СОТРУДНИЧЕСТВО ОБЩЕСТВА, СЕМЬИ И МАХАЛЛИ В ДУХОВНО-ПРАВОВОМ ВОСПИТАНИИ СТУДЕНТОВ

CC BY f
163-170
1
0
Поделиться
Махмудов, Ш., & Исматов, С. (2023). СОТРУДНИЧЕСТВО ОБЩЕСТВА, СЕМЬИ И МАХАЛЛИ В ДУХОВНО-ПРАВОВОМ ВОСПИТАНИИ СТУДЕНТОВ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 163–170. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22100
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье анализируется процесс социализации студенческой молодежи на общественные отношения. Он оказывают влияние обеспечения соответствующего нравственно-правового воспитания граждан, и как следствие, духовный образ, мировоззрение, представления человека, а также как меняются человеческие качества. Новые критерии в семейном воспитании представляют собой сущность самостоятельности, дух времени и перспективу самостоятельности. Эти критерии нашли отражение в трудах Президента Ш.М.Мирзиёева, решениях правительства, в законе «Об образовании». Основная цель, вытекающая из них, – воспитать всесторонне развитую личность. Для достижения этой цели требуется сотрудничество семьи, махалли, школы и общества. Для выполнения этого требования необходимо широко применять систему образования и духовно-правовые и нравственные учения наших предков о совершенном человеке в современных условиях. Особенно важно сотрудничество семьи и общества. Потому что испокон веков узбекский народ жил в согласии со своими соседями. Определение инновационных методов семейного, общественного и соседского сотрудничества в обеспечении нравственно-правового воспитания студенческой молодежи является одним из наиболее актуальных вопросов на сегодняшний день.

Похожие статьи


background image

163

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Maxmudov Shokir,

pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD),

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Ismatov Sunatullo,

texnika fanlari nomzodi, dotsent,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

UDK: 377.1:37.014.65:37.018.1/2

TALABALARGA MA’NAVIY-HUQUQIY TARBIYA BERISHDA OILA,

JAMOATCHILIK VA MAHALLA HAMKORLIGI

Kalit so‘zlar:

shaxsiy fazilat,
innovatsion
usul,
rivojlanish,
munosabat,
shaxs.

Annotatsiya.

Maqolada talabalarning ijtimoiylashuvi jarayonida fuqarolarga

mos ma’naviy-huquqiy tarbiya berish orqali ijtimoiy munosabatlar ta’sirida
bo‘lishi va natijada shaxsning ma’naviy qiyofasi, dunyoqarashi, g‘oya va
tasavvurlari hamda insoniy fazilatlari o‘zgarib borishi tahlil etilgan. Oilaviy
tarbiyadagi yangi mezonlar mustaqillik mohiyatini va zamon ruhiyatining
istiqbollarini ifodalaydi. Bu mezonlar Prezident Sh.M.Mirziyoev asarlarida,
hukumat qarorlarida, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda o‘z aksini topgan. Ulardan
kelib chiqadigan asosiy maqsad barkamol insonni tarbiyalashdan iborat. Bu
maqsadga erishishda oila, mahalla va maktab hamda jamoatchilik hamkorligini
talab etadi. Bu talabni amalga oshirish uchun bugungi sharoitda ta’lim–tarbiya
tizimi va ota – bobolarimizning komil inson haqidagi ma’naviy-huquqiy va
axloqiy ta’limotini keng qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi. Ayniqsa oila va mahalla
hamkorligi alohida ahamiyatga ega. Chunki qadimdan o‘zbek xalqi mahalla–
ko‘y va qo‘ni–qo‘shnilar bilan hamjihatlikda yashab kelganlar. Talabalarni
ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda oila, jamoatchilik va mahalla hamkorligi
munosabatlarni innovatsion usullarini aniqlash bugungi kunda dolzarb
masalalardan hisoblanadi.

СОТРУДНИЧЕСТВО ОБЩЕСТВА,

СЕМЬИ

И МАХАЛЛИ

В ДУХОВНО-

ПРАВОВОМ

ВОСПИТАНИИ

СТУДЕНТОВ

Махмудов Шакир,

доктор философии (PhD) педагогических наук,

Денауский

институт предпринимательства и педагогики

Исматов Сунатулло,

кандидат технических наук, доцент,

Денауский

институт предпринимательства и педагогики

Ключевые
слова:

личные

качества,
инновационный

Аннотация.

В статье анализируется процесс социализации студенческой

молодежи на общественные отношения. Он оказывают влияние
обеспечения соответствующего нравственно-правового воспитания
граждан, и как следствие, духовный образ, мировоззрение, представления
человека, а также как меняются человеческие качества. Новые критерии в


background image

164

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

метод,
развитие,
отношение,
личность.

семейном воспитании представляют собой сущность самостоятельности,
дух времени и перспективу самостоятельности. Эти критерии нашли
отражение

в

трудах

Президента

Ш.М.Мирзиёева,

решениях

правительства, в законе «Об образовании». Основная цель, вытекающая
из них, – воспитать всесторонне развитую личность. Для достижения этой
цели требуется сотрудничество семьи, махалли, школы и общества. Для
выполнения этого требования необходимо широко применять систему
образования и духовно-правовые и нравственные учения наших предков
о совершенном человеке в современных условиях. Особенно важно
сотрудничество семьи и общества. Потому что испокон веков узбекский
народ жил в согласии со своими соседями. Определение инновационных
методов семейного, общественного и соседского сотрудничества в
обеспечении нравственно-правового воспитания студенческой молодежи
является одним из наиболее актуальных вопросов на сегодняшний день.

SOCIETY, FAMILIES AND MAHALLA СOOPERATION IN STUDENTS`

SPIRITUAL AND LEGAL EDUCATION

Maхmudov Shоkir,

Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogy,

Denau Institute for Entrepreneurship and Pedagogy

Ismatov Sunatullo,

Candidate of Technical Sciences, Associate Professor,

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Keywords:

personal virtue,
innovative
method,
development,
attitude,
personality.

Annotation.

The article analyzes that in the process of socialization of youth,

social relations are influenced by the provision of appropriate moral and legal
education of citizens, and as a result, the spiritual image, worldview, ideas of
a person, as well as how human qualities change. New criteria in family
education represent the essence of independence, the spirit of the times and
the prospect of independence. These criteria are reflected in the works of the
President Sh.M. Mirziyoyev, government decisions, the

Law "On Education".

The main goal arising from them is to educate a comprehensively developed
personality. Achieving this goal requires the cooperation of the family,
mahalla, school and community. To fulfill this requirement, it is necessary to
widely apply the education system and the spiritual, legal and moral teachings
of our ancestors about the perfect person in modern conditions. The
cooperation of the family and the community is especially important. Because
from long ago the Uzbek people lived in harmony with their neighbors. The
definition of innovative methods of family, public and neighborly cooperation
in ensuring the moral and legal education of student youth is one of the most
pressing issues today.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi.

Oilaga xos bo‘lgan pedagogik hamjihatlik ota-ona va

farzandlar ijtimoiylashuvi, ma’naviy-huquqiy tarbiya berish masalalarining


background image

165

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

muvaffaqiyatli bajarilishiga olib keladi. Aynan oilada ota-ona va farzandlar o‘rtasida
tabiiy-biologik va ijtimoiy aloqalar chatishib ketadi, bu aloqalar shaxs rivojlanishining
va erta bosqichda farzandlar birlamchi ijtimoiylashuvining o‘ziga xos xususiyatlarini
ta’riflaydi. Oila bolaning jismoniy, ijtimoiy rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning
rivojlanishi tabiatiga, o‘zi tug‘ilib o‘sgan davlat madaniyatiga mos bo‘lishi uchun oila
bolani jamiyatga asta-sekin kiritib boradi. “Ota-onaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri funksiyasi
bu - insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribaga, o‘z mamlakatining madaniyatiga, axloqiy
me’yorlariga bolani o‘rgatishdir” [2, 33-b.].

Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda har bir oila biron-bir tadbir

o‘tkazmoqchi bo‘lsa, avvalo mahalla bilan, uning obro‘li oqsoqollari bilan
maslahatlashgan, o‘zlarining turli muammolarini shu yerda hal qilishga harakat
qilganlar. Qayerda mahalladoshlar o‘rtasida odamgarchilik, mehr-oqibat kuchli bo‘lsa,
u yerda mahalla-kuy va qo‘ni –qo‘shnilar bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor bergan.
Talabalarning ijtimoiylashuvi jarayonida fuqarolarga mos ma’naviy-huquqiy tarbiya
berishda nuroniylarimiz yosh oilalar uchun turli maslahatlarini darig‘ tutmagan. Eng
muhimi, mahalla faoliyatida erkaklar ham, ayollar ham baravar ishtirok etganlar.
Shunga ko‘ra ham mahallani har bir oilaga bo‘lgan ta’siri ijobiy darajada sezilarli
bo‘lib kelgan. Mahalla faoliyati o‘zbek xalqining ijtimoiy hayotida, yoshlarni
ma’naviy-huquqiy tarbiyalashda muhim rol o‘ynab kelganligi uchun ham u milliy
qadriyat hisoblanadi. Ayni vaqtda mahallalarda yangidan-yangi ma’naviy, ilmiy
qadriyatlar vujudga kelgan, shakllangan va rivojlangan, xalq hayotiga singib borgan.

Asosiy qism

Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berish oiladan boshlanadi va oiladagi

ma’naviy–huquqiy tarbiya turli toifalarda bo‘lishi mumkin:

1) ijtimoiy ilg‘or yo‘nalishdagi oilalar;
2) ziddiyatli yo‘nalishga ega bo‘lgan oilalar;
3) ma’naviy – axloqiy va huquqiy jihatdan past darajadagi oilalar;
4) “me’yor” munosabatlarga ega bo‘lgan oilalar.
Bularning hammasi oila masalasida bolalarni ma’naviy, axloqiy-huquqiy jihatdan

tarbiyalashda qator dolzarb pedagogik muommolarni keltirib chiqaradi.

Bu esa bolani oiladagi ma’naviy-huquqiy va axloqiy tarbiyalanishiga bog‘liqdir.

Shuni ta’kidlash kerakki, kishilarning ma’naviy hayoti ham jamiyat taraqqiyotida
muhim rol o‘ynaydi. Ma’naviyat bo‘lmasa, mustaqillikni mustahkamlab bo‘lmaydi.
Chunki u ijtimoiy taraqqiyotning poydevoridir. Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya
berishda oiladagi o‘zaro munosabatlar alohida ko‘zga tashlanadi.

“Ma’naviy boy xalq o‘z mamlakati oldida turgan tarixiy vazifani to‘g‘ri anglab

yetsa, davlatning ma’naviy-huquqiy salohiyati moddiylashadi” [3, 13-b.]. Oilaviy
tarbiyaning o‘ziga xos sharqona jihatlarini yoritib beruvchi ko‘plab asarlar borki,


background image

166

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

ularda oldinga surilgan ma’naviy – axloqiy va huquqiy qarashlar hanuz to‘la o‘rganilib,
amaliyotga qo‘llanilgani yo‘q. “Bularni chuqur o‘rganib, milliy istiqlol nuqtai
nazaridan tahlil etsak, milliy – axloqiy qadriyatlarning yangidan – yangi jihatlarini
kashf etgan va amalda qo‘llash imkoniga ega bo‘lgan bo‘lamiz” [4, 126-b.].
Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda axloqiy xislatlarga katta ahamiyat
beriladi, uni oilada har bir yoshga har doim alohida ta’kidlab turiladi. Chunki avlodlar
vorisligi xudi shunda ko‘rinadi. Ota–onalarning farzandlariga, farzandlarning ota–
onalarga g‘amxo‘rligi anna shu ma’naviy-huquqiy fazilatlarida bilinadi.

Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda unga ta’sir etadigan barcha

sohadagi o‘zgarishlar va yangiliklar hayotda ko‘zga tashlanadi. Talabalarni ma’naviy-
huquqiy tarbiya berishni iymon, vijdon, halollik, poklik, mehnatsevarlik,
ishbilarmonlik singari xislatlarni shakllantirish, ta’lim – tarbiya sohasidagi asosiy
maqsadlar hisoblanadi. Aqlan yetuk, axloqiy pok va jismonan baquvvat, shuningdek,
milliy mas’uliyat tuyg‘usini anglab yetgan yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan
mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi.

Bu holat esa qator omillarni taqazo etadi:
1) Farzandning ma’naviy-huquqiy rivojlanishi – murakkab va ziddiyatli jarayon

bo‘lib, u ichki va tashqi tarbiyaviy sharoitlar ta’sirida yuz beradi. Talabalarning
ijtimoiylashuvi jarayonida fuqarolarga mos ma’naviy-huquqiy tarbiya berish
rivojlanishidagi ichki va tashqi sharoitlarni yetarli baholasmaslik yoki ortiqcha
baholash umuman tarbiyaviy jarayonga g‘ayri ilmiy yondashishga olib keladi. Buning
uchun ota – ona qanday sharoitda talabaning xulq – atvorini belgilaydigan axloqiy
qoidalar uning xatti – harakati uchun asos bo‘lishini anglab yetmog‘i kerak.

Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishni har bir oila ijtimoy munosabatlarni

o‘ziga xos tarzda aks etiradi. Oiladagi o‘zaro munosabatlar alohida olingan har bir
holatda o‘ziga xos tomonlarga ega bo‘ladi. Bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy
qiyofaga ega bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’sirining natijasidir.

2) Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berish, o‘z ota–onalarining hatti–

harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yuradi. Ota–onaning har bir hatti–
harakati puxta o‘ylangan va ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim.
Tarbiyaning boshlanishi, nasli–nasabidan meros sifatida o‘tadigan dastlabki
ko‘nikmalardan boshlanadi.

3) Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda oila o‘ziga xos hissiyotlar

olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy, salbiy his–tuyg‘ular jamul-jam bo‘ladi.

Agar oilada o‘zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi

sog‘lom muhit qaror topgan bo‘lsa, bu talabaning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi
tabiiydir. Talaba atrofidagi kishilar bilan qanday kayfiyatda bo‘lishi, muomila qilishi


background image

167

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

unda salbiy va ijobiy xislatlarni shakillantirar ekan uning hissiyotiga, ma’naviy-
huquqiy va axloqiy dunyosiga ham, ma’naviy tafakkuriga ham sezilarli ta’sir etadi.

4) Talaba o‘zgalarga nisbatan xamdardlik tuyg‘ularini o‘zlarida singdirish bilan

birga kishilar g‘am–tashvishlariga sherik bo‘lib, ularga dalda berib ko‘ngil ko‘tarishni
ham o‘rganib boradi. U ota–onasiga, oilaning barcha a’zolariga g‘amxo‘r va mehribon
bo‘la boshlaydi. Natijada u boshqalar uchun fidoyilik qilish zarurligini tushinib yetadi.

5) Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda oiladagi maishiy turmushda

talabaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. Chunki
bola hayoti asosan uy va jamoatchilik sharoitida o‘tadi. Oilaviy munosabatlarda uchrab
turadigan kundalik tashvishlarni ko‘rib, kattalarning uy mehnati bilan band bo‘lishi,
bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi, oila a’zolari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti uning
ongida o‘z aksini topadi. Oila a’zolari o‘rtasidagi ma’naviy-huquqiy muomila
madaniyati oilaviy tarbiyada muhim rol o‘ynashi shak – shubhasizdir. Ota – onalarning
ma’naviy-huquqiy va axloqiy jihatlari qancha boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga
nisbatan jiddiy va mas’uliyatli yondoshib, bu fazilatlarni farzandlarida ko‘rishni orzu
qiladilar.

6) Har qanday ota–onaning bir–biriga bo‘lgan mehr–muhabbati o‘z farzandiga

ko‘rsatiladigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylanadi. Bunda ota–onaning talaba
yoshlarga bo‘lgan mehr–muhabbati emas, balki ota–onalarning bir–biriga bo‘lgan
muhabbati ham alohida ahamiyatga ega. Talabalarning ijtimoiylashuvi jarayonida
fuqarolarga mos ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda ularning o‘zi ham bunga befarq
emaslar, ular qanchalik yosh bo‘lmasin baribir hamma narsani juda yaxshi ko‘rib,
murg‘ak qalblari esa uni sezib turadi.

Milliy mustaqillikka erishishimiz sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz tiklanishi

mahallalarning an’anaviy faoliyatini keng yo‘lga qo‘yishga imkon tug‘ildi.
Prezidentimizning farmoni bilan “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tuzildi. Mahallaning
oila bilan hamkorlikda ma’naviy-huquqiy tarbiya masalasini o‘rganish uchun har
tomonlama qulayliklar yaratildi. “Mahalla” xayriya jamg‘armasi jamiyat
ma’naviyatini, talabalarning ma’naviy-huquqiy me’yorlarga mos ongini tarbiyalashda
quyidagi ta’limiy va tarbiyaviy tadbirlar vositasida hamkorlikda ishlar mahalla bilan
olib borilmoqda, bu albatta oila bilan bog‘liqdir:

Mahallalar, oilalar va xotin-qizlar orasida amalga oshiriladigan ma’daniy-

huquqiy tadbirlar tarzida;

Uzluksiz tarbiya muassasalari, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus

ta’lim talabalari, yoshlar va boshqa toifadagi fuqorolar o‘rtasida olib borilayotgan
tadbirlar;

Ommaviy axborot vositalari, matbuot vositasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-

huquqiy va axloqiy tadbirlar;


background image

168

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Talabalarning ijtimoiylashuvi jarayonida fuqarolarga mos ma’naviy-huquqiy

tarbiya berish ishlarini takomillashtirish uning samaradorligini oshirish bilan bog‘liq;
ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy va ilmiy metodik yo‘nalishlarda tadqiqot ishlarni olib
borish, ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish;

Talabalarning ijtimoiylashuvi jarayonida fuqarolarga mos ma’naviy-huquqiy

tarbiya berishda xalqlar, millatlararo do‘stlik-birodarlik, ahillik, totuvlikni
ta’minlashga qaratilgan tadbirlar;

Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda madaniy-ma’rifiy, ijodiy

tashkilotlar tomonidan aholining ma’naviy madaniyatlilik darajasini oshirish, ularning
bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida amalga oshirishdan iborat.

Mazkur yo‘nalishlarda olib boriladigan ijtimoiylashuvi jarayonida fuqarolarga

mos ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda oila a’zolarining ishtirokisiz bo‘lishi mumkin
emas. Ushbu tadbirlar majmuasi negizida yirik ommaviy sport musoboqalari, qo‘shiq
bayramlari, oilaviy ansambillarning ko‘rik tanlovlari, san’at bayramlari, iqtidorli
ijodkorlar bilan o‘tkaziladigan ijodiy kechalar, ilmiy musiqa, raqs, qo‘shiq, milliy
estrada san’atini keng targ‘ib etishga qaratilgan maxsus teleko‘rsatuvlar, teleradio
darslarini tashkil etish har bir fuqoro ma’naviy-huquqiy ongi va tafakkurini
shakllantirishda ijobiy natijalar beradi.

Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda O‘zbekiston Respublikasining

“Ta’lim to‘g‘risidagi” qonunida oilaning jamiyat, davlat oldidagi ma’suliyatni anglab
yetadigan komil insonni tarbiyalashdagi roliga alohida e’tibor berildi. Bu borada “oila-
mahalla-maktab” dasturining yaratilishi muhimdir. Talabalarni ma’naviy-huquqiy
tarbiya berishda talabani darsdan tashqari vaqtlarida, jamoatchilik ishlarida faol
bo‘lishida mahallaning roli katta.

Mahalla qadimdan kishilarni birlashtiradigan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy

va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan jamoa vazifasini bajarib kelgan. O‘zaro mehr-
oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar
olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, hashamlar va marakalarni
ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga
bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar avvalambor, mahalla muhitida
shakllangan va rivojlangan. Bu borada talabalarning ijtimoiylashuvi jarayonida
fuqarolarga mos ma’naviy-huquqiy tarbiya berish eng asosiy davlat miqiyosidagi
masala hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq ko‘plab qadriyatlar udum va

an’analarimiz qayta tiklanib, zamon talablari asosida boyib bormoqda. Shu bilan
mahalaning huquq va vakolatlari kengaytirilmoqda va haqiqiy demokratiya darsxonasi
sifatida keng ko‘lamli faoliyat olib bormoqda. Milliy qadriyatlarni o‘rganish, asrash,
muhtojlarni muhofaza qilish, mahallalar rivojlanishiga har tomonlama ko‘maklashishi


background image

169

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

kabi hayotiy masalalar yurtboshimiz tashabbusi va farmoni bilan tashkil etilgan.
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamg‘armasining asosiy faoliyati deb belgilandi. Bu
bejiz emas albatta.

Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda mahallaning vazifalari

quyidagilar:

- talabalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur, vatanparvarlik, milliy

odob, baynalminallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag‘batlantirish;

- bu borada mahallada shanbalik, bayramlarda milliy g‘oya bilan sug‘orilgan

tadbirlar, ko‘rik tanlovlar tashkil etish, talabalarning sport musobaqalarini tashkil etish
va rag‘batlantirish;

- mahallada yoshlarni milliy davlatchilik, milliy mafkura g‘oyalari,

Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishgan yutiqlarni amalga oshirish
borasida turli tadbirkorlik va ishbilarmonlikni tashkil etish;

- talabalarni turli jamg‘armalar, xotin-qizlar qo‘mitalari, turli jamiyatlar,

birlashmalar, ijodiy uyushmalarning mahalla hamda to‘garaklari tadbirlarini tashkil
etish, ularga homiylik qilishni tashkil etish va rag‘batlantirish;

- talabalarni sog‘lom turmush tarzini ifoda etuvchi uchrashuvlar, kechalar tashkil

etish va ularga yoshlarni jalb etish;

- talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda mahalla hududidagi

obodonlashtirish maydonlarini ko‘kalamzorlashtirish jarayonlariga, ota-onalar orqali
yoshlarni jalb etish, ularga jamoaviy mehnat, Vatanga, mahallaga muhabbat hislarini,
vatanparvarlik g‘oyasini shakllantirish;

- talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda mahalla hududidagi ishlab

chiqarish korxonalari tomonidan mahallada istiqomat qiladigan va oilasi moddiy
qiynaladigan yoshlar uchun ish joylari kvotasining ajratilishiga erishish;

- ma’naviy-huquqiy tarbiya berish orqali yoshlarni tabiatga muhabbat, tarixga

qiziqtirish uchun mahalla muzeylarini tashkil qilish va yoshlarni jamoatchilik, oila va
mahalla orqali jalb etish;

Talabalarni ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda mahallaning oilaga ta’siri

masalasi dolzarb bo‘lib, xalqimizning milliy qiyofasi, mahalla faoliyati va uning
mahalladagilarga ta’siri bilan belgiilanad.

Xulosalar

O‘zbekistonimizning kelajakdagi barkamolligi va buyukligi talabalarni ma’naviy-

huquqiy tarbiya berishda uning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyoti va fuqarolarning
ma’naviy barkamolligi bilan belgilanadi.

Hozirgi kunga kelib talabalarning ijtimoiylashuvi jarayonida fuqarolarga mos

ma’naviy-huquqiy tarbiya berishda deyarli unutilayotgan ma’naviy ulug‘lik bilan
ma’naviy tubanlikni belgilovchi qirg‘oqlarni, halollik-haromxo‘rlik, insoflilik-


background image

170

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

insofsizlik, shafqat-berahmlik, andishalilik-yuzsizlik, adolat-adolatsizlik, e’tiqodlilik-
e’tiqodsizlik, kamtarlik-beandishalik, mehr-mehrsizlik, insoniy burch-mas’uliyatsizlik
va boshqalarni insoniy to‘kislikni va insoniy tubanlikni belgilovchi mezonlar sifatida
tiklashimiz lozimdir. Bu ajoyib xislatlar faqat inson manfaatlariga qaratilgan
ma’naviy-huquqiy qonunlar yordamida va sog‘lom ijtimoiy muhit ibratida shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xudoyqulov X. J. Komillik fazilatlari. -T.: Innovatsiya-Ziyo. 2021y. 60 b.

2.

Sabzaaliev F. Yoshlarning huquqiy ongiga ta’sir etish shakllari va usullari // Bozor
iqtisodiyoti muammolari DTKN 1997. - B. 33-35.

3.

Фоменко Н.А. Правовая педагогика. - М.: МГУКИ, 2010. -13с.

4.

Musurmonova O., Sharipova D, Axmedova S. Oila, xotin-qizlar huquqiy
madaniyati va sog‘lom avlod masalalari. –T.; 2007.

5.

Jumaniyazova, D. (2023). Spiritualistic Approaches in Eastern Philosophy and
Their Religious-Philosophical Essence.

Central Asian Journal of Literature,

Philosophy and Culture

,

4

(1), 114-117.

6.

Xolmo‘minov J.T. Ekologik tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish
huquqiy muammolarining ilmiy-nazariy tahlili. Monografiya. Toshkent:TDYuU,
2016.-344-bet.

Библиографические ссылки

Xudoyqulov X. J. Komillik fazilatlari. -T.: Innovatsiya-Ziyo. 2021y. 60 b.

Sabzaaliev F. Yoshlarning huquqiy ongiga ta’sir etish shakllari va usullari // Bozor iqtisodiyoti muammolari DTKN 1997. - B. 33-35.

Фоменко Н.А. Правовая педагогика. - М.: МГУКИ, 2010. -13с.

Musurmonova O., Sharipova D, Axmedova S. Oila, xotin-qizlar huquqiy madaniyati va sog‘lom avlod masalalari. –T.; 2007.

Jumaniyazova, D. (2023). Spiritualistic Approaches in Eastern Philosophy and Their Religious-Philosophical Essence. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 4(1), 114-117.

Xolmo‘minov J.T. Ekologik tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish huquqiy muammolarining ilmiy-nazariy tahlili. Monografiya. Toshkent:TDYuU, 2016.-344-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов