ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ СТУДЕНТОВ САМОСТОЯТЕЛЬНО ИЗУЧАТЬ АНГЛИЙСКИЙ ЯЗЫК В СМЕШАННОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ

CC BY f
177-184
2
1
Поделиться
Ширинова, Ф. (2023). ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ СТУДЕНТОВ САМОСТОЯТЕЛЬНО ИЗУЧАТЬ АНГЛИЙСКИЙ ЯЗЫК В СМЕШАННОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 177–184. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22102
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье обсуждается необходимость повышения эффективности образования путем создания инновационной среды, с учетом педагогических условий организации самостоятельной деятельности студентов высших учебных заведений и инновационного подхода к изучению иностранных языков у студентов. Смешанное обучение служит ключевым инструментом в развитии самостоятельной учебной деятельности студентов медико-фармацевтического направления в изучении области английского языка. Предлагается согласовывать самостоятельную учебно-познавательную деятельность студентов с содержанием дифференцированного общечеловеческого, аутентичного, дифференциально-творческого, интегративно-деятельность и нефилологического содержания. Внесены предложения, направленные на совершенствование модели развития самостоятельной учебной деятельности студентов в условиях смешанного обучения, основанной на механизмах проектирования профессиональной компетентности и владения иностранным языком, на основе индивидуальной, самостоятельной, адаптивной синхронизации с интересами. учебных предметов. Нашими основными задачами являются развитие социальной сферы, особенно образования и науки, повышение преемственности системы образования, повышение возможностей качественных образовательных услуг, подготовка высококвалифицированных кадров в соответствии с современными потребностями рынка труда. В частности, совершенствуя смешанное обучение путем перехода на нефилологическое дистанционное образование и обеспечения его интеграции с традиционным образованием, создания единого стандарта высшего образования и признания международных дипломов, проводятся научные исследования в связи с установлением мобильности обучающихся и учителей.

Похожие статьи


background image

177

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Shirinova Feruza

Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori PhD

O`zbekiston хalqaro islom akademiyasi

feruzashirinova12@gmail.com

УДК:494.375:371.3

ARALASH TA`LIM MUHITIDA TALABALARNING INGLIZ TILINI

MUSTAQIL O`ZLASHTIRISHLARI UCHUN IMKONIYATLAR

Kalit so`zlar:

uzluksiz ta`lim,
masofaviy ta`lim,
intensiv ishlash,
individuallashgan
yondashuv,
umumsohaviy,
autentik.

Annotasiya.

Mazkur maqolada nofilologik ta`lim yo`nalishidagi talabalarning

mustaqil faoliyatinin tashkillashtirishda pedagogik sharoitlarni inobatga olgan
holda aralash ta`lim muhitini yaratish bilan ta`lim samaradorligini oshishi va
talabalarning ingliz tilini o`rganishlariga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Talabalarning ingliz tilini o`rganishlaridagi mustaqil o`quv-biluv faoliyatini
rivojlantirishda

to`g`ri

tashkillashtirilgan

aralash

ta`lim

muhitining

imkoniyatlari yoritilgan. Talabalarning mustaqil o`quv–biluv faoliyati sohaviy
chet

tili

ko`nikmalarini

tabaqalashtirilgan

umumsohaviy,

autentik,

differentsial–ijodiy, integrativ–faoliyatli, nofilologik yo`n`lishdagi kontentlar
bilan muvofiqlqshtirib tuzish taklifi berilgan. Aralash ta`lim sharoitida
talabalarning mustaqil o`quv-biluv faoliyatini rivojlantirish modeli kasbiy
kompetentlik va chet tillari ko`nikmalarini loyihalash mexanizmlarini
individual,

mustaqil,

ta`lim

subyektlarining

manfaatlariga

adaptiv

sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflar ham o`rin
olgan. Ijtimoiy soha, hususan, ta`lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta`lim
tizimining uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta`lim
xizmatlari

imkoniyatlarini

oshirish,

mehnat

bozorining

zamonaviy

ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayorlash asosiy vazifalarimizdandir.
Jumladan, nofilologik yo`nalishida masofaviy ta`limga o`tish va uning
an`anaviy ta`lim bilan integratsiyasini ta`minlash orqali aralash ta`lim
(Blended Learning) ni takomillashtirish, oliy ta`limning yagona standartini
yaratish va xalqaro diplomlarni tan olish, talabalar va o`qituvchilar mobilligini
yo`lga qo`yish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ СТУДЕНТОВ САМОСТОЯТЕЛЬНО ИЗУЧАТЬ

АНГЛИЙСКИЙ ЯЗЫК В СМЕШАННОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ

Ширинова Феруза

Доктор философии PhD педагогических наук

Международная исламская академия Узбекистана

feruzashirinova12@gmail.com

Ключевые
слова:

непрерывное
образование,
интенсивная
работа,

Аннотация.

В данной статье обсуждается необходимость повышения

эффективности образования путем создания инновационной среды, с
учетом

педагогических

условий

организации

самостоятельной

деятельности студентов высших учебных заведений и инновационного
подхода к изучению иностранных языков у студентов. Смешанное
обучение служит ключевым инструментом в развитии самостоятельной


background image

178

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

индивидуальный
подход,
аутентичное.

учебной деятельности студентов медико-фармацевтического направления в
изучении области английского языка.

Предлагается согласовывать

самостоятельную учебно-познавательную деятельность студентов с
содержанием дифференцированного общечеловеческого, аутентичного,
дифференциально-творческого,

интегративно-деятельность

и

нефилологического содержания. Внесены предложения, направленные на
совершенствование

модели

развития

самостоятельной

учебной

деятельности студентов в условиях смешанного обучения, основанной на
механизмах проектирования профессиональной компетентности и
владения

иностранным

языком,

на

основе

индивидуальной,

самостоятельной, адаптивной синхронизации с интересами. учебных
предметов. Нашими основными задачами являются развитие социальной
сферы, особенно образования и науки, повышение преемственности
системы

образования,

повышение

возможностей

качественных

образовательных услуг, подготовка высококвалифицированных кадров в
соответствии с современными потребностями рынка труда. В частности,
совершенствуя смешанное обучение путем перехода на нефилологическое
дистанционное образование и обеспечения его интеграции с традиционным
образованием, создания единого стандарта высшего образования и
признания международных дипломов, проводятся научные исследования в
связи с установлением мобильности обучающихся и учителей.

DEVELOPING INDEPENDENT LEARNING OF STUDENTS IN BLENDED

LEARNING ATMOSPHERE

Shirinova Feruza

Doctor of philosophy in pedagogical sciences (PhD)

Uzbek international Islamic academy

feruzashirinova12@gmail.com

Keywords:

continuing
education,
intensive
working,
individual
approach,
educational,
authentic.

Annotation.

In this article is described some samples for organizing students

independent learning in pedagogical circumstances, it is also mentioned to
increase educational efficiency and motivate students learning English which
related to their profession with forming innovative atmosphere. Blended
learning plays an important role to improve learning English independently
for the students. It is proposed to coordinate the students' independent
learning-cognitive activity with the content of differentiated universal,
authentic, differential-creative, integrative-active, and non-philological
content. There are proposals aimed at improving the model of the development
of students' independent educational activities in the conditions of mixed
education, based on the design mechanisms of professional competence and
foreign language skills, on the basis of individual, independent, adaptive
synchronization to the interests of educational subjects. Definitely, developing
the social sphere, especially education and science, to improve the continuity
of the education system, to increase the possibilities of quality education
services, and to train highly qualified personnel in accordance with the modern
needs of the labor market.


background image

179

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Kirish

Ma`lumki, bugungi kunda rivojlanayotgan mamalakatlarning dunyo bozoriga

chiqishi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning yaxshilanishi, xalqaro munosabatlarning
faollashishi kadrlarning saviyasi va mahoratiga ham bog`liq. Biroq turli sohalar
bo`yicha mutaxassislarni tayyorlashda nofillologik ta`lim yo`nalishi bitiruvchilari
mutaxassislik fanlaridan yetarli bilim, ko`nikma va malakaga ega bo`lganlari holda
ulardagi chet tilini bilish darajalarining pastligi mamlakatning ichki va tashqi
infratuzilmalarini rivojlantirishda katta to`siq bo`layotgani kuzatilmoqda. Xususan,
nofillologik ta`lim yo`nalishi talabalarining til ko`nikmalari darajasi bu talablarga
to`liq javob beradi deya olmaymiz. Turli soha mutaxassislarining jahon bozoriga
chiqishini qiyinlashtiradigan omillardan biri ularning sohaviy chet tilini bilish
darajasining pastligidir.

Asosiy qism

Nofilologik talim yo'nalishi moassasalari birinchi bosqich talabalaring chet

tilidan bilim darazhasi nutq faoliyat turlari bo'yicha ta'hlil qilinganda aksariyatining
chet tili bilish darajasi A1 va A2 oralig`iga mos kelishini ko`rsatmoqda. Bu holat ingliz
tilidan turli bilim darajasiga ega boʼlgan talabalarni yagona bitta davlat dasturi asosida
oʼqitishda kattagina muammo hosil qilib, nofilologik taʼlim muassasalardagi kasbiy-
sohaviy yoʼnalishlarning xilma-xilligi ular uchun alohida yondashilgan darsliklar va
oʼquv-qoʼllanmalarni ishlab chiqish masalasini ham oʼrtaga qoʼymoqda. Darslik va
oʼquv-qoʼllanmalarni shakllantirishda turli yoʼnalishlarning kasbiy-sohaviy, ijtimoiy
yangilanishlarni, talabalarning ehtiyojlarini, bilim darajalarini va buyurmachining
talablarini ham eʼtiborga olish taqozo etiladi. Biroq nofilologik yoʼnalishlarda ingliz
tilidan ajratilgan soatning yetarli emasligi bu oʼrinda mustaqil taʼlim uchun ajratilgan
soatlardan, eng kamxarj hisoblanadigan masofaviy taʼlimdan unumli foydalanish
kerakligini koʼrsatmoqda. Shu bois masofaviy taʼlim va anʼanaviy taʼlim tizimi
shakllarini birgalikda qoʼllash usullarini ishlab chiqish pedagogikaning asosiy
mazmun-mohiyatiga, masofaviy taʼlim vositasida talabalarning mustaqil oʼquv-biluv
faoliyatini tashkil etish esa pedagogik zaruratga aylandi.

Nofilologik taʼlim yoʼnalishlarda ingliz tilini bilish darajasi turlicha boʼlgan

talabalarning tahsil olishi chet tili mashgʼulotlarni differentsiallashgan,
individuallashgan, korporativ (jamoaviy) va kolloborativ (juft) taʼlim tamoyillariga
asoslanib tashkil qilish, talabalarning mustaqil oʼquv-biluv faoliyatiga ham shunday
yondashishni taqozo etadi. Bunday vaziyatda pedagog taʼlimga individuallashgan
yondashuv asosida talabalar darajalarini uzluksiz va intensiv ishlash orqali
tenglashtirib borishi kerak boʼladi.

Shuni ham qayd etish kerakki, talabalarning oʼzaro fikr almashinishi ularda

bahamjixatlik, birdamlik, bir-biridan oʼrganish, bir-birini qoʼllab-quvvatlash


background image

180

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

xislatlarini ham tarbiyalaydi. Oʼzaro fikr almashinish jarayonida talabalar pedagog
bergan maʼlumotlarni toʼplash barobarida boshqalarning yangi fikr va gʼoyalaridan
foydalanish imkoniyatiga ega ham boʼladilar. Shu jarayon ularda sohalari boʼyicha
hosil qilgan mustaqil fikrlarini tahlil qilish qobiliyatlari ham oʼsib boradi. Biroq bunda
talabalarning oʼzaro va oʼqituvchilar bilan hamkorligi bir muncha chegaralangan
boʼladi. Demak, masofali taʼlimning ham oʼziga xos qiyinchiliklari, salbiy tomonlari
bor. Oʼqituvchi va talaba oʼrtasidagi oʼzaro muloqot, bilim va koʼnikmalarni amalda
namoyon qilish, motivatsiya, raqobat kabi jihatlarning shakllanishida anʼanaviy
taʼlimning imkoniyatlari katta ekanligi ham koʼrindi.

Natijalar va ularning muhokamasi.

Аyni vaqtda masofaviy taʼlimning

istiqboli va samaradorligi internet tarmoqlariga bogʼliq boʼlib, uning sekin ishlashi
masofaviy taʼlimning barcha imkoniyatlaridan toʼliq foydalanishga toʼsqinlik qiladi.
Hatto baʼzi hollarda oʼqituvchilarning oʼzlari masofadan turib oʼqitish deganda faqat
oʼz maʼruzalarini yoki testlarini internet tarmogʼiga qoʼyilsa yetarli deb tushundilar.
Shu bois onlayn rejimga toʼliq oʼtish taʼlim sifatiga kadrlarni sifatli tayyorlashga biroz
putur yetkazdi.

Аnʼanaviy taʼlimda talabalarning auditoriyadan tashqarida mustaqil ishlashlari

talab darajasida emasligi, uning nazorati toʼgʼri va obʼektiv olib borilmagani talabalar
tomonidan ham eʼtirof etildi [1, 121-b]. Shu tufayli ilgʼor mamlakatlarning taʼlim
muassasalari ham aralash taʼlim - Hybrid Educationni tanladilar.

Mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalarida sirtqi boʼlimlar, xodimlarning

malakasini oshirish kurslari va eksternat usulida taʼlim oluvchilar uchungina onlayn
taʼlim tanlandi, kunduzgi taʼlimda esa faqatgina mustaqil taʼlim masofadan ishlashga
qulay ekanligi koʼrindi. Ayni vaqtda shart-sharoit natijasida yuzaga kelgan vaziyat
taʼlim jarayonini isloh qilishga, pedagoglarning ham, talabalarning ham taʼlim
jarayoniga munosabatini tubdan oʼzgartirishiga olib kelmoqda. Doim parda ortida
qolib ketayotgan mustaqil taʼlim olish, egallanayotgan bilimlarga ijodiy yondashish,
talabalarning har biri bilan individual ishlash majburiy holatga oʼtib, taʼlim
jarayonining asosiy tamoyiliga aylandi.

Nari Kim ta`kidlaganidek, anʼanaviy taʼlimni onlayn taʼlim bilan aralash olib

borilishining sezilarli taʼsiri shundaki, koʼplab onlayn kurslar talabalar jamoaning bir
qismi sifatida ishlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan va taqdimot, loyihalar,
muammoli vaziyatlar, hisobotlar, munozaralar kabi vazifalarni bajarishlari orqali
jamoaviy baholanishni ham oʼz ichiga oladi [4, 162-b.].

Аralash taʼlim vositasida oʼqituvchi dars jarayonida ulgurilmayotgan

materiallarni bir qismini talabalarga mustaqil ish sifatida bajartirish imkoniyatiga ega
boʼladi. Bu jarayon talabalar bilan individual ishlashni taqozo etilishi, aynan chet tili
bilimi va til koʼnikmalari darajasi past boʼlgan talabalar bilan alohida ishlash, ularga


background image

181

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

qaysi til koʼnikmasi boʼshroq boʼlsa, shular ustida ishlashga doir topshiriqlar berish
imkoniyati ham yuzaga keladi.

Cem Balcikanli ham koʼplab ilmiy izlanishlar yakka/juft holatida ishlatish orqali

talabalarni oʼquv materiallaridan foydalanishga jalb qilish, turli yondashuvlar orqali
auditoriya mashgʼulotlari va uy vazifalarining xilma-hilligi taʼminlashga, talabalarda
mustaqil ishlash koʼnikmalarini shakllantirishni yuzaga keltirishini taʼkidlaydi [1, 142-
b.]. Demak, bunday vaziyatda mustaqil ishlarning salmogʼi ortib va tobora
individuallashib boradi. Аlbatta, bu talabalarda ham taʼlim olishga intilishni, qiziqishni
oshiradi. Oʼqituvchi bilan yakkama-yakka muloqotga kirishish, oʼziga nisbatan alohida
eʼtiborni his qilish talabani ruhan koʼtaradi va ulardagi ichki motivlarni ishga tushiradi.

I.A.Popova fikricha, nofilologik yoʼnalishdagi muassasalarda ingliz tili

oʼqitishning oʼziga xos xususiyati, maxsus sohaviy maqsadlarni maksimal darajada
hisobga olishning sohaviy tushuncha va terminlar, ularning leksik-sintaktik va
grammatik xususiyatlari, muayyan professional maqsad va vazifalarga yoʼnaltirilgan
ogʼzaki va yozma tekstlari, vaziyatli topshiriqlar beriladi. Zamonaviy kasbiy
muammolar va ularni amaliy hal qilish usullarini aks ettiradigan mavzular shunga mos
tanlangan grammatik materiallarga asoslanishi, shu bilan birga chet el vakillari bilan
yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muloqot holatlarni eʼtiborga olishi zarur [2, 67-b.].

Nofilologik yoʼnalishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkillashtirishda

fanlararo aloqadorlikni eʼtiborga olish maqsadga muvofiq. Xususan, xorijiy til fanini
mutaxassislik fanlar hisoblangan farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, dori turlari
texnologiyasi va ijtimoiy fanlar bilan integratsiyalash talabalarda til oʼrganishga
boʼlgan motivni uygʼotadi [3, 200-b.]. Talaba motivatsiyasidagi bunday oʼsishlar
ayniqsa taqdimotlarni tayyorlashda va talabaning guruhlarda ishlash holatida sezilarli
boʼladi. Birgalikda olib borilgan ijodkorlik faoliyati talabalarni birlashtiradi va raqobat
sharoitida hamkorlikda ishlashga oʼrgatadi. Shuningdek, bu talabalarning katta
auditoriya oldida nutq soʼzlash, kishilarga oʼzlarining fikr-mulohazalarini yoki
tanqidiy qarashlarini bildira olish layoqatini ham rivojlantiradi. Аyniqsa, ingliz tilida
nutq soʼzlashda oʼziga boʼlgan ishonchning mustahkamlanishiga olib keladi. Аlbatta,
bunday talablar chet tilidan sayoz bilimga ega boʼlgan 1-bosqich talabalari uchun
qiyinchilik tugʼdiradi. Masalan, 1-bosqich talabalari uchun yangi maʼlumotlarni
toʼplash agar ona tilida boʼlsa qiyin boʼlmasligi mumkin, lekin chet tilida
maʼlumotlarni toʼplash va ularni tahlil qilish qiyinlik qiladi va ayni vaqtda fanga
boʼlgan motivatsiyani ham sustlashtiradi.

Nofilologik yoʼnalishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkillashtirishda

fanlararo aloqadorlikni eʼtiborga olish maqsadga muvofiq. Masalan, tibbiyot-
farmatsevtika xorijiy til fanini mutaxassislik fanlar hisoblangan farmakognoziya,
farmatsevtik kimyo, dori turlari texnologiyasi va ijtimoiy fanlar bilan integratsiyalash


background image

182

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

talabalarda til oʼrganishga boʼlgan motivni uygʼotadi. Mustaqil ishlarni tashkil qilishda
esa hayotiy misollar bilan boyitilgan autentik materiallardan foydalanish, mustaqil
ishlash uchun talabalarda boshlangʼich koʼnikmalarni shakllantirish dastlabki muhim
masalalardan hisoblanadi. Keyingi oʼrinda esa talabalarni hamkorlikda ishlashga
oʼrgatish, ishlab chiqarish muhiti bilan tanishtirish, ijtimoiy-sohaviy mavzularda
jamoaviy rolli oʼyinlarni namoyish qilish, shifoxona, dorixona, zavod va tashkilotlarga
borib intervyular tayyorlash samarali boʼladi. Tibbiyot-farmatsevtika talabalaridagi
bunday mustaqil faoliyatning shakllanishi ingliz tilini samarali oʼrganishlari bilan birga
ularning kasbiy kompetentligini shakllanib borishiga ham yordam beradi.

Insonning taʼlim sohasidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirib yuborgan

masofaviy taʼlim tizimini rivojlantirish va taʼlimni tubdan isloh qilish maqsadida
koʼplab ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. I.V.Sokolova fikricha, masofaviy taʼlim
insonning tahsil olishi va maʼlumot olish huquqini amalga oshirish uchun ishlab
chiqilgan boʼlib, yetakchi universitetlar, institutlar, malaka oshirish markazlari,
qoʼshimcha taʼlim markazlari va boshqa oʼquv muassasalarining ilmiy va taʼlim
salohiyatidan yanada faol foydalanish orqali taʼlim olish uchun keng imkoniyatlar bilan
taʼminlaydi. Masofaviy taʼlim nazariy darslar sonini qisqartirishga va materialni
mustaqil oʼzlashtirishga eʼtiborni kuchaytirish orqali oʼquvchini shaxs sifatida
rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga olib keladi. Masofaviy mashgʼulotlar
taʼlim oluvchilarning yangi muhitga tez oʼrganish, masofada turib bir-biri bilan oʼzaro
aloqaga kirishish, vazifalarni intensiv bajarish, oʼrganilmagan materiallarni oʼrganish,
oʼz qiziqish doirasini cheklamasdan yangi sohalar boʼyicha ham oʼz bilimini oshirib
borishga yetarli shart-sharoit yaratib beradi [2, 98-b.].

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalar uchun har semestr

yakunida oʼtilgan fanlar yuzasidan beriladigan mustaqil ishlarning tashkiliy jihatlariga
oʼzgartirishlar kiritib borish davr talabi hisoblanadi. Xususan, tibbiyot-farmatsevtika
yoʼnalishida ingliz tilini oʼqitishda talabalarning mustaqil oʼquv-biluv faoliyatini
masofaviy taʼlim vositasida loyihalashtirishda talabalarning bilim darajasini
koʼtarishga qaratilgan zamonaviy metodik kontseptsiyalar, oʼqituvchining yaratuvchan
va ijodkorligini namoyon qilishga imkon beruvchi, talabalarning qiziqishlarini
inobatga oluvchi, autentik materiallar bilan boyitilgan metodik tavsiyalar asos boʼlib
xizmat qildi. Taʼlimda bunday masofaviy taʼlim platformalaridan foydalanish
nofilologik oliy taʼlim muassasalari talabalarida ingliz tilini shaxsiy-sohaviy
maqsadlarda egallab, kelajakda oʼz bilim, koʼnikma va malakalarini nutq faoliyatining
barcha turlarini faol qoʼllagan holda oʼz sohalarida yetuk mutaxassis ekanliklarini
namoyon qila oladilar.

Tadqiqotimiz jarayonida talabalarni ingliz tilidagi sohaviy terminologiya bilan

chuqurroq tanishtirish sohalariga taalluqli boʼlgan terminlarni yozma va ogʼzaki nutq


background image

183

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

jarayonlarda toʼgʼri qoʼllay olishlari talabalardagi sohaviy leksikani boyishiga yordam
berdi.

Xulosalar

Mustaqil taʼlimning samaradorligini oshirish uchun avvalo mustaqil taʼlim

soatlarini axborotlashtirish va didaktik loyihalash va uning metodik taʼminotini ishlab
chiqish kerak. Bunda loyihani tuzishda qaysi oʼrinda qanday bilim egallanishi, bu
jarayonda didaktikaning qaysi qonun-qoida va tamoyiliga amal qilinishi, oʼquv
jarayonida qaysi dars turi va bosqichlari, qanday usullar, axborot texnologiyalari va
didaktik materiallardan foydalanilishi aks ettirilishi kerak boʼladi. Loyihalashning
asosiy maqsadi talabaga tayyor bilimlarni emas, ammo bilimlarni muvaffaqiyatli
egallash va boyitib borish uchun pedagogik sharoit yaratilib berishdir. Аmmo ushbu
shart-sharoitlar didaktik shakllantirilgan, uning dizayni uchun mohirona yondashuv
qoʼllanilgan, taʼlim, fan va ishlab chiqarishning axborot texnologiyalari bilan
integratsiyalashuvi taʼminlangan boʼlsagina kerakli natijani beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Батунова И.В. Процесс обучения иностранному(английскому) языку в
неязыковых вузах: кан.пед.наук...дисс.: ̶ Красноярск. 2017. ̶ 121 c.

2.

Попова И.А. Обучение иноязычному профессионально ориентированному
чтению

студентов-медиков:

На

материале

английского

языка:

кан.пед.наук...дисс.: ̶ Волгоград., 2005. ̶ 67 c.

3.

Raximov O.D. va b. Zamonaviy taʼlim texnologiyalari (oʻquv qoʻllanma). ̶ T.,
Fan va texnologiya., 2013. ̶ B. 200.

4.

Рубин Ю.Б. Развитие как предпосылка становления интегрированного
обучения на российском рынке образовательных услуг: кан.пед.наук...дисс.
̶ Россия., 2008. ̶ С 162.

a.

Balcikanli. Learner autonomy in language learning: student teachers` beliefs / Ж.
Academic Research. ̶ №56. ̶ Австралия., 2010. ̶ 142 p.

5.

Соколова И.В. Проектирование дистанционного курса в оболочке Moodle
для школьников, интересуюўихся математикой / Ж. Знание. Понимание.
Умение. ̶ №7. – М., 2018. ̶ 98 c., 134 c.

6.

Yarkko Lampiselki. Taʼlimni raqamlashtirish / “Finlyandiya tajribasini oʻrganish:
Taʼlimda baholash” boʻyicha onlayn seminar materiallari. 2021-yil 4-may
marita.harmala@karvi.fi

7.

Dainty P. Phrasal Verbs in context. UK., Scotland. Book with CD. 2010. P. 95.


background image

184

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

8.

David L. Chiesa., Azizov U., Khan S., Nazmutdinova K., Tangirova K.
Reconceptualizing Language Teaching: An in service teacher education course in
Uzbekistan. ̶ Т., Baktria Press., 2020. P. 95-103.

9.

Diaz-Gilbert M. English for Pharmacy Writing and Oral Communication. Book.
USA., Philadelphia., 2009. P. 411.

10.

Nari Kim. Assessment in Online Distance Education: A Comparison of three
online Programs at a University. / J. General and Professional Education. ̶ №9. ̶
USA., 2008. ̶ 171 p.

11.

European Framework for CLIL Teacher Education/J.ECML/CELV. ̶ №4.
UK.,2011https://clilcd.ecml.at/EuropeanFrameworkforCLILTeacherEducation/t
abid/2254/language/en-GB/Default.aspx

Библиографические ссылки

Батунова И.В. Процесс обучения иностранному(английскому) языку в неязыковых вузах: кан.пед.наук...дисс.: ̶ Красноярск. 2017. ̶ 121 c.

Попова И.А. Обучение иноязычному профессионально ориентированному чтению студентов-медиков: На материале английского языка: кан.пед.наук...дисс.: ̶ Волгоград., 2005. ̶ 67 c.

Raximov O.D. va b. Zamonaviy taʼlim texnologiyalari (oʻquv qoʻllanma). ̶ T., Fan va texnologiya., 2013. ̶ B. 200.

Рубин Ю.Б. Развитие как предпосылка становления интегрированного обучения на российском рынке образовательных услуг: кан.пед.наук...дисс. ̶ Россия., 2008. ̶ С 162.

a. Balcikanli. Learner autonomy in language learning: student teachers` beliefs / Ж. Academic Research. ̶ №56. ̶ Австралия., 2010. ̶ 142 p.

Соколова И.В. Проектирование дистанционного курса в оболочке Moodle для школьников, интересуюўихся математикой / Ж. Знание. Понимание. Умение. ̶ №7. – М., 2018. ̶ 98 c., 134 c.

Yarkko Lampiselki. Taʼlimni raqamlashtirish / “Finlyandiya tajribasini oʻrganish: Taʼlimda baholash” boʻyicha onlayn seminar materiallari. 2021-yil 4-may marita.harmala@karvi.fi

Dainty P. Phrasal Verbs in context. UK., Scotland. Book with CD. 2010. P. 95.

David L. Chiesa., Azizov U., Khan S., Nazmutdinova K., Tangirova K. Reconceptualizing Language Teaching: An in service teacher education course in Uzbekistan. ̶ Т., Baktria Press., 2020. P. 95-103.

Diaz-Gilbert M. English for Pharmacy Writing and Oral Communication. Book. USA., Philadelphia., 2009. P. 411.

Nari Kim. Assessment in Online Distance Education: A Comparison of three online Programs at a University. / J. General and Professional Education. ̶ №9. ̶ USA., 2008. ̶ 171 p.

European Framework for CLIL Teacher Education/J.ECML/CELV. ̶ №4. UK.,2011https://clilcd.ecml.at/EuropeanFrameworkforCLILTeacherEducation/tabid/2254/language/en-GB/Default.aspx

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов