanlab olindi:

1)

izohli-ko‘rgazmali (ma’ruzalar) – ma’naviy tarbiya haqidagi axborotning


background image

144

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

asosiy hajmini uzatish uchun;

2)

o‘quvchilarga mustaqil ravishda, lekin o‘qituvchining nazorati ostida

o‘zini tashxislash metodikalari hamda ular bilan tanishish uchun birgalikdagi faoliyat
(muhokama qilish, bahs-munozarali vaziyatlarga baho berish) metodlari;

3)

ma’naviy tarbiya vazifalarni modellashtiruvchi va faoliyat davomida

anglashi zarur bo‘lgan kompetensiyalarning keng ko‘lamini o‘rganishga imkon
beruvchi o‘qitish (o‘quv loyihalari, kasbiy o‘yinlar va treninglar) metodlari;

4)

reproduktiv metod (test sinovlari, topshiriqlarni himoya qilish) – axloqiy,

muhim bilimlarni o‘zlashtirish, ko‘nikmalar va kompetensiyalarni shakllantirish
jarayonini nazorat qiladi.

Nazorat-tahlil komponenti ma’naviy tarbiya indikatorlarini o‘quvchilarda

shakllantirish jarayonining natijasini tavsiflaydi. Ma’naviy tarbiya indikatorlarining
shakllanganligi, o‘quvchilarning ma’naviy fazilatlarni egallashga tayyorligida
aniqlanadi. Pedagogik tayyorlikning tuzilmasi o‘zida, miqdoriy ifodaga ega
ko‘rsatgichlarni, shuningdek o‘quvchilarning ma’naviy fazilatlarni egallashini
anglatuvchi kompleks tashxis qo‘yishni nazarda tutuvchi turli xil darajalarni
birlashtiradi.

Xulosa

Bilim ko‘rsatgichi ma’naviy tarbiya indikatorlarini o‘quvchilarida shakllantirish

uchun zarur bo‘lgan, shaxsiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyati haqidagi, faoliyatni
muvaffaqiyatli bajarish shaxsiy sifatlari haqidagi, o‘zining bu sifatlarini tashxis qilish
imkoniyatlari haqidagi hamda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish
imkoniyatlari haqidagi bilimlar to‘plamlarni ifodalaydi.

Ko‘nikma

ko‘rsatgichi

o‘quvchilardagi

ma’naviy-axloqiy

fazilat

(kompetensiya)larni tanlab tahlil qilish, o‘zining shaxsiy sifatlariga tashxis qo‘yish va
muhim sifatlar bilan o‘zining shaxsiy sifatlarini taqqoslash imkoniyatlarini ifodalaydi.

Malaka ko‘rsatgichi o‘quvchining xohish va imkoniyatlarini jamiyatning

ma’naviy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojlari bilan taqqoslab ma’naviy tarbiyani
shakllantirish masalasini ijobiy hal qilish o‘quvchining ko‘nikmasini namoyon etadi,
ongli, ijtimoiy-foydali tanlovni amalga oshiradi.

Past daraja.

Agar o‘quvchilar ma’naviy tarbiya indikatorlari haqida tasavvurga

ega bo‘lsa va ma’naviy tarbiyani egallash uchun orzu-havasdek bo‘lib hisoblansa, u
holda past darajaga tashxis qo‘yiladi. Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish
past yoki ma’naviy-axloqiy sifatlar yo‘q bo‘lsa, o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya
indikatorlarini shakllantirish darajasi past deb baholanadi.

O‘rtacha daraja.

Agar o‘quvchilar ma’naviy tarbiya indikatorlari haqida

tasavvurga ega bo‘lsa, ma’naviy-axloqiy fazilatlarning muhim sifatlari haqida bilsa
lekin o‘zining shaxsiy sifatlarini (yoki shaxsiy sifatlarini umumiy ma’noda bilsa,
tashxislay olmasa) bilmasa, qiziqishlari barqaror bo‘lmasa, u holda o‘rtacha darajaga
tashxis qo‘yiladi. Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishga qiziqish mavjud
bo‘lib, o‘zining shaxsiy sifatlarini axloqiy muhim sifatlar bilan taqqoslay olmasa,


background image

145

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish darajasi o‘rtacha deb
baholanadi.

Yuqori daraja.

Agar o‘quvchilar ma’naviy tarbiya indikatorlari haqida

tasavvurga ega bo‘lsa, diagnostik metodikalar haqida tushunchalarga ega bo‘lsa,
ma’naviy tarbiya indikatorlarining muhim sifatlarini o‘zining shaxsiy sifatlari bilan
taqqoslay olsa, shuningdek ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda o‘zini
jamiyatning ma’naviyt yetuk insonlar guruhiga kiritsa u holda yuqori darajaga tashxis
qo‘yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son
Farmoni 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to’g’risida. -T.; 2022 y.

2.

Imom

Ismoil

al-Buxoriy.

“Al-adab al-mufrad”. 10-bob, 21-hadis.

www.ziyouz.com kutubxonasi. – 5 b.

3.

Бозорова М.Қ. Рол этнопедагогики в подготовке компетентного
специалиста в системе педагогического образования. Pedagogik mahorat.
№2-son, 2021-yil, 21-25-betlar.

4.

Маковелский А.О. «Авесто». — Баку, Издателство «Азербайджан», 1960.
— с.80.

5.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri hilol”. Ikkinchi nashr, 3-
juz. – Toshkent.: “Sharq” nashriyoti, 2009. – 441 b.

6.

Ялалов, Ф. Г. Этнодидактика как технология практико-ориентированного
обучения / Ф. Г.Ялалов // Алма матер (Вестник высшей школы). – 2004. –
№ 2. – С. 45–46.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida. -T.; 2022 y.

Imom Ismoil al-Buxoriy. “Al-adab al-mufrad”. 10-bob, 21-hadis. www.ziyouz.com kutubxonasi. – 5 b.

Бозорова М.Қ. Рол этнопедагогики в подготовке компетентного специалиста в системе педагогического образования. Pedagogik mahorat. №2-son, 2021-yil, 21-25-betlar.

Маковелский А.О. «Авесто». — Баку, Издателство «Азербайджан», 1960. — с.80.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri hilol”. Ikkinchi nashr, 3-juz. – Toshkent.: “Sharq” nashriyoti, 2009. – 441 b.

Ялалов, Ф. Г. Этнодидактика как технология практико-ориентированного обучения / Ф. Г.Ялалов // Алма матер (Вестник высшей школы). – 2004. – № 2. – С. 45–46.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов