МЕСТО НАСЛЕДИЯ УЁНЫХ ХОРЕЗМСКОЙ АКАДЕМИИ МАЪМУНА В ВОСПИТАНИИ НАСЛЕДНИКИ ТРЕТЬЕГО ВОЗРОЖДЕНИЯ

CC BY f
34-45
5
1
Поделиться
Машарипова, Г. (2023). МЕСТО НАСЛЕДИЯ УЁНЫХ ХОРЕЗМСКОЙ АКАДЕМИИ МАЪМУНА В ВОСПИТАНИИ НАСЛЕДНИКИ ТРЕТЬЕГО ВОЗРОЖДЕНИЯ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 34–45. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22064
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

На основе источников на арабском, персидском, английском и русском языках научно проанализирована роль наследия ученых Хорезмской академии Маъмуна в воспитании наследников молодежи Третьего Возрождения. Наследие ученых Хорезмской академии Маъмуна, внесших большой вклад в мировую цивилизацию, изучается не только в Узбекистане, но и во всем мире и имеет большое значение. В нашей стране особое внимание уделяется изучению мира и человека, природы, общественной жизни, духовности личности, образованию и воспитанию, использованию их идей в духе времени в воспитании подрастающего поколения как достойных наследников. Поскольку мы поставили перед собой великую цель заложить основы Третьего Возрождения в нашей стране, мы должны создать среду и условия, которые воспитают новых учёных, как Мухаммед ибн Мусо ал-Хорезми, Абу Рейхан Беруний, Абу Али ибн Сины, Мирза Улугбек, Алишер Навои, Захириддин Мухаммед Бабур и др. С этой точки зрения возникает необходимость всестороннего научно-теоретического изучения философских, естественно-научных взглядов ученых Хорезмской Академии Маъмуна, сформированных на основе общечеловеческих ценностей, экзистенциальных представлений, имеющих конструктивное значение для совершенствования человека.

Похожие статьи


background image

34

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

IJTIMOIY FANLAR

Masharipova Gularam

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq

Qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti professori,

falsafa fanlari doktori

E-mail:

Masharipovagularam2006@gmail.com

UDK: 502.10:159.955.000.93

UCHINCHI RENESSANS VORISLARI - YOSHLAR TARBIYASIDA

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI ALLOMALARI MEROSINING O‘RNI

Kalit so‘zlar:

ilm-

fan, ma’naviy
meros, ijtimoiy
hayot, inson, ilmiy
qarashlar, ijtimoiy-
falsafiy tafakkur,
Renessans.

Annotatsiya.

Uchinchi Renessans vorislari - yoshlar tarbiyasida Xorazm

Ma’mun akademiyasi allomalari merosining o‘rni ilmiy jihatdan arab, fors,
ingliz va rus tillaridagi manbalar asosida tahlil etilgan. Jahon
sivilizatsiyasiga katta hiisa qo‘shgan Xorazm Ma’mun akademiyas
allomalarining merosi na faqat O‘zbekistonda, balki butun dunyo miqyosida
o‘rganilgan va bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda
ajdodlar merosidagi olam va odam, tabiat, ijtimoiy hayot, shaxs ma’naviyati,
ta’lim va tarbiyaga oid qarashlarni tadqiq etish, ularning zamon ruhiga mos
g‘oyalaridan yosh avlodni munosib vorislar qilib tarbiyalashda
foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz o‘z oldimizga
mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘
maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn
Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va
sharoitlarni yaratishimiz kerak. Shu jihatdan olganda, Xorazm Ma’mun
akademiyasi allomalarining umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllangan
falsafiy, tabiiy-ilmiy qarashlarini, inson kamoloti uchun konstruktiv
ahamiyatga ega bo‘lgan ekzistensial g‘oyalarini har tomonlama ilmiy-
nazariy tadqiq etish zarurati yuzaga kelmoqda.

МЕСТО НАСЛЕДИЯ УЁНЫХ ХОРЕЗМСКОЙ АКАДЕМИИ МАЪМУНА

В ВОСПИТАНИИ НАСЛЕДНИКИ ТРЕТЬЕГО ВОЗРОЖДЕНИЯ

Машарипова Гуларам

Профессор Налогового института при Государственном налоговом

комитете Республики Узбекистан, доктор философских наук

Ключевые
слова:

наука, духовное
наследие,
общественная
жизнь, человек,
мироздание,
природа, научные
взгляды,
социально-
философское

Аннотация.

На основе источников на арабском, персидском,

английском и русском языках научно проанализирована роль наследия
ученых Хорезмской академии Маъмуна в воспитании наследников
молодежи Третьего Возрождения. Наследие ученых Хорезмской
академии Маъмуна, внесших большой вклад в мировую цивилизацию,
изучается не только в Узбекистане, но и во всем мире и имеет большое
значение. В нашей стране особое внимание уделяется изучению мира и
человека, природы, общественной жизни, духовности личности,
образованию и воспитанию, использованию их идей в духе времени в
воспитании подрастающего поколения как достойных наследников.
Поскольку мы поставили перед собой великую цель заложить основы
Третьего Возрождения в нашей стране, мы должны создать среду и


background image

35

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

мышление,
Возрождение.

условия, которые воспитают новых учёных, как Мухаммед ибн Мусо
ал-Хорезми, Абу Рейхан Беруний, Абу Али ибн Сины, Мирза Улугбек,
Алишер Навои, Захириддин Мухаммед Бабур и др. С этой точки зрения
возникает необходимость всестороннего научно-теоретического
изучения философских, естественно-научных взглядов ученых
Хорезмской Академии Маъмуна, сформированных на основе
общечеловеческих ценностей, экзистенциальных представлений,
имеющих конструктивное значение для совершенствования человека.

THE PLACE OF THE HERITAGE OF THE SCIENTISTS OF THE

KHOREZM ACADEMY OF MA’MUN IN EDUCATION THE HEIRS OF

THE THIRD REVIVAL

Masharipova Gularam

Professor of the Tax Institute under the State Tax Committee of the

Republic of Uzbekistan

Keywords:

science, spiritual
heritage, public
life, man,
universe, nature,
scientific views,
socio-
philosophical
thinking,
Renaissance.

Annotation.

On the basis of sources in Arabic, Persian, English and Russian,

the role of the heritage of the scientists of the Khorezm Academy of Ma’mun in
the upbringing of the heirs of the youth of the Third Renaissance is scientifically
analyzed. The legacy of the scientists of the Khorezm Academy of Ma’mun,
who made a great contribution to world civilization, is studied not only in
Uzbekistan, but throughout the world and is of great importance. In our country,
special attention is paid to the study of the world and man, nature, social life,
the spirituality of the individual, education and upbringing, the use of their ideas
in the spirit of the time in educating the younger generation as worthy heirs.
Since we have set ourselves the great goal of laying the foundations of the Third
Renaissance in our country, we must create an environment and conditions that
will educate new scientists, such as Muhammad ibn Muso al-Khwarizmi, Abu
Reihan Beruni, Abu Ali ibn Sina, Mirza Ulugbek, Alisher Navoi, Zahiriddin
Muhammad Babur and others. At the same time, first of all, the development of
education and upbringing, the formation of a healthy lifestyle, the
popularization of science and innovation should serve as the main pillars of our
national idea. From this point of view, there is a need for a comprehensive
scientific and theoretical study of the philosophical, natural-scientific views of
the scientists of the Khorezm Academy of Ma`mun, formed on the basis of
universal values, existential ideas that are of constructive significance for the
improvement of man.

Kirish

Dunyo ilmiy-falsafiy merosi taraqqiyotida qomusiy allomalarning ma’rifiy,

falsafiy, tabiiy-ilmiy ta’limotlari, xususan, dunyoni bilish, tabiat, olam va odam, inson
ijtimoiy mohiyatiga oid qarashlari doirasida fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda
[12, ss. 47-82]. Jumladan, dunyo tamadduniga salmoqli hissa qo‘shgan mutafakkirlar
ilmiy merosidagi olamning yaralishi, yaratuvchi va inson, koinot, tabiat, ijtimoiy hayot
haqidagi ta’limotning ilmiy jihatlarini tadqiq etish, inson va tabiat munosabatlari
mohiyatini ochib berish, tabiiy-ilmiy qarashlarning ijtimoiy-falsafiy tafakkur
rivojidagi o‘rnini asoslash bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu
ma’noda, Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining tabiiy-ilmiy merosida ilgari


background image

36

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

surilgan gumanistik mohiyatga ega g‘oyalar, tabiat va inson, ijtimoiy hayot, ruhiy-
ma’naviy uyg‘unlik borasidagi falsafiy qarashlarini tadqiq qilish bugungi ilm-fanning
zaruriy tadqiqot ob’ektiga aylanmoqda.

“Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo

etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar,
Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit
va sharoitlarni yaratishimiz kerak.

Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish,

sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish
milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim” [1]. Shu jihatdan
olganda, Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining umuminsoniy qadriyatlar
asosida shakllangan falsafiy, tabiiy-ilmiy qarashlarining inson kamoloti uchun
konstruktiv ahamiyatga ega bo‘lgan ekzistensial g‘oyalarini har tomonlama ilmiy-
nazariy tadqiq etish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Dunyoda ma’naviy merosni asrash va rivojlantirish bo‘yicha bir qator, jumladan,

quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda: tabiiy-ilmiy
ta’limotlar tarixini yanada boyitishda Markaziy Osiyo qomusiy allomalari ma’naviy
merosining gumanistik ahamiyatini ochib berish; o‘zaro hamjihatlik, mehr-shafaqat
o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga oid ilmiy konsepsiyalar yaratish; milliy-
ma’naviy meros zahiralarini boyitish; ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy o‘ziga xoslikning
inqirozini oldini olishga oid; madaniyat va sivilizasiya, xalqlar va madaniyatlar
o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik muammolari; Xorazm Ma’mun akademiyasi
allomalarining tabiiy-ilmiy, ma’naviy- falsafiy qarashlari, o‘rta asrlarda yaratilgan
kashfiyotlarning dunyo ilm-faniga ta’sirini yoritish dolzarb vazifalardan biridir.

Asosiy qism

Jahon falsafasi tarixi manbalarida Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining

tabiiy-ilmiy qarashlarining ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri va
ta’limotlarining ijtimoiy-falsafiy masalalari bo‘yicha jahonda amalga oshirilgan ilmiy
tadqiqotlarda qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: Xorijiy tadqiqotlardan
1951 yilda Kalkuttada chop etilgan to‘plam S.X.Barani [35] maqolasida geodeziya
tarixida Abu Rayhon Beruniyning xizmati yoritilgan bo‘lsa, biz bugungi kundagi
Erning diametri matematik asoslashlar asosida to‘liq dalillar bilan isbotlab berildi. Abu
Rayhon Beruniy trigonometriyasini olimlardan M.A.Kozim [36]

tomonidan ayrim

jihatlari o‘rganilgan bo‘lsa, dissertatsiyada Beruniyning trigonometriyasi Abu Ali ibn
Sino, Kotib Xorazmiy trigonometriyalari bilan solishtirildi, I.Kramers [38] tomonidan
jo‘g‘rofiy uzunliklarni aniqlash uslublari yoritilgan bo‘lsa, biz al-Xorazmiy va al-
Beruniy geografik uzunliklarni qanday tartibda aniqlaganliklari qiyosiy tahlil qilindi,
meridianni aniqlash uslubi E.Kennedi, 1959 [37] tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa
dissertatsiyada Beruniyning Oy tutilishi masalalari ilmiy jihatdan asoslab berildi.
«Qonuni Mas’udiy» asari III va IV kitoblarining riyoziy tahlilining ayrim qismlari
I.I.Ahmad [33] tomonidan yoritilgan bo‘lsa, dissertatsiyada ushbu asardagi matematik
izlanishlar keyingi davr olimlari ijodiga ta’sir qilganligi va trigonometriya sohasdagi
asosiy ilmiy izlanishlar etarlicha qiyosiy tahlil qilindi. SHuningdek, xordalarni
aniqlash A.S.Damardash, misrlik olim Qadri Hofiz To‘qan riyoziyot va falakiyot


background image

37

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

tarixiga bag‘ishlangan yirik tadqiqotida (1963) Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosidagi
aniq fanlarga to‘xtalib o‘tgan [7, s. 387] bo‘lsa, dissertatsiyada Abu Rayhon Beruniy
risolasining arabcha matni, keng ilmiy izohlar bilan dissertatsiya ishida muomalaga
kiritildi. Ko‘plab Markaziy osiyolik va xorijiy davlatlarning ushbu sohaga tegishli
ilmiy tadqiqotlari to‘g‘risida dissertatsiyada to‘liq ma’lumot olish mumkin.

Abu Ali ibn Sino «Kitob ash-Shifo» asarining riyoziy fanlarga bag‘ishlangan

uchinchi turkumi qo‘lyozmasi, ushbu asar «Usul ‘ilm al-geometriya» nomi bilan 1976
yilda Qohirada nashr qilingan [19]. Muallif tomonidan arab tilidan o‘zbek tiliga
sharhlar bilan to‘liq tarjima qilinib, ishda foydalanilgan. «Kitab tahrir Usul li-Uqlidis
min ta’lifi Nasir ad-Din at-Tusiy» qo‘lyozmasiing arab tilida yozilgan nusxasi Rossiya
Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburg bo‘limi qo‘lyozmalar fondida 49/672 raqam
ostida saqlanadi [20]. Asar 1594 yilda Rimda nashr qilingan. Ayrim qismi muallif
tomonidan sharhlar bilan tarjima qilingan. Nasir ad-Din at-Tusiyning «Tahrir Uqlidis
fi ‘ilm al-geometriya» asoslarining Tehronda 1881 yilda chop qilingan nusxasidan
mavzuga tegishli bo‘lgan Nasir ad-Din at-Tusiyning parallellar nazariyasi to‘g‘risidagi
teorema mufassal o‘rganilgan [21]. Nasir ad-Din at-Tusiyning parallellar nazariyasi
Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalaridan Abu Ali ibn Sinoning ilmiy izlanishlari
bilan solishtirilgan. Muhammad ibn Umar Faxriddin ar-Roziyning xorazmshoh
Aloviddin Muhammad (1200-1220)ga bag‘ishlab yozgan «Jome’ al-ulum» asari
o‘zbekistonlik olim X.Siddiqov kutubxonasida saqlangan nusxasidan foydalanilgan va
arab tilidan o‘zbek tiliga o‘girilgan [22]. Faxriddin ar-Roziyning fanlarni tasniflashga
qaratilgan fikrlari dissertasiyaning to‘rtinchi bobida ilmiy jihatdan tahlil etilgan.
Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag‘miniyning «Mulaxxas fi-l-hay’a» asari
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 10417, 7761/3, 8796/11,
11599/3-raqamdagi nusxalari o‘zbek tiliga muallif tomonidan tarjima qilingan va
muomalaga kiritilgan [23]. Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag‘miniyning
ilmiy merosi manbalar asosida o‘rganilib, keyingi davr allomalari va Evropa
mamlakatlarida uning ushbu asari darslik vazifasini o‘taganligi aniqlangan. Hajjoj ibn
Yusuf ibn Matar (VIII asr oxiri - IX asr boshi) «Kitab Uqlidis fi-l-‘Usul». asari Sankt-
Peterburgdagi Rossiya Fanlar akademiyasida S 2145-raqamda saqlanayotgan
qo‘lyozma muallif tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan va xorazmlik olimlarning
geometriya sohasidagi Evklid «Negizlar»iga yozilgan sharhlari bilan Hajjoj ibn Yusuf
ibn Matarning risolasi qiyosiy jihatdan taqqoslangan [24]. Nasir ad-Din at-Tusiyning
«Majmua ar-raso’il» asari Haydarobodda (Hindiston) 1358/1939 yilda nashr qilingan,
ushbu asardan Nasir ad-Din at-Tusiyning fanlarni asoslashga doir ayrim ma’lumotlari
olingan [25]. Abu Ali al-Hasan ibn Haris al-Hububiyning «Kitob al-istiqsa’ va-t-tajnis
fi ‘ilm al-hisob» asari qo‘lyozmasi o‘zbek tiliga muallif tomonidan tarjima etilgan
hamda xorazmlik alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-hisobi va riyoziyotga
oid masalalar taqqoslangan [26].

Abu Ali ibn Sinoning “Kunuz al-ma’rifa» 2385/22-ashyo raqamli qo‘lyozma

[27] va «Ganj al-ma’ruf» 3374/5-ashyo raqamli qo‘lyozmasi [28] muallif tomonidan
tarjima qilingan va fikrlar Abu Ali ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari


background image

38

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

dissertasiyaning uchinchi bobida ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilingan. Shuningdek,
Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag‘miniyning «Al-mulaxxas fil hay’a»
10417; 7761/3; 8796/11; 11599/3-ashyo raqamli qo‘lyozma [29] Mahmud ibn
Muhammad ibn Umar al-Chag‘miniyning “Ash-sharh “Al-mulaxxas fi-l-hay’a” 2655-
ashyo raqamli qo‘lyozma [30], “Sharh al-mulaxxas fi-l-hay’a” 8217, 3935-ashyo
raqamli qo‘lyozmalar, jami 20 ta qo‘lyozma muallif tomonidan o‘rganilgan va
dissertasiyaning to‘rtinchi bobida ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Husayn ibn al-Hasan
al-Xorazmiy al-Kubraviyning «Nuzhat al-mallok fi hay’at al-aflok» 1207/3-ashyo
raqamli qo‘lyozmasidagi ma’lumotlardan [31] foydalanilgan. Abu Nasr Forobiyning
«Risola fi mo yasuh va mo lo yasuh min ahkom an-nujum» 2385/32-ashyo raqamli
qo‘lyozmaning [32] ayrim qismlari muallif tomonidan arab tilidan o‘zbek tiliga
o‘girilgan, Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalaridan Abu Rayhon Beruniy va Abu
Ali ibn Sinoning aniq fanlar sohasidagi ilmiy izlanishlari bilan qiyosiy tahlil qilingan.

Mazkur munosabat bilan nashr etilgan ruscha to‘plamda ham aniq fanlarga doir

maqolalar bor (P.G.Bulgakov. E.G.Qosimova, B.A.Rozenfeld, A.Abdurahmonov,
G.P.Matvievskaya, B.V.Lunin) [5, s. 204]. Ularda Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni
Mas’udiy» asaridagi sferik falakiyot bilan bog‘liq holatlardan biri – ekliptika
tekisligining gorizontdagi o‘rni masalasi (P.G.Bulgakov) [8, s. 60-72], uning riyoziy
falakiyot sohasidagi ilmiy merosini tashkil qilgan risolalari tarkibidan o‘rin olgan
asturlobning tuzilishi va vazifasi haqidagi – «Isti’ob al-vujuh al-mumkina fi san’aal-
asturlob»

ف ةنكمملا هوجولا باعتسا(

)بلارتسلاا ةعنص ي

(«Astrolyabiya yasashda mumkin

bo‘lgan barcha usullar xususida») nomli risolasi (B.A.Rozenfeld, A.Abduraxmanov)
[16, s. 85-90] va sferik trigonometriyaga oid tadqiqotlari (E.G.Kasimova) [13, s. 81-
85], riyoziyot va falakiyotga oid ilmiy merosini o‘rganishdagi dastlabki tadqiqotlarga
baho berish (G.P.Matvievskaya) [15, s. 173-186], ilmiy merosining nashrlari va unga
bag‘ishlab chop etilgan tadqiqotlar (B.V.Lunin) [14, 186-202] ko‘lamida turli ilmiy
fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Xorazm Ma’mun akademiyasida aniq fanlar rivojiga o‘rganishga bevosita tegishli

tadqiqotlardan biri G.P.Matvievskayaning Ibn Sinoning fizika-riyoziyot sohasidagi
merosini o‘rganish tarixi maqolasini [15, s.16-40] ko‘rsatish mumkin. Unda Ibn
Sinoning aniq fanlar sohasidagi merosi mazmun jihatdan etti qismga (aniq fanlar
tasnifi, riyoziyot, falakiyot, fizika, mexanika, optika, musiqa nazariyasi) bo‘lingan, har
biri alohida tahlil qilinib, rus va G‘arb tillaridagi tadqiqotlar ko‘rsatilgan.

Maqola muallifining yozishicha, Sharq olimlari riyoziyotni antik davr yunonlar

an’anasini davom ettirib, to‘rt soha – hisob, geometriya, falakiyot va musiqaga
bo‘lganlar. Biroq ular har bir sohaga ijodiy yondashib, ularning amaliy jihatlari
yangicha talqin etilgan [15, s. 17-18], fanlarning yangi tasniflarini joriy qilganlar.

Ibn Sino merosida riyoziyotga oid ilmlar quyidagi tarmoqlarga ega:
-

hisob, hindlar usulida qo‘shish va ayirish (‘ilm al-jam’ va-t-tafriq);

-

al-jabr val-muqobala (‘ilm al-jabr va-l-muqobala)

)ةلباقملا و ربجلا ملع( ;

-

geometriyaga mansub tarmoqlar:

-

o‘lchovlar haqidagi ilm (‘ilm al-misaha)

)ةحاسملا ملع( ;


background image

39

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

-

harakatlanuvchi qurilmalar haqida (‘ilm al-xiyal al-mutaharrik) ليحلا ملع(

)كرحتملا;

-

og‘irliklarning ko‘chishi (‘ilm al-jarr al-asqol) )لاقسلأا رجلا ملع(;

-

og‘irlikni o‘lchash va torozilar haqida (‘ilm al-avzon va-l-mavozin) نازولاا ملع(

)نزاوملاو;

-

taqsimlash uchun zarur asboblar (‘ilm al-olot al-juziyya)

) ةيئزجلا تلالآا ملع( ;

-

optika va yorug‘lik qaytishi haqida (‘ilm al-manozir va-l-marayya) رظانملا ملع(

)ايارملاو;

-

suvning bir joydan boshqa joyga o‘tishi haqida (‘ilm naql al-miyoh) لقن ملع(

)هايملا;

-

falakiyotga oid tarmoq falakiyot zijlar (jadvallar) va taqvimlar tuzishdan iborat

(‘ilm az-zijot va-t-taqvim) )ميوقتلاو تاجيزلا ملع(;

-

musiqaga oid tarmoq turli asboblarni yasashni o‘z ichiga oladi.

Boshqacha aytganda, Ibn Sino aniq fanlar sohasida yunonlarda mavjud

tushunchalarga anchagina yangiliklar kiritdi va bu yo‘nalishni boyitdi.

U hind hisobini, yunon olimlari Evklid va Ptolemey asarlaridagi riyoziy

tushunchalarni o‘zlashtirdi, Isfahonda yashaganida muntazam falakiyot amaliyoti bilan
shug‘ullandi, Isfahonda rasadxona barpo etib, uni 1024-1032 yillarda boshqardi,
kuzatuvlar olib bordi, bu sohada bir nechta risolalar ham yozdi [15, s. 20].

G‘arbiy Evropada Ibn Sinoning riyoziyot sohasidagi ilmiy merosi XVIII asr

oxirlaridan boshlab qayd etilgan (Masalan, J.E.Montyuklaning «Riyoziyot tarixi»
kitobi) [39], so‘ngra G.Libri (1838) F.Vyopke (1859), M.Kantor (1880), P.Tanneri
(1882) [15, s. 20-22], ayniqsa, K.Brokkelman (1898) [35, pp. 454-458] hamda G.Zuter
(1900) [40] va boshqalar tadqiqotlari orqali Ibn Sinoning riyoziyot sohasidagi xizmati
G‘arbga tanildi. Agar K.Brokkelman Ibn Sinoning asarlari, jumladan, riyoziyotga oid
asarlari haqida ma’lumot keltirgan bo‘lsa, G.Zuter uning barcha riyoziy va falakiyotga
oidasarlari ro‘yxatini bergan hamda ushbu sohadagi ijodiga ham nisbatan keng
to‘xtalgan. Aytish mumkinki, XX asr boshlariga kelib, Ibn Sinoning riyoziy merosi
xususida hozirgi zamon fanida aniq tasavvur hosil bo‘ldi [15, s.22-23]. Bu nashrlar
shakl jihatdan tadqiqot va tarjima-lavhalardan iborat edi.

Ushbu yo‘nalishdagi izlanishlar keyingi yillarda ham davom etdi. Chunonchi, Ibn

Sinoning «Kitob ash-shifo» asaridagi riyoziy masalalar X.M.Muhammadiev
(planimetriya qismi) hamda M.S.Sharipovalar (umumiy tahlil shaklida) [18]
o‘rgandilar. «Donishnoma» risolasidan esa fizika-riyoziyotga oid qismlarni
B.A.Rozenfeld va N.A.Sadovskiylar rus tiligao‘girdilar [11]. M.A.Ahadova,
S.U.Umarov va B.A.Rozenfeldlar (ruscha tarjimaga yozgan kirish so‘z) tadqiqotlar
e’lon qildilar [2, 3, s. 42-57].

Aniq fanlarning yana bir yo‘nalishi – falakiyot ham Ibn Sino merosidan o‘rin

olgan, bu haqdagi tadqiqotlar Evropada dastlab E.Videmanga tegishli. U «Kitob ash-
shifo», «Yulduzlar hukmini inkor qilish haqidagi risola», «Astronomik asbob yasashda
boshqa usullarga nisbatan afzalroq usul haqida kitob» nemis tiliga tarjima qilib, chop
qildi [41, pp. 121-126; 42, pp. 269-275; 43, pp. 225-227].


background image

40

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Ibn Sino fizika, mexanika, optika va musiqa sohalariga ham to‘xtalgan. Uning bu

haqdagi qarashlari «Kitob ash-shifo», «Kitob an-najot», «Donishnoma», Ibn Sinoning
Abu Rayhon Beruniy bilan yozishmalari, «Tabiatning qiliqlari» («Kurazayi tabiat»),
«Me’yor al-uqul»

رايعم(

)لوقعلا

(«Ong o‘lchovi»), «Maqola fi-n-nafs» ىف ةلاقم(

)سفنلا(«Nafs haqida maqola»), «Tib qonunlari», «Musiqa nazariyasiga kirish» kabi
asarlarida qayd etilgan.

X.Tllashev va S.A.Ramazonovalar birgalikda yozgan kichik hajmdagi maqolada

(1977) Abu Nasr ibn Iroqning astrolyabiyaga oid risolalari tahlil qilingan.
MaqoladaAbu Nasr ibn Iroq asarlari nazariy vaamaliy falakiyot nuqtai nazaridan o‘z
davri uchun juda muhim bo‘lgani, sferik trigonometriya sohasida esa mavjud qadimgi
va o‘z davri ilmlariga tanqidiy tahlil asosida xulosalar aytgan, deyiladi [17, s. 89-97].
Shuningdek, astrolyabiyaning ishlash tamoyili riyoziy usullargaasoslangan bo‘lib, bu
Ibn Iroq asarlarida keng tahlil qilingani, Ibn Iroqning to‘rtta risolasi falakiyot asbob –
astrolyabiyaga bag‘ishlangani ta’kidlangan.

A.Axmedovning B.A.Rozenfeld bilan hammualliflikda yozgan maqolasidaAbu

Rayhon Beruniyning «Kartografiya», to‘la nomi «Burjlarni tekis yuzadaaks ettirish va
mamlakatlarni tekis yuzada tasvirlash kitobi» )روكلا حيطبتو روسلا حيطست ىف ةلاسر( «Risola
fi tastih as-suvar va tabtih al-kuvar») nomli asari tavsiflangan, u olimning dastlabki
yozgan risolalaridan biri, deb ta’kidlangan va asarning Leyden universiteti
kutubxonasida saqlanayotgan yagona nusxasidan rus tilida tarjimasi ham berilgan
[4, s. 127-153.]. Bu asar P.G.Bulgakovning monografiyasida berilgan Abu Rayhon
Beruniy asarlari ro‘yxatida quyidagicha nomlanadi: «Istiy’ob fi tastih al-kura» باعتسا(

)ةركلا حيطست يف

– «Sferani tekis yuzga tushirish bo‘yicha yakuniy (to‘plam)» [5, s. 309].

Bundan ilgariroq mazkur asar A.Rasulov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan va chop
etilgan

[6.

244-259-bb.].

J.H.Ibodov O‘zbekiston musulmonlari idorasi

kutubxonasidagi aniq fanlarga oid (32 ta) asarlar haqida ma’lumot bergan
[10, s.154-160].

A.B.Vildanovaning maqolasida (1991) Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zR FA

SHI fondidagi O‘rtaosiyolik riyoziyot va falakiyot olimlari asarlarining qo‘lyozmalari
haqida qisqa bibliografik uslubdagi ma’lumot berilgan [9, s.302-321]. Unda
Muhammad ibn Abdurashid as-Sijovandiy (XII asr) qalamiga mansub uchta risola
xususida yozilgan: «Risolaal-jabr val muqobala» )ةلباقملاو ربجلا ةلاسر((«Al-jabr val
muqobala risolasi»), «Faroizi Sirojiya» )ةيجارسلا ضئارف((«Meros huquqi»), «Masoilu
samoniyya fil hisob»

اسحلا ىف ةينامثلا لئاسم(

(«Hisobdan sakkizta masala»). Uchala

risola ham arab tilida XVII-XVIII asrlarda ko‘chirilgan.

B.Abduhalimovning «Hoji XalifaAbu Rayhon Beruniy haqida» maqolasida Hoji

Xalifaning «Kashf az-zunun» asaridaAbu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati bilan
bog‘liq ma’lumotlar to‘la o‘rganilgan. Jumladan, ushbu kitobda uning ismi 24 marta
qayd etilgan, ilmiy asarlari – )ةيقابلا راثآ(»Osor al-boqiya», )موجنلا ماكحأ يف داشرا(»Irshod fi
ahkom an-nujum», )داسرلأا فلاتخاب داهشتسلاا(»al-Istishhod bi ixtilof al-arsod»,

لاا(

)باعتس »al-Isti’ob», )تائعشلا ديرجت(»Tajrid ash-shu’aot», )ميهفتلا(»at-Tafhim», باتك(
)بلارتسلااب لمعلا»Kitob al-amal bil usturlob», )جيزلا(»Zij», )يدوعسم نوناق(»Qonuni


background image

41

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Mas’udiy», )ةيجلاارينم(»Mineralogiya» va boshqalar xususida ma’lumotlar borligi
aytiladi.

O.Bo‘rievning «Ahmad al-Farg‘oniy vaAbu Rayhon Beruniy» nomli

maqolasidaAbu Rayhon Beruniy o‘z asarlaridaAhmad al-Farg‘oniyning falakiyot
ma’lumotlarini tahlil qilgani va ularga ijobiy baho bergani, ushbu mavzudaasar ham
yozgani («Tahzib fi usul al-Farg‘oniy») qiyosiy o‘rganilib, ilmiy xulosalar berilgan.

O‘zbekiston yoshlarida tabiiy, ilmiy, falsafiy vaaniq fanlarga qiziqishlarni

rivojlantirish hamda ularda milliy g‘urur, iftixor, vatanparvarlik, millatparvarlik
tuyg‘ularini mustahkamlash va milliy intellektual salohiyatini kuchaytirish maqsadida
Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni va
hozirgi zamon taraqqiyotiga ta’sirini aniq ko‘rsatib beruvchi materiallarni targ‘ibot va
tashviqot qilish yuzasidan takliflar berilgan.

Amaliy tavsiyalar.

O‘zbekiston yoshlarida tabiiy, ilmiy, falsafiy va matematika

fanlariga qiziqishlarini rivojlantirish hamda ularda milliy g‘urur, iftixor,
vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va milliy intellektual
salohiyatini kuchaytirishda mas’ullikni oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqlari tarixi
muzeyi va respublika viloyatlardagi tarix muzeylarida Xorazm Ma’mun akademiyasi
allomalarining jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni va hozirgi zamon taraqqiyotiga
ta’sirini aniq ko‘rsatib beruvchi materiallarni joylashtirish hamda ularni targ‘ibot va
tashviqot qilishni amalga oshirish;

-bugungi kungacha O‘zbekistonda Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining

falsafa boshqa fan boshqa tarmoqlarida qoldirgan meroslari tarqoq, ko‘pgina hollarda
esa yo‘l-yo‘lakay “o‘rganib” hamda ularning mamlakatimiz taraqqiyotida tutadigan
o‘rnini hisobga olib, anashu meroslarni yo‘nalishlar tizimida fundamental va tizimli
o‘rganish hamda ularning o‘rganilgan qismlarini to‘plash, bir butun holatga keltirish
vazifasini amalga oshirishda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi
savdo vazirligi faoliyatini yo‘naltirish;

-O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik

instituti, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar vazirligi tomonidan Xorazm
Ma’mun akademiyasi allomalari tomonidan ilm-fan, madaniyat sohasida yaratilgan
kashfiyotlarning xorijiy mamlakatlar kutubxona va muzeylarida saqlanayotgan
nusxalarini Vatanimizga olib kelishdagi faolligini kuchaytirish. Bu vazifani amalga
oshirishni yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasidan alohida grantlar
ajratish, shuningdek, xalqaro grantlarni olishga erishish;

-Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari ilmiy merosini yoshlarimiz tomonidan

chuqur o‘rganishni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida
o‘qitilayotgan fanlar va O‘zbekiston tarixi fanlarida har birini o‘z yo‘nalishida
“Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining jahon sivilizasiyasiga qo‘shgan
hissalari va hozirgi zamon” mavzusida maxsus kurs o‘qitishni yo‘lga qo‘yish;

Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining nomlari va ular tomonidan amalga

oshirilgan buyuk kashfiyotlariga nisbatan xalqimizda, ayniqsa, yoshlarimizda mehr-
muhabbatlarini mustahkamlash hamda ulardan ilhom olish tuyg‘ulari rivojlanishiga


background image

42

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

erishish va xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga kelayotgan turistlarni allomalarimiz
kashfiyotlari bilan kengroq tanishtirishlari maqsadida Xiva shahrida ular nomi bilan
ataluvchi alleya bog‘i va Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalarining haykallarini
o‘rnatish lozim. Bu vazifani amalga oshirishda Xorazm viloyati hokimligi,
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
SHarqshunoslik instituti O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo
vazirligi mas’ulligida bu ishga respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning mashhur
haykaltaroshlarini jalb qilishga erishish;

Barcha fanlarga, jumladan, aniq, tabiiy va falsafiy fanlarga oid kataloglar

yangilash. Shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasi qo‘lyozmalar fondida mavjud
qo‘lyozmalar va manbalar kataloginii yaratish.

Sharq va G‘arbning ilmiy-madaniy rivojlanishida Xorazm Ma’mun

akademiyasida faoliyat olib borgan allomalarning ma’naviy merosining dunyo
miqsiyoda o‘rganilishiga oid manbalar katalogini yaratish.

Xulosalar

Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagicha xulosa qilish mumkin:
1.

Xorazmda X-XII asrlarda aniq va falsafiy fanlarga e’tibor nisbatan kuchaygani,

bu birinchi o‘rinda kundalik amaliy ehtiyojdan kelib chiqqani ham kuzatiladi, ya’ni
ushbu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar Xorazmda sug‘orma dehqonchilikning
rivojlanishi, savdo aloqalarining kengayishi, madaniy - ma’naviy hayotning yuksalishi
kabi omillar bilan bog‘liq bo‘lgan. SHuningdek, falakiyot kuzatuvlari bevositaamaliy
ehtiyojdan kelib chiqqan va qadimgi Xorazmda dehqonchilik ishlarini to‘g‘ri tashkil
qilish, Amudaryoning suv tarkibini aniqlash, undan unumli foydalanish kabilar uchun
zarur sanalgan.

2.

Tabiiy va aniq fanlar sohasida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida olimlar o‘z davri

yodgorliklari, ya’ni yozma merosga tayanib, xulosalar qilgan. Buning uchun mavjud
manbalarning tanqidiy matnlarini nashr etish, ularni boshqa tillarga o‘girib to‘la
shaklda yoki ayrim qismlarini lavhalar ko‘rinishida ilmiy izohlar bilan chop etish kabi
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Xorazmda X-XII asrlarda ijod qilib, turli fanlar
sohasidaasarlar yozib qoldirgan olimlardan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ibn Iroq,
Mahmud CHag‘miniy qalamiga mansub asarlarni aytish mumkin.

3.

Birlamchi manbalarning chop qilinishi bilan ilmiy tadqiqotlar uchun yanada

kengroq imkoniyatlar paydo bo‘ldi, shu jumladan, tabiiy-ilmiy va falsafiy fanlar
tarixini o‘rganishda ham.

4.

Manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda ularning faqat bir qismigina

ilmiy muomalaga kiritilgan, ushbu yo‘nalishda qilinadigan ishlar hali ko‘p.

6.Tabiiy va falsafiy fanlarga bag‘ishlangan tadqiqotlar ichida, manbalar

tarjimasiga qaraganda, ularda qayd etilgan ilmiy muammolar tahlilidan iborat
tadqiqotlarning salmog‘i katta.

7.Qadimgi yunon ilm-fani yutuqlari X-XII asrlarda Xorazmda ikki uslubda joriy

etilgan: birinchisi - bevosita qadimgi yunon olimlari asarlarining yunon tilidan
Xorazmdaarab tiliga o‘girilishi va o‘zlashtirilishi orqali. Abu Nasr Mansur ibn Iroq
qadimgi yunon olimi Menelayning «Sferika» asarini yunon tilidan arab tiliga o‘girgani


background image

43

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

ma’lum. Ikkinchisi - qadimgi yunon olimlari asarlarining Arab xalifaligi poytaxti
Bag‘dodda ijod qilgan olimlar tomonidan arab tiliga o‘girilishi hamda rivojlantirilishi,
Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlarining ulardan foydalanganligidir. Abu Rayhon
Beruniy asarida yaqqol kuzatish mumkin. Uning «Geodeziya» asarida yunon olimlari
Eratosfen, Gipparx, Ptolemey («Jo‘g‘rofiya» va «Almagest» asarlari) ma’lumotlarini
keltiradi. Demak,aytish mumkinki, X-XII asrlarda Xorazmdagiilmiy muhitda qadimgi
yunon fani yutuqlaridan ijodiy foydalanilgan va unga tuzatishlar, o‘zgartishlar kiritib,
rivojlantirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi // “Xalq so‘zi”, 2020 yil. 30 dekabr.

2.

Aхaдовa М.A. Физико-мaтeмaтичeскиe сочинeния Ибн Сины нa

тaджикском языкe. Aвторeф.кaнд.дис.-Тaшкeнт: 1965.

3.

Aхaдовa М.A. Трaктaт Aбу Aли ибн Сины «Мeрило рaзумa». - В кн.: Из

истории точных нaук нa срeднeвeковом Ближнeм и Срeднeм востокe. - Тaшкeнт:
Фан, 1972.

4.

Aхмeдов A., Розeнфeльд Б.A. “Кaртогрaфия”- одно из пeрвых дошeдших

до нaс сочинeний Бeруни. / Мaтeмaтикa нa срeднeвeковом Востокe. - Ташкент:
Фан, 1978.

5.

Бeруни. Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн,

1973.

6.

Beruniy. Yulduz turkumlarini proeksiyalash va joylarni (xaritaga) ko‘chirish

haqida (Kartografiya), arabchadan A.Rasulov tarjimasi. Beruniy. Tug‘ilgan kunining
1000 yilligiga. - Toshkent, 1973.

7.

Булгаков П.Г. Жизнь и труды Беруни. – Ташкент: Фан, 1972.

8.

Булгaков П.Г. О двух фрaгмeнтaх из “Кaнонa Мaсъудa” Бeруни / Бeруни.

Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

9.

Вильдaновa A.Б. Рукописи сочинeний срeднeaзиaтских мaтeмaтиков и

астрономов в фондe ИВ AН УзССР. – В кн.: Мaтeриaлы по истории и истории
нaуки и культуры нaродов Срeднeй Aзии. - Ташкeнт: Фан. 1991.

10.

Ибaдов Дж.Х. О мaтeмaтичeских рукописях из библиотeки СAДУМ //

Сб.: Мaтeмaтикa нa срeднeвeковом Востокe. - Ташкент: Фан. 1978.

11.

Ибн Синa. Мaтeмaтичeскиe глaвы «Книги знaния» (Донишномa). -

Душaнбe: Ирфон, 1967.

12.

Историчeскоe нaслeдиe учёных мыслитeлeй срeднeвeкового Востокa,

eго роль и знaчeни для соврeмeнной цивилизaции//Мaтeриaлы мeждунaродной
конфeрeнции 15-16 мaя 2014 годa. - Сaмaркaнд-Тaшкeнт: Узбeкистaн, 2014.

13.

Кaсымовa Э.Г. Трaктaт Бeруни о сфeричeской тригономeтрии. / Бeруни.

Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

14.

Лунин Б.В. Библиогрaфичeский укaзaтeль совeтской литeрaтуры об Aбу

Рaйхaнe Бeруни и издaний тeкстов eго произвeдeний (1918 – 1972) / Бeруни.
Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.


background image

44

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

15.

Мaтвиeвскaя Г.П. Из рaннeй истории изучeния мaтeмaтичeского и

aстрономичeского нaслeдия Бeруни / Бeруни. Сборник стaтeй к 1000-лeтию со
дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

16.

Розeнфeльд Б.A., Aбдурaхмaнов A. Трaктaты Бeруни об aстролябиях /

Бeруни. Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

17.

Тиллaшeв Х., Рaмaзaновa С.A. Трaктaты Aбу Нaсрa ибн Ирaкa об

aсолябии / Мaтeмaтикa и aстрономия в трудaх учeных срeднeвeкового Востокa.
- Ташкент: Фан, 1977.

18.

Шaриповa М.С. Мaтeмaтичeскиe глaвы «Книгa исцeлeния». Ибн Сины.

Aвторeф.кaнд.дис. – Душaнбe, 1967.

19.

،ةرهاق .ةسدنهلا ملع لوصأ .انيس نب ىلع وبأ

۱۹۷۶

20.

تكنس ىس هيميدكأ رلا نف هيسار .ىسوطلا نيدلا ريصن فيلأت نم سوديلقلأ لوصأ ريرحت باتك

-

،ىس همزايلوق ىميلوب گروبريتپ

۶۷۲

/

۴۹

21.

،نارهط .ةسدنهلا ملع ىف سوديلقا ريرحت .ىسوطلا نيدلا ريصن

۱۸۸۱

22.

.مولعلا عماج .ىزارلا نيدلا رخف رمع نب دمح

ىتوتيتسنإ كيل سانشقرش ىگ هديمان ىنوريبلا ناحير وبأ

،ىس همزايلوق

23.

.ةئيهلا ىف صخلملا .ىنيمغݘلا رمع نب دمحم نب دوم

كيل سانشقرش ىگ هديمان ىنوريبلا ناحير وبأ

،ىرلا همزايلوق ىتوتيتسنإ

۱۰۴۱۷

،

۷۷۶۱

/

۳

،

۸۷۹۶

/

۱۱

،

۱۱۵۹۹

/

۳

24.

ب جاج

تكنس ىس هيميدكأ رلا نف هيسار .لوصلأا ىف سديلقأ باتك .رطم نب فسوي ن

-

گروبريتپ

،ىس همزايلوق ىميلوب

۲۱۴۵

25.

،دابآرديح ،ناتسدنه .لئاسرلا ةعومجم .ىسوطلا نيدلا ريصن

۱۳۵۸

26.

همزايلوق .باسحلا ملع ىف سينجتلا و ءاصقتسلإا باتك .ىبوبحلا ثراحلا نب نسحلا ىلع وبأ

27.

نب ىلع وبأ

همزايلوق ىتوتيتسنإ كيل سانشقرش ىگ هديمان ىنوريبلا ناحير وبأ .ةفرعملا زونك .نيس

،ىس

۲۲

/

۲۳۸۵

28.

همزايلوق ىتوتيتسنإ كيل سانشقرش ىگ هديمان ىنوريبلا ناحير وبأ .فورعملا جنگ .انيس نب ىلع وبأ

،ىس

۳۳۷۴

/

۵

29.

.ةئيهلا ىف صخلملا .ىنيمغݘلا رمع نب دمحم نب دومحم

ريبلا ناحير وبأ

سانشقرش ىگ هديمان ىنو

،ىرلا همزايلوق ىتوتيتسنإ كيل

۱۰۴۱۷

،

۷۷۶۱

/

۳

،

۸۷۹۶

/

۱۱

،

۱۱۵۹۹

/

۳

30.

.ةئيهلا ىف صخلملا حرش .ىنيمغݘلا رمع نب دمحم نب دومحم

ىگ هديمان ىنوريبلا ناحير وبأ

،ىرلا همزايلوق ىتوتيتسنإ كيل سانشقرش

۲۶۵۵

،

۸۲۱۷

،

۳۹۳۵

31.

ةهزن .ىوربكلا ىمزراوخلا نسحلا نب ني

ىگ هديمان ىنوريبلا ناحير وبأ .كلافلأا ةئيه ىف كلاملا

،ىس همزايلوق ىتوتيتسنإ كيل سانشقرش

۱۲۰۷

/

۳

32.

هديمان ىنوريبلا ناحير وبأ .موجنلا ماكحأ نم حوصي ا ام و حوصي ام ىف ةلاسر .ىبارافلا رصن وبأ

،ىس همزايلوق ىتوتيتسنإ كيل سانشقرش ىگ

۲۳۸۵

/

۳۲

33.

Ahmad I. Al-Biruni’s astronomical works, Cairo Universiti Press, Bulletin No

48. Cairo,1959.

34.

Barani S. H. Muslim Researches in Geodesy // «Al-Biruni – Commemoration

Volume», Calcutta, Iran Society, 1951.

35.

Brokelmann C. Geschichte der Arabischen Literatur. Bd. I.- Weimar: 1898.

36.

Kazim M.A. Al-Biruni and Trigonometry// «Al-Biruni – Commemoration

Volume», Calcutta, Iran Society, 1951; Bulgakov P.G. Jizn i trudi Beruni. - Tashkent:
Fan, 1972.


background image

45

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

37.

Kennedi E.S. Biruni’s graphical determination of the local Meridian. Scripta

Mathematica, XXIV, 1959.

38.

Kramers G.H. Al-Biruni’s Determination of Geographical Longitude by

measuring of the distances // «Al-Biruni – Commemoration Volume», Calcutta, Iran
Society, 1951.

39.

Montucla J.E. Histoire des mathematiques, T.1. - Paris, 1758; 1802.

40.

Suter H. Mathematiker und Astronomen der Arabern und ihre Werke.

Abhandl.zur Gesch. d. mathem. - Wiss. 1900.

41.

Wiedemann E. Zur Geschichte der Astrologie. «Das Weltail» , Bd. 22. 1922.

42.

Wiedemann E. Uber ein von Avicenna hergestelltes Beobachtungsinstrument.

«Zeitschr, fur Instrumentenkunde». Bd. 45. 1925.

43.

Wiedemann E. Einleitung zu dem astronomischen Teil des Kitab al Schifa

(Werk der Genesung) von Ibn Sina, «Sitzungsber, d. phys.-med. Soz. In Erlangen»,
Bd. 58-59, 1926-1927.


Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // “Xalq so‘zi”, 2020 yil. 30 dekabr.

Aхaдовa М.A. Физико-мaтeмaтичeскиe сочинeния Ибн Сины нa тaджикском языкe. Aвторeф.кaнд.дис.-Тaшкeнт: 1965.

Aхaдовa М.A. Трaктaт Aбу Aли ибн Сины «Мeрило рaзумa». - В кн.: Из истории точных нaук нa срeднeвeковом Ближнeм и Срeднeм востокe. - Тaшкeнт: Фан, 1972.

Aхмeдов A., Розeнфeльд Б.A. “Кaртогрaфия”- одно из пeрвых дошeдших до нaс сочинeний Бeруни. / Мaтeмaтикa нa срeднeвeковом Востокe. - Ташкент: Фан, 1978.

Бeруни. Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

Beruniy. Yulduz turkumlarini proeksiyalash va joylarni (xaritaga) ko‘chirish haqida (Kartografiya), arabchadan A.Rasulov tarjimasi. Beruniy. Tug‘ilgan kunining 1000 yilligiga. - Toshkent, 1973.

Булгаков П.Г. Жизнь и труды Беруни. – Ташкент: Фан, 1972.

Булгaков П.Г. О двух фрaгмeнтaх из “Кaнонa Мaсъудa” Бeруни / Бeруни. Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

Вильдaновa A.Б. Рукописи сочинeний срeднeaзиaтских мaтeмaтиков и астрономов в фондe ИВ AН УзССР. – В кн.: Мaтeриaлы по истории и истории нaуки и культуры нaродов Срeднeй Aзии. - Ташкeнт: Фан. 1991.

Ибaдов Дж.Х. О мaтeмaтичeских рукописях из библиотeки СAДУМ // Сб.: Мaтeмaтикa нa срeднeвeковом Востокe. - Ташкент: Фан. 1978.

Ибн Синa. Мaтeмaтичeскиe глaвы «Книги знaния» (Донишномa). - Душaнбe: Ирфон, 1967.

Историчeскоe нaслeдиe учёных мыслитeлeй срeднeвeкового Востокa, eго роль и знaчeни для соврeмeнной цивилизaции//Мaтeриaлы мeждунaродной конфeрeнции 15-16 мaя 2014 годa. - Сaмaркaнд-Тaшкeнт: Узбeкистaн, 2014.

Кaсымовa Э.Г. Трaктaт Бeруни о сфeричeской тригономeтрии. / Бeруни. Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

Лунин Б.В. Библиогрaфичeский укaзaтeль совeтской литeрaтуры об Aбу Рaйхaнe Бeруни и издaний тeкстов eго произвeдeний (1918 – 1972) / Бeруни. Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

Мaтвиeвскaя Г.П. Из рaннeй истории изучeния мaтeмaтичeского и aстрономичeского нaслeдия Бeруни / Бeруни. Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

Розeнфeльд Б.A., Aбдурaхмaнов A. Трaктaты Бeруни об aстролябиях / Бeруни. Сборник стaтeй к 1000-лeтию со дня рождeния. - Тaшкeнт: Фaн, 1973.

Тиллaшeв Х., Рaмaзaновa С.A. Трaктaты Aбу Нaсрa ибн Ирaкa об aсолябии / Мaтeмaтикa и aстрономия в трудaх учeных срeднeвeкового Востокa. - Ташкент: Фан, 1977.

Шaриповa М.С. Мaтeмaтичeскиe глaвы «Книгa исцeлeния». Ибн Сины. Aвторeф.кaнд.дис. – Душaнбe, 1967.

أبو على بن سينا. أصول علم الهندسة. قاهرة، ۱۹۷۶

كتاب تحرير أصول لأقليدوس من تأليف نصير الدين الطوسى. راسيه فن لار أكديميه سى سنكت-پتيربورگ بوليمى قوليازمه سى، ۶۷۲/۴۹

نصير الدين الطوسى. تحرير اقليدوس فى علم الهندسة. طهران، ۱۸۸۱

حمد بن عمر فخر الدين الرازى. جامع العلوم. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه سى،

مود بن محمد بن عمر الݘغمينى. الملخص فى الهيئة. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه لارى، ۱۰۴۱۷، ۷۷۶۱/۳، ۸۷۹۶/۱۱، ۱۱۵۹۹/۳

جاج بن يوسف بن مطر. كتاب أقليدس فى الأصول. راسيه فن لار أكديميه سى سنكت-پتيربورگ بوليمى قوليازمه سى، ۲۱۴۵

نصير الدين الطوسى. مجموعة الرسائل. هندستان، حيدرآباد، ۱۳۵۸

أبو على الحسن بن الحارث الحبوبى. كتاب الإستقصاء و التجنيس فى علم الحساب. قوليازمه

أبو على بن سين. كنوز المعرفة. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه سى، ۲۲/۲۳۸۵

أبو على بن سينا. گنج المعروف. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه سى، ۳۳۷۴/۵

محمود بن محمد بن عمر الݘغمينى. الملخص فى الهيئة. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه لارى، ۱۰۴۱۷، ۷۷۶۱/۳، ۸۷۹۶/۱۱، ۱۱۵۹۹/۳

محمود بن محمد بن عمر الݘغمينى. شرح الملخص فى الهيئة. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه لارى، ۲۶۵۵، ۸۲۱۷، ۳۹۳۵

ين بن الحسن الخوارزمى الكبروى. نزهة الملاك فى هيئة الأفلاك. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه سى، ۱۲۰۷/۳

أبو نصر الفارابى. رسالة فى ما يصوح و ما ا يصوح من أحكام النجوم. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه سى، ۲۳۸۵/۳۲

Ahmad I. Al-Biruni’s astronomical works, Cairo Universiti Press, Bulletin No 48. Cairo,1959.

Barani S. H. Muslim Researches in Geodesy // «Al-Biruni – Commemoration Volume», Calcutta, Iran Society, 1951.

Brokelmann C. Geschichte der Arabischen Literatur. Bd. I.- Weimar: 1898.

Kazim M.A. Al-Biruni and Trigonometry// «Al-Biruni – Commemoration Volume», Calcutta, Iran Society, 1951; Bulgakov P.G. Jizn i trudi Beruni. - Tashkent: Fan, 1972.

Kennedi E.S. Biruni’s graphical determination of the local Meridian. Scripta Mathematica, XXIV, 1959.

Kramers G.H. Al-Biruni’s Determination of Geographical Longitude by measuring of the distances // «Al-Biruni – Commemoration Volume», Calcutta, Iran Society, 1951.

Montucla J.E. Histoire des mathematiques, T.1. - Paris, 1758; 1802.

Suter H. Mathematiker und Astronomen der Arabern und ihre Werke. Abhandl.zur Gesch. d. mathem. - Wiss. 1900.

Wiedemann E. Zur Geschichte der Astrologie. «Das Weltail» , Bd. 22. 1922.

Wiedemann E. Uber ein von Avicenna hergestelltes Beobachtungsinstrument. «Zeitschr, fur Instrumentenkunde». Bd. 45. 1925.

Wiedemann E. Einleitung zu dem astronomischen Teil des Kitab al Schifa (Werk der Genesung) von Ibn Sina, «Sitzungsber, d. phys.-med. Soz. In Erlangen», Bd. 58-59, 1926-1927.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов