Все статьи

229-235 491 0

Mumtoz qofiyaga oid manbalar tasnifi

Орзигул Хамроева

Mumtoz poetikaning asosi balog‘at ilmi bilan bog‘liq. Balog‘at ilmi  III (hijriy)/IX (milodiy) asrdan boshlab alohida ilm sifatida shakllana boshlagan. Johiliyat davri she’riyatida ham balog‘at ilmiga oid bir qancha asarlar yozilganini ko‘rish mumkin. Islomiyat davrida esa balog‘atli kalomlar yig‘indisi Qur’oni karim bo‘lgan. Balog‘at ilmining 3 tarkibiy qismi: ilmi bayon, ilmi ma’oni va ilmi bade’ keyinchalik mumtoz adabiyot namunalarini tahlil qilishda ham muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Keyinchalik balog‘at ilmi ta’sirida mumtoz matnlarni poetik tahlil qilish nazariyasini belgilab beruvchi 3 qism: ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’ shakllandi. Bu ilmlar mumtoz poetikaning tarkibiy qismi sifatida arab, fors  olimlarining diqqat markazida bo‘ldi, mumtoz poetikaning nazariy asoslariga bag‘ishlangan bir qancha risolalar yaratildi. Bu uch qism o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning amaliy jihati she’riyat singari qadimiydir. 

40-59 323 0

Muhsiniy she’riyatining mavzu ko‘lami

Фуркат Тохтамуратов

Qo‘qon adabiy muhiti shoirlari XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turli janr va mavzularda ijod qilishgan. Bu davr ijodkorlari o‘zlarining betakror lirik asarlari bilan mumtoz adabiyotimiz xazinasini boyitdi. Husaynquli Sulaymonquli o‘g‘li Muhsiniy (1860-1917-yil) ham Qo‘qonda yashab ijod qilgan ana shunday iste’dodli shoirlardan biridir.
Mazkur maqolada Husaynquli Muhsiniy lirik merosi jamlangan devoni nashri va qo‘lyozma nusxalari tarkibiga kirgan she’rlari mavzu ko‘lamiga ko‘ra tasniflangan. Shoir she’rlari ishqiy, diniy-tasavvufiy, ma’rifatparvarlik, axloqiy-falsafiy va ijtimoiy mavzularda ekani aniqlanib, tahlil etilgan. Shuningdek, shoir she’riyatining janr xususiyatlari yuzasidan ham ilmiy-nazariy qarashlar bildirilgan. Mumtoz she’riyat an’analari shoir ijodida qanday davom ettirilgani va asarlarida davr ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar qanchalik aks etgani tadqiq qilingan.

152-173 1084 0

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)

Мухаббатхон Акбарова
Musulmon Sharq adabiyotida badiiyat masalasi har doim she’riyat ahlining diqqat markazida turgan. Muayyan ijodkorning badiiy salohiyati va iste'dodi haqida so'z borganda, uning tasvir obyekti sifatida nimalarni olgani emas, balki o'sha obyektyoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan. Shu ma’noda u yoki bu ijodkor ijodiga yoxud muayyan badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalamoqchi bo'lgan badiiy timsollar, vazn yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi bilan birga she'riy asarda qo’llanilgan badiiy san’atlarning rang-barangligi, ularning asar mazmunini ochishdagi o'rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qilingan. Ushbu maqolada Qo’qon adabiy muhitida yashab ijod qilgan Muhammadqul Muhammadrasul o'g'li Muhayyir ijodidagi turli janrlarga oid she'r shakllarida uchrovchi badiiy san’atlar tahlilga tortilgan. She'riy baytlarda uchrovchi badiiy san’atlarni tahlil qilishda guruhlarga ajratilgan, har bir guruhga kiruvchi badiiy san’atlarning mazmuniga tavsif berilgan va she’riy parchalar orqali misoliar keltirilib, parchalarning mazmuni tushuntirilib berilgan.
59-67 113 0

Mo‘tabar siymoning samoviy olami

Улжон Бобокулова
Ona siymosi har bir adib ijodiga alohida bir mehr, chinakam ehtirom hosilasi sifatida kirib keladi. Bu ehtirom undagi beqiyos fazilatlar va xislatlarga bo'lgan maslak bilan ifodalanadi. "Ona haqida kimlar nima demagan. Dunyoda Oripov biror bir shoir yoki adib bo'lmasinki, ona haqida qo'shiq to'qimagan, kuylamagan bo'lsa. Ona bor, olam bor; ona bor, odam bor; ona bor, Vatan bor, deyishadi. Chindan ham ona kabi tabarruk va aziz, ona kabi muqaddas va mehridaryo, ona kabi mard va jasur, ona kabi hokisor va kechirimli inson olamda topilmasa kerak. Shundan bo'lsa ajab emaski, ona mavzusi ijodkor uchun navqiron, abadiy tugallanmas ilhom manbayidir",-degan edi adabiyotshunos olim S.Mirvaliyev ona qiyofasi to'g'risidagi mulohazalarida. Ushbu maqola ona obrazining lirik va irfoniy talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she'riyatida misolida o'rganishni ko'zda tutadi.
47-62 199 0

Mazjub Namangoniy asarlarining janr xususiyatlari

Оибек Боятов

O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida tasavvuf (so‘fiylik) tariqati bilan bog‘liq Xoja Ahmad Yassaviy, Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyor, Huvaydo, Haziniy va boshqa ko‘plab mutasavvuf shoirlar qadimiy va navqiron Turkiston zaminini xalqlarining madaniy hayotida katta mavqega ega bo‘lgan. XVIII asr oxiri va XIX asr o‘rtalariga qadar yashab ijod etgan, Turkiston adabiy muhitiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan Abdulaziz Hasanxo‘ja o‘g‘li Majzub Namangoniy ham Naqshbandiya tariqatining piri murshidi sifatida xalqqa tanilgan ijodkorlardan.Uning ijodida g‘azal, qit’a, soqiynoma, musallas, murabba’,muxammas, musaddas, musamman kabi janrlarni uchratish mumkin. Ushbu maqolada ijodkor asarlarining janr xususiyatlari yoritilgan. Shoirning qo‘lyozma devonida jamlangan asarlari janr xususiyatiga ko‘ra ajratilgan.

60-75 286 0

Majzub Namangoniyning badiiy san’atlardan foydalanish mahorati

Ойбек Боятов

Buyuk so‘z san’atkorlari badiiy asarlarining mazmunan rangbarang bo‘lishi uchun turli poetik san’atlardan unumli va mohirona foyda- langanlar. Bu esa asarning badiiy jihatdan tiniq, uslubiy ravon va shaklan jozibador bo‘lishida olib kelgan.
Ushbu maqola Namangan adabiy muhiti vakili, Naqshbandiya tariqati namayondalaridan biri Abdulaziz Majzub Namangoniy ijodida badiiy san’atlarning o‘rni haqida yozilgan. Ijodkor asarlarida badiiy san’atlarning ikki turi: lafziy va ma’naviy san’atlardan foydalanganligi, ularga chiroyli dalillar berilganligi haqida.
Ma’naviy san’atlar baytdagi ayrim so‘z yoki butun baytning ma’nosi bilan aloqador badiiy vositalar bo‘lib, ularning miqdori, Atoulloh Husayniyning "Badoyi’u-s-sanoyi’" asarida keltirilishicha, ellikdan ortiq. Mubolag‘a, tashbih, tamsil, husni ta’lil, tajohuli orifona, tashxis, talmih, laff va nashr, ruju’, istiora, kinoya, irsoli masal, tazod, tanosub va boshqalar ma’naviy san’atlarning eng mashhurlaridir.
Lafziy san’atlar bayt yoki undagi ayrim so‘zlarning shakli - talaffuz va yozilishiga asoslangan bo‘lib, «Badoyi’u-s-sanoyi’»da tarsi’, tajnis, ishtiqoq, raddul ajz, radd ul-matla’, tardu aks, takrir, mukarrar, kitobat, talmi’, tarix kabi ellikdan ortiq lafziy san’at namunalari keltirilgan.

69-74 207 0

Mahmudxo‘ja behbudiyning ijtimoiy-siyosiy va madaniy qarashlari

О Гаффаров, М Рахимжанов

M.Behbudiyning siyosiy mazmundagi ishlari qatoriga “Qonuni Ovro‘po”nomli maqolasini ham kiritish joiz. Oddiy xalq uchun tushunarli, sodda va ravon tilda yozilgan ushbu maqola “Qonunlar har mamlakatning ahvoliga va siyosatig‘a muvofiq yozilur, xalq vakillari tarafindan tahrir topilib, mamlakatning podshosig‘a topshirilur”, - degan mulohazalar bilan boshlanib, Yevropa mamlakatlaridagi hukumat boshqaruvi tahlil etiladi. Ular uchta, ya’ni monarxiya, parlament, respublika turlariga bo‘lib o‘rganiladi.

281-284 114 0

Lisoniy qiymat va uni tiklashga doir qarashlar

А Яхшибоев, М Рахимджанов

Atash-Nomlash Hodisasining Milliyligi Sezgi Va Hislarninggina Mahsuli Bo‘lib Qolmay, Unda Munosabat Ham Katta Ahamiyatga Ega. Munosabat Esa Asosiy Diqqatning Atalmishni Nomlovchi Subyekt Uchun Ahamiyati Va Qiymati Bilan Belgilanadi. Ushbu Ahamiyatlilik Til Birliklarining Lisoniy Qiymatini Muayyanlashtiradi. Atash Nomlash Jarayonining Milliy Mentalitet Va Ahamiyatlilik Bilan Bog‘lanishi Tilshunoslarni Qadimdan Qiziqtirib Keladi. Bu Esa Fanda Qiyosiy-Tarixiy Yo‘nalishning Shakllanishiga Asos Bo‘ldi. Turkiy Va Forsiy So‘zlarning Lisoniy Qiymati Masalasi Bilan Qiziqqan Mutafakkir Alisher Navoiy Mazkur Tillardagi Farqlarni Ayrim Lisoniy Epizodlar Asosida Ravshan Tushuntirib Bergan. Olimning Qarashlari “Yazikovaya Znachimost” Termini Ostida F. De Sossyur Ta’limotida Rivojlantirildi.

121-136 553 0

Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida)

Ульжон Бобокулова

Badiiy asar asos negizini tashkil qiladigan obraz tushunchasi qadimdan va hozirga qadar san’atning eng muhim elementi sanaladi. Zotan, badiiy obraz bu san’at asarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi asosiy vositadir. Shu bilan birga, dunyoning estetik qiyofasini, muayyan hissiy holatini ifodalovchi komponent hamdir. Shu bois obraz tushunchasi o‘z xarakter-xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra juda murakkab va ayni paytda keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Ob’ektiv voqelikningu yoki bu tarzda inson ongidagi in’ikosi keng ma’noda obrazning asosiy ildizini tashkil etadi. Yondosh obrazlar esa mana shu ilk asosdan o‘sib chiqadi. Shu jihatdan obraz tabiati va tasnifiga ko‘ra: fan, adabiyot va san’atda alohida farqlanadi. Ushbu maqola lirikada obrazlar tasnifi va talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she’riyatida misolida o’rganishni ko’zda tutadi.

90-95 189 0

Lexical and semantic characteristics of hyponymic relations and deeply analyzing its features in english linguistics

Насиба Джумаева

This article describes lexical and semantic relation of hyponyms in English linguistics, which means that analyzing deeply the features of hyponyms and its characteristic features. One of the most vital progresses in cognitive understanding of information, one of extremely significant devices to classifying vocabulary and performing of human perception. Lexical and semantic relations of hyponyms are taken into consideration when giving logical meaning and connection to speech that help to express the meaning of the word.

171-174 111 0

Leksik sistem sifatida so‘zlarni guruhlarga ajratib o‘rganishda qo‘llanilgan atamalar talqini

О Нумонов, М Рахимжанов

Til birliklari, jumladan, uning leksik guruhlari ham sistema, struktura va me’yor yoki normalarining dialektik munosabati asosida yuzaga keladi. Bunda sistema el ementlarining yaxlit majmuidan, struktura esa shu majmuaning ichki tuzilishidan iborat bo‘ladi. Binobarin, til hodisalarini sistem-struktur aloqasida o‘rganish, birinchidan, sistema tashkil qiluvchi elementlar yig‘indisini belgilash va, ikkinchidan, mazkur elementlar orasidagi ichki munosabat va aloqalarni aniqlash, ularning o‘zaro pog‘onali (iyerarxik) joylashishi hamda bir elementning ikkinchi elementdan hosil bo‘lish yo‘llarini ochib berishni taqozo etadi. Buni til leksikasidagi so‘zlarni ma’lum guruhlarga ajratib o‘rganishda kuzatish

388-390 80 0

Lacunae and Lacunas in the works of Kholed Husseini

А Матенова
This article discusses the concept lacunae in linguistics and modem lacunarism in translation, especially in the works of Kholed Husseini. His works were translated into several languages.
215-221 62 0

Jarangdor qo‘shiq

Сайора Рахмонова

Qat’iy qolipga solingan bu jarangdor qo‘shiqlar mavjud kamchilik, qusurlaridan qat’i nazar, albatta, ko‘ngillarda aks sado beradi. So‘ngso‘z o‘rnidagi mazkur maqolada sonet tarixi, ushbu janrga xos xususiyatlar to‘g‘risida muxtasar mulohoza yuritilib, sonetnavis shoirlarning ayni janrga mansublangan she’rlariga xolisona munosabat bildirilgan.

160-167 221 0

Jamiyat taraqqiyotida elektron kutubxonalarning rivojlantirishning ahamiyati

Барно Нишанова , Дильфуза Муминова

Har birimizning hayotimizda axborot olamining ahamiyati tobora kuchayib borayotgani kundek ravshan. «Infosfera» (axborot olami) olis manzillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Mazkur olamda insoniyat tarixining barcha bilimlari jamlangan. Bizdan esa “Infosfera”ning kirish eshigi, undan foydalanish imkonini beruvchi asosiy kalit – internetni bilish talab etiladi, xolos. Bu maqolamiz ta’lim va fan sohasida tobora ahamiyati ortib borayotgan, jahon bilim omborining asosiga aylanayotgan elektron kutubxonalarga dahldor.

42-53 327 0

Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri

Севинчой Якубова

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotshunosligidagi dolzarb masalalardan biri peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazning jadid she’riyatida qo‘llanilishi, badiiy estetik vazifalari tahlil etilgan. Unda mumtoz adabiyotimizda keng qo‘llanilgan peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazlar tadqiq etilib, jadid shoirlari ijodida mazkur obrazlarga yangi ma’no va mazmun yuklanganligi yoritib berilgan. Bu esa maqola muallifiga jadid she’riyatining dunyoviy va ijtimoiy mohiyatini chuqurroq anglash va tushunishga imkon yaratgan.
Maqolada Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy she’rlari misolida peyzaj bilan bog‘liq obrazlarning XX asr boshlari o‘zbek she’riyatidagi o‘rni o‘rganilgan. Jadid shoirlari ijodida ko‘p uchraydigan “quyosh, “oy” , “yulduz”, “bulut”, “barg” , “gul”, “yo‘l” , “tong yeli”, “shamol”, “binafsha”, “qish”, “ko‘klam” singari ko‘plab obrazlarning zohiriy va botiniy qirralari kuzatilib, muayyan umumlashmalar chiqarilgan.

264-269 119 0

Italyan tilida sifat komponentli frazeologik iboralarning semantik xususiyatlari

Бехзод Худойкулов

Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o‘zgachaliklarga egadir.
Sifatlar frazeologik iboralar tarkibida ham tez-tez qo‘llanilishini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Har bir tilda frazeologik iboralar tuzilishi, lеksik-sеmаntik, funksiоnаl uslubiy vа sintаktik vаzifаlаri, shuningdеk, o‘zigа хоs shаkllаnish хususiyatilаrigа egа bo‘lgаn til birligidir.
Ushbu maqolada italyan tilidagi sifat komponentli frazeologik iboralar va ularning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Sifat komponentli frazeologik iboralarga oid misollar orqali, frazeologik iboralarda eng ko‘p qo‘llaniladigan sifatlar tahlili ham berilgan.

117-131 403 0

Isajon Sultonning “Alisher Navoiy romanida” peyzaj – romanik tafakkur asosi

Чарос Шомуротова
Har qanday asarni tahlilga tortganimizda bevosita asarning syujetini ochib beruvchi unsurlar katta ahamiyat kasb etadi. Asarda peyzajning o'rni keng qamrovli, negaki, har bir asarning muqaddimasidan ijtimoiy hayotning, tabiatning, obrazlarning hayotida bo'layotgan hodisalar peyzaj orqali ma’lum ma’noda ochib beriladi. Badiiy adabiyotda peyzaj faqatgina tabiat chizgilari bilan cheklanib qolmay, syujet rivoji, davr nafasini ochiqlashda ham muhim rol kasb etadi. Ushbu maqolada Isajon Sultonning "Alisher Navoiy’’ romanidagi peyzajni bir qancha tizimlarga bo'lgan holda tahlil ostiga oldik.
226-228 1290 0

Iqbol Mirzo she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari

Дилафруз Саипова

Maqolada Iqbol Mirzo she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari, shoir ijod idagi yangicha tashbehlar, she’rlaridagi ta’sirchanlik sabablari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, she’rlaridan parchalar tahlil qilinadi.

172-175 146 0

Interpretation of wind symbols in rauf parfi's poetry

Rahima Sharipova
In modern Uzbek poetry, the interpretation of natural symbols such as wind, rain, snow and clouds has a special place. These emblems are a figurative means of revealing the human psyche, emotional experiences. The article reveals the symbolic meanings of wind, rain and clouds in Rauf Parfi's work in accordance with the interpretation of spring, autumn and winter
203-205 151 0

Interpretation of symbols of nature in the poems of Rauf Parfi

Munisa Kuvondikova
In Rauf Parfi's poems, through the symbols of nature (wind, snow, clouds, etc.), modern poetry uses the freedom of creation granted by
national independence, expanding the range of topics, opening the way to the psyche and consciousness of readers through various symbols. riyat. The study of nature and related concepts in poetry is relevant today
33-45 164 0

Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

Умида Расулова
Ijodkorlar, so'z sohirlari zamonaviy nasrga yangi tasvir, ifoda olib kirdilar, hayotni turli rakurslardan turib tasvirlay boshladilar. Ular mavzularni to'ldirib, boyitib boradilar. Ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolarni ijodiy yondashuv asosida kitobxonga yetkazishga harakat qiladilar. Adiblarning badiiy sohadagi izlanishlari, mumtoz an’analar va folklordan unumli foydalanishi, dunyo adabiyotidan o'rganishlari o'z samarasini bermoqda. Dunyo adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy talablariga javob beradigan nasr namunalari o'zbek va qirg'iz adabiyotining yaqin tarixidagi mulkiga aylandi. Bu asarlar poetikasida turli yosh, kasb, dunyoqarashga mansub xarakterlar yaratildi. Ular orasida bolalaru kattalar, ishchi-yu xizmatchilar, tentag-u darveshlar, ismsiz qahramon-u g'ayritabiiy go'daklar ham muayyan funksiyani bajarishga yo'naltirildi. Muhimi, asarda insonning mohiyatini teran anglatish, tiynatidagi fazi-lat-u illatlarni har tomonlama kashf etish tamoyili chuqurlashdi. Roman kompozitsiyasida qahramon ongosti jarayonini isyon-u kufr kontrastida aniq badiiy talqin etishga e'tibor ortdi, tashqi faoliyatdan botindagi dard-u iztirobni his ettirishga rag'bat kuchaydi.
77-87 156 0

Insoniyat dardi bilan yashagan shoir

Олим Олтинбек
Mazkur maqolada O'zbekiston xalq shoiri, o'ziga xos adabiy-estetik qarashlarga ega Rauf Parfining yangi she'r, yangi shakl, yangi ohangyo'lida tinimsiz izlanayotgani, o'zining rang-barang tuyg'ularini ifodalashda so'z topolmay qiynalayotgani kuylangan "Qushcha", shoir o’ziga ustoz deb bilgan Nozim Hikmatga bag’ishlab yozilgan "Nozimning sadosi”, dunyo orzulari o’zining orzusi, tashvishlari uning tashvishi, so'zlari-da o’zining so'zi ekanligi aytilgan "0, Kongo!’’, shoirning she’riyatda o'zyo'lini izlayotganini, hechbirshoirgao'xshamaganbirijodkorbo'lishniistayotganiniko’rsatuvchi "Oyi, oyi, aytib bering, Bormi mening ham o'z yo'lim?’’, Asqad Muxtorning "Poeziya’’sidan ilhomlanib yozilgan "Seni tanimagan sho’rliklar ayanch", vafotidan keyin ham butun insoniyatning dard-u hasratlarini kuylashda davom etgan "Shamollar", kimni shoir deb atash mumkinligi haqidagi "Shoir” kabi she’rlarining tahlili keltirilgan. She’rlarning mohiyatidan kelib chiqib, Dunyo va Insoniyatg'ami bilan yashab ijod qilgan RaufParfini milliy adabiyotimizning jahoniy shoiri deyish mumkinligi haqida mulohazalar keltirilgan.
274-280 174 0

Impact characteristics of empathy in newspapers

Одил Якубов

This article provides information on the impact of empathy in newspapers and magazines and the norms of their application.
The phrase “empathy” is used by psychologist Edward. B was introduced by Tetchener in 1909 in Germany as a translation of einfuhlung (meaning emotion).
So how are grief and empathy different? Depression involves more passivecommunication, but empathy usually involves a very active effort to understand the other person. Many theories have been proposed to explain empathy. Preliminary research on the subject focuses on the concept of empathy. The philosopher Adam Smith allows us to expe rience things we can never feel otherwise.

96-109 415 0

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat

Умида Расулова

Maqolada badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi borasidagi mulohazalar ilgari suriladi. Badiiy asar yozib bo‘lingach, kitobxon hukmiga havola etiladi. Matnni o‘qish, uqish jarayonida kitobxon qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Badiiy matnni mutolaa qilish, ma’nolar mahzanini idrok aylash kitob muhibidan ma’lum tayyorgarlikni taqozo etadi. U aqlu zakovati, hissiyot olami bilan asar dunyosi asrorini kashf etib boradi. Kitobxon voqealar silsilasini kuzatadi, adabiy qahramon qiyofasi, portretini tasavvur qiladi, ruhiyat iqlimini his etib boradi.
Adabiy jarayonda ijodkor shaxsiyati va iste’dod tabiati, so‘z san’atining mohiyati bashariy qadriyat maqomida o‘rganiladi. Ijodkor shaxsiga, badiiy adabiyotga estetik tuyg‘u nuqtai nazaridan yondashish kuzatiladi. Badiiy, estetik tafakkur masalalarini go‘zallik, ezgulik singari qadriyatlar, shakl va mazmun birligi, adabiy janrlar xilma xilligi hamda uslubiy yo‘nalish, badiiy til, ifoda vositalari nuqtai nazaridan o‘zlashtirish, xulosalar chiqarish adabiy jarayonning tabiiy ehtiyojiga aylandi.

102-105 239 0

History of Old Uzbek literary writing

Gulshirin Bozorova
This article deals with the history of the Old Uzbek literary language, its origin, lexical, grammatical features, based on the Arabic script,
the role of the Old Uzbek literary language in today's life, the contribution of our poets in the development of the Old Uzbek language. and the works we have created, to illuminate the connection between the Old Uzbek script and the modern Uzbek script