АНАЛИЗ НАУЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ ПО РАЗВИТИЮ АРХИТЕКТУРЫ И ИСКУССТВА В БУХАРСКОМ ХАНСТВЕ

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
25-31
2
0
Поделиться
Жураев , Б. (2023). АНАЛИЗ НАУЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ ПО РАЗВИТИЮ АРХИТЕКТУРЫ И ИСКУССТВА В БУХАРСКОМ ХАНСТВЕ. Предпринимательства и педагогика, 1(2), 25–31. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/27027
Боходир Жураев , Денауский институт предпринимательства и педагогики
Доктор философии (PhD) исторических наук, и.о. доцент Денауский институт предпринимательства и педагогики
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматривается научные исследования архитектуры и искусства в Бухарском ханстве в ХVI-ХVIII веках. В ХVI-ХVIII веках научные исследования развития архитектуры и искусства в Бухарском ханстве проводились не только в Узбекистане, но и в Средней Азии и других зарубежных странах. Во время советской эпохи количество исследователей в этой области значительно увеличилось. Основные научные исследования проводились с 20 века, а в годы независимости эти работы вышли на новый уровень. Многие исследователи подтверждают, что с ХVI века в области архитектуры и искусства городов Бухарского ханства вошло новое направление и уникалный стиль. Если обратить внимание на большинство публикаций, то основной упор делается на столицу Бухару, за которой следует Самарканд. Даже история городов Термез, Шахрисабз и Карши мало изучена.

Похожие статьи


background image

25

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

IJTIMOIY FANLAR

Juraev Boxodir Turdalievich

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

b.jo‘rayev@dtpi.uz

UO‘K: 94(575.146)

BUXORO XONLIGIDA ME’MORCHILIK VA SAN’AT RIVOJIGA OID

ILMIY MANBALAR TAHLILI

Kalit so‘zlar:

Buxoro xonligi,
aritektura
yodgorliklari,
Sharq
Renessansi,
naqqoshlik va
ganch san’ati.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada XVI-XVIII asrlarda Buxoro xonligida

me’morchilik va san’at rivoji taraqqiyotiga oid ilmiy izlanishlar
o‘rganilgan. XVI-XVIII asrlarda Buxoro xonligida me’morchilik va
san’at rivoji taraqqiyotiga oid ilmiy izlanishlar nafaqat O‘zbekistonda,
butun O‘rta Osiyo va boshqa xorijiy davlatlarda ham olib borilgan.
Sovet davriga kelib bu sohadagi izlanuvchilar soni ancha ortdi. Asosiy
ilmiy tadqiqotlar XX asrdan boshlab olib borilgan bo‘lsa, mustaqillik
yillarida esa bu harakatlar yangi pog‘onaga chiqdi. Tadqiqotchilarning
deyarli barchasi XVI asrdan boshlab Buxoro xonligidagi shaharlarda
me’morchilik va san’at sohasiga yangi yo‘nalish va o‘zgacha uslub kirib
kelganligini takrorlashadi. Aksariyat nashrlarga e’tibor bersak, asosiy
urg‘u poytaxt Buxoro, undan so‘ng Samarqand shaharlariga qaratiladi.
Xattoki, Termiz, Shahrisabz va Qarshi shaharlari tarixi ham kam
o‘rganilgan.

АНАЛИЗ НАУЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ ПО РАЗВИТИЮ

АРХИТЕКТУРЫ И ИСКУССТВА В БУХАРСКОМ ХАНСТВЕ

Жураев Боходир Турдиалиевич

Доктор философии (PhD) исторических наук, и.о. доцент

Денауский институт предпринимательства и педагогики

Ключевые
слова:

Бухарское
ханство,
памятники
архитектуры,
Восточное
Возрождение,
живопись и
искусство
ганча.

Аннотация:

В статье рассматривается

научные исследования

архитектуры и искусства в Бухарском ханстве в ХVI-ХVIII веках.
В ХVI-ХVIII веках научные исследования развития архитектуры и
искусства в Бухарском ханстве проводились не только в
Узбекистане, но и в Средней Азии и других зарубежных странах.
Во время советской эпохи количество исследователей в этой
области

значительно

увеличилось.

Основные

научные

исследования проводились с 20 века, а в годы независимости эти
работы вышли на новый уровень. Многие исследователи
подтверждают, что с ХVI века в области архитектуры и искусства
городов Бухарского ханства вошло новое направление и


background image

26

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

уникалный стиль. Если обратить внимание на большинство
публикаций, то основной упор делается на столицу Бухару, за
которой следует Самарканд. Даже история городов Термез,
Шахрисабз и Карши мало изучена.

ANALYSIS OF SCIENTIFIC SOURCES ON THE DEVELOPMENT OF

ARCHITECTURE AND ART IN BUKHARA KHANATE

Juraev Boxodir Turdalievich

Doctor of philosophy (PhD) of historical sciences, associate professor

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Keywords:

Bukhara Khanate,
architectural
monuments,
Eastern
Renaissance,
painting and ganch
art.

Annotation.

In the 16th-18th centuries, scientific research on the

development of architecture and art in the Bukhara Khanate was
conducted not only in Uzbekistan, but also in Central Asia and other
foreign countries. By the time of the Soviet era, the number of
researchers in this field increased significantly. The main scientific
researches were carried out from the 20th century, and in the years of
independence, these efforts reached a new level. Almost all the
researchers repeat that from the 16th century, a new direction and a
unique style entered the field of architecture and art in the cities of
the Bukhara Khanate. If we pay attention to most publications, the
main emphasis is on the capital Bukhara, followed by Samarkand.
Even the history of the cities of Termiz, Shahrisabz and Karshi isn’t
so many studied.

KIRISH

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 2022-2026 yillarga mo‘jallangan

Taraqqiyot strategiyasi dasturi asosida; “O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida
qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lgani barchaga yaxshi ma’lum”, uning bir
necha mingyillik tarixi davomida bu hududda yirik davlat birlashmalari vujudga
kelganligiga oid manbalarni aniqlash, o‘z milliy davlatchilik tarixini manbalar asosida
ochib berishdek ulkan vazifa turibdi. Jumladan, Buxoro xonligining Shayboniylar va
Ashtarxoniylar hamda Mang‘itlar sulolasining tarixini o‘rganish dolzarb muammoga
aylanib, xalqimizning o‘tmish tarixidagi xo‘jalik hayoti, siyosiy va madaniy jihatdan
taraqqiy etishidagi boy tajribalarga oid manbalarni o‘rganish muhim hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul

qilingan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar srategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni, 2017 yil 19
maydagi PQ-2980-son “2017 - 2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining
turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017 yilning 23


background image

27

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

noyabridagi 930-son “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz
turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori va sohaga oid boshqa
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu maqola
muayyan darajada xizmat qiladi.

Material va tadqiqot usullari.

Buxoro xonligi XVI-XVIII asr oʻrtalariga qadar

boʻlgan davrda tarixshunosligi masalasi oʻziga xos tarixga ega. Xonlik
tarixshunosligining asosiy masalalari rus, sovet, xorijiy va mahalliy taqdqiqotlar
asnosida shakllanganligini taʻkidlash oʻrinlidir. Ushbu turli davrlarda bajarilgan ilmiy
tadqiqotlarni tahlil qilar ekanmiz, mavzu doirasida maʻlum bir xronologik davrni yaxlit
umumiy tarixshunosligi holatini aks ettiruvchi tadqiqot hali yaratilmagan.

Xonlik tarixini to‘laqonli o‘rganishda tarixiy yozma manbalar, arxiv xujjatlari,

tarixiy ilmiy adabiyotlar qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Umuman olganda,
mazkur davrning o‘rganilish darajasi tadqiqot obyekti sifatida ilmiy jihatdan
o‘rganilmaganligini hisobga olib va uning metodologik asoslaridan kelib chiqib
mavzuga bevosita taalluqli bo‘lgan adabiyotlarni shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘lib
o‘rganish mumkin:

- birinchi guruhga taalluqli adabiyotlar ro‘yxatiga Buxoro xonligi tarixiga oid

Rossiya imperiyasi davrida rus sharqshunoslari, tomonidan xonlik tarixiga oid
manbalarni o‘rganish hamda mavzuni yoritishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar;

- ikkinchi guruh adabiyotlariga sovet davrida tarixshunoslar tomonidan olib

borilgan ilmiy tadqiqotlar;

- uchinchi guruhga mansub adabiyotlarga vatanimiz mustaqillik yillarida olib

borilgan kuplab ilmiy izlanishlar, tadqiqot mavzusi doirasida yozilgan dissertatsiyalar;

- to‘rtinchi guruhga oid adabiyotlarga Buxoro xonligi va uning ijtimoiy-

iqtisodiy, madaniy-siyosiy hayotiga doir chet tillarida nashr qilingan ilmiy adabiyotlar
tashkil qiladi.

Ushbu maqola tarixiy tadqiqotlar uchun umumiy qabul qilingan xolislik,

tarixiylik, tanqidiylik tamoyillari, muammoviy mushohada, qiyosiy tahlil usullari
singari tarixiy metodlar asosida yoritilgan. Xususan, tarixshunoslikning o‘ziga xos
bo‘lgan qiyosiy-tarixiy, muammoli-xronologik, shuningdek retrospektiv metodlardan
keng foydalanildi.

Natijalar va ularning muxokamasi.

Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida

sulola hukmdorlarining me’morchilik va san’at taraqqiyotiga e’tibori, homiyligi
natijasida Buxoro xonligining bir qator shaharlarida me’morchilik, shaharsozlik va
xattotlik kabi san’at turlari ancha rivojlangan. Sovet tarixshunosligida Buxoro
xonligida ma’morchilik va san’at tarixi G.A.Pugachenkova, L.Rempel, L.Yelkovich
va M.Masson [1, 220-b.] kabi tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Bu davrda olib


background image

28

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

borilgan tadqiqotlar Buxoro xonligidagi me’morchilik va san’at sohalari rivojini
mukammal yoritib bermagan bo‘lsa-da, ancha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

G.A.Pugachenkova [2, 207-b.] Buxoro xonligi tarkibida bo‘lgan Termiz va

Shahrisabz shaharlaridagi me’moriy obidalar haqida batafsil ma’lumot bergan.
Shaharda joylashgan tarixiy yodgorliklar, ularning qurilish uslubi, maydoni, davri va
holati haqida yozib qoldirgan. G.A.Pugachenkova [3, 203-b.] o‘zining boshqa asarida
esa bevosita Buxoro va Samarqand shahrida me’moriy obidalarga to‘xtalib o‘tgan. U
O‘rta Osiyo me’morchiligini juda yuqori baholaydi. Olimaning O‘zbekistondagi
tarixiy me’moriy obidalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi juda yuqori bo‘lganidan,
asosiy ilmiy faoliyati shu sohaga bag‘ishlanadi. G.A.Pugachenkova va O.Galerkina
bilan hammualliflikda O‘rta Osiyo san’ati [4, 208-b.] haqida ham tadqiqot olib borib,
kitob nashr ettirgan. Kitobda qadimgi davr O‘rta Osiyodagi san’at turlari, ularning
rivojlanishi haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.

G.A.Pugachenkova Termizdagi Kokildor ota (XVI asr) tarixiy yodgorligiga

to‘xtalar ekan, uning qurilish uslubi bir tarafdan Buxoro uslubiga, yana bir tarafdan
Balx uslubiga o‘xshab ketadi deb yozadi. Biz buni Termizning geografik joylashuvi
bilan bog‘liq deb o‘ylaymiz. XVI-XVIII asrlarda barpo etilgan inshootlar deyarli bir
xil usulda bunyod etilgan, kirishda ark qismi, asosan ikki qavatli, gumbaz
ko‘rinishidagi tepa qismi, pishiq g‘ishtdan foydalanilganligi haqida olima yozib
qoldirgan [2, 207-b].

L.I.Rempel [5, 301-b.] Buxoro xonligi san’at va me’morchilik tarixi bo‘yicha

salmoqli tadqiqot olib borgan tarixchi olimlardan biri hisoblanadi. Olim o‘zining
ishlarida Buxoro xonligidagi ma’morchilikka batafsil to‘xtalib o‘tgan. Boshqa
tadqiqotlardan farqi, u Buxorodagi madrasa va tarixiy xonaqohlarning qurilish uslubi
va arxeologik chizmalarini batafsil tasvirlagan. Asarda Buxorodagi V-VI asrdan XX
asr oralig‘ida bunyod etilgan majmualar haqida ham ma’lumotlar berilgan.
Karvonsaroylar, xonaqohlar, bozorlar, oddiy aholining uylari qurilishiga oid
ma’lumotlar ham bor. L.I.Rempel juda ham ko‘p [5, 304-b.] asarlarni chop etgan.
Umuman olganda olim Buxorodagi me’morchilik va san’at taraqqiyotiga ijobiy baho
beradi.

L.Rempel Buxorodagi ganchkorlik san’atiga ham to‘xtalib, inshoot qurilishi

uchun me’mor, muhandis, gulkor va naqqosh ishtirok etishini yozadi. Buxoroda ganch
va naqshlar ishlab chiqaradigan maxsus ustaxonalar borligi, ularda ustoz-shogird
an’anasi davom etib kelayotganligi haqida yozib o‘tadi. Asarda Buxoro naqqoshlik va
ganch san’ati namunalari tasvirlari keltirib o‘tiladi. Muallif buxorolik ustalarning
san’atlarini yuqori baholaydi. Qo‘l mehnati bilan bunyod qilingan ganch va mayda
naqshlarni yuqori san’at asariga tenglashtiradi [5, 199-200-b].


background image

29

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

Sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar ichida B.Baklanovning ilmiy

izlanishlarini alohida qayd etib o‘tish joiz. Olim o‘z ishida XVI asrdagi o‘zbek
ustalarining o‘ziga xos sifatlari va uslublarini yuqori baholab, ulardagi yutuq va
kamchiliklarni sanab o‘tgan. Go‘yoki bu davrda qurilgan me’moriy obidalar deyarli bir
xil uslubda qurilgan. Asosiy qurilish mahsuloti g‘isht, foydalanilgan ranglar ham
asosan moviy rang deb yozadi [7, 42-b.] tadqiqotchi.

V.A.Shishkin Buxoro shahridagi tarixiy yodgorliklar haqidagi risolasida [8, 53-

b.] Buxoroning bir necha asr davomida poytaxt bo‘lganligi, shu sabab u yerdagi bino
va inshootlar haqidagi ma’lumotlar u o‘ylaganidan ham kam ekanligiga ishora qilgan.
U faqatgina N.Xanikovning [9, 279-b.] tadqiqotini bilishini aytib o‘tgan. Ammo bu fikr
xato berilgan. V.Shishkin o‘z ishini 1936 yilda yozganini inobatga olsak, XIX asr oxiri
va XX asr boshlarida Buxoro xonligiga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilganini
yuqorida keltirib o‘tdik. Olim XVI asrni Buxoro xonligi me’morchiligida qayta
uyg‘onish davriga qiyoslab, aynan shu asrdan boshlab shaharda keng ko‘lamli qurilish
ishlari amalga oshirilganini ta’kidlab o‘tgan. Mir Arab, Qo‘shmadrasa va Ko‘kaldosh
madrasalari qurilishi orqali Buxoro xonlari o‘zlarini Amir Temur tomonidan bunyod
etilgan Oq Saroy, Bibixonim va Ahmad Yassaviy me’moriy obidalariga
tenglashtirmoqchi bo‘lishganini yozadi [8, 48-b.]. Buxoro shahrini o‘rab turgan qal’a
devori haqida ham muallif o‘z fikrlarini bayon etgan. Umuman bu risola Temuriylar
davri va Shaybniylar davri aritekturasi bilan ko‘p taqqoslanganligi bilan ajralib turadi.
Risolada ko‘p sub’ektiv va xato fikrlar ham keltirilgan.

G.A.Pugachenkova o‘z maqolasida [8, 54-b.] Buxoro arxitekturasida

xonaqohlar haqida to‘xtalib, Shayboniylar davriga kelganda Buxoro shahri va viloyati
bo‘ylab xonaqohlar qurilishi keng ko‘lamda amalga oshirilganligi haqida yozadi.
Olimaning fikricha bu davrda qurilgan xonaqohlar bir xil uslubda qurilgan va bu holat
musulmon sharqidagi boshqa hududlarda deyarli uchramaydi. Xonaqohlar deyarli bir
xil usulda qurilgan bo‘lsa-da, musulmon olamida o‘ziga xos “Buxoro usuli” degan
nomni olib kirgan.

B.N.Zasipkin [11, 159-b.] Buxoroning eng qadimgi davridan XX asrgacha

bo‘lgan vaqt oralig‘idagi tarixiy inshootlar haqida o‘z asarini chop etgan. Muallif
aynan XVI asrni Buxoro xonligi madaniy va ma’naviy hayotida tub burilish sodir
bo‘lgan davrga qiyoslaydi. Buxoro poytaxt sifatida musulmonlar uchun ham siyosiy,
ham madaniy, ham ma’naviy poytaxtga aylandi. Buxoro xonlaridan Abdullaxon II ni
shaharning ma’naviy madaniy qiyofasini tiklashdagi asosiy shaxs deb e’tirof etdi.

Mustaqillik yillariga kelib, tarixning barcha sohalari singari Buxoro xonligi

me’morchiligi va san’at tarixiga oid tadqiqotlar yangi bosqichga chiqdi. Ko‘plab
o‘zbekistonlik, O‘rta Osiyolik va xorijiy tadqiqotchilar salmoqli mehnat qildilar.
Jumladan

B.Ahmedov,

A.Ziyo,

M.Abduraimov,

J.Barakaev,

Y.Haydarov,


background image

30

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

N.Yo‘ldoshev, X.Qurbonov, A.Muhammadjonov, Y.G.Nekrasova, Q.Rajabov,
R.Maqsudov, Sadriddin Salim Buxoriy, A.Qandaxarov va H.Hamidov [12, 232-b.]
kabi tarixchi olimlar Buxoro xonligi tarixiga oid tadqiqotlar olib bordilar.

Buxoro xonligida bu asrlar oralig‘ida siyosiy vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy

nazar, me’morchilik, san’at, fan va adabiyot rivojlangani haqida A.Ziyo o‘zining
asarida yozib qoldiradi [13, 368-b.]. Asarda humdorlarning nafaqat o‘z davlatlarida,
balki boshqa chet davlatlarda ham qurilish ishlari amalga oshirilganligi yuqori
baholanadi. Jumladan, Imomqulixon Madinada qurdirgan chorbog‘, Nur tog‘idagi
hovuz, Makkada Ka’baga kiraverishdagi darvozalardan biri ostonasi uchun ishlatilgan
oltin va kumush tutqichli yog‘och zinalar fikrimizning yorqin dalilidir [13, 368-b.].
XVI asrdagi madaniy hayot haqida esa muallif quyidagilarni ma’lum qilgan. XVI asrda
mamlakatning turli markazlarida yuzlab olimlar, shoirlar, tarixchilar, rassomlar va
xusnixat egalari faoliyat ko‘rsatganlar [14, 145-b.]. A.Ziyo keltirgan ma’lumotlar
ko‘proq umumiy tarix haqida yozilgan. San’at va me’morchilik haqida batafsil
to‘xtalib, yaxlit ma’lumotlar keltirilmagan. Muallif asosiy e’tiborini siyosiy tarixga
qaratadi va o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun, sodda, qisqa va tushunarli tilda bayon
etadi.

XULOSALAR

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadqiqotchilarning deyarli barchasi XVI

asrdan boshlab Buxoro xonligidagi shaharlarda me’morchilik va san’at sohasiga yangi
yo‘nalish va o‘zgacha uslub kirib kelganligini takrorlashadi. Aksariyat nashrlarga
e’tibor bersak, asosiy urg‘u poytaxt Buxoro, undan so‘ng Samarqand shaharlariga
qaratiladi. Xattoki, Termiz, Shahrisabz va Qarshi shaharlari tarixi ham kam
o‘rganilgan. Xonlikning boshqa shaharlaridagi ilm-fan, ta’lim, me’morchilik,
san’atning qay darajada bo‘lganligi hammaga qiziq deb o‘ylaymiz. Buxoro xonligi
tarixshunosligidagi asosiy kamchilik shu. Yana bir o‘ziga xos jihat, sovet davrida
nashrdan chiqqan ayrim kitoblarda Buxoro xonligidagi umumiy ahvol Temuriylar
davri taqqoslanadi va ularning temuriylarga munosib voris bo‘la olishmagani haqida
ham gap boradi. XVI asrdagi siyosiy va ijtimoiy muhitni hosibga olgan holda bunday
xulosa berish qanchalik to‘g‘ri?! Umuman olganda Buxoro xonligi siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan mintaqaning eng kuchli davlati bo‘lmasa-da, me’morchilik va san’at
sohasida bu borada yetakchilardan biri bo‘lgan deb bemalol ayta olamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Пугаченкова Г.А, Ремпел Л.И, Бухара. (Узбекистан). (Серия «Сокровища
зодчества народов СССР»). Москва: 1949.


background image

31

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

2.

Пугаченкова Г.А., Ремпел Л.И. Выдающиеся памятники архитектуры
Узбекистана. – Ташкент: 1958.

3.

Пугаченкова Г.А. Термез, Шахрисабз, Хива. Москва: 1976.

4.

Пугаченкова Г.А. Самарканд, Бухара. – Москва: 1968.

5.

Пугаченкова Г.А., Галеркина О.И. Миниатюры Средней Азии в избранных
образцах: (Из советских и зарубежных собраний). — Москва:
Изобразительное искусство, 1979.

6.

Ремпел Л.И. Бухарские записи. Ташкент: 1981.

7.

Ремпел Л.И. Архитектура старого джуйбара / Архитектурные наследие
Узбекистан. – Ташкент: 1960.; 1937. №1

8.

Ремпел Л.И. Архитектурный орнамент Узбекистана. – Ташкент: 1961

9.

Бакланов Н.Б. Архитектурные чертежи узбекского мастера XVI века. Вып.
IV. – Москва: 1944

10.

Шишкин. В.А. Архитектурные памятники Бухары. Ташкент: 1936.

11.

Ханыков. А. Описаные Бухарского ханства. – Москва: 1983.

12.

O‘zbekiston o‘rta asrlarda. Tarix va madaniyat. – Toshkent: 2003.

13.

Засыпкин Б.Н. Архитектура Средней Азии. – Москва: 1948.

14.

Ahmedov B.A. Tarixdan saboqlar. – T.: O‘qituvchi, 1994.

15.

Ziyo A. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –Toshkent: Sharq, 2001.

16.

Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI
пер.пол. XIX в. Т.1. –Ташкент: Фан, 1966.

17.

Barakaev J., Haydarov Y. Buxoro tarixi (eng qadimgi davrdan Ulug‘ Oktabr
inqilobigacha). – Toshkent: O‘qituvchi, 1991.

18.

Ziyo. A. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2001.

Библиографические ссылки

Пугаченкова Г.А, Ремпел Л.И, Бухара. (Узбекистан). (Серия «Сокровища зодчества народов СССР»). Москва: 1949.

Пугаченкова Г.А., Ремпел Л.И. Выдающиеся памятники архитектуры Узбекистана. – Ташкент: 1958.

Пугаченкова Г.А. Термез, Шахрисабз, Хива. Москва: 1976.

Пугаченкова Г.А. Самарканд, Бухара. – Москва: 1968.

Пугаченкова Г.А., Галеркина О.И. Миниатюры Средней Азии в избранных образцах: (Из советских и зарубежных собраний). — Москва: Изобразительное искусство, 1979.

Ремпел Л.И. Бухарские записи. Ташкент: 1981.

Ремпел Л.И. Архитектура старого джуйбара / Архитектурные наследие Узбекистан. – Ташкент: 1960.; 1937. №1

Ремпел Л.И. Архитектурный орнамент Узбекистана. – Ташкент: 1961

Бакланов Н.Б. Архитектурные чертежи узбекского мастера XVI века. Вып. IV. – Москва: 1944

Шишкин. В.А. Архитектурные памятники Бухары. Ташкент: 1936.

Ханыков. А. Описаные Бухарского ханства. – Москва: 1983.

O‘zbekiston o‘rta asrlarda. Tarix va madaniyat. – Toshkent: 2003.

Засыпкин Б.Н. Архитектура Средней Азии. – Москва: 1948.

Ahmedov B.A. Tarixdan saboqlar. – T.: O‘qituvchi, 1994.

Ziyo A. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –Toshkent: Sharq, 2001.

Абдураимов М.А. Очерки аграрных отношений в Бухарском ханстве в XVI пер.пол. XIX в. Т.1. –Ташкент: Фан, 1966.

Barakaev J., Haydarov Y. Buxoro tarixi (eng qadimgi davrdan Ulug‘ Oktabr inqilobigacha). – Toshkent: O‘qituvchi, 1991.

Ziyo. A. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2001.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов