Barcha maqolalar

253-256 160 0

Fitrat – matnshunos

Orzigul Xamroyeva

Jadidchilik harakat nafaqat ijtimoiy harakat sifatida, balki ilm va ma’rifatdagi yangilanish sifatida ham adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga ega. Ta’lim tizimi, adabiy tur va janrlar, matnshunoslik va manbashunoslik sohalarining yangilanishi bevocita dunyo ta’lim tizimi va ilmidagi taraqqiyotni ko‘rgan va bu yangiliklarni o‘z yurtiga olib kirishga harakat qilgan Fitrat harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. XX asr boshlarida vujudga kelgan o‘zbek matnshunosligi va manbashunosligining shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilgan Fitrat adabiy majmualarining o‘rganilishi orqali mazkur soha taraqqiyotidagi olimning faoliyati va uning amaliy natijalari ko‘rish mumkin. 

57-60 148 0

Features fantasy Kenzaburo Oe

Gulmira Sattorova
This article covers the famous Japanese writer Kenzoburo Oe. It's about Towers of Healing and its fantastic features.
26-41 242 0

Falsafiy-irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati

Shahnoza Raxmonova

Mazkur maqolada irfoniy dostonlarning kelib chiqishi, genezisi, tadrijiy taraqqiyoti, turkiy va forsiy adabiyotdagi rivojlanish tamoyillari tadqiq etilgan. Fariduddin Attor, Gulshahriy, Alisher Navoiy, Rizoiy Payvandiy, Salohiylarning dostonlari tahlilga tortilgan. Ushbu ijodkorlar dostonlaridagi vazn xususiyatlari, o‘lchov imkoniyatlari, she’riy san’atlar, qofiyalar tizimi o‘rganilgan, tahlil qilingan. Maqolada irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati ham ochib berilgan. Shuningdek, maqolada adabiyotshunoslikdagi mavjud qarashlarga, fikrlarga munosabat bildirilgan. Dostonlar baytlarini ifodali o‘qish uchun vasl, imola, tag‘yir, taslim hodisalariga oydinlik kiritiladi. Tadqiqotni yozish jarayonida B.Valixo‘jaevning “O‘zbek epik poeziyasi tarixidan” kitobi, Arasli No‘shobaning “Gulshahriy va Navoi” maqolasi, Sh.Sharipovning““Lison ut-tayr” dostonining genezisi va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” kitobi, Sh.Hasanovaning “Mavlono Xoji Qozi Payvandiy Rizoiyning “Qush tili” dostoni va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi” monografiyasi, Z.Mamadaliyevaning “Lison ut-tayr” obrazlari: ramz va majoz” singari tadqiqotlaridagi nazariy qarashlarga tayanildi. Irfoniy dostonlar yo‘nalishidagi asarlar uchun ramali musaddasi mahzuf, ramali musaddasi maqsur vaznlari qulayligi ochiqlandi.

283-285 179 0

F. Tyutchev lirikasida sifatlarning ishlatilishi

Guzal Egamberdieva

Ushbu maqolada F. Tyutchev lirikasida sifatlarning ishlatilishi ko'rib chiqiladi.

49-56 255 0

Erkin Vоhidоv she‟riyatidа milliy ruhiyat tаsviri

Nurboy Jabborov

Mаqоlаdа Erkin Vоhidоv she‘riyatidа milliy ruh tаsviri mаsаlаsi tаhlilgа tоrtilgаn. Shoir lirikаsidа milliy ruh tаsviri оy, yulduz, fоnus, dаstromоl singаri bаdiiy оbrаz vа timsоllаr, оnа tiligа muhаbbаt, оnа yurt vаsfi, ozbеkkа хоs yomоngа hаm yaхshilik qilа оlish singаri milliy qаdriyatlаr tаlqini, Shuningdеk, fikrning bаdiiy ifоdаsi misоlidа tаdqiq qilingаn.

84-86 225 0

Erkin vohidov she‘riyatining o‘ziga xos xususiyati

Marhabo Ismoilova

Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining shaklan va mazmunan rivojlanishida Erkin Vohidov she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi

610-614 93 0

Erkin samandarning “quyun izlari yohud ogahiy” romanida toponimlarning funksional-semantik xususiyatlari

Xolida Buronova

Ma’lumki, aniqlagich (indikator)lar toponimlarning lisoniy tarkibiga kiriladi. Shu sababli badiiy matnlarda toponimlarning funksional-semantik xususiyatlari o‘rganilar ekan, ularni chetlab o‘tish mumkin emas

66-76 390 0

Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri

Islomjon Yoqubov
Ushbu maqolada Erkin A'zamning kinodramaturg sifatidagi mahorati "Zabarjad’’ kinoqissasi misolida o'rganilgan. Unda Erkin A’zam "kichik odam’’ning ko'ngil kechinmalarini axloqiy-ma’rifiy konflikt asosida tasvirlangani yoritilgan. Ijodiy-estetik konsepsiyasini tadqiq qilish asosida bu asar nainki kinodramaturg ijodi, balki keyingi yillar o'zbek adabiyotida ayol obrazini yaratish yo'lidagi muhim yutuqlardan biri ekani asoslangan.
Erkin A’zam kinoqissalarida zamondoshimiz qismati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma'rifiy-axloqiy muammolar bilan bog'liq tarzda tasvirlanishi asardan keltirilgan misollar asosida tahlil etilgan.
Mazkur maqolada "Zabarjad" kinoqissasida jahon dramaturgiyasi an'analariga, modernistik va postmodern uslubiga xos unsurlarga murojaat qilinishi kuzatilgan. Ilgari surilgan fikr-mulohazalar muxtasar holda xulosalangan.
109-113 164 0

Ergonimlarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi

Fazilat Kultayeva

Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida ergonimlarning lekik-semantik, lingvistik, lingvostilistik, terminologik va pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganish hamda bu borada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan olingan natijalar tilshunoslik fanini yangidan yangi ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitishga xizmat qilib kelgani hamda ergonimlarning lingvistik xususiyatlari tahlilga tortilgan.

12-16 208 0

Employing incidental learning of vocabulary through videos

U Karakulova

Teaching is aimed to allow the language learners to practice developing skills. In our case it is vocabulary development. In incidental learning, the situations are chosen by language learners. This means that the language learners initiate the interaction by requesting the participation of a teacher. Most often, incidental learning is used in the study of foreign languages, and is considered here in this context. The learner’s request can be verbal or non-verbal: for example, he can reach for an object that is out of reach, damage his clothes, cry, call an a teacher by name, ask for a toy, food or information. This study demonstrated the effectiveness of the incidental learning approach.

84-95 167 0

Elbekning yangi hikoyalari tahlili

Gulzoda Soatova

Maqolada milliy adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan Elbekning hikoyanavislik mahorati haqida mulohaza yuritilgan. Ijodkor ning “Maorif va o‘qitg‘uvchi”, “Yer yuzi” kabi jurnallarda nashr etilgan, joriy nashrlarda uchramaydigan “Qishloqqa sayohat”, “Kelgusining quy oshi”, “Kuzatishda”, “Yangi turmush izlovchi”, “Moshoqchi Erbo‘ta”, “Jadidchi Qoravoy” kabi hikoyalari tahlil etilgan. “Qishloqqa sayohat” hikoyasida xarobaga aylangan qishloq va buning sabablari, “Kelgusining quyoshi” hikoyasida tunda kitob o‘qiyotgan bola, “Kuzatishda” hikoyasida yangi jadidlar maktabida o‘qib, otasining e’tiroziga uchragan farzand, “Yangi turmush izlovchi” hikoyasida yangi, yengil hayotni sevuvchi Qahhorxo‘janing hayoti, “Moshoqchi Erbo‘ta” hikoyasida boylar qo‘lida ishi yurishmagan Erbo‘ta ning turmushi, “Jadidchi Qoravoy” hikoyasida esa bir savdogar boyning o‘g‘li Qoravoy haqidagi fikrlar tahlilga tortilib, ilmiy xulosalar chiqarilgan.

782-787 156 0

CULTURE AND ARTS

Islambek Nurmatov
This article describes in detail the relationship between culture and art, the role of culture and art in society, as well as the fact that it is one of the most important links for the development of a country to the world.
157-159 321 0

Culture of western and oriental countries

Normurat Alimov , Behruz Nizomov , Muqaddas Abdug'aniyeva

Why do representatives of different cultures understand and perceive the world so differently?
The most obvious differences are observed in European and Asian ethnic formations.Oriental culture is mostly characterized by contemplation, while Western culture is identified by dynamics where culture should fill human life with new knowledge and beauty.
In fact, the differences between two societies are quite stark. One way or another, but Western and Oriental culture enters into a certain conflict situation in contact with each other. Then the differences between cultures are worthy to study thoroughly and draw a line between the differences. Or maybe these are all false beliefs that are no longer valid in modern society?

614-617 142 0

Cultural characteristics of the concept “xazina, treasure” in uzbek and english languages

Nasiba Parmonova

Language is a reflection of culture, and within each language, there are words and concepts that carry unique cultural significance. One such concept is the idea of “Xazina” or “Treasure”, which holds a special place in the hearts and minds of people in Uzbek and English-speaking cultures. In this article, we will delve into the national cultural typological characteristics of the concept “Xazina, Treasure” in Uzbek and English languages, exploring how these languages convey values, history, and cultural nuances through this concept.

190-199 244 0

Classification of onomatopoeia in children’s literature (on the example of “Paddington” by Michael Bond)

Rayxona Qurbonova

This research is on the onomatopoeia or onomatopoeic expressions or words and meaning of onomatopoeias found in the children’s literature “Paddington” by Michael Bond, data analysis was classified into four classifications, the classification of the types of onomatopoeia based on Bredin (1996), the classification by the sound it describes, onomatopoeia meaning based on dictionary and Contextual meaning. This study was descriptive qualitative research. The result of this research showed that there were 103 onomatopoeia or onomatopoeic words that could be found in the comic. From the 103 expressions, 66 onomatopoeia expressions are similar to 38 onomatopoeic expressions found by the researcher. Based on the types, 23 of the data belong to direct onomatopoeia, 9 belong to Associative onomatopoeia and 6 belong to Exemplary on omatopoeia. Based on the classification of onomatopoeia by the sound it describes the researcher found 17 Human sound data, 21 other sound data, 2 animal sound data, and 1 instrument sound data. Most of the data were direct onomatopoeia because most of the onomatopoeic expressions in the children’s book entitled “Paddington” were words, which represent the sound of action.

297-304 262 0

Cho‘lpon – chin yurak va his shoiri

Nurboy Jabborov



 


 
 




Maqolada Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon she’riyatida milliy istiqlol gʻoyasining  poetik  ramzlar  vositasida  ifodalanishi  masalasi  tadqiq  qilingan. Shoir lirikasida xayol, kishan, bulut, yulduz, tong singari ramzlarning poetik vazifasi yuzasidan tahliliy fikrlar bildirilgan. Tahlillar natijasida ushbu poetik ramzlar istibdod iskanjasidagi yurt timsolini,  shoirning  millat  ozodligi, Vatan mustaqilligi haqidagi orzularini, armonlarini ifodalaganiga doir ilmiy umumlashmalar chiqarilgan.

136-141 203 0

Chingiz Aytmatov ijodidagi animistik va totemik qarashlar

Nasiba Abdullayeva

Ilk diniy g'oyalarda insonni o'rab turgan tabiat, uning paydo bo'lishi va rivojlanish qonuniyatlarining o'ziga xos talqini berilgan. Chingiz Aytmatov ijodida inson va tabiatning birligi xalq falsafasida, umuminsoniy qadriyatlar vositalarida ifodalangan. Yozuvchi hayvoniy obrazlar orqali har bir inson tasavvurida hayvonot va o‘simliklar dunyosi haqidagi chuqur bilimlarni singdirishga harakat qiladi, o‘simlik va hayvonot olamisiz inson yashay olmasligini, tabiat faqat odamlar uchun yaratilgan emas, balki tabiatning o‘zi uchun yaratilganligini o‘rgatadi. ham jamiyatdan tashqarida umuminsoniy mustaqil qadriyat sifatida hurmat qilish.

27-30 223 0

Chingiz aytmatov asarlari qoraqalpoqcha variantlarining badiiy o‘ziga xosliklari

Bagdagul Berdyeva

Maqolada qirg‘iz elining mahoratli yozuvchisi Chingiz Aytmatov haqida, uning asarlari borasida so‘z ketadi. Adib asarlarining boshqa tillarga tarjimalari, kitobxonlar tomonidan sevib o‘qilishi haqida ma’lumotlar beriladi.

73-75 266 0

Chet tilini o'qitishga kompleks yondashuv

Zulfiya Rasulova, Jurakul Choriev, Akbarjon Yusupov

In the article the necessity to teach a foreign language in the connection with other subjects is discussed. Integrated teaching gives thediscipline a new significance and motivates students to learn the language further. This approach is innovative in foreign languages teaching.

204-209 99 0

Bitiklarning badiiy xususiyati

Masrur Rahimjonov

“Marsiya” termini va tushunchasi badiiy-estetik vazifasiga ko‘ra qadimgi turkiy adabiyotga islom madaniyati bilan birga kirib keldi. Turkiy she’riyatdagi mavjud yig‘i, yo‘qlov, alqov, bitik singari ifoda shakllari qatoridan sobit o‘rin egalladi. O‘rxun-Enasoy bitiklari, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”)dagi she’riy parchalar qadimgi turkiylar she’riyatini o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu obidalarni ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganishda adabiyotshunosligimizda salmoqli ilmiy kuzatishlar olib borildi. Mashhur rus turkshunoslari S.Ye. Malov, I.V. Steblevalarning ilmiy tadqiqotlari ham alohida ta’kidlanishga loyiq.

100-113 224 0

Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi ilmiy muammo sifatida

Zovqiddin Suvanov

Maqolada yangi sho‘roso‘ngi makonining shakllanishi bilan yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatlarni o‘rganishda etnik jamiyatdagi asosiy nazariy yondashuvlar muhokama qilinadi. Bu yondashuvlarning qanday konseptu- al zaif tomonlari yoki, aksincha, evristik imkoniyatlari keskinlikning o‘ziga xos holatlarini o‘rganishda, ba’zida kuch tahdidi yoki zo‘ravonlikdan ochiq foydalanish natijasida etno-siyosiy mojarolar deb nomlanishda o‘z aksini topadi. Bu masala, xususan, etnik kamsitish va yuzaga kelayotgan nizolarni tartibga solish kabi hodisalarni o‘rganish uchun katta metodik ahamiyatga ega. Ekspert tadqiqot usuli esa sud ekspertizasi predmetiga tegishli faktik ma’lumotlarni aniqlash uchun uning obyektlarini o‘rganishda qo‘llanadigan mantiqiy yoki instrumental operatsiyalar tizimidir. Ekspert tadqiqotlari metodikasi – sud ekspertizasi predmetiga tegishli faktik ma’lumotlarni aniqlash uchun uning obyektlarini o‘rganishda qo‘llanadigan usullar tizimi.

98-100 161 0

Badiiy asarlarda lokavtiv so’z yoki so’z birikmalarining qo’llanishi

Xudoyshuku Maxamadiyev

Ushbu maqola ingliz va o’zbek tillarida yaratilgan badiiy asarlarda o’rin holini ifodalovchi lokavtiv so’z yoki so’z birikmalarining qo’llanishi, lokativ sintaksemalar va ularning yasalishi, qo’llanilishi va ularning har bir til uchun o’ziga xos xususiyatlari o’rganish asosiy maqsad qilingan

46-58 251 0

Badiiy asarda xarakter

Yulduz Turdiyeva
Mazkur maqolada badiiy asardagi xarakter tushunchasi haqida atroflicha fikr yuritilib, uning ilmiy va nazariy ta'riflari tahlilga tortiladi. "Xarakter"ga xos jihatlar, mezonlar asosan, Luqmon Bo'rixonning "Jazira-madagi odamlar" romani asosida ko'rib chiqilib, yozuvchining xarakter yaratishdagi individual uslubiga ham e'tibor qaratiladi. Bu o'rinda qiyo-siy-tahliliy metod asosida Ulug'bek Hamdamning "Ota" romanidan ham unumli foydalanilib, xarakter yaratishda ishtirok etuvchi vositalarning qay tarzda qo'llanilish darajasi bu ikki romandan keltirilgan parchalar orqali qiyosiy solishtirilib baholanadi.
92-99 198 0

Badiiy asarda sarlavha poetikasi

Umida Rasulova

Mazkur maqolada badiiy asar strukturasida sarlavhaning ahamiyati xususida mulohaza yuritiladi. Asar sarlavhasida muallif g‘oyaviy,estetik qarashlarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Ma’no nuqtalarining yaxlitlik kasb etishi mohiyatni aniq ravshan anglatish imkonini berib, asar estetik quvvatini oshiradi. Sarlavhada tabiatdagi unsurlar nomi vositasida ramziylik, ishoraviylik ortib boradi. Badiiy muloqotga kirishayotgan san’atkor kitobxonga ma’lum axborot, yangilikni yetkazibgina qolmay, uni ijodiy yondashuvga chorlashi darkor.
Tarkibdagi ilk semiotik markaz sarlavha bo‘lib, unda muallif g‘oyasi, konsepsiyasi jo bo‘ladi. Sarlavha ilk taassurot, muallif hamda kitobxonning ruhiy muloqoti debochasi. San’atkorlar borlig‘i, iste’dodi, ijodiy niyatini baholash shu lahzadan boshlanadi. “Yur, tog‘larga ketamiz”, “Qoyalar ham yig‘laydi”, “Saodat sohili” kabi qissalar maskan nomi bilan quvvatlanadi. Makon tasviri estetik zavq beribgina qolmay, shu maskan bilan bog‘liq asosiy voqea, kalitga ishora beradi.
Ilk jumla muloqotning ibtidosi, qahramon hamda kitobxonning g‘aybona uchrashuvi, kompozitsion sathning muhim belgisi. Keyingi holatu vaziyat, dialogu monolog debochasi. Mavzu, muammolar borasidagi ilk taassurot, bu keyingi bosqichga ko‘tarilish, faollikni jadallashtirish jarayoni. Qissada epigraf poetik mazmunni umumlashtirish, badiiy niyatni uqishda muhim sanaladi. Muallif yoritayotgan masalaga doir zarur ko‘chirma (she’r, hikmat, maqol, hadis kabi)ni kiritib, g‘oyaviy, hissiy salmoqdorlikni oshiradi. U asosiy ma’noni o‘zida jo aylagani, qahramon holatini asoslashi, fikrni tasdiqlashi bilan e’tiborni tortadi.

38-32 116 0

Badiiy asarda lug‘aviy va poetik ma’no

G‘ulom Bobojonov

Maqolada badiiy matnda so‘zning lug‘aviy va poetik ma’nosi anglatayotgan ko‘lami xususida fikr yuritiladi. Matnni idrok va tadqiq etishda har bir so‘z ma’nosi alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, so‘z va ma’no munosabatlari tadqiq etiladi. Lug‘aviy ma’no matn mohiyati va muallif maqsadini to‘la ifoda etolmagan hollarda so‘zning poetik ma’no yetakchilik qilishi tahlil qilingan.