Все статьи
XX Asr she’riyatining Abdulla Oripov ijodiga ta’siri
Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilib, unda eng sara asarlarning keyingi davr ijodkorlari she’riyatiga ta’siri xususida fikr bildiriladi. Аynan XX asr boshlaridagi o‘zgarishlar keyingi davr adabiy jarayonining shakllanishiga xizmat qilganligi hamda ularning ijodi keyingi davr uchun etalon vazifasini o‘taganligi aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda, Hamid Olimjon va Zulfiya kabi ijodkorlarning she’riyati, ma’lum bir xususiyatlari yangi davr adabiyoti uchun an’ana vazifasini o‘taydi. Bu kabi xususiyat Аbdulla Oripov ijodi misolida aniqlanadi. Аbdulla Oripov she’riyatiga ta’sir etgan omillar sifatida XX asr ijodkorlari va ularning asarlari o‘zaro qiyosiy tahlil etiladi. Аyniqsa, shoirning bahor fasliga bag‘ishlangan she’rlari xususida fikr yuritilib, undagi shoir mahorati aniqlangan.
Xususiy korpuslarni tuzishda alohida matn ustida ishlash yo‘llari (A.Qodiriy asarlari misolida)
Ushbu maqolada o‘zbek tilining korpusini yaratishda xususiy korpuslar asos vazifasini bajarishi haqida so‘z yuritilgan. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarining xususiy korpusini yaratish lingvistik jihatdan o‘rganilgan.
Xudoyberdi To’xtaboyev fenomeni
O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘z asarlarida bolalar xarakterini, bola ruhiy dunyosini g‘oyatda mukammal yoritgan yozuvchilardan hisoblanadi. Xudoyberdi To’xtaboyev o’zbek bolalar adabiyoti, xususan, prozasida yangi davrni boshlab berdi. U yaratgan qahramonlar xatti-harakati, gap-so’zlari, xarakteri bilan yosh kitobxonlarga nihoyatda manzur bo’ldi. Yozuvchi o’z tabiatidagi bolaga xos quvnoqlik va beg’uborlikni asarlariga ko’chira oldi. Ayni shu yumor bolalar qalbiga yaqin edi, bu yaqinlik uning yosh muxlislari tobora ortib borishiga sabab bo’ldi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar betakror xususiyatlari bilan ko‘plab kitobxonlar qalbida yashab kelmoqda. Jumladan, uning Hoshimjon, Mirobiddinxo‘ja, Orifjon, Akrom qovunchi singari qahramonlari, ayniqsa, yosh kitobxonlarga allaqachon yod bo‘lib ketgan. Sababi, ushbu qahramonlar xarakterining esda qolar darajada yorqinligi, quvnoqligi, bolaga xos beg‘ubor va soddadilligi, kulgi, hazil mutoyibaga moyilligi xarakter tabiatini yanada yorqinlashtirgan. Maqolada yoritilgan masala faqatgina Xudoyberdi To’xtaboyevning biografiyasi hamda yozgan asarlarini sanash emas, balki uning romanlariga xos xususiyatlarni tahliil qilish hamdir.
Xo‘jandiy “Latofatnoma”si
Xorijiy tillarni o‘qitishda yondashuvlar va ularning xususiyatlari
Mazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda yondashuvlarning o‘rni va til talimida ulardan samarali foydalanish haqida fikr yuritilgan. Muallif yondashuv termini va uning turlarini ilmiy va nazariy jihatdan yoritib bergan. Shuningdek, yondashuv o‘quv fanining mazmuni haqidagi qarashlarni umumiylashtiradi, undan konkret bilim sohasidagi tadqiqotning umumiy metodologik asosi sifatida foydalaniladi, tadqiqotchi faoliyatini u yoki bu hodisalarini o‘rganish bo‘yicha yo‘nalishini aniqlaydi. Yondashuv til o‘qitish sistemasi zamiridagi fundamental komponent bo‘lib, o‘qitishning umumiy metodologik asosi sifatida gavdalanadi va o‘quv fanining maqsadi, vazifalari hamda ta’lim jarayonida ularni amalga oshirish imkoniyatini taminlaydigan ta’lim mazmuni haqidagi mavjud nuqtayi nazarlar bilan xaraktayerlanadi
Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi
Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Muhammad
Rahimxon II Feruz asos solgan Xorazm adabiy muhiti devonchilik an’anasining o’ziga xos shakllari, shahzoda shoirlardan Sultoniy va Sa’diy ijodi va ular tomonidan tartib berilgan devonlar, devonlardagi ba’zi she’rlar, xususan, g’azal, mustazod, muxammaslaridan numunalar keltiriladi, qo‘lyozmalardagi she’rlar matni O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan manbalar asosida tahlil etiladi. Xorazm devonchilik an’analarini o‘rganish, shahzoda shoirlar, xususan, Sultoniy, Sa’diy, G’oziy, Asadlar tomonidan tartib berilgan devonlar qo‘lyozmalarining o‘zaro matniy-qiyosiy tadqiqi va tahlilini amalga oshirish o‘zbek adabiyoti tarixini to‘ldiradi hamda bu davrning tarixiy, madaniy, adabiy muhitini o‘rganish muhim manba bo‘ladi.
Xayriddin Sulton qissalarida milliy ruh va obrazlar poetikasi
Maqolada Xayriddin Sultonning “Ajoyib kunlarning birida” qissa- sining badiiyati, syujeti va kompozitsiyasidagi o‘ziga xosliklar, tili va uslub jihatdan ahamiyati, yozuvchining obraz yaratish va so‘z qo‘llash mahorati atroflicha tahlil qilingan. “Qissa” janrining kelib chiqishi, uning janr taraqqiyoti, bu boradagi jahon va o‘zbek adabiyotshunoslarining fikr va munozaralari qiyoslab o‘rganilgan.
Xayriddin Sulton asarlarida hayot hodisalarining aks ettirilishi
Mazur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyoti yirik namoyanda-laridan biri Xayriddin Sultonov hikoya va qissalarida hayot hodisalari qay tarzda badiiy aks ettirilishi to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Adib asarlarida hayot voqeligi, tarixiy haqiqat, insonning murakkab ichki kechinmalari ta’sirchan tarzda badiiy aks ettirilishi, voqelikka yuksak insonpar-varlik nuqtayi nazaridan qaralishi to‘g‘risida fikr bildiriladi. Yozuvchining “Dunyoning siri”, “G‘ulomgardish”, “Qog‘oz gullar” kabi hikoyalari hamda “Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz yodgori”, “Ko‘ngil ozodadur...” qissalarida kishilarning kundalik hayoti, tashvishi, intilishlari, o‘zaro munosabatlari haqqoniy yoritilishiga e’tibor qaratiladi. Yozuvchi qissa, hikoyalarida insonning ruhiy kechinmalari ishonarli ochib berilishi diqqat markaziga qo‘yiladi. Yozuvchining qissa, hikoyalarida qalamga olingan voqealar hayotdagi hodisalarga o‘xshaydi. Ulardagi qahramonlar xuddi hayotdagi odamlar kabi ko‘rinadi. Bu qahramonlarning o‘y-kechinmalari, dard-tashvishlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Maqolada adib ijodiga xos shu kabi xususiyatlar qayd etiladi.
Xalq og‘zaki badiiy ijodida diniy motivlarning yoritilishi
Ushbu maqolada xalq og‘zaki badiiy ijodi namunalarida diniy motivlar talqini “Ollonazar Olchinbek” dostoni misolida tahlilga tortiladi.
Uvaysiy lirikasida muxammas shakli
Mazkur maqolada Qo‘qon adabiy muhitining vakilasi Uvaysiy lirik merosida muxammas adabiy shaklining o‘rni, bu shakldagi namunalar tahlili, devonlaridan o‘rin olgan muxammaslar bog‘langan ijodkorlar guruhlangan, yaxlit bir umumiy manzara yaratilgan.
Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi
Usmon Nosir ijodi 30-yillarning boshlaridanoq ilmiy asosda o‘rganila boshlagan, asarlari o‘quv dasturlari va adabiyot majmua darsliklariga kiritilgan edi. Keyingi yillarda shoir hayoti va ijodini o‘rganish, tadqiq qilish kuchaydi. Adib asarlari bir necha bor chop etildi. Qator ilmiy maqolalar, kitoblar yaratildi. Bu sohada, ayniqsa, adabiyotshunos olimlardan Naim Karimov, Abubakir Rajabiy, Ibrohim G‘afurov, O‘tkir Rashid, shoirning jiyani Nodira Rashidovalarning ilmiy izlanishlarini keltirsak bo‘ladi. A.Rajabiy Usmon Nosirga bag‘ishlangan kitobida shoir hayoti va ijodiy faoliyatini birinchi marta keng tarzda yoritib berdi. Maqolada adabiyotshunos olimlarning shoir hayoti va ijodini qaysi jihatlari tadqiq etilgani o‘rganilgan.
Usmon Nosir she’riyatida dard talqini
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining iste’dodli vakili Usmon Nosir tarjimayi holi, ijodiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritilgan.
Using proverbs in teaching vocabulary
Turli tillardagi antonimlarning strukturaviy jihatlari
Ushbu maqolada antonimlarning strukturaviy va funksional xususiyatlari tadqiq etilib, muhokamaga qo‘yilgan.
To‘marisning tumorin taqqan ayol o‘lmaydi yoxud halima xudoyberdiyeva she’riyatidan chizgilar
Ushbu maqolada ijodkor Halima Xudoyberdiyevaning adabiy olamidagi, ijodidagi o‘ziga xosliklar, she’rlaridan asosiy o‘rinni egallagan mavzular, so‘z qo‘llash mahorati kabi xususiyatlar shoira she’rlari orqali mustaqil tahlil qilingan.
Til – millatning ma’naviy boyligidir
Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash,rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Til – millat ko‘zgusi
Ushbu maqolada o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, dunyo miqyosidagi o‘rni va jozibadorligi haqida bayon etilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning respublika hududiga mustaqillikning kirib kelishiga zamin yaratganligi haqida so‘z yuritiladi.
Til o‘rganish va o‘qitish jarayonida nutq madaniyatining ahamiyati
Hammamizga ma’lumki , til bu mamlakatning madaniyati va urf-odatlari haqida ko‘proq ma’lumot beradigan eng muhim unsurlardan biri hisoblaniladi. Ushbu maqolada biz madaniyat va turmush tarzining chet tillarini o‘rganishga ijobiy ta’siri haqida ma’lumotlar berishga harakat qilamiz . Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida mavjud bo‘lgan ba’zi muloyimlikni aks ettiruvchi so‘zlar ajratib ko‘rsatilgan, ularning ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlari solishtirilgan . Biz bu maqolada til o‘rganish jarayonida madaniyatning o‘quvchilar va o‘qituvchilarga ta’siri haqida biroz ma’lumot berishga harakat qildik.
The worlds of H. D. Wells
The article reveals creative career of great English science fiction writer Gerbert Wells and gives main information about literary features of novels written by this novelist
The way of expressing conflicts in Mark Twain’s writing
In this thesis, to study the expression and types of conflict in fiction by analyzing the expression of conflict in Mark Twain's "The Adventures of Hucklebberry Finn " andconflict is motivated by differences in the characteristics that brought the individual in an interaction. The differences
among them are related to the physical characteristics, intelligence, knowledge, customs, beliefs, and so forth. With it accompanies individual characteristics in social interaction, conflict is a normal situation in any society and any society is not one who has never experienced a conflict between its members or with other community groups, the conflict will only disappear with the loss of society itself
The study of grad on my in speech patterns and the principles of forming graduonymic rows
This article is devoted to identify the scientific researches of the phenomenon of graduonymy in speech patterns. And also, there is given information about forming graduonymic rows and their some important principles.
The study of demonological characters in medieval heroic epics
The most significant and valuable legacy of medieval Western literature is the epic -poems about warrior heroes created by the people and expressing their ideals. The epic arose in the form of legends, which for a long time existed in oral transmission. Their performers were called jugglers in France, and in Germany - spielmans. These are usually conjurer acrobats who amuse the people on the roads and
squares. They also sang or chanted songs about the knights. Later, from the twelfth century, learned poets
reworked these stories and wrote them down in the form of lengthy poems for reading
The structures of expressions giving causative meaning in the uzbek and english languages
different genealogical families. In the Uzbek language grammars and in some scientific works the verbs with the forms of causativization such as “o`qitmoq” – «make/let someone read», “yozdirmoq” – «make/let someone write» are considered to be one of the forms of the category of voice (causative voice). In the English language this linguistic phenomenon is expressed by the combination of the auxiliary verb make/let/get/cause to/+object+infinitive: I make my student read, etc. These auxiliary verbs have lost their lexical meaning and acquired the grammatical meaning of causativization in the mentioned above patterns. In the Uzbek language the
affixal morphemes - dir, - tir, - giz, etc are added to the root or the stem of the verb, at the result of which the verb acquires the meaning of causativization
The role of Charles Dickens in english literature
The article focused on the importance and benefits of learning English literature, especially Charles Dickens` great cultural heritage. The goal of this article is motivate language learners acquaint pupils with the lives and works of important individuals in English literature and to explore his works. His fame stemmed from his ability to incorporate fascinating characters and stories with significant propaganda commentary about Victorian society's disenfranchised.
The poetry of Erkin Vahidov
The article examines the issue of artistic expression of the human spiritual world in Uzbek poetry. Detailed comments are made about the artist's artistic skills. The topic is studied on the example of E. Vahidov's work, and the results of theoretical and artistic analysis are summarized